Научная статья на тему 'INTERFAOL METODLAR YORDAMIDA TELEVIZION TEXNOLOGIYALAR TA’LIM YO‘NALISHI TALABALARINING MOTIVATSIYASINI KUCHAYTIRISH ORQALI KASBIY GRAFIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH'

INTERFAOL METODLAR YORDAMIDA TELEVIZION TEXNOLOGIYALAR TA’LIM YO‘NALISHI TALABALARINING MOTIVATSIYASINI KUCHAYTIRISH ORQALI KASBIY GRAFIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
95
38
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kompentensiya / grafik kompetentlik / motivatsiya / kreativ yondasuv / multimedia / animatsiya / mediamahsulot / mantiqiy fikrlash. / компетентность / графическая компетентность / мотивация / креативный подход / мультимедиа / анимация / медиапродукт / логическое мышление.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Boymurodov Bobir Elmurodovich

Ushbu maqolada oliy ta’lim tizimida interfaol metodlar yordamida Televizion texnologiyalar ta’lim yo‘nalishi talabalarining motivatsiyasini kuchaytirish orqali kasbiy grafik kompetentligini rivojlantirish masalalari yoritib berilgan bo‘lib, talabalarda kasbiy salohiyatini oshirishning qisqacha bayoni keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

РАЗВИТИЕ ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ ГРАФИЧЕСКОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ ЗА СЧЕТ УСИЛЕНИЯ МОТИВАЦИИ УЧАЩИХСЯ ОБРАЗОВАТЕЛЬНОГО НАПРАВЛЕНИЯ ТЕЛЕВИЗИОННЫЕ ТЕХНОЛОГИИ С ПОМОЩЬЮ ИНТЕРАКТИВНЫХ МЕТОДОВ

В данной статье освещаются вопросы развития профессиональной графической компетентности путем усиления мотивации учащихся образовательного направления телевизионные технологии с помощью интерактивных методов в системе высшего образования, дается краткое изложение повышения профессионального потенциала учащихся.

Текст научной работы на тему «INTERFAOL METODLAR YORDAMIDA TELEVIZION TEXNOLOGIYALAR TA’LIM YO‘NALISHI TALABALARINING MOTIVATSIYASINI KUCHAYTIRISH ORQALI KASBIY GRAFIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH»

Boymurodov Bobir Elmurodovich,

Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti "Televizion va media texnologiyalar" kafedrasi assistenti

INTERFAOL METODLAR YORDAMIDA TELEVIZION TEXNOLOGIYALAR TA'LIM YONALISHI TALABALARINING MOTIVATSIYASINI KUCHAYTIRISH ORQALI KASBIY GRAFIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH

UO'K: 007.05.415 DOI: 10.34920/SO/VOL_2023_ISSUE_10_5

BOYMURODOV B.E. INTERFAOL METODLAR YORDAMIDA TELEVIZION TEXNOLOGIYALAR TALIM YONALISHI TALABALARINING MOTIVATSIYASINI KUCHAYTIRISH ORQALI KASBIY GRAFIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH

Ushbu maqolada oliy ta'lim tizimida interfaol metodlar yordamida Televizion texnologiyalar ta'lim yo'nalishi talabalarining motivatsiyasini kuchaytirish orqali kasbiy grafik kompetentligini rivojlantirish masalalari yoritib berilgan bo'lib, talabalarda kasbiy salohiyatini oshirishning qisqacha bayoni keltirilgan.

Tayanch so'z va tushunchalar: kompentensiya, grafik kompetentlik, motivatsiya, kreativ yondasuv, multimedia, animatsiya, mediamahsulot, mantiqiy fikrlash.

БОЙМУРОДОВ Б.Э. РАЗВИТИЕ ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ ГРАФИЧЕСКОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ ЗА СЧЕТ УСИЛЕНИЯ МОТИВАЦИИ УЧАЩИХСЯ ОБРАЗОВАТЕЛЬНОГО НАПРАВЛЕНИЯ ТЕЛЕВИЗИОННЫЕ ТЕХНОЛОГИИ С ПОМОЩЬЮ ИНТЕРАКТИВНЫХ МЕТОДОВ

В данной статье освещаются вопросы развития профессиональной графической компетентности путем усиления мотивации учащихся образовательного направления телевизионные технологии с помощью интерактивных методов в системе высшего образования, дается краткое изложение повышения профессионального потенциала учащихся.

Ключевые слова и понятия: компетентность, графическая компетентность, мотивация, креативный подход, мультимедиа, анимация, медиапродукт, логическое мышление.

BOYMURODOV B.E. DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL GRAPHIC COMPETENCE BY STRENGTHENING THE MOTIVATION OF STUDENTS OF THE EDUCATIONAL DIRECTION OF TELEVISION TECHNOLOGIES WITH THE HELP OF INTERACTIVE METHODS

This article covers the issues of developing professional graphic competence by strengthening the motivation of students of the educational direction of television technologies using interactive methods in the higher education system, and provides a summary of increasing professional potential in students.

Key words and concepts: competence, graphic competence, motivation, creative bias, multimedia, animation, mediamahsulot, logical reasoning.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 10 (131)

Kirish. Ta'lim - bu shaxsning intellektual, ma'naviy, jismoniy va madaniy rivojlanishin-ing asosi, uning muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvi, iqtisodiy farovonligi hamda jamiyat va davlat rivojlanishining umumiy qadriyatlar va madani-yat bilan birlashtirilgan kalitidir. Jahonda glob-allashuv va integratsiya jarayonlari chuqurla-shayotgan sharoitda televizion texnologiyalar ta'lim yo'nalishi talabalarining axborot kommu-nikatsiya kompetensiyalarini rivojlantirish orqali kasbiy grafik kompetentligini takomillashtirishga ehtiyoj kuchaymoqda. Shu bois YUNESKOning strategik loyihalarida belgilangan me'yorlar va xalqaro standartlarga asoslanib, 3D o'lchamdagi raqamli texnologiyalarni qo'llash, AKT bilan samarali ishlash ko'nikmalari va kasbiy grafik kompetentligini rivojlantirish bo'yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Mavzu bo'yicha boshqa olimlar ilmiy asarlari qisqacha tahlili.

Oliy malakali mutaxassislar tayyorlash va rivojlantirish jarayoni qonuniyatlari va tendensi-yalari, bo'lajak o'qituvchilarni kasbiy pedagogik faoliyatga tayyorlash muammolari R.X.Djuraev, A.R.Xodjaboev, N.A.Muslimov, N.N.Azizxodjaeva, D.O.Himmataliev, B.A.Nazarovalar tomonidan o'rganilgan. Ye.P.Vox, G.A.Galenyuk, S.V.Jilich, G.M.Klochkova, T.K.Musalimov, T.P.Petlina, AD.F.Ko'chkarova, D.C.Saidahmedova,

S.S.Saydaliev, A.K.Xamraqulov, G.A. Kayumova, Ch.T.Shokirovalarning ilmiy ishlarida bo'lajak mutaxassislarda aynan grafik tayyorgarligi va grafik-konstruktorlik kompetentligini rivojlanti-rish muammolari tadqiq etilgan.

Masalaninng qo'yilishi. Jahon amaliyotida televizion texnologiyalar ta'lim yo'nalishi talabalarining kasbiy grafik kompetentligini rivojlan-tirishda grafik bilimlar, obyektlarning funksional va konstruktiv o'ziga xosligini bilishga asoslan-gan ko'nikma va malakalar (kompetensiyalar) ni samarali qo'llash, grafik kasbiy yo'nalganlik va faoliyat tajribasi, grafik axborot texnologi-yalari bo'yicha erkin ijodkorlik muhitini yarat-ish, muvaffaqiyatli kasbiy-pedagogik faoliyat, uning ahamiyati va muayyan texnologik masa-lalarga munosabat, texnologiya o'qituvchisi yo'l qo'yadigan xatolarning oldini olishga qaratil-gan korrektiv mashqlar tizimi alohida ahami-yatga ega. Shu jihatdan oliy ta'lim muassasala-

rida televizion texnologiyalar ta'lim yo'nalishida muhandislar tayyorlaydigan davlat ta'lim stan-dartlari, malaka talablari, o'quv dasturlarida konstruktorlik, ishlab chiqarish texnologik va kommunikativ kompetensiyalarni shakllantirish jarayonida kasbiy grafik kompetentlikni rivojlan-tirishning ilmiy asoslangan tizimini ishlab chiq-ishni taqozo etadi.

Tadqiqotning obyekti. Oliy ta'lim muas-sasalarida Televizion texnologiyalar ta'lim yo'nalishi talabalarining motivatsiyasini kuchay-tirish orqali kasbiy grafik kompetentligini rivojlantirish jarayoni.

Tadqiqotning predmeti. Oliy ta'lim muas-sasalarida Televizion texnologiyalar ta'lim yo'nalishi talabalarining motivatsiyasini kuchay-tirish orqali kasbiy grafik kompetentligini rivo-jlantirish mazmuni va metodikasi

Maqolaning ilmiy ahamiyati. Interfaol ta'lim texnologiyalari va metodlari vositasida televizion texnologiyalar ta'lim yo'nalishi talabalarining grafik kompetentligini rivojlantirishga xizmat qiladigan metodologik yondashuvlarni takomil-lashtirishda foydalanishi bilan izohlanadi.

Tahlil va natijalar. Interfaol metodlar o'zaro fikr almashishga, o'zaro fikrlarni to'ldirishga, noverbal hamda verbal ta'sir o'tkazishga qaratil-gan harakatlar majmuasidir. Interfaol metodlarni qo'llashda o'zaro ta'sir asosiga qurilgan intellektual harakatlar shunchaki ta'sir yoki turtki vazi-fasini bajarish bilan cheklanib qolmaydi va ham-korlik subyektlarini ijodiy izlanishga yo'naltirish, noma'lum holatni kashf etishga ko'mak beruvchi nazariy-aqliy mulohazalarni yaratish funksiyala-rini ham bajarishi mumkin.

Ta'lim mazmunini o'zlashtirishda talabalarn-ing bilim saviyasi, o'zlashtirish darajasi, ta'lim manbai, didaktik vazifalarga muvofiq va munosib ravishda quyidagi interfaol metodlar qo'llaniladi: o'qitishning ko'rgazmali metodi; mustaqil ish-lar metodi; muammoli-evristik modellashtirish metodi; ilmiy tadqiqot metodlari; o'qitishning muammoli-izlanishli va reproduktiv metodlari; o'qitishning induktiv va deduktiv metodlari; o'qitishning nazorat va o'zini-o'zi nazorat qil-ish metodlari. Metodlar quyidagi guruhlarni o'z ichiga oladi:

Birinchi guruh metodlari: o'quv axborotlarini eshitish orqali qabul qilish metodlari (og'zaki metodlar: hikoya, ma'ruza, suhbat va boshqalar).

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 10 (131)

Ikkinchi guruh metodlari: o'quv axborotlarini ko'rgazmali uzatish va ko'rish orqali qabul qilish metodlari (ko'rgazmali metod, tasviriy namoyish qilish va boshqalar).

Uchinchi guruh metodlari: o'quv axborotlarini amaliy mehnat harakatlari orqali berish (amaliy metodlar, mashqlar, laboratoriya ishlari, das-turlar tuzish, mashq va masalalar hamda test topshiriqlarini yechish, mehnat harakatlari va boshqalar).

Interfaol metodlar asosida tuzilgan dars tizimlarida turli strategiyalardan foydalani-ladi. Bunda talabalarga kitob, konspektlar va h.k.lardan foydalanish taqiqlanmaydi, aksincha bunday usullarni qo'llash rag'batlantiriladi.

Hozirgi kunda ta'lim jarayonida interfaol metodlarni o'quv jarayonida qo'llashga qiziq-ish ortib bormoqda. Bunda, asosan hozirgacha talabalar tayyor bilimlarni egallashga o'rgatilgan bo'lsa, interfaol metodlar ularni egallayotgan bilimlarni o'zlari qidirib topishlariga, mustaqil o'rganib, tahlil qilishlariga va imkoni boricha xulosalarni ham o'zlari keltirib chiqarishlariga o'rgatadi. O'qituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbi-yalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo'naltiruvchilik funk-siyasini bajaradi. Interaktiv metodlar - jamoa bo'lib fikrlashga asoslanadi va pedagogik ta'sir etish usullari bo'lib, ta'lim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu metodlarning o'ziga xos-ligi shundaki, ular faqat pedagog va talabaning birgalikdagi faoliyati orqali amalga oshiriladi.

Har bir o'qituvchidan ham zamonaviy texnologiyalarni bilish va ulardan o'zining kasbiy faoliyatida o'rinli foydalana olish malakalariga ega bo'lishlik talab qilinadi. Pedagog talabalarn-ing topshiriqni mustaqil bajarish jarayonini zuk-kolik bilan boshqaradi, e'tibor bilan kuzatadi, kerak bo'lganda jonli muloqotga chorlaydi.

Talabalar mantiqiy fikrlash davomida ularning jonli mushohadasi, fikr doirasi pedagog tomoni-dan izchillik bilan hisobga olinadi va dars(modul) oxirida faol talabalarga qo'yilgan ballar yoki baholarni e'lon qiladi. E.M.Fazlulin, V.A.Ryabov, O.A.Yakovuklar ham OTM pedagoglari oldida turgan vazifalardan biri o'quv mashg'ulotlarini tashkil etishda ta'lim metodlarini to'g'ri tan-lash ekanligiga alohida urg'u beradi. Binoba-rin, televizion texnologiyalar yo'nalishi mutax-assislik fanlarini o'qitishda ta'lim metodlarini

to'g'ri tanlash maqsad va natija o'rtasida o'zaro bog'liqlikni ta'minlaydi. Shu bois OTMning pedagoglari ularni to'g'ri tanlashga alohida e'tibor qaratishlari talab qilinadi.

Televizion texnologiyalar ta'lim yo'nalishi mutaxassislik fanlarini o'qitishda ta'lim metodlarini to'g'ri tanlash quyidagilar asosida amalga oshiriladi: o'qitishning umumiy maqsadlari; alohida o'quv fanining o'ziga xos jihatlari va xususiyatlari; o'quv fanini o'qitishdan ko'zlangan maqsad, vazifalar hamda har bir alohida mashg'ulot uchun mo'ljallangan o'quv mate-rialining mazmuni; o'quv materialini o'rganish uchun ajratilgan vaqt hajmi; talabalarning tayy-orgarlik darajasi, psixologik, fiziologik va ijodiy ko'rsatkichlari; o'qitish jarayonining o'quv, texnik va texnologik jihozlar (o'quv jihozlari, ko'rsatmali qurollar, texnik, kompyuter va boshqa moddiy vositalar) bilan ta'minlanganligi; pedagogning tayyorgarlik va shaxsiy sifatlari darajasi.

OTMda bo'lajak texnologik ta'lim o'qituvchilarini kasbiy grafik kompetentligini rivojlantirishda o'quv mashg'ulotlari, ayniqsa, amaliy mashg'ulotlarni tashkil etishda ta'lim metodlarini tanlashga alohida e'tibor qaratili-shi zarur. Ta'lim metodlarini to'g'ri tanlash quy-idagi natijalarga erishishni kafolatlaydi: tala-balarda mutaxassislik fanlari asoslarini puxta o'zlashtirishga bo'lgan qiziqish va motivasi-yani hosil qilish; ularning o'quv-bilish faol-ligini oshirish; talabalarning mustaqil, tanq-idiy va ijodiy fikrlash qobiliyatiga ega bo'lishini ta'minlash; talabalar tomonidan mutaxassis-lik fanlari asoslarini o'qitish sifatini yaxshilash; mutaxassislik fanlarini o'qitishning samarador-ligini oshirish.

Tadqiqotni olib borish jarayonida ma'ruza, amaliy va laboratoriya mashg'ulotlarda inter-faol metodlardan samarali foydalanishga e'tibor qaratildi. Bunda, eng avvalo, ma'ruza, amaliy va laboratoriya mashg'ulotlar uchun ularning xara-kterli xususiyatlarini inobatga olgan holda kutil-gan natijani ta'minlay olish imkoniyatiga ega interfaol metodlar tanlandi. Ya'ni:

I. Nazariy mashg'ulotlar uchun tanlangan interfaol metodlar:

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 10 (131)

1-jadval. "Audio-video montaj" fani bo yicha ish qog'ozi jadvali

№ Guruhlar Tushunchalar tizimi

1 1-guruh audio - video - animatsiya - tasvir - nuqta

2 2-guruh vektorli - effekt - raster - fraktal - 3D

3 3-guruh protsedurali - shape - brauzer - kalit kadrli - dasturlashtirilgan

4 4-guruh matn - audio - grafikalar - video - google

2-jadval. "Audio-video montaj" fani bo'yicha topshiriqning bajarilishi (namuna) jadvali

№ Guruhlar Tushunchalar tizimi

1 1-guruh audio - video - animatsiya - tasvir - nuqta

2 2-guruh vektorli - effekt - raster - fraktal - 3D

3 3-guruh protsedurali - shape - brauzer - kalit kadrli - dasturlashtirilgan

4 4-guruh matn - audio - grafikalar - video - google

3-jadval. "Audio video montaj uchun zamonaviy multimedia texnologiyalari" moduli bo'yicha ish qog'ozi

№ Tushunchalar Ularning ta'rifi

1 Multimedia

2 Media

3 Rang

4 Mediamahsulot

4-jadval. "Audio video montaj uchun zamonaviy multimedia texnologiyalari" moduli bo'yicha topshiriqning bajarilishi

(namuna)

№ Tushunchalar Ularning ta'rifi

1 Multimedia Kompyuter kabi axborot vositalaridan foydalanish va matn, masalan, axborotni taqdim etishning an'anaviy usullaridan tashqari, audio, video, animatsiya, tasvirlar va boshqalar kabi barcha mumkin bo'lgan ma'lumotlar bilan foydalanuvchini ma'lumot bilan ta'minlashi mumkinligini anglatadi.

2 Media Faqat hissiy organ tomonidan qabul qilinadigan aloqa vositasidir. Misol uchun siz eshitishingiz yoki ko'rishingiz mumkin bo'lgan ma'lumotlarga ega gazeta, kitoblar, rasmlar, audio yozuvlar va boshqa narsalar.

3 Rang Moddalar chiqargan yoki qaytargan nurlanish spektriga mos ravishda yorug'likning muayyan ko'rish tuyg'usini hosil qilish xossasi

4 Mediamahsulot Mediamahsulotlar taqdimotlar va o'yinlar, musiqiy videolar va reklamalar, Internet saytlari va Kompyuter dasturlari (masalan, "Dunyo bo'ylab" GPS qo'llanmasi), videokartalar va multimedia vositalari yordamida auditoriyaga ma'lumot yetkazishning boshqa usullari kiradi.

1. "Beshinchisi ortiqcha" strategiyasi1 aso-sida "Audio video montaj" fani bo'yicha tal-abalarning mavzuga oid nazariy bilimlarni o'zlashtirganliklarini aniqlash.

"Beshinchisi ortiqcha" strategiyasi talabalarn-ing mantiqiy tafakkur yuritish ko'nikmalariga ega bo'lishlarida ushbu strategiya alohida aha-miyatga ega. Uni qo'llashda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:

1) o'rganilayotgan mavzu mohiyatini ochib berishga xizmat qiladigan tushunchalar tizimini shakllantirish;

2) hosil bo'lgan tizimdan mavzuga taalluqli bo'lgan to'rtta va taalluqli bo'lmagan bitta tush-unchaning o'rin olishiga erishish;

1 O'.M.Asqarova, M.S.Nonov, Z.B.Kurbanova, D.A.Muminova Pedagogik va psixologik fanlarni o'qitish metodikasi. Darslik. - Toshkent: 2019. - 283-bet.

3) talabalarga mavzuga taalluqli bo'lmagan tushunchani aniqlash va uni tizimdan chiqarish vazifasini topshirish;

4) talabalarni o'z harakatlari mohiyatini sharhlashga undash (mavzuni mustahkamlash maqsadida talabalardan tizimda saqlanib qol-gan tushunchalarga ham izoh berib o'tish, ular o'rtasidagi mantiqiy bog'liqlikni asoslash talab qilinadi).

Mavzu mohiyatini yorituvchi tushunchalar o'rtasidagi mantiqiy bog'liqlikni ko'rsata va asoslay olish talabalarda mustaqil fikrlash, shaxsiy yondashuvlarini dalillash tengdoshlarn-ing fikrlari va shaxsiy g'oyalarni o'zaro taqqos-lash ko'nikmalarini ham shakllantirishga imkon beradi.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 10 (131)

5-jadval. "Audio video montaj uchun zamonaviy multimedia texnologiyalari" moduli bo'yicha Ish qog'ozi

Bilaman Bilishni xohlayman Bilib oldim

Multimedia Media Rang Mediamahsulotlar Mediamahsulotlar turlari Rang modellari Media mahsulotlar Intervyu Xabar Hisobot Reportaj Kompyuter animatsiyasi turlari RGB, CMYK, HSV, LAB rang modellari

6-jadval. "Audio video montaj uchun zamonaviy multimedia texnologiyalari" moduli bo'yicha topshiriqning bajarilishi

Bilaman Bilishni xohlayman Bilib oldim

Multimedia Media Rang Media mahsulotlar Media mahsulotlar turlari Rang modellari Media mahsulotlar Intervyu Xabar Hisobot Reportaj Kompyuter animatsiyasi turlari RGB, CMYK, HSV, LAB rang modellari

7-jadval. "Videomontaj uchun dasturiy vositalar to'plami" moduli bo'yicha ish qog'ozi

Bilaman Bilishni xohlayman Bilib oldim

8-jadval. "Videomontaj uchun dasturiy vositalar to'plami" moduli bo'yicha topshiriqning bajarilishi (namuna)

Bilaman Bilishni xohlayman Bilib oldim

1. Video montaj 2. Audio montaj 3. Montaj rutlari 1. Videomontaj dasturlari 2. Videomontaj dasturiy vositalari 3. Audiomontaj dasturiy vositalari 4. Videomontaj dasturiy vositalarining asosiy plaginlari 1. Videomontaj dasturlarini 2. Videomontaj dasturiy vositalarini 3. Audiomontaj dasturiy vositalarini 4. Videomontaj dasturiy vositalarining asosiy plaginlarini

2. "Tushunchalarning ta'rifi" metodi1 aso-sida "Audio video montaj uchun zamonaviy multimedia texnologiyalari" moduli bo'yicha talabalarning mavzuga oid nazariy bilimlarni o'zlashtirganliklarini aniqlash.

3. "Bilaman. Bilishni xohlayman. Bilib oldim" (BBB) GO2 asosida talabalarning mavzuga oid nazariy bilimlarni o'zlashtirganliklarini aniqlash.

"Bilaman. Bilishni xohlayman. Bilib oldim" (BBB) grafik organayzeri mavzu, matn, bo'lim bo'yicha izlanuvchilikni olib borish imko-nini beradi. U talabalarga muayyan mavzular bo'yicha bilimlari darajasini baholay olish imko-nini beradi. Uni qo'llashda talabalar guruh yoki jamoada ishlashlari mumkin. Guruhda ishlashda

1 O'.M.Asqarova, M.S.Nonov, Z.B.Kurbanova, D.A.Muminova Pedagogik va psixologik fanlarni o'qitish metodikasi. Darslik. - Toshkent: 2019. - 29-bet.

2 O'.M.Asqarova, M.S.Nonov, Z.B.Kurbanova, D.A.Muminova Pedagogik va psixologik fanlarni o'qitish metodikasi. Darslik. - Toshkent: 2019. - 273-bet.

mashg'ulot yakunida guruhlar tomonidan baja-rilgan ishlar tahlil qilinadi.

Grafik organayzerdan foydalanish uch bosq-ich asosida amalga oshiriladi: 1. Talabalarning o'rganilishi rejalashtirilayotgan mavzu bo'yicha tushunchalarga egalik darajalari aniqlanadi. 2. Talabalarning mavzu bo'yicha mavjud bilimla-rini boyitishga bo'lgan ehtiyojlari o'rganiladi. 3. Talabalar mavzuga oid ma'lumotlar bilan bataf-sil tanishtiriladi. O'quv faoliyati bevosita yozuv taxtasi yoki ish qog'ozida o'z aksini topgan quy-idagi sxema asosida tashkil etiladi:

Bosqichlar bo'yicha amalga oshirilgan hara-katlarning tafsiloti quyidagicha: 1) talabalar kichik guruhlarga biriktiriladi; 2) talabalarning yangi mavzu bo'yicha tushunchalarga egalik darajasi o'rganiladi; 3) o'quvchilar qayd etgan tushunchalar loyihaning 1-bandiga yozib boriladi; 4) talabalarning yangi mavzu bo'yicha mavjud bilimlarini boyitishga bo'lgan ehtiyojlari o'rganiladi; 5) talabalarning ehtiyojlari sifatida

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 10 (131)

bayon etilgan tushunchalar loyihaning 2-ban-diga yozib qo'yiladi; 6) o'qituvchi talabalarga yangi mavzu bo'yicha ma'lumotlarni beradi; 7) talabalar tomonidan o'zlashtirilgan yangi tushunchalar aniqlanadi;

Xulosa.

1. Tadqiqot natijalariga asoslanib Televizion texnologiyalar ta'lim yo'nalishi talabalarining kasbiy grafik kompetentligini rivojlantirishning integrativ modeli ishlab chiqildi, mazkur mod-elda muhandislarning kasbiy grafik kompetent-likni va ijodkorlikni shakllantirish samaradorligini baholanishi interfaol ta'lim texnologiyalari va metodlari asosida o'qitish natijasida mutaxassis-lik fanlaridan bilimlarni egallab, ularni o'z kasbiy faoliyatini egallash jarayonida samarali qo'llashi kabi holatlar nazarda tutiladi.

2. O'quv-metodik materialning tarkibiy elementlari - ishchi o'quv dasturi; modullar bo'yicha o'quv materiallari; talabalar bilimini nazorat qilish uchun testlar; amaliy topshiriq-lar (amaliy mashqlar); o'quv keyslari; individual topshiriqlar; mustaqil ish (ta'lim) topshiriqlari; o'quv-uslubiy tarqatma materiallar; glossariy hamda taqdimot o'rtasidagi bog'lanish, o'zaro aloqadorlik yaqqol ko'zga tashlanadi.

3. Televizion texnologiyalar ta'lim yo'nalishi talabalarining kasbiy grafik kompetentligini rivojlantirishning didaktik ta'minoti mazmuni interfaol metodlari va axborot kommunikatsion texnologiyalaridan foydalangan holda to'ldirildi va takomillashtirildi.

4. Tadqiqotni olib borish jarayonida "Audio-video montaj" fanini ma'ruza, amaliy va laboratoriya mashg'ulotlarida interfaol metod-

lardan samarali foydalanishga e'tibor qaratildi. Bunda, eng avvalo, ma'ruza, amaliy va laboratoriya mashg'ulotlari uchun ularning xarak-terli xususiyatlarini inobatga olgan holda kutil-gan natijani ta'minlay olish imkoniyatiga ega "Beshinchisi ortiqcha" strategiyasi, "Tushuncha-larning ta'rifi" metodi va "Bilaman. Bilishni xohlayman. Bilib oldim" (BBB) grafik organayzeri tanlandi. Ushbu metodlar asosida ish qog'ozi va topshiriqning bajarilishi television texnologiyalar ta'lim yo'nalishi talabalarini "Audio-video montaj" fanini modullari bo'yicha nazariy va amaliy bilimlarni o'zlashtirishi va o'zlashtiriganligini aniqlash tahlillari o'tkazilgan.

Takliflar:

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

1. Televizion texnologiyalarni o'qitish soha-sidagi mavjud texnika va texnologiyalarni grafik modellashtirish orqali ko'rib chiqish lozim;

2. Interfaol o'qitish usullarining talabalarn-ing motivatsiyasi va ularning kasbiy grafik kom-petentsiyasiga ta'siri bo'yicha tadqiqot natijala-rini qo'llash;

3. Televizion texnologiyalarning texnik jihatlarini tushunish va o'zlashtirish daraja-sini oshirish vositasi sifatida grafik modellashti-rishdan foydalanish tahlilini sinchkovlik bilan o'rganish;

4. Ushbu sohada interfaol o'qitish usullarining samaradorligini namoyish etish uchun aniq misollar va ish bosqichlarini qo'llash;

5. Kasbiy grafik kompetentsiyani rivojlan-tirish uchun o'quv jarayoniga interfaol usullar orqali kuchaytirilgan motivatsiyani joriy etish uchun texnologik xaritalarni qo'llash.

Adabiyotlar royxati:

1. Asqarova O'.M., Nonov M.S., Kurbanova Z.B., Muminova D.A. Pedagogik va psixologik fanlarni o'qitish metodikasi. Darslik. Toshkent ish- 2019. 365 b.

2. Shokirova Ch.T. Talabalarning ijodiy fikrlashini rivojlantirish va dasturiy nazorat asosida o'qitish samaradorligini oshirish. Diss. ... ped.fan.nom. Andijon., 2009 - 132 b.

3. Muslimov N. va boshq. Pedagogika I Nopedgogik OTM uchun). - T.: TDPU. 2013. 95 b

4. Nasritdinova U.A. Kompyuter grafikasi fanini o'qitishda uch o'lchamli modellashtirish vositasidan foydalanish metodikasi: ped.fanl. bo'yicha fals.dokt. ... dis. - T.: 2018. - 160 b.

5. Rahimov B.X. Yoshlarni ilmiy ijodiy faoliyatga yo'naltirish asoslari. - Toshkent: Fan, 2010. - 128 b.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ I СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 10 (131)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.