Научная статья на тему 'MARKAZIY OSIYO DUTORSIMON CHOLG‘ULARI TARIXI'

MARKAZIY OSIYO DUTORSIMON CHOLG‘ULARI TARIXI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
65
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
dutor cholg‘usi / “Qonuni ilmi va amaliy musiqiy” / Markaziy Osiyo xalqlari / musiqa cholg‘ulari / ijrochilik san’ati

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Marjona Sirojiddin Qizi Esonova, Komiljon Shermatov

Bugungi globallashuv davri barcha xalqlar hayotining turli jabhalariga о‘z ta’sirini kо‘rsatmoqda. Markaziy Osiyo cholg‘ulari tarixi, kelajagi, ulardan foydalanish jabhalari (yо‘nalishlari)ni о‘rganish, tahlil qilish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada Markaziy Osiyo dutorsimon cholg‘ularining tarixi va musiqa amaliyotida qo‘llanilishiga doir ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, dutorsimon cholg‘ularni ijrochilikda yanada ommalashtirish borasida takliflar berib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MARKAZIY OSIYO DUTORSIMON CHOLG‘ULARI TARIXI»

MARKAZIY OSIYO DUTORSIMON CHOLG'ULARI TARIXI

Marjona Sirojiddin qizi Esonova Qarshi davlat universiteti Ilmiy rahbar: Komiljon Shermatov

O'zDSMI

Annotatsiya: Bugungi globallashuv davri barcha xalqlar hayotining turli jabhalariga o'z ta'sirini ko'rsatmoqda. Markaziy Osiyo cholg'ulari tarixi, kelajagi, ulardan foydalanish jabhalari (yо'nalishlari)ni о'rganish, tahlil qilish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada Markaziy Osiyo dutorsimon cholg'ularining tarixi va musiqa amaliyotida qo'llanilishiga doir ma'lumotlar keltirilgan. Shuningdek, dutorsimon cholg'ularni ijrochilikda yanada ommalashtirish borasida takliflar berib o'tilgan.

Kalit so'zlar: dutor cholg'usi, "Qonuni ilmi va amaliy musiqiy", Markaziy Osiyo xalqlari, musiqa cholg'ulari, ijrochilik san'ati

HISTORY OF DUTORSIMON INSTRUMENTS OF CENTRAL ASIA

Marjona Sirojiddin kizi Esonova Karshi State University Scientific supervisor: Komiljon Shermatov

UzSIAC

Abstract: The current era of globalization affects all aspects of people's lives. The study and analysis of the history, future, aspects (directions) of musical instruments in Central Asia, use is one of the topical issues. This article provides information about the history of Central Asian stringed instruments and their use in musical practice. Proposals have also been made to make stringed instruments more popular in performance.

Keywords: dutar musical instrument, "Qonuni ilmi va amaliy musiqiy", peoples of Central Asia, musical instruments, performing arts

Har bir xalqning o'z milliy merosi, davrlar osha yuzaga kelgan an'analari, milliy kuy-qo'shiqlari, milliy cholg'ulari bor. O'zbek milliy cholg'ularida ijrochilik tarixi va uning rivojlanish bosqichlari ham uzoq davrlarga borib taqaladi.

Tarixdan ma'lumki, o'zbek xalq cholg'ulari musiqaning barcha tarmoqlariga mos shakllanib, asrlar osha rivojlanib kelgan. Milliy cholg'ular tarixi va hozirgi kungacha bosqichma-bosqich rivojlanib kelayotganligini ajdodlarimizning musiqa madaniyatiga

I ihSi^^Bl http://oac.dsmi-qf.uz

oid eng qadimiy ma'lumotlarda, xususan hududimizdagi qoyatoshlarda chizilgan tasvirlarda, arxeologik qazilmalar paytida topilgan ashyolarda qolaversa, turli bosma nashrlarga ishlangan rasm va miniatyura shaklida berilgan tasvirlarda ko'rishimiz mumkin.

"O'rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati" mavzusida Samarqandda 2014-yilning 16-may kuni bo'lib o'tgan Xalqaro konferensiyada respublikamizning Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning so'zlagan nutqida "Tadqiqotchi-olimlarning fikricha, Sharq xususan, Markaziy Osiyo mintaqasi IX-XII, XIV-XV asrlarda bamisoli po'rtanadek otilib chiqqan ikki qudratli ilmiy-madaniy yuksalishning manbai hisoblanib, jahonning boshqa mintaqalaridagi Renessans jarayonlariga ijobiy ta'sir ko'rsatgan Sharq uyg'onish davri - Sharq Renessansi sifatida dunyo ilmiy jamoatchiligi tomonidan haqli ravishda tan olingan" deb ta'kidlanadi.1

IX-XI asr O'rta Osiyoda uzoq vaqtlar oldingi davr qirg'inbarot urushlar, vaxshiylik, adolatsizlik, yo'qchilik va shu bilan birga hozirgacha bizni xayratda qoldirib kelayotgan inson tafakkurining parvoz qilgan yuksak ma'naviy bebaho boyliklarni yaratgan davrdir. Buyuk o'rta asr olimlari - Forobiy, ibn-Sino, Xorazmiy, Beruniy kabi olimlar qadimiy dunyo me'rosini o'ziga singdirib, uning asosida fanning yangi yo'nalishlarini yaratishdi. Bu ilmlarning natijasida nafaqat Arab xalifaligi hududida, balki, butun jahonda bir necha asrlar davomida dunyo ilmining rivojlanish yo'lini belgilab berdi. N.I.Konrad ta'kidlashicha - "Renesans yaratilishi xindu-eron, O'rta Osiyo, dunyosini IX-XI asrlarda qamrab olgan. Kuchli harakat (asl aqllar revolyutsiyasi) ikkita manbadan oziqlangan: o'zining zamonaviy va qadimiy dunyosidan, qadimgi murojat, orqaga qaytish degani emas, bizgacha yetib kelgan qadimgi qadriyatlar, obrazlar, Islomgacha bo'lgan san'atning badiiy namunalari, endi yangi davr, yangi maqsadlarga xizmat qilishlari kerak edi" Ilk ma'naviy madaniyatga murojaat - bu bebaho boyliklarni, qadriyatlarni saqlab qolishga qaratilgan edi. Islom -davlat dini deb qabul qilindi. Arab tili esa rasman qabul qilindi va bu bir tomondan noqulaylik tug'dirgan bo'lsa, ikkinchi tomondan ushbu mamlakatlarda yashagan ilm ahlining arab tiliga tarjima qilingan grek falsafasi va ilmidan bahramand bo'lish imkonini yaratdi. Faqat arab tili avj olgan edi. Bu davrda Aristoksen ("Garmonika"),("Ritmika"), Aristotel ("Muammolar"), Yevklid ("Garmoni-ka", "Kanon") Ptolomey ("Garmonika") va boshqa mualliflarning asarlari arab tiliga tarjima qilingan. Ushbu asarlarning tanqidiy o'rganilishi natijasida 1X-X1 asrlar davomida O'rta Osiyoning buyuk olimlari Forobiy, ibn-Sino, Xorazmiylar tomonidan o'z davrining mukammal musiqa nazariyasi ishlab chiqildi. Bu asarlarga yuz yillar davomida G'arb va Sharq musiqashunoslari eng mukammal manba sifatida murojaat etdilar. O'sha davrda musiqa ilmi matematika ilmining tarkibiy qismi sifatida qabul

1 Zokirjon Oripov "X-XV asrlar O'rta Osiyo musiqa manbashunosligi" Toshkent 2017 y 3-bet

I ibiSi^^Bl http://oac.dsmi-qf.uz

qilingan edi. Buyuk olimlarning asarlarida musiqaning paydo bo'lishi bilan birga musiqa cholg'ular to'g'risida ham juda qimmatli ma'lumotlar berilgan.

X asrga kelib O'rta Osiyo shaharlari, yirik madaniyat markazlariga aylanadi. Bu shaharlar go'zal imoratlar badiiy hunarmandchilikning ajoyib maxsulotlari bilan mashhur bo'lib bordi. Shaharlarda ayniqsa Somoniy davlatining Buxoro shahrida jadal ravishda ijodiy fikr, tafakkur rivojlanib bordi. Buxoro bozoridagi qo'lyozma kitoblar qatorlari, adabiyotchilar va olimlar uchrashadigan joyga aylanadi, bu yerda suhbatlar munozaralarga ulanib ketgan.2

Musiqa inson ongiga va hayotiga qay darajada singgani haqida shoirlar asarlari, rassom va hunarmandlarning ijodlaridan ko'rinib turibdi. Adabiy sanat ko'rinishlarining keng mehnatlari, bizga musiqiy hayotning muhitini tasavvur qilish, IX-XI asrlardagi musiqiy cholg'ularni qayta tiklash imkonini beradi.

O'tmish allomalari Al-Forobiy (IX asr) o'zining "Katta musiqa kitobi"da, Safiuddin Urmaviy (XI asr) musiqiy risolasida, Abdulqodir Marog'iy (XIV asr) "Jami al-alhon fi-ilm al-musiqiy" risolasida, Ahmadiy (XIV asr) "Sozlar munozarasi" asarida, Zaynullobiddin Husayniy (XV asr) "Risola dar bayoni qonuni va amaliy musiqiy" risolasida, Abdurahmon Jomiy (XV asr) "Musiqiy risola"sida, Amuliy (XVI asr) musiqa risolasida, Darvesh Ali Changiy (XVII asr) musiqiy risolalarida musiqiy cholg'ularni o'rganib tadqiq etish masalalarining turli tomonlariga to'xtalib, o'z davrlarining musiqiy cholg'ulari tasnifotini bayon etganlar. O'tmishning zabardast shoirlari o'z asarlarida musiqiy cholg'ular nomlarini zikr etishda sozlarga takror va takror murojaat etganlar. Ayniqsa, buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy musiqa ilmining eng nafosatli va mumtoz kerakli tarmoqlariga urg'u berib o'tganliklarini asarlaridan bilib olish mumkin. Tarixiy qo'lyozmalar, adabiy asarlar va musiqiy risolalarda O'rta Osiyo xalqlari amaliyotida vujudga kelgan barcha cholg'ularining nomlari o'z ifodasini topgan. Musiqiy risolalarda esa cholg'ularga tegishli (shakl, tuzilish, torlar nisbatlari, tayyorlash mezonlari, cholg'ular uchun ishlatiladigan daraxtlar va h.k. haqida) ma'lumotlar keltirilgan. Ularda, torli cholg'ulardan: borbad, ud, rud, qo'buz, g'ijjak, navha, nuzxa, qonun, chang, rubob, tanbur, dutor; damli sozlardan: ruhafzo, shammoma, org'anun, sibizg'i, nayi ayubon, chag'ona, bulamon, surnay, nay, qo'shnay, karnay; urma cholg'ulardan: daf, doyra, nog'ora, safoil kabilar haqida turli darajadagi ma'lumotlar keltirilgan.

Milliy cholg'ularimiz nihoyatda boy, xilma-hil bo'lib, soz ijrochilarining jarangdor sadolari tinglovchilar qalbiga ruxiy orom baxsh etib kelgan cholg'ularimiz tarkibida dutor (qo'shtor) sozi ham yetakchi soz sifatida ulug'langan, g'azallarda madh etilgan. Dutor navolari, ko'xna soz sadolari sayyoramiz bo'ylab hamisha yangrab, jaranglab kelgan. Dutor cholg'usi o'ziga xos tarixga ega bo'lganligi haqidagi

2 J.Turatov "Cholg'u ijrochilarini tayyorlashda musiqiy ta'lim uzviyligini ta'minlash" mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi Toshkent 2020 y. 38-bet.

I îhSi^^Bl http://oac.dsmi-qf.uz

ma'lumotlar mavjud. Tarixiy risolalarda o'z aksini topgan. Dutor sozi to'g'risidagi ilk ma'lumotlar Al-Husayniyning XV asrda yaratilgan musiqa kanon (qonun) larida yoritilgan. Darvish Alining Buxoro (XVII asr)da yaratgan musiqa san'atiga oid mashhur risolasida ham dutor ijrochiligi yetuk bo'lgan: dutori Yusuf Mavludiy, hiroti dutoriy nomlari keltirilgan. Dutor aslida qadimiy lyutnasimon (mezrob torli) cholg'ular oilasidan tarqalib, keyinchalik milliy cholg'ular sifatida turli xalqlar orasida o'zgacha atamalar bilan nomlanib sozandachilik amaliyotida keng qo'llanilib kelingan.3

O'z asrining musiqashunos allomasi Zaynulobiddin al-Husayniyning "Qonuni ilmi va amaliy musiqiy" risolasida tasvirlangan cholg'u zamonaviy dutordan uncha farq qilmaydi. Mavjud farqlarni esa, asosan dutorning shaklida ko'rish mumkin. Xususan, cholg'uni dasta qismi qisqaroq bo'lib, kosasi zamonaviy dutorga nisbatan kattaroq (ud cholg'usining kosasidan kichikroq) bo'lganligi qayd etilgan.

Afsuski, Al-Husayniyning tarixiy risolasiga suyanib, XV asrdagi dutor sozini har tomonlama tasavvur etish juda mushkul. Bunday muammoni o'rganish davomida professor I.Rajabov shunday xulosaga keladi: "Hozirgi dutorimizga qaraganda bo'g'zi kattaroq, kosasi ud kosasidan kichikroq, do'mbranikidan esa kattaroq bo'lgan, torlari ipakdan yoki ichakdan qilingan. Pardalari esa yettita, eng asosiy belgisi, Al-Husayniyning tabiricha, torlari ikkita bo'lgan. Dutor so'zining paydo bo'lishi shu ko'rinishdagi ko'p torli sozlardan ikki torli sozni farqlash uchun nomlangan bo'lsa ajab emas", - deb yozadi T.S.Vizgo "Музыкальные инструмент Средней Азии" nomli kitobida.

Dutorga o'xshash, ya'ni, dutorsimon cholg'ularni Ozarbayjonda "Saz", gruzinlarda "Panduri", qirg'izlarda "Qomuz", qozoqlarda "Dombra", qoraqalpoqlarda "Olamo'ynoq dutori" va Xitoyliklarda "Pipa" atamalari bilan sozandachilik amaliyotida qo'llanib kelingan.

Turkiston o'lkasining taniqli tadqiqotchisi V.I.Massalskiyning ta'riflashicha: "Musiqa sozlari dutor va qo'bizni deyarli barcha xonadanlarda uchratish mumkin. Bu xulosa shundan dalolat beradiki, xalq madaniy va ma'naviy hayotida oilaviy musiqachilik dutorda ham qadimdan keng qo'llanilib kelingan. Har bir o'zbek xonadonining to'rida, sozlardan hech bo'lmasa dutor osig'liq turgan.

Xalq cholg'u sozlari jamiyatning turli vakillari orasida turlicha tarqalgan edi. Cho'ponlar nayni xush ko'rsa, usta sozandalar qo'lida sato, tanbur, do'mbira xalq musiqachilari - baxshilarning hamrohi bo'lgan. Dutor nozik, yumshoq, past tovushga ega bo'lgani uchun ayollar orasida mashhurdir. Ular dutorda xalq kuylarini chalibgina qolmay, qo'shiqlarga jo'rnavozlik qilib, raqsga ham tushardilar.4

O'zbekistonda dutorning bir necha turlari mavjud bo'lib, ular torlarining bir xilligi, umumiy ko'rinishi, pardalarining bog'lanishi jihatidan o'xshash bo'lsa,

3 I.Lutfullayev. "Dutor alt uchun moslashtirilgan asarlaf' 52-bet.

4 M.Ziyayeva "Dutor (F.Sodiqov ijro uslubi)" 23-bet.

uzunligi, tovushqatori, diapazoni va tayyorlanish uslublari, yog'ochlarining turlariga ko'ra bir-biridan farq qiladi. Bu esa, albatta, soz tembrini bir-biridan farq qilishga olib keladi.

Xorazmda va Turkmanistonning ba'zi viloyatlarida dutor kosasining o'yma turi ham uchraydi. Bu dutor "qazma" nomini olgan. Qovurg'ali dutor esa-dilma nomi bilan ijrochilar o'rtasida keng tarqalgan. Respublikamizning qolgan viloyatlarida dutor kosasining yelimlangan turlari uchraydi. Buxoro va Qoraqalpog'istonda dutor kosasi ikki bo'lakdan iborat, Samarqandda to'rt, Toshkent va Farg'ona vodiysida o'n, hattoki o'n ikki qovurg'alik dutor kosalari uchraydi.5

Cholg'ularning bunday takomili, o'yma kosali, pardasiz, ikki torli, chertib chalinadigan do'mbra cholg'usidan sekin-asta pardali, ikki torli dutor cholg'usi paydo bo'lganidan dalolat beradi. Dutorni texnik o'zgarishlaridan tashqari, uning tovushqatoridagi o'zgarishlarni ta'kidlab o'tish o'rinlidir. Dutor tovushqatori bizgacha to'liq bo'lmagan yarim qatorliklar (xromatik) ko'rinishidagi ravon sur'atlarga bo'linmagan (temperatsiyasiz) holda yetib kelgan. Pastki oktavada soz diapazoni, pardalarning qo'shilishi tufayli kengaya bordi. Yuqori oktavadagi yetti bosqichli diatonik gamma to'liq bo'lmagan xromatik tovushqatorga o'ta boshladi. Bunday o'zgarishlar evolyutsion xarakterga ega edi.

Hozirda boshqa cholg'ular qatori dutor va dutorsimon cholg'ular o'z rivojini topib kelmoqda. Dutorsimon cholg'ular ayniqsa o'zbek, tojik, qozoq, qoraqalpoq, qirg'iz, uyg'ur kabi xalqlarda milliy cholg'ular sifatida sevib ijro qilinadi. Biz dutorsimon cholg'ularning o'rganish davrida dutorsimon cholg'ularning aslida ildizi do'mbira cholg'usiga borib taqalishiga amin bo'ldik. Dutor cholg'usi to'g'risida ko'plab olimlar tomonidan ma'lumotlar keltirilgan, ammo dutorsimon cholg'ular bir biriga bog'liqligini shu kungacha o'rganilmagan.

Shundan kelib chiqqan holda bizga qardosh bo'lgan xalqlarning musiqa madaniyati bilan yaqindan tanishish, ularni milliy, qadimiy cholg'usi bo'lgan dutorsimon cholg'ularini o'rganib, O'zbekiston ta'lim tizmiga kiritish, dutorsimon cholg'ularda ijrochilikni rivojlantirish, repertuarlarni boyitish va Markaziy Osiyo xalqlari bilan dutorsimon cholg'ularning ijrochiligini rivojlantirish orqali do'stona aloqalarni yanada kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuningdek, Markaziy Osiyo dutorsimon cholg'ularining tarixini chuqur o'rganish va yagona ildizga ega ekanligini isbotlash, ularning tarqalishi va takomillashuvini yoritish dolzarb vazifalardan hisoblanadi.

5 K.Vertkov. (Музыкальных инструментов народов ССР) М., 1975 y. 63-bet.

122

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2017-yilda ta'lim, fan, san'at va madaniyat sohasida qabul qilingan Farmon, Farmoyish va Qarorlari majmuasi. O'zDSMI. Toshkent 2018-yil.

2. G.Mahkamova "Markaziy Osiyoda dutorsimon cholg'ular evolyutsiyasi" Toshkent 2016-yil.

3. Zokirjon Oripov "X-XV asrlar O'rta Osiyo musiqa manbashunosligi" Toshkent 2017-yil.

4. K.Vertkov. (Музыкальных инструментов народов ССР) М., 1975-yil.

5. O.Matyoqubov "Maqomot" Toshkent 2004-yil.

6. M.Ziyayeva "Dutor (F.Sodiqov ijro uslubi)" 2010-yil.

7. J.Turatov "Cholg'u ijrochilarini tayyorlashda musiqiy ta'lim uzviyligini ta'minlash" mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi Toshkent 2020-yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.