FOLKLOR-ETNOGRAFIK JAMOALARINI TASHKIL ETISHNING O'ZIGA
XOS XUSUSIYATLARI
Asatillo Sunnatillayev Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati instituti
Annotatsiya: Ushbu maqolada folklor-etnografik jamoalarining tarixiy taraqqiyot bosqichlari, folklor-etnografik jamoalarini tashkil etishning o'ziga xos xususiyatlari, folklor ijrochilik san'ati tarixi va bu jarayonda jonbozlik ko'rsatgan inson, folklor san'atining fidoiysi Saodat Yo'ldoshevaning ilmiy-ijodiy faoliyati ilmiy tahlil etilgan.
Kalit so'zlar: folklor-etnografik jamoalar, folklor san'ati, xalq ijodiyoti, ma'naviyat, qadriyat, xalq qo'shiqlari, tarix
SPECIFIC CHARACTERISTICS OF THE ORGANIZATION OF FOLKLORE AND ETHNOGRAPHIC COMMUNITIES
Asatillo Sunnatillayev Uzbek National Music Art Institute named after Yunus Rajabi
Abstract: In this article, the stages of historical development of folklore-ethnographic communities, the specific features of the organization of folklore-ethnographic communities, the history of folklore performance art, and the scientific research of Saodat Yoldosheva, a person who showed courage in this process, a devotee of folklore art. creative activity is analyzed.
Keywords: folklore-ethnographic communities, folklore art, folk art, spirituality, value, folk songs, history
Bugungi kunda folklor san'atining serjilo chamanlari gurkirab rivojlanib, xalqimizning milliy ongi, milliy g'ururi, milliy iftixori, ma'naviy dunyosi kundan-kunga boyib bormoqda. Milliy ruh, milliy g'ururning tiklanishi bu - rivojlanish bilan bog'liq bo'lgan tabiiy jarayondir. Xalqona ruh, betakror samimiyati va qadimiy madaniyatimizning go'zalligini namoyon etuvchi folklor chinakam ma'naviy xazina, tuganmas buloq singari asrlar davomida xalqimiz ma'naviyatini boyitib, ongu tafakkuri va his-tuyg'ularini teranlashtirib kelgan. Folklor san'ati an'analarini yanada rivojlantirib, ularni yosh avlod turmush tarziga singdirib borish shu jarayonning muhim qirrasidir.
Ijodiy jamoalar shaxsni ijodiy rivojlantirish va tarbiyalashda katta imkoniyatlar ega bo'lib milliy va jahon madaniyatining ijodiy merosini asrab, targ'ib qiladi.
I icOE^^^^HI 374 http://oac.dsmi-qf.uz
Aslida, yangi g'oyalar, san'at sohasida aholiga madaniy xizmat ko'rsatadigan har qanday jamoani ijodiy jamoa deb hisoblash mumkin.
Jamoa - umumiy maqsadlari, ijtimoiy manfaatlari qadriyatlarga yo'nalgan birgalikdagi faoliyati, majburiyat va bog'lik munosabatlarga ko'ra birlashgan kishilarning tashkiliy guruhi [3, 118 b.].
Ijodiy jamoa - umumiy ijodiy maqsadlari, manfaatlari, qadriyatlarga yo'nalgan, majburiyat va bog'liqlik munosabatlari, birgalikdagi ijodiy faoliyatiga ko'ra san'at sohasida birlashgan kishilarning tashkiliy guruhi [3, 118 b.].
Folklor asarlarini jamoa bo'lib ijro etish an'anasi ham uzoq tarixga ega. uzoq o'tmishda guruh-guruh bo'lib xalq sayllarida, ommaviy bayramlarda turli-tuman tomoshalar ko'rsatgan xalq qiziqchilari, qo'g'irchoqbozlar, dorbozlar, raqqos va honandalarning ijodiy uyushmalarini folklor-etnografik ansamblining o'ziga hos namunalari deyish mumkin. Chunki folklor asarlarini ommaviy ravishda ijro etuvchilarning aksariyati professional bo'lmay, balki havaskor ijrochilar bo'lib, ularning repertuari ham sof xalqonadir.
XX asrning 1920-yillarida Muhiddin Qoriyoqubov va Tamaraxonimlarning bevosita tashabbusi hamda boshchiligida o'zbek etnografik ansambli va mashhur "Ko'k ko'ylak" ansambli tuzildi. Bu ijodiy ansambl an'anaviy folklorni sahnaga ko'chirgan ilk folklor-etnografik ansambllari hisoblanadi. 1920-yillarda tuzilgan ansambllar hamda 1950-yillarda Urgut shahrida tashkil topgan "Beshqarsak" erkaklar folklor ansambli o'zining ishtirokchilari tarkibiga hamda repertuarida jamlangan qo'-shiqlariga ko'ra rosmana hozirgi folklor-etnografik jamoasi ko'rinishini olgandi. Binobarin, 1920-yillarda tuzilgan ijodiy jamoa ishtirokchilarining aksariyati professional ijrochi bo'lmagan, ammo vaqt o'tib, ularning ko'pchiligi o'zbek milliy san'atining yetakchi namoyondalari bo'lib yetishdi [1, 175 b].
1930-1940 yillarga kelib respublikamiz ijtimoiy-siyosiy hayotida yuz bergan o'zgarishlar tufayli folklor-etnografik jamoalarining faoliyati ma'lum darajada susaydi. Bunga sabab, bir tomondan, jamoalarning ish faoliyati davomida ular ishtirokchilari bo'lgan ko'pgina itse'dodlar o'z mahoratlarini oshira borib, professional san'atkor bo'lib yetishdilar [1, 175 b]. Professional san'atning izchil rivojlanishi natijasi o'laroq, etnografik jamoalarga ma'naviy ehtiyoj kamayganday bo'ldi. Boshqa tomondan, bu yillardagi vaziyat shunday murakkab ediki, ajdodlarimizning badiiy tafakkuri va etsetik qarashlari bilan bog'liq har qanday an'anaga eskilik tamg'asi bosilib chetga surib qo'yilar yoki hukmron mafkura tazyiqi otsida qatag'on qilinardi. O'zbek folklorining ajoyib durdonalari bo'lmish "Alpomish", "Go'ro'g'li" singari yirik xalq dostonlarini esa o'tmish an'analarini targ'ib qiluvchi asarlar sifatida baholashga urinishlar bo'ldi. Xalq qo'shiqlaridagi mungli ohanglar, dardchil satrlar, sevgi-muhabbat mavzusidagi xalq qo'shiqlari "farovon zamon" ruhiga mos emas, deb taqiqlandi.
I icclT^^^^H 875 http://oac.dsmi-qf.uz
Xalq qalbidan otilib chiqqan quyidagi dardchil:
Oh ururman, oh ururman,
Ohlarim tutgay seni.
Ko 'z yoshim daryo bo 'lib,
Baliqlari yutgay seni [1, 175 b]- satrlaridan tushkunlik ruhi izlandi. Buning o'rniga "Xalqlar otasi" deb ulug'langan "dohiylar" haqida soxta, sun'iy qo'shiqlar to'qildi.
"Turg'unlik davri" deb atalmish 1960-1970 yillarda deyarli barcha sohalarda "mustaqillik", "xalq talantlarini asrash" haqida ayyuhannos solindi-yu, aslida milliy ma'naviyatimiz va san'atimizga mafkuraviy zug'um o'tkazish avjida edi [1, 175 b].
Folklor san'ati musiqa bilan chambarchas bog'lanib ketgan. Bu an'ana hozirgi kungacha ham davom etib kelmoqda. Shu sababdan, bugungi kunda respublikamizda xalq badiiy ijodiyotining eng rivojlangan turi folklor-etnografik jamoalari madaniy hayotimizda oldingi o'rinlarda turadi. Shu o'rinda viloyatlardagi jamaolarning ijodiy faoliyatlariga to'xtalib o'tsak. XX asming 60- yillaridan boshlab respublikamizning barcha viloyatlaridagi tumanlarda bir emas, bir nechtalab folklor-etnografik jamoalar gurkirab o'sa boshladi. Joylardagi faoliyat yuritayotgan ilg'or madaniyat xodimlari bo'lgan xonandalar, sozandalar, raqqosalarga uslubiy va amaliy yordam berish uchun poytaxtdan malakali mutaxassislar, bastakorlar, baletmeysterlar taklif qilingan. Ular yangi ansambllarni tashkil qilishda, repertuarlarini boyitishda o'z hissalarini qo'shganlar.
Ular yangi jamoalarni tashkil etishda va repertuarlarini boyitishda o'z hissalarini qo'shdilar. Ular orasida Tamara Toshboeva, Saodat Yo'ldoshevalarni alohida ta'kidlash lozim. Ushbu fidoyi insonlar sa'yi-harakati bilan joylarda bir nechta folklor-etnografik jamoalar tashkil etildi.
Aytish o'rinliki, folklor hamma zamon va hamma tuzumlarda ham xalq qalbining oynasi bo'lib kelgan. Shunday ekan, xalqning asrlar mobaynida qalb to'rida saqlab kelgan ijod namunalari, badiiy so'z durdonalari ma'naviyatimizni boyitish uchun suv va havodek zarur. Binobarin, folklor asarining xalqona mohiyatini inkor etish ma'naviyatdan mahrum bo'lish bilan teng.
1980-yillarga kelib folklor-etnografik jamoalari faoliyatining qayta tiklanishi madaniy hayotimizdagi tahsinga sazovor ijtimoiy hodisa bo'ldi. Jamoalar o'z ishlarini yana qayta boshlashlari an'anaviy folklor taraqqiyotida alohida bosqich sifatida muhimdir. Oradan sal vaqt o'tmay, respublikamizda bunday jamoalarning soni 200 taga yetdi. Ammo bu madaniy hodisa ilmiy asosda o'rganilmay qolaverdi [1, 175 b]. Ularning tashkil etilish tarixi yoritilmadi. Shu bilan bog'liq holda jamoalar uchun zaruriy amaliy qo'llanma va uslubiy tavsiyanomalar ham kam yaratilgandi. Binobarin, bunday jamoalar repertuarining badiiyati va janr jihatdan rang-barang bo'lishi uchun, shuningdek, borlarini qayta tiklash va yangi folklor-etnografik jamoalarini tashkil
I icclT^^^^H 876 http://oac.dsmi-qf.uz
qilishga bel bog'lagan madaniyatimiz jonkuyarlari uchun maslahat, tavsiyalar beradigan qo'llanmalar bo'lishi zarurligini hayotning o'zi talab etmoqda. Ta'kidlash lozimki, ko'pgina folklor-etnografik jamoalari rahbarlarining ma'naviy olami va bilim doirasini kengaytirish, ularni zamon ruhiga moslab tarbiyalash muhim ahamiyatga ega. Bu sohada ularga ilmiy va amaliy yordam berish davr talabidir. Shuning uchun ham folklor-etnografik jamoalarining 80-yillar boshida yana paydo bo'lishi madaniy hayotimizda g'oyat tahsinga sazovor ijtimoiy hodisa bo'ladi. Bu jamoalarning paydo bo'lishi an'anaviy folklorning taraqqiyotida alohida bosqich sifatida muhim ahamiyatga ega.
O'zbek xalq og'zaki badiiy ijodiyotining bugungi holati va taraqqiyotiga nazar soladigan bo'lsak, unda ko'plab fidoyi folklorshunos olimlar, madaniy-ma'rifiy muassasalarning xodimlari, folklor durdonalarini o'z tafakkur bo'stonida saqlab, rivojlantirib kelayotgan chechan ijrochilarning o'rni yaqqol ko'zga tashlanadi. Bu o'rinda folklor san'atining eng yaxshi an'analarini ko'z qorachig'iday asrashdek sharafli, ezgu va o'ta mas'uliyatli sohada uzoq yillar mehnat qilgan iqtidorli olimalarimizdan biri, filologiya fanlari nomzodi, professor, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiysi Saodat Nazirovna Yo'ldoshevaning xizmatlarini alohida ta'kidlash lozim bo'ladi [5, 36 b].
Olimaning faol sa'y-harakatlari tufayli O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutida mamlakatimiz tarixida ilk bora folklor yo'nalishi ta'lim tizimiga olib kirildi va "Folklor va etnografiya" kafedrasi, "Folklor-etnografik jamoalariga rahbarlik" bo'limi tashkil etildi [5, 6 b]. Darhaqiqat, xalq ijodining o'ziga xos jihatlarini chuqur o'rganish, milliy qadriyat namunalarining tub ildizlariga qiziqish Saodat Yo'ldoshevani xalq og'zaki ijodini yanada rivojlantirishga yetakladi. U folklor asarlarini tinmay o'rgandi, vohalar bo'yicha o'ziga xos xususiyatlarga egaligini, ayniqsa, bu borada folklor-etnografik jamoalarning beqiyos o'rnini asoslashga harakat qildi [5, 6 b].
Mustaqillik yillarida, O'zbekiston hududidagi xalq qo'shiqlari va raqslari repertuarlari asosida ish ko'radigan milliy musiqa havaskorlik to'garaklari paydo bo'la boshladi. Bu davrda milliy musiqa an'analari yo'llari o'zlashtirilib, ularni xalq ommasi orasida targ'ib etuvchi o'ziga xos havaskorlik folklor-etnografik jamoalari maydonga keldi. Ularning soni yildan yilga o'sib bordi. Ular orasida bir qanchalari "Xalq havaskorlik jamoasi" unvoniga sazovor bo'ldi. "Xalq havaskorlik jamoasi" unvoniga muyassar bo'lgan jamoalarning aksariyati xalq san'ati an'analarini rivojlantirish hamda professional musiqa tajribalarini o'zlashtirishda muhim yutuqlarni qo'lga kiritdi, ijodiy tajriba orttirdi va jamoatchilik e'tiborini qozondi.
Saodat Yo'ldosheva birinchilardan bo'lib mamlakatimizda folklor-etnografik jamoalarning tashkil topishi va ularning repertuari xususiyatlarini o'rganishga kirishgan olimadir. U o'z maqola va kitoblarida yigirmadan ortiq folklor-etnografik
I ibiSi^^Bl ^77 http://oac.dsmi-qf.uz
jamoalarining ijrochilik san'ati, repertuari, kiyim-kechaklari, taqinchoqlari va hatto cholg'u asboblaridagi o'ziga xosliklarni tavsiflab berdi, ular ijrosidagi namunalar matnlarini yozib oldi va e'lon qildi. Xarakterli tomoni shundaki, olima har bir jamoa o'zi tashkil topgan hudud aholisining maishiy va folklor hayoti, estetik didi, urf-odatlari bilan mahkam bag'liqligini, ularning repertuari ana shu hayot tarzini ifodasi yanlig' shakllanganligini tahlilar asosida isbotladi [5, 6 b].
Mustaqillikning dastlabki yillarida Navro'z bayramining asosiy tantanalarida Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlarning folklor jamoalari o'z hududlariga xos tomosha dasturlari bilan ishtirok etishlari uchun har bir viloyatning birinchi rahbari, hokim mas'ulligida tayyorgarlik ko'rilib, zarur mablag', mehmonxona va transport vositalari ajratilar edi. Ana shu sa'yi-harakatlarning natijasi bois Qoraqalpog'iston Respublikasining "Bes perde", Samarqand viloyati Bulung'ur tumanidagi "Chavqi", Surxondaryo viloyati Sho'rchi tumanidagi "Bulbuligo'yo", Qashqadaryo viloyatining "Rizvongul", Buxoro shahridagi "Mohi sitora", Sirdaryo viloyati Guliston tumanidagi "Sayhun yigitlari", Jizzax viloyati Zomin tumanidagi "Zomin sayqali", Navoiy viloyati Nurota tumanining "Nurjahon", Farg'ona viloyatining Qo'qon shahridagi "Qo'qon yor-yori", "Omon yor", Toshkent viloyatining "To'rg'ay", "Qurama", Toshkent shahrining "Gavhar", "Durdona", "O'zbekoyim" va boshqa ko'plab folklor-etnografik xalq jamoalari poytaxtimizda bo'lib o'tadigan Navro'z umumxalq bayramida ishtirok etib, o'zlarining jozibador chiqishlari bilan nafaqat yurtimiz aholisi, balki ko'plab xorijiy davlatlar vakillarining ham olqishlariga sazovor bo'ldilar.
Istiqlol yillarida o'zbek milliy folklor ijrochilik san'ati, etnomadaniy qadriyatlari, folklor-etnografik jamoalarining rivojlanish va tarixiy taraqqiyot bosqichlari, jamoalarning repertuari, ijrochilik mahorati bo'yicha soha mutaxassislari, folklorshunos olimlar tomonidan ilmiy izlanishlar olib borildi.
Ta'kidlash lozimki, ko'pgina folklor-etnografik jamoalari rahbarlarining ma'naviy olami va bilim doirasini kengaytirish, ularni zamon ruhiga moslab tarbiyalash muhim ahamiyatga ega. Bu sohada ularga ilmiy va amaliy yordam berish davr talabidir. Shuning uchun ham folklor-etnografik jamoalarining 80-yillar boshida yana paydo bo'lishi madaniy hayotimizda g'oyat tahsinga sazovor ijtimoiy hodisa bo'ladi. Bu jamoalarning paydo bo'lishi an'anaviy folklorning taraqqiyotida alohida bosqich sifatida muhim ahamiyatga ega.
Binobarin, bunday jamoalar repertuarining badiiyati va janriy turlanishlaridan tortib yangidan folklor-etnografik datsalarni tashkil qilishga bel bog'lagan madaniyatimiz jonkuyarlari uchun maslahat, tavsiya beradigan qo'llanmalar bo'lishi zarurligini hayotning o'zi talab etmoqda. Bu o'rinda shuni ham ta'kidlamoq lozimki, ko'pgina folklor-etnografik jamoalari rahbarlarining ma'naviy olami va bilim doirasini kengaytirish, ularni zamon ruhiga moslab tarbiyalash muhim ahamiyatga egadir. Binobarin, bu sohada ularga ilmiy va amaliy yordam berish davr talabidir.
I ihSi^^Bl http://oac.dsmi-qf.uz
Ajdodlar merosining nodir namunalarini kelajak avlodga yetkazishda folklor-etnografik jamoalari barakali va xayrli ijod etib, o'z ijodlarini turfa xil ko'rinishlarda namoyon qilib folklor san'atini rivojlantirishga katta hissa qo'shmoqdalar. O'zbek san'atini yoshlar shuuriga singdirishda faol mehnat qilayotgan jamoalar dasturini o'rganish uni takomillashtirish "Folklor va etnografiya" ta'lim yo'nalishi talabalari oldida turgan muhim vazifalardan biridir. Bu jarayonda "Folklor va etnografiya" ta'lim yo'nalishi talabalari milliy qadriyat va an'analarini rivojlantirishda nazariy va amaliy jihatdan malakaviy bilimga ega bo'lmoqlari zarur hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Yo'ldosheva S.N. Folklor-etnografik jamoalar uslubiyoti. O'quv qo'llanma. T.: "Navro'z" nashriyoti, - 2014.
2. Shukurov J.T. Badiiy jamoalar bilan ishlash uslubiyoti. Darslik. Toshkent-2020..
3. Yusupaliyeva D., Xudoyberganova G., Madaniy-ma'rifiy muassasalarda ijodiy jamoalar bilan ishlash uslubiyoti. T.: "Navro'z" nashriyoti, - 2014.
4. Qosimov N. Folklor musiqa ijrochiligi. O'quv qo'llanma.- T.: "Talqin" nashriyoti,-2008.
5. Mas'ul muharir: B.Sayfullayev. Folklor san'atining fidoyisi. Ilmiy maqolalar to'plami. T:, Navruz - 2017.
879
http://oac.dsmi-qf.uz