National University of Uzbekistan
Google Scholar indexed
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-558-561
TALABALARNING TANQIDIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH
Z. M. Rahmatova
Andijon davlat tibbiyot instituti katta o'qituvchisi [email protected]
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada pedagogika fani mashg'ulotlarida talabalar tanqidiy tafakkurini rivojlantiruvchi ta'limning innovatsion va interfaol metodlari ko'rib chiqildi. Muallif o'z materialini amaliy mashg'ulot misolida yoritib bergan.
Kalit so'zlar: globalizatsiya, konstruktiv yondashuv, internet- texnologiya, o'zbek modeli, direktiv xarakter.
АННОТАЦИЯ
В данной статье рассматриваются инновационные и интерактивные методы обучения, развивающие критическое мышление студентов на занятиях по педагогике. Автор представил свой материал на примере практического занятия.
Ключевые слова: глобализация, конструктивистский подход, интернет-технологии, узбекский модел, директивного характера.
ABSTRACT
In the present article innovational and interactive methods of education, developing critical thinking of students in the lessons of pedagogy have been reflected. The authors have presented their material with the sample of practical class.
Keywords: globalization, constructive approach, internet technologies.
Hozirgi kunda respublikamiz ta'lim tizimida jiddiy o'zgarishlar ro'y bermoqda. Oliy ta'lim modelini qayta tashkil etish jarayonlariga sabab bo'lgan omillardan biri bu hayotimizning barcha jabhalariga birdek ta'sir ko'rsatgan globallashuv jarayonlari va zamonaviy kompyuter texnologiyalari bilan bog'liq o'quv jarayonlarini axborotlashtirish sanaladi. Ilg'or tamoyillarning paydo bo'lishi, ta'lim xizmatlari bozorida yetakchi bo'lgan mamlakatlarning (AQSH va Buyuk Britaniya) ilg'or tajribalari bilan tanishish, shu asosda bo'lajak mutaxassis - oliy ta'lim bitiruvchisiga olingan bilimlar samaradorligi, zamonaviy davrda uning kasbiy malakasida paydo bo'ladigan muammolar, masalalarni bozor iqtisodiyoti sharoitida hal qilish zarurligiga qaratilgan ta'limning milliy, o'zbek modelini ishlab chiqish zarur.
Shubhasiz, yosh mutaxassisni shakllantirish oliy ta'lim auditoriyalarida amalga oshiriladi, o'qitishning mashaqqatli
April, 2023
558
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-558-561
jarayonlari ta'lim metodlariga asoslanadi, natijaviylikni esa bo'lg'usi mutaxassisning (bitiruvchining) malaka toifasi belgilaydi. An'anaviy usul o'qituvchi va talaba o'rtasidagi muloqotni, o'qituvchi tomonidan talabaning o'quv faoliyatini doimiy nazorat qilishni, o'quv materialini o'zlashtirilishini nazorat qilishni o'z ichiga oladi. Boshqacha qilib aytganda, ushbu dialogning samaradorligi o'qituvchi tomonidan vazifalarni to'g'ri hal qilinishiga bog'liq: a) o'quv maqsadini to'g'ri qo'yish va talaba uchun motivatsiya berish; b) muayyan mazmundagi materialni yetkazib berish (ma'ruza) va uni talabalar uchun talqin qilish (seminar). Shu bilan birga, o'qituvchi o'quv materialini metodik o'rganish vazifasini hal qiladi: v) bilimlarni nazorat qilish. Ta'limning ushbu modeli direktiv xarakterga ega. Direktiv modelda ta'lim natijalari bir tomonlama muloqot mavjud bo'lganda, o'quv jarayoni mazmunini oqilona tashkil etish hisobiga bilimlar yig'indisini uzatish sifatida qaraladi.
Yangi axborot va pedagogik texnologiyalar, ta'lim usullari asosida o'qituvchining rolini tubdan o'zgartirish, uni nafaqat bilim tashuvchisi, balki talabaning mustaqil ijodiy ishining yetakchisi, tashabbuskori qilish, talabalar mezonlari va yo'naltirish usullarini mustaqil ravishda rivojlantirishga, informatsion oqimda oqilona izlanishga hissa qo'shadigan turli xil ma'lumotlar berish bilan bilimlar ummonida qo'llanma sifatida harakat qilish mumkin.
Interfaol metodlar muammoli bayon metodi, taqdimot, bahs-munozara, keys-stadiy, kichik guruhlarda ishlash, aqliy hujum, tanqidiy tafakkur metodi, viktorina, kichik tadqiqot, ish o'yinlari, rolli o'yinlar, Insert metodi (yoki individual belgilar qo'yish, ya'ni talabalar 7-10 daqiqada assotsiativ esse yozadi), blits-so'rov metodi, anketa so'rovnomasi metodi, "Bingo" qabuli va boshqalarni o'z ichiga oladi. Axborot uzatish jarayonining o'zi o'qituvchi va talabaning o'zaro ta'sir tamoyiliga asoslanadi. Bu ta'lim oluvchi faolligi, uning olingan ma'lumotlarni ijodiy qayta tushunishini nazarda tutadi. Oliy toifali mutaxassislarni tayyorlash vazifasini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun bozor iqtisodiyoti sharoitida ustuvor vazifalardan biri - bu oliy ta'limning o'zbekona tizimini shakllantirib, talaba manfaatlarini hisobga olish tamoyili ajratiladi. Shu sababli, oliy ta'lim professor-o'qituvchilari oldiga ta'lim metodlari usullarini ishlab chiqish hamda uni amaliyotga tatbiq etish vazifasini qo'yadi, bu talabaning ijodiy salohiyatini, uning o'qish istagini faollashtirishga qaratilgan bo'lishi kerak. Shu bilan birga, fuqaro shaxsi va uning qadriyatlari yo'nalishlarini shakllantirish, oliy ta'limda ta'lim jarayonlari -bu har bir shaxs hayotida o'quv jarayonining asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Undan tashqari, zamonaviy jamiyatning dolzarb axboroti ham ta'lim jarayoniga, respublika oliy ta'lim tizimiga qo'llanadigan ta'lim metodlarini radikal trazda qayta ko'rib chiqishni talab qilib, sezilarli ta'sir ko'rsatadi.
Shunday qilib, respublikada oliy ta'lim tizimini qayta tashkil
qilish kelajakda ta'lim jarayonida bilim berishda an'anaviy chiziqli
April, 2023
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-558-561
yondashuvlar o'rniga konstruktiv, operativ yondashuvlarga asoslangan o'qitish usullariga o'tishning boshlang'ich nuqtasi sifatida qabul qilinadi (qancha ko'p bo'lsa, shuncha yaxshi tamoyili). O'quv jarayonini faollashtirishning samarali usullaridan biri bu muammoni bayon etish usuli sanaladi. Ushbu usul talabani mashg'ulotga jalb qila olish va qiziqishtirishga imkon beradi. Muammoli ta'limni tashkil qilish yetarlicha murakkab bo'lib, ma'ruzachidan yaxshigana tayyorgarlikni talab qiladi. Biroq, ushbu metodning dastlabki bosqichida uni oldin ishlab chiqilgan ma'ruza, seminar darslarga qo' shimcha sifatida tatbiq qilish mumkin.
vaziyatlarni o'rgatish (MVO') usuli deb atash mumkin. Mazkur ta'lim usulida talaba mustaqil holda qaror qabul qilishi hamda uni asoslashga majbur. Amaliy tadqiqotlar usuli (keys-stadi), agar usulni ishlab chiquvchilarning ta'rifiga amal qilinsa, bu talabalar va o'qituvchi ishbilarmonlik vaziyatlari yoki vazifalarini bevosita muhokama qilishda ishtirok etadigan o'qitish usul hisoblanadi. Keyslar o'qituvchi boshchiligida auditoriya suhbati asosida tashkil qilinadi. Eng muhimi, usul vaziyatni tahlil qilish qobiliyati rivojlanishiga, muqobilini baholashga, amaliy muammolarini hal qilish ko'nikmalarini singdirishga yordam beradi.
Hozirgi kunda oliy ta'lim muassasalarda zamonaviy o'qitish texnologiyalari usullari va vositalaridan -kompyuter hamda internet muhim ahamiyat kasb etadi. Shu munosabat bilan zamonaviy ta'lim oluvchi yoshlar -talabalarda bilim va ko'nikmalarni muvaffaqiyatli shakllantirish yo'li haqida yangi qarashlar paydo bo'lmoqda. Kompyuter va internet texnologiyalarining sezilarli ta'sirlaridan biri o'quv jarayonida interfaol metodlardan foydalanish edi. Imkoniyati mavjud texnik vositalardan, jumladan, ta'lim jarayonida zamonaviy personal kompyuterlardan foydalanish -bu o'qitishning interfaol usullari sanaladi.
"Interfaol" tushunchasi ingliz tilidagi "interact" so'zidan olingan bo'lib, lag'aviy nuqtai nazardan "inter"-o'zaro, ikki taraflama, "act"-harakat qilmoq, ish ko'rmoq kabi ma'nolarni anglatadi.
"Interfaol o'qitish usullarining mohiyati shundaki, ular nafaqat o'qituvchi va talabalar o'rtasidagi keng o'zaro munosabatlarga, balki talabalarning o'zlari o'rtasidagi o'zaro munosabatlarga ham qaratilgan.
Ushbu o'qitish usullarining o'ziga xos xususiyati shundaki, ular o'quv jarayonida talabalarning faol ustunligini ta'minlaydi, darsning belgilangan maqsadlariga erishish uchun o'qituvchining roli ularning faoliyati yo'nalishiga qisqartiriladi.
Bundan tashqari, o'qituvchi dars rejasini ishlab chiqish bilan shug'ullanadi, ko'pincha bu interfaol vazifalar va mashqlar bo'lib, ular davomida talabalar o'quv materiallarini o'rganadilar".
Yana bir samarali usul deb amaliy tadqiqotlar usuli yoki muayyan
April, 2023
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-558-561
Interfaol ta'lim - ta'lim jarayoni ishtirokchilarining bilim, ko'nikma, malaka hamda muayyan axloqiy sifatlarni o'zlashtirish yo'lida birgalikda, o'zaro hamkorlikka asoslangan harakatni tashkil etishga asslanuvchi ta'lim.
Zamonaviy ta'limni tashkil etishga qo'yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni o'quvchilarga yetkazib berish, ularda ma'lum faoliyat yuzasidan ko'nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek, o'quvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan bilim, ko'nikma hamda malakalar darajasini baholash o'qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta'lim jarayoniga nisbatan yangicha yondoshuvni talab etadi . Shundan kelib chiqib, har qaysi metodning zarurat darajasi, oliy ta'limning zamonaviy metodlari mohiyati to'g'risida chuqur fikr yuritish zarur.
Xulosa qilib ta'kidlash joizki, ta'lim metodlari va vositalarini noto'g'ri tanlash, uni o'z-o'zidan maqsad darajasiga ko'tarish xato sanaladi, chunki bular eng avvalo, oliy ta'lim o'quv vazifalarini hal qilish metodi hisoblanadi. Shuning uchun har qaysi usul aniq o'quv fani xususiyatini hisobga olish kerak.
REFERENCES
1. Загачев И.О., Заир-Бек С.И. Критическое мышление. Технология развития.
2. Заир- Бек С.И., Мучтавинская И.В. Развитие критического мышления на уроке. М.,: Просвещение. -2010.
3. Мухина С.А., Соловьева А.А. Современные инновационные технологии обучения. М.,2008 г.
4. Панфилова А.П. Инновационные педагогические технологии. М.Издательский центр «Академия» 2009 г.
5. Рахматова З.М. «Экономика и социум» http://www.iupr.ru. Выпуск №10(101) часть 2 (октябрь, 2022).521c.
6. MUXAMEDJANOVA, L. (2021). Проявление достоинства личности как ценность в гражданском обществе. https://scienceweb.uz/publication/4477
2003г.
April, 2023