Научная статья на тему 'G’AZNACHILIK FAOLIYATINI TASHKIL ETISH JARAYONI'

G’AZNACHILIK FAOLIYATINI TASHKIL ETISH JARAYONI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
375
54
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Davlat moliyasi / g’azna ijrosi / davlat budjeti / g’azna amaliyoti. / State finance / treasury execution / state budget / treasury practice.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Hamdamov Oybek Aslonjonovich

Ushbu maqolada bugungi kunda mamlakatimizda davlat budjetining g’azna ijrosiga o’tishning zarurligi va ahamiyati muallif qarashlari bilan ochib berilgan. Qolaversa, g’aznachilik faoliyatini tashkil etish jarayoni bo’yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In this article, the necessity and importance of transitioning to the treasury execution of the state budget in our country today is revealed with the views of the author. In addition, proposals and recommendations on the process of organizing treasury activities were developed.

Текст научной работы на тему «G’AZNACHILIK FAOLIYATINI TASHKIL ETISH JARAYONI»

G'AZNACHILIK FAOLIYATINI TASHKIL ETISH JARAYONI

Hamdamov Oybek Aslonjonovich

Mustaqil izlanuvchi

Annotatsiya. Ushbu maqolada bugungi kunda mamlakatimizda davlat budjetining g'azna ijrosiga o'tishning zarurligi va ahamiyati muallif qarashlari bilan ochib berilgan. Qolaversa, g'aznachilik faoliyatini tashkil etish jarayoni bo'yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar. Davlat moliyasi, g'azna ijrosi, davlat budjeti, g'azna amaliyoti.

Abstract. In this article, the necessity and importance of transitioning to the treasury execution of the state budget in our country today is revealed with the views of the author. In addition, proposals and recommendations on the process of organizing treasury activities were developed.

Key words. State finance, treasury execution, state budget, treasury practice.

Xorijiy davlatlar amaliyotini tahlil qilish natijalari shuni ko'rsatadiki, davlat tuzilishi turlicha bo'lgan mamlakatlarda davlatga qarashli mablag'lar Moliya vazirligining tarkibiy qismi bo'lgan G'aznachilik ning yagona hisobraqamida to'planadi. Davlat qarzlarini boshqarish g'aznachilikka yuklatilgan. G'aznachilik muomalaga qimmatli qog'ozlar chiqarishni, hajmini va to'lov muddatini nazorat qiladi, ularning tarkibiga bog'liq barcha masalalarni echadi. G'aznachilik davlat qarzlarini boshqarishda turli bosqichlarda qatnashadi. G'aznachilik bajarilgan hisob-kitob operatsiyalari uchun javob beradi. Davlat budjetining g'azna ijrosi - davlat budjeti va davlat maqsadli jamg'armalarining barcha daromadlarini, shuningdek, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag'lar bo'yicha tushumlarini yagona g'azna hisobraqamga jamlash va ularning barcha xarajatlarini shu hisobraqamdan amalga oshirishni nazarda tutadi. Bu esa davlat budjeti, budjetdan tashqari fondlar, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag'lari, davlat qarzlari va ularga xizmat ko'rsatish jarayonlarining tezkor nazoratini va monitoringini olib borish, davlat mablag'larining samarali ishlatilishini ta'minlash, davlat moliyaviy resurslarining harakati to'g'risida operativ tarzda ma'lumotlarni jamlash imkonini beradi.

Davlat budjeti g'azna ijrosining asosiy tamoyillari - kassaning yagonaligi hamda buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishning yagonaligidan iborat. Davlat budjetining g'azna ijrosi qonun xujjatlarida belgilab qo'yiladigan maxsus vakolatli moliya organi hamda uning Qorag'alpog'iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlardagi hududiy bo'linmalari tomonidan amalga oshiriladi. Davlat moliyasini boshqarish - davlat o'z vazifalarini samarali bajarishini ta'minlash, moliyaviy resurslarni safarbar qilishda ma'lum samaraga erishish, yagona tizim asosida moliyaviy resurslarni taqsimlash va ishlatish va nihoyat iqtisodiy barqarorlashtirish va jamiyat rivoji uchun sharoit yaratish borasida davlat tomonidan

ko'riladigan tadbirlar yig'indisidir. Davlat moliyasini boshqarishning institutsional tarkibida, boshqa vakolatli organlar bilan bir qatorda, G'aznachilik ham alohida muhim o'rin egallaydi.

G'aznachilik - budjetdan mablag' oluvchilarning majburiyatlarini ijroga qabul qiladi va budjet tashkilotlariga etkazib berilgan tovar mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko'rsatilgan xizmatlar uchun G'aznachilik ularning nomidan va ularning topshirig'iga binoan vakolatni o'z zimmasiga oladi va budjet mablag'larining maqsadli ishlatilishini ta'minlash va nazorat qilish asosida to'lovlarni amalga oshiradi. Davlat budjeti g'azna ijrosi deganda davlat budjeti, davlat maqsadli jamg'armalari va boshqa budjetdan tashqari fondlarning mablag'lari to'planadigan va ushbu mablag'lar doirasida aniq belgilangan yo'nalishlar bo'yicha xarajatlar amalga oshiriladigan yagona g'azna hisobraqami orqali davlat budjetining ijro etilishi hamda shu orqali davlat moliyasini maqsadli va samarali boshqarishni tashkil etish tushuniladi.

G'aznachilik faoliyat ko'rsatishi uchun uning quyidagi tashkiliy elementlari mavjud bo'lishi va o'zaro bog'liqlikda amal qilishi zarur. Ular:

1. G'aznachilikning yagona hisobraqami;

2. G'aznachilikning bosh kitobi;

3. G'aznachilik organlari;

4. G'aznachilikning axborot tizimi;

5. G'aznachilikda budjet mablag'larini boshqarish.

G'aznachilikning yagona hisobraqami. O'zbekiston Respublikasining "Davlat budjetining g'azna ijrosi to'g'risida"gi Qonuniga muvofiq soliqli va soliqsiz davlat tushumlarini to'plash, saqlash va davlat xarajatlarini amalga oshirish uchun G'aznachilik tomonidan G'aznachilikning yagona hisobraqami ochiladi. "Yagona g'azna hisobraqami G'aznachilik tomonidan boshqariladigan maxsus bank hisobraqami bo'lib, bu hisobraqamda Davlat budjeti mablag'lari hamda budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag'lari kiritiladi. Yagona g'azna hisobraqamidan davlat budjetida mablag'lari nazarda tutilgan yuridik va jismoniy shaxslarning xarajatlari to'lanadi, shuningdek, davlat maqsadli jamg'armalarining xarajatlari amalga oshiriladi"

G'aznachilik alohida operatsiyalarni, shuningdek, davlat maqsadli fondlarining mablag'lari bilan operatsiyalarni amalga oshirish uchun g'aznachilikning yagona hisobraqami doirasida subschyotlarini ochish huquqiga ega. Bu subschyotlardagi qoldiqlar g'aznachilikning yagona hisobraqami qoldig'ining ajralmas qismi hisoblanadi. G'aznachilikning bosh kitobi. G'aznachilikning bosh kitobi - budjet ijrosi g'azna usulining asosiy elementlaridan biridir. G'aznachilik Bosh kitobi bilan davlat moliyaviy resurslarining hisob-kitobi yuritiladi va moliya tizimining axborot tizimi faoliyat ko'rsatadi.

G'aznachilikning Bosh kitobi budjet operatsiyalari buxgalteriya hisobini yuritishning kompyuterlashtirilgan tizimidir. G'aznachilikning Bosh kitobida davlat tashkilotlari va muassasalari bilan bo'ladigan barcha moliyaviy operatsiyalar o'z ifodasini topadi. G'aznachilikning Bosh kitobi G'aznachilikning yagona hisobraqami va subschyotlari bilan bo'ladigan operatsiyalardagi barcha buxgalteriya

provodkalarini aks ettiradi. G'aznachilikning Bosh kitobi ham respublika budjetidan, ham mahalliy budjetlardan mablag' bilan ta'minlash hisobkitobining o'z vaqtida yuritilishini ta'minlaydi.

G'aznachilik organlari. G'aznachilik Moliya Vazirligi tarkibidagi davlat organi hisoblanadi. G'aznachilikning Qoraqalpog'iston Respublikasi G'aznachilik Boshqarmasi, Toshkent shahar va viloyatlar Boshqarmalari, shahar va tumanlarda G'aznachilik bo'limlari kabi hududiy organlari faoliyat qiladi.

G'aznachilikka O'zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o'rinbosari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlangan Davlat G'aznachisi rahbarlik qiladi. O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining buyrug'iga muvofiq G'aznachilikning hududiy organlari tuziladi va tugatiladi. G'aznachilik organlarining xarajatlarini moliyalashtirish respublika budjetidan amalga oshiriladi. G'aznachilikning axborot tizimi. G'aznachilikka yagona axborot tizimi xizmat qiladi. Hozirgi kunda G'aznachilikning yagona axborot tizimi yaratilgan bo'lib, "Davlat mablag'larini boshqarishning axborot tizimi" (DMBAT) deb ataladi.

Byudjet operatsiyalari bo'yicha kodlashtirilgan va tasniflangan ma'lumotlar DMBAT ga avtomatik ravishda yuklanadi, bu esa daromadlarni tasniflar, xududiy belgilari, budjetdan mablag' oluvchi tashkilotlar bo'yicha aniqlash imkonini beradi. Daromadlar avtomatik ravishda tegishli budjetlarga belgilangan normativlar asosida o'tkaziladi. Daromadlarning yillik va oylik prognoz qilish bilan bog'liq tadbirlar o'zgarishsiz qolsa-da, tushumlarnio'tkazish endilikda banklar tomonidan emas, DMBAT tomonidan amalga oshiriladi.

G'aznachilikda davlat budjeti mablag'larini boshqarish shundan iboratki, G'aznachilik yagona g'azna hisobraqamidan va G'aznachilikning boshqa bank hisobraqamlaridagi davlat budjeti mablag'larini, davlat budjetining xarajatlarini belgilangan muddatlarda amalga oshirish uchun yo'naltirish, shuningdek, davlat budjetining vaqtincha bo'sh turgan mablag'larini bank depozitlari va boshqa aktivlarga vaqtincha joylashtirish hamda ular hisobidan respublika budjetiga, Qorag'alpog'iston Respublikasi budjetiga, mahalliy budjetlarga, shuningdek, davlat maqsadli jamg'armalariga budjet ssudalari berish yo'li bilan boshqarib boradi. G'aznachilik tomonidan dotatsiyalar va ssudalarni o'tkazish yagona g'azna hisobraqamidan yoki G'aznachilikning boshqa bank hisobraqamlaridan davlat budjetida mablag'lar ajratish nazarda tutilgan yuridik va jismoniy shaxslarning bank hisobraqamlariga o'tkaziladi. Bu amaliyot bir necha o'n yillar mobaynida byudjet ijrosida ma'lum darajadagi samara bilan qo'llanib kelindi. Lekin keyingi yillarda davlat byudjetining kassaviy ijrosi davlat mablag'larini boshqarish, byudjet ijrosini tashkil qilish va nazoratini olib borish, mablag'larning samarali ishlatilishini ta'minlash masalalarida bir qator muammolarni keltirib chiqardi:

- byudjet daromadlari va xarajatlari to'g'risidagi axborotlarning etarli darajada operativ (tezkor) emasligi;

- daromadlarning bank hisobraqamlariga tushishi va byudjetning hisobraqamlarida aks ettirilishidagi uzilishlarning mavjudligi bois byudjet resurslarini boshqarishdagi tezkorlikning sustligi;

- soliq daromadlarining byudjet tizimi bo'g'inlari o'rtasida taqsimlanish jarayonlarini samarali tartibga solish va daromadlar tushumini jadallashtirishning zarurligi;

- byudjet ajratmalarining hajmlari bilan haqiqatda amalga oshirilgan to'lovlar summalari ko'rsatkichlarining tarqoqligi tufayli mablag'larning tushumi va sarflanishi ustidan yagona nazoratning murakkablashuvi;

- byudjet tashkilotlarining hisobraqamlarida ishlatilmayotgan byudjet mablag'larining turib qolishi;

- byudjet mablag'larining ajratilishi bilan ularning so'nggi iste'molchilarga etib borishigacha bo'lgan vaqtning uzoqligi;

- davlat mablag'lari harakatining murakkablashuvi va hajmlarining ortib borishi bilan ulardan oqilona foydalanish ustidan dastlabki nazoratning va joriy monitoringning zarurligi va boshqalar.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati.

1. Erkaboyev S.O, Ibragimov A.G (2023). Davlat moliyasini boshqarish tizimida davlat moliyaviy nazorati: Yevropa tajribasini tahlil qilish. Nazariy va amaliy haqida xalqaro jurnali, 3(3), 6-18. doi: 10.5281/zenodo.7821225

2. Huseynov R. (2019) Byudjet mablag'laridan foydalanish samaradorligini oshirishda moliyaviy nazoratning o'rni. Iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish bo'yicha 37-xalqaro ilmiy konferensiya - "Barqaror rivojlanishning ijtimoiy-iqtisodiy muammolari" - Boku, 14-15 fevral. P. - 238

3. Tuychiyev A.J., Tashmuxmedova D.A. G'aznacilik. Darslik. - T.: "IQTISOD MOLIYA" 2019. - 834 b.

4. Qosimova G. A. Davlat byudjeti ijrosining g'aznachilik tizimi. O'quv qo'llanma. - T.: "IQTISOD-MOLIYA", 2013. 372b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.