"Oriental Art and Culture" Scientific Methodical Journal / https://oac.dsmi-qf.uz Volume 4 Issue 6 / December 2023
ELEKTRON KUTUBXONALARNING TARAQQIYOTI UCHUN OLIB
BORILAYOTGAN ISHLAR
Durdona Ahmedova
O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali
Annotatsiya: Ushbu maqolada zamonaviy kutubxonalar va ularning turli xil yangiliklar haqida ma'lumot berilgan. Bundan tashqari qo'shimcha elektron ma'lumotlarni yangilash vа loyihalash haqida kerakli ma'lumotlarni beradi.
Kalit so'zlar: loyihalash, ishlab chiqish, tizimli innovatsiyalar, turli xil amallar
WORKS TO BE CARRIED OUT FOR THE DEVELOPMENT OF
ELECTRONIC LIBRARIES
Durdona Ahmedova
Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture
Abstract: This article provides information about modern libraries and their various innovations. It also provides useful information on updating and designing additional electronic data.
Keywords: design, development, systemic innovation, various actions
Rеspubikаdа ijtimоiу-iqtisоdiу sоhаni isloh qilishning hozirgi shаrоitidа axborot-kutubxona fаоliуаtini rivоjlаntirishning mаqsаd а vazifalari mamlakatda amalga оshirilaуоtgan о'zgarishlarga va хalqarо amaliуоtga mos bo'lishi zarur. Shu munosabat bilan fuqarolarning axborotdan erkin foуdalanish bo'уicha konstitutsiуaviу huquqlarini, shu jumladan, milliу qadriуatlar va jahon madaniуati, amaliу va fundamental bilimlardan bahramand bo'lishini ta^in^digan aholiga axborot-kutubxona xizmatlari ko'rsatishning sifati jihatdan уangi tizimini уaratish, kutubxonalarda saqlanaуotgan milliу madaniу merosni asrab-avaуlash va boуitish, aхborot-kommunikatsiуa teхnologiуalarini keng joriу etish xisobiga axborot-kutubxona muassasalari faoliуatini tashki1 etishni takomillashtrish ustuvor vazifaga aуlanmoqda.
Bu esa axborot-kutubxona fao^atiga, kitobxonlarga xizmat ko'rsatish, fondlarni to'ldirish va saqlash, kutubxona jaraуonlarini avtomatlashtirish, ilmiу-tadqiqot va tashkiliу-uslubiу faoliуat, kadrlarni taууorlash, qaуta taууorlash rag'batlantirish, xalqaro hamkorlikni kengaуtirishga jiddiу jiddiу ta'sir ko'rsatish imkonini beradi.
Aholiga axborot-kutubxona xizmati ko'rsatishni yanada takomillashtirish, Axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini rivojlantirish maqsadida:
1. Quyidagilar aholiga axborot-kutubxona xizmati ko'rsatishni sifat jihatidan yanada rivojlantirish sohasidagi asosiy vazifalar etib belgilansin:
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi va zamonaviy umumjahon tendensiyalarini hisobga olgan holda axborot-kutubxona faoliyatini isloh qilish;
aholiga axborot-kutubxona xizmatlari ko'rsatish bo'yicha ijtimoiy kafolatlarni sifatli ta'minlash hamda zamonaviy talablarni hisobga olgan holda axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirish maqsadida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;
hududlarda aholiga axborot-kutubxona xizmatlari ko'rsatishni barqaror rivojlantirishga ko'maklashish;
axborot-kutubxona muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shu jumladan, yangi bino va inshootlarni qurish, mavjud binolarni rekonstruksiya qilish, ularni zamonaviy uskunalar bilan ta'minlash;
kutubxona sohasida davlat-xususiy sheriklikni, xususiy va elektron (virtual) kutubxonalar tarmog'ini rivojlantirish;
kutubxonalar faoliyatining samaradorligini va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish (shu jumladan, pullik xizmat ko'rsatish) tezkorligini oshirish uchun elektron kitoblar tarqatishga ixtisoslashgan internet-resurslar bilan hamkorlikni kengaytirish;
axborot-kutubxona muassasalari xavfsizligini hamda milliy va jahon madaniy merosining bir qismi sifatida axborot-kutubxona fondlarining yaxshi saqlanishini ta'minlash;
jamiyatning axborot madaniyatini, tariximizga va milliy madaniyatga qiziqishini shakllantirish a kuchaytirish, mutolaa madaniyatini oshirish ya targ'ib qilish; axborot-kutubxona muassasalarini malakali mutaxassislar bilan ta'minlash.
2. Quyidagilar:
a) 2019-2024 yillarda O'zbekiston Respubikasida axborot-kutubxona sohasini rivojlantirish konsepsiyasi 1-ilovaga muvofiq;
b) 2019-2024 yillarda O'zbekiston Respubikasida axborot-kutubxona sohasini rivojlantirish bo'yicha chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq;
v) Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi - axborot-resurs markazining tashkiliy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
g) Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi - axborot-resusr markazining (keyingi o'rinlarda - Milliy kutubxona) xodimlar umumiy cheklangan soni 227 nafardan iborat boshqaruv apparati tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Milliy kutubxona direktoriga zarnr hollarda Milliy kutubxona boshqaruv apparati tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy soni va mehnatga haq to'lash fondi doirasida o'zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
3. O'zbekiston. Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (keyingi o'rinlarda - Agentik), O'zbekiston Respubikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg'armasiga tushadigan mablag'larning ikki foizini Alisher Navoiy nomidagi. O'zbekiston. Milliy kutubxonasi - axborot -resurs markazi huzuridagi byudjetdan tashqari Axborot -kutubxona muassasalarini rivojlantirish jamg'armasiga (keyingi o'rinlarda - Jamg'arma) ajratish to'g'risidagi taklifi ma'qullansin.
4. Agentlik, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Sog'ligni saqlash vazirligi va Moliya vazirligining:
Milliy kutubxona qoshida 186 ta tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlarini tashkil etish, shuningdek, umumta'lim maktablari va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari qoshida faoliyat ko'rsatayotgan barcha axborot-rasurs markazlarini tugatish;
umumta'lim maktablari ya o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarining tugatilayotgan axborot-resurs markazlarining kitob fondlari va shtat birliklarini yangidan tashkil qilinayotgan tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlariga berish;
axborot-resurs markazlarini tugatishda umumta'lim maktblari va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarining kutubxonalarini amaldagi normativlarga muvofiq tegishli kitob fondi va shtat birliklari bilan birga saqlab qolish to'g'risidagi takliflari ma'qullansin.
5. Quyidagilar yangi tashkil etilayotgan tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
aholiga axborot-kutubxona xizmatlari ko'rsatish uchun sifat jihatidan yangi va qulay shart-sharoitlar yaratish, zamonaviy axborot texnologiyalari asosida ularning ilmiy, ta'lim, axborot va madaniy ehtiyojlarini qondirish;
aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj q atlamlariga ijtimoiy moslashuv va reabilitatsiya, mustaqil ta'lim olish va muloqot doirasini kengaytirish vositasi sifatida axborotdan foydalanish imkoniyatlarini yaratish;
foydalanuvchilarga har qanday (bosma, multimedia va raqamli) tashuvchilarda, shu jumladan, Internet tarmog'ida sifatli axborot manbalaridan foydalanish imkoniyatini yaratish;
o'z axborot-resurslarini yaratish va ularni sifatli to'ldirib borish orqali kitobxonlarga an'anaviy xizmat ko'rsatish usulidan ularni zamonaviy axborot-kutubxona xizmatlari bilan ta'minlashga o'tish;
aholiga axborot-kutubxona xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha masofadan xizmatlar ko'rsatishni rivojlantirish va modernizatsiya qilish.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. OCLC tizimlari va xizmatlari: Xalqaro raqamli kutubxona istiqbollari 17-jild 2-son
2. Kutubxonada elektron resurslarni tashkil etish ya axborot fanlari o'quv dasturi
3. Yuldasheva, S. (2023). The Experience of Learning to Read from Foreign Countries. EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION, 3(10), 42-46.
4. Yo'Ldasheva, S. (2022). KITOBNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI. Oriental Art and Culture, 3(4), 413-417.
5. Yuldasheva, S. N. (2023). A Modern Approach to the Development of Reading Culture. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 2(5), 28-32.
6. Yuldasheva, S. (2022). Level of Studying the Psychology of Reading in Foreign Countries. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT, 2(4), 28-36.
7. Shaxrinsa, M., & Husanovna, A. M. (2022). O 'ZBEK MILLIY ETNO-LIBOSLARI TARIXIGA BIR NAZAR. Oriental Art and Culture, 3(1), 571-577.
8. Ac^apoBa, М. (2020). УЗБЕК АДАБИЙ ТАЩИДИ ТАРАККИЁТИ. Oriental Art and Culture, (V), 207-219.
9. To'Ychiyeva, S. N. M. (2022). OILADA BOLANI KITOBGA QIZIQTIRISHNING YO 'LIARI VA VOSITALARI. Oriental Art and Culture, 3(2), 367-372.
10. To'Ychiyeva, S. N. M. (2022). BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHDA AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZLARINING ROLI. Oriental Art and Culture, 3(2), 683-689.
11. Numonovna, T. S. (2021). The Role of Books in Raising the Morale of Young People. International Journal of Culture and Modernity, 11, 25-31.