Научная статья на тему 'FORTEPIANODA IJRO KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH'

FORTEPIANODA IJRO KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
54
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
fortepiano / ijro / ko‘nikma / mahurat / uslub / ansambl / kompozitor / kompozitorlik ishi

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Mo‘Minjon Mo‘Minov

Ushbu maqolada Fortepiano cholg‘usi hamda unda ijro ko‘nikmalarini rivojlantirish yo‘llari haqida so‘z boradi. Fortepianoda ijro ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun mashqlar hamda tavsilar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «FORTEPIANODA IJRO KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH»

FORTEPIANODA IJRO KO'NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH

Mo' minj on Mo' minov

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada Fortepiano cholg'usi hamda unda ijro ko'nikmalarini rivojlantirish yo'llari haqida so'z boradi. Fortepianoda ijro ko'nikmalarini rivojlantirish uchun mashqlar hamda tavsilar keltirilgan.

Kalit so'zlar: fortepiano, ijro, ko'nikma, mahurat, uslub, ansambl, kompozitor, kompozitorlik ishi

DEVELOPING PIANO PERFORMANCE SKILLS

Mominjon Mominov

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: This article is about the piano and ways to develop performance skills. Exercises and recommendations for developing piano performance skills are provided.

Keywords: piano, performance, skill, skill, style, ensemble, composer, composer's work

Musiqa ijrochiligida fortepiano cholg'u ijrochilik san'ati keng tarqalganligi va dunyo xalqlarining sevimli cholg'u turlaridan biri hisoblanadi. Dunyo xalqlari o'zlarining milliy cholg'ulariga egalar va bu cholg'ular orqali o'zlarining o'zligini, milliylik sadolarini, ohanglarini namoyon qiladilar. Fortepiano hozirgi kunga kelib, ko'p mamlakatlar orasida, xususan, mamlakatimizda ham ommalashgan cholg'u turi hisoblanib, fortepianoda ijrochilar dunyo komozitorlari asarlari bilan birgalikda milliy ohanglarini ham ijro etishmoqda. Fortepiano cholg'usi buyuk kompozitorlarning sevimli sozlaridan biri hisoblangani bois ko'plab asarlarini ushbu cholg'u uchun bastalashgan. I.Gaydn, A.Motsart, L.Betxoven, Sh.Shubert, F.Shopen, F.List kabi yorqin kompozitorlar bilan bir qatorda O'zbekiston kompozitorlari ham go'zal va betakror asarlar na'munalarini yaratdilar. Bu asarlar hozirgi kunda yosh ijrochilar tomonidan ijro etib kelinmoqda.

Fortepianoda ijro ko'nikmalarini rivojlantirish uchun mashg'ulotlarda talabalarning texnik mukammalligining oshirilishiga katta e'tibor qaratiladi. Shuning uchun o'qitish dasturiga instruktiv asarlar - mashqlar, etyudlar, virtuoz kuylar kiritilgan. Avvolo talabalarda umummusiqiy tushunchalarni shakllantirish lozim. Bu sohada erishilgan natijalar: notadan o'qish, tinglab chalib berish, transportlash, musiqiy ijro etish o'ta muhimdir. Notaga qarab o'qish ijro malakasi- bilim va

mahoratni o'z ichiga oladigan yaxlit tizim hisoblanib, ularga vizual tarbiya, tinglab tushuna bilish va harakat davomida notani tezlik bilan kuzata bilish kabi ko'nikmalar kiradi. Tinglab chalish - musiqiy eshitish va harakatdagi eshitish tushunchalaridan tashkil topadi. Transportlash -harakatdagi eshitish va lad-tonal munosabatlarning o'zaro mustahkam bog'liqligini talab etadi.

Fortepianoda ijro ko'nikmalarini rivojlantirishda musiqiy asar ijrosi ustida ishlashning ahamiyati katta. Asarning xarakteri, tonalligi, badiiy obraz yo'nalishi, kulminatsiyasi va umumiy tuzilishini anglab olish to'laqonli ijroning shakllanishiga yordam beradi. Bularni aniqlashda o'qituvchining yordami zarur. Talaba tomonidan asar nazariy jihatdan to'liq o'zlashtirilgandan so'ng uning amaliy ijrosiga o'tiladi. Musiqa asarlari boshidan ohirigacha bir xil texnik qiyinchilikda bo'lmasdan, balki uning ba'zi qismlari boshqalariga nisbatan murakkabroq bo'lishi mumkin. Bunday paytda shu qiyin o'rinlar alohida ajratilib, ularning ijrosi ustida maxsus mashqlar o'tkazish tavsiya etiladi. Lekin bunday ishlash jarayoni juda uzoq davom etmasligi kerak. Shu qiyin qismning ijrochi tomonidan mustaqil ravishda bekam-u ko'st ijrosiga erishilsa ham, ko'p hollarda asarni boshidan oxirigacha ijro etganda xuddi ana shu qism asarning umumiy yo'nalishi bilan qo'shilmasdan, alohida ajralib qolishi mumkin. Shu sababli qiyin qismlarni takrorlashda shu qismdan bir necha takt oldinga va keyingilarini qo'shib ijro etish tavsiya etiladi. Asar o'zlashtirilayotgan paytda ijrochining imkoniyatlariga mos bo'lgan tezlikni tanlash va ijroning bir maromda bo'lishga erishish maqsadga muvofiqdir. Musiqa asarining ustida to'g'ri ishlay bilish ijro mahoratini oshirishning omillaridan birihisoblanadi. Cholg'u ijrochiligi sinflarining tajribasida ba'zi musiqa asarlarini o'zlashtirish ishi konsert yoki yakuniy nazoratgacha yetib bormaydi. Bu asarlar sinf ishi sifatidagina o'zlashtiriladi. Sinf ishidan asosiy maqsad musiqa asarining umumiy mazmuni bilan tanishish, unda ishlatiladigan ijro ko'nikmalarini o'zlashtirish va shular asosida bayon qilinmoqchi bo'lgan musiqaviy kechinmalarni cholg'u yordamida talqin eta bilishdir. Musiqa pedagogikasida bunday sinf ishlariga alohida e'tibor beriladi va u o'quv jarayonining maxsus shaklini tashkil etadi. Sinf ishi sifatida o'qitiladigan musiqa asarini o'zlashtirish uchun ajratiladigan vaqtning chegaralanganligi shu asar ustida ishlash jarayonini jadallashtirishni anglatadi. Bunda o'quv-pedagogik jarayonning o'zi tezlashadi; talaba oldida ma'lum materialni qisqa, chegaralangan vaqt ichida o'zlashtirish vazifasi turadi. Buning hammasi talabadan yangidan-yangi qo'llanmalar bilan tanishish, bir joy da turib qolmaslik, oldingi o'tilgan qo'llanmani bir xil ravishda takrorlayvermaslikni talab qiladi. Sinf ishi uchun ajratilgan musiqa asarlari ustida ishlash bilan notaga qarab chalish kabi mashg'ulotlarning foydali tomoni ko'p. Bu ikki holda ham talaba hilma-xil musiqa asari bilan qisqa vaqt ichida tanishish imkoniyatiga ega.

Ayni paytda, sinf ishi bilan notaga qarab chalish mashg'uloti ma'lum darajada bir-biridan farq qiladi. Notaga qarab chalishda talaba material bilan bir marta qisqa tanishish imkoniyatiga ega bo'lsa, sinf ishi jarayonida esa asar bilan to'laroq va asosli tanishib, o'zlashtirish imkoniyatiga ega bo'ladi. Sinf ishi bilan shug'ulanadigan talaba, musiqa asarini bir necha bor takrorlashi tufayli o'zi uchun shu asarning mohiyati, mazmuni, tuzilishi va boshqa sifatlarini to'laroq ochishi mumkin. Shu asosda asarning ijodiy g'oyasi va unda bayon etilayotgan badiiy fikrlar talabaga tobora tushunarli bo'lib boradi. Sinf ishi uchun tanlanadigan repertuar o'zining xarakteri, tuzilishi, mazmuni va boshqa ko'rsatkichlari jihatidan rang-barang bo'lishi maqsadga muvofiq. Bundan tashqari, repertuardan o'rin olgan asarlarning shakli, unda bayon etiladigan his-tuyg'ularning boyligi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Muhimi, sinf ishi uchun tanlangan asarlar talabalarga yoqishi, ularda katta qiziqish uyg'otishi kerak. Agar asosiy repertuar talaba uchun majburiy bo'lsa, sinf ishi uchun asarlarni talabaning xohishiga qarab tanlash mumkin. Shu boisdan ham bu yerda o'qituvchi talabaning istagiga qarshi emas, balki unga nisbatan xayrixoh bo'lishi maqsadga muvofiq. Sinf ishida foydalaniladigan musiqa asarlarining murakkabligi esa talabaning haqiqiy imkoniyatlariga qaraganda ma'lum darajada qiyinroq bo'lishi mumkin. Bu asarlar konsertda yoki yakuniy nazoratlarda ma'lum darajada ijro etilmasligini hisobga olsak, o'qituvchi yuqorida aytilgan prinsipni qo'llashi to'g'ri bo'ladi. Sinf ishi dastlabki paytda albatta o'qituvchining ishtiroki va nazorati ostida o'tishi kerak. Keyinchalik talabaning tajriba va ko'nikmalari ortib borgan sari o'qituvchining ishtiroki kamayib boradi va xatto musiqa asarlari bilan tanishish talabaning mustaqil mashg'uloti paytida amalga oshiriladigan bo'lishi ham mumkin. Bunda o'qituvchi talabaga umumiy ko'rsatmalar berishi bilan chegaralanadi. O'qituvchi uchun muhimi, sinf ishi hamda musiqa asari bilan tanishish talaba tomonidan to'g'ri tashkil etilishidir.

Sinf ishi uchun asarlarni o'zlashtirish asosiy repertuardagi asarlar ustida ishlashdan farq qiladi. Asosiy repertuardagi qiyin o'rinlar talaba bir necha bor takrorlasa va nihoyat uni yod olsa, sinf ishidagi asarlar ijrosida u o'z e'tiborini musiqa asaridagi badiiy obrazlarni yaxlitligicha talqin qilishga, asar shaklini o'z ijrosi bilan umumlashtirishga qaratishi kerak. Bunda albatta, asardagi barcha ko'rsatma va belgilarga to'la rioya qilishga e'tibor berish kerak. Xuddi mana shunday ijro talabaning rivojlanishiga yordam beradi. Sinf ishida talabaning umumiy rivojlanishiga ijobiy ta'sir etadigan imkoniyatlar shunday ko'pki, bunday mashg'ulot bilan muntazam ravishda shug'ullangandagina shu imkoniyatlar to'la ochilishi mumkin Talaba sinf ishi uchun tanlangan asarlar ijrosiga muntazam ravishda vaqt ajratgan holdagina ko'zlangan maqsadga erishish mumkin. O'qituvchining musiqiy dunyoqarashini, eshita olish tajribasini va professional jihatlarini kengaytirishda sinf ishlaridan samarali foydanish muhim ahamiyat kasb etadi.

Xulosa qilib aytganda, ta'lim jarayonida sinf ishalaridan foydalanish talabaning umumiy musiqiy rivojlanishi uchun asosiy omillardan biridir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Djamalova D., Utayeva N. "Fortepiano olamiga ilk qadamlar", o'quv qo'llanma. G'.G'ulom nomidagi NMIU, Toshkent, 2016.

2. Kisel E., Natanson B., Nikolayev A., Erejenskaya N. "Shkola igri na fortepiano", Izdatelstvo "Muzika", Moskva, 1975.

3. Azimov X.. Fortepiano darsligi. - T., "O'qituvchi", 1997

4. G'Ayrat Nematjon, O. G. L. (2022). O'RTA OSIYO ALLOMALARINING MUSIQIY CHOLG'U SOZLARI HAQIDA ILMIY VA DUNYOVIY QARASHLARI. Oriental Art and Culture, 3(4), 434-436.

5. Yuldashev, G., & Maxanov, S. (2023). Conductor's Work on a Musical Piece. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 2(5), 127-131.

6. Гапуров, М. К. (2017). Использование научного наследия ученых-мудрецов в музыкальном образовании. ББК 71.0 Я41, 43.

7. Гапуров, М. К. (2017). Вклад Амира Темура в развитие социально-культурной жизни Востока. In СОЦИАЛЬНО-КУЛЬТУРНАЯ ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ: ВЕКТОРЫ ИССЛЕДОВАТЕЛЬСКИХ И ПРАКТИЧЕСКИХ ПЕРСПЕКТИВ (pp. 69-73).

8. Yuldashev, G., & Maxanov, S. (2023). Conductor's Work on a Musical Piece. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 2(5), 127-131.

9. Ismailova, M. M., & Maxanov, S. (2022). ASARLARNI MUSTAQIL RAVISHDA BADIIY JIHATDAN TAHLIL QILIB О 'RGANISH. Oriental Art and Culture, 3(4), 292-298.

10. Saidaliyev, S. (2022). Performance Skills on the National Instruments. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 1(5), 206-209.

11. Saidaliyev, S. (2022). Traditional Uzbek Musical Instruments. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 1(5), 122-126.

12. Saidaliyev, S. (2022, November). Sense of Rhythm, Dynamics, Phrasing. In " ONLINE-CONFERENCES" PLATFORM (pp. 145-148).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.