Научная статья на тему 'BUDJET MABLAG‘LARI IJROSI SAMARADORLIGI VA NATIJADORLIGINI OShIRIShDA JAMOATChILIK NAZORATINING O‘RNI'

BUDJET MABLAG‘LARI IJROSI SAMARADORLIGI VA NATIJADORLIGINI OShIRIShDA JAMOATChILIK NAZORATINING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
286
57
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Davlat budjeti / davlat budjeti g‘azna ijrosi / budjet tizimi / nazorat va monitoring / davlat moliyasi / islox qilish. / State budget / state budget treasury execution / budget system / control and monitoring / state finance / reform.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Хayitov Javdod Muhamadaliyevich

Mazkur maqolada budjet mablag‘lari ijrosi samaradorligini oshirishda jamoatchilik nazoratini tahlil va monitoring qilish tartibini takomillashtirish, budjet mablag‘laridan oqilona foydalanish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar bayoni keltirilgan. Unda dunyoning ko‘plab rivojlangan mamlakatlari amaliyotida qo‘llanilayotgan davlat moliya tizimini boshqarishni takomillashtirish, taxlil va monitoring qilish turlari, shakllari va samaradorligini baholashni usullari, shuningdek, ilmiy va amaliy taklif hamda tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF PUBLIC CONTROL IN INCREASING THE EFFICIENCY AND EFFICIENCY OF BUDGET FUNDS EXECUTION

This article describes the research conducted on the improvement of the analysis and monitoring procedure of public control and the rational use of budget funds. It contains scientific and practical suggestions and recommendations for improving the management of the state financial system, analyzing and monitoring the types, forms and effectiveness of assessment methods used in the practice of many developed countries of the world.

Текст научной работы на тему «BUDJET MABLAG‘LARI IJROSI SAMARADORLIGI VA NATIJADORLIGINI OShIRIShDA JAMOATChILIK NAZORATINING O‘RNI»

I INTERNATIONAL JOURNAL OF THEORETICAL AND PRACTICAL

RESEARCH

International journal of theoretical and practical research

Scientific Journal

Year: 2023 Issue: 2 Volume: 3 Published: 28.02.2023

http://alferganus.uz

ISSN 2181-2357

T. 3 №2 2023

SJIF 2023:5.971 QR-Article

Citation:

Хayitov, J.M. (2023).The role of public control in increasing the efficiency and efficiency of budget funds execution. SJ

International journal of theoretical and practical research, 3 (02), 91-98.

Xayitov, J.M. (2023). Budjet mablag'lari ijrosi samaradorligi va natijadorligini oshirishda jamoatchilik nazoratining o'rni.

Nazariy va amaliy tadqiqotlar xalqaro jurnali, 3 (02), 91-98.

Хayitov, Javdod Muhamadaliyevich

Student of the Academy of Banking and

Finance, Tashkent E-mail: javdodhavitov@gmail. com

Doi:

https://dx.doi.org/10.5281/zenodo.7776682

UDC 336.025.2

THE ROLE OF PUBLIC CONTROL IN INCREASING THE EFFICIENCY AND EFFICIENCY OF BUDGET FUNDS EXECUTION

Abstract. This article describes the research conducted on the improvement of the analysis and monitoring procedure ofpublic control and the rational use of budget funds. It contains scientific and practical suggestions and recommendations for improving the management of the state financial system, analyzing and monitoring the types, forms and effectiveness of assessment methods used in the practice of many developed countries of the world.

Key words: State budget, state budget treasury execution, budget system, control and monitoring, state finance, reform.

Хайитов, Жавдод Мухамадалиевич

Студент Банковско-финансовой академии Республики Узбекистан, г. Ташкент

E-mail: javdodhayitov@,gmail. com

РОЛЬ ОБЩЕСТВЕННОГО КОНТРОЛЯ В ПОВЫШЕНИИ ЭФФЕКТИВНОСТИ ИСПОЛНЕНИЯ БЮДЖЕТНЫХ СРЕДСТВ

Аннотация: В данной статье описаны исследования, проведенные по совершенствованию процедуры анализа и контроля общественного контроля и рационального использования бюджетных средств. Он содержит научно-практические предложения и рекомендации по совершенствованию управления

@ ®

91

ISSN 2181-2357

T. 3 №2 2023

I INTERNATIONAL JOURNAL OF THEORETICAL AND PRACTICAL

RESEARCH__.

ISJIF 2023:5.971

государственной финансовой системой, анализу и мониторингу видов, форм и эффективности методов оценки, используемых в практике многих развитых стран мира.

Ключевые слова: Государственный бюджет, казначейское исполнение государственного бюджета, бюджетная система, контроль и мониторинг, государственные финансы, реформа.

Xayitov, Javdod Muhamadaliyevich

Bank-moliya akademiyasi tinglovchisi. E-mail: [email protected]

BUDJET MABLAG'LARI IJROSI SAMARADORLIGI VA NATIJADORLIGINI OShIRIShDA JAMOATChILIK NAZORATINING O'RNI

Annotatsiya: Mazkur maqolada budjet mablag'lari ijrosi samaradorligini oshirishda jamoatchilik nazoratini tahlil va monitoring qilish tartibini takomillashtirish, budjet mablag'laridan oqilona foydalanish bo'yicha olib borilgan tadqiqotlar bayoni keltirilgan. Unda dunyoning ko'plab rivojlangan mamlakatlari amaliyotida qo'llanilayotgan davlat moliya tizimini boshqarishni takomillashtirish, taxlil va monitoring qilish turlari, shakllari va samaradorligini baholashni usullari, shuningdek, ilmiy va amaliy taklif hamda tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: Davlat budjeti, davlat budjeti g'azna ijrosi, budjet tizimi, nazorat va monitoring, davlat moliyasi, islox qilish.

Kirish

Bugungi kunda mamlakatimizda barcha sohalarda ulkan isloxotlar amalga oshirilmoqda. Yurtboshimiz tomonidan budjet mablag'laridan samarali va maqsadli foydalanilishini taminlash uchun keng ko'lamli ishlarni amalga oshirmoqdalar.

Hozirgi kunda O'zbekistonda Davlat budjeti mablag'larini kassa ijrosini amalga oshirish, budjet tashkiloti shartnomalari va naqd pullarni boshqarish kabi faoliyat turlari aynan g'aznachilik tomonidan bajarilib kelinayotganini inobatga olsak, O'zbekiston Respublikasida g'aznachilik faoliyatini yanada takomillashtirish jarayonida nazoratning ustunliklari va xalqaro tajribalarining ijobiy jixatlaridan samarali foydalanishga e'tibor qaratish, g'aznachilik operatsiyalarini nazorat qilishni takomillashtirish,taxlil va monitoring qilish tartibini yanada takomillashtirishning istiqbolli yunalishlarini izlab topish bugungi kundagi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

Davlat budjetidan ajratiladigan mablag'lar ijtimoiy yo'nalish bilan bir qatorda, kelajak iqtisodiyoti uchun moliyalashtirishning asosiy manbai bo'lib, iqtisodiyotning uni yangi bosqichga qayta qurishda istiqbolli sohalarni rivojlantirishni moliyalashtirishda muhim o'rin tutadi.

Moliya tizimi budjetlarining daromadlarini to'liq shakllanish darajasi mamlakatning rivojlanishiga bog'liq bo'lib, bunda fuqarolarning farovonligi, inflyatsiya darajasini ijobiy pasayish tendensiyalari bilan iqtisodiy o'sish, valyuta kursi va foiz stavkasining pasayishi nazarda tutiladi.

@ ®

92

Bu esa o'z navbatida, rivojlangan mamlakatlatlarning budjet tizimida davlat budjetni shakllantirish, budjetlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlar jarayonlarini o'rganish va respublikada ilg'or xorij tajribasi qo'llash masalalarini ko'rib chiqish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Yuqorida ko'rsatib o'tilganlar o'z navbatida, mazkur maqola mavzusining dolzarbligini ko'rsatib beradi.

Adabiyotlar shahri

Mavzuga doir adabiyotlarni taxlil qilish mabaynida bir nechta yetakchi iqtisodchi olimlar va mutuxassislar izlanishlar olib borganligiga guvoh bo'lamiz.

Budjet mablag'lari samaradorlikka va natijaga yo'naltirilganligini oshirishda o'rta muddatli budjetni rejalashtirish doimiy takomillashtirib borilishi natijasida o'rta muddatda mavjud bo'lgan bo'sh moliyaviy resurslarni aniqlash imkoniyatlari kengayib boradi.

Budjetdan mablag' oluvchilar kesimida budjetni taqsimlash va ularning budjet vakolatlarini kengaytirish mexanizmining joriy etilishi bilan budjet tashkilotlari va budjetdan mablag' oluvchilarning o'z maqsadlarini belgilash va muvofiq ravishda aniq tadbirlarini rejalashtirish imkoniyatlari ham kengayib boradi.

Asosiy e'tibor budjet mablag'laridan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratiladi.

Shundan kelib chiqqan holda, ajratilgan budjet mablag'laridan foydalanishning samaradorligi va natijadorligini baholash ko'rsatkichlarini kengaytirish bo'yicha tegishli choralar ko'rish zarur.

Ayni paytda "Dasturiy budjetlashtirish"ni joriy etish uchun zarur bo'lgan mexanizmlar aniqlashtiriladi, mazkur tizimning afzallik va kamchiliklari o'rganilib, joriy va yangi tadbirlarni moliyalashtirish xarajatlarini aniqlash uslublari ishlab chiqiladi. Jumladan, amaldagi budjet tasnifiga o'zgartirish kiritilib, davlat xarajatlarini dasturlar bo'yicha tasniflash joriy etish ko'zda tutilmoqda.

Strauch R.Xallenberg M.J.Fon Xagenlar Yevropa mamlakatlarida budjet prognozini shakllantirish qabul qilingan dasturlarni barqaror realizatsiyasi va dasturlar o'rtasidagi konvergentlik, ya'ni o'zaro uyg'unlikni ta'minlashning omili ekanligini tadqiq qilishgan.18

Iqtisodchilar J.Blondal, D.Bergall, I.Xavkesvord va R.Dayton-Smitlar Avstraliyada iqtisodiyotdagi barqaror makromoliyaviy ko'rsatkichlar ta'minlanishi sharoitida o'rta muddatli budjetlashtirish imkoniyatlari va uni pozitiv jihatlarini tadqiq qilishgan19.

Iqtisodchi olim J.Lyuingman yuqoridan quyiga qarab yo'naltirilgan budjetlashtirish prizmasi sharoitida budjet menejmentining samaradorligini ortish imkoniyatlarini tadqiq qilgan.20

18 Strauch R., Xallenberg M., J. Fon Xagenlar Yevropa mamlakatlarida byudjet prognozini shakllantirish yuzasidan monografiyasi

19 J. Blondal, D. Bergall, I. Xavkesvord va R. Dayton-Smitlar Avstraliyada iqtisodiyotdagi barqaror makromoliyaviy ko'rsatkichlar ta'minlanishi maqolasida

20 J. Lyuingman yuqoridan quyiga qarab yo'naltirilgan byudjetlashtirish prizmasi sharoitid a byudjet menejmentining samaradorligini ortish imkoniyatlari

CC

®

93

Iqtisodchi K.Rogof siyosiy biznes sikllarining turli fazalari kesimida o'rta muddatli budjetlashtirishnining samaradorlik mezonlarini taklif qilgan 21

Tadqiqiod metodologiyasi

Mamlakatimizda budjet mablag'lari ijrosi samaradorligini oshirish boshqarishni nazorat qilishning mamlakatimizdagi amaliyotini va xuquqiy asoslarini hamda xorij tajribalarini o'rganish asosida budjet mablag'larining o'zboshimchalik bilan sarflanishiga yo'l qo'ymaslik, mavjud shartnomaviy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish yo'llarini izlash,bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni samaradorligini takomillashtirishdan iborat.

Tahlil va natijalar muhokamasi

Davlat budjeti mablag'lari ijrosi samaradorligi uning moddiy negizini milliy iqtisodiyot va jamiyatnining sotsial platformasidagi davlatning pozitsiyasi tashkil qiladi. Budjet mablag'lari ijrosi muhim jihatlardan biri siyosiy qarorlar qabul qilishning bosh omilidir, chunki u risklarni kamaytirishni ta'minlaydi va oldini olish choralarini ko'rish imkoniyatini berishi hisoblanadi. Budjet mablag'lari ijrosi o'rta muddatli rejalashtirishda davlatnining moliyaviy resurslarini shakllantirish va sarflanishi uchun siyosiy jihatdan hisobdorlikni ta'minlanishi nazarda tutiladi. Chunki milliy daromadning taqsimlanishida davlat budjetida to'lanadigan moliyaviy resurslar davlatnining ixtiyoridagi moliyaviy resurslar hisoblanib, ularni shakllantirish va foydalanish bo'yicha qarorlar qabul qilish Parlamentning vakolatiga kiradi. Har qanday rejalashtirish kabi davlat budjeti mablag'lari ijrosi o'rta muddatli rejalashtirish ham davlat moliyaviy resurslaridan foydalanishda maksimal samaradorlikni ta'minlashi zarurligini nazarda tutadi. Zero, rejalashtirish boshqaruvning muhim funksional elementi sifatida uning samaradorligini fundamental asosini tashkil qiladi. Zero, iqtisodichilar ta'kidlaganlaridek, "Reja hech narcha emas, rejalashtirish hamma narsani tashkil qiladi" - deb aytilgan tom ma'nodagi qoidaga asoslangan holda, budjetni o'rta muddatli rejalashtirish o'zining maksimal samaradorlikka erishish imkoniyatlari orqali xususiy jozibadorligini namoyon qiladi.

Malumki, davlat budjeti daromadlarining yetarli darajada bo'lishi mamlakatda ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va boshqa sohalarni belgilangan miqdorda va muddatlarda moliyaviy taminlash imkoniyatini beradi. Shuning uchun bugungi kunda budjet daromadlarini samarali shakllantirish va ularning hajmini oshirish dolzarb masalalardan biri bo'lib qolmoqda. Zero bu boradagi ishlarni amalga oshirish natijasida jamiyatning barcha qatlamlarini qo'llab- quvvatlash va strategik maqsadlarni amalga oshirish uchun imkon bermoqda.

Bugungi kunda Mamlakatimizda davlat budjeti daromadlarining asosini soliqlar tashkil qiladi. Soliqlarni undirish jarayonida bevosita respublika budjetiga tushadigan hamda mahalliy budjetlarga undiriladigan soliqlarni ko'rishimiz mumkin. Respublika budjetiga undiriladigam umumdavlat soliqlarinin bir qismi hududlar imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda mahalliy budjetlar ixtiyorida qoldiriladi.

Ma'lumki, o'rta muddatli fiskal siyosat sharoitida budjet daromadlarini prognozlashtirish, iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlanish nisbatlari kesimida soliq

21 K. Rogov siyosiy biznes sikllarining turli fazalari kesimida o'rta muddatli byudjetlashtirishnining samaradorlik mezonlari maqolasida

CC

®

94

bazasining shakllanishi va soliq siyosatining strategik yo'nalishlarining pirovard maqsadlari kabi bir qator omillar ta'sirida shakllantiriladi. Xususan, iqtisodiyotdagi soliq yukining o'rta muddatli istiqbollari bunda muhim ahamiyat kasb etadi.

2012-2019 yillardagi davlat budjeti daromadlarining dinamik o'zgarishini ko'rib o'tamiz (1.1-rasm).

120000 100000

E

160000 at

■a

|b000

20000

102627,6

21295,8

2012 2013 2014 2015 2016 2017 2018 2019

Yillar

1.1-rasm. Davlat budjeti daromadlari dinamikasi, mlrd.so'm.22

1.1-rasm ma'lumotlaridan ko'rish mumkinki, davlat budjeti daromadlari nominal mazmunda 2012 yilga nisbatan 2019 yilda 4,8 barobar miqdorda oshib bormoqda. Ushbu tendensiyaga asoslangan holda davlat budjeti daromadlarini 2012-2022 yillarga dinamik o'zgarishining polinominal trend tenglamasini shakllantiramiz.

200000

150000 y = 2046,8x2 - 8E+06x + 8E+09

«nnnn

50000 ^ ......♦..♦— ♦

0 2014 2016 2018 2020 2022 2024 ♦ Davlat budjeti daromadlari, mlrd so'm Polinomialnaya (Davlat budjeti daromadlari, mlrd so'm)

2.1-rasm. Davlat budjeti daromadlarini 2012-2019 yillarga dinamik o'zgarishining polinominal trend tenglamasi23

22

www.mf.uz. - sayti ma'lumotlari asosida tuzildi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

@ ©

95

Demak, ushbu hisob-kitoblarga asoslangan holda ta'kidlash joizki davlat budjeti barqaror o'sish sur'atiga ega bo'lib, ushbu o'sishning chiziqli tenglamasi 2.1- rasmdagi parabolik trendni o'zadi mujassamlashtiradi.

Natijada ushbu o'sish trendiga muvofiq, 2021 yilga prognoz ko'rsatkichi 150 trln so'mdan ortishi prognoz qilinmoqda.

Ushbu prognoz ko'rsatkichlarimizni O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan prognoz ko'rsatkichlariga solishtiradigan bo'lsak, maksimal yaqinlikni kuzatishimiz mumkin.

1.1-jadval

_ Davlat budjetinmg o'rta muddatli prognoz ko'rsatkichlari24_

M Ko 'rsatkichlar 2020 yil uchun prognoz Davlat budjetining mo'ljal ko'rsatkichlari

2021 2022

1. Daromadlar 128,5 152,1 177,6

2. Xarajatlar 131,1 153,6 175,3

Demak, davlat budjetining daromad va xarajatlari barqaror o'sish sur'atini ifodalab, navbatdagi yil uchun prognoz ko'rsatkichlari, 2 va 3 yil uchun mo'ljallangan ko'rsatkichlariga asoslanadi. 2020, 2021 yillarda davlat budjetining prognoz va mo'ljal ko'rsatkichlari asosida defitsitli budjet taxminlashtirilgan bo'lsa, 2022 yildan profitsit bilan budjet taxminlashtirilgan. Daromadlarning prognoz va taxmin ko'rsatkichlari mamlakatdagi YaIM o'rta muddatlardagi prognoz ko'rsatkichlariga asoslanadi.

Davlat budjeti daromad va xarajatlarini o'rta muddatli rejalashtirish bir qator afzalliklarga egadir.

Xulosa va takliflar

O'rta muddatli davr uchun kamida ikkita ssenariydagi asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlar prognozining dastlabki bahosi;

o'rta muddatli davr uchun asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlarning aniqlashtirilgan prognozi;

- Fiskal strategiya bilan birga birinchi darajali budjet mablag'larini taqsimlovchilarning qabul qilingan Hukumat qarorlari va Davlat dasturlariga asosan kelgusi o'rta muddatli davrda amalga oshirilishi lozim bo'lgan yoki tugash muddati kelgan tadbirlar va ularni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan mablag'lar to'g'risidagi dastlabki so'rovlari asosida birinchi darajali budjet mablag'larini taqsimlovchilarga budjetdan ajratiladigan chegaralangan miqdorlarini hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga ajratiladigan budjetlararo transfertlarning dastlabki miqdorlarini Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish;

- birinchi darajali budjet mablag'larini taqsimlovchilar, davlat maqsadli jamg'armalarini taqsimlovchi organlar hamda hududiy budjet mablag'larini taqsimlovchilar tomonidan o'rta muddatli davr uchun budjet so'rovlari tarmoq va

24 www.mf.uz. - sayti ma'lumotlari asosida tuzildi. @ ®

96

hududiy rivojlantirish dasturlari, shuningdek, amaldagi qonun hujjatlariga asosan Davlat budjeti mablag'lari hisobidan amalga oshirilishi nazarda tutilgan Davlat dasturlari va boshqa tadbirlarga talab etiladigan xarajatlarning asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq, tasdiqlangan chegaralangan miqdorlar doirasida shakllantirish va tegishli moliya organiga taqdim etish;

- hududiy budjet mablag'larini taqsimlovchilar tomonidan taqdim etilgan budjet so'rovlari umumlashtirilgan holda Moliya vazirligiga taqdim etish;

- Moliya vazirligi tomonidan kelgusi yil uchun Davlat budjetining loyihasini shakllantirish jarayonida budjet so'rovlarida nazarda tutilgan maqsadlar uchun Davlat budjetidan tegishli mablag'lar ajratilishining iqtisodiy asoslanganligini o'rganish hamda samaradorligini baholash.

-budjet mablag'larini taqsimlovchilar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining budjet sohasidagi vakolatlarini va hisobdorligini oshirish hamda ularning mas'uliyatini kuchaytirish;

-budjet ma'lumotlarining ochiqligi, to'liqligi va xalqaro standartlarga mosligini ta'minlash;

- soliq-budjet siyosatiga strategik yondashuvni tatbiq etish maqsadida o'rta muddatli budjet asoslarini ishlab chiqish hamda yillik budjetni shakllantirishning yangi "natijaga yo'naltirilgan budjet" tizimini joriy etish ta'minlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati:

1. Albassam, B. A. (2020). A model for assessing the efficiency of government expenditure. Cogent Economics & Finance, 8(1), 1823065.

2. Ivanovich, K. K. Public Debt And Its Place In The Macroeconomic Policy Of The Republic Of Uzbekistan. EPRA International Journal of Multidisciplinary Research (IJMR), 15, 157.

3. Khasiani, K., Koshima, Y., Mfombouot, A., & Singh, A. (2020). Budget execution controls to mitigate corruption risk in pandemic spending. Fiscal Affairs, 1-9.

4. Kurpayanidi, K. I. (2020). On the problem of macroeconomic analysis and forecasting of the economy. ISJ Theoretical & Applied Science, 03 (83), 1-6. Doi: https://dx.doi.org/10.15863/TAS.2020.03.83.1

5. Mukhsinova, S. O. (2021). The problem of optimal distribution of economic resources. ISJ Theoretical & Applied Science, 01 (93), 14-22. Soi: http://s-o-i.org/1.1/TAS-01-93-3 Doi: https://dx.doi.org/10.15863/TAS.2021.01.93.3

6. Van den Berg, H., Velayudhan, R., & Yadav, R. S. (2021). Management of insecticides for use in disease vector control: Lessons from six countries in Asia and the Middle East. PLoS neglected tropical diseases, 15(4), e0009358.

7. Акперов И.Г, Коноплёва И.А, Головоч С.П Казначейская система исполнения бюджети в Российской федерации М.: "Финансы и статистика" 2002 г.

8. Вахобов.А.В, Маликов Т.С. Молия -Т. : "Ношир" 2011 й.

9. Г.А.К,осимова Газначилик фаолиятини ташкил этиш. Укув кулланма. Тошкент «IQTISOD-MOLIYA» 2005 й.

10. Ибрагимов А.К , Сугирбаев Б.Б. Бюджет назорати ва аудити Т.: "mfoCOM.UZ" 2010 й.

сс

®

97

INTERNATIONAL JOURNAL OF THEORETICAL AND PRACTICAL

ISSN 2181-2357

T. 3 №2 2023

RESEARCH!__.

ISJIF 2023:5.971

11. К,осимова Г.А Давлат бюджети ижросининг Давлат молиявий назорати тизими Т.:"Иктисод ва молия" 2008 й.

12. К,осимова Г.А Давлат молиявий назорати фаолиятини ташкил килиш Т.:"иктисод ва молия" 2005 й.

13. Марказий банк статистик бюллетени маълумотлари.

14. Мищенко, Я. В., & Перепечкина, Е. Г. (2021). Роль общественного контроля в повышении эффективности деятельности органов исполнительной власти. In Современные тенденции в государственном управлении (pp. 125-129).

15. Сикорская, Л. В. (2021). Пути повышения эффективности осуществления внутреннего финансового аудита. Экономическая безопасность, 4(4), 1223-1236.

16. Содержащий общее положение по учету государственных финансовых операций. Декрет № 62-1587 от 29 декабря 1962 г. Глава II. Государственный Казначей. Статья 11

17. Срожиддинова З.Х Узбекистан Республикаси Бюджет тизими Т.: "ООО NORI" 2011 й.

18. Тереза Тер-Минасян, Педро П. Паренте, Педро Мартинес-Мендес. Создание казначейства в странах с переходной экономикой. МВФ. 1995г.

19. Юртаева, Т. В. (2020). Роль общественного контроля в повышении эффективности деятельности органов власти. In Россия в XXI веке: стратегия и тактика социально-экономических, политических и правовых реформ (pp. 84-86).

© ®

98

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.