Научная статья на тему 'Dorivor tirnoqguldagi tunlamlar va ular sonini boshqarishda entomofaglarning ahamiyati'

Dorivor tirnoqguldagi tunlamlar va ular sonini boshqarishda entomofaglarning ahamiyati Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

CC BY
23
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ekologik / tirnoqgul / zararkunanda / dorivor / g‘о‘za tunlami / brakon / gul / savatcha / farmatsevtika / kemiruvchi / xomashyo. / ecological / calendula / pest / medicinal / cotton bollworm / bracon / flower / basket / pharmaceutical / gnawing / raw materials.

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — Rо‘ziqulov Davlatbek Nazaraliyevich

Ushbu maqolada tirnoqgul dorivor о‘simligiga zarar keltiruvchi tunlamlar va ularning sonini boshqarishda entomofaglarning ahamiyati tо‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Izlanishlar natijasida dorivor tirnoqgul о‘simligida g‘о‘za tunlami, gamma tunlami, kuzgi tunlam, undov tunlami, leukani tunlamlari uchrashi aniqlangan. Bular orasida g‘о‘za tunlami eng kо‘p uchrashi va zarar keltirishi qayd etilgan. Ma’lumki, farmatsevtika sanoatida tirnoqgul savatchasi asosiy xomashyo sifatida ishlatiladi. Mazkur kemiruvchi hasharotlar nafaqat о‘simlik poyasi, ildizi, guli va shonalari, balki biz uchun kerak bо‘lgan asosiy organi – gul savatchasini ham kuchli zararlab, sifatiga putur yetkazadi. Maqolada g‘o‘za tunlamiga qarshi biologik usulda brakon entomofagini qo‘llash samarasi о‘rganilgan. Brakon entomofagi 1 : 5 entomofag zararkunandaga qo‘llanganda, eng yaxshi 78,5-88,2 samaradorlikka erishildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Noctuidae of marigold and the significance of entomophagous in the regulation of their numbers

This article provides information about the role of entomophagous in the fight against Noctuidae and their numbers. As a result of research, calendula officinalis is harmed by Heliothis armigera Hb, Phytometra gamma L, Agrotis segetum Den. et Schiff, Agrotis exclamationis L and Leucania vibellina Hb. Among them, the cotton bollworm is the most common and harmful species. It is known in the pharmaceutical industry as the main raw material used in the inflorescence of calendulabasket. These pests severely damage not only the roots or stems of plants but also the most valuable organ – the flower basket. The article discusses the effectiveness of the biological application of the entomophagy bracon against cotton bollworm. When using the entomophagy bracon in pest control in the ratio of 1: 5, the entomophagy showed the best efficiency of 78.5-88.2%.

Текст научной работы на тему «Dorivor tirnoqguldagi tunlamlar va ular sonini boshqarishda entomofaglarning ahamiyati»

d ) https://dx.doi.org/10.36522/2181-9637-2022-3-13 UDC: 632.4

DORIVOR TIRNOQGULDAGI TUNLAMLAR VA ULAR SONINI BOSHQARISHDA ENTOMOFAGLARNING AHAMIYATI

Ro'ziqulov Davlatbek Nazaraliyevich,

Toshkent davlat agrar universiteti assistenti, ORCID: 0000-0002-5689-4563, е-mail: konf.zara@gmail.com

Annotatsiya. Ushbu maqolada tirnoqgul dorivor o'simligiga zarar keltiruvchi tunlamlar va ularning sonini boshqarishda entomofaglarning ahamiyati to'g'risida ma'lumotlar keltirilgan. Izlanishlar natijasida dorivor tirnoqgul o'simligida g'o'za tunlami, gamma tunlami, kuzgi tunlam, undov tunlami, leukani tunlamlari uchrashi aniqlangan. Bular orasida g'o'za tunlami eng ko'p uchrashi va zarar keltirishi qayd etilgan. Ma'lumki, farmatsevtika sanoatida tirnoqgul savatchasi asosiy xomashyo sifatida ishlatiladi. Mazkur kemiruvchi hasharotlar nafaqat o'simlik poyasi, ildizi, guli va shonalari, balki biz uchun kerak bo'lgan asosiy organi - gul savatchasini ham kuchli zararlab, sifatiga putur yetkazadi. Maqolada g'o'za tunlamiga qarshi biologik usulda brakon entomofagini qo'llash samarasi o'rganilgan. Brakon entomofagi 1 : 5 entomofag zararkunandaga qo'llanganda, eng yaxshi 78,5-88,2 samaradorlikka erishildi.

Kalit so'zlar: ekologik, tirnoqgul, zararkunanda, dorivor, g'o'za tunlami, brakon, gul, savatcha, farmatsevtika, kemiruvchi, xomashyo.

СОВКИ КАК ВРЕДИТЕЛИ КАЛЕНДУЛЫ ЛЕКАРСТВЕННОЙ И ЗНАЧЕНИЕ ЭНТОМОФАГОВ ПРИ РЕГУЛИРОВАНИИ ИХ ЧИСЛЕННОСТИ

Рузикулов Давлатбек Назаралиевич,

ассистент Ташкентского государственного аграрного университета

Аннотация. В данной статье приведены сведения о роли энтомофагов в борьбе с совками и их численностью. Исследования показали, что календуле лекарственной наносят вред совка хлопковая, совка-гамма, совка озимая, совка восклицательная и совка люцерновая. Среди них совка хлопковая - самый распространенный и вредоносный вид. Известно, что в фармацевтической промышленности в качестве основного сырья используется соцветие календулы

Kirish

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Yovvoyi holda o'suvchi dorivor o'simliklarni muhofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilo-na foydalanish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4670-sonli 10.04.2020 qarorida respub-likada so'nggi yillarda dorivor o'simliklarni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, dorivor o'simliklar yetishtiriladi-gan plantatsiyalar tashkil etish va ularni qayta ishlash borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.

Aholi salomatligini saqlashda foydali bo'lgan dorivor o'simliklarda bir necha tur-dagi zararkunandalar mavjud bo'lib, ularning ta'siri natijasida hosilning ancha qismiga zarar yetishi mumkin.

Dorivor ekinlar yetishtiriladigan may-donlarning kengayishi bilan bu o'simliklarga zarar yetkazuvchi zararkunandalarning tur tarkibi ham ko'payib boradi. Tabiiy dori-dar-monlar yetishtirish esa ekologik toza muhit talab qiladi. Dorivor o'simliklardan yuqori hosil olishning asosiy omillaridan biri bu ularni zararkunandalardan himoya qilishdir.

Mahalliy floraga mansub 4,3 mingdan or-tiq o'simliklarning 750 turi dorivor hisobla-nib, ulardan 112 turi ilmiy tibbiyotda foydalanish uchun ro'yxatga olingan, shundan 70 turi farmatsevtika sanoatida keng qo'l-lanib kelinmoqda. 2019-yilda 48 mln AQsh dollari qiymatidagi qayta ishlangan dorivor o'simliklardan olingan mahsulotlar eksport qilingan.

Respublikamizda yetishtiriladigan dorivor o'simliklardan yuqori va sifatli hosil olish uchun erta bahordan to hosil pishib yetulgun-ga qadar o'simlik hamda uning hosiliga zarar yetkazuvchi turli zararkunanda hasharotlar-ning respublikamiz iqlim sharoitida tur tarki-bi, tarqalishi, zarar keltirish davri, zararlash darajasi, bioekologik xususiyatlarini aniqla-gan holda, yuqori biologik va iqtisodiy samara beradigan, uyg'unlashgan kurash tizimini ish-lab chiqish va amaliyotga tatbiq etish hozirgi kunning muhim vazifalaridan sanaladi.

Olib borilgan tadqiqotlarda asosiy dorivor o'simliklar ildiz va yer ustki qismlarining tur-li zararkunanda va kasalliklar bilan zarar-lanishi kuzatilgan. Dorivor o'simliklarga zararkunandalardan qandalalar, saratonlar, oqqanot, o'rgimchakkana, shiralar, tunlamlar, temirchaklar, sim qurtlar va chigirtkalar ko'p zarar keltirishi aniqlangan.

Dorivor o'simliklarning zararkunandalar tomonidan zararlanishi ularning dorivor-lik va fiziologik xususiyatlariga salbiy ta'sir qiladi, ularning o'sishini sekinlashtiradi, hosildorligini kamaytiradi, ba'zi qismlari yoki o'simlikning butunlay nobud bo'lishi-ga olib keladi. Bu esa O'zbekiston sharoitida zararkunandalarning biologik va ekologik xu-susiyatlari, tarqalishi, zarar keltirish darajasi va ularning miqdorini boshqarish bo'yicha tadqiqotlar olib borishni taqozo qiladi. Shu maqsadda biz o'z tadqiqotlarimizni o'rmon-zorlarda inson salomatligi uchun shifobaxsh bo'lgan dorivor o'simliklar zararkunandala-rining tur tarkibi va miqdorini boshqarish usullarini ishlab chiqish bo'yicha tadqiqotlar olib bordik.

Shunday dorivor o'simliklardan biri - bu tirnoqgul o'simligi bo'lib, u xalq tabobatida ko'plab kasalliklarni davolashda ishlatila-di. Biroq bu o'simlik pishib yetilguncha unga ko'plab zararkunandalar ziyon yetkazadi. Farmatsevtika sanoatida xomashyo sifati-da dorivor tirnoqgul o'simligining, asosan, guli olinadi. Tadqiqotlarda dorivor tirnoqgul o'simligiga kemiruvchi zararkunandalardan tunlamlar, shilimshiqqurtlar va chigirtkalar zarar keltirishi aniqlangan.

- корзинка. Эти вредители сильно повреждают не только стебли, корни, стебли растений, но и самый ценный орган - цветочную корзинку. В статье рассматривается эффективность биологического применения энтомофага бракон против совки хлопковой. При применении энтомофага бракон в борьбе с вредителями в соотношении 1: 5 энтомофаг показал наилучшую эффективность - 78,5-88,2%.

Ключевые слова: экологический, календула, вредитель, лекарственный, совка хлопковая, бракон, цветок, корзинка, фармацевтический, грызущий, сырье.

NOCTUIDAE OF MARIGOLD AND THE SIGNIFICANCE OF ENTOMOPHAGES IN THE REGULATION OF THEIR NUMBERS

Ruzikulov Davlatbek Nazaralievich,

Assistant of Tashkent State Agrarian University

Abstract. This article provides information about the role of entomophages in the fight against Noctuidae and their numbers. As a result of research, calendula officinalis is harmed by Heliothis armigera Hb, Phytometra gamma L, Agrotis segetum Den. et Schiff, Agrotis exclamationis L and Leucania vibellina Hb. Among them, the cotton bollworm is the most common and harmful species. It is known in the pharmaceutical industry as the main raw material used inflorescence of calendula - basket. These pests severely damage not only the roots or stems of plants, but also the most valuable organ - the flower basket. The article discusses the effectiveness of the biological application of the entomophage bracon against the cotton bollworm. When using the entomophage bracon in pest control in the ratio of 1: 5, the entomophage showed the best efficiency of 78.5-88.2%.

Keywords: ecological, calendula, pest, medicinal, cotton bollworm, bracon, flower, basket, pharmaceutical, gnawing, raw materials.

Material va metodlar

Tadqiqotlarda dorivor tirnoqgulda tunlamlar va boshqa zararkunandalarni hisob-ga olishda umum qabul qilingan (Fasulati, 1961; Poliy, 1970; Uspeniskiy, 1973; Xod-jayev, 1994, 2018; Nurmetov va boshqalar, 2007) usullardan foydalanildi. Kurashish usullari samaradorligi K.A. Lar (1963, 1967), Sh.T. Xo'jayev (2004) va W. Abbot (1925) usullari asosida aniqlangan.

Tadqiqotlar respublikamizdagi dorivor o'simliklar yetishtirishga ixtisoslashgan

o'rmon xo'jaligi maydonlari va Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi "Dustmurod Cho-riyev" fermer xo'jaligida olib borildi. O'tka-zilgan (2018-2022) tadqiqotlar davomida hasharotlarning dorivor o'simliklarga zarar keltirayotgan turlari va ularning tur tarkibi aniqlandi. Shuningdek, ayrim turlarining po-pulyatsiya darajasi, tarqalishi, eng muhim tur-lari ekologiyasining o'ziga xos xususiyatlari va asosiy zararkunandalarga qarshi kurashning noan'anaviy biologik usullari o'rganildi.

Dorivor ekinlarga ixtisoslashgan o'rmon xo'jaligi plantatsiya dalalarida dorivor o'sim-liklar zararkunandalarini aniqlash maqsa-dida tadqiqotlar olib borildi. Tadqiqotlar davomida dorivor o'simliklarda ko'p uchray-digan hamda iqtisodiy jihatdan zarari yuqori bo'lgan У ta turkumga mansub zararkunan-dalar aniqlandi.

Dorivor o'simliklarga shonalash va gul-lash davrida zarar keltiruvchi hasharotlar aniqlandi. Ushbu zararkunandalarga qar-shi yuqori samarali va atrof muhitga, jum-ladan, tabiiy kushandalarga zararsiz bo'lgan biologik vositalar qo'llanildi hamda ularni qo'llashning eng qulay muddat va usullari o'rganildi.

Tirnoqguldagi kemiruvchi tunlamlarga qarshi samarali muddatlarda kurashishni o'rganish bo'yicha tajribalar Toshkent dav-lat agrar universiteti kichik tajriba xo'jaligi va Qashqadaryo viloyati Yakkabog' hamda Qamashi davlat o'rmon xo'jaligi tirnoqgul plantatsiyalarida olib borildi.

Respublikamizning tog'li, tog' oldi va o'rmon xo'jaliklari hamda maxsus dorivor o'simliklar yetishtirishga ixtisoslashgan xo'jaliklarida 30 dan ortiq turdagi dorivor o'simliklar plantatsiya shaklida yetishtirila-di. Hozirgi vaqtda dorivor o'simliklarda turli xil sistematik guruhlarga kiruvchi 150 dan ortiq turdagi zararkunandalar bor-ligi aniqlangan. Bularning 46 turi qattiq qanotlilar, 45 turi tanga qanotlilar, 32 turi teng qanotlilar, 18 turi yarim qattiq qanotlilar, qolgan 8-9 turi esa har xil turkumlarga mansub zararkunandalardir.

Tadqiqot natijalari

Tajriba natijalariga ko'ra, dorivor tirnoqgul o'simligida tanga qanotlilar yoki kapa-laklar (Lepidoptera) turkumiga kiruvchi zararkunandalardan biri g'o'za tunlami (Heliothis armigera Hb.) eng ko'p uchrashi aniqlandi (1-jadval).

1-jadval

Dorivor o'simliklarda uchragan zararkunandalarning tur tarkibi

(2020-2021]

№ Zararkunandalar nomi Tirnoqgul Qalampir yalpiz Moychechak

1 Shiralar +++ + +

2 Tunlamlar +++ ++ -

3 Uzunburunlar + + +

4 Qandalalar ++ + +

5 Oqqanotlar +++ + +

6 O'rgimchakkanalar +++ + -

7 To'g'ri qanotlilar +++ +++ +++

* Uchramadi -, kam uchradi +, o'rtacha uchradi ++, ko'p uchradi +++

Ushbu zararkunandaning dorivor tirnoq- mirib, zarar yetkazishi va natijada zararlan-gul o'simligiga zarari o'rganilganda, dorivor gan savatchalar pishib yetilmasdan to'kilib tirnoqgul o'simligining gul savatchasini ke- ketishi kuzatildi.

06.00.00 - КИШЛОК ХУЖАЛИГИ ФАНЛАРИ 06.00.00 - СЕЛЬСКОХОЗЯЙСТВЕННЫЕ НАУКИ 06.00.00 - AGRICULTURAL SCIENCES

Rasm. Dorivor tirnoqgul (Calendula offisinalis l.) ekilgan maydon

Mavsumda g'o'za tunlami uch-to'rt bo'g'in beradi, g'o'za tunlamining qurtlari dorivor tirnoqgul o'simligiga zarar keltiradi [1, 122-130-b.]. Dorivor tirnoqgul o'simligiga tush-gan g'o'za tunlami qurtlari hosilni kamaytirib, sifatini buzadi. Kichik yoshdagi g'o'za tunlami qurtlari dorivor tirnoqgul o'simligini kemirib yeydi va yosh shonalari bilan oziqlanadi. O'rta yoshdagi qurtlar shona va gullar, katta yoshdagilari esa tugunchalar va gul kosacha-lariga zarar keltiradi. Zararlangan shona, gul va tugunchalar qurib to'kiladi. Dorivor tirnoqgul o'simligining shikastlangan qismlari-ga saprofit zamburug' va bakteriyalar tushib,

ularni chiritadi. Natijada o'simlik o'sishdan to'xtaydi va hosil yo'qotiladi.

Bunda dorivor tirnoqgul o'simligiga zararkunanda g'o'za tunlamining qurtlari-ga endi tusha boshlagan paytda qurtlar va tuxumlariga qarshi entomofaglar, ya'ni tuxumiga qarshi tuxumxo'r - Trixogram-ma (Trichogrammatidae oilasi) va qurtlari-ga qarshi Brakon (Bracon (Habrobracon) hebetor Say), Apanteles (Apanteles kozak Tel.) entomofaglarini vaqtida qo'llash g'o'za tunlami zararkunandasining nobud bo'lishiga olib keladi va hosil saqlab qo-linadi (2-jadval).

2-jadval

Brakon entomofagini g'o'za tunlamiga qarshi dorivor tirnoqgul o'simligida qo'llashning biologik samaradorligi (kichik dala tajribasi); Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani, 2021-y.

Variantlar 100 ta o'simlikdagi qurtlar soni Samaradorlik %

Tajriba o'tkazish-dan oldin Tajriba qo'yilgan kundan keyingi kunlarda

5 10 15 5 10 15

Brakon 1:5 nisbatda tarqatildi 40,1 15,0 6,4 4,5 70,1 78,5 89,2

Brakon 1:5 nisbatda tarqatildi 32,5 19,7 11,5 8,4 60,1 57,3 62,4

Brakon 1:5 nisbatda tarqatildi 42,4 22,5 16,8 15,5 57,5 51,8 55,2

Nazorat 34,8 45,3 29,4 37,2 - - -

Xulosalar

Dorivor o'simliklar zararkunandalarini o'rganish maqsadida olib borilgan tadqiqot natijalariga ko'ra, ushbu dorivor tirnoqgul o'simligida kemiruvchi zararkunandalardan tunlamlar, shilimshiqqurtlar, chigirtkalar uchrashi aniqlandi va eng ko'p g'o'za tun-lamining qurtlari zarar keltirishi kuzatildi.

G'o'za tunlami qurtlariga qarshi samarali usullardan biri hisoblangan kimyoviy kurash choralari olib borib bo'lmaydi, aks holda, dorivor o'simlik kimyoviy moddalarni o'ziga o'zlashtirishi mumkin. Natijada inson dorivor tirnoqgul o'simligini iste'mol qilganda, tarkibidagi kimyoviy moddalar salomatligiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Shu sababli biz g'o'za

tunlami qurtlari endi tusha boshlagan paytda qurtlarga qarshi Brakon (Bracon (Habrobrac-on) hebetor Say) entomofaglarini qo'lladik va yaxshi natijaga erishdik. Ya'ni brakon ento-mofagini g'o'za tunlami qurtlariga qarshi 1 : S (kushanda: zararkunanda) nisbatda qo'llash eng yaxshi 78,5-88,2 samara berdi. Ekto-parazit hisoblangan Brakon (Bracon (Hab-robracon) hebetor Say) entomofaglari g'o'za tunlami qurtlarini chaqib falajlab, uning ta-nasiga o'z tuxumlarini qo'yadi. Natijada tu-xumdan chiqqan brakon entomofaglari g'o'za tunlami qurtlari bilan oziqlanib, ichini yeydi va g'umbakka aylanadi. G'umbakdan chiqqan brakonning yetuk bosqichlari yana qurtlarni zararlashda davom etadi.

REFERENCES

1. Esanbayev SH., Hasanov A.M., Ro'ziqulov D.N. Almond and medicinal plants in forest agrobio-tsenosis and methods of management of their quantities. Solid State Technology. Available at: https:// www.researchgate.net/publication/345229086/ (accessed 10.01.2020).

2. Ro'ziqulov D.N., Ergasheva X.A. Pest Of Calendula Officinalis L. and control measures in Kash-kadarya region. The American Journal of Agriculture and Boimedical Engineering. ISSN-2689-1018. DOI: 10.37547/tajabe/Volume02Issue10-08/ (accessed 29.10.2020).

3. Muxammadiyev B.Q., Hakimova N.T., Sattarova R.K., Nosirova Z.G'. Dorivor o'simlik zararkunan-da va kasalliklari [Medicinal plant pests and diseases]. Tashkent, Tashkent State Agrarian University Publishing House, 2021, 215 p.

4. Muxammadiyev B.Q., Irgasheva N.I. Dorivor o'simlik zararkunandalari [Medicinal plant pests]. Tashkent, Tashkent State Agrarian University Publishing House, 2018, p. 79.

5. Ahmedov O'., Ergashev A., Abzalov A., Yulchiyeva M. Dorivor o'simliklar yetishtirish texnologiya-si va ekologiya [Medicinal plant technology and ecology]. Tashkent, 2009.

6. Xo'jayev Sh.T., Xolmurodov E.A. Entomologiya, qishloq xo'jalik ekinlarini himoya qilish va agro-toksikologiya asoslari [Fundamentals of entomology, crop protection and agrotoxicology]. Tashkent, 2009.

7. Dusmanov I., Xolliyev A. Dorivor o'simliklarning zararkunanda va kasalliklariga qarshi kurash [Control of pests and diseases of medicinal plants]. Recommendation, 2015.

8. Murdaxayev Y.M. O'zbekistonda vatan topgan dorivor o'simliklar [Medicinal plants native to Uzbekistan]. Tashkent, Fan, 1984.

9. Nosirova Z.G'., Ro'ziqulov D.N. Dorivor o'simlik zararkunandalari [Medicinal plant pests]. Tashkent, Tashkent State Agrarian University Publishing House, 2020.

10. Gulamjonovna N.Z., Ikhtiyor Ugli U.S., Nazaralievich R.D. Effect of insecticides to mulberry pyralid entomophages. International Journal of Scientific and Technology Research, 2019, vol. 8, no. 11, pp. 1408-1410.

11. Mukhammadiyev B.K., Iskandarov Z.H., Ruzikulov D.N. Primeneniye mikrobiologicheskikh preparatov protiv gryzushchikh vrediteley lekarstvennykh rasteniy [Application of microbiological preparations against gnawing pests of medicinal plants]. Post-conference monography. Science, Research, Development, Belgrade, Serbia, 2019, May, no. 17.

12. Ro'ziqulov D., Xolliev A., Esonbaev Sh. Bodom zararkunandalari va ularga qarshi kurash choralari [Almond pests and control measures]. Current state and prospects of harmonized protection of agricultural crops from pests. Proceedings of the International scientific-practical conference dedicated to the 90th anniversary of Academician S.N. Alimukhamedov.

13. Govorov D.N., Zhivykh A.V., Proskuryakova M.Yu. Khlopkovaya sovka - periodicheskaya ugroza sel'skokhozyaystvennym posevam [The cotton bollworm is a periodic threat to agricultural crops]. Zashchita i karantin rasteniy - Plant Protection and Quarantine, 2013, no. 5. Available at: https:// cyberleninka.ru/article/n/hlopkovaya-sovka-periodicheskaya-ugroza-selskohozyaystvennym-posevam/.

14. Abdurakhmanov A.G. Noctuid moths (Lepidoptera, Noctuidae, Noctuinae) of Islands of of the North-Western Caspian Sea. South of Russia: ecology, development, 2013, no. 8 (2), pp. 143-144. (In Russ.). DOI: 10.18470/1992-1098-2013-2-/.

15. Anorbayev A.R. Regulirovaniye chislennosti khlopkovoy sovki na agrobiotsenoze tomata [Regulation of the number of cotton bollworms on tomato agrobiocenosis]. Education and Science in Russia and Abroad, 2017, no. 4, vol. 33.

Taqrizchi: Tufliev N.X., q.-x.f.d., professor, O'simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.