Научная статья на тему 'FUQAROLIK MAS’ULIYATI JAMIYATDAGI DEMOKRATIK O‘ZGARISHLARNING UZVIY QISMI'

FUQAROLIK MAS’ULIYATI JAMIYATDAGI DEMOKRATIK O‘ZGARISHLARNING UZVIY QISMI Текст научной статьи по специальности «Социологические науки»

CC BY
4
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Yangi Oʼzbekiston / Yangi Uygʼonish davri / Uchinchi Renessans / Fuqarolik mas’uliyati / tenglik / ozodlik / birodarlik / ijtimoiy mas’uliyat / javobgarlik / hisob berishlik / Vatan va xalq manfaati / Ijtimoiy mas’uliyat / siyosiy faollik / vatanparvarlik / jamiyat taraqqiyoti.

Аннотация научной статьи по социологическим наукам, автор научной работы — Turatov Sh.B.

Ushbu maqolada bugungi kunda O‘zbekistonda fuqarolarning o‘z huquq, burch va mas’uliyatlarini yaxshi bilishlari ijtimoiy taraqqiyotning muhim sharti va omillaridan biri haqida fijkr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «FUQAROLIK MAS’ULIYATI JAMIYATDAGI DEMOKRATIK O‘ZGARISHLARNING UZVIY QISMI»

UDK:321

Turatov Sh.B.

Jizzax Politexnika instituti "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi dotsenti, f.f.b.f.d. (PhD)

FUQAROLIK MAS'ULIYATI JAMIYATDAGI DEMOKRATIK O'ZGARISHLARNING UZVIY QISMI

Annotatsiya. Ushbu maqolada bugungi kunda O'zbekistonda fuqarolarning o'z huquq, burch va mas'uliyatlarini yaxshi bilishlari ijtimoiy taraqqiyotning muhim sharti va omillaridan biri haqida fijkr yuritiladi.

Kalit so'zlar: Yangi O'zbekiston, Yangi Uyg'onish davri, Uchinchi Renessans, Fuqarolik mas 'uliyati, tenglik, ozodlik, birodarlik, ijtimoiy mas'uliyat, javobgarlik, hisob berishlik, Vatan va xalq manfaati, Ijtimoiy mas'uliyat, siyosiy faollik, vatanparvarlik, jamiyat taraqqiyoti.

Turatov Sh.B., PhD associate professor "Social Sciences" Department Jizzakh Polytechnic Institute

CITIZEN RESPONSIBILITY IS AN INTEGRAL PART OF DEMOCRATIC CHANGES IN SOCIETY

Abstract. In this article, it is considered one of the important conditions and factors of social development that citizens know their rights, duties and responsibilities in Uzbekistan today.

Key words: New Uzbekistan, New Renaissance, Third Renaissance, Civic responsibility, equality, freedom, fraternity, social responsibility, responsibility, accountability, interest of the Motherland and people, Social responsibility, political activity, patriotism, community development.

Kirish

Bugun mamlakatimiz taraqqiyotining eng muhim pallasida turganimiz hech kimga sir emas. Ko'p millatli O'zbekiston xalqi bugun "Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari" shiori ostida birlashib o'z taqdiri va o'z kelajagi taraqqiyotini ta'minlovchi "Yangi O'zbekiston"ni yaratmoqda. Bu borada mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev ta'kidlaganidek "O'z kuch va imkoniyatlarimizga bo'lgan ishonch bizni Yangi O'zbekistonni barpo etish va Yangi Uyg'onish davri poydevorini yaratishdek ulug' maqsad yo'lida birlashtirib, yanada kuchli va mustahkam qilmoqda ".

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili

Bugun Uchinchi Renessansning poydevorini yaratmoqchi ekanmiz. Uyg'onish har birimizga mas'uliyat yuklaydi, chunki islohot va taraqqiyotlar o'z o'zidan bo'lmaydi. "O'zbekistonning yangi Uyg'onish davrini yaratishga kirishgan ekanmiz, har bir yurtdoshimizning qalbi va ongida ana shunday ma'naviyat shu'lasi porlashi va u bizni ezgu ishlarga undab, yuksak mas'uliyat tuyg'usi bilan yashashga da'vat etib turishi zarur" Yangi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi o'zining xalqchiligi, jamiyat va inson ma'nfatlarini o'zida jamlagani bilan bugunda va kelajagdagi mamlaktimiz taraqqiyotining garovi hisoblanadi. E'tiborli jihati shundaki, Yangi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi inson va fuqarolarning haq-huquqiga qaratilgani bilan birga uning o'ziga xos jamiyat va inson oldida mas'uliyati yuklashi bilan ajralib turadi. Nega bugun fuqarolarning mas'uliyatiga yuksak darajada e'tibor qaratilayapti. Bugungi kunda O'zbekistonda fuqarolarning o'z huquq, burch va mas'uliyatlarini yaxshi bilishlari ijtimoiy taraqqiyotning muhim sharti va omillaridan biri bo'lib hisoblanib, qonunlarni bilish, ularga amal qilish, ahloqiy va estetik qadriyatlar, ong va madaniyatni yuksaltirish, jamiyat hayotida mehnat intizomini saqlash, ijtimoiy burchga vijdonan yondashuv kabi masalalarga katta e'tibor berilib, hozirgi sharoitda O'zbekistonda fuqarolar mas'uliyatini har tomonlama rivojlantirish masalasiga katta e'tibor qaratilmoqda.

Tadqiqot metodologiyasi

O'zbekistonning ijtimoiy taraqqiyotida fuqarolik mas'uliyati jamiyatning demokratik rivojlanishi jarayonida erishilgan yutuq va muvaffaqiyatlarga fuqarolarning ongli munosabatini o'zida ifodalaydi. Fuqarolik mas'uliyati jamiyatdagi demokratik o'zgarishlarning uzviy qismi bo'lib, jamiyat o'zining demokratik rivojlanishida fuqarolarga tenglik, ozodlik, birodarlikni hayotiy voqelikka aylantiruvchi turli huquqlarni beradi, shu bilan birgalikda bu huquqlarga rioya qilish, o'z huquqlaridan ijodiy ravishda, jamiyat manfaatlarini ko'zlagan holatda foydalanishni talab qiladi.

Tahlil va natija.

Mas'uliyat - arab tilidan olingan so'z bo'lib, javobgarlik, hisob berishlik degan ma'nolarni bildiradi. O'zbek tilining izohli lug'atida esa, mas'uliyat - biror ish, xatti-harakat oqibati, natijasi uchun bo'lgan javobgarlikdir. Hozirgi davr ijtimoiy fanlarda "mas'uliyat" va "ijtimoiy mas'uliyat" tushunchalari keng qo'llanilib, ushbu tushunchalarning negizida insonning yon-atrofga, ijtimoiy munosabatlarga, olamni anglashga oid tajribasi, ya'ni, faoliyati yotadi. Mas'uliyat arabcha "mas'ul" - javobgarlik, hisob berishlik tushunchalarini ifoda etib, biror ishda xatti-harakat oqibati, natijasi uchun javobgarlik hisoblanadi. Mas'uliyat so'zining o'zagi "mas'ul" - javob beruvchi, javobgar degan ma'nolarni o'zida ifodalab, mas'uliyat yuklatilgan, vazifa javobgarligi zimmasida bo'lgan, javobgar ish natijasi uchun bo'lgan javobgarlik, biror ish xatti-harakatida natijaviy hisobot berishlik hamda mas'uliyatlilik qonuniyatlariga muvofiq qilinadigan hayotiy tajribalarda insonlar oldida turgan mukammal va nihoyatda yuqori o'rinda

turuvchi amaldagi jarayonlar hisoblanadi. SHuningdek, ijtimoiy mas'uliyat fuqarolarning Vatan va xalq manfaati, mamlakat taqdiri hamda ishi uchun fidoyilik bilan xizmat qilishi, jamiyat taraqqiyoti uchun fidoyilik bilan xizmat qilishi, jamiyat taraqqiyoti uchun kamarbasta bo'lishi, amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlarda faol qatnashishi, davlat va jamiyatning muhim masalalarini hal qilishda munosib ishtiroki, tinchlik va barqarorlikni ta'minlashga ko'mak berishidir. Ijtimoiy mas'uliyat deganda aholining jamiyatda olib borilayotgan islohotlar jarayonida mas'uliyat, fidoyilik, jonbozlik ko'rsatishi va ko'tarinki ruhda ishtirok etishi tushuniladi. Bu fuqarolarning davlat tomonidan chiqarilgan qonunlar va me'yoriy-huquqiy hujjatlar ijrosini ta'minlashda va ularni amaliyotga joriy etishda chuqur mas'uliyat bilan qatnashishida yaqqol ko'zga tashlanadi.

Fuqarolar jamiyatdagi siyosiy jarayonlarda faol ishtirokchi bo'lib, uning mohiyatini teran anglab etsa, siyosiy faolligi oshadi. Jamiyatning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy, madaniy sohalarida fuqarolik mas'uliyati o'sha sohaga oid bo'lgan jarayonlar bilan bog'liq holda namoyon bo'ladi.

Bugungi kunda O'zbekistonda yoshlarning hayotiy maqsadlarini hayotga tatbiq etishlari uchun zarur bo'lgan barcha sharoitlar yaratilib, yoshlar muammolari davlat siyosati darajasiga ko'tarilib, yoshlarda fuqarolik mas'uliyatini shakllantirish masalasiga katta e'tibor qaratilmoqda. O'zbekistonda yoshlar tarbiyasida ta'lim va tarbiya uyg'unligi masalasiga e'tibor kuchaytirilmoqda.

Xulosa

Yoshlarni yuksak axloq va intizomli qilib tarbiyalash, ularning sifatli ta'lim olishi va vatanparvarlik ruhida voyaga etishi O'zbekiston taraqqiyotining muhim omili sifatida e'tirof etilmoqda. Yoshlarda fuqarolik mas'u liyatini shakllantirish va rivojlantirish O'zbekistonda ijtimoiy barqarorlik, jamiyat taraqqiyoti va qo'lga kiritilayotgan muvaffaqiyatlarning muhim asosi bo'lib, milliy g'oya va mafkura asosida muayyan maqsadga yo'naltirilgan, jipslashgan yoshlarni tarbiyalash masalasiga O'zbekistonda bugungi kunda katta e'tibor qaratilmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Numonova D.U. O'zbekiston zamonaviy ma'naviy-madaniy taraqqiyotida ayollar mas'uliyatini oshirishning ijtimoiy-falsafiy tahlili. 09.00.04-Ijtimoiy falsafa. Falsafa fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi. Samarqand 2020. 14 bet.

2. Ochilova B., Saitqosimov A., Nazarqosimov S. Fuqarolik jamiyati sotsial mexanizmi va asoslari. O'quv qo'llanma. Toshkent, "Tafakkur" nashriyoti, 2021 yil, 296-297 betlar.

3. Shuhrat, T. (2022). Duties and civil responsibility-as a social and philosophical concept.

4. Bakhromovich, T. S. (2021). FACTORS OF CIVIL RESPONSIBILITY FOR THE DEVELOPMENT OF SOCIETY. Conferencea, 9-12.

5. Bakhromovich, T. S. (2021). FORMATION OF CIVIL RESPONSIBILITY AT YOUNG PEOPLE TODAY-SOCIETY IS SUSTAINABLE IS AN IMPORTANT FACTOR OF DEVELOPMENT. Conferencea, 18-21.

6. Tajibaev, M. A., & Rashidova, B. Y. (2022). THE CONCEPTS OF SUSTAINABILITY AND INSTABILITY IN SYNERGETICS ARE AN IMPORTANT PRINCIPLE. Scientific progress, 3(3), 930-933.

7. Kholbekova, M. A. T. U. (2022). APPLICATIONS AND DEVELOPMENTS OF SYNERGETICS. Scientific progress, 3(3), 942-945.

8. Tajibaev, M. A., & Rashidova, B. Y. (2022). CONTENT OF THE CONCEPT OF SYNERGETICS. Scientific progress, 3(3), 938-941.

9. Tajibaev, M. A., & Kholbekova, M. U. (2022). SYNERGETIC METHODOLOGY SERVES HUMANITY. Scientific progress, 3(3), 934-937.

10. Abdurashidovich, T. M. (2022). YOSHLARDA SINERGETIK DUNYOQARASHNI SHAKLLANTIRISH OMILLARI. INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL, 3(3), 203-207.

11. Abdurashidovich, T. M. (2022). SINERGETIKA-YOSHLARNING YANGI DUNYOQARASHINI SHAKLLANTIRUVCHI BILIM SIFATIDA. FAN, TA'LIM, MADANIYAT VA INNOVATSIYA, 1(2), 69-73.

12. Quvanovich, R. Q. (2021). The Moral Importance of Humanity and Patriotism in Chistiya and Kubraviya. International Journal on Orange Technologies, 3(3), 98-103.

13. Ruziev, A. J. (2019). ИЗУЧЕНИЕ МИРОВОЗЗРЕНИЯ И ДЕЯТЕЛЬНОСТИ МЫСЛИТЕЛЕЙ КАК ИСТОРИЧЕСКОГО КРИТЕРИЯ. Theoretical & Applied Science, (11), 166-169.

14. Ruziyev, A. (2021). ДУНЁ^АРАШДА ТАРИХИЙ ХОТИРА ВА ОНГНИНГ УЗАРО ДЕАЛЕКТИКАСИ. Научно-просветительский журнал" Наставник", (2), 187-193.

15. Yahshilikovich, Y. J., Ibodullaevich, K. K., & Mamatqobil, O. (2021, October). Development of Corruption in Society as a Social and Cultural Crisis. In " ONLINE-CONFERENCES" PLATFORM (pp. 168-171).

16. Xidirov, X. (2021). ЁШЛАР ТАРБИЯСИ-ОИЛА ТАЯНЧИ. Журнал истории и общества, (2).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.