Научная статья на тему 'BADIIY HAVASKORLIK JAMOLARI FAOLIYATIGA NAZAR'

BADIIY HAVASKORLIK JAMOLARI FAOLIYATIGA NAZAR Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
875
90
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Badiiy havaskorlik / ijodiy jamoalar / xalq va namunali bolalar jamoalari / ijodiy faoliyat / badiiy rahbar

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — E’zoza Nuriddin Qizi Karimova, Moʻminmirzo Zokir Oʻgʻli Xolmoʻminov

Ushbu maqolada o‘zbek milliy madaniyatini rivojlantirishda oʻziga xos ahamiyat kasb etadigan badiiy havaskorlik jamoalarining faoliyatiga toʻxtalib o‘tib, ularning ijodini yanada yuksaltirishga qaratilayotgan bugungi kundagi amalga oshirayotgan qator islohotlar yoritilgan. Shuningdek badiiy havaskorlik jamoalarining baʼzilari bilan bevosita tanishib chiqilgan holda fikr va mulohazalar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BADIIY HAVASKORLIK JAMOLARI FAOLIYATIGA NAZAR»

BADIIY HAVASKORLIK JAMOLARI FAOLIYATIGA NAZAR

E'zoza Nuriddin qizi Karimova Ilmiy rahbar: Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov mominmirzoxolmominov@gmail .com

Annotasiya: Ushbu maqolada o'zbek milliy madaniyatini rivojlantirishda o'ziga xos ahamiyat kasb etadigan badiiy havaskorlik jamoalarining faoliyatiga to'xtalib o'tib, ularning ijodini yanada yuksaltirishga qaratilayotgan bugungi kundagi amalga oshirayotgan qator islohotlar yoritilgan. Shuningdek badiiy havaskorlik jamoalarining ba'zilari bilan bevosita tanishib chiqilgan holda fikr va mulohazalar keltirilgan.

Kalit so'zlar: Badiiy havaskorlik, ijodiy jamoalar, xalq va namunali bolalar jamoalari, ijodiy faoliyat, badiiy rahbar.

A VIEW OF THE ACTIVITY OF ARTISTIC SOCIETIES

E'zoza Nuriddin kizi Karimova Supervisor: Mominmirzo Zokir oglu Kholmuminov [email protected]

Abstract: This article focuses on the activities of artistic amateur groups, which are of special importance in the development of Uzbek national culture, and highlights a number of reforms that are being implemented today, aimed at further improving their creativity. Also, opinions and comments are presented after getting to know some of the artistic amateur groups directly.

Keywords: Artistic hobby, creative teams, folk and exemplary children's teams, creative activity, artistic director.

Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan qator islohotlar orasida aynan madaniyat va san'at sohasini rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor masalasi sifatida e'tirof etilib, bu borada uzluksiz ravishda yangilanishlar, ta'bir joiz bo'lsa rivojlanishlar kuzatilmoqda. Har qanday xalq, millat bor ekan, albatta uning o'ziga xos mentaliteti, urf-odatlari va an'analari mavjud bo'ladi. Butun dunyoda "Ommaviy madaniyat" xavf solib turgan bir vaziyatda xalqlarning o'z milliy madaniyatlarini saqlab qolishi va rivojlantirishi qiyin masala bo'lib turibdi nazarimda. O'zbek xalqi ham butun dunyoda o'zining beqiyos madaniyati va san'ati, urf-odat va an'analari bilan ma'lum va mashhur. Shiddat bilan rivojlanib borayotgan va butun hayotimizni sovuq robot va texnikalar egallab olayotgan ayni XXI asr sharoitida dunyo nigohi o'z madaniyatini va qadim an'analarini saqlab qolgan O'zbekiston kabi serquyosh

I ibiSi^^Bl ^57 http://oac.dsmi-qf.uz

o'lkaga qaratilmoqda. Bugun respublikamizda betakror milliy madaniyatimizni rivojlantirishda o'ziga xos ahamiyatga ega bo'lgan qator omillarni sanashimiz mumkin. Ular orasida ko'plab insonlarni birlashtirishga xizmat qilayotgan, milliy madaniyatimiz rivojiga salmoqli hissa qo'shayotgan badiiy havaskorlik jamoalarini ham ta'kidlab o'tish joizki, ularning bugungi kundagi faoliyatidan asosiy maqsad shonli tariximizdan meros an'analarimiz, madaniyat va san'atimizni saqlab qolish, el orasida targ'ib qilish va kerak bo'lsa, kelajak avlodga yetkazish desak ayni haqiqatni aytgan bo'lamiz. Badiiy havaskorlik - yakka jamoa bo'lib ishlanadigan, ishdan ajralgan holda mashg'ulotlar, to'garaklar ijod qilinadigan xalq ijodiyotining shakllari [1:6]. Badiiy havaskorlik jamoalariga ashula va raqs ansambllarini, shuningdek, folklor-etnografiya ansambllari, raqs ansambllari, vokal, cholg'u-estrada ansambllari, sirk jamoalari, dorbozlar guruhi, xalq filarmoniyalari, karnay va surnay jamoalari, xalq hunarmandchiligi, naqqoshlik studiyasi, tasviriy san'at studiyasi, cholg'u asboblari jamoalari, milliy estrada guruhlari, qiziqchilik guruhlari kabilarni misol qilish mumkin. Bu kabi jamoalar uchun Madaniyat vazirligi tomonidan ta'sis etilgan "Xalq havaskorlik jamoasi" va bolalar jamoalari uchun "Bolalar namunali jamoasi" unvonlari aholi orasida havaskorlik san'atiga bo'lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qilmoqda va ular orasidan yetishib chiqayotgan yosh san'atkorlar esa professional san'atkor bo'lib yetishmoqda.

Badiiy havaskorlik jamoalari faoliyatiga to'xtalib o'tar ekanmiz respublikamizda faoliyat yuritayotgan jamoalar statistikasiga ham to'xtalib o'tsak ayni muddao bo'ladi. Bugungi kunda respublikamizda 7 yoshdan 70 yoshgacha bo'lgan aholining bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga, estetik talablarini qondirish va milliy madaniyatimizga mehr ruhida tarbiyalashga xizmat qilishga qaratilgan 597 ta badiiy havaskorlik jamoalari mavjud. Ularda mavjud shtat birliklari soni esa qariyb 1500ga yaqin. Ushbu jamoalarga "Xalq havaskorlik jamoasi" hamda "Bolalar namunali jamoasi" unvoni berilgan. Oxirgi ma'lumotlarga qaraganda, 160 ga yaqin ashula va raqs, 170 ga yaqin folklor ansambli, 50 ga yaqin raqs ansambli, 30 ga yaqin maqom ansambli, 30 ga yaqin vokal-cholg'u estrada ansambllari xalqimizga xizmat qilib kelmoqda. Raqamlar miqdori yetarlicha bo'lsa ham, tan olish kerakki, bugungi kunda bu jamoalarning chiqishlari xalqni o'ziga jalb qila olmayapti. Ko'pchiligimiz esa hatto viloyatimiz yoki tumanimizda badiiy havaskorlik jamoalari borligi haqida ham tushunchaga ega emasmiz. Shunga qaramay bir qancha jamoalarning faoliyatini e'tibordan, e'tirofdan chetda qoldirmasligimiz joiz. Masalan, Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi "Boysun" folklor-etnofgrafik jamoasi respublikamiz miqyosida o'tkazilgan tadbirlardan tashqari, Polsha, Fransiya, Buyuk Britaniya kabi 20ga yaqin xorijiy davlatlarda o'z dasturlarini namoyish qilib kelmoqda. Shuningdek, Samarqand viloyatining Urgut tumanidagi "Besh qarsak" folklor-etnofgrafik jamoasi Janubiy Koreya, Germaniya, Ozarbayjon kabi

I [ccñ^^BI 258 http://oac.dsmi-qf.uz

mamlakatlarda noyob nomoddiy-madaniy merosimizni targ'ib qilib keldi. Bulung'ur tumanidagi "Chavqi" folklor-etnofgrafik xalq ansambli, Sirdaryo viloyati Guliston tumanidagi "Sayxun yigitlari", Toshkent viloyati Oqqo'rg'on tumanidagi "To'rg'ay", Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanidagi "Momogul" folklor-etnofgrafik xalq ansambllari ham bir nechta davlatlarda ijodiy safarlarda bo'lib, millatimizning beqiyos an'analarini dunyoga yoyishda o'z hissalarini qo'shib kelishdi.[2:8] San'at ahlining ta'sir kuchi hamma davrda ham yuqori bo'lgani barchamizga ma'lum. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 2017-yil 3-avgustda mamlakatimiz ijodkor ziyolilari bilan tashkil etilgan uchrashuvda ham xalqimizning ma'naviy kamolotini yuksaltirishda soha vakillarining xizmati beqiyos ekanligiga urg'u berildi. "Azal-azaldan xalq ijod ahliga katta ishonch bilan qarashi ma'lum" - deb ta'kidladi Prezidentimiz uchrashuvda. "Millionlab odamlarning e'tiborida bo'lgan madaniyat, adabiyot va san'at degan muqaddas dargohga qadam qo'ygan har bir ijodkor avvalo o'z xalqining qalbiga quloq solib uning dardiga darmon bo'lishga intiladi. Sizlarni barchangizni men o'z ijodiy faoliyati bilan mana shunday hayotiy e'tiqodga umrbod amal qilib kelayotgan fidoyi insonlar deb bilaman. Va men ishonaman nasib etsa hava qilsa arziydigan buyuk kelajagimiz, buyuk adabiyotimiz va san'atimiz bo'ladi" -degan so'zlardan esa davlat rahbarining soha vakillariga bo'lgan yuksak ishonchni bilishimiz mumkin va albatta bu ularga katta motivatsiya bo'lishi tabiiy. Albatta har qanday ijodiy faoliyat o'ziga xos qobiliyat va ishtiyoq talab qiladi. Uni kimdir yoshlikdan shakllantiradi, kimdir esa yo'q. Ba'zilarda esa san'atga bo'lgan qobiliyat va ishtiyoq keksayguncha yashirin holda saqlanadi. Badiiy havaskorlik jamoalari tarkibi ham asosan ana shunday havaskor kishilardan iborat holda tashkil qilinadi va badiiy rahbar tomonidan yanada takomil holga keltiriladi. Va albatta, ijodiy faoliyatni rejalashtirish, tashkil etish va boshqarishni to'g'ri yo'lga qo'yish hamda amaliyotda ijroni taminlashga erishish uchun mas'ul bo'lgan xodimdan, mutaxassis yoki boshqaruvchi rahbardan talab etiladigan o'ziga xos xususiyatlar bo'ladi [3:10]. Badiiy havaskorlik jamoalari faoliyati bilan tanishish juda qiziqarli jarayon bo'lib, bevosita kuzatish ayniqsa maroqlidir. Chunki boshqa-boshqa soha vakillarining bir jamoada bo'lishi va san'at uchun yonib kuyishi, birdamlikda ijod qilishi ham murakkab, ham qiziqarli hamda zavqli jarayondir. Respublikamizda faoliyat ko'rsatayotgan badiiy havaskorlik jamoalari orasida o'z ijod namunalari bilan ajralib turadigan bir qator jamoalar ham borki, ularni misol qilib keltirishimiz ayni muddao bo'ladi. Ulardan biri Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi Shahrisabz shahar madaniyat markazi qoshida tashkil etilgan Qori Zokir Sodiqov nomidagi xalq teatr jamoasi bo'lib, uning tarixi o'tgan asrning 20-yillariga borib taqaladi. Ko'p yillar davomida o'z faoliyatini to'xtatmasdan, barakali ijod qilib kelayotgan ushbu jamoaga bugungi kunda tajribali rejissyor, dramaturg Sabur Yadgarov rahbarlik qilib kelmoqda. "Bugungi texnika asrida - deydi ustoz Sabur Yadgarov, - yoshlarning

I îhSi^^Bl 259 http://oac.dsmi-qf.uz

san'at sohasiga qiziqishlari katta, ammo ularning ota-onalari, atrof muhit va jamiyat ta'sirida hayollarida ma'lum kasbni faqat moliyaviy taraflama qarash orqaligina tanlashyapti, oxir oqibatda esa ularda mavjud iste'dod ham yashirin holda saqlanib qolmoqda. Biz ana shunday aholini o'zimizga chorlaymiz, ularni bir jamoada birlashtiramiz" Darhaqiqat jamoaning shu kunlarda xalqqa taqdim etayotgan ijod namunalari haqiqatan maqtovga arzigulik va professional darajada desak ham bo'ladi. Tarixdan hozirga qadar Shahrisabz vohasida teatr san'ati yo'lida fidokorona xizmat qilib kelayotgan ushbu teatr keyingi yillarda yana avvalgidek o'z so'zini aytishga bel bog'lab repertuarini ketma-ket yangi, muvaffaqiyatli, yashovchan spektakllar bilan boyitmoqda. Bular - kattalar uchun "Dadajonisi, kechiring" (A.Rahmatov asari), "Uylanish" (S.Yadgarov asari); bolalar uchun - "Sportchi quyon" (S.Yadgarov asari), "O'jar o'rdakcha" (S.Yadgarov asari) spektakllari bo'lsa, yaqinda premyerasi jamoatchilik tomonidan yuksak e'tirof etilgan A.P.Chexovning "Oqqush qo'shig'i" (ikkinchi nomi "Kalxas") asaridir. Ushbu kichik dramatik etyud shaklida yozilgan bu mumtoz asar bir qarashda unchalik katta spektaklga aylanmasligi kerak edi, lekin Sabur Yadgarovning rejissorcha talqini tufayli to'laqonli bir pardali zalvorli asarga aylangan.

Madaniyat va san'at xodimlari sifatida eng avvalo biz o'zimiz milliy madaniyatimizni yuksaltirish yo'lida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarni ma'no mazmunini anglab yetmog'imiz joiz deb bilaman. Chunki san'atning qaysi sohasiga nazar tashlamaylik, qadim an'analarimiz asosida vujudga kelganligini guvohi bo'lamiz. Bizgacha yetib kelgan milliy madaniyatimiz, an'ana va qadriyatlarimizning uzoq yillar barhayot bo'lishi, kelajak avlodlarga o'z holida yetkazish kabi vazifalar bizga o'ziga xos ma'suliyat yuklaydi. Maqolada tilga olingan badiiy havaskorlik jamoalari xususidagi fikrlar, ma'lumotlar ham aynan soha rivoji uchun hissa qo'shsa ajabmas. Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan qonunlar soha mutaxassislarini xursand qilmay qo'ymaydi albatta. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yilgi 588-sonli qarorida badiiy ijod, shu jumladan, teatr, musiqa, xoreografiya, estrada, sirk va xalq amaliy san'atini yanada rivojlantirishni rag'batlantirish, xalqimiz tarixi va bugungi hayotining eng yorqin sahifalarini, mamlakatimizning erkin demokratik taraqqiyotini aks ettiruvchi asarlar yaratishda ijodiy jamoalarga har tomonlama yordam berish, shuningdek, madaniyat markazlarida xalq badiiy havaskorlik va ijrochilik san'atini rivojlantirishga, ularning shakl va usullarini takomillashtirishga ko'maklashish O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi zimmasiga yuklatilgan bo'lib, shu kungacha soha yuzasidan vazirlik tizimida ham qator ishlar olib borilmoqda. Endilikda badiiy havaskorlik jamoalarining faoliyati faqatgina madaniyat markazlari bilangina emas, balki xalq ta'limi vazirligi tizimidagi umumiy o'rta ta'lim maktablarida ham joriy qilish ko'zda tutilmoqda. Darhaqiqat, O'zbekiston

I icclT^^^^H 260 http://oac.dsmi-qf.uz

Respublikasi Prezidentining 2021-yildagi F-22 sonli farmoyishida ham maktablarda, ulaming joylashgan hududi hamda o'quvchilarning qiziqishlariga qarab baxshichilik, maqom, estrada, teatr, rassomchilik yo'nalishlarida to'garaklar va badiiy havaskorlik jamoalarini tashkil etish belgilab qo'yilgan. 2022-2023-yillarda O'zbekiston Respublikasida Milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish bo'yich tuzilgan "Yo'l xaritasi"da esa mahalliy byudjet mablag'lari, homiylik xayriyalari hisobidan mahallalarda, maktablarda hamda madaniyat va san'at muassasalarida faoliyat yuritayotgan badiiy havaskorlik jamoalarining konsert dasturlarini tashkil qilish belgilab qo'yilgan. Jamoalarni shakllantirish murakkab jarayon bo'lganidek, ularni xalqqa namoyish qilish, ijod jarayonlaridan barchani xabardor qilib borish ham, albatta, o'ziga xos qiyinchiliklar tug'dirishi tabiiy. Mavjud badiiy havaskorlik jamoalarining aksariyati xalqqa ma'lum emas. Bu borada ham bir necha yillardan beri davlatimiz tomonidan chora tadbirlar ko'rilmoqda. O'zbekiston Respublikasining 2021-yildagi "Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to'g'risida"gi qonunida eng yaxshi xalq ijodiyoti jamoalarini viloyatlar, hududlar, respublika bayramlarida, xalqaro bayramlarda, tanlovlarda, festivallarda ishtirok uchun jalb qilish orqali ularni ommalashtirish ko'zda tutilgan edi va bu borada ham qator amaliy ishlarni guvohi bo'lmoqdamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. D.Yusupaliyeva, G. Xudoyberganova. "Madaniy-ma'rifiy muassasalarda ijodiy jamoalar bilan ishlash uslubiyoti". O'quv qo'llanma, - T.: Navro'z nashriyoti 2019y. - 118 bet

2. M.Xolmo'minov. San'at namoyondalariga yuksak ehtirom. "Yangi O'zbekiston" gazetasi. 8 bet

3. Tuychiyeva Z. Ijodiy jamoalar faoliyatini boshqarishning o'ziga xos xususiyatlari. BMI. - Toshkent.:2021 - 72-b.

261

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.