Научная статья на тему 'ISSIQXONADA SO‘RUVCHI ZARARKUNANDA HASHORATLARNING TUR TARKIBI, ZARARI HAMDA ULARDAN HIMOYA QILISH USULLARI'

ISSIQXONADA SO‘RUVCHI ZARARKUNANDA HASHORATLARNING TUR TARKIBI, ZARARI HAMDA ULARDAN HIMOYA QILISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
784
130
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
issiqxona / bodring / o‘simlik / zararkunandalar / shira / oqqanot / tripslar / so‘ruvchi / самарадорлик

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Nuralieva Dilnoza Samadullaevna, Irgasheva Nilufar Rixsimovna

Ushbu maqolada issiqxonada ekiladigan o‘simliklarda uchraydigan so‘ruvchi zararkunanda issiqxona oqqanoti, shiralar va tamaki tripslarining tur tarkibi o‘rganilgan hamda o‘simliklarga keltiradigan zarariga qarshi himoya qilish usullari yoritilgan. Tadqiqot natijalari issiqxonada yetishtiriladigan bodring o‘simligida issiqxona oqqanoti bilan zararlanish darajalari bo‘yicha jadvallarda berib o‘tilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ISSIQXONADA SO‘RUVCHI ZARARKUNANDA HASHORATLARNING TUR TARKIBI, ZARARI HAMDA ULARDAN HIMOYA QILISH USULLARI»

ISSIQXONADA SO'RUVCHI ZARARKUNANDA HASHORATLARNING TUR TARKIBI, ZARARI HAMDA ULARDAN HIMOYA QILISH USULLARI 1Nuralieva Dilnoza Samadullaevna, 2Irgasheva Nilufar Rixsimovna.

1Toshkent davlat agrar universiteti O'simliklar karantini va himoyasi kafedrasi q.x.f.f.d.,dotsenti 2O'simliklar karantini va himoyasi kafedrasi katta o'qituvchisi Email. Nilufar.irgasheva@tdau.uz https://doi.org/10.5281/zenodo.8365579

Annotatsiya. Ushbu maqolada issiqxonada ekiladigan o'simliklarda uchraydigan so'ruvchi zararkunanda issiqxona oqqanoti, shiralar va tamaki tripslarining tur tarkibi o'rganilgan hamda o'simliklarga keltiradigan zarariga qarshi himoya qilish usullari yoritilgan. Tadqiqot natijalari issiqxonada yetishtiriladigan bodring o'simligida issiqxona oqqanoti bilan zararlanish darajalari bo 'yicha jadvallarda berib o'tilgan.

Калит сузлар: issiqxona, bodring, o'simlik, zararkunandalar, shira, oqqanot, tripslar, so'ruvchi, самарадорлик.

KIRISh. Bugungi kunda dunyoda so'ruvchi zararkunandalar barcha ekin turlarida hosildorligiga jiddiy zarar keltiradi. Ko'pchilik ekin turlarida so'ruvchi zararkunandalarning zarari, tarqalishi, bioekologiyasi, fenologiyasi va ularga qarshi uyg'unlashgan kurash choralari ma'lum darajada o'rganilgan. Mahalliy va zamonaviy issiqxona sharoitida yetishtirilayotgan bodring ekinida bir necha turdagi sistematik oilaga mansub bo'lgan zararkunandalar zararlab, hosil miqdorini kamaytirib, uning sifatini buzmoqda.

Dunyo tadqiqotchilarning fikrlariga ko'ra, sabzavot ekinlarida issiqxona oqqanoti (Trialeurodes vaporariorum West.) o'simlik shiralari (Aphididae), tamaki tripsi (Thrips tabaci Lind.), o'rgimchakkana (Tetranychus urticae Koch.), kuzgi tunlam (Agrotis segetum Den. et Schiff.), sim qurti (Agriotes meticulosus Cond.), g'ovak hosil qiluvchi pashshalar (Agromyzidae), nematodalar va boshqa oila turlari bilan kuchli zararlangan o'simliklarning hosildorligi 40-50% gacha, ayrim issiqxonalarda esa, xatto 50-60% gacha nobud bo'lishi mumkinligi qayt etilgan. Keyingi yillarda issiqxonalarning soni ko'payishi natijasida zararkunandalarning zararlilik darajasi yuqori bo'lmoqda natijada hosildorlik pasayishi va sifatini buzilishiga olib kelmoqda. Shu boisdan issiqxonalarda bodring yetishtirishda issiqxonalarda uchraydigan so'ruvchi zararkunandalarning biologik xususiyatlari, rivojlanishi, populyatsiyasining shakllanishi, entomafag turlari o'rgangan holda zararkunandalarning salbiy ta'sirini bartaraf etishda, ularga qarshi kurashda zamonaviy tejamkor usul va vositalaridan foydalanishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

O'zbekistonda sabzavot ekinlariga turli xil zararkunanda va kasalliklar zarar yetkazadi. Ulardan qariyib 10 ta turi pomidorga va 5 ta turi bodringga jiddiy zarar yetkazadi. Kemiruvchi zararkunandalardan ildiz kemiruvchi tunlamlar, simqurtlar, so'ruvchilardan: o'simlik shiralari, kanalar, oqqanot va trips kabi zararkunandalar keng tarqalgan va jiddiy zarar yetkazishi ilmiy asoslangan [1; 33-35-b.].

Respublikamizning turli xildagi tuproq iqlim sharoitida sabzavot ekinlari issiqxona hamda ochiq maydonlarda so'ruvchi va kemiruvchi zararkunandalarning bir necha turlari hosilning tashqi va ichki ko'rinish sifati va uning miqdoriga sezilarli ko'rinishda zarar yetkazadi va zararkunanda tomonidan keltiradigan zarari issiqxonalarda bir xil emasligi mutaxassislar tomonidan aniqlangan [2; 20-b.].

1626

Ayrim joylardagi issiqxonalarda zang kanasi (Aculops lycopersici Massee) tarqalgan bo'lsa, aksincha boshqa yerlarda oqqanot (Aleyrodidae), shira (Aphididae), trips (Thripidae), o'rgimchakkana (Asariphormes) va boshqa zararkunandalar rivojlanadi. Ushbu zarakunandalar ekinlarga zarar yetkazmasligini oldini olish uchun zararkunandalarning tur tarkibini o'rganib, ilmiy asoslangan kurash choralarini olib borilganda yuqori biologik samaradorlikka erishilgani ta'kidlangan [3; 1-35-b.].

Issiqxona oqqanoti. Xorijiy tadqiqotchilarning keltirgan ma'lumotlari ko'ra, oqqanotlar polifag hasharotlar hisoblanib, Homoptera turkumining Aleyrodidae oilasiga mansub bo'lgan hasharot ekanligi aytib o'tilgan. Bunday zararkunandalar dunyo bo'yicha keng tarqalgan bo'lib, asosan sabzavot ekinlarida kuchli zarar yetkazishi xorij mutaxassislari tomonidan ta'kidlangan [1.1; 488-491-b.].

Issiqxona oqqanoti asosan issiq sevar tur hasharot bo'lib, zararkunanda erta bahordan kech kuzgacha issiqxonalarda doimiy rivojlanadi. U yil davomida 9-10 ta avlod berib hayotiy davomiyligi, tuxum qo'yishi, yashovchanligi harorat va havoning nisbiy namligiga va o'simlik turiga bog'liq ekanligi ilmiy asoslangan [4; 56-61-b.].

O'zbekiston sharoitida Aleyrodidae kenja turkumiga mansub bo'lgan oqqanotlarning to'rtta turi issiqxona oqqanoti, g'o'za oqqanoti, sitrus oqqanoti va karam oqqanoti qishloq xo'jaligi ekinlariga zarar keltirishini soha olimi tomonidan ta'kidlangan [5; 190-228-b.].

Issiqxona sharoitida to'xtovsiz yil davomida avlod beradi. Sovuqqa chidamsiz hisoblanadi. U bu paytda issiqxona va xonadonlarda jon saqlaydi. Issiqxona oqqanoti boshqa oqqanotlardan biologik farqi pushtdorligi va o'simlik turlarini tanlamasligi rivojlanishi ilmiy isbotlangan.

Issiqxona oqqanoti rivojlanishi uchun havo harorati +22 +25°S nisbiy havo namligi esa 60% rivojlanishi uchun yetarli hisoblanib 9-10 martagacha avlod berib rivojlanishi mutaxassis tomonidan adabiyotlarda ta'kidlangan [1; 33-35-b.].

Shiralar. Tashqi tuzilishi. Qishloq xo'jaligida asosan barcha ekinlariga va hosiliga zarar keltiradigan shiralar yumshoq, tashqi ko'rinishi kichik hasharotlar bo'lib, yetuk zotining kattaligi 2,5-4 mm ga teng bo'ladi. Shiralar ikki xil qanotsiz va qanotli ko'rinishda bo'lib. Qanotli shiralar ikki juft teng qanotli, birinchi juft qanotlari ikki juft qanotlariga qaraganda uzunroq ekanligi hamda xayotiy rivojlanishi to'liqsiz xolatda bo'lib tirik tug'ganligi uchun shiralarda g'umbaklik davri bulmaydi.

Poliz shirasi xammaxo'r zararkunanda hisoblanib, qishloq xo'jaligi o'simliklarining 46 turiga zarar yetkazadi. Rangi ko'kish sarg'ishdan to to'q yashilgacha bo'ladi. Tirik tug'uvchi urg'ochilarining boshi, oyoqlari, shira chiqarish naylari qora tusda bo'ladi. Lichinkalik va imogalik bosqichida qishlaydi. G'o'zadan keyin poliz ekinlariga uchib utadi. Mavsum davomida 15-24 martagacha avlod berishi ilmiy asoslangan [6; 54-b.].

Shiralar Homoptera turkumining Aphidinea kenja turkumiga ta'luqli bo'lib, ma'daniy va yovvoyi o'simliklarda keng tarqalgan zararkunanda hisoblanadi. Bu zararkunanda qishloq xo'jaligining barcha ekinlariga asosan o'simlikning o'sish davrida ziyon yetkazishib hosildorlikga ta'sir yetkazishi tadqiqotchilar tomonidan aniqlangan.

Xorijiy tadqiqotchining malumotlariga ko'ra, poliz shirasi hamda kartoshka shiralari issiqxonalarda yetishtiriladigan bodring, gul va mevalariga kuchli zarar yetkazish bilan bir qatorda, kasalliklarni tashuvchi bo'lib ham hisoblanishi ta'kidlangan.

Olib borilgan bir qancha tadqiqot kuzatuvlariga ko'ra, agrobiotsenozda ko'plab shiralar o'simlikning dastlabki o'suv davrida o'simlik barglari chiqqandan boshlab, vegetatsiya davrining

1627

oxirigacha barg, poya, mevalarida to'planib, so'rib oziqlanishi natijasida o'simliklarni rivojlanishini orqada qoldiradi va ayrim xollarda o'simlikning hosildorligiga salbiy tasir etishi qolaversa oziqlanish oqibatida barglarning yuzasida yopishqoq shira bilan ifloslangani tufayli o'simliklarda fotosentiz va moddalar almashinish jarayonida o'simlikning hosildorligi pasayib, sifati buzilishi haqida adabiyotlarda ilmiy asoslangan.

Tripslar. Hasharotlar sistematikasida hoshiya qanotlilar yoki tripslar turkumining fleotripidlar (Pleothripidae) oilasiga mansub bo'lib, agrobiotsenozlarda bir nechta turlari keng tarqalgan. Tripslar qishloq xo'jalik ekinlarining bir qancha o'simliklarini so'rib oziqlanadigan, tana ko'rinishi kichik, tez harakatchan bo'lgan xashorat, rivojlanishi boshqa xasharotlarga qaraganda o'ziga xos xususiyatlarga ega, o'simliklarni ma'lum bir muddatda jiddiy zarar yetkazadigan tripslarning bir qancha turlari mavjudligi ilmiy

Tripslar 1744 yilda Karl de Geer tomonidan Physapus sifatida ta'riflangan. 1758 yil shved tabiatshunosi Karl Linney Thrips turi deb qayta nomlagan. 1836 yili ingliz entomologi Aleksandr Xolidey uni turkum darajasiga ko'tarib, Thysanoptera (tripslar) deb qayta nomlaganligi isbotlangan [1; 12-14-b.].

Tamaki tripsi oziqlanishiga ko'ra hammaxo'r zararkunanda bo'lib, qishloq xo'jalik ekinlarining hamma turida (asosan sabzavot-poliz ekinlarida) uchrab ularni jiddiy darajada zararlaydi. Zararkunanda o'simliklarning yangi maysa yosh barglariga to'planib, o'simlik shirasini so'rib, o'simlik rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Natijada, hasharot tomonidan zararlagan o'simlikning o'suv nuqtasi nobud bo'lgach o'simlikning rivojlanishi susayib izdan chiqadi, ba'zan yosh o'simliklarni nobud bo'lishi ilmiy asoslangan [157; 190-228-b.].

Tamaki tripsi o'simlik bargining shirasini so'rib, zarar yetkazadi. Zararlangan barglar zaiflashib ketadi. Tanasi cho'zinchoq bo'lib, to'q sarg'ish rangda bo'ladi. Lichinkalari och sarg'ish rangda bo'ladi. Zararkunanda asosan o'simliklarning uchidagi yosh barglariga tuxum qo'yadi. 1 ta urg'ochi trips rivojlanish davrida 100 tagacha tuxum quyadi. Butun yozi bo'yi 7 martagacha avlod berishi aniqlangan.

Zarari. Issiqxona oqqanoti respublikaning barcha xududlarida uchraydi. Bu zararkunanda ituzumdosh va qovoqdoshlar oilasiga mansub bo'lgan o'simlik turlarini xususan issiqxona sharoitida bodringni kuchli zararlaydi. Zarar keltirish natijasida hosildorlikni 40-50% gacha hosildorlikni kamayishiga olib keladi. Ayniqsa, tadqiqot o'tkazilgan Toshkent viloyatida issiqxonalarida kuchli zarar keltirishi kuzatildi.

Issiqxonada yetishtiriladigan bodring o'simligida issiqxona oqqanotini hosilga kirgan vaqtidagi zarariga qarshi kurash choralari bo'yicha tadqiqotlar olib bordik. Issiqxona oqqanotining zararlilik koeffitsienti va iqtisodiy havfli miqdor mezonini o'rganish bo'yicha tajribalar Toshkent viloyati Qibray tumanidagi "Shomurod o'g'li" MChJ xo'jaligida «Multistar F1» duragay shaklidagi navda o'tkazildi. Tajriba natijalari jadvalda keltirilgan (1-jadvalga qarang).

1-jadval

Bodring o'simligining issiqxona oqqanoti bilan zararlanishi va zararlanishning iqtisodiy chegara mezoni (IXChM), (n=5, M±m)

(Toshkent viloyati,Qibray tumani "Shomurod o'g'li" MChJissiqxonasida «Multistar F1» duragay navi 2019 yil).

1628

Oqqanot ning barg yuzasidagi zichligi, ball 1 tup o'simlikdagi xosil,g. 1 tup o'simlikdagi mevalar soni, dona. Nazoratga nisbatan hosilning kamayishi, g. Zararlanish koeffitsienti, % IXChM ball hisobida

1 3022,3±0,84 27,2±0,94 192,5±0,70 5,9±0,59 0,30

P< 0,001 0,001 - -

2 2701,4±0,73 19,1±0,83 513,4±0,92 16,0±0,45

P< 0,001 0,001 - -

3 2031,2±0,70 15,4±0,71 1183,6±0,97 36,8±0,59

P< 0,001 0,05 - -

4 1501,9±0,70 10,3±0,70 1712,9±0,70 53,7±0,43

P< 0,001 0,05 - -

5 949,1±0,70 5,9±0,87 2265,7±0,70 70,4±0,50

P< 0,001 0,05 - -

Nazorat 3214,8±0,86 23±0,70 - -

Kuzatuv uchun 20 tup o'simlik olindi, oqqanotning barg yuzasidagi zichligi, ballik tizim asosida tajriba ishlari olib borildi. Nazorat variantidagi bodring o'simligidagi oqqanot zararkunandalari zararkunandaning uchrash xolatiga qarab 3-4 marta kimyoviy preparatlar sepildi va zararkunandadan bartaraf etildi.

Keyingi variantimizda Polo, 50% sus.k. (0,75 l/ga) insektitsidi esa mutanosib ravishda 86,5,% samara ko'rsatib, 2018 yilda o'rtacha 706,6 s/ga, 2019 yilda 711,9 s/ga va 2020 yilda esa 794,5 s/ga hosildorlik ko'rsatdi. O'rtacha olingan hosil 737,6 s/ga teng bo'ldi va nazoratga nisbatan 1 gektardan 410,8 s qo'shimcha hosil olindi (2-jadval).

2-jadval

Issiqxonada bodring o'simligini so'ruvchi zararkunandalardan himoya qilish uchun ishlatilgan insektitsidlarning biologik va xo'jalik samaradorligi (Toshkent viloyati Qibray tumani, "Shomurot o'g'li" MChJ issiqxonasi, Bodring navi Bellastar F1 duragay navi 2018-2020 yillar).

Preparat sarfi, l/ga Preparat samara Yillar bo'yicha o'rtacha biologik hosildorlik, s/ga O'rtacha Nazoratga nisbatan saqlab

№ Variantlar dorligi, olingan hosil, qolingan hosil

% 2018y 2019y 2020y s/ga s/ga

1. Kreyser, 20 % s.e.k. 0,2 86,6 810,1 812,3 805,8 809,4 482,6

2. Polo, 50% sus.k. 0,75 86,5 706,6 711,9 794,5 737,6 410,8

3. Nazorat (ishlov berilmadi) - - 342,1 317,0 321,5 326,8 -

1629

EKFo5 1,6

Zararkunandalarning har bir turlari o'simliklarning vegetativ va generativ organlariga (shira, oqqanot, trips) jiddiy zarar berish natijasida xosildorlikni sezilarli darajada kamaytirish mumkin. Har bir zararkunandaning zarariga nisbatan xo'jalik va iqtisodiy samaradorligini hisoblab chiqarish birmuncha qiyinchilik tug'diradi. Sababi, odatda o'simlikda har bir zararli hasharot bir vaqtning o'zida bir undan ko'proq zararkunanda uchraydi. Har birini alohida ajratib o'rganish qiyin. Shuning uchun issiqxonada bodringni mavsumda 4 martadan ishlov berib, barcha turdagi zararli hasharotlarga qarshi kurash o'tkazilgan daladan nazoratga nisbatan olingan hosilni nazarda tutib xo'jalik va iqtisodiy samaradorligini aniqladik. Bodring o'simligini Kreyser hamda Polo insektitsidlari yordamida so'ruvchi hasharot zararkunandalardan samarali himoya qilish natijasida har gektar maydon hisobiga nazoratga nisbatan mos ravishda 482,6 va 410,8 s hosil saqlab qolingan.

REFERENCES

1. Ахатов., Ижевский С.С. Вредители тепличных и оранжерейных растений (морфология, образ жизни, вредоносност, борба). Москва: Товарищество научных изданий КМК-2004. - 307 с.

2. Ижевский С.С., Ахатов А.К. Защита овощных култур от вредителей // Ж. Защита и карантин растений.-2006- №2. - С. 74-116.

3. Sheraliev A.Sh.,O'lmasbaeva R.Sh. Qishloq xo'jalik ekinlari karantini, Talqin, Toshkent, 2007. (darslik)

4. Kimsanbaev X.X., Ulmasbaeva R., Xalilov Q. Umumiy va qishloq xo'jalik entomologiyasi - Toshkent: O'qituvchi, 2002. - 288 b.

5. Mamatov K., Boyjigitov F va boshq. Issiqxonada yetishtiriladigan sabzavot ekinlarini zararli organizmlardan himoya qilish (Tavsiyanoma) Toshkent - 2019 y. - B. 1-35.

6. Xo'jaev Sh.T., Xolmurodov E.A. Entomologiya, qishloq xo'jalik ekinlarini himoya qilish va agrotoksikologiya asoslari. -Toshkent: Fan, 2009. -B. 215-267.

7. Xo'jaev Sh.T. Umumiy va qishloq xo'jalik entomologiyasi hamda himoya qilish tizimining asoslari (IV-nashr.). -Toshkent, 2019. -B. 203-208.

8. Nuralieva D.S. Issiqxonalarda bodringni so'ruvchi hasharot zararkunandalardan himoya qilish tizimini takomillashtirish. Monografiya.-Toshkent-2023 "Fan ziyosi".135-b.

1630

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.