INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND TECHNICAL CONFERENCE "DIGITAL TECHNOLOGIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS OF PRACTICAL IMPLEMENTATION IN THE SPHERES" APRIL 27-28, 2023
AXBOROT TIZIMLARINI G'AZNACHILIKDA QO'LLASHNING XORIJIY
TAJRIBALARI D.A.Mirzayev1, S.D.Arzikulov2, G.I.Vahobova3
1Toshkent moliya instituti "Axborot tizimlari va raqamli texnologiyalar" kafedrasi mudiri, PhD,
dotsent
2Toshkent moliya instituti "Axborot tizimlari va raqamli texnologiyalar" kafedrasi katta
o'qituvchisi
3Toshkent moliya instituti 1-bosqich magistratura talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7857726
Annotasiya. Ushbu maqolada g'aznachilikda axborot tizimlaridan foydalanishningxorijiy tajribalari bilan tanishtirilgan. G'aznachilik tizimining yagona modeli mavjud emasligidan, har bir mamlakatda g'aznachilik boshqarmalari va bo'linmalarining tuzilishi hamda ularning aniq funksiyalari turlicha belgilanganligi yoritilgan. Bundan tashqari g'aznachilik davlatga moliya xizmati ko'rsatish bo'yichafunksiyalari, shuninhdek oylik byudjet ma'lumotlari keltirilgan.
Kalit so'zlar: Axborot tizimi, g'aznachilik, byudjet, moliya siyosati, g'aznachilik texnologiyasi, daromad, xarajat.
Ko'pgina rivojlangan davlatlarda g'aznachilikning faoliyat ko'rsatish amaliyoti va uni rivojlantirish yo'llari shuni isbotlaydiki, byudjet mablag'larini samarali va tezkor boshqarishning muqobil yo'li davlatning moliyaviy axborot tizimi hisoblanadi. Tezkor axborot tizim davlatning moliyaviy operatsiyalarini umumiy boshqarish, hisobotlar tuzish va hisob yuritishni o'z ichiga olgan kompyuterlashgan majmua tizimi ekanligi bilan xarakterlanadi. Bunday tezkor tizimni yaratish uchun hozirgi zamon axborot tizimi, telekommunikatsiyalar va g'aznachilik organlarini yagona dastur bilan ta'minlash zarur, axborot vositalari va elektron qurilmalar o'z vaqtida ishlashi va barcha byudjet jarayoni qatnashchilarining axborotlarini almashishini tashkil qilish lozim bo'ladi. Keyingi o'n yilda axborot texnologiyalarining tezkorlik bilan rivojlanishi davlat moliyasini boshqarishga o'zining sezilarli ijobiy ta'sirini ko'rsatmoqda. Shuning uchun telekommunikatsiyaning o'sib borayotgan korporativ, mintaqaviy va global vositalaridan foydalanishda elektron hujjatlarni aylanishini tashkil etish va huquqiy tartibga solish birinchi daraj ali ahamiyatga ega.
Ko'pgina davlatlarda g'aznachilik har chorakda turli darajadagi davlat boshqaruv organlarining qoplanmagan qarzlarini, byudjet tashkilotlarining va davlat muassasalarining qarzlarini qo'shib bir qilib, barcha qoplanmagan qarzlar ro'yxatini nashr qiladi va tasdiqlaydi. Bunday ro'yxat qarzdor nomi, shartnomadagi boshlang'ich summa, qoplanmagan qismining hajmi, foiz stavkasi, to'lov muddati, joriy moliya yilida qarz uchun oylik to'lovlar hajmining prognozi, kelgusi moliya yilida qarz uchun oylik to'lovlarning hajmi prognozi va boshqa zarur ma'lumotlar. G'aznachilik har chorakda davlat zayomlari bo'yicha qarzlar ro'yxatini tasdiqlaydi va nashr qiladi. Bunday ro'yxat har bir qarzlar bo'yicha quyidagi axborotlarni beradi:
- qarzdor nomi;
- zayomning boshlang'ich summasi; to'lanmagan qismining hajmi;
- foiz stavkasi; to'lov muddati;
- joriy moliya yilida qarz uchun oylik to'lovlar hajmining prognozi;
- kelgusi moliya yilida qarz uchun oylik to'lovlar hajmining prognozi;
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND TECHNICAL CONFERENCE "DIGITAL TECHNOLOGIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS OF PRACTICAL IMPLEMENTATION IN THE SPHERES" APRIL 27-28, 2023
- boshqa zarur axborotlar.
G'aznachilik tizimining asosiy vazifalaridan biri davlat moliyaviy resurslaridan foydadanish samaradorligini oshirishdir. Jahon tajribasi shuni ko'rsatadiki, davlat moliyasi tarkibiga kiruvchi, "g'aznachilik" deb ataluvchi organ o'ziga yuklatilgan funktsiyadan kelib chiqib, turli majburiyatlarni bajaradi. G'aznachilikning tuzilishi va vazifalari mamlakatning tarixiy va madaniy urfodatlaridan, shuningdek, iqtisodiy holatidan kelib chiqib belgilanadi. G'aznachilik ayrim xorijiy mamlakatlarda passiv ahamiyatga ega. U faqat tasdiqlangan Byudjet kodeksini ishlab chiqish va qabul qilishdan asosiy maqsad - Byudjet jarayonini tartibga soluvchi hamda amaldagi qarama-qarshi va eskirgan me'yorlarni bartaraf qiluvchi yagona qonun hujjatini ishlab chiqish va byudjet jarayoni ishtirokchilarining vakolatlarini tizimlashtirishdan iboratdir. Respublikamizda byudjetlararo munosabatlarni tartibga solish va boshqarishda huquqiy jihatdan byudjet jarayonida: byudjet mablag'larini ajratish bilan shug'ullansa, majburiyatlar limitini belgilash va xarajatlar to'lovini amalga oshirsa yoki oldindan belgilangan mezonlar asosida alohida xarajatlarni ishlab chiqishga ruxsat bersagina, faol ahamiyatga ega.
G'aznachilik davlat qarzlarini boshqarishning turli darajalarida isht irok etadi va nihoyat, hisob funktsiyasi bajarilishiga ham javob berishi mumkin. Davlat moliyasini boshqarishning va g'aznachilik tashkiliy tuzilishining yagona modeli mavjud emas, g'azanchilikning bo'limlari, boshqarmalari va aniq funktsiyalari turli mamlakatlarda farqlanadi. G'aznachilik funktsiyasi vaqt o'tishi bilan o'zgarishi mumkin. Uning tashkiliy tuzilishi AQShda Moliya vazirligi Departamenti, Fransiyada Moliya vazirligi Boshqarmasi, Angliyada mustaqil mahkama, Avstraliyada esa vazirlik darajasida ko'rinishiga ega. Shu sababli turli davlatlarda davlat to'lovlari turlicha (1-rasm).
Avstraliya Fransiya Germaniya
• Moliya vazirligi • Moliya • Xuddi
to'lovlarni cheklar vazirligining Frantsiya
chiqarish yoki davlat hisob amaliyotiga
mablag'larni xizmati o'xshaydi,
g ' aznachilikning hududiy kassa lekin
yagona boshqarmalari mablag'larni
hisobraqami ga to'lovlarni o'tkazish
(G'YaH) - chek chiqarish elektron
Avstraliya yoki pul shaklda
uyushmasining mablag'larini amalga
davlat G'YaHdan oshiriladi
hisobraqamidan ko'chirish
chiqarish orqali orqali amalga
amalga oshiradi oshiradi.
Angliya
Tarmoq vazirliklari to'lovlarni cheklar yoki G'YaHdan ko'chirish orqali (Angliya bankidagi bosh g'azna hisobraqami orqali) amalga oshiradi.
Yaponiya
Tarmok vazirliklarining nazoratchilari to'lovlarni cheklar yoki Yaponiya bankida ochilgan G'YaHdan ko'chirish orqali amalga oshiradi.
1-rasm. Rivojlangan mamlakatlarning davlat to'lovlarini amalga oshirish uslubiyati
Angliyada AQSh kabi soliq-byudjet sohasidagi asosiy javobgarlik to'g'ridan to'g'ri g'aznachilikka yuklatilgan. Germaniyadan tashqari boshqa barcha mamlakatlarda byudjet
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND TECHNICAL CONFERENCE "DIGITAL TECHNOLOGIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS OF PRACTICAL IMPLEMENTATION IN THE SPHERES" APRIL 27-28, 2023
muassasalari o'z hisobini yuritadi, ammo ularning tizimi to'lik markaziy hisob tizimiga birlashtirilgan, bu tizim Moliya vazirligi tomonidan boshqariladi.
Mamlakatda Moliya vazirligi barcha byudjet muassasalariga hisob yuritish borasida to'liq xizmat ko'rsatadi. Bu xizmat to'lovlarni amalga oshirishning barcha bosqichlarini o'z ichiga oladi. Yaponiya banki hukumat uchun paralel ravishda byudjet-soliq sohasidagi barcha hisob-kitoblarni yuritadi, shuningdek, Moliya vazirligi umumiy buxgalteriya hisobi va hisobotini boshqarish va tartibga solish bo'yicha javobgar. Bu borada Yaponiya dunyoda yagona davlat hisoblanadi. AQSh va Avstraliyada davlat byudjeti daromadi ijrosida g'aznachilik faol rol o'ynaydi. U o'zining soliq va bojxona boshqarmalari orqali bank tizimi bilan o'zaro aloqada bo'lib, barcha soliq va bojxona bojlarni yig'ishga javob beradi. G'aznachilik Avstraliyada soliq boshqarmasi soliqlar to'lovlari bo'yicha tushumlarni ta'minlaydi. Angliya va Frantsiyada g'aznachilik soliqlar va bojxona to'lovlarini yig'ishda ishtirok etmaydi. U faqatgina jamlanma fondga va g'aznachilikning yagona hisobraqamiga kelib tushgan jami tushumlarni kuzatadi. Byudjetning xarajat bo'yicha ijrosida AQSh, Avstraliya va Angliya g'aznachiligi passiv rol o'ynaydi.
Amerika qo'shma shtatlarida bugungi kunda g'aznachilik - bu hisob siyosati, pul belgilarini yaratish, iqtisodiy siyosat loyihalarini ishlab chiquvchi yagona muassasasidir. AQShda g'aznachilik uchta asosiy funksiyani bajaradi:
1. Mamlakat Prezidentining ichki va tashqi moliya siyosatini ishlab chiqish, soliq siyosatini yuritish va davlat qarzlarini boshqarish bo'yicha asosiy iqtisodiy maslaxatchisidir.
2. G'aznachilik davlatga moliya xizmati ko'rsatish bo'yicha funksiyalarni bajaradi:
- davlat pul mablag'larini hisobga olish;
- omonat obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog'ozlarni chiqarish;
- soliq to'lovlari va bojxona bojlarini yig'ish;
- milliy banklar faoliyatini nazorat qilish;
- tangalar zarb qilish, qog'oz pullar va pochta markalari chiqarish.
3. Qonunni ijro etuvchi tashkilotchisi sifatida g'aznachilik Prezident, Vitse prezident ularning oilasi, ushbu lavozimga nomzodlar xavfsizligini ta'minlaydi. U firibgarlar, kontrabandist, butlegerlar, davlat chek va qimmatbaxo qog'ozlarini qalbakilashtirgan shaxslarni qidirish, jazolash, o'q otar qurollar savdosini nazorat qilish va qonun nazorati bo'yicha kadrlar tayyorlovchi 60 dan ortiq federal tashkilotlarni nazorat qiladi. Yuqoridagilarga qo'shimcha ravishda g'aznachilik AQSh hukumatining tashqi aloqalar bo'yicha vakilidir. AQSh tomonidan XVF, XTTB, Amerika tarakiyot bankining boshqaruvchisidir. Shuningdek AQSh G'aznachiligi ko'p sonli qo'mita va uyushma, sug'urta fondining a'zosidir.
Rossiya Federatsiyasida Federal byudjetning daromadlari va xarajatlari ijrosida byudjet ijrosi jarayonidagi g'aznachilik texnologiyasi tahlil qilindi va davlat moliyasini boshqarish tizimining mintaqa darajasida g'aznachilik organlari faoliyatida qator omillar aniqlandi. Federal g'aznachilik organlari faoliyatiga ta'sir ko'rsatadigan qator omillar tizimlashtirildi.
Rossiya Federatsiyasida G'aznachilikni turli bo'linmalari faoliyatini avtomatlashtirish uchun daromadlar hisobini yuritishda, soliq to'lovchilardan tushgan tushumlarni turli darajadagi byudjetlar o'rtasida taqsimlashda davlat byudjeti ijrosining "Kazna" PPP (paket prikladnix programm) daromad moduli yaratilgan va amaliyotga kiritildi (2-rasm). Rossiya Federatsiyasi g'aznachiligining asosiy vazifalari va funksiyalari quyidagilardan iborat:
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND TECHNICAL CONFERENCE "DIGITAL TECHNOLOGIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS OF PRACTICAL IMPLEMENTATION IN THE SPHERES" APRIL 27-28, 2023
byudjet va byudjetdan tashqari fondlarni holati to'g'risida yuqori ijro organlariga hisobot berish borasida axborot tizimida ma'lumotlarni to'plash va tahlil qilish;
- turli darajadagi byudjetlarni tashkillashtirish, amalga oshirish va nazorat qilishni kassaning yagonaligi prinsipiga asosan g'aznachilik hisob raqamlarida daromadlar va xarajatlarni boshqarish;
- byudjetlararo munosabatlar hamda byudjetdan tashqari jamg'armalarning moliyaviy munosabatlarini tartibga solish, jamg'arma mablag'larining tushumi va ularning ijrosi yuzasidan nazorat qilish;
- davlat moliyaviy resurslarining qisqa muddatli prognozi hamda ushbu resurslardan tasdiqlangan byudjet parametrlari doirasida axborot tizimida tezkor boshqaruvni amalga oshirish;
- Rossiya Federatsiyasining Banki va boshqa biriktirilgan banklari bilan birgalikda ichki va tashqi qarzlarni boshqarish va ularga xizmat ko'rsatish;
- g'aznachilikka oid tegishli qo'llanma va yo'riqnomalarni ishlab chiqish, byudjet tasnifi loyihasini tayyorlash.
2-rasm. Elektron byudjetning arxitekturasi
Xulosa qilib aytganda, xorijiy davlatlarning g'aznachiligida axborot tizimlarini qo'llash tajribalarini o'rganib, g'aznachilikda axborot tizimini doimiy ravishda takomillashtirib borish zarurligi, unga raqamli texnologiyalarni, raqamli platformalarni va sun'iy intellektni qo'llash lozim ekanligi tasdiqlandi. Natijada quyidagiga erishish mumkin:
- Davlat organlari, davlat muassasalarining moliyaviy faoliyati va moliyaviy ahvoli, ularning aktivlari va majburiyatlari to'g'risidagi ma'lumotlarning mavjudligini oshirish;
627
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND TECHNICAL CONFERENCE "DIGITAL TECHNOLOGIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS OF PRACTICAL IMPLEMENTATION IN THE SPHERES" APRIL 27-28, 2023
- byudjetlarni tuzish va ijro etish, buxgalteriya hisobini yuritish, shuningdek, davlat organlari va davlat organlarining moliyaviy hisobotlari va boshqa tahliliy ma'lumotlarini tayyorlash jarayonlarining integratsiyalashuvini ta'minlash;
- byudjet jarayoni bilan tovarlar, ishlar va xizmatlarni xarid qilishni rejalashtirish, ularni yetkazib berishga buyurtmalar berish hamda buyurtmalarni joylashtirish natijasida tuzilgan davlat shartnomalarini bajarish tartiblari o'rtasidagi munosabatlarni mustahkamla sh;
- davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining, davlat byudjetidan tashqari jamg'armalarini boshqarish organlarining, byudjet jarayonining boshqa ishtirokchilarining, shuningdek, mablag' oluvchi yuridik shaxslarning davlat moliyasini boshqarish sohasidagi faoliyatining rejalashtirilgan va haqiqiy moliyaviy natijalari to'g'risidagi ma'lumotlar taqdim etilishini ta'minlash.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni, 2018-yil 19-fevral.
2. С.С.Гуломов, Б.Б.Бегалов Информатика и информасионние технологии: учебник для студентов висших учебних заведений. ТДИУ. -Т.: Фан, 2010.
3. И.Л.Юрзинова и др. Финансовое планирование и бюджетирование: учебное пособие. М.: Вузовский учебник; ИНФРА-М, 2016.
4. Под ред. проф. В.В. Трофимова Информасионные технологии в экономике и управлении: учебник / 2-е изд., перераб. и доп.- М.: Юрайт, 2016.
5. А.В.Чекмарев Управление ИТ-проектами и процессами: учебник для вузов. М.: Издателство Юрайт, 2020.
6. Н.Р.Юсупбеков, Ш.М.Гулямов, Н.Б.Усманова, Д.А.Мирзаев Тенденсии развития систем управления технологическими просессами и производствами: обзор в контексте исследований и разработок / Журнал "Промышленные АСУ и контроллеры". № 9. 2017.
7. Н.Р.Юсупбеков, Ш.М.Гулямов, Н.Б.Усманова, Д.А.Мирзаев Прогнозирование ошибок в задачах обеспечения надежности программного обеспечения: подход на основе ассосиативных правил / Журнал "Промышленные АСУ и контроллеры". № 5. 2017.
8. N.R.Yusupbekov, Sh.M.Gulyamov, D.A.Mirzaev, Z.J.Kuziyev Analysis of the Current Status of the Theory and Practice of Assessing the Reliability of Software of Automated Information and Control systems. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10 (10), 2022.