Isashova U.A.
Andijon qishloq ho 'jaligi va agrotexnologiyalar instituti O'simliklar va qishloq ho'jalik mahsulotlari karantini kafedrasi dotsenti Holdarov M.
Andijon qishloq ho\jaligi va agrotexnologiyalar instituti
magistranti
G'O'ZANI BARGIDAN OZIQLANTIRISHNING SO'RUVCHI ZARARKUNANDALARGA TA'SIRI
Annotatsiya: Ushbu maqolada g'o'za ekinin asosiy so'ruvchi zararkunandalaridan biri bo'lgan o'rgimchakkananing bioekologik hususiyatlari hamda unga qarshi agrotexnik kurash chorasi qo'llangan. Natijada 66,5% biologik samaradorlikka erishilgan.
Kalit so'zlar: G'o'za, o'rgimchakkana, bioekologiya, agtotexnik tadbir.
Isashova U.A. associate professor of Quarantine Plants and agricultural products Andijan Institute of Agriculture and Agrotechnology
Holdarov M. master
Andijan Institute of Agriculture and Agrotechnology EFFECTS OF COTTON LEAGUE FEEDING ON BEACHING PESTS
Abstract: This article discusses the bioecological features of the spider spider, one of the main sucking pests of cotton, as well as agrotechnical measures to combat it. As a result, a biological efficiency of 66.5% was achieved.
Key words: Cotton, spider, bioecology, agrotechnical activity.
Qishloq xo'jalik ekinlari himoya qilish soxasida katta yutuqlarga erishilganligiga qaramay hali hosilni zararkunanda va kasalliklar ta'siridan ko'p qismi nobud bo'lmoqda. Jahon adabiyotidagi ma'lumotlarga ko'ra qishloq xo'jalik ekinlarida 70 mingdan ortiq turdagi Hasharot va kanalar turkumiga mansub zararkunanda organizmlar uchraydi.
G'o'zaning asosiy so'ruvchi zararkunandalaridan biri bo'lib o'rgimchakkana xisoblanadi. O'rgimchakkana g'o'zani asosan bargini orqasiga joylashib, barg shirasi bilan oziqlanadi. Zararlangan barglar rangi o'zgarib, natijada shikastlangan gul va tugunchalar to'kiladi.
BMT bergan malumotiga ko'ra qishloq xo'jaligida zararli organizmlar keltiradigan zarar atiga 34 % ni, bizda esa 26 % ni tashkil etish ta'kidlanadi. Alimuxammedov va boshqalar (1988) takidlashicha O'zbekiston sharoitida g'o'za ekiladigan maydonlarda, g'o'za o'sish va rivojlanishi davrida 214 turdan ortiq zararli Hasharotlar rivojlanadi va zarar keltiradi. Ko'pchilik olimlarni fikriga ko'ra asosiy zararkunandalar xisobiga yil davomida g'o'za hosildorligi 55-60 % yo'qotiladi.
O'simliklarni himoya qilish tadbirlarini unumli va samarali amalga oshirish, g'o'za Hosilini saqlashda asosiy omillaridan biri xisoblanadi.
Endilikda g'o'zani umumiy himoya qilish tadbirlari xam tubdan o'zgarmoqda bunda diqqat bor tabiatdagi foydali Hasharotlarga qaratilmoqda. Xozirgi kunda pestitsidlarni keng qo'llashning zararli oqibatlari malum bo'lmoqda. CHunki ko'p yillar davomida, Zararkunandalarni zararlilik iqtisodiy mezonini xisobiga olmasdan kimyoviy zaharli moddalarni surunkasiga ishlatishi natijasida, atrof muxit, suv-xavo, xayvonot olami zararlanib insonlar salomatligiga katta zarar yetkazmoqda. SHuning uc hun keyingi yillarda g'o'za zararkurandlariga qarshi kurashishda uyg'unlashgan kurash uslubidan zararkunandlarni sonini kamaytirish bilan birgalikda, tabiatdagi foydali Hasharotlarni rivojlanishiga va o'simlikni yaxshi o'sishiga sharoit yaratilib beriladi.
O'rgimchakkana (Tetranuchys urticae koch) ni rivojlanishining biologik
xususiyatlari
_1-jadval
Zararkunandaning 1 yilda bo'g'in Rivojla Foydali Rivojla O'rgimchakk
Qishlash bosqichi soni nishi uchun Harorat nish uchun ana uchun
eng pastki yig'indisi optimal haroratning
Harorat Bir Harorat quyi
bo'sag'asi bo'g'inini rivojlanishi uchun chegarasi
Urug'langan Sharoit Xavo -290S da
urg'ochi (imago ga qarab 12- Harorati 26- kanalar
fazada) 20 tagacha 330S; xavo 100% qirilib
730S 1990S namligi 55- ketadi.
60%
Tajriba maydonida may oyining 1 chi o'n kunligida boshlab Har 10-kunda g'o'zada uchraydigan o'rgimchakkana rivojlanishi va zararini tanlab olingan o'simliklardan kuzatilib rivojlana boshlagandan unda o'rgimchakkana paydo bo'la boshlaydi. Kuzatishlarimiz shuni ko'rsatadiki g'o'za chinbarg chiqargan davridan boshlab, o'rgimchakkana sezilarli zarar keltira boshladi.
O'rgimchakkana asosan aprel oyining 2-o'n kunligidan g'o'zaga o'tib jiddiy zarar ko'rsata boshlaydi. Ayniqsa g'o'za shonalash davriga kelganda o'rgimchakkana yoppasiga ko'payib zararlilik iqtisodiy chegaradan o'tib ketdi. SHu davrda biz tajriba variantimizda o'rgimchakkanani sonini kamaytirish maqsadida unga qarshi ammofosning 10%li eritmasini qo'llab uning samaraddorligini aniqladik. Bu davrda o'rgimchakkana soni 1-barg xisobida 4144- donagacha bo'lganligi aniqlanadi. YUqorida aytganimizdek kuzatishlar tanlab olingan o'simliklardan, har bir o'simlikdan 3-ta (pastki o'rta va yuqori yarusidan) bargni tekshirsh yo'li bilan amalga oshirdik. Tajriba maydonida 24-may kuni o'rgimchakkanaga qarshi kurash chorasini qo'lladik kuzatishlarimiz har o'n kunda sentyabr oyigacha davom etadi. Keyingi kuzatishlarimiz xulosasiga ko'ra mavsum oxirigacha tajribi variantimizdan o'rgimchakkana zararlilik chegarasidan oshmadi. Nazorat variantimizda esa avgust oyini 1 chi o'n kunligida o'rgimchakkana sezilarli zarar yetkazdi. 1-bargda 36-donaga yetdi. Tajriba variantmizda qayta kurash chorasi o'tkazilmadi va bitta bargda 12 donani tashkil qildi. Qo'llanilgan korbomid va ammofosning eritmasini biologik samaradorligini 66,5 % ni tashkil qiladi. O'rgimchakkanani zararlik iqtisodiy chegarasini 1-bargda 25-dona va undan ortiq bo'lsa deb belgilangan. SHuning uchun boshqa kurash chorasi tajriba variantimizda amalga oshirilmadi.
Biz o'rgimchakkanaga qarshi agrotexnik kurash chorasi ya'ni g'o'zani bargidan oziqlantirib, suspenziya purkaldi. Bunda g'o'zaning vegetatsiya davri davomida 3 marta suspenziya purkaldi. 1-ishlov chinbarg chiqarganda (2,5kg karbomid+2,5 kg ammofos), 2-ishlov 7-10 kundan so'ng (3kg karbomid+3 kg ammofos) va so'nggi ishlov shundan (7-10 kundan so'ng 5kg karbomid+5 kg ammofos) o'tkazildi.
Eritma tayyorlash uchun ikkita bo'sh idish olinadi va har bir idishga 10 l dan issiq suv quyiladi. So'ngra idishlarga tarozidan o'lchangan korbomid hamda ammafos solinadi. Solingan dorilar erigunga qadar aralashtiriladi. Aralashtirilgan eritmani gektariga 3001 suvga qo'shib sepiladi.
Tajriba maydonlarida o'rgimchakkana rivojlanishi dinamikasi
(1-barg xisobida)
_2-jadval
Kuzatish kunlari O'rgimchakkana soni
Nazorat Agrotexnik usul korbomid+ammofosning eritmasi
1.V 5.4 5.9
10.V 25.0 27.0
20V 41.0 44.0
1VI 39.4 16.7
10.VI 15.0 11.4
20VI 17.0 8.4
1VII 26.0 6.0
10VII 14.0 9.0
20.VII 7.0 9.6
1.VIII 36.0 13.0
10VIII 27.0 11.0
20VIII 6.0 9.0
1.IX 8.0 6.0
Izoh: 5-iyun 2021-yil o'rgimchakkana qarshi 2-chi variantimizda agrotexnik usul suspenziya(5kg karbomid+5 kg ammofos) qo'llanildi.
O'rgimchakkanaga qarshi qo'lanilgan agrotexnik kurashni biologik
samaradorligi (% xisobida)
3-jadval
Variantalar Tekshirish kunlari Vositalarni Qo'llashdan oldingi Zararkunandalar soni (1-bargda/dona) Vositalarni ko'llagandan keyingi qolgan Zararkunandalar soni(1-bargda/dona ) Biologik samaradorlik (%-xisobida)
I Nazorat kurash chorasi olib borilmadi. 20.05.2021 01.08.2021 43.0 34 -
Tajriba agrotexnik usul ammofosning 10%li eritmasi ko'llaniladi 20.05.2021 01.08.2021 46.0 12 66,5
Xulosa. O'rgimchakkana g'o'zaning eng xavfli so'ruvchi zararkunandasi xisoblanadi. O'rgimchakkana g'o'za chin barg chiqara boshlaganda to hosil pishguncha qadar zarar keltiradi. O'rgimchakkanaga qarshi karbamid va
ammafos suspenziyasi qo'llanildi. Va 66,5 % biologik samardorligiga erishildi. Agrotexnik usulni qo'llash xisobiga tajriba variantimzda 4.1ts qo'shimcha Hosil olishga erishildi. O'rgimchakkanani biologiyasi, tarqalishi va zararini, xamda zararlik iqtisodiy chegarasini yaxshi o'rganib undan keyin unga qarshi uyg'unlashgan tizimda kurash chorasini olib borish talab etiladi. Demak, bizning tajribalarimizdan kelib chiqib, o'rgimchakkanaga qarshi agrotexnik kurash usuli ya'ni ammafosning 10%li eritmasini qo'llashni tavsiya qilamiz. Bu usul bir qancha afzalliklari bilan boshqa usullardan ustundir.
Foydalanilgan adbiyotlar ro'yxati:
1. Almuxammedov S. N, Xo'jaev SH "G'o'za Zararkunandalari va ularga qarshi kurash choralari " Toshkent - 1991y.
2. Almuxammedov S. N va boshq "G'o'zani biologik usulda himoya qilish "
3. Xushvaqtov Q. X "G'o'zani asosiy Zararkunandalariga qarshi uyg'unlashgan kurash chorasi" Andijon-1996y
4. Mugulin. A. A "Qishloq xo'jalik entomologiyasi" (rus) Moskva 1983y.
5. Kimsanboyev X.X. va boshqa "Umumiy va qishloq xo'jalik entomologiyasi" Toshkent-2002 y
6. Xujaev SH. "Entomolgiya, qishloq xo'jalik ekinlarni himoyasi, qishloq va agrotoksikologiya asoslari" Toshkent-2021y
7. Эргашова, Х. И., & кизи Абдулазизова, О. И. (2022). Тамаки трипси (thrips tabaci lind) нинг ривожланиши ва унга карши кураш чораси. Science and Education, 3(3), 123-127.
8. ЭРГАШОВА, Х. ПОМИДОР ЭКИНИДАГИ ПОМИДОР ЗАНГ КАНАСИ (ACULOPS LICOPERSICI) НИНГ ЗАРАРИ ВА УНГА КАРШИ КУРАШ ЧОРАЛАРИ. ЭКОНОМИКА, 738-740.
9.Турдиева, Г. А., Камбарова, М. А., & Эргашева, Х. И. (2019). Применение гербицида Зета в выращивании озимого нута. Инновационная наука, (5), 77-79.