Goibova Nargiza Ziyoxonovna,
Namangan muhandislik texnologiya Instituti "Fizika" kafedrasi assistenti
FIZIKA DARSLARIDA TALABALARNING TEXNIK QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHDA INTERFAOL USULLARNING ORNI VA QO'LLANILISHI
UO'K: 383.22.441 DOI: 10.34920/SO/VOL_2023_ISSUE_10_9
GOIBOVA N.Z. FIZIKA DARSLARIDA TALABALARNING TEXNIK QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHDA INTERFAOL USULLARNING O RNI VA QO LLANILISHI
Ushbu maqolada texnika oliy o'quv yurtlarida fizika fanini o'qitishda talabalarning texnik qobiliyatlarini interfaol usullardan foydalanishning ahamiyati , o'qitish samaradorligini oshirishda muammoli ta'lim, aqliy hujum va keys metodining o'rni va undan dars jarayonida foydalanish afzalliklari yoritib beriladi. Maqola mazmunida oddiy o'qitishga nisbatan interfaol usullardan foydalangan holda o'qitish usulining samaradorligi keng yoritib beriladi.
Tayanch so'z va tushunchalar: texnik qobiliyat, texnologik yondashuv, kasbiy kompetentlik, interfaol usullar, aqliy hujum, muammoli ta'lim, keys metodi, qiziqish darajalari.
ГОИБОВА Н.З. МЕСТО И ПРИМЕНЕНИЕ ИНТЕРАКТИВНЫХ МЕТОДОВ В РАЗВИТИИ ТЕХНИЧЕСКИХ СПОСОБНОСТЙ СТУДЕНТОВ НА ЗАНЯТИЯХ ФИЗИКИ
В данной статье рассматривается важность использования интерактивных методов совершенствования технических навыков студентов при преподавании физики в технических вузах, роль проблемного обучения, мозгового штурма и кейс-метода в повышении эффективности обучения и выделены преимущества его использования в ходе урока. В содержании статьи широко освещается эффективность метода обучения с использованием интерактивных методов по сравнению с обычным обучением.
Ключевые слова и понятия: технические способности, технологический подход, профессиональная компетентность, интерактивные методы, мозговой штурм, проблемное обучение, кейс-метод, уровни интереса.
GOIBOVA N.Z. THE PLACE AND APPLICATION OF INTERACTIVE METHODS IN THE DEVELOPMENT OF STUDENTS' TECHNICAL ABILITIES IN PHYSICS CLASSES
This article discusses the importance of using interactive methods for improving the technical skills of students when teaching physics in technical universities, the role of problem-based learning, brainstorming and the case method in increasing the effectiveness of teaching and highlights the advantages of its use during the lesson. The content of the article widely highlights the effectiveness of the teaching method using interactive methods compared to conventional teaching.
Key words and concepts: technical abilities, technological approach, professional competence, interactive methods, brainstorming, problem-based learning, case method, interest levels.
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 10 (131)
Kirish.
Fizika fani rivojlanishning asosiy omili ekanligi hech kimga sir emas. Xalqaro ta'lim sistemasida fizika faniga alohida e'tibor qaratiladi va u mak-tab davrlaridayoq bir necha bo'limlarga bo'linib, chuqurlashtirib o'qitiladi. Respublikamizda ham fizika fanini o'qitish alohida ahamiyatga ega. Dars davomida amaliy tajribalarning bajarilishi, nazariy masalalarning alohida shaklda ko'rib chiqilishi, fan olimpiadalari tashkil etilishi va fan to'garaklari olib borilishi shular jumlasidandir.
Texnikani taraqqiy etganlik darajasiga qaraydigan bo'lsak 20 asrning ikkinchi yarmi va hozirgi asrimizda rivojlanish va fan va ta'limga e'tibor anchayin ilgarilashganini ochiq aytishimiz kerak. Natijada ixtirolar insoniyat hayotini yengil-latishga va yaxshi sharoitlar yaratilishiga xizmat qimoqda. Har qanday rivojlangan davlatning negi-zida ilm-fan yotadi. Sir emaski buning asosiy qismini aniq fanlar tashkil qiladi. Fizika esa alohida ahamiyatga ega. Shunday ekan bu fanni o'qitishning dol-zarbligini ko'rsatadi.
Respublikamiz oliy ta'lim tizimida mustaqil va erkin fikrlaydigan tashabbuskor, irodali mutaxassis kadrlarni tayyorlashga katta e'tibor bermoqda. Bu borada nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo'lgan tadqiqotlar olib borilmoqda1.
O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonunining yangi tahririda ham oliy ta'lim tizimida yuksak malakali va madaniyatli, mustaqil faoliyat yurita oladigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan kadrlarni tayyorlash asosiy vazifalar-dan etib belgilangan2.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5847-son Farmonida: O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasin-ing oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi jamoatchilik kengashi hamda O'zbekiston oliy ta'lim muassasalari rektorlari kengashi negizida nodavlat notijorat tashkilot shaklidagi Respublika oliy ta'lim kengashini tashkil etish to'g'risidagi taklifiga rozilik berildi. Ushbu vazifalar oliy ta'lim tizimida tadqiqotli
1 O'ktamova Sh. Texnika oliy ta'lim muassasalari talabalarida tadqiqotli kompetensiyani rivojlantirish imkoniyatlari / Ta'lim va innovatsion tadqiqotlar - 2022 yil 1-son. - http://interscience.uz
2 O'zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentyabrdagi
O'RQ-637-sonli «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni. - www.lex.uz
kompetensiyaga ega kadrlar tayyorlashning muhim vazifalari sifatida e'tirof etishimiz mumkin3.
Fizika o'qitish pedagogik jarayon bo'lib, o'qituvchi rahbarligi va boshqaruvida ta'lim oluvchi-larning fizika fani asoslarini egallashi, olingan bil-imlarini hayotda qo'llay bilishi, rivojlangan jamiyat texnikalari bilan muomala qila olish ko'nikmasini egallashiga imkon yaratadi. O'qitish natijasida tala-balarda umumiy politexnik ta'lim, to'g'ri ilmiy dun-yoqarash, insoniylik tuyg'ulari va shu kabilar shak-llanishi kerak. Mahoratli pedagog faqat fan asoslarini yaxshi bilishi va uni o'qitish metodlarini mustah-kam egallash bilan cheklanib qolmay, balki o'qitish jarayoni, talabalarning fanni o'zlashtirishning psix-ologik qonuniyatlarini, amaliy ko'nikma va malaka-lar hosil qilish va uni rivojlantirish, fikrlash qobili-yatini rivojlantirish yo'llarini, o'qitishda shaxs kamo-lotida tarbiyaviy masalalarni hal etishni mukammal bilishi lozim. Shuningdek, o'qituvchi psixologik qonuniyatlarni izchil qo'llay bilishi ham talab etiladi. Talabalarning kamolotida ijtimoiy hayotiy tajriba muhim ahamiyatga ega. Demak, o'qituvchi bu muhim faktorni ham yodda tutishi kerak. Talaban-ing muhit ta'sirida faol o'zgarib borishini tahlil etib borish o'qituvchi faoliyatining samarali bo'lishiga sabab bo'ladi. O'qitish jarayoni uzluksiz ravishda talabaning o'z-o'zini kamolot sari intilishiga va bu borada ijobiy yutuqlarni qo'lga kiritib borishiga xiz-mat qilishi lozim.
Tadqiqot mavzusining dolzarbligi. Ma'lumotlar ko'paygani sari ularni o'quvchi va talabalarga yetkazib berish muammosi ham ortib boraveradi. Belgilangan qisqa vaqt davomida bugungi kundagi eng ahamiyatli ma'lumotlarni tin-glovchiga yetkazib berish, uni tahlil qilish, takomil-lashtirish va qo'llay bilish ko'nikmasini shakllantirish lozim. Albatta bu vazifani uddalash uchun pedagog mohir bo'lishi kerak. Faqatgina avvalgi an'anaviy metod yordamida turli axborotlar maydonida qol-gan tinglovchini dars jarayonida o'tilayotgan mavzu dolzarbligiga ishontirish va tegishli darajaga olib chiqish ancha muammo tug'diradi. Shuning uchun interfaol usullardan foydalangan holda dars jarayo-nini tashkil etish samaradorlikni oshiradi. Hozirda oliy ta'lim faoliyati, undagi dars jarayonlari va talabalarning ma'lumotlarni qabul qilishi hamda dars-dagi faoliyati o'ta muhim hisoblanadi. Darslarn-ing sifati va o'quv jarayoning to'g'ri tashkil etil-
3 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5847-son Farmoni. - www.lex.uz.
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 10 (131)
ganligi ta'limning asosiy masalalaridan biridir. Har bir sohada bo'lgani kabi, fizika fanini o'qitishda o'quvchilarda bilim, ko'nikma va malakalarni shak-llantirish, tizimli va mustahkam bilim berish, man-tiqiy fikrlash va ijodiy qobiliyatni rivojlantirish zamonaviy ta'limning asosiy talabidir. Amaliy tajrib-alarga tayangan holda talabaning darslarda olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash, dars jarayonida har bir talabaning faol ishtirokini ta'minlash, tala-balarda kompetensiyani rivojlantirish fizika va umu-man boshqa fanlarda ham dolzarbdir.
Ta'lim jarayoniga texnologik yondashuv — talabaning bilim o'zlashtirishini qulaylashtirish maqsadida, avvalo, o'quv materialini (axborotni) bir-biri bilan o'zaro bog'liq qismlarga, bo'laklar (o'quv elementlari)ga ajratishni, so'ngra ta'limda mo'ljallangan natijaga erishish uchun bajariladi-gan o'quv-biluv faoliyatini (harakatlarni, amal-larni) ketma-ket, bosqichma-bosqich, izchil amalga oshirishni, loyihalashtirilgan ishlar, amallarning bar-chasini birdek bajarishni talab etadi. Bu, pedagogika fanining qonuniyatlaridan biridir, ta'lim texnologi-yasini qo'llash uchun unga amal qilish zarur1.
Dars jarayonida ta'limning sifatini oshirish maqsadida turli yangi pedagogik texnologiyalardan va didaktik o'yinlardan foydalanish joriy qilinmoqda va bu usul bugungi kunda o'z samarasini yetarli-cha bermoqda. Biroq bir joyda to'xtab qolmasdan yanada zamonaviy va samarali usullardan foydalan-ishni o'quv jarayoniga tatbiq etilsa yanada muvofiq bo'lishi mumkin2.
Muammoning qo'yilishi. Odatda darsni bayon qilishda an'anaviy usullardan foydalaniladi. Biroq bu usul har doim ham kerakli natijani beravermaydi va o'zini oqlamaydi. Texnika oliy o'quv yurti talabalar-ining texnik qobiliyatlarini takomillashtirish ularning kasbiy ko'nikmalarni hosil qilishda, bilim egallashda muhim ahamiyatga ega bo'lib, fizika darslarida ularni takomillashtirish va rivojlantirish uchun turli interfaol metodlardan foydalanish o'rinlidir.
An'anaviy ta'limga nisbatan interfaol usullar orqali tashkil etilgan dars shaklining ustunlik jihati shundaki, qisqa vaqt davomida katta hajmdagi ma'lumotni auditoriya bazaviy bilimiga asoslan-gan holda yetarli va tushunarli holda yetkazib ber-ish mumkin. An'anaviy ta'lim shaklida esa faqat-
1 Ochilov M., Ochilova N. Oliy maktab pedagogikasi. Darslik. - T.: "Aloqachi", 2008.
2 G'oibova N.Z. The importance of teaching the process of energy production in the system of continuing education // European Journal of Molecular & Clinical Medicine,ISSN 2515-8260 Volume 07, Issue 02, 2020. - www.scopus.com
gina bo'r yordamida katta hajmli ma'lumotlarni belgilangan vaqtda yetkazib berish imkonsiz. Interfaol usulda esa talabalarning faol ishtiroki va auditoriyaning qiziqarli muhitini tashkil etilgan holda munozara va muhokamali faol dars jarayo-nini tashkil qilish mumkin. Misol tariqasida shuni aytish mumkinki, elektr jihozlarini ulash usullarini faqat chizma orqali tushuntirgandan ko'ra, ularning ulash usullari haqida talabalarga muhokamali savol tashlansa, bir necha xil javob olish mumkin. Bu esa vaqtdan foydalangan holda bir necha usulni muhokama qilib o'rganish imkonini beradi. Amaliy mashg'ulotlarni ya'ni masalalar yechish darslarini tashkil etishda masalaning bir necha ishlanish usullarini muammoli ta'lim usuli orqali ko'rib chiqish imkoni tug'iladi. Laboratoriya o'quv mashg'ulotini tashkil etishda esa interfaol metodlarning o'rni juda katta. Muammoli ta'lim, keys-stadi, "talaba"treningi metodlari tajriba darslarini tashkil etishda samarali hisoblanadi. Haqiqatdan ham ta'lim tizimida interfaol o'qitish usullarining kiritilishi talaba va pedago-glarga keng imkon yaratadi.
Jumladan:
• katta hajmdagi ma'lumotlarni qisqa vaqt davomida qabul qilish;
• talabalarning dars jarayonida faolligini ta'minlash;
• talabalarni kreativ fikrlashga o'rgatish;
• ma'lumotlar olishni tezlashtirish va mustaqil ishlashga yo'naltirish;
• o'zlashtirmay qoldirilgan ma'lumotlar ustida unumli ishlash.
Odatda tashkil etiladigan an'anaviy dars shak-llaridan farqli o'laroq, interfaol usulda tashkil etilgan darslar davomida talabalarda mustaqil ishlash ko'nikmasi shakllanadi va yangi bilimlar olish salo-hiyatini oshiradi. Texnik qobiliyatni takomillashtirish usullari orqali darslarni tashkil qilish talabalarda kasbiy ko'nikmalarni shakllantiradi. Bundan tashqari dars jarayonida yechimi qiyin bo'lgan masalalarni ham aqliy hujum metodi orqali turli usullarda aniqlash mumkin.
Tadqiqot maqsadi.
Talabalarda texnik qobiliyatlarni interfaol o'qitish usullari orqali takomillashtirib o'qitishda laboratoriya darslari asosiy o'rinni egallaydi. Barcha peda-gogik jarayonlarni tashkil qilishdagi eng muhim masala - talabani dars jarayoniga qiziqtirish va ularning faol ishtirokini ta'minlash. O'qitish jaray-onini tashkil etishda talabani qiziqtirish birinchi o'rinda turadi. Darslarni tashkil etishda talabalarn-
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 10 (131)
ing texnik fikrlashlarini rivojlantirish ularning qobili-yatlarini hisobga olgan holda amalga oshirishni taqozo qiladi. Ta'lim oluvchi darsda o'zi o'rgangan yutug'ini his qilib borishi undagi darsga bo'lgan qiziqishni kuchaytiradi. Natijada o'quvchidagi qiziq-ish kuchayib borib, o'z ustida mustaqil, ilmiy izlanu-vchanlik asosida shug'ullanib boradi. Bu jarayon unda texnik qobiliyatni shakllanishiga sabab bo'ladi va kasbiy mas'uliyatini his qilishni shakllantiradi. An'anaviy dars jarayonida esa o'quvchining dars-dagi faoliyati cheklab qo'yiladi va dars jarayoni tala-baga ma'lumotlar almashish imkonini bermaydi. Tahliliy va munozarali dars metodi qo'llanilganda esa talaba mulohaza yuritadi, fikrlaydi, og'zaki fikrini bayon qiladi, texnik fikrlash rivojlanadi, mustaqil fikrlash shakllanadi va kompetensiya rivojlanadi. Natijada talabada kasbiy mustaqillik ko'nikmasi shakllana boradi. Asosiy maqsad mustaqil fikrlay oladigan, kasbiy jihatdan mustaqil qaror qabul qila oladigan kadr yetishtirish bo'lganligi uchun inter-faol metodlar yordamida pedagogik jarayonni tash-kil etish eng samarali va zamonaviy talablarga javob beradigan dars usuli hisoblanadi.
Tadqiqot metodlari. Zamonaviy o'qitish jarayonida talabaning bilim olishi, kreativ fikrlay olishi, mustaqil qaror qabul qila olishi, ma'lumotlarni mus-taqil tahlil qila olishi asosiy maqsad hisoblanadi. Darslarning qiziqarli bo'lishi talabaning texnik fikr-lashini rivojlantirishga xizmat qiladi. Natijada kasbiy ko'nikmalar takomillashadi. Oliy ta'lim muas-sasalarida moddiy texnik bazalar darslarni yax-shi tashkil etish uchun anchagina qulay. Xonalar axborot-texnologik qurilmalar, laboratoriya jihozlari va kompyuterlar bilan ta'minlangan. Pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanish esa peda-gogning vazifasidir. Interfaol usullardan bir qatorla-rining ahamiyatini o'qitishdagi o'rni va talabalarda texnik fikrlashni rivojlantiruvchi omil sifatida ko'rib chiqsak.
Fizika darslarida talabalarda texnik qobiliyatni shakllantirish maqsadida quyidagi interfaol usul-larni kiritish mumkin:
1. Keys usuli: Talaba o'z qobiliyatini, kuch-g'ayratini ishga solib, uni fikran rivojlantiradi. Natijada o'quv-biluv materiali ancha tez va mukammal o'zlashtiriladi, xotirada uzoq saqlanib, amaliyotda keng qo'llanilishi mumkin. Bu usulda talaba ancha uquvli, professor-o'qituvchi esa yaxshi yo'l- yo'riq ko'rsatuvchiga aylanadi. Keys usuli tajriba va amaliy mashg'ulotlarda keng qo'llanilishi mumkin. Nazariy materialni ishlab chiqish, tahlil qilish, tajriba natijas-ini olish, hisoblash, natijani tahlil qilish va mustah-
kamlash, uning o'zlashtirilishini nazorat qilish uchun bu usuldan foydalaniladi. U an'anaviy so'rovlar o'rnini bosib, nafaqat javob berayotgan talaba, balki barcha guruh a'zolarining fikrlash jarayonini faol-lashtiradi.
An'anaviy usuldan keys usulining samarali tomoni shundaki:
- talabalarda tinglay olish ko'nikmasi shakllanadi;
- axborotni tahlil qilishga erishiladi;
- ijodkorlik qobiliyati shakllanadi.
2. Aqliy hujum usulida o'quv mashg'ulotini tashkil etishning asosiy maqsadi — talabalar shu mavzu bo'yicha nimalarni bilishlarini aniqlash va guruh a'zolaridan qisqa vaqt ichida ko'proq g'oyalarni olishdan iborat. O'quv mashg'uloti jarayonida talabalar tomonidan ta'limiy muammoni hal eta oladigan g'oyalar taklif etilishi, mavzu yuzasi-dan fikr-mulohaza bildirish uchun imkon yaratil-ishidir. Bunday ta'lim jarayonida guruh a'zolari bir necha daqiqa davomida mavzu yuzasidan muno-zara qilib, xilma-xil fikrlarni bayon qiladilar, fikrlar, takliflar doskaga, yon daftarlariga yozib boriladi. Mulohazalar qanchalik noaniq, bema'ni yoki bahsli bo'lishidan qat'i nazar yozilaveradi. Bu paytda taq-iqlar bo'lmaydi va hech qanday baho berilmaydi. Qatnashchilarga takliflarni tahlil qilish, fikr bildirish uchun mashg'ulot oxirida imkon beriladi. Agar faol-lik sust bo'lsa, to'g'riroq fikrlar chiqavermasa, pro-fessor-o'qituvchi o'z mulohazalarini aytib, ulardan ba'zilarini yozib olishni taklif etadi. Bu usul talabaning o'z nuqtai nazarini himoya qilishi, isbotlashi, har qanday vaziyatda ham eng ma'qul yechimni topishga; muloqot olib borishga, aytilgan fikrning to'g'riligiga opponentlarni ishontirishga o'rgatadi. Uning tarbiyaviy ahamiyati shundaki, talabalarni yakdillikka undaydi, har bir qatnashchiga uning taklifi yozib olishga arzigulik ekanligini his qilish imkoniyatini beradi. Bu esa o'quv muammosi yechi-mini topishni birgalikda bajariladigan ishga aylanti-radi1. Aqliy hujum usulini asosan amaliy mashg'ulot darslarida qo'llash tavsiya qilinadi. Aqliy hujum qo'llanilishining an'anaviy usulga nisbatan afzallik jihatlari:
• taxborotlarni tezkor tahlil qilish va hozirja-voblik shakllanadi;
• tqo'yilgan muammoni qisqa vaqt davomida aniq yechimini topish shakllanadi;
• tkreativlik shakllanadi;
• tfikrlash tezligi ortadi.
1 Ochilov M., Ochilova N. Oliy maktab pedagogikasi. Darslik. - T.: "Aloqachi", 2008.
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 10 (131)
Ta'lim oluvchilarni fizik hodisalarni o'rganishda mustaqil ravishda kuzatish, tajribalar o'tkazish, tajriba natijalarini umumlashtirish hamda darsliklar, o'quv qo'llanmalari va boshqa qo'shimcha adabi-yotlardan foydalana olishga o'rgatish muhim o'rin tutadi. Bunda muammoli ta'lim usuli o'rinli hisob-lanadi. Muammoli ta'lim usulidan mustaqil ishlarni shakllantirish va kurs ishlarini amalga oshirish jaray-onida foydalanish mumkin. Muammoli ta'limning an'anaviy ta'limdan afzalligi shundaki, tegishli muammo talabalar e'tiboriga havola etilganda quy-idagi natijalarga erishish mumkin:
- axborot almashinish shakllanadi;
- yangi ma'lumotlarni izlash va tahlil qilish shakllanadi;
- mustaqil ishlay bilish shakllanadi;
- sohaga bog'liq ravishda texnik qobiliyat shakllanadi.
Xulosalar:
Olib borilgan izlanishlar natijasida quyidagi xulo-salarni olishimiz mumkin:
1) interfaol usullarning dars jarayonida qo'llanilishi natijasida talabani fikrlashini rivojlanti-rishga erishish mumkin;
2) ushbu usullar qo'llanilganda ta'lim olu-vchining texnik qobiliyati chuqur va tizimli ravishda
shakllanadi va biror jihoz bilan ishlash jarayonida ketma-ketlikka amal qilishni o'rganadi;
3) qo'llanilgan metodlar natijasida talabada o'z ustida mustaqil ishlay olish ko'nikmasi hosil bo'ladi va takomillashadi, natijada yangi g'oyalar yaratilish-iga imkon tug'ilib, texnik ijodkorlik ko'nikmasi hosil bo'ladi, bu esa ilmiy izlanuvchanlikni yuzaga kelti-radi;
4) zamonaviy kadrlarga qo'yilgan talablar-dan biri kasbiy kompetentlik ekanligini hisobga oladigan bo'lsak, ta'lim oluvchining o'z ishiga ilmiy yondashuvini shakllantirish orqali ularda kasbiy ko'nikma hosil qilinishiga erishish mumkin;
5) munozarali dars olib borilishi natijasida o'zgalarning fikrini eshitish, tahlil qilish, ularni to'g'rilash madaniyatini shakllantirish orqali talabada jamoa bilan ishlash va muomala qilish qobili-yati shakllanadi;
6) kasbiy faoliyati davomida o'zini tutish va fikr almashinishni o'zlashtirish natijasida o'z fikrini mustaqil bayon qilish malakasi ortadi;
7) turli fikrlarni tahlil qilish va munozarali vazi-yatlarni o'rganish natijasida talabada axborot olish ko'lami kengayadi va kasbiy kompetentlik hosil bo'ladi;
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O'zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentyabrdagi «Ta'lim to'g'risida»gi O'RQ-637-son Qonuni. - www.lex.uz
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5847-son Farmoni.. - www.lex.uz.
3. O'ktamova Sh. Texnika oliy ta'lim muassasalari talabalarida tadqiqotli kompetensiyani rivojlantirish imkoniyatlari / Ta'lim va innovatsion tadqiqotlar - 2022 yil 1-son. - http:// interscience.uz
4. Sadriddinov N., Rahimov A., Mamadaliyev A., Jamolova Z. Fizika o'qitish uslubi asoslari. O'quv qo'llanma. - T.: "O'zbekiston", 2006.
5. Ochilov M., Ochilova N. Oliy maktab pedagogikasi. Darslik. - T.: "Aloqachi", 2008.
6. Karlibayeva G.E. Fizika o'qitish metodikasi fanining samaradorligini oshirish yo'llari. O'quv-uslubiy qo'llanma. - T.: 2014.
7. G'oibova N.Z. The importance of teaching the process of energy production in the system of continuing education // European Journal of Molecular & Clinical Medicine,ISSN 2515-8260 Volume 07, Issue 02, 2020 www.scopus.com.
8. Pityukov V.Yu. Osnovi pedagogicheskoy texnologii. - M.: Gnom-Press, 2007 (uchebnoe posobie).
9. Selevko G.K. Sovremenno'e obrazovatelno'e texnologii. - M.: Narodnoe obrazovanie, 2004.
10. Ishmatov Q. Pedagogik texnologiya. Ma'ruza matni. Namangan, NamMPI.-2004.-95 b.
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 10 (131)