Научная статья на тему 'G‘o‘zani so‘ruvchi zararkunandalariga qarshi samarali kurash choralari'

G‘o‘zani so‘ruvchi zararkunandalariga qarshi samarali kurash choralari Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
14
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o‘rgimchakkana (Tetranychus urticae Koch.) / tamaki tripsi (Thrips tabaci Lind.) / vertimek 3 / 3 em.k. / emamektin ekstra 3 / 6% em.k. / abamekto 4% em.k / galil sus.k. / OOQ

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Adiba Nizomjon Qizi Abdulaxatova

Maqolada g‘o‘zani so‘ruvchi zararkunandalari (bitlar, tamaki tripsi) tarqalishi, g‘o‘zaga keltiradigan zarari va bioekologiyasi yoritilgan. So‘ruvchi zararkunandalar miqdorini boshqarish usullari to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «G‘o‘zani so‘ruvchi zararkunandalariga qarshi samarali kurash choralari»

G'o'zani so'ruvchi zararkunandalariga qarshi samarali

kurash choralari

Adiba Nizomjon qizi Abdulaxatova

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Agrobiotexnologiyalar

va oziq ovqat xavfsizligi instituti

Annotatsiya: Maqolada g'o'zani so'ruvchi zararkunandalari (bitlar, tamaki tripsi) tarqalishi, g'o'zaga keltiradigan zarari va bioekologiyasi yoritilgan. So'ruvchi zararkunandalar miqdorini boshqarish usullari to'g'risida ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: o'rgimchakkana (Tetranychus urticae Koch.), tamaki tripsi (Thrips tabaci Lind.), vertimek 3,3 em.k., emamektin ekstra 3,6% em.k., abamekto 4% em.k, galil sus.k., OOQ

Effective control measures against cotton-sucking pests

Adiba Nizamjon kizi Abdulakhatova

Institute of Agrobiotechnologies and Food Safety of Samarkand State University

named after Sharof Rashidov

Abstract: The article describes the distribution of cotton-sucking pests (lice, tobacco thrips), the damage they cause to cotton, and their bioecology. Information is provided on methods of controlling the number of sucking pests.

Keywords: Spider mite (Tetranychus urticae Koch.), tobacco thrips (Thrips tabaci Lind.), vertimek 3.3 em.c., emamectin extra 3.6% em.c., abamecto 4% em.c., galil sus.c., OOK

Hududlarning tuproq-iqlim sharoitlarini inobatga olgan holda ingichka va o'rta tolali g'o'zaning tola sifati yuqori bo'lgan, kasallik va zararkunandalarga chidamli, tezpishar, serhosil navlarini yaratish, ularning ekin maydonlarini kengaytirish, yangi va istiqbolli navlari urug'larini ko'paytirish hamda yetishtirish agrotexnologiyalarini ishlab chiqishni muhim masalalardan biri bo'lib hisoblanadi. Bu bo'yicha aniq chora va vazifalar 30.01.2020 yildagi 47-son Vazirlar Mahkamasi qarorida keltirilgan.

G'o'za ekiladigan hududlarda, g'o'zada 220 turdan ortiq umurtqasiz xayvonlar shu jumladan 156 tur xashoratlar zarar keltiradi. Bizni Respublikamizda esa g'o'za ekiladigan maydonlarda g'o'za o'sish va rivojlanish davrida 214 turdan ortiq zararli xashoratlar rivojlanadi va zarar keltiradi (Alimuxammedov va boshq. 1989). Ko'pchilik olimlarni fikricha g'o'za, asosiy zararkunandalar xisobiga yil davomida 55-

60% hosilni yo'qotadi. O'simliklarni himoya qilish tadbirlarini unumli va samarali amalga oshirish g'o'za hosilini zararkunanda va kasalliklardan saqlashni asosiy omillaridan biri hisoblanadi.

G'o'zaga bir necha turdagi so'ruvchi zararkunandalar zarar yetkazadi: o'rgimchakkana (Tetranychus urticae Koch.), o'simlik shiralari, qandalalar va tripslar zarar keltiradi.

O'rgimchakkana (Tetranychus urticae Koch.) keng tarqalgan zararkunanda bo'lib, barcha O'rta Osiyo respublikalaridan tashqari ko'pgina Yevropa va Osiyo mamlakatlarida tarqalgan. AQSh va Afrika mamlakatlarida g'o'zaga oddiy o'rgimchakkanadan tashqari bir nechta, shu oilaga mansub, kanalar ham ziyon yetkazadi.

O'rgimchakkana juda mayda bo'g'imoyoqli hayvonlar namunasi bo'lib uni oddiy ko'z bilan zo'rg'a ko'rish mumkin. Tanasi oval shaklda, bo'yi 0,3-0,6 m ga boradi. Uning bahor-yozdagi avlodi ko'kish-sariq, qishlab chiqadiganlari esa to'qsariq-qizil bo'ladi. Tanasining yon tomonlaridagi ikkita qoramtir dog'lari yaqqol ko'rinib turadi.

O'rgimchakkana g'o'za va ko'pgina boshqa ekinlarning ashaddiy va doim tushadigan zararkunandasidir u hammaxo'r zararkunanda bo'lib g'o'za, sabzavot va poliz, dukkakli ekinlar, yer yong'oq, gul va bog'zorlarda so'rib ularga katta zarar keltiradi. Kana asosan barglarning orqa tomoniga joylashib olib unga shikast yetkazadi, bargni juda ingichka kul rang o'rgimchak iplari bilan o'raydi. Uning nomi ham shunga qarab qo'yilgan. Zararlangan barglarining ustki tomonida unda-bunda och tusli, qattiq zararlangan joylarida esa ko'ng'ir va qizg'ish dog'lar paydo bo'ladi. Kuchli shikastlangan barglar to'kiladi, o'simlik yalong'ochlanadi va juda majmag'il bo'lib qoladi. Qancha barvaqt tushsa, shuncha ko'p shikast yetkazadi. Masalan, F.M.Uspenskiyning ma'lumotlariga ko'ra (1966, 1970 y.), iyunda zararlangan g'o'zalar (himoya choralari ko'rilmaganda) hosilning 50-60% tini, avgustda tushganida esa 2-6% tini yo'qotadi.

Bundan tashqari g'o'zaga bir necha turdagi tripslar zarar keltiradi. Ularni ichida eng asosiylari tamaki tripsi, g'o'za tripsi, shiraburin tripsidir. Keyingi yillarda bu zararkunandalarni rivojlanish dinamikasi va zarari keskin o'zgardi. Umuman xar bir trips aloxida olganda o'zining zarar keltirish vaqtiga egadir. Shu sababli ularga qarshi o'z vaqtida kurashish talab etiladi.

Tamaki tripsi (Thrips tabaci Lind.) g'o'zaga ko'p tushadigan zararkunanda hisoblanadi. U g'o'zadan tashqari: tamaki, piyoz, karam, ko'kat va gullarga kuchli shikast yetkazadi. Trips g'o'za maysalarining yosh barglari va o'suv nuqtalariga joylashib olib sanchib so'rib shikastlaydi. Zararlangan barglarning ost tomoni o'ziga xos ravishda kumushsimon yaltirob qoladi, shikastlangan kurtaklardan esa majmag'il barglar yoziladi. O'suv nuqtasi o'lgach o'simlikning rivojlanishi izdan chiqadi, ba'zan yosh o'simlik nobud bo'ladi

N.I. Xodosevich (1975 y.) ma'lumotiga ko'ra, trips zarandan o'rta hisobda har gektardan 4,6 s. paxta hosili kamayishi mumkin. Tamaki tripsi mayda hasharot, uning bo'yi 0,8-0,9 mm keladi. Tanasi cho'ziq, urg'ochisida uzun, yirik, arrali tuxum qo'ygichi bor bo'ladi. Yetuk hasharotning ikki juft (chekkalari hoshiyali) tor qanotlari bor. Og'iz apparati sanchib so'rishga moslashgan, kalta. Tripsning lichinkasi imagoga qaraganda ochroq tusli, qanotsiz, urg'ochilarida tuxum qo'ygich bo'lmaydi, ko'zlari uch-to'rtta fasetkalardan iborat, burtchalari olti bo'g'imli. Tamaki tripsi yer betiga to'kilgan barglar va o'simlik qoldiqlari ostida qishlaydi. Mart oyida trips begona o'tlarda rivojlanadi, keyin g'o'zaga o'tadi. Urg'ochisi bir oycha yashaydi va shu vaqt mobaynida o'simlik to'qimalariga 100 tagacha tuxum qo'yadi.

Tuxumlardan uch-to'rt kundan so'ng lichinka chiqib, asosan barg tomiri bo'ylab oziqlana boshlaydi. To'rt marta tullagach, lichinka yetuk hasharotga aylanadi. O'zbekiston sharoitida trips yetti-sakkiz marta avlod beradi.

G'o'zani so'ruvchi zararkunandalariga qarshi kurash choralari: O'simliklarni o'rgimchakkanadan samarali himoya qilish uchun albatta bir qator tadbir-choralari, hamda usul-vositalarni ishlatishga to'g'ri keladi. Bular: tashkiliy-xo'jalik, agrotexnik, oldini olish, selek-sion (bardoshli navlarni barpo qilish), biologik hamda kimyoviy usullardan iboratdir.

1. Agrotexnik yoki oldini olish tadbirlaridan eng muhimi - o'rgimchakkanani qishlab chiqishini cheklashdan iborat. 2. May-iyunning boshida tut novdalari kesib olinganidan keyin, so'ruvchi zararkunandalarning (o'rgimchakkana, shira, trips), hamda tut parvonasi tarqalgan yerlarda bu zararkunandani ham bir yo'la zahiralarini keskin kamaytirish uchun oldini olish ishlovini o'tkazish kerak. Aholi yashaydigan qishloqlarga yaqin joylashgan dala atroflarini oltingugurtli 0,5-10-li OOQ bilan ishlagan ma'qul. Bunda faqat o'rgimchakkanaga qarshi 55-60% samara olinadi. 3. O'rgimchakkanadan tashqari, o'simlik shiralari va trips tushishi sababli zararkunandalarga vertimek 3,3 em.k., (0,4 l/ga), emamektin ekstra 3,6% em.k. (0,250,3 l/ga), abamekto 4% em.k (0,3-0,4 l/ga), galil sus.k. (0,2-0,3 l/ga), sestemali preparatlarning biri bilan ishlov berish lozim. 4. Kanaga qarshi ikkinchi dorilashda spesifik akarisidlardan: nissoran, zum, ortus, flumayt, yoki neoron, omayt va boshqalardan biri ishlatiladi. Sernam yerdagi o'simliklar «chanqoq»lariga qaraganda zaharli dorilarni o'zlashtirib to'qimalaridan yaxshi o'tkazadi va zararkunandalar uchun zaharli bo'lib qoladi. Aholi yashaydigan qishloqlar yaqinidagi ekinzorlarni issiq qonli hayvonlar va odam uchun uncha zaharli bo'lmagan dorilar bilan (traktor apparatlari yordamida) dorilanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston respublikasi qishloq xo'jaligida o'simlik zararkunandalari, kaslliklariga va begona o'tlariga qarshi foydalanish uchun ruhsat etilgan kimyoviy va

biologik himoya vositalari, difoliantlar hamda o'simliklarni o'sishini boshqaruvchi vositalar ro'yxati 2022 y, 10-19 b.

2. A.Sh. Xamrayev, A.G.Kojevnikova, B.A.Sulaymonov, Q.X.Xushvaqtov, Sh.K.Aliev, T.B.Niyazov «O'simliklarni himoya qilish» darslik. "Hayot" nashriyoti. Andijon - 2017 y.

3. Xo'jayev Sh.T., «Umumiy va qishloq xo'jalik entomologiyasi hamda uyg'unlashgan himoya qilish tizimining asoslari» darslik. «Yangi Nashr Nashriyoti» nashriyoti, 2019 y.

4. Xushvaqtov Q.X., va boshqalar "O'simliklarni himoya qilish" Andijon 2017

yil.

5. Boltayev B.S., Sulaymonov B.A., Mavlyanova R.F., Xolmurodov E.A., Rustamova I.B. Sabzavot ekinlarining zararkunanda, kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.