Научная статья на тему 'G‘AZNACHILIKNING BUGUNGI HOLATI VA UNING DAVLAT MOLIYASI TIZIMIDAGI AHAMIYATI'

G‘AZNACHILIKNING BUGUNGI HOLATI VA UNING DAVLAT MOLIYASI TIZIMIDAGI AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
2561
332
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
institutsional islohotlar / moliya / g’azna / davlat budjeti / davlat budjetini boshqarish / g’aznachilik / budjet mablag’lari.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Asliddin Junaydullayevich Abdulloyev, Orifjon Toʻlqin Oʻgʻli Tursunov

Ushbu maqolada g’aznachilik tushunchasining mohiyati, bugungi holati hamda davlat moliyasi tizimini tashkil e’tishdagi o’rni xususida so’z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «G‘AZNACHILIKNING BUGUNGI HOLATI VA UNING DAVLAT MOLIYASI TIZIMIDAGI AHAMIYATI»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

G'AZNACHILIKNING BUGUNGI HOLATI VA UNING DAVLAT MOLIYASI

TIZIMIDAGI AHAMIYATI

Asliddin Junaydullayevich Abdulloyev Orifjon To'lqin o'g'li Tursunov

Iqtisodiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori BuxDU Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar (PhD), dotsent bo'yicha) mutaxassisligi 1-bosqich

magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada g'aznachilik tushunchasining mohiyati, bugungi holati hamda davlat moliyasi tizimini tashkil e'tishdagi o'rni xususida so'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: institutsional islohotlar, moliya, g'azna, davlat budjeti, davlat budjetini boshqarish, g'aznachilik, budjet mablag'lari.

Kirish

Bugun mamlakatimizning iqtisodiy sohasida qator yangilik va o'zgarishlarning joriy qilinishi uning iqtisodiy jihatdan yanada takomillashishiga xizmat qilmoqda. Xususan, davlat moliyasi yo'nalishida institutsional islohotlar keng ko'lamda amalga oshirilyapti. Ushbu amaliy harakatlarning negizida eng avvalo, davlat budjeti ijrosiga dunyo tan olgan va dunyo mamlakatlarida sinovdan o'tgan, budjet mablag'laridan natijakor foydalanishni ta'minlab beruvchi g'aznachilik tizimining joriy qilinganini alohida e'tirof bilan tilga olish lozim.

Mamlakatimizda davlat budjetining g'azna ijrosini samarali tashkil qilinishiga mustaqillikning sharofati, jumladan, barqaror rivojlanish ko'rsatkichlarini qo'lga kirita boshlanimizdan so'nggina muvaffaq bo'lindi. O'zbekiston Respublikasi davlat moliyasini boshqarish tizimi bo'yicha ham keng qamrovga ega bo'lgan muvaffaqiyatli natijani berayotgan islohotlarni joriy qilmoqda. Bunday ishlohotlarning ijobiy natijalari davlat budjeti g'azna ijrosining omadli tarzda joriy qilinishida yaqqol ko'zga tashlanadi, deya aytish mumkin.

Muhokama va natijalar

Davlat budjetining g'azna ijrosi davlat budjeti va davlat maqsadli jamg'armalarining barcha daromadlarini, shuningdek, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag'lar bo'yicha tushumlarini yagona g'azna hisobraqamga jamlash va ularning barcha xarajatlarini shu hisobraqamdan amalga oshirishni nazarda tutadi. Bu esa davlat budjeti, budjetdan tashqari fondlar, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag'lari, davlat qarzlari va ularga xizmat ko'rsatish jarayonlarining tezkor nazoratini va monitoringini olib borish, davlat mablag'larining samarali ishlatilishini ta'minlash,

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

davlat moliyaviy resurslarining harakati Davlat byudjeti g'azna ijrosining asosiy prinsiplari kassaning yagonaligi hamda buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishning yagonaligidan iborat. to'g'risida operativ tarzda ma'lumotlarni jamlash imkonini yaratadi.

Davlat byudjetining g'azna ijrosi Davlat byudjetining barcha daromadlarini yagona g'azna hisobvarag'iga kiritishdan, shuningdek Davlat byudjetining xarajatlarini shu hisobvaraqdan to'lashdan iborat.

G'aznachilikning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

- Davlat budjetining kassa ijrosi;

- Davlat budjeti mablag'larining tushumi va sarfi ustidan nazoratni amalga oshirish;

- Davlat budjeti mablag'larini boshqarish, yagona g'azna hisobvarag'ini va hududiy g'azna hisobvaraqlarini yuritish;

- budjet mablag'lari oluvchining tovar yetkazib beruvchi (ish bajaruvchi, xizmat ko'rsatuvchi) bilan tuzilgan shartnomasini, shuningdek buyurtmachining Davlat budjeti mablag'lari hisobidan kapital qurilish uchun tuzilgan shartnomasini majburiy ro yxatdan o' tkazish;

- Davlat budjetida qaysi yuridik yoki jismoniy shaxslar uchun mablag'lar nazarda tutilgan bo'lsa, o'sha yuridik yoki jismoniy shaxslar nomidan va ularning topshirig'iga binoan to'lovlarni amalga oshirish;

- Davlat budjeti g' azna ijrosining buxgalteriya hisobini yuritish;

- Davlat budjetining ijrosi to'g'risidagi axborotni yig'ish, qayta ishlash, tahlil qilish va xisobotni tuzish;

- O'zbekiston Respublikasining davlat ichki va tashqi qarzlariga xizmat ko'rsatish, O'zbekiston Respublikasining kafolatlarini ijro etish.

- O'zbekiston Respublikasiga kelayotgan barcha turdagi, shu jumladan nomoddiy shakldagi insonparvarlik yordami hamda texnik ko'maklashish vositalarini to'liq va tizimli hisobga olish.

G'aznachilik o'z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari, boshqa tashkilotlar bilan o'zaro hamkorlikda bajaradi. Mazkur organlar va tashkilotlar Davlat budjetining kassa ijrosini amalga oshirishda, uning mablag'larini boshqarishda, Davlat budjeti mablag'larining tushumi va sarfi ustidan nazoratni amalga oshirishda G'aznachilikka ko'maklashishlari shart.

G'aznachilik bilan davlat soliq, bojxona xizmati organlari, O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari, davlat maqsadli jamg'armalarini taqsimlovchi organlar, Davlat budjetida mablag'lar nazarda tutilgan yuridik shaxslar,

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

shuningdek budjet jarayonining boshqa ishtirokchilari Davlat budjetining gazna ijrosi sohasidagi ma'lumotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda almashib turadilar.

Davlat maqsadli jamg'armalarini taqsimlovchi organlar, Davlat budjetida mablag'lar nazarda tutilgan yuridik shaxslar, shuningdek budjet jarayonining boshqa ishtirokchilari Gaznachilikka taqdim etiladigan ma'lumotlarning togriligi va asosliligi uchun javobgar bo'ladilar.

Davlat budjetiga to'lanadigan soliqlar, yig'imlar va boshqa majburiy to'lovlar yagona gazna hisobvarag'iga kiritilib, ular tegishincha respublika budjeti, Qoraqalpog'iston Respublikasi budjeti, mahalliy budjetlar, davlat maqsadli jamg'armalari daromadlarida aks ettiriladi. Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag'lari yagona gazna hisobvarag'iga kiritilib, ular mazkur tashkilotlarning daromadlarida aks ettiriladi

Davlat budjetiga chet el valyutasida to'lanadigan soliqlar, yig'imlar va boshqa majburiy to'lovlar, shuningdek budjet tashkilotlarining chet el valyutasida tushadigan budjetdan tashqari mablag'lari, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoidalar nazarda tutilgan bo'lmasa, Gaznachilikning bankdagi valyuta hisobvaraqlariga kiritiladi.

Gaznachilik yagona gazna hisobvarag'idagi va Gaznachilikning boshqa bank hisobvaraqlaridagi Davlat budjeti mablag'larini ularni Davlat budjetining xarajatlarini belgilangan muddatlarda amalga oshirish uchun yo'naltirish, shuningdek Davlat budjeti bo'sh mablag'larini bank depozitlari va boshqa aktivlarga vaqtincha joylashtirish hamda ular hisobidan respublika budjetiga, Qoraqalpog'iston Respublikasi budjetiga, mahalliy budjetga, shuningdek davlat maqsadli jamg'armalariga budjet ssudalari berish yo'li bilan boshqarib boradi.

Davlat byudjeti gazna ijrosining buxgalteriya hisobi Gaznachilik tomonidan, shuningdek davlat soliq va bojxona xizmati organlari, byudjet tashkilotlari hamda davlat maqsadli jamg'armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan Davlat byudjeti gazna ijrosining buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarining yagona rejasi va byudjet tasnifi asosida tashkil etiladi hamda amalga oshiriladi.

Davlat byudjeti gazna ijrosining buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarining yagona rejasi Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.

Davlat byudjetining ijrosi to'g'risidagi hisobot Gaznachilik tomonidan Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarning ijrosi to'g'risidagi hisobotlar Gaznachilik tomonidan Qoraqalpog'iston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar, shaharlar moliya organlariga taqdim etiladi.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

Davlat byudjetining g'azna ijrosi sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal qilinadi. Davlat byudjetining g'azna ijrosi to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo'ladilar.

Zamonaviy jamiyatimiz taraqqiy etayotgan bugungi kunda O'zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiyalash sharoitida davlat moliyasi tizimida chuqur iqtisodiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu islohotlar, qator vazifalar bilan birgalikda, davlat moliyasini boshqarish samaradorligini oshirishni nazarda tutadi. Bunda davlat moliyasini boshqarish shakllari va usullarini takomillashtirish, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlari va boshqa texnik vositalar yordamida axborotni jamlash, qayta ishlash, uzatish qoidalari va usullarini o'zlashtirish asosida axborotlashtirishni yanada rivojlantirish talab etiladi.

Davlat moliyasini boshqarishdagi islohotlar sharoitida umumdavlat moliya tizimining bosh bo'g'ini - davlat budjetini boshqarish, budjet jarayonini tashkil etish tizimidagi islohotlar, xususan, budjet ijrosida kassali tizimdan jahon amaliyoti tajribasida sinovdan o'tgan va o'zining ijobiy natijalarini ko'rsata olgan budjet tizimi budjetlarining g'azna ijrosiga o'tishning amalga oshirilishi davlatimiz iqtisodiy sohasidagi yutuqlaridan bo'ladi.

Hozirgi zamonaviy iqtisodiy yangiliklardan kelib chiqib aytish mumkinki, budjet jarayonini samarali tashkil qilishning amaliy ishlarini g'aznachilik nazoratidan chetda tasavvur etib bo'lmaydi. Buni hattoki, zamonaviy iqtisodiyot vakillari — olimlar, iqtisodchilar, qolaversa, sohaning yetuk mutaxassislari ham asosli ravishda e'tirof etmoqdalar. Negaki, g'aznachilik tizimi budjet daromadlari va xarajatlarini yagona g'azna hisobraqamiga jalb qilish, pul oqimlarini to'g'ri va samarali boshqarish, rejalashtirish, moliyaviy oqimlarning esa ilk va joriy nazoratini amalga oshirish, shu jumladan, davlat budjetini yuqori operativlikda ijro etish imkoniyatining kengayishiga xizmat qiladi.

Mamlakatda davlat moliyasini boshqarishni, shu bilan bir qatorda davlat budjetini ijro etishda asosiy mexanizmlardan biri hisoblangan g'aznachilik tizimini tashkil etish va uni shakllantirishda xorij mamlakatlarining tajribasi muhim o'rin egallaydi. O'zbekiston ular tajribasidan oddiy nusxa olmaydi, chunki mamlakatimiz davlat boshqaruvini tashkil etish, iqtisodiy va huquqiy munosabatlarni boshqarish sohasida o'ziga xos yo'nalishga ega davlatdir. Biroq, bu bilan g'aznachilik tizimini tashkil etish va rivojlantirish yo'nalishida xalqaro tajribalarning o'rganilish darajasi passivlashmaydi.

Rivoj topgan mamlakatlarning iqtisodiy amaliyotidagi davlat budjetining g'aznachilik tizimini O'zbekiston Respublikasida joriy qilish va uni yanada

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

rivojlantirish, davlat moliyaviy resurslarini boshqarishning axborotlashtirilgan tizimiga asos solish davlat moliyasining holati to'g'risida tezkor va ishonchli axborotlarga ega bo'lish uchun imkoniyatlar eshigini ochib beradi, bu esa davlat moliyasini samarali boshqarishning ta'minotdir. Yana aytish joizki, davlat budjetida mablag'lardan samarali hamda maqsadli foydalanish maqsadida ham g'aznachilik tizimi joriy qilindi. Ushbu tizimning yaratilishi iqtisodiy soha uchun joriy va yakuniy nazorat jarayonini takomillashtirish bo'yicha kattadan-katta o'zgarishlarning amalga oshishiga sabab

Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar hayotida davlat budjeti ijrosini boshqarish asosan, g'aznachilik tizimiga asoslanib amalga oshiriladi. Davlat budjeti ijrosining yangi mexanizmini amaliyotga joriy qilinishi respublikaning iqtisodiy sohasidagi bugungi kunda budjet islohotlarining ulkan yo'nalishlaridan biri deyilsa, mubolag'a bo'lmaydi. Sababi davlat moliyasini samarali boshqarish zaruriyati budjet daromadlarini to'liq va o'z vaqtida to'plash bilan bir qatorda budjet mablag'laridan oqilona foydalanish uchun ham budjet xarajatlarining nazoratiga bo'lgan ehtiyojning kuchaytirilishini talab qiladi. Xulosa va takliflar

Xulosa o'rnida ta'kidlash kerakki, mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va albatta, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish davrida O'zbekiston Respublikasi budjet tizimidagi o'tkazilayotgan tub islohotlar mohiyati moliya tizimida davlat budjeti ijrosini takomillashtirish, g'aznachilik tizimining joriy qilinishi sanaladi. Bundan ko'zda tutilgan asosiy maqsad — budjet mablag'larini samarali boshqarish, budjet mablag'larining moliyaviy nazoratini kuchaytirish va barcha budjet tashkilotlarining xarajatlarini boshqarishda g'aznachilik faoliyatining joriy qilinishiga, amalda bo'lishiga erishishdir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Steven M. Bragg. "TREASURY MANAGMENT" The Practitioner's Guide.

2. T.Eshnazarov. Davlat budjetining g'azna ijrosini rivojlantirish omillari. "Budjet ijrosiga g'aznachilik tizimini joriy etishning dolzarb muammolari" mavzusidagi Respublika ilmiyamaliy konferentsiya materiallari to'plami. - Toshkent: «IQTISOD-MOLIYA» nashriyoti, 2011 y.

3. Shaxlo S. G'AZNACHILIK TIZIMINING JORIY QILINISHINING DAVLAT MOLIYASI TIZIMIDAGI AHAMIYATI //E Conference Zone. - 2022. - C. 1-2.

4. Urayeva D., Nazarova G. COMPARATIVE ANALYSIS OF MYTHOLOGICAL NAMES AND MYTHOLOGISMS IN THE ENGLISH AND UZBEK LITERATURE //Philology Matters. - 2021. -T. 2021. - №. 1. - C. 3-21.

5. O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari portali www.lex.uz

6. www.ochiqbudj et.uz

bo'ldi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.