GLOBALLASHUV JARAYONIDA KUTUBXONACHILIK KASBINING
AHAMIYATI VA O'RNI
Nafisaxon Abdusamadjon qizi Maxkamova O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali
Annotatsiya: Maqolada kutubxonachilik kasbining jamiyatdagi o'rni va ahamiyati, kechagi kun va kelajak uchun nechog'lik darkorligi, uning vazifasi nimalardan iborat ekanligi haqida ma'lumot berilgan. Shuningdek, sohani rivojlantirish konsepsiyasi ham yoritib berilgan.
Kalit so'zlar: Kutubxonachilik, PQ4354-sonli qaror, soha rivoji uchun konsepsiya, davlat siyosati, axborot-kutubxona fondlari, xodimlar uchun ijtimoiy barqarorliklar, azaliy ezgulik eltuvchi kasb
THE SIGNIFICANCE AND PLACE OF THE LIBRARIAN PROFESSION IN
THE GLOBALIZATION PROCESS
Nafisakhan Abdusamadjon kizi Makhkamova Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture
Abstract: The article provides information about the role and importance of the librarianship profession in society, how much it is needed for the past and the future, and what its tasks are. Also, the concept of the development of the field is explained.
Key words: librarianship, decision PQ 4354, concept for the development of the sector, state policy, information-library funds, social stability for employees, a profession that delivers good for a long time
Kutubxona - bosma, qo'lyozma asarlardan ommaviy foydalanishni ta'minlovchi madaniy-ma'rifiy va ilmiy muassasa; muntazam ravishda bosma asarlar to'plash, saqlash, targ'ib qilish va kitobxonlarga yetkazish, shuningdek, axborot- ishlari b-n shug'ullanadi, ommaning madaniy saviyasini oshirishda faollik ko'rsatadi. Kitobxonlarga xizmat ko'rsatish Kutubxonaning asosiy faoliyati bo'lib, qolgan barcha faoliyatlar uchun xizmat kiladi. Kitobxonlarga xizmat ko'rsatishning asosiy maqsadi ularni adabiyotga bo'lgan talablarini imkon boricha to'liq qondirish va adabiyot tanlashlariga yordam berishdan iborat. Har bir Kutubxona o'z turiga ko'ra kitobxonlarni tabaqalarga bo'lib, alohida kitobxonlar guruhlariga ajratgan holda xizmat ko'rsatishni tashkil qiladi. Adabiyotlar targ'ibotining barcha shakl va usullari kitobxonlar talabini imkon qadar to'liq va tezkorlik bilan qondirishga qaratiladi.
Ayrim sohalar jadal suratlarda rivojlanib borayotgan bir davrda, boshqa bir sohalarga e'tibor susayishi tabiiy. Mana shunday kasblardan biri - kutubxonachilik hisoblanar edi. U qadimdan alloma va mutafakkirlar tomonidan bajarilib kelinganligiga qaramay, bir muddat soha hamda soha vakillariga e'tibor susaydi. Biroq, Prezidentimiz tomonidan yuritilayotgan islohotlar tufayli, ushbu kasb davlat siyosati darajasiga qadar ko'tarildi. Buni 2019-yil 7-iyundagi PQ 4354-sonli qarorida ham yaqqol kuzatishimiz mumkin. 2019-2024-yillarda O'zbekiston Respublikasi axborot-kutubxona sohasini rivojlantirish Konsepsiyasi respublika axborot-kutubxona sohasini rivojlantirishning maqsadlari, vazifalari, tamoyillari, ustuvor yo'nalishlari va mexanizmlarini belgilovchi qarashlarning yagona va bir butun tizimini o'zida aks ettiradi. Milliy madaniyatni chuqur anglash, rivoji va evolyutsiyasini tahlil qilishda respublikaning universal fondga ega bo'lgan axborot-kutubxona muassasalari alohida ahamiyat kasb etadi. Bugungi kun jamiyatida yuksak ma'naviy qadriyatlarning qaror topishi axborot-kutubxona muassasalari oldiga shaxsga e'tiborni kuchaytirish, uning umummadaniy darajasini oshirish, ma'naviyatini yuksaltirish, odob-axloq jihatdan tarbiyalash kabi vazifalarni qo'yadi. Ushbu qaror konsepsiyasida esa, axborot-kutubxona sohasini rivojlantirishning ustuvor maqsadlari - fuqarolarning axborotdan erkin foydalanish bo'yicha konstitutsiyaviy huquqlarini ta'minlovchi aholiga axborot-kutubxona xizmati ko'rsatish tizimini rivojlantirish, milliy va jahon madaniy boyliklari, amaliy va fundamental bilimlar bilan tanishtirish, shuningdek, mamlakatimizning axborot-kutubxona muassasalarida mavjud milliy-madaniy merosni saqlashdan iborat ekanligi hamda axborot-kutubxona sohasini samarali rivojlantirishning strategik maqsadlariga erishish uchun quyidagi masalalarni hal etish zarurligi, axborot va raqamli texnologiyalar rivojlanishi hamda zamonaviy umumjahon tendensiyalarni e'tiborga olgan holda axborot-kutubxona sohasini isloh qilishni jadallashtirish, bugungi kun talablarini hisobga olgan holda axborot-kutubxona muassasalarining rivojlanishi, aholining axborot-kutubxona xizmatlaridan foydalanishining ijtimoiy kafolatlarini ta'minlash maqsadida me'yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish, axborot-kutubxona muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, xususan yangi bino va inshootlar qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish, ularni zamonaviy uskunalar bilan ta'minlash, eng yangi, shu jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, korporativ tizimlarni rivojlantirish, axborot-kutubxona sohasida davlat-xususiy sheriklikni, mamlakatdagi xususiy va raqamli (virtual) axborot-kutubxona muassasalari tarmog'ini rivojlantirish,milliy va jahon madaniy merosining bir qismi sifatida axborot-kutubxona muassasalari xavfsizligini va axborot-kutubxona fondining saqlanishini ta'minlash,jamiyatning axborot madaniyatini, milliy tarix va madaniyatga qiziqishini shakllantirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va targ'ib qilish,axborot-kutubxona muassasalarini malakali xodimlar bilan ta'minlash zarurligi haqida so'z yuritiladi.
Belgilangan maqsad va vazifalarni hisobga olgan holda axborot-kutubxona soha rivoji uchun quyidagi:
1) Qonunchilik ba'zasini aholiga axborot-kutubxona xizmati ko'rsatishni rivojlantirish vazifalariga mos ravishda muvofiqlashtirish;
2) Axborot-kutubxona muassasalarini jamlash mexanizmini yaratish, shu jumladan elektron va boshqa tashuvchilarda nashrlar haqidagi ma'lumotlar tizimini shakllantirish;
3) Axborot-kutubxona fondlari saqlanishini ta'minlash;
4) Yangi axborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish, milliy axborot-kutubxona tarmog'ini yaratish;
5) Zamonaviy axborot-kutubxona texnologiyalari asosida axborot-kutubxona kadrlarini tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini rivojlantirish;
6) Axborot-kutubxona xizmatlarining yangi, shu jumladan, pulli turlarini joriy etish va rivojlantirish;
7) Axborot-kutubxona muassasalari xodimlari samarali mehnat qilishi va ularni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash uchun munosib sharoitlar yaratish;
8) Axborot-kutubxona muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
9) Ilmiy-tadqiqot va uslubiy faoliyatni rivojlantirish;
10) Barcha tizimlar va idoralar axborot-kutubxona muassasalarini boshqarishni muvofiqlashtirish;
11) Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va jahon axborot-kutubxona hamjamiyatiga kirish kabi zaruriy ustuvor yo'nalishlarni rivojlantiriish ham ko'zda tutilgan.
Kasbning ahamiyati shundan iboratki, kelgusi avlodlarga go'zal va betakror o'tmish hamda takrorlanmas bilim manbalarini aslidek yetkazib berish. Bunday ma'suliyatli va sharafli kasbni tanlagan har bir shaxs o'zini, avvalo, buyuk alloma hamda mutafakkirlarimiz Abu Ali ibn Sino, Imom al- Buxoriy, Imom Termiziy, Alisher Navoiy davomchilaridek his etishlari darkor. Negaki, ular o'zlari o'rgangan, kashf etgan bilim va ko'nikmalarni targ'ib etish bilan bir qatorda ularni asrab, avaylashgan ham. Ta'bir joizki, ularning har birini kitobxon hamda kutubxonachi deya atasak mubolag'a bo'lmaydi. Shunday ekan, bunday sharafli kasb egalarining fidokorliklari hamda jonkuyarliklari va albatta, eng avvalo, o'zlari ilmga, bilim olish hamda uni keng ommaga yoyishga intilishlari suv va havodek zarur. Sababi, har bir kutubxonachi shaxs boshqa kasb egalari kabi yoshlarni ilmga oshno etishda, porloq kelajakni yanada porlashi uchun xizmat qiladilar.
Hozirgi globallashuv zamonda, ijtimoiy tarmoqlar va ular har insonga turlicha ta'sir o'tkazayotganligi tufayli hozirgi kunda kitobxonlar o'z ehtiyojlarini tarmoqlar orqali hal etmoqda. Bugungi kun kutubxonachilari nafaqat kitoblarni targ'ib qiluvchi shaxs, balki kitobxonlardanda bilimli, tajribali shaxs bo'lishlari darkor. Negaki,
yoshlarni o'rgimchak to'ridan haqiqiy hayotga, undagi ne'matlarga shukronalik hissini shakllantirishga yordamlashadigan shaxs bu kutubxonachidir.
Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash joizki, yaratilib berilayotgan imkoniyat va sharoitlarga qaramay, ayrim shaxslar o'z burchlarini suiste'mol qilgan holda, kutubxonachilik kasbiga hurmatsizlik va pisandsizlik bilan qarayotganlar ham yo'q emas. Shuni unutmaslik kerakki, shonli o'tmishimizda kitobni asrab, undagi bilimlarni biz avlodlarga eltmoq uchun, bobokalonlarimiz jonlarini fido qilganlar.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. O'zbekistonda kutubxonachilik ishi, T., 1989; Qosimova O.
2. O'zbekistonda kutubxonachilik ishi tarixi, T.,1992
3. Oxunjo-nov E. O., Turkistonda O'rta asr kutubxonachilik va bibliografiya ishlari mada-niyati, T., 1994.
4. To 'Ychiyeva, S. N. M. (2022). OILADA BOLANI KITOBGA QIZIQTIRISHNING YO 'LIARI VA VOSITALARI. Oriental Art and Culture, 3(2), 367-372.
5. To ' Ychiyeva, S. N. M. (2022). BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHDA AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZLARINING ROLI. Oriental Art and Culture, 3(2), 683-689.
6. Numonovna, T. S. (2021). The Role of Books in Raising the Morale of Young People. International Journal of Culture and Modernity, 11, 25-31.
7. To 'Ychiyeva, D. (2022). AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA KITOBAT SAN' ATI VA KUTUBXONALAR. Oriental Art and Culture, 3(2), 290297.
8. To 'Ychiyeva, D. (2023). AXBOROT-KUTUBXONA MUASSASALARIDA REKLAMANING O 'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA ULARNING TURLARI. Oriental Art and Culture, 4(1), 802-807.
9. Tuychiyeva, D. (2023). Commercial and Non-Commercial Marketing in Information and Library Activities. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 2(2), 18-21.