Научная статья на тему 'G‘AZNACHILIK IJROSINI TASHKIL ETISHNING XORIJIY TAJRIBALARI'

G‘AZNACHILIK IJROSINI TASHKIL ETISHNING XORIJIY TAJRIBALARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
74
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
G‘aznachilik / xorijiy tajriba / Avstraliya / davlat moliya boshqaruvi / Fransiya / Braziliya / federal mamlakat.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Shodmonkulova Sh.O.

Ushbu maqola g‘aznachilik ijrosini tashkil qilishda ahamiyatli jihatlarni inobatga olish masalalarini xorijiy mamlakatlardagi holatini tahlil qiladi. Shuningdek, jahon miqyosidagi rivojlangan mamlakatlarda ga‘znachilik tizimining qay darajada ta’minlanganligini ham nazariy va amaliy ma’lumotlar asosida e’tirof etadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «G‘AZNACHILIK IJROSINI TASHKIL ETISHNING XORIJIY TAJRIBALARI»

Shodmonkulova Sh. O.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Moliya kafedrasi tayanch doktaranti

G'AZNACHILIK IJROSINI TASHKIL ETISHNING XORIJIY

TAJRIBALARI

Annotatsiya. Ushbu maqola g'aznachilik ijrosini tashkil qilishda ahamiyatli jihatlarni inobatga olish masalalarini xorijiy mamlakatlardagi holatini tahlil qiladi. Shuningdek, jahon miqyosidagi rivojlangan mamlakatlarda ga'znachilik tizimining qay darajada ta'minlanganligini ham nazariy va amaliy ma'lumotlar asosida e 'tirof etadi.

Kalit so'z va iboralar: G'aznachilik, xorijiy tajriba, Avstraliya, davlat moliya boshqaruvi, Fransiya, Braziliya, federal mamlakat.

Shodmonkulova Sh.O., Ph.D Department of Finance Tashkent State University of Economics

FOREIGN EXPERIENCES OF TREASURY EXECUTION

ORGANIZATION

Annotation. This article analyzes the situation in foreign countries on the issues of taking into account important aspects in the organization of treasury execution. It also recognizes the extent to which the treasury system is provided in the world's developed countries on the basis of theoretical and practical information.

Key words: Treasury, foreign experience, Australia, public financial management, France, Brazil, federal country.

KIRISH.

G'aznachilik tizimini to'g'ri boshqarish bu avvalo, davlat moliyasini boshqarishning muhim bir qismi sifatida qaralishi joiz. Negaki, davlat moliyasini boshqarish tizimi va uning tarkibiy qismlarining samaradorligi hamma vaqt, ya'ni barcha davrlarda muhim ahamiyatga ega bo'ladi. Davlat moliyasi ichida g'aznachilik tizimini boshqarish ishlarini sifatli ta'minlash uchun shu mamlakatning barqaro rivojlanishi va kafolatlangan aholi oldidagi ijtimoiy majburiyatlarini bajarilishining sifat darajasi asos sanaladi. Byudjet tizimining barqarorligini ta'minlash va shuningdek, umumiy moliyaviy xavfsizlik va barqaror iqtisodiy o'sish masalasi ham bunda dolzarbdir.

Yana muhim omillardan biri bu — g'aznachilikning davlat byudjetini boshqarish mexanizmi sifatida shakllanishi bu davlat byudjeti siyosatini amalga oshirishda, mamlakatning byudjetini ijro etish jarayonida daromadlar va

xarajatlarni samarali boshqarish jarayoni xalqaro tajriba va albatta, shu mamlakatning davlat moliyasi tarixini hisobga olgan holda amalga oshirilishidir.

Ma'lumki, biror davlatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar sharoitida g'aznachilik byudjeti ijrosi masalalarini hal etish butun g'aznachilik tizimini rivojlantirishning ilmiy asoslangan dasturini nazarda tutadi. Buni sanoati rivojlangan mamlakatlar tajribasi ham tasdiqlaydi. Bunda byudjet daromadlari va xarajatlarini ijro etishning g'azna mexanizmi yordamida samarali boshqaruvga erishiladi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI.

Aynan davlat moliyasida g'aznachilik ijrosini tashkil etishning xorijiy tajribalari haqida fikr-mulohaza bildirish uchun dastavval, bu mavzuning ahamiyatli jihatlarini tilga olish lozim. Birgina O'zbekiston Respublikasi davlat moliyasida g'aznachilik ijrosini tashkil qilishda xorijiy tajribalardan nusxa olish yoki aynan bu tajribalarni amaliyotda tadbiq qilish mamlakatning iqtisodiy rivoj topishida keng ko'lamli yordamchi vosita deyish mumkin. Chunki dunyo bo'ylab sinovdan o'tgan, shu sinovni amalga oshirgan mamlakatda ilg'or natijani ko'rsatgan tajribani davlat moliyasida, uning g'aznachilik ijrosida qo'llab ko'rishda eng birinci navbatda soha mutaxassislari tomonidan erishiladigan natijaning prognoz qilinishida bunda muhim rol o'ynaydi. Shuningdek, bu prognoz bilan qilinadigan ishlarning bosqichlari ro'yxati tuzilishi va tizimlilik asosida amalga oshirilishi mamlakat foydasiga xizmat qiladi.

Yuqoridagilarni nazariy dalillash uchun quyida g'aznachilik ijrosini tashkil etishning jahon mamlakatlari tajribalariga ko'z tashlanadi. Bunda mamlakatlarning boshqaruv turlari bo'yicha, ya'ni federal va unitar mamlakatlar tasnifiga alohida e'tibor beriladi. Hamda shu mamlakatlarning xazina taqsimoti, hukumat tuzilmalari o'rtasidagi funksiyalar, bu davlatlarning moliyaviy boshqaruv masalalariga ham diqqat qaratiladi.

Bilamizki, har bir davlatda milliy g'aznaning asosiy maqsadi davlat resurslarini optimal moliyaviy boshqarishga ko'maklashishdan iborat. G'aznachilik byudjet muassasalarining faoliyati uchun ularni zarur mablag'lar bilan va tezkorlik bilan ta'minlaydi. Shu bilan birga, turli mamlakatlarda xalqaro tajriba shuni ko'rsatadiki, bir xil deb ataladigan organlar — g'aznachilik davlat moliyasini boshqarish bilan bog'liq turli funksiyalarni bajaradi. Agarda g'aznachilik tomonidan byudjet muassasalariga faqat tasdiqlangan byudjetlar bo'yicha mablag'lar ajratilganda va g'aznachilik oldindan belgilangan me zonlar asosida majburiyatlar, xarajatlarni to'lash bo'yicha limitlar belgilash huquqiga ega bo'lganda uning faollik darajasi oshadi.

Biror davlat boshqaruvining g'aznachilikning molaya va tashkiliy tuzilmasining yagona model mulki mavjud emas. Uning bo'li mlari va boshqaruv soni, shuning barobarida ularning o'ziga xos bo'lgan funksiyalari dunyodagi har bir mamlakatda turlicha belgilanadi.

MUHOKAMA VA NATIJA.

Muammo yuzasidan o'rganilgan adabiyotlar va to'plangan statistik ma'lumotlar natijasida, jumladan, dunyo mamlakatlarining iqtisodiy hayotidagi masalalarni o'rganish asosida Avstraliyada vazirlik maqomiga ega bo'lgan va hukumatga bo'ysunuvchi G'aznachilik departamenti mavjudligi aniqlandi. Mazkur departamentning asosiy vazifalariga makroiqtisodiy siyosat va daromadlarni yig'ish ekanligiga ham aniqlik kiritildi. G'aznachilik departamentining bir ismi sifatida Soliq idorasini aytish mumkin. U orqali G'aznachilik Soliq to'lovchilar bilan eng kamida aloqada bo'ladi. Hamda barcha Soliq to'lovlarini qo'lga oladi. Albatta, bunda tashqi daromadlar hisobga kirmaydi. Chunki tashqi daromadlar Avstraliyada bojxona xizmati tomonidan olinadi. Byudjetning xarajatlar bo'yicha ijrosi byudjetdan oluvchilarning so'rovlariga muvofiq amalga oshiriladi. Mamlakatda byudjet oluvchining byudjet majburiyatlarini qabul qilishning aniq huquqiy normalari hamda byudjet mablag'laridan maqsadli va oqilona foydalanishni tekshirish usullari belgilangan bo'lib, ular soha vazirliklari tomonidan amalga oshiriladi. G'aznachilik boshqarmasi bir vaqtning o'zida passiv rol o'ynaydi.

Shu o'rinda Avstraliya federal davlat turi ekanini ta'kidlab ketish lozim. Bunday ta'kidlashning sababi yuqorida g'aznachilik ijrosini tashkil etishning xorijiy tajribalarini o'rganishda mamlakatlarning boshqaruv turlariga e'tibor berishga diqqat qaratilganligidir.

Avstraliyada g'aznachilik funksiyalarini G'aznachilik departamentidan tashqari Moliya departamnetin ham bajaradi. Uning mas'uliyatiga xarajatlarni nazorat qilish, moliyaviy aktivlarni boshqarish siyosatini belgilash, byudjetlarni ishlab chiqish, buxgalteriya hisobini tartibga solish va markaziy ro'yxatga olish tizimini yuritish kiradi. Davlat mablag'lari yagona g'azna hisobvarag'ida jamlanadi. Moliya boshqarmasi yagona bank hisobvarag'i mexanizmining ishlash tartibi va shartlarini belgilaydi.

Endi Federal mamlakat sanaluvchi Braziliyada davlat moliyasini boshqarishni tashkil etish masalasiga to'xtalamiz. Braziliyada davlat moliyasini boshqarishni tashkil etish Avstraliyadagidan biroz farq qiladi. Asosiy funksiyalar Moliya vazirligining ikkinchi darajali bo'linmasi bo'lgan G'aznachilik kotibiyatiga yuklatilgan. Bundan tashqari, Federal Daromadlar Kotibiyati va Federal Nazorat Kotibiyati Moliya vazirligiga bo'ysunadi, ular ham ba'zi g'aznachilik funktsiyalarini bajaradilar.

Kanadada federal hukumatining moliyaviy tuzilmasi XIX asrning 1867-yilgi Konstitutsiya to'g'risidagi qonuniga asoslangan o'z faoliyatini olib boradi. Hali hanz ushbu akt davlat moliyasi tamoyillari uchun konstitutsiyaviy asos bo'lib xizmat qilmoqda va hukumat uchun asosiy qo'llanma ham hisoblanadi. Bugungi Kanada federal hukumatining qonunchiligidagi moliyaviy tuzilma "Moliyaviy boshqaruv to'g'risida"gi qonun, Audit to'g'risidagi umumiy qonun va hukumatni qayta tashkil etish to'g'risidagi qonunga asoslanadi. Barcha soliq tushumlari markaziy jamg'armaga yoki yig'ilgan daromadlar fondiga joylashtirilishi kerak

va bu jamg'armadan mablag'lar agar ularni o'zlashtirishga Parlament tomonidan ruxsat etilmasa, sarflanishi mumkin emas.

Vazirlar Mahkamasi byudjetni tayyorlash va parlamentga taqdim etish uchun javobgardir. Ushbu ishlarning aksariyati tizim tomonidan amalga oshiriladi. Ya'ni Vazirlar Mahkamasi qo'mitalari, shu jumladan: ustuvorliklar va rejalashtirish qo'mitasi, xarajatlarni ko'rib chiqish qo'mitasi, g'aznachilik va siyosiy qo'mitalar. Endigi galda Fransiya timsolida G'aznachilik funksiyalariga e'tibor qaratiladi.

Fransiyada moliyaviy boshqaruv funksiyalari G'aznachilik va Davlat hisoblari bosh boshqarmasi o'rtasida taqsimlanadi. Ikkala tashkilot ham ikkinchi darajali bo'linmalar — G'aznachilik Moliya vazirligi va Buxgalteriya Bosh boshqarmasi Byudjet vazirligi tarkibiga kiradi.

Fransiyaning barcha moliyaviy resurslari haqida gap ketganda, yagona G'aznachilik hisobvarag'ida jamlanganligini alohida ta'kidlash joiz. U Markaziy bankda joylashgan bo'lib, ushbu hisobvaraq orqali tushum va to'lovlarni nazorat qilinadi. Biroq u daromad bilan bog'liq operatsion muammolarni hal qilishda ishtirok etmaydi. Bunda davlat buxgalteriya hisobi bosh boshqarmasi daromadlarni yig'ish uchun javobgardir. Hozirda masker mamlakat hududida 2000 ta yirik qo'shilgan qiymat solig'i to'lovchilari to'g'ridan-to'g'ri Markaziy bankdagi yagona hisob raqamiga to'lovlarni amalga oshirmoqda. Qolgan soliqlar daromadlar boshqarmasi (50 foizga yaqin), G'aznachilik va Davlat hisobi bosh boshqarmasi (35 foizga yaqin) va bojxona xizmati (15 foizga yaqin) tomonidan boshqariladi. Mamlakatda xarajatlar bo'yicha byudjetning ijrosi Byudjet direksiyasi tomonidan nazorat qilinadi. Byudjet direksiyasi o'zining moliyaviy nazoratchilar tizimi orqali mablag'larning sarflanishini nazorat qilishi mumkin. Bunda xarajatlar juda qattiq nazorat qilinadi: majburiyatlarni olish bosqichida va to'lov shartlarida — moliyaviy nazoratchilar tomonidan va G'aznachilik va Buxgalteriya Bosh boshqarmasi tomonidan to'lash bosqichida. Fransiyadagi g'aznachilik Avstraliya va Braziliya g'aznalari singari ichki va tashqi davlat qarzlarini boshqaradi. U qimmatbaho narsalar masalasini nazorat qiladi, hujjatlarni rasmiylashtiradi, ularni chiqarish hajmi, muddatlari va tuzilishi masalalariga ham aralashadi, aniqrog'i bularning hal qilinishi ham uning zimmasidadir.

Bundan tashqari Fransiyada davlat moliyaviy axborot tizimi ishlab chiqilgan va bugungi kunda ham u muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Bu tizim byudjetni tayyorlash, byudjet hujjatlarini nashr etish va byudjet ijrosini amalga oshiradi. Byudjet direksiyasi va soha vazirliklari o'rtasida boshqa aloqa tizimlari mavjud. Yagona hisobvaraq bo'yicha operatsiyalar bo'yicha yig'ma ma'lumotni olish bir kun davom etadi, batafsil ma'lumot har hafta olinadi.

XULOSA.

Har bir mamlakat uchun eng avvalo, davlat moliyasining holati to'g'risida hokimiyat va boshqaruv organlarini tezkor va ishonchli axborot bilan ta'minlaydigan, shu orqali ularning samarali boshqaruvini ta'minlaydigan davlat

moliyaviy axborot tizimi zarur. Bu bozor iqtisodiyoti sharoitida shu davlatda byudjet islohotining muhim elementidir. G'aznachilik ijrosini tashkil etish yuzasidan dunyo miqyosidagi ilg'or mamlakatlar misolida xalqaro tajribani baholashda shuni ta'kidlash kerakki, avtomatlashtirilgan moliyaviy boshqaruv tizimlarini modernizatsiya qilish va joriy etish har bir davlat hududida butun byudjet jarayoni samaradorligini oshirishni ta'minlaydigan ustuvor yo'nalishdir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Казначейская система исполнения бюджета / Под ред. Н.Г. Ивановой и ТД. Маковник: - СПб.: Питер, 2002. 203 с.

2. Прокофьев С., Шубина Л. Орасширении функций органов федерального казначейства / Бюджет, 2003. No 9. C. 20-21.

3. Прокофьев С. Казначейская система исполнения бюджета / Бюджет, 2003. No 9. C. 58-60.

4. Shahlo Shodmonkulova Olimjon qizi. FINANCIAL RESOURCES OF THE TREASURY SYSTEM AND ISSUES OF THEIR MANAGEMENT/ Web of Scientist: International Scientific Research journal. ISSN: 2776-0979, Volume 4, Issue 3, Mar., 2023. 493-495p.

5. Shahlo Shodmonkulova Olimjon qizi. Experience of foreign countryies in imporoving the methodology for monitoring cash flows in the treasury. / In volume 2, Issue 12 of Web Scientist: International Scientific research Journal (WOS) December, 2021.

6. Shaxlo Shodmonkulova Olimjon qizi. G'aznachilik tizimining joriy qilinishining davlat moliyasi tizimidagi ahamiyati. International conference on developements in education Hosted from Amsterdam, Netherlands; April, 2022. 350-351b.

7. https://t.me/jalilova_dilshoda_2292

8. https ://t.me/ilmiy_yordam_beraman

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.