INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES
ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
FONOLOGIYANING VUJUDGA KELISH TARIXI
Oydinov Tursunmurod Yusipovich
Samarqand davlat chet tillar instituti o'qituvchisi E-mail: [email protected]
Annotatsiya: Maqolada XIX asrning ikkinchi yarmida fonologiyani jahon tilshunosligida vujudga kelishi va rivojlanishi bo'yicha ma'lumotlar berilgan. Fonetika va fonologiyani o'rganish obyekti, ularning farqli tomonlari yuzasidan jahon tilshunos olimlarining yondashuvlari o'z aksini topgan
Kalit so'zlar: Fonetika, fonologiya, cho'ziq va qisqa unlilar, jarangsiz va jarangli undoshlar, akustik, artikulyatsion, abstrakt bosqich, oppozitsiya.
https://doi.ors/10.5281/zenodo.13387567
Аннотация: В статье даны сведения о возникновении и развитии фонологии в мировом языкознании во второй половине XIX века. Отражены подходы мировых ученых-лингвистов к объекту изучения фонетики и фонологии, их различиям.
Ключевые слова: фонетика, фонология, долгие и короткие гласные, глухие и звонкие согласные, акустический, артикуляционный, абстрактный этап, оппозиция.
Annotation: The article provides information on the emergence and development of phonology in World linguistics in the second half of the XIX century. The object of study of phonetics and Phonology is reflected in the approaches of world linguistic scientists on their differences.
Key words: phonetics, phonology, stretch and short vowels, consonant and consonant consonant, acoustic, articulatory, abstract stage, opposition.
Tarixiy taraqqiyot natijasida madaniyatda, adabiyotda, tilshunoslikda o'zgarish, yangilanishlar doimo takrorlanib turadi. Jumladan, fonetikani o'rganishga rus va yevropa tilshunos olimlari ham katta qiziqish bilan qarashgan. Bu qarashlar natijasida XIX asrning ikkinchi yarmida tilshunoslikka yangi fonologiya termini kirib kela boshladi. Bu termin nutq tovushlarining artikulyatsion, fiziologik-akustik tomondan funksional tomonini farqlash ehtiyoji bilan vijudga keldi.
Garchi fonologiya termini ko'pchilik tilshunoslar tomonidan e'tirof etilsa-da, ammo bu termin ostida o'rganilishi lozim bo'lgan obyekt masalasida bir xillik kuzatilmadi. Tilshunoslikning juda ko'p qismi fonologiya termini ostida nutq tovushlarining funksional tomonini, ayrimlari, aksincha, artikulyatsion-akustik tomonini tushunadilar. Har ikki holatda ham fonologiya fonetikaga qarama-qarshi qo'yildi. Biz masala mohiyatini terminning izohiga, mohiyatiga qaratadigan bo'lsak, "fonema" atamasi va tushunchasiga chuqur asos solgan olim I.A.Boduen de Kurtenedir. Hozirgi zamon tilshunosligida mavjud bo'lgan fonologiya nazariyalarining zabardast olim Boduen yaratgan poydevoriga suyanmasdan iloji yo'q. Chunki
INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES
ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
olim aynan bu terminning mohiyatini bir qancha nazariy faktlar bilan asoslagan va ma'lum bir yangilik sifatida fanga olib kira olgan.
I.A.Boduen de Kurtene 1870-yildagi «XIX asrgacha bo'lgan qadimgi polyak tili haqida» nomli magistrlik dissertatsiyasida fonema haqida fikr yuritadi va uni etimologik-morfologik birlik sifatida talqin etadi. Boduen de Kurtenening fonema haqidagi mazkur konsepsiyasi ayni shu holda uning shogirdi N.V.Krushevskiy tomonidan rivojlantirildi.
Leningrad fonologiya maktabida fonema nazariyasi Leningrad fonologik maktabi asoschisi Boduen de Kurtenening shogirdi L.V.Shcherbadir. U Boduen de Kurteneniig fonema so'z va morfemalarni farqlovchi belgi ekani haqidagi ta'limotini rivojlantirdi. L.V.Shcherba «Sifat va miqdor nuqtayi nazaridan rus unlilari» (1912) asarida fonemaga bergan ta'rifidayoq, psixologizmdan xoli bo'lmasa ham, fonemaning funksional tomoniga e'tibor sezilib turadi. Olimning fikricha, fonema so'zning fonetik sostavini buzmagan holda ajratish mumkin bo'lgan, farqlash va ma'no tasavvuri bilan assotsiatsiyalanish imkoniyatiga ega ma'lum bir tilning umumiy tovush tasavvuridir [5,14].
L.V.Shcherba keyinchalik fonemaning funksional tomoniga, ya'ni ma'no farqlash xususiyatiga asosiy e'tiborini qaratdi va psixologik talqindan xalos bo'ldi. Jumladan, «Fransuz tili fonetikasi» asarida fonemaga sof funksional tomondan - so'z va uning shakllaridan farqlash uchun xizmat qiladigan tovushlar tipi sifatida yondashadi. U fonemani ajratish uchun tovushning artikulyatsion-akustik xususiyati emas, balki ma'no farqlash xususiyati muhim belgi ekanini ta'kidlaydi. Masalan, so'roq yuklamasi a turlicha akustik-artikulyatsion xususiyatga ega bo'lishi (baland, past, cho'ziq yoki tez va h.k.) mumkin. Ammo lingvistik nuqtayi nazardan ular bir yuklama, bir tovush tipidir. Shunday qilib, akustik-artikulyatsion jihatdan turlicha tovushlar bir umumiy belgisi bilan tiplarga birlashadi va shu umumiy belgisi bilan boshqa shunday tovush tiplaridan ajralib turadi. L.Shcherba fikricha, ana shunday umumiy belgi ma'no farqlash xususiyatidir. Demak, har bir fonema boshqa fonemadan ma'no farqlash xususiyati orqali ajratiladi. Natijada har bir tilning barcha fonemalari qarama-qarshiliklar sistemasini hosil qiladi. Ko'rinib turibdiki, L.V.Shcherbaning fonologiya konsensiyasida fonemaning so'z yoki morfemalarning ma'nosini farqlash uchun xizmat qiladigan farqlovchi belgisi asosiy o'rin egallaydi. L.V.Shcherba fonologik nazariyasining ikkinchi eng muhim tomoni fonema ottenkalari haqidagi ta'limotdir. Uning fikricha, umumiy (fonema)ning talaffuz qilingan real ko'rinishlari ottenkalardir. Boshqacha aytganda, nutqdagi barcha real talaffuz qilinuvchi tovushlar ottenka hisoblanadi. Demak, fonema va uning ottenkalari o'rtasidagi munosabat ikki bosqich munosabatidir: abstrakt bosqich (fonema), konkret bosqich (ottenka).
L.V.Shcherba ottenkalarni ham tasniflaydi. Fonemaning ottenkalari ichida bittasi turli sabablarga ko'ra shu fonema uchun tipik bo'ladi. Alohida talaffuz qilingan ottenka ana shunday tipik ottenka hisoblanadi va faqat shu ottenka real nutqiy element sifatida tilga olinadi. Boshqa ottenkalar esa tipik ottenkaga nisbatan turlicha talaffuz qilinadi. Ularni o'rganish uchun maxsus «eshitish ko'nikmasi» kerak. Masalan, o'zbek tilidagi i fonemasi til orqa tovushlardan keyin kelib (qil, g'ir-g'ir) til orqa w holida, lab unlilaridan keyin kelib (tug'il) u holida, birinchi bo'g'inda kelib (bir, ich, sira) bilinar-bilinmas talaffuz qilinadi. Ammo mazkur ottenkalar bir i fonemasining ma'lum sharoitga muvofiqlashgan turli vakillaridir. Boshqa ottenkalar akustik
INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES
ISSN: 21S1-3S6S SJIF-2023: 3.S12 j ISI: 0.539 j VOLUME 2, ISSUE 1, 2024
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
va artikulyatsion tomondan tubdan farq qilishi mumkin". [4,178]
Xullas, yuqoridagi olimlarning nazariy qarashlari asosida fonema - barcha ottenkalarning umumlashmasi yoki aniq hollarda mazkur fonemaning vakili ham bo'lib hisoblanadi. Fonema ottenkalari doimo bir-biriga qarama-qarshi qo'yiladi. Qarama-qarshi munosabatda bo'luvch ikki minimal birlik qarama-qarshi a'zolar hisoblanadi. Aynan, o'zbek tilida undoshlarning jarangli jarangsizligiga ko'ra bo'linishi, yoki portlovchi, sirg'aluvchi, lablangan lablanmaganlik xusususiyatlari fikrimizning tasdig'idir.
N.S.Trubetskoyning dunyo tilshunosliga qo'shgan katta xizmati shundan iboratki, fonologiyani ilmiy predmet sifatida shakllantirdi. Olimning bu haqidagi fikrlari "Fonologiya asoslari" kitobida yoritib bergan.
N.S.Trubetskoy konsepsiyasi bo'yicha fonologik sistema leksik va grammatik ma'nolarni farqlash uchun xizmat qiladigan fonologik oppozitsiyalar (LFM bo'yicha fonologik qarama-qarshiliklar) majmuasi sifatida talqin qilinadi. U filologiyada asosiy rolni fonemalar emas, balki ularning ma'no farqlash funksiyasi rol o'ynashini ta'kidlaydi. [6,74] Olimning aytgan ma'lumotlaridan shuni bilish mumkinki, tilshunoslikda asosiy vazifani fonemalar emas, balki ularni ma'no farqlash vazifasini takidlaydi. Tilshunos olim fonologik oppozitsiyalarni uch asosga ko'ra tasnif qiladi: 1) oppozitsiya sistemasiga munosabatiga ko'ra; 2) oppozitsiya a'zolari o'rtasidagi munosabatga ko'ra; 3) turli pozitsiyalarda ularning amal qilishiga ko'ra. Birinchi belgiga ko'ra, bir o'lchovli, ko'p o'lchovli, proporsional va ajralgan oppozitsiyaga bo'linadi. Ikkinchi belgiga ko'ra, privativ (oppozitsiya a'zolaridan biri belgining bor-yo'qligi bilan ikkinchisidan farqlanadigan oppozitsiya), gradual (nutq apparatining ochilish darajasiga asoslangan oppozitsiya, masalan: kir-kar), teng qimmatli oppozitsiyalarga ajratiladi. Uchinchi belgisiga ko'ra, doimiy va neytrallashgan oppozitsiyalarga bo'linadi. Neytrallashish jarayonida oppozitsiyaga kirishayotgan fonemalar o'rtasida fonologik qimmatga ega belgi yo'qoladi. Lekin umumiy belgilari saqlanib qoladi. Masalan, o'zbek tilida yot-yod oppozitsiyasida so'z oxirida t-d o'rtasidagi jarangli-jarangsizlik belgisi yo'qoladi, boshqa umumiy belgilar (til oldi, portlovchi) saqlanib qoladi. N.S.Trubetskoy o'zining fonologik nazariyalari orqali jahon tilshunosligida munosib o'rin egallgan va katta hissa qo'shgan.
Bugungi kunda fonetik va fonologik aspektda material va funksional jihatdan o'zgarish munozarali masala bo'lmay qoldi. Ammo fonetika fonologiyaning bir-biri bilan bog'liqligi ularning birinchisi aniq, ikkinchisi mavhum tushuncha ekanligini alohida ta'kidlamoq lozim. An'anaviy tilshunosligimizda fonetikaga doir tadqiqotlarda fonologik aspekt yoritilmayotganligi muammoli masala bo'lib qolmoqda. Aslida fonetik aspektda fonologiyaning o'rganilishi natijasida fonologiyaning tildagi xizmati va funksional aspekt bilan bog'lanishini asoslab bera oladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Абдуазизов A. Узбек тили фонологияси ва морфонологияси . — Тошкент: Уневерситет, 2010.
2. Max,мудов Узбек тилининг тарихий фонетикаси, — Тошкент: Ижод нашриёт уйи, 2006.
INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES
ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
3. Неъматов X,. Узбек тили тарихий фонетикаси, — Тошкент: Ук;итувчи,
1992.
4. Нурмонов А. Танланган асарлар 1-жилд. — Тошкент. 2012.
5. Щчерба Л.В. Русские гласные в качественном и количественном отношении. - СПб, 1912.
6. Трубецкой Н.С. Основы фонологии. - М., 1960.