Научная статья на тему 'G‘IJJAK CHOLGUSI TARIXIGA OID'

G‘IJJAK CHOLGUSI TARIXIGA OID Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
84
33
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
g‘ijjak / o‘zbek xalq ijodi / san’at / ijro texnikasi / tendensiya / kuy / kamon

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Ulug‘bek Isayev

Mazkur maqolada g‘ijjak cholg‘usi tarixiga oid malumotlar va g‘ijjak cholg‘usi ustida izlanishlar olib borgan olimlar haqida fikr-mulohazalar bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «G‘IJJAK CHOLGUSI TARIXIGA OID»

G'IJJAK CHOLGUSI TARIXIGA OID

Ulug'bek Isayev [email protected] O'zvekiston davlat konservatoriyasi

Annotatsiya: Mazkur maqolada g'ijjak cholg'usi tarixiga oid malumotlar va g'ijjak cholg'usi ustida izlanishlar olib borgan olimlar haqida fikr-mulohazalar bayon etilgan.

Kalit so'zlar: g'ijjak, o'zbek xalq ijodi, san'at, ijro texnikasi, tendensiya, kuy, kamon

ON THE HISTORY OF THE GIJJAK INSTRUMENT

Ulugbek Isayev [email protected] Uzbekistan State Conservatory

Abstract: This article contains information about the history of the zhizhak instrument and opinions about the scientists who conducted research on the zhizhakh instrument.

Keywords: gijjak, Uzbek folk art, art, performance technique, trend, melody, bow

Sharq olimlarining nazariy qarashlari mavjud ijrochilik san'ati tajribasi asosida shakllangan bo'lib, ular o'z risolalarida musiqaning jamiyatda tutgan o'rni va ahamiyati haqida atroflicha ma'lumot berganlar. Abu Nasr Farobiyning (873-950) "Katta musiqa kitobi" (Kitob al-musiqa al-kabir), Abu Ali ibn Sinoning (980-1037) "Shifo kitobi" (Kitob ush-shifo), "Osori muntaxab" nomli qomusiy asaridagi "Musiqa haqida risola"(Risolai musiqiy)si, Al-Xorazmiyning (X asr) "Bilimlar kaliti", Safiuddin al-Urmaviyning (1216-1294) "Oliyjanoblik haqida kitob" yoki "Sharafiya" kitobi, Abdurahmon Jomiyning (1414-1492) "Musiqa haqida risola" kitoblarida musiqa ijrochiligi va xalq cholg'ulari haqida muhim ma'lumotlar bayon etilgan. Bulardan Safiuddin al-Urmaviyning asarlaridagi eng katta yutug'i lad (modus) larning mukammal sistemasini ishlab chiqqanligidadir.1

Abu Ali Ibn Sino "G'ijjak" cholg'usining kosaxonasi qo'polligini va dastasini besuluqayligini kuzatib, kosaxonasini "nos kadi"ga almashtirgan va katta cho'mish dastasini unga o'rnatib ajoyib kuylarni yaratgan va natijada yangi hozirgi g'ijjakga o'xshash ajiyib cholg'u bunyod bo'lganligi haqida sharq hikoyatlari mavjud.

1 G',M.Xudoyev. G'ijjak cholg'usi ijrochilik an'analari, Toshkent,"ma'rifat" nashriyoti;,-2014.

ITiy^^^BI 152 ISSN 2181-063X/ Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

Abdulqodir Marog'iy ibn G'oyibiyning (XV asr) "Musiqa haqida ohanglar to'plami" (Jami al-alhon fi-ilm al-musiqiy) risolasida musiqa haqidagi ta'limotni kamoncha, yetti torli g'ijjak kabi bir turdagi musiqa cholg'ulari borligi haqidagi ma'lumotlar bilan boyitdi. Demak sharqda keng tarqalgan "Manzur" cholg'usini nazarga tutgan deyin o'rinlidir, sababi "manzur" da haqiqatdan ham 6-7 torlari mavjud bo'lan. Buyuk Sharq mutafakkirlarining merosi xalq cholg'ularini o'rganish sohasida ham tarixiy qimmatga ega.

Marog'iyning XIV asrlarda yaratilgan "Kanz al-Tuhaf' risolasida g'ijjak va rubob haqida qiziqarli ma'lumotlar mavjud. Masalan; Marog'iy o'zining risolasida g'ijjak yasash usuli (texnologiyasi) haqida ma'lumot beradi. Olimning tasdiqlashicha, ipak yoki pay torlar jez torlarga nisbatan ancha yaxshi va mayin ohang chiqarish mumkin ekan.

Darvish Ali Changiy ta'rif bergan cholg'ulardan yettitasi; tanbur, chang, qonun, ud, rubob, qobuz, g'ijjak o'sha davrda eng keng tarqalgan cholg'ular edi. Darvish Ali Changiyning ma'lumotlari - musiqa amaliyotida dastlab ansamblda uyg'un kolorit hosil qiladigan torli-noxunli, torli-kamonchali cholg'ular qo'llanilganligi haqidagi fikrni tasdiqlaydi.

O'z davrining mohir g'ijjakchisi Shoh Quliy G'ijjakkiyni Darvish Ali o'z asarlarida mashhur cholg'uchi va juda ko'p cholg'u kuylarini yaratgan benazir san'atkor sifatida tilga oladi.2 Darvish Alining bayon etgan ma'lumotlari yana shunisi bilan qimmatliki, u qayd etgan cholg'ularning kattagina qismi (nay, surnay, chang, qonun, rubob, tanbur, g'ijjak, qobiz, doyra, nog'ora, ud) Markaziy Osiyoning O'zbekiston, Tojikiston va boshqa qardosh respublikalarda shuningdek, Ozarbayjonda bizning kunlargacha saqlanib keldi va u takomillashmoqda. Ushbu musiqa cholg'ulari uzoq vaqt mobaynida o'zbek xalqining turmush tarzida mustahkam o'rin olib, uning madaniy hayotida keng qo'llanib kelindi. Shunday ekan, bu cholg'ularni o'zbek xalq cholg'ulari, deb atash o'rinlidir. Endi shu o'rinda, o'zbek xalq musiqasi, folklorshunoslik hamda orkestrlarning tashkil topishi va ularda g'ijjak sozining tutgan o'rni haqida so'z yuritamiz.

1917-yildagi to'ntarishdan keyin o'zbek musiqa san'ati jadal va jo'shqin taraqqiy qila boshladi. Birinchi o'n yillikdayoq musiqa ta'limi, folklorshunoslik, ijrochilik san'ati sohalarida muayyan yutuqlarga erishildi.

Musiqa o'quv yurtlari - Toshkentdagi Turkiston Xalq konstervatoriyasi (1918) va uning Samaqanddagi, Farg'onadagi (1919), Buxorodagi (1920) filiallarida katta ishlar amalga oshirildi. Unda asosan o'zbek hamda yevropacha musiqa cholg'ulari (fortepiano, skripka va damli cholg'ulari)ni chalish o'rgatilar edi. Bu musiqa bilim yurtlari tom ma'nodagi konservatoriya bo'lmasada, biroq, o'tgan davr musiqa madaniyati ilmini o'rganish imkoniga ega bo'lmaganlarga sodda musiqa nazariyasi

2 O'sha asar.14-18 bb.

ITFVE^^Hl 153 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

ilmi hamda ijro san'atidan saboq berilar edi. Shu tufayli yosh respublikaning ko'pgina shaharlarida musiqa havaskorligi keng quloch yoydi.

G'ijjak musiqa cholg'usi haqida turli man'balarda har xil ma'lumotlar berilgan. G'ijjaklar dastlab bir torli, keyin ikki va uch torli hozirgi kunda esa to'rt torlidir. Ozarbayjon musiqashunos olimasi Saodat Abdullayeva o'zining "Музыкальные инструменты Азербайджана", Баку, 1972. Bu kitobining 16 va 17 sahifalarida «Kemancha» va unga oiladosh «chegane» musiqa cholg'ulari haqida ma'lumot bergan. Fayzullo Karomatov o'zining musiqa cholg'ulari haqida yozgan kitobida "Boburnoma" asari haqida ma'lumot berib, bu asarda Muhammad Udiy g'ijjakka uchinchi torni toqqanligi haqida ma'lumot beradi3.

O'zbekistonda g'ijjak va qubuz, Eron va Kavkaz xalqlarida "kemancha" nomlari bilan va unga oiladosh Hindiston, Pokiston, Afg'onistonda "dilrabo", Tojikistonning Ko'lob, Tog'li Badaxshonda "jig'ak" (g'ijjak) musiqa cholg'ulari mavjud. 1937 yilda Moskva shahrida o'tkaziladigan o'zbek san'at ahlining birinchi dekadasiga bag'ishlab ko'pgina milliy musiqa cholg'ulari xalq ustasi O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi Usto Usmon Zufarov tomonidan qayta tayyorlanib, jumladan uch torli tanbur va g'ijjaklarga yana bir tor taqilib, ular to'rt torli bo'lgan.

Hozirgi kunda to'rt torli g'ijjaklar musiqiy ta'lim dargohlarida ijrochiligida qo'llanilmoqda. G'ijjaklarning to'rt torini birinchisi kichik oktava "sol" ikkinchi va uchinchisi birinchi oktava "re" va "lya", to'rtinchi tori esa ikkinchi oktava "mi" tovushlariga sozlanadi. G'ijjak ijrosi uchun esa ot dumidagi tabiiy va maxsus tayyorlangan sun'iy oppoq qil torlaridan "komon" tayyorlanadi. Milliy musiqa ijrochiligida g'ijjak o'ziga xos ijrochilik maktabiga ega bo'lib, buyuk ustozlardan-Imomjon Ikromov, Salohiddin To'xtasinov, G'ulomjon Hojiqulov, Ilhom To'rayev, G'anijon Toshmatov, Doni Zokirov, Mahmudjon Muhammedovlar hamda ularning davomchilari - Abduhoshim Ismoilov, O'lmas Rasulov, Ahmadjon Dadayev, Salohiddin Azizboyev, Qahramon Komilov, Shuhrat Yo'ldoshev va boshqalarning ustozona ijrolari tahsinga loyiqdir.

O'zbekiston davlat konservatoriyasida g'ijjak sinfi bo'yicha professor Murod Toshmuhammedov ustozlik qiladi. Bu ustoz tomonidan g'ijjak musiqa cholg'usini an'anviy va zamonaviy ijrolariga xos ko'pgina darslik va o'quv-uslubiy qo'llanmalar tayyorlanib, nashr ettirilgan va o'quv jarayonida keng miqyosda qo'llaniladi.

Keyingi yillarda zamonaviy musiqa ya'ni orkestr ijrolariga moslab ko'pgina musiqa cholg'ulari jumladan g'ijjak oilasiga mansub g'ijjak bir, g'ijjak alt, g'ijjak bas nomi bilan ataluvchi musiqa cholg'ulari tayyorlangan. Kamonli cholg'ular xalq cholg'ulari orkestri, simfonik orkestr jamoalarida ham amalan ishlatilmoqda. Qoraqolpog'stonda esa qubuz cholg'usi ijrochilikda qo'llanilmoqda.

3 Ф.Кдроматов. Узбекская инструментальная музыка. Тяшкент. 1972. 110 b.

154 ISSN 2181-063Х/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

Odatda, har bir davr o'zining mutafakkir olimlari, milliy an'analari bilan sug'orilgan kuy va ashulalari, qalb tuyg'ularini talqin etuvchi milliy musiqa sozlari, zabardast xonandayu-sozandalariga ega bo'lgan. Taraqqiyot jarayonida xalqning ma'naviy-madaniy rivoji tarixiy manbalarda o'ziga xos bayonini topgan.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Ф.^роматов. Узбекская инструментальная музыка. Taшкент. 1972.

2. G',M.Xudoyev. G'ijjak cholg'usi ijrochilik an'analari, Toshkent,"ma'rifat" nashriyoti;,-2014.110 b.

3. H. Nurmatov —Ozbek xalq musiqasi Toshkent. Oqituvchi nashriyoti. 1998

y.

4. Yakubov Z.M. "Cholg'u ijrochiligi, g ijjak cholg'usi". fani bo'yicha o'quv qollanma.-Samarqand: SamDU nashri, 2021y.

155

ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.