ISSN 2181-4» Impakt faktor 5.1
WWW '"aoowy*
G'IJJAK SOZINING CHOLG'U IJROCHILIGIDAGI AHAMIYATI VA TARIXIY ASOSLARI
Ishanxodjaev Umid Xojiakbarovich
O'zbekiston davlat konservatoriyasi "Xalq cholg'ularida ijrochilik" kafedrasi katta o'qituvchisi
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 20-May 2024 yil Ma'qullandi: 25- May 2024 yil Nashr qilindi: 31- May 2024 yil
KEY WORDS
musiqa madaniyat, an'ana, cholg'u ijrochiligi, san'at, g'ijjak, Osori muntaxab, Ud, noskadi.
Ushbu maqolada o'zbek xalq cholg'ularidan biri, o'ziga xos tembr va ovoz xususiyatiga ega g'ijjak sozining tarixiy shakllanish jarayonlari va bosqichlari haqida so'z yuritiladi. Shuningdek, cholg'u ijrochiligida g'ijjak cholg'usining ahamiyatiyoritib beriladi.
O'zbek xalq cholg'ularida zamonaviy ijrochilik san'ati o'z taraqqiyotining ko'p asrlik an'analarini meros qilib oldi. Ularning ildizlari qadim davrlarga borib taqaladi. O'zbek xalqining boy musiqa merosini o'rganish va uni keng omma ichida targ'ib qilish ishlari san'atimizning jonkuyar tashabbuskorlari, buyuk siymolar va olimlari ahamiyatida rivojlanib kelganidek, mohir ijrochilari zimmasida bo'lmog'i zarur. Chunki bizning davrimizgacha yetib kelgan ulkan musiqiy merosning ustozdan shogirdga bevosita o'tishida tabarruk zotlar ko'prik vazifasini o'tash bilan birgalikda o'zlarining ijodlari bilan ham namuna bo'lganlar.
Sharq olimlarining nazariy qarashlari mavjud ijrochilik san'ati tajribasi asosida shakllangan bo'lib, ular o'z risolalarida musiqaning jamiyatda tutgan o'rni va ahamiyati haqida atroflicha ma'lumot berganlar. Abu Nasr Farobiyning (873-950) "Katta musiqa kitobi" (Kitob almusiqa al-kabir), Abu Ali ibn Sinoning (980-1037) "Shifo kitobi" (Kitob ush-shifo), "Osori muntaxab" nomli qomusiy asaridagi "Musiqa haqida risola"(Risolai musiqiy)si, AlXorazmiyning (X asr) "Bilimlar kaliti", Safiuddin al-Urmaviyning (1216-1294) "Oliyjanoblik haqida kitob" yoki "Sharafiya" kitobi, Abdurahmon Jomiyning (1414-1492) "Musiqa haqida risola" kitoblarida musiqa ijrochiligi va xalq cholg'ulari haqida muhim ma'lumotlar bayon etilgan. Bulardan Safiuddin al-Urmaviyning asarlaridagi eng katta yutug'i lad (modus) larning mukammal tizimini ishlab chiqqanligidadir.1 Abu Ali Ibn Sino "G'ijjak" cholg'usining kosaxonasi qo'polligini va dastasini beso'naqayligini kuzatib, kosaxonasini "noskadi"ga almashtirgan va katta cho'mish dastasini unga o'rnatib ajoyib kuylarni yaratgan va natijada yangi hozirgi g'ijjakga o'xshash ajoyib cholg'u bunyod bo'lganligi haqida sharq hikoyatlari mavjud.
Abdulqodir Marog'iy ibn G'oyibiyning (XV asr) "Musiqa haqida ohanglar to'plami" (Jami al-alhon fi-ilm al-musiqiy) risolasida musiqa haqidagi ta'limotni kamoncha, yetti torli g'ijjak
1 G',M.Xudoyev. G'ijjak cholg'usi ijrochilik an'analari, Toshkent,"ma'rifat" nashriyoti;,-2014.
kabi bir turdagi musiqa cholg'ulari borligi haqidagi ma'lumotlar bilan boyitdi. Demak sharqda keng tarqalgan "Manzur" cholg'usini nazarga tutgan deyin o'rinlidir, sababi "manzur" da haqiqatdan ham 6-7 torlari mavjud bo'lgan. Buyuk Sharq mutafakkirlarining merosi xalq cholg'ularini o'rganish sohasida ham tarixiy qimmatga ega. Marog'iyning XIV asrlarda yaratilgan "Kanz al-Tuhaf" risolasida g'ijjak va rubob haqida qiziqarli ma'lumotlar mavjud. Masalan; Marog'iy o'zining risolasida g'ijjak yasash usuli (texnologiyasi) haqida ma'lumot beradi. Olimning tasdiqlashicha, ipak yoki pay torlar jez torlarga nisbatan ancha yaxshi va mayin ohang chiqarish mumkin ekan.
Darvish Ali Changiy ta'rif bergan cholg'ulardan yettitasi; tanbur, chang, qonun, ud, rubob, qobuz, g'ijjak o'sha davrda eng keng tarqalgan cholg'ular edi. Darvish Ali Changiyning ma'lumotlari - musiqa amaliyotida dastlab ansamblda uyg'un kolorit hosil qiladigan torlinoxunli, torli-kamonchali cholg'ular qo'llanilganligi haqidagi fikrni tasdiqlaydi. O'z davrining mohir g'ijjakchisi Shoh Quliy G'ijjakkiyni Darvish Ali o'z asarlarida mashhur cholg'uchi va juda ko'p cholg'u kuylarini yaratgan benazir san'atkor sifatida tilga oladi. Darvish Alining bayon etgan ma'lumotlari yana shunisi bilan qimmatliki, u qayd etgan cholg'ularning kattagina qismi (nay, surnay, chang, qonun, rubob, tanbur, g'ijjak, qobiz, doyra, nog'ora, ud) Markaziy Osiyoning O'zbekiston, Tojikiston va boshqa qardosh respublikalarda shuningdek, Ozarbayjonda bizning kunlargacha saqlanib keldi va u takomillashmoqda. Ushbu musiqa cholg'ulari uzoq vaqt mobaynida o'zbek xalqining turmush tarzida mustahkam o'rin olib, uning madaniy hayotida keng qo'llanib kelindi. Shunday ekan, bu cholg'ularni o'zbek xalq cholg'ulari, deb atash o'rinlidir. Endi shu o'rinda, o'zbek xalq musiqasi, folklorshunoslik hamda orkestrlarning tashkil topishi va ularda g'ijjak sozining tutgan o'rni haqida so'z yuritamiz.
G'ijjak cholg'usi Markaziy Osiyo xalqlari, xususan o'zbek, tojik, turkman, shuningdek, kavkaz, ozarbayjon hamda arman xalqlari orasida keng tarqalgan kamoncha bilan chalinadigan torli cholg'u hisoblanadi. Ilk g'ijjaklarning kosaxonasi qovoqdan va kokos yong'og'i (norjil yong'oq) dan yasalgan bo'lib, dastasining o'rtasi kovak qilib o'yilgan uzun yog'ochdan ishlangan. Kosaxonaning ustiga pufak(molning yurak pardasi) yoki baliq teri qoplangan. Dastasi dumaloq bo'lib, kosaga yaqinlashgan sari ingichkalashtirib ishlangan. Kosaga o'rnatilgan temir oyoqchani ijrochi tizzasiga qo'ygan holatda o'tirib chalgan.
Ilk g'ijjaklarda uchta tor bo'lib, bular kvarta intervali bo'yicha sozlangan. Sozlanishi muqim bir tovushda bo'lmay, balki ashulachining ovoziga v obasta yoki ijro etiladigan kuyning xarakteriga qarab turlicha bo'lgan. Shu davrlardagi g'ijjaklar ovoz hajmi bir yarim oktava oralig'ida bo'lgan. XX asrning 20-yillariga kelib sozandalar g'ijjak ovozini kengaytirish va baland qilish maqsadida unison qilib sozlangan qo'shtorlardan foydalana boshladilar. G'ijjak sozi yakka holda va ansambllarda keng foydalanila boshlangan. Kamonchasi ot dumidan ishlanib, chalish vaqtida o'ng qo'l barmoqlari bilan tortib turilgan2. 1930 yillarga kelib Ashot Ivanovich Petrosyans tomonidan o'zbek cholg'ulari takomillashtirilib, g'ijjakka to'rtta tor joriy qilindi3. Bular skripka singari kvinta intervali oralig'ida joylashtirildi. Qayta ishlangan g'ijjak dastasi dumaloq emas, balki, skripka dastasidek yassi qilib ishlangan. Oyoqchasi stulda o'tirib chalish uchun qulaylashtirilgan. Hozirgi musiqa istilohidagi g'ijjak sozi xuddi shu zaylda foydalanib kelinmoqda. O'zbek xalq
2 I.Akbarov, Musiqa lug'ati, - T.: O'qituvchi, 1997. 379-b.
3 A.H.neipocaH^ HHCTpyMemoBegeHne, - T.: YKHTyBHH, 1980. - CT№.7 - 8.
milliy cholg'ulari orasida g'ijjak sozi - o'zining mungi, nolishi va inson tovushiga hamohangligi bilan xarakterlidir. Nafaqat, mumtoz kuy-qo'shiqlarimiz, qolaversa, g'ijjak cholg'usida xalqimizning sho'x navolari, Yevropa klassik kompozitorlarining kuy va qo'shiqlarini ijro etibgina qolmay, balki turli qushlar va hayvonlar ovozini ham ifodalay olish mumkin. Demak, bundan shuni anglash mumkinki, g'ijjakning imkoniyatlari benihoya keng. Unda Toshkent-Farg'ona yo'lidagi maqomlarni, Xorazm maqomlarini, Buxoro Shashmaqomini butun dardu-nolalarini aks ettirish, o'zbek hamda jahon kompozitor va bastakorlari tomonidan yaratilgan, o'ta texnik imkoniyatlar talab qiladigan kuy va mashqlarni me'yoriga yetkazib ijro eta olish imkoniyatiga ega. Hattoki, qushlarning sayrashi-yu, qo'y va echkilarning ma'rashi, uy hayvonlarining o'kirishi-yu, itning hurishi, mushukning miyovi, suvlarning marjon qoyalarga urilib oqishlarigacha, qo'ying-ki, butun qishloq va shahar ko'chalarining to'la ovozlarini aks ettirish mumkin. Yakka ijrodan farqli o'laroq ansambl ijrochiligi darslarida o'quvchilar ansambl bo'lib chalish, ya'ni birgalikda hamnafas bo'lib chalish sir-asrorlarini o'zlashtirib boradi. Bunda sozanda faqat o'z cholg'usinigina eshitib qolmasdan, balki boshqa sozlarning tovushini ham eshita olishi hamda umumiy ijroni eshita olish va o'z cholg'usining tovushini jamoa ijrochiligiga mos ravishda boshqara olish ko'nikmalarini o'zlashtirib boradi. Shu bilan birga faqat o'z sozining ijro imkoniyatlarini chuqur o'rganib qolmasdan, qolgan barcha sozlarning o'zigagina xos bo'lgan tovush, tembr, koloritik hamda ijro imkoniyatlarini ham o'zlashtirib, o'rganib boradilar.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Begmatov S, Matyoqubov M. "O'zbek an'anaviy cholg'ulari" - Toshkent: "Yangi nashr" nashriyoti, 2008-y.
2. I.Akbarov, Musiqa lug'ati, - T.: O'qituvchi, 1997. 379-b.
3. A.M.neTpocflH^ MHCTpyMeHTOBegeHHe, - T.: YrçHTyBHH, 1980. - CT.№.7 - 8.
4. O.A.Ibroximimov "O'zbek xalq musiqa ijodi" Toshkent 1994 y Ê
5. G'.M.Xudoyev. G'ijjak cholg'usi ijrochilik an'analari, Toshkent,"ma'rifat" nashriyoti; - 2014.
ACADEIVY
2-JILD, 5-SON (YO'PA)
72