DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-88-96
MUTOLAA IJTIMOIY-MADANIY HODISA SIFATIDA
Abdulvohid Habibullaevich Abdulazizov
Namangan davlat universiteti dotsenti,s.f.n. abdul azizov60@mail .ru
ANNOTATSIYA
Maqolada bugungi kunda jamiyatda dolzarb hisoblangan mutolaa madaniyatini rivojlanirish muammolari borasida muallifning ijtimoiy - falsafiy nuqtai nazari bayon etilgan va yoshlarda mutolaa madaniyati hodisasi jarayonlarining ahvolini obyektiv tahlil etishga harakat qilingan.Yoshlarda mutolaa madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish dolzarbligi ta'kidlangan.O'zbekistonda mutolaaga e'tibor ajdodlarimizdan me'ros ekanligi ta'kidlangan holda, kitobxonlik hodisasi kam o'rganilgan sohalardan biri bo'lib, ayniqsa o'quvchi-yoshlarning mutolaa madaniyatini shakllantirish masalasi yaxlit tadqiqot obyekti sifatida o'rganilmaganligi haqida xulosa beriladi.Mutolaa hodisasi juda keng tushuncha va bag'oyat murakkab muammo ekanligi e'tirof etilib,uning asosiy holatlari ko'rsatib o'tilgan.
Kalit so'zlar:kitobxonlik va mutolaa,savodxonlik,"mutolaa inqirozi", kitob mahsulotlari,axborot-kutubxona markazlari, axborot-resurs markazlari
В статье раскрывается социально-философская точка зрения автора на проблемы развития читательской культуры, которая считается актуальной в современном обществе, и предпринимается попытка объективно проанализировать феномена читательской культуры среди молодежи, акцентируется внимание на формирование и развитие читательской культуры у молодежи.Отмечается,что феномен культуры чтения является одной из малоизученных областей.А вопросы формирования читательской культуры молодежи не изучено как комплексный объект исследования.
Ключевые слова: Книголюбие и чтение, грамотность, «кризис чтения», книжная продукция, информационно-библиотечные центры, информационно-ресурсные центры
АННОТАЦИЯ
ABSTRACT
The article reveals the socio-philosophical point of view of the author on the problems of the development of reading culture,
April, 2023
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-88-96
which is considered relevant in modern society, and an attempt is made to objectively analyze the phenomenon of reading culture among young people, focuses on the formation and development of reading culture among young people. It is noted that the phenomenon of reading culture is one of the little-studied areas. And the issues of the formation of the reading culture of young people have not been studied as a complex object of study.
Keywords: Book love and reading, literacy, "reading crisis", book production, information and library centers, information resource centers
Mutolaa arabcha so'zdan olingan bo'lib, diqqat bilan o'qish,o'rganish degan ma'noni bildiradi.Tarixdan ma'lumki, inson taraqqiyoti yo'lida erishgan darajasidan hech qachon orqaga qaytgan emas. Qadim ajdodlarimiz hatto tasavvur qilolmagan g'aroyibotlar hozir ko'z o'ngimizda sodir bo'lyapti. Demak, imkoniyatlarning cheki, orzu-umidlarning adog'i yo'q.Kitobxonlik va mutolaaning o'rni va ahamiyati bugungi kunda jahon hamjamiyati tomonidan yuksak qadrlanmoqda va e'tirof etilmoqda:
2003-2012-yillar Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan savodxonlik o'n yilligi deb e'lon qilinganligi fikrimizni tasdiqlaydi.Mutolaa madaniyati juda keng ma'nodagi tushuncha bo'lib,kitobga qiziqish va uni sevish, adabiyot bilan kengroq tanishib, kitob bilan ishlash haqidagi maxsus bilimlarga ega bo'lish, shuningdek kitobdan to'la ravishda foydalana bilishda yordam beruvchi ko'nikmalardan iborat.Shuni alohida ta'kidlash kerakki, mutolaa madaniyati juda keng tushuncha va bag'oyat murakkab muammo bo'lib, taxminan quyidagi holatlarni o'z ichiga oladi: -kitob tanlay olish; -kitobni qanday o'qishni bilish;
-kitob o'qiganda nimalarga e'tibor berish va nimalarni esda saqlab qolish; -kerakli ma'lumotlarni qayerdan, qanday, qaysi vositalardan foydalanib topish; -olingan bilimni yoki xabarni qanday etkazib berish; -qayta o'qish;
- kitobxonlik ko'nikmasini odatlantirish; -kutubxona kartotekalari bilan ishlay bilish; -kitobni tez va sekin o'qishni farqlay olish; -kitobni o'qib, uning fusunkor olamiga kira bilish;
-kitob mutolaasi madaniyatiga kitob xarid qilish va kutubxonani muntazam
KIRISH
April, 2023
boyitib borishga alohida e'tibor bilan qarash, kitob saqlash odobi, o'qish jarayoni, o'qiganni o'ziga va hayotga tatbiq eta bilish kabilar ham kiradi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Jamiyatda madaniy saviyaning keskin pasayishi ko'p jihatdan uning turli qatlamlarida mutolaaga bo'lgan qiziqishning susayishi bilan bog'liq. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, bu boradagi vaziyatni o'quvchi madaniyatidagi tizimli inqiroz sifatida tavsiflash mumkin. Rus olimasi Chudinova V.P. fikriga ko'ra, aholining turli qatlamlarida kitob mutolaasida kitob va kitobxonlik mavqei pasayib borayotgani (bu ayniqsa bolalar va yoshlar guruhlari kitobxonligida yaqqol seziladi), jamiyatda keskinlik kuchayib borayotganini qayd etadi va davom etayotgan "mutolaa inqirozi" haqida fikr bildiradi.[1].
E.I. Kuzmin , o'z navbatida, mutolaa inqirozini tavsiflab, uni ijtimoiy xavfsizlikka aniq tahdid deb ataydi, chunki mutolaa o'tmish va hozirgi bilimlar, qadriyatlar va normalarni o'zlashtirish va ulardan foydalanishning eng muhim usuli hisoblanadi. bugungi kunda odamlar uchun mutolaa shaxsiy hayot subyektlari sifatida juda muhimdir. Mutolaa ko'p millatli va ko'p qatlamli madaniyatining asoslarini qayta ishlab chiqarishga hissa qo'shadi.[2]
Jamiyatning ushbu muammoga qiziqishini kuchaytirish to'g'risida V.P.Chudinova bir qator konferensiyalarda chiqishlar qildi, jumladan: Mutolaani qo'llab-quvvatlash bo'yicha Butunrossiya Kongressi (Moskva, 2001, "O'qimishli bolalar - o'qimishli xalq" Butunrossiya konferensiyasi (Moskva, 2002). ), "Mutolaa dunyosi va jahon kitobi" xalqaro konferensiyasi (Sankt-Peterburg, 2002) va boshqalarda kitobxonlikni qo'llab-quvvatlash borasida jiddiy chora-tadbirlar ko'rish zarurligi taklifi bilan chiqqan. [3]
Xalqaro kitobxonlik assotsiasiyasi Moskva filiali prezidenti, professor N.S. Smetannikova , fundamental ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish, konsepsiyani joriy etish va yoshga qarab o'qish darajalarining sifat xususiyatlarini ishlab chiqishni taklif qilishdi,maktablar va maktab kutubxonalarini qo'llab-quvvatlovchi tadbirlarni o'tkazishda ishtiroki rag'batlantiriladigan tashkilotlar ro'yxatiga kiritadi.[4]
Kitobxonlik madaniyati inqirozini yengish zarurati munosabati bilan kitobxonlikni qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish milliy dasturi taklif etilmoqda. Ushbu dasturni ijtimoiy yo'naltirilgan madaniy siyosat sharoitida amalga oshirish uchun zarur shart-sharoit va resurslar mavjudligi ta'kidlanmoqda:
- bosma mahsulotlar va yozma hujjatlarni saqlash va tarqatish uchun mo'ljallangan institutsional tuzilmalar mavjud
April, 2023
90
(kutubxonalar, o'quv va ilmiy muassasalar, nashriyotlar, kitob savdosi, arxivlar);
- shuningdek, ushbu tuzilmalar ichida tartibli tarzda saqlanadigan juda ko'p ijtimoiy ahamiyatga ega ma'lumotlar mavjud;
- mamlakatlarda professional yozuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, adabiyoshunoslar va ularning kasbiy uyushmalari faol ishlamoqda;
- qator davlat va xususiy nashriyotlar bozorga kitob, jurnal, gazetalarni muntazam yetkazib bermoqda;
- ixtisoslashtirilgan do'konlar, supermarketlar bo'limlari, kiosklar kitobxonlarga kerakli bosma mahsulotlarni xarid qilish uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda;
- muntazam ravishda kitob yarmarkalari, ko'rgazma va savdolarni o'tkazish;
- mamlakatda jiddiy adabiyot - professional va badiiy adabiyotlarni o'qishga yo'naltirilgan auditoriyalar mavjudlig; kitobsevarlar va havaskor yozuvchilar jamoat birlashmalari ham borligi;
- kitobxonlikni faol targ'ib qilishni tashkil etish uchun ommaviy axborot vositalarining mavjud salohiyati yetarli;
- rivojlangan ta'lim muassasalari tarmog'i kitobxonlik ko'nikmalari va unga qiziqishni rivojlantiruvchi innovatsion ta'lim dasturlarini amalga oshirish imkonini berishi.[5]
"Inson tomonidan jamiyatda hayot kechirish imkonini beruvchi bilimlar, normalar va qadriyatlar tizimining o'zlashtirilish jarayoni"sifatida ijtimoiylashuv bir qancha ijtimoiy institutlar tomonidan amalga oshiriladi. Xususan, oila, ta'lim muassasalari, mahalla va boshqalar shaxs ijtimoiylashuvining asosiy institutlari hisoblanadilar. Qadimiy kutubxonalar va zamonaviy ARMlar ham jamiyatda tutgan o'zining o'rniga ko'ra ijtimoiylashuv instituti vazifasini bajaradi.[6]
NATIJALAR
Mutolaa bilan bog'liq muammoni hal qilish hozirgi vaqtda o'zaro bog'liq bo'lmagan barcha resurslarni mutolaa sohasidagi davlat tomonidan ijtimoiy yo'naltirilgan madaniyat siyosati doirasida tizimli ravishda mustahkamlash va birlashtirish va ulardan foydalanishni eng muhim milliy vazifalardan birini hal qilishga yo'naltirish zarurligini taqozo etadi.O'zbekistonda mutolaa muammolariga doimo e'tibor berib kelinmoqda.Ayniqsa ,XXI asrda mamlakatimizda kitobxonlik va mutolaaga alohida e'tibor berilmoqda
Jumladan,O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 12- yanvar kuni "Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik
April, 2023
91
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-88-96
madaniyatini oshirish hamda targ'ibot qilish bo'yicha komissiya tuzish to'g'risida"gi farmoyishni[7] imzolaganligi misol bo'la oladi. Farmoyishda mustaqillik yillarida kutubxona va nashriyotchilik borasida erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda aholi, ayniqsa ,yoshlar o'rtasida mutolaa madaniyatini oshirishga oid qator muammolar sanab o'tilgan.Avvalo, badiiy, ma'rifiy, ilmiy-ommabop, tarbiyaviy, yoshlarning intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan adabiyotlarni chop etish, ular bilan ta'lim muassasalarini ta'minlash, milliy va jahon adabiyoti namoyandalarining yetuk asarlarini saralash, tarjima qilish ishlari puxta o'ylangan tizim asosida tashkil etilmagan, deyiladi hujjatda.Chop etiladigan kitoblarni nashriyotlardan hududlarga arzon narxlarda yetkazish, onlayn buyurtma berish va manzilga yetkazish tizimi sust rivojlangan, shuningdek, aholiga xizmat ko'rsatishda elektron kitob shakllaridan keng foydalanish yaxshi yo'lga qo'yilmagan.
Ta'lim va madaniyat muassasalari uchun kitob xarid qilishga mablag'lar yetarli darajada mavjud bo'lgan manbalar hisobidan jalb etilmayapti, kitob sotishga ixtisoslashgan korxonalar tomonidan ta'lim muassasalari, kutubxonalar va mahallalarda yangi kitoblar taqdimotini o'tkazish, mutolaa madaniyatini oshirish, shu jumladan, ommaviy-axborot vositalari orqali targ'ibot-tashviqot qilishga qaratilgan tadbirlar yetarli emas.Ushbu sohadagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, aholining kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish bo'yicha tegishli takliflarni tayyorlash maqsadida bosh vazir rahbarligida kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ibot qilish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish bo'yicha ishchi guruh va kichik ishchi guruhlar tashkil etilishi belgilandi.Bunda quyidagi masalalarni atroflicha o'rganish va chuqur tahlil qilish asosida tegishli takliflarni ishlab chiqish topshirildi:
-aholi, ayniqsa, yoshlar orasida badiiy jihatdan yuksak, intellektual saviyani o'stirishga xizmat qiladigan kitoblarga bo'lgan talabni o'rganish, shu jumladan, ijtimoiy so'rovlar orqali aniqlash, nashriyotlar tomonidan chiqariladigan badiiy, ma'rifiy, yoshlarning dunyoqarashini kengaytirishga doir adabiyotlarning (shu jumladan, elektron shaklda) umumiy buyurtma ro'yxatini shakllantirish tizimining holati;
-kitoblarni chop etish hamda aholiga yetkazib berishni o'z ichiga olgan boshqaruv tizimining, shuningdek, jahon adabiyotining eng sara namunalarini o'zbek tiliga va o'zbek adabiyotining eng yaxshi asarlarini chet tillariga tarjima qilish ishlarining tanqidiy tahlili;
April, 2023
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-88-96
-noshirlar va adiblarni moliyaviy rag'batlantirish, bolalar adabiyotiga ixtisoslashgan nashriyotlarga moliyaviy imtiyozlar berish va moddiy qo'llab-quvvatlash tizimini shakllantirish, matbaa korxonalari va nashriyotlarga kitob ishlab chiqarish uchun sifatli qog'oz va matbaa xom ashyolarini chetdan xarid qilish tartibini takomillashtirish;
-kitob tarqatish tizimini yanada rivojlantirish va aholining keng qatlamini qamrab olish, kitob mahsulotlarining narxini shakllantirish va sotish bo'yicha aniq mexanizmlarni ishlab chiqish;
-ixtisoslashgan kitob do'konlari uchun viloyat, tuman markazlari va shaharlarda hamda qishloqlarda aholi gavjum va qulay hududlardan joy ajratish yoki ijaraga berish masalalarini qayta ko'rib chiqish, sotuv aylanmasida kitob ulushining hajmi 70 foizdan ko'p bo'lgan tadbirkorlik subyektlarini alohida statistik hisobga olish va ularga tegishli soliq imtiyozlari qo'llash;
-mavjud axborot-kutubxona muassasalari aholining keng qatlamlariga xizmat ko'rsatishi zarurligidan kelib chiqib, ularning viloyatlar, shaharlar va tumanlar bo'yicha joylashish va bo'ysunish tartibini qayta ko'rib chiqish, faoliyati hamda o'zaro hamkorligini takomillashtirish;
-axborot-kutubxona muassasalarining, ayniqsa, ta'lim sohasidagi axborot-resurs markazlari fondlarini shakllantirishda o'quv adabiyotlari bilan bir qatorda badiiy, ma'rifiy, ilmiy-ommabop adabiyotlar ro'yxatini hamda ularni xarid qilish bo'yicha xarajatlar smetasini qayta ko'rib chiqish;
-chop etilayotgan kitoblarni aholi o'rtasida ommaviy axborot vositalari, jumladan, "Madaniyat va ma'rifat" telekanali orqali targ'ib qilish, ta'lim muassasalari, kutubxonalar, mahallalarda kitob mualliflari bilan ijodiy uchrashuvlarni tizimli ravishda tashkil etish hamda ta'lim muassasalari, ayniqsa, maktabgacha va boshlang'ich ta'limda o'qish madaniyati va mutolaa ko'nikmalarini shakllantirish;
-ta'lim muassasalarida sinfdan tashqari o'qish uchun tavsiya etilgan o'zbek va chet el adiblarining mumtoz va zamonaviy asarlarini tanlab, xrestomatiya adabiyotlari ro'yxatlarini qayta ko'rib chiqish va o'quv jarayoniga mutolaa etilgan asarlar asosida insho yozish tizimini joriy etish, adabiyot to'garaklari faoliyatini moddiy qo'llab-quvvatlash tizimini qayta qo'rib chiqish;
-hududlarda yozuvchi-shoirlar ishtirokida kitob bayrami va yarmarkalarini tashkil etish, aholi o'rtasida badiiy jihatdan yuksak milliy va jahon mumtoz adabiyotlari namunalarini targ'ib qilish, kitobxonlar, bosma va elektron kitob ishlab chiqaruvchilar, kitob sotuvchilar hamda
kutubxonachi va targ'ibotchilar orasida tanlovlar ("yilning eng
April, 2023
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-88-96
yaxshi kitobi", "eng yaxshi kitobxon oila", "yilning eng yaxshi bolalar kitobi", "yilning eng yaxshi audio kitobi", "yilning eng yaxshi elektron kitobi" kabi) o'tkazish tizimini takomillashtirish.
Mamlakatda bugungi kunda 1677 poligrafiya korxonasi va 118 nashriyot ro'yxatga olingan, Milliy kutubxona, 14 ta viloyat axborot-kutubxona markazlari va ta'lim muassasalarining 200 ga yaqin axborot-resurs markazlari faoliyat ko'rsatmoqda.
MUHOKAMA
Sir emaski, bugun dunyoda adabiyot ham biznesga aylanib boryapti. Bozor adabiyoti rivojlanishida do'konlar to'lib ketgan. Badiiy adabiyot namunalari ichida haqiqiy ma'nodagi ma'naviy ozuqani bera oladiganlari bormi? Ayrim adiblar o'z ruhiyatidagi tushkunlikni asarga ko'chirib, ta'sirli jumlalar bilan uni o'quvchi ongiga singdirishga urinmoqda. Qiziq, "ommaviy madaniyat" kun sayin o'z auditoriyasini kengaytirib borayotgan bir davrda kishilarda ma'naviy immunitetni shakllantirish o'rniga aksincha, ularning ruhiyatiga salbiy ta'sir ko'rsatishdan maqsad nima? Tilga tushish, mashhur bo'lishmi?
Kitob bosib chiqarishning mashaqqati ham, xarajati ham oz emas. U qog'ozdan, qog'oz esa daraxtdan yasaladi. Bu ishga minglab kishilarning mehnati, kuchi va albatta, qimmatli vaqti sarf bo'lishi hech kimga sir emas. Kitob do'konlarida tizilib turgan bosma mahsulotlarning har biri ortida ko'plab insonlarning mehnati yotadi. Ta'bir joiz bo'lsa, har bir kitobning o'z xaridi bor.
" Sharq ziyokoгi" kitoblaг do'koni gavjum. Шг biг xaгidoг o'zini qiziqtiгgan badiiy, ilmiy-ommabop asarni tanlash bilan band. Kimdir ertaklar javonida to'xtasa, kimdir jahon adabiyoti durdonalariga ko'z yugurtiradi. Ayrimlar o'z kasbiga oid ilmiy-ommabop kitoblar, turli qo'llanmalar bilan tanishmoqda.Kitobxon o'qigan kitobidan o'ziga qandaydir xulosa ola bilishi kerak. Bora-bora bu xulosalar yig'ilib, ulkan kuchga - ma'naviyatga aylanadi.
Ma'naviyatli shaxs esa kitob do'koniga kirganida, o'z didiga, ehtiyojiga mos kitoblar xarid qiladi. Uning ma'naviy didi yuksakligi shu joyda foyda beradi, bu esa unda yillar davomida shakllangan. Oila muhitining ham bu borada o'rni katta.Sharq xalqlarida azaldan ilm olishga, ma'rifatga intilish yuqori bo'lgan. Hazrat Alisher Navoiy besh-olti yoshligidayoq Farididdin Attorning "Mantiq-ut tayr" asarini mutolaa uchun tanlagan, qisqa muddatda o'qib ulgurgan, uni satrma-satr yod olgan. Mazmunini murg'ak diliga jo aylagan.
Shuning ta'sirida shoirning kitob tanlab o'qishga nisbatan did-
April, 2023
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-88-96
farosati shakllangan.Kitob chop etilar ekan, u albatta, kitobxonlarning dunyoqarashini kengaytirish uchun xizmat qiladi. Kimdir ijtimoiy-siyosiy, yana kimdir ilmiy-ommabop asarlarni o'qiydi. Ayrimlar esa ichki ehtiyojdan kelib chiqib badiiy adabiyotlarni mutolaa qiladi. Boshqa birovlar ilmiy-ommabop qo'llanmalarni o'rganib, uning mag'zini chaqishga intiladi. Muhimi esa, har bir kitob o'z auditoriyasiga yetib borishi, o'z o'quvchisini topishidadir.
Har bir davrning olimu fozillari, shoiru adiblari ko'p. Ular kitob mutolaa qilib shaxs darajasiga yetishdilar. Bugungi avlodning barkamolligi uchun yaratilayotgan shart-sharoitni sanab adog'iga yetish mumkinmi? Yo'q. O'quv muassasalarining moddiy-texnik bazasi mustahkammi?Har birida kutubxona mavjudmi?O'quvchi-yoshlarning kasbiy bilimlarni puxta egallashini kutubxonalar xizmatisiz tasavvur qilish mushkul.Mutolaa hodisasini tushunish muammolari mahalliy kutubxonashunoslik uchun doimo dolzarb bo'lib kelgan.
Jamiyatda kitobxonlik madaniyatining shakllanishi va rivojlanishi jamiyat rivojiga bevosita ta'sir ko'rsatgani uchun olimlar doimo shu muammoga murojaat qilishmoqda. M.D. Smorodinskaya va Y.P. Markova [S] "Mutolaa madaniyati" tushunchasining murakkabligi shundaki, u o'quvchi yozuvchining "hammuallifi" bo'lganda, xatcho'pdan foydalanishning elementar mahoratidan tortib ijodiy o'qishgacha bo'lgan hamma narsani o'z ichiga olishini ta'kidlamokdalar. M.D. Smorodinskaya va Y.P. Markova o'z kitoblarida kitobxon ega bo'lishi kerak bo'lgan ko'nikmalar ro'yxatini keltirishgan :
-матндаги ходисалар орасидаги богланишларни ажратиб курсатиш; -библиографик нашрлар, маълумотномалардан фойдаланиш; -мутолаа жараёнида кушимча манбаларни жалб килиш; -тез укиш техникасидан фойдаланиш; -урганилаётган матн материали буйича тахлил, синтез, умумлаштириш ишларини бажариш.[9]
Шундай килиб,мутолаа феномени кенг куламли ижтимоий-маданий жараёнлар сифатида хозирги замонга хос булган муаммолар фонида комплекс тарзда куриб чикиш зарур ва мутолаани куллаб-кувватлаш ва ривожлантиришни амалга ошириш тизимли шаклланиши ва амалга оширилиши таъминлайди деб айтиш мумкин булади.
-matndagi hodisalar orasidagi bog'lanishlarni ajratib ko'rsatish; -bibliografik nashrlar, ma'lumotnomalardan foydalanish; -mutolaa jarayonida qo'shimcha manbalarni jalb qilish; -tez o'qish texnikasidan foydalanish;
April, 2023
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-88-96
-o'rganilayotgan matn materiali bo'yicha tahlil, sintez, umumlashtirish ishlarini bajarish.[9]
Shunday qilib,mutolaa fenomeni keng ko'lamli ijtimoiy-madaniy jarayonlar sifatida hozirgi zamonga xos bo'lgan muammolar fonida kompleks tarzda ko'rib chiqish zarur va mutolaani qo'llab-quvvatlash va rivojlantirishni amalga oshirish tizimli shakllanishi va amalga oshirilishi ta'minlaydi deb aytish mumkin bo'ladi.
REFERENCES
I.Чудинова, В.П. Детское чтение в переходный период: социодинамика процессов трансформации / В.П. Чудинова // Homo legens. Читающий человек: сб. статей / ред. Б.В. Бирюков. - М.: Школьная библиотека, 2006. - С. 208
2.Кузьмин, Е.И. Поддержка и развитие чтения - общенациональная задача / Е.И. Кузьмин , Э.А. Орлова // Обсерватория культуры. - 2007. - № 2. - С. 25-30
3. Чудинова, В.П. Проблемы и задачи поддержки чтения в России / В.П. Чудинова // Библиотечное дело - 2004: всеобщая доступность информации: материалы 9 междунар. науч. конф. (Москва, 22-24
4.Сметанникова, Н.С. Будем ли отстающими? Международный опыт повышения качества чтения / Н.С. Сметанникова // Библиотечное дело. 2004. -№ 11. - С. 2-4
5.Кузьмин, Е.И. Поддержка и развитие чтения - общенациональная задача / Е.И. Кузьмин , Э.А. Орлова // Обсерватория культуры. - 2007. - № 2. - С. 25-30
6.Фалсафа: комусий лугат (Тузувчи ва масъул мухаррир К.Назаров). -Тошкент: «Шарк» нашриёт-матбаа акциядорлик компанияси Бош тахририяти,2004.147-бет.
7.2017 йил 12 январь куни «Китоб махсулотларини чоп этиш ва таркатиш тизимини ривожлантириш, китоб мутолааси ва китобхонлик маданиятини ошириш хамда таргибот килиш буйича комиссия тузиш тугрисида"ги фармойиш
8.Смородинская, М.Д. О культуре чтения: что нужно знать каждому / М.Д. Смородинская, Ю.П. Маркова. - М.: Книга, 1984. - 88с.
9.Смородинская, М.Д. О культуре чтения: что нужно знать каждому / М.Д. Смородинская, Ю.П. Маркова. - М.: Книга, 1984. - 88с.
10.Агзамова, Н. Ш. Антиваксеры: моральная дилемма. Научный журнал" Академический вестник ЭЛПИТ, 5.
II. Лалихон Ашуралиевна Мухамеджанова, Сергей Иванович Ивентьев, Мавлуда Рахимшикова Значение нравственного воспитания в современное время // Academic research in educational sciences. 2022. №NUU Conference 2. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/znachenie-nravstvennogo-vospitaniya-v-sovremennoe-vremya
12. MUXAMEDJANOVA, L. (2022). NOTIQLIK SAN'ATI O'quv qo'llanma. https://scienceweb.uz/publication/4490
April, 2023