Научная статья на тему 'KREDIT–MODUL TA'LIM TIZIMIDA TALABALARNING MUSTAQIL TA'LIM FAOLIYATINING DOLZARBLIGI'

KREDIT–MODUL TA'LIM TIZIMIDA TALABALARNING MUSTAQIL TA'LIM FAOLIYATINING DOLZARBLIGI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
2975
1534
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Ученый XXI века
Область наук
Ключевые слова
кредит / модуль / система / педагогическая технология / мотивация / интеллектуальный потенциал / профессионализм / мастерство / метод.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — М Л. Болтаева

В данной статье представлены теоретические и практические рекомендации по развитию и управлению самостоятельной учебной деятельностью студентов при кредитно-модульной системе образования.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KREDIT–MODUL TA'LIM TIZIMIDA TALABALARNING MUSTAQIL TA'LIM FAOLIYATINING DOLZARBLIGI»

Ученый XXI века • 2022 • № 5-1 (86)

KREDIT-MODUL TA'LIM TIZIMIDA TALABALARNING MUSTAQIL TA'LIM FAOLIYATINING DOLZARBLIGI

М.Л. Болтаева1

В данной статье представлены теоретические и практические рекомендации по развитию и управлению самостоятельной учебной деятельностью студентов при кредитно-модульной системе образования.

Ключевые слова: кредит, модуль, система, педагогическая технология, мотивация, интеллектуальный потенциал, профессионализм, мастерство, метод.

"O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontsepsiyasi"da oliy ta'lim jarayonlariga raqamli texnologiyalar va zamonaviy o'qitish usullarni joriy etish, yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, korrupsiyaga qarshi kurashish, muhandislik-texnik ta'lim yo'nalishlarida tahsil olayotgan talabalar ulushini oshirish, kredit-modul tizimini joriy etish, o'quv rejalarida amaliy ko'nikmalarni oshirishga qaratilgan mutaxassislik fanlari bo'yicha amaliy mashg'ulotlar ulushini oshirish bo'yicha aniq vazifalar belgilab berilgan. O'zbekiston Respublikasi Prezidentning 2019 yil 8 oktyabrdagi Farmoni bilan tasdiqlangan "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontsepsiyasi"ga ko'ra mamlakatdagi oliy ta'lim muassasalarining 85 foizi 2030 yilgacha bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o'tishi rejalashtirilgan. Bu yaqin yillar davomida mamlakatdagi deyarli barcha oliy ta'lim muassasalarining kredit-modul tizimida faoliyat yurita boshlashidan darak beradi.

Kredit-modul tizimi, bu — ta'limni tashkil etish jarayoni bo'lib, o'qitishning modul texnologiyalari jamlamasi va kredit o'lchovi asosida baholash modeli hisoblanadi. Uni bir butunlikda olib borish serqirra hamda murakkab tizimli jarayondir. Kredit-modul tamoyilida ikkita asosiy masalaga ahamiyat beriladi: talabalarning mustaqil ishlashini ta'minlash; talabalar bilimini reyting asosida baholash.

Kredit-modul tizimining asosiy vazifalari sifatida quyidagilar e'tirof etiladi:

• o'quv jarayonlarini modul asosida tashkil qilish;

• bitta fan, kurs (kredit)ning qiymatini aniqlash;

• talabalar bilimini reyting ball asosida baholash;

• talabalarga o'zlarining o'quv rejalarini individual tarzda tuzishlariga imkon yaratish;

• ta'lim jarayonida mustaqil ta'lim olishning ulushini oshirish;

• ta'lim dasturlarining qulayligi va mehnat bozorida mutaxassisga qo'yilgan talabdan kelib chiqib o'zgartirish mumkinligi.

Yuqoridagilar dars mashg'ulotlarini nafaqat o'qitishni innovasion ta'lim texnologiyalari asosida olib borish, balki talabadan mustaqil o'qib-o'rganish, ta'limga yangicha munosabatda bo'lish, mehnat bozori talabidan kelib chiqib, zaruriy va chuqur nazariy bilimlarni egallash, amaliy ko'nikmalarini shakllantirishga o'rgatishdan iboratdir. Muxtasar aytganda, mazkur tizim talabaning kasbiy rivojlanishi va kamolotiga yo'naltirilgan. Ilm sohibining butun hayoti davomida bilim olishini ta'minlashga hamda mehnat bozori va zamonaviy talablarga javob bera oladigan inson kapitalini shakllantirishga qaratilgandir.

Keling, shu o'rinda modul va kredit tushunchalari mohiyatiga qisqacha to'xtalib o'tamiz.

Modul — bu, bir nechta fan hamda kurslar o'rganiladigan o'quv rejasining bir qismi. U talabalarda ma'lum bir bilim va ko'nikma hosil qilish, tahliliy-mantiqiy mushohada yuritish salohiyatiga ega bo'lishiga qaratilgan bir nechta fanlar (kurslar) majmui hisoblanadi. Bunda o'qituvchi o'quv jarayonini tashkil qiladi, jonli, video hamda

1 Болтаева Мухайё Лутфуллаевна - к.п.н., доцент НамГУ, Наманган, Узбекистан.

audio ma'ruzalar o'qiydi, talabaning faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi. Talaba esa mavzuni mustaqil o'rganadi hamda berilgan topshiriqlarni bajaradi.

Xorijiy tajribaga ko'ra, kredit-modul tizimida o'quv jarayoni har semestrda 2-4 tagacha moduldan iborat bo'ladi. Modulda jamlangan fanlar osondan murakkablik sari, nazariy-uslubiy fanlardan amaliy fanlarga qarab hamda mantiqiy jihatdan bir-birini o'zaro uzviy to'ldirish printsipi asosida shakllantiriladi. Talaba mutaxassis bo'lib shakllanishi uchun nafaqat axborotlar, balki ularni qayta ishlash, amaliyotga joriy qila olish malakasiga ega bo'lishi talab etiladi.

Modulga asoslangan o'quv dasturlari maxsus sxema asosida ishlab chiqiladi va quyidagilarni o'z ichiga qamrab oladi:

• o'quv maqsadi hamda vazifalarning to'liq ochib berilishi;

• talabaning fanni (kursni) boshlashi va tugatishidan keyingi orttirishi lozim bo'ladigan malakasiga qo'yiladigan talablar;

• modul tarkibiga kirgan har bir fanning qisqacha mazmuni (sillabus), ya'ni ma'ruzalar mavzulari, seminar va amaliy mashg'ulotlarning rejasi, mustaqil ta'limni baholash uchun mo'ljallangan topshiriqlar;

• o'qitishning qisqacha bayoni: ta'lim berish usul hamda vositalari; bilimlarni baholashning usul va shakllaridan iborat.

Modul asosida o'qitish tizimida talabalar bilimi, malakasi hamda ko'nikmasini baholashda reyting baholash tizimidan foydalaniladi. Unda talabaning barcha o'quv faoliyati, ya'ni auditoriya va auditoriyadan tashqarida olgan, o'zlashtirgan bilimlari ball berish orqali baholanadi.

Bu o'z navbatida oliy ta'limda taxsil olayotgan yosh kadrlardan o'z sohalari bo'yicha yetuk mutaxassis bo'lish bilan birgalikda o'zlari egallayotgan sohalari bo'yicha mustaqil faoliyat yurita oladigan, zarur paytda mustaqil fikr yurita oladigan raqobatbardosh kadrlar bo'lishlarini talab qilmoqda. Ta'lim jarayonida talabaning mustaqil ta'lim olishini faollashtirish zarur. Mustaqil ta'lim masalasini qo'yilishi, yechish, o'z-o'zini nazorat qilish va baholashning yo'llarini talaba tomonidan tanlanishi va bajarilishi bilan xarakterlanadi. Hozirgi vaqtda oliy ta'limda o'quv jarayoni mutaxassislarni har tomonlama shakllantirishga yo'naltirilgan bo'lib, ularning ma'lum kasbiy bilim, malaka va ko'nikmalarni egallash sharoitida talabalarning bilish faoliyatini rivojlantirish va boshqarish bo'yicha har tomonlama tizimli ish olib borishni talab etadi. Oliy ta'limda dars jarayoni ko'plab ma'lumotlar sig'imini egallashga, samarador, ijodiy tafakkurni shakllantirishga, shaxsning intellektual salohiyatini rivojlantirishga, mantiqiy tahlil va ma'lumotlarni har tomonlama qayta ishlashga bo'ysundirilmog'i lozim. Mutaxassislar tayyorlashda zamonaviy talablarga binoan ta'lim jarayonini tashkil etishning muhim shartlaridan biri talabalarning mustaqil o'quv faoliyatini faollashtirish hisoblanadi. Talabalarning mustaqil ta'lim olish tizimida mustaqil ta'lim mazmuni uning asosini tashkil etadi. Mustaqil ta'lim mazmunini mustaqil ta'lim materiallari, ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchilarning faoliyati tashkil etadi. Bunda o'qituvchi va talaba muloqoti asosiy rol o'ynaydi. Mustaqil ta'lim olishning asosiy vositasi - bu mustaqil ta'lim materiallaridir. Ular uzviy bog'langan tizim bo'lib, darsliklar, o'quv-metodik qo'llanmalar va ma'ruza matnlaridan farq qiladi. Ularda teran va mazmundor uslubiy ko'rsatmalar, ta'lim oluvchining bilish faoliyatini boshqarish bloki, kasbiy tayyorgarligi jarayonida mustaqil o'qish mezonlari, uning o'z-o'zini mustaqil o'qishga yo'naltirib borishi, o'z-o'zini nazorat qilishi, o'z-o'zini namoyon etishi va shaxsiy bilish faoliyati jarayonida o'z - o'zini baholay olishi uchun psixologik -pedagogik tavsiyalar mavjud bo'ladi. Mustaqil ta'lim materiallari o'quv-uslubiy qo'llanmalari, ma'ruza matnlari, kompyuter dasturlari, audio va videomateriallar, mavjud an'anaviy darsliklardan foydalanishga doir tavsiyalar, axborotning boshqa manbalari ko'rinishida bo'ladi.[2] Mustaqil ta'lim materiallari bir necha belgilari bo'yicha tasniflanadi. 1. O'quv materiali tavsifiga ko'ra: bular darslik, o'quv va metodik qo'llanmalardan olinadigan bilim va ma'lumotlar; qo'shimcha materiallar; namunaviy ma'ruza matni va boshq. 2. O'quv axboroti hajmiga ko'ra: O'rganilayotgan masalalar, o'quv fani mavzui bo'yicha axborotning to'la hajmi. Axborot texnologiyalari bilan bog'liq materiallar. 3. Foydalanish muddatiga ko'ra: Ta'lim oluvchilarga bir marta foydalanish uchun tarqatiladigan materiallar; Mashg'ulotlarda bir necha marta foydalaniladigan materiallar. Mustaqil ta'lim olish jarayonida mustaqil ta'lim materiallari hamda ta'lim oluvchi va o'qituvchi muloqoti yetakchi komponentlar

hisoblanadi. Bu ikki komponentning o'zaro ta'sir darajasi ochiq ta'lim modellarini tenglashtirishga yordam beradi. Ko'plab talabalarning ilgari mustaqil ta'lim materiallari bilan mustaqil ishlash muammosiga hech qachon duch kelmaganini e'tiborga olish lozim. Mustaqil ta'lim materiallari darsliklar, o'quv va metodik qo'llanmalardan farqli o'laroq tuzilishi jihatdan murakkab xarakterga ega. Amaliyot ko'rsatadiki, ko'plab ta'lim oluvchilar tahsil jarayonida o'zlarining mustaqil ta'lim materiallari bilan ishlay olish ko'nikmalarini xolis baholay olmaydilar. Bu baholashlar hamisha shaxsiy (sub'ektiv) xarakterga ega. Bu jarayonning xolisligini qay tarzda ta'minlash borasida jiddiy muammo chiqadi. Ta'lim oluvchilarning mustaqil ta'lim materiallari bilan mustaqil ishlash ko'nikmasini baholash mezonlarini ishlab chiqish, belgilash, asoslab berish va undan foydalanishni ko'rsatish lozim. Har bir ta'lim oluvchi o'zini o'zi baholashi va o'z faoliyatini to'g'rilashi yoki tashkil qilishga tayyorgarligiga muvofiq holda mezonlar tanlaydi. Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlarda talabalarning o'quv va ijodiy faolliklarini oshiruvchi, ta'lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi pedagogik texnologiyalarni qo'llashga doir katta tajriba to'plangan bo'lib, bu tajriba asosini interfaol metodlar tashkil etmoqda. Talaba asosan, o'zi o'zlashtirgan bilimlarni namoyish etadi, o'qituvchi esa uning fikrlarini tinglaydi, zarur o'rinlarda o'qituvchi - talaba an'anaviy ta'limdagi suhbat ishtirokchilari savollar bilan murojaat qiladi. Talabalar guruhi (jamoasi) bu vaziyatda butunlay sust ishtirokchi, tinglovchi bo'lib qoladi. Bir qarashda talaba yoki o'qituvchi tomonidan uzatilayotgan axborotlarning qabul qilinishi talabalar guruhi (jamoasi) uchun bilimlarni o'zlashtirish imkoniyatini yaratayotgandek taassurot uyg'otadi. Biroq, psixologik tadqiqot natijalarining ko'rsatishicha, shu tarzda qabul qilingan bilim (ma'lumot)lar juda tez unutiladi. Hususan, amerikalik psixolog olimlar R. Karnikau va F. Makelrouning o'rganishlariga ko'ra shaxsning tabiiy fiziologik - psixologik imkoniyatlari muayyan shakllarda o'zlashtirilgan bilimlarni turli darajada saqlab qolish imkonini beradi. Zamonaviy ta'limni tashkil etishga qo'yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni talabalarga yetkazib berish asosida ma'lum faoliyat ko'nikma va malakalarni shakllantirish, faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan nazariy va amaliy bilimlar darajasini baxolash o'qituvchidan yuksak pedagogik mahoratni, ta'lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi. "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da ta'lim jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni kiritish ta'kidlanadi. Pedogogik texnologiya bu ta'lim jarayoniga sistemali yondashuv bo'lib, unda ta'lim jarayonining tashkil etishda texnika va inson imkoniyatlari hisobga olinadi va ularning o'zaro munosabati ta'limning optimal formalari yaratilishiga zamin bo'ladi. Pedagogik texnologiyalarni quyidagi tarkibiy qismlarga bo'lish mumkin: - ta'lim - tarbiya ishtirokchilari shaxsiga qo'yiladigan ijtimoiy talablar; - hamkorlik faoliyati a'zolarining kasbiy tayyorgarligi; -ta'lim jarayoning maqsadi, mazmuni, mohiyati, amalga oshirish vositalari; - ta'lim jarayonini diffentsiyalashtirish; - ijodiylik. Ya'ni shaxs: manbani o'zi o'qiganida 10 %; ma'lumotni eshitganida 20 %; sodir bo'lgan voqea, hodisa yoki jarayonni ko'rganida 30 %; sodir bo'lgan voqea, hodisa yokijarayonni ko'rib, ular to'g'risidagi ma'lumotlarni eshitganida 50 %; ma'lumot (axborot)larni o'zi uzatganida (so'zlaganida, bilimlarini namoyish etganida) 80 %; o'zlashtirilgan bilim (ma'lumot, axborot)larni o'z faoliyatiga tatbiq etganida 90 % hajmdagi ma'lumotlarni yodda saqlash imkoniyatiga ega. Talabalarda mantiqiy tafakkurni rivojlantirish uchun fikrlash xususiyatlarini shakllantirish zarur. Fikrlash operatsiyalari asosida dars jarayoni faollashtiriladi. Bu o'qituvchining: nima uchun?, qanday maqsadda?, sababalari qanday?, natija nima uchun shunday bo'ldi? singari savollarning muhokamasi orqali amalga oshirilishi mumkin. O'qituvchilarni evristik, muammoli vaziyatlarga tortish, tanqid, gumon xolatlarini muhokama qilish, ulardagi muammolarni mustaqil holda topish va ularni yechish uchun o'z loyihalarini tuzish va himoya qilish talabalar tafakkurining ma'nodor va unumdor bo'lishiga xizmat qiladi. Ko'nikma va malakalarni shakllantirish bilimlarni o'zlashtiribgina qolmay xilma-xil ko'nikma va malakalarni hosil qiladilar. Ko'nikma-mashq qilish natijasida yuzaga kelgan xatti-harakatlarning avtomatlashgan usuli. Fiziologik jihatdan ko'nikma bosh miyaning katta yarim sharlari po'stlog'ida hosil bo'lib, vaqtinchalik nerv bog'lanishlarining barkaror tizimining funksiyasini ta'minlaydi. Dinamik-stereotiplarni yaratish sharoitlari bir vaqtning o'zida

avtomatlashgan akt bilan murakkab analitik- sintetik faoliyatini yuzaga keltiradi. Buning natijasida nafaqat ko'nikmalar, balki malakalar ham yuzaga keladi. Ta'lim jarayoni tashkil etishning o'ziga xos metodlaridan biri ishbop o'yinlardir. Ishbop o'yinlar munosabatlar sistemasini modellashtirish, faoliyat harakteristikasini tashkil etishga yordam beradi. Ta'lim oluvchilarning ta'lim faoliyatiga ko'ra ta'limning quyidagicha metodlari ajratiladi: 1. Tushuntiruv ko'rsatmalilik metodi - bu metod reproduktiv metod bo'lib unda faoliyat o'qituvchi tomonidan olib boriladi. Talabalar ta'lim jarayonida bilim oladilar, tanishadilar. Bu metod juda keng tarqalgan metodlardan biri bo'lib, uni albatta takomillashtirilgan usullari mavjud. Bu dasturlashtirilgan ta'limdir. 2. Reproduktiv metod - bu metodda talaba faoliyat ko'rsatib, unda talaba berilayotgan bilimni qayta xotirada tiklab, olingan bilimni nusxa sifatida qabul qiladi. 3. Muammoli ta'lim metodi - o'qituvchi tomonidan tashkil etilib, u produktiv harakterga egadir. Ushbu metod orqali talaba bilim va malakalarini shakllantiradi. Ushbu metodning takomillashtirish yo'llaridan biri ishchan o'yinlarni tashkil etishdan iboratdir. 4. Qisman izlanish metodi - o'qituvchi nazorati ostida tashkil etiladigan metod bo'lib, u ham produktiv harakterga ega bo'lib, bunda talaba ijod qiladi. 5. Tadqiqot metodi - o'qituvchi ilm yordamisiz tashkil etiladigan ta'lim metodi bo'lib, u talabaning mustaqil izlanish, fikrlash va bilimlar transformatsiyasini talab etadi. Xulosa sifatida yuqorida aytib o'tilgan barcha sifatlar yosh o'zgargan sari o'zgarib boradi. Ijodiy ishda fikrlashning mustaqilligi va tanqidiyligi zarur bo'lib, u aqliy faoliyatning produktivligini ta'minlaydi. Ta'lim jarayonida noanbanaviy metodlar talaba shaxsining har tomonlama kamol topishiga zamin hozirlaydi. SHuni alohida tabkidlash joizki, bugun biz ta'lim va tarbiya berayotgan talabalar vatanimizning ertangi kunini, taqdirini belgilashda katta ahamiyat kasb etadi.

0оüдаAаниAган adaöuemAap:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 20-apreldagi "Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori.

2. Avliyakulov N.X. Zamonaviy o'qitish texnologiyalari. -Toshkent, 2001.

3. Boltaeva M.L. Fizika ta'limi jarayonida talabalarning mustaqil o'quv faoliyatini rivojlantirish. P.f.n. ... dissertatsiya. Toshkent. TDPU. 2004.

4. Muslimov N.A., Quysinov O.A. Kasb ta'limi o'qituvchilarini tayyorlashda mustaqil ta'limni tashkil etish. Metodik qo'llanma. Toshkent: TDPU. 2006

5. https://daryo.uz/k/2020/08/13/

© M.A Eo^TaeBa, 2022.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.