Научная статья на тему 'YANGI O‘ZBEKISTONDA JAMIYATNI DEMOKRATLASHTIRISH VA FUQAROLARNING IJTIMОIY FAOLLLIGINI ОSHIRISH MUAMMO VA YECHIMLARI'

YANGI O‘ZBEKISTONDA JAMIYATNI DEMOKRATLASHTIRISH VA FUQAROLARNING IJTIMОIY FAOLLLIGINI ОSHIRISH MUAMMO VA YECHIMLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
17
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
ijtimoiy faollik / Yangi O‘zbekiston strategiyasi / siyosiy ong / jamiyatni demokratlashtirish / inson omilini faollashtirish

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Axrorjon Qurbonovich Yusupov, Barhayotjon Sobirjanovich Kodirov

Maqolada mamlakatimizda fuqarolarning ijtimоiy faollligini оshirishni, Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev asarlarida Yangi O‘zbekistоn taraqqiyot strategiyasida insonparvar huquqiy-demokratik davlat barpo etishni muammo va yechimlari aks etgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YANGI O‘ZBEKISTONDA JAMIYATNI DEMOKRATLASHTIRISH VA FUQAROLARNING IJTIMОIY FAOLLLIGINI ОSHIRISH MUAMMO VA YECHIMLARI»

YANGI O'ZBEKISTONDA JAMIYATNI DEMOKRATLASHTIRISH VA FUQAROLARNING IJTIMOIY FAOLLLIGINI OSHIRISH MUAMMO VA

YECHIMLARI

Axrorjon Qurbonovich Yusupov axrorj on201911 @mail .com Barhayotjon Sobirjanovich Kodirov Qo'qon davlat pedagogika instituti

Annotatsiya: Maqolada mamlakatimizda fuqarolarning ijtimoiy faollligini oshirishni, Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev asarlarida Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasida insonparvar huquqiy-demokratik davlat barpo etishni muammo va yechimlari aks etgan.

Kalit so'zlar: ijtimoiy faollik, Yangi O'zbekiston strategiyasi, siyosiy ong, jamiyatni demokratlashtirish, inson omilini faollashtirish

PROBLEMS AND SOLUTIONS OF DEMOCRATIZATION OF SOCIETY AND INCREASING SOCIAL ACTIVITY OF CITIZENS IN NEW

UZBEKISTAN

Axrorjon Qurbonovich Yusupov axrorj on201911 @mail .com Barhayotjon Sobirjanovich Kodirov Kokand State Pedagogical Institute

Abstract: The article reflects the problems and solutions of increasing the social activity of citizens in our country, establishing a humane legal-democratic state in the development strategy of New Uzbekistan in the works of President Sh. Mirziyoyev.

Keywords: social activism, New Uzbekistan strategy, political awareness, democratization of society, activation of the human factor

Mamlakatimizda o'tkazilayotgan demokratik islohotlardan maqsad - xalqqa, har bir shaxsga o'zligini qaytarish, milliy g'urur, or-nomus, qadr-qimmatini, shon-shavkatini joyiga qo'yishdir. Zero, mamlakatimizda davlat siyosatining bosh obyekti inson, deb tan olingani, insonparvar huquqiy-demokratik davlat barpo etish konstitutsion maqsad qilib belgilangani bejiz emas. Shu orqali davlat insonning erkinligini kafolatlaydi, yosh avlodni barkamol shaxs qilib tarbiyalab yetishtirish vakolatini zimmasiga oladi. Uni huquqiy himoyalash tizimini yaratadi, tashabbus

rfciTii^^Bl 33 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

ko'rsatishi va o'zining ijtimoiy mohiyatini teran anglashi uchun zarur imkoniyatlar va sharoitlar yaratadi.

Olimlarning fikricha, shaxs ijtimoiy faolligining muhim ko'rsatkichi natijasi bo'lgan mehnat unumdorligining 42 foizga o'sishi qadrlarning umumta'lim darajasiga, 36 foizi kadrlarning malakasi, intellektual salohiyatini o'stirish hisobiga erishiladi. Vaholanki, yuqoridagi ko'rsatkichlar o'sishiga investitsiyalarni 9 foizga ko'paytirish orqali erishiladi[1. B. 13-17].

Inson omilidagi ijtimoiy faollikni oshirish stixiyali tarzda amalga oshadigan jarayon emas, balki maqsadga muvofiq, mukammallashgan tizimli ta'lim-tarbiyani taqozo qiladi. Xususan, shaxs iqtisodiy faolligi, uning siyosiy onglilik darajasi bilan uzviy bog'liqdir. Zero, iqtisodiy munosabatlarni siyosatdan, mafkuradan xoli qilish juz'iy xarakterga ega bo'lib, shaxs iqtisodiy faolligi ham bevosita, ham bilvosita siyosiy jarayonlarga ta'sir qiladi hamda ma'lum ma'noda uning natijasi hisoblanadi. Iqtisodiy faol shaxsning siyosiy e'tiqodi muayyan iqtisodiy munosabatlar bag'rida shakllanadi va uni o'zgartirish jarayonida namoyon bo'ladi. Siyosiy e'tiqod, zero, iqtisodiy onglilik ijtimoiy munosabatlarning subyekti bo'lgan aql-zakovati, ma'naviy-axloqiy faolligi xarakterlanadi. Siyosiy munosabatlarga, inson, intellektual salohiyati yuqori darajada bo'lishligi bilan voqea-hodisalarni yuksak anglagan holda kirishib, siyosiy samaralarga erishish qobiliyati siyosiy onglilikdir.

Siyosiy onglilik - shaxsning ijtimoiy-iqtisodiy faolligining namoyon bo'lish shakli. "Insonning siyosiy faolligi - deb ta'kidlaydi S.Axrorova, - davlat boshqaruvi ishlarida qatnashish, uning faoliyatini yo'naltirib turishga ta'sir etish, saylash va saylanish huquqiga ega bo'lish, jamiyatni isloh etish, mehnat qilish, dam olish, xususiy mulkni daxlsizligini ta'minlash huquqiga ega bo'lish, o'z fikri va qarashlarini erkin bayon qila olish, ilm olish, sog'lom turmush tarzini ta'minlash, Vatanni himoya qilish maqsadlari bilan uyg'unlashgan ijtimoiy-siyosiy intilishlar majmui tushuniladi"[2 B. 149]. Inson fuqarolik jamiyatini rivojlantiruvchi omil ekanligidan kelib chiqadigan bo'lsak, davlatimiz ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatining o'sishi shu omilning rivojlanish darajasiga bog'liqligi ma'lum bo'ladi.

Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta'kidlaganidek, "Harakatlar strategiyasining natijasi o'laroq, Yangi O'zbekiston iqtisodiyotining huquqiy asoslari yaratildi. Yangi O'zbekiston strategiyasi, avvalo, barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlashga qaratilganini ta'kidlash lozim [3 B.129]. Mazkur fikrlar Prezidentning 2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi haqidagi PF-60-son Farmonida ham aks ettirilgan.

Yuqoridagilarga bog'liq ravishda, O'zbekistonda ijtimoiy-siyosiy o'zgarishlarning, shuningdek, iqtisodiyotni yanada rivojlantirish yo'li tanlandi. Shu sababli taraqqiyotning ustuvor yo'nalishlari va boshqarish mexanizmi o'zgarishidagi turli xil "sakrab o'tishlar" maqbul, deb topilmadi. Inson mehnatining muntazamligi,

rfccTii^^Bl 34 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

siyosiy va iqtisodiy faollik darajasi muayyan vaqt birligida mehnat sarfi miqdori bilan xarakterlanadi.

Uning darajasi ko'p jihatdan texnikaning harakat tezligiga va ularning texnologik samaradorligiga, harakatlanish maydoni doirasida mehnatning rag'batlantirilishiga bog'liqdir. Texnika taraqqiyoti darajasiga mos ravishda aqliy mehnatning ulushi oshib boradi va iqtisodiy faolligining asosiy mezoniga aylanadi. Mehnatning bir maromdagi intensivligi xodimning jismoniy va aqliy quvvati sarfi sifatida namoyon bo'ladi hamda uning mehnat natijasiga bo'lgan tabiiy ehtiyojini qondiradi, shaxs qobiliyatlarining har tomonlama uyg'unlikda rivojlanishini ta'minlaydi, mehnat unumdorligining oshishiga samarali ta'sir ko'rsatadi, bo'sh vaqtdan to'g'ri foydalanish uchun sharoit yaratadi.

Jamiyatda fuqarolar ijtimoiy faolligi samaradorligi aqliy mehnat unumdorligi bilan belgilanadi. Ya'ni, boshqacha qilib aytganda, aqliy mehnat sarfining samaradorligi jamiyat ma'naviy-madaniy rivojlanishining muhim ko'rsatkichi hisoblanadi. Aqliy mehnat insonning moddiy boyliklarni ishlab chiqarishga yo'naltirilgan maqsadli faoliyati sifatida har qanday jamiyat mavjudligining zaruriy shartidir. Jamiyatni jadal demokratlashtirish sharoitida tub ijobiy o'zgarishlar o'z-o'zidan zarur emas, balki aholi turmush darajasini o'stirishga, ijtimoiy kafolatlar va adolatga, milliy-ma'naviy qadriyatlarni va an'analarni tiklashga xizmat qilishi, xalqimizning madaniy, axloqiy salohiyatini oshirishga yo'naltirilishi lozim.

Bugungi kunda Yangi O'zbekiston strategiyasi xuddi shunday hayotbaxsh xususiyat kasb etmoqda, xalqimizni yorug' kelajakka chorlab va yangilashga safarbar qilib, umumiy maqsadlar yo'lida birlashtirib turadigan yaxlit ma'naviy asos va mezonga aylanib bormoqda.

O'z kuch va imkoniyatlarimizga bo'lgan ishonch bizni Yangi O'zbekistonni barpo etish va Yangi uyg'onish davri poydevorini yaratishdek ulug' maqsad yo'lida birlashtirib, yanada kuchli va mustahkam qilmoqda [4 B.14]. 2017-yil yurtimizda "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" deb e'lon qilinganligi va bu borada fuqarolar bilan ishlashning yangi mexanizmi joriy qilinishi xalqni rozi qilishning yangicha usuli bo'ldi.

Bu borada yurtboshimiz Sh.Mirziyoyev "......hammamiz tushunamizki, xalq bilan

muloqot, odamlarning ichiga kirish, ularning dard-u tashvishlari bilan yashash, inson manfaatlarini ta'minlash, bu - biz uchun faqat bir yillik ish emas. Bu masala kelgusi besh yillik faoliyatimizda ham eng ustuvor vazifa bo'lib qoladi va bu haqiqatni hammamiz chuqur tushunib, yaxshi anglab olishimiz shart. Chunki biz yurtimizda yangi davlat, yangi jamiyat qurish yo'lida qanday ish qilsak, ularning barchasini xalqimiz bilan bamaslahat qilamiz [5 B https://nrm.uz. ]" deb ta'kidlaydi.

Shu sababli davlatimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlarning barcha bosqichlarida erishilgan natijalar aholi turmush tarzining o'sishi bilan o'lchanadi.

35

ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

Bizning fikrimizcha, inson omilini faollashtirish jarayoni quyidagi vazifalarni o'z ichiga oladi:

- kichik biznes, xususiy tadbirkorlik va ijtimoiy sohani turli manbalar orqali moddiy, ma'naviy rag'batlantirish tizimini takomillashtirish;

- aholi bandligi va ijtimoiy mobillik tadbirlarining samaradorligini ta'minlash;

- uzluksiz ta'lim tizimida islohotlarni chuqurlashtirish va mutaxassislar, xodimlarning kasbiy malakalarini o'stirish;

- aholi sog'lig'ini mustahkamlashga va ta'minlashga xizmat qiluvchi mutasaddi tuzilmalar faoliyatini takomillashtirish;

- ijtimoiy yo'nalishdagi infratuzilmalar faoliyatining ustuvorligiga erishish.

Inson omili faolligini oshirishda yuqorida belgilangan maqsadlarga erishish

uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak:

Xalqaro hamjamiyat XXI asrning boshidayoq insonning bozor iqtisodiyotidagi eng faol, jo'shqin, yaratuvchi omil ekanligidan kelib chiqib, uning intellektual salohiyatini, sifatli o'sishini ta'minlashga doir qator dasturlarni amalga oshirishni rejalashtirdi va amaliyotga tatbiq etdi.

Mamlakat aholisining moddiy jihatdan etarli darajada ta'minlangan qismining ortib borishi xalq farovonligi yo'lida yangi bosqich bo'ladi. Ayni paytda, moddiy farovonlik inson faolligining intellektual asoslariga imkoniyat yaratadigan bo'sh vaqtga va zarur mablag'ga ega aholi katta qismining ma'naviy kamolotini o'stirishga, ya'ni inson omili tushunchasida aks etadigan qobiliyatlar va fazilatlar sohibi bo'lish uchun intilishga mos bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. XacaHoBa H. Eo3op MyHoca6araapu mapouTuga em Kagpnap paK;o6aT6apgomnHrHHH omupum, \\ Y36eKHcToH,ga h^thmohh ^aHnap. - TomKeHT, 2001. - №1. - E.13-17.

2. AxpopoBa C. Y36eKHcToH,ga aennap h^thmohh ^aonnuruHH omupum oMHnnapn.Oanca^a ^aHnapu HoM3ogu... gucc. -TomKeHT, 2005. - E.149.

3. Mnp3HeeB ffl.M. ^Hru Y36eKHCTOH CTpaTeruflCH. -TomKeHT: Y36eKHcTOH, 2021 hhh. - E. 129.

4. Mup3ueeB ffl.M. ^Hru Y36eKHCTOH CTparerHACH. -TomKeHT: Y36eKHcTOH, 2021 hhh. - E. 14.

5. fflaBKar Mup3HeeBHHHr Y36eKHcTOH Pecny6nHKacu npe3ugeHTH naBo3HMura Kupumum TaHTaHanu MapocuMura SarumnaHraH Ohhh Ma^nuc nanaranapuHHHr ;ymMa Ma^nucugarH HyTKngaH. (2016 hhh 14 geKa6pt). https://nrm.uz.

36

ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.