Научная статья на тему 'G‘ALLA SHIRALARIGA QARSHI KURASHISHNING SAMARADORLIGI'

G‘ALLA SHIRALARIGA QARSHI KURASHISHNING SAMARADORLIGI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
248
31
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
zararkunandalar / g‘alla shirasi / don / preparat / samaradorlik. / pests / grain juice / grain / preparation / efficiency.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Kh. Abdullayeva, B. Shermatov

Ushbu maqolada Andijon viloyati sharoitida g‘alla maydonlarida zarar keltirayotgan g‘alla shiralariga qarshi kimyoviy preparatlarning samaradorligi yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EFFECTIVENESS OF THE FIGHT AGAINST GRAIN APHIDS

This article describes the effectiveness of chemicals against grain aphids that damage the grain fields of the Andijan region.

Текст научной работы на тему «G‘ALLA SHIRALARIGA QARSHI KURASHISHNING SAMARADORLIGI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

UO'K:632.7; 632.95

G'ALLA SHIRALARIGA QARSHI KURASHISHNING SAMARADORLIGI Abdullayeva Xuriyatxon Zafarbekovna

Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti Osimliklar va qishloq xo'jalik

mahsulotlari karantini kafedrasi dotsenti Shermatov Baxtiyor Kozimovich Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti Osimliklar va qishloq xo'jalik

mahsulotlari karantini kafedrasi magistri https://doi.org/10.5281/zenodo.7110425

Annotatsiya. Ushbu maqolada Andijon viloyati sharoitida g'alla maydonlarida zarar keltirayotgan g'alla shiralariga qarshi kimyoviypreparatlarningsamaradorligiyoritib berilgan.

Kalit so'zlar: zararkunandalar, g'alla shirasi, don, preparat, samaradorlik.

ЭФФЕКТИВНОСТЬ БОРЬБЫ С ЗЕРНОВОЙ ТЛЕЙ

Аннотация. В данной статье описывается эффективность химических препаратов против зерновой тли, наносящей ущерб зерновым полям Андижанской области.

Ключевые слова: вредители, зерновой сок, зерно, препарат, эффективность.

EFFECTIVENESS OF THE FIGHT AGAINST GRAIN APHIDS

Abstract. This article describes the effectiveness of chemicals against grain aphids that damage the grain fields of the Andijan region.

Keywords: pests, grain juice, grain, preparation, efficiency.

KIRISH

O'zbekiston mustaqillikka erishgach, qishloq xo'jaligi oldiga aholini o'zimizda yetishtirilgan don bilan to'la ta'minlash vazifasi qo'yilgan edi. Bu sohada ko'p ishlar amalga oshirildi va hozirgi kunlarda ham muvaffaqiyat bilan bajarilmoqda.

Paxtachilik bilan bir qatorda g'allachilik ham eng muhim sohalardan biriga aylandi, g'alla maydonlari kengaydi, urug'chilik va agrotexnikaga e'tibor kuchaydi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Respublikada aholini donga bo'lgan extiyoji 4,5-5 mln tonnani chorvachilikning extiyoji esa 7-8 mln tonnani tashkil etadi. Demak, biz sug'oriladigan yerlardan samarali foydalanib xar gektardan 70-80 sentner bug'doy doni, tadbirkor yerlaridan esa 35-40 s/ga hosil olishga erishishimiz lozimdir.

Bunga erishishi uchun eng avvlo donchilikda intensiv texnologiyalarni qo'llash fan va texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish, bug'doyning zararkunanda, kasallik va begona o'tlariga uyg'unlashgan usulda kurashni tashkil etish zarurdir.

Kuzgi bug'doy boshqa g'alla ekinlariga qaraganda serhosil bo'lganligi uchun uning ekin maydoni tez kengayib bormoqda. Kuzgi bug'doy ekiladigan maydonlardan bahorgi bug'doyga qaraganda 1,5-marta ko'p hosil olinadi. O'zbekistonda ekiladigan barcha bug'doyning 80% foizi kuzgi bug'doy xissasiga to'g'ri keladi. Kuzgi bug'doy doni sifatli bo'lib non va non maxsulotalari tayyorlanadi. Kuzgi bug'doy somoni hayvonlar uchun juda ziqali bo'lib, 100 kg da 20-22 ozuqa birligi bo'ladi.

O'simliklarni himoya qilish tadbirlarini unumli va samarali amalga oshirish bug'doy hosilini zararkunanda va kasalliklardan saqlashni asosiy omilaridan biri hisoblanadi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Don ekinlarida mavsum davomida 300 dan ortiq zararkunandalar rivojlanadi va zarar keltiradi. O'z vaqtida bularga qarshi kurash chorasi olib borilmasa hosilni 35% gacha yo'qotishsh mumkin [1,3]

G'alla shiralari tengqanotlilar turkumining shiralar oilasiga kiradi. G'alla o'simliklarini zararlaydigan shiralar orasida ikki gruppa: joydan-joyga ko'chmaydigan, ya'ni faqat g'allalarda rivojlanadigan shiralar va joydan-joyga ko'chadigan, ya'ni vegetatsiya davrida o'simlik -xo'jayinini o'zgartirib turadigan shiralar farq qilinadi. Birinchi gruppaga oddiy g'alla o'simliklari shirasi - Schiraphis gramina Rond. kiradi. Shira yashil rangda bo'lib, orqasida och yashil yo'li bor. Shira so'radigan naychalari silindrsimon bo'lib, shishgan va toraygan joylari yo'q, dumidan deyarli ikki marta uzun. Erkaklari qanotli bo'ladi. Shiraning tuxumi kuzgi ekinlar maysasi barglarida, to'kilgan don va donli yovvoyi o'simliklarda qishlaydi. May oyida tuxumdan chiqqan lichinkalari qanotsiz urg'ochi shiralarga aylanadi [2].

TADQIQOT NATIJALARI

Dala tajribalari Don va vdukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti markaziy tajriba dalasi sharoitida olib borildi. Tajriba maydonida kuzgi bug'doyning fenologiyasi kuzatildi. G'alla shirasining bioekologiyasi, rivojlanishi va tarqalishi bo'yicha tajribalar olib borildi. Shuningdek, tajriba maydonida ucharovchi bug'doyning asosiy zarar kunandalari aniqlandi (1-jadval).

1-jadval

Tajriba maydonidagi bug'doyning asosiy zararkunandalari

№ Zararkunandani nomi Soni

O'zbek tilidagi Lotincha tilidagi

1 Bug'doy tripsi Haplothips trifici Kusil. ++

2 G'alla bitlari A) katta g'alla biti B) g'alla biti Sifobion avenae Fabr. Toxoptera graminum Rond. +++ +++

3 Zararli xasva Eurigaster integriceps Put. +++

4 Pyavitsa (shilimshiq qurt) Lema melonopus L ++

Kam uchraydigan - +

O'rta xisobida uchraydigan - ++

Ko'p uchraydigan - +++

Dala tajribalari 3 ta variant va 4 ta qaytariqdan iborat bo'lib, bug'doyning Nodir navida olib borildi.

1- Nazorat variantida ishlov o'tkazilmadi;

2- Andoza variantida G'alla shirasiga qarshi Faskord 10% k.e. 0,15 l/ga

3- Tariba variantida G'alla shirasiga qarshi ALPAC100 EC em.k. 0,15 l/ga preparatlari qo'llanildi.

MUHOKAMA

Bug'doydagi shiralarga qarshi qo'llanilgan preparatlarning samaradorligini aniqlash bo'yicha hisoblash ishlari har 7, 14 va 21- kunlari olib borildi. Barcha fenologik kuzatishlar O'zbekiston Respublikasi sug'oriladigan yerlarda g'alla va dukkakli o'simliklar ilmiy tadqiqot

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

instituti tomonidan 2000 yilda nashr etilgan uslubiy qo'llanma va O'zO'XQITI uslubi bo'yicha olib borildi (2-jadval).

Kimyoviy preraratlar bilan ishlov berilgandan so'ng g'alla shiralariga qarshi andoza variantida Faskord 10% k. 0,15 l/ga me'yorida 300 litr ishchi eritmasi qo'llanilganda 3 - kuni 95,5 % biologik samaradorlikni ko'rsatdi.

Shuningdek, tajriba variantida G'alla shirasiga qarshi ALPAC100 EC em.k. 0,15 l/ga me'yorida 300 litr ishchi eritmasi qo'llanilganda 3 - kuni 98,2 % biologik samaradorlikni ko'rsatdi.

2-jadval

Kuzgi bug'doyda shiralarga qarshi qo'llanilgan kimyoviy preparatlarning biologik

samaradorligi

№ Variant Sarf me'yori 1 m2 da o'rtacha zararkunandalar soni Ishlovdan keyin biolgik samaradrlik, %

Ishchi suyuqlik Ishlovd an oldin Ishlovdan so'ng

1 3 7 14 1 3 7 14

1 Nazorat (ishlovsiz ) - 21,1 22 25 25,7 30 0 0 0 0

2 Faskord 10% k.e. 0,15 l/ga 300 22,5 7 1,2 1,15 5 70,2 95,5 95,1 84,4

3 ALPAC 100 EC em.k. 0,15 l/ga 300 23,1 4 0,5 0,7 4,2 83,4 98,2 97,5 87,2

XULOSA

Yuqoridagi jadvallar ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki, tajriba variantimizda qarshi ALPAC100 EC em.k. 0,15 l/ga qo'llaganimizda 1 m2 dagi umumiy o'simliklarda shiralar soni nazoratga nisbatan 3 kunda 24,5 biologik samaradorligi esa 98,2 % ekanligini ko'rishimiz mumkin. Andoza variantimizda Faskord 10% k.e. 0,15 l/ga qo'llaganimizda 1 m2 dagi umumiy o'simlikda hashoratlar soni nazoratga nisbatan 3 kunda 23,8 dona, biologik samaradorligi esa 95,5 % ekanligini aniqlandi.

REFERENCES

1. Берим. Н. Г "Усимликларни химоя килиш" Москва 1987.Й

2. Сусидко П.И. Экологические подходм к снижению численности злаковнх тлей в степной зоне // Сельскохозяйственная биология. - 1987. № 9.-С. 55-62.

3. Поспелов ва бошкалар "Усимликларни химоя кишлиш" Укитувчи" Тошкент. 1978.Й

4. Доспехов. Б. А "Дала тажриба методикаси" Москва 1985й

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.