Научная статья на тему 'FIDOIYLIK VA MEHRIBONLIK SHAXS XUSUSIYATLARINING SHAKLLANISHINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK OMILLARI'

FIDOIYLIK VA MEHRIBONLIK SHAXS XUSUSIYATLARINING SHAKLLANISHINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK OMILLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
1
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Fidoiylik va mehribonlik shaxs hususiyatlari / qadriyatlar tizimi / ijtimoiy-psixologik yo‘nalganlik / empatiya / hamdardlik

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Yoqubova Xayotxon, Suleymanova T.G

Maqolada fidoiylik va mehribonlik shaxs hususiyatlari haqida malumot va uning namoyon bo'lish shakllari, fidoiylik va mehribonlik shaxs hususiyatlari shakllanishida oilaviy tarbiyaning ta'siri, fidoiylik va mehribonlik shaxs hususiyatlari shakllanishida oila va oilaviy munosabatlarning ahamiyati, alturistik shaxslarning qadriyatlar tizimi, shaxsning fidoiylik va mehribonlik shaxs hususiyatlari tarbiyalashning eng samarali usul va vositalari ham yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «FIDOIYLIK VA MEHRIBONLIK SHAXS XUSUSIYATLARINING SHAKLLANISHINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK OMILLARI»

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center IF = 8.165 www.in-academy.uz

SOCIO-PSYCHOLOGICAL FACTORS OF THE FORMATION OF PERSONAL CHARACTERISTICS OF DEDICATION AND

KINDNESS

Yaqubova is the daughter of Khayotkhan Abdukhakhor

Andijoni State University Teacher of the Department of General Psychology T. G. Suleymanova Andijan State University Associate Professor of the Department of General Psychology. Ph.D https://doi.org/10.5281/zenodo.14258392

ABSTRACT

The article provides information about the personality traits of dedication and kindness, as well as the forms in which they manifest. It discusses the influence of family upbringing on the development of these traits, the importance of family and familial relationships in shaping dedication and kindness, and the value system of altruistic individuals. The article also highlights the most effective methods and tools for cultivating the traits of dedication and kindness in a person.

EURASIAN IOURNAL OF SOCIAL SCIENCES

PHILOSOPHY AND CULTURE

ARTICLE INFO

Received: 25th November 2024 Accepted: 29th November 2024 Online: 30th November 2024

KEYWORDS Dedication, kindness, personality traits, value system, socio-psychological orientation,

empathy, compassion.

FIDOIYLIK VA MEHRIBONLIK SHAXS XUSUSIYATLARINING SHAKLLANISHINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK OMILLARI

Yoqubova Xayotxon Abduqaxxor qizi

Andijoni davlat universiteti Umumiy psixologiya kafedrasi o'qituvchisi T.G Suleymanova Andijon davlat universiteti Umumiy psixologiya kafedrasi dotsenti. P.f.n https://doi.org/10.5281/zenodo.14258392

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 25th November 2024 Accepted: 29th November 2024 Online: 30th November 2024

KEYWORDS Fidoiylik va mehribonlik shaxs hususiyatlari, qadriyatlar tizimi, ijtimoiy-psixologik yo'nalganlik, empatiya, hamdardlik.

Maqolada fidoiylik va mehribonlik shaxs hususiyatlari haqida malumot va uning namoyon bo'lish shakllari, fidoiylik va mehribonlik shaxs hususiyatlari shakllanishida oilaviy tarbiyaning ta'siri, fidoiylik va mehribonlik shaxs hususiyatlari shakllanishida oila va oilaviy munosabatlarning ahamiyati, alturistik shaxslarning qadriyatlar tizimi, shaxsning fidoiylik va mehribonlik shaxs hususiyatlari tarbiyalashning eng samarali usul va vositalari hamyoritilgan.

Oik ijtimoiy hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini, tarbiyani uzluksizligini ta'minlaydigan, kelajak nasi qanday bo'lib yetishishiga o'z ta'sirini ko'rsatadigan ijtimoiy makon va psixologik omil vazifasini bajaradi. Inson shaxsi oilada rivojlanadi. Oila muhabbat,

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center IF = 8.165 www.in-academy.uz

o'zaro hurmat, birdamlik va mehribonlikning emotsional manbaidir. Aynan mana shu qadriyatlarga har bir millat, jamiyat suyanadi.

Prezidentimiz SH.M.Mirziyoev ta'kidlaganlaridek, "Biz uchun muqaddas bo'lgan oila asoslarini yanada mustahkamlash, xonadonlarda tinchlik - xotirjamlik, ahillik va o'zaro hurmat muhitini yaratish, ma'naviy - ma'rifiy ishlarni aniq mazmun bilan to'ldirishdan iborat bo'lmog'i zarur". Erkin jamiyatning, oilaning moddiy hayot sharoitlari o'zgarishi o'z-o'zidan ma'naviy kamolotga olib kelmaydi. [1 , b.312].

Oila farovonligi - milliy farovonlik asosidir. Xalqimizning eng qimmatli an'analari: halollik, rostgo'ylik, or-nomus, sharmu hayo, mehru oqibat, mehnatsevarlik kabi barcha insoniy fazilatlar, eng avvalo, oilada shakllanadi.

Oila "millat sharafini" yuqori martabaga ko'taradigan zaminu vosita sanaladi. Jamiyat taqaraqqiyoti bevosita farzandlarning oilada oladigan tarbiyasi bilan uzviy bog'liqdir.

Shaxsning o'ziga xos xususiyatlari, insoniy fazilatlari aynan oilada shakllanadi. O'z navbatida oilaviy munosabatlar madaniyati shaxs kamolotiga ta'sir etuvchi dastlabki omil bo'lib, oilaviy muhitning ham jismonan ham ma'nan sog'lom bo'lishi jamiyat taraqqiyotiga, undagi mavjud muammolarni hal etishga ijobiy yoki salbiy ta'sir etmasdan qolmaydi. Sharqona tarbiyada shaxsni umummadaniy dunyoqarashining shakllanishi asosi oiladan boshlanadi

Inson xulq-atvorida fidoiylik va mehribonlik shaxs hususiyatlari mavjudligi muammosi falsafiy va axloqiy, sotsiologik shuningdek eksperimental psixologik tadqiqotlar orasida muhim o'rinni egallaydi.

Birgalikdagi faoliyat odamlarga rivojlanishning dastlabki ibtidoiy jamoa tuzumida tabiat kuchlariga qarshi turish va muloqot orqali ijtimoiy ongni shakllantirish imkonini berdi. Bu insonning dunyoga munosabat doirasini kengaytirish bilan birga uni nafaqat o'zini, balki o'z qabiladoshlarini ham himoya qilishga undadi.

Ijtimoiy hamda iqtisodiy taraqqiyot jarayonida asta-sekin jamiyatda xususiy mulkni shakllanishining natijasida ijtimoiy tabaqalanish insonlarda xudbinlik va shafqatsizlik kabi xulq-atvor shakllari paydo bo'ldi va hozirgi kungacha zamonaviy jamiyatda mavjud va rivojlanib kelmoqda.

Fidoiylik va mehribonlik shaxs hususiyatlari tushunchasiga quyidagicha ta'rif beriladi. Fidoiylik va mehribonlik shaxs hususiyatlari — axloqiy tamoyil bo'lib, unga ko'ra, boshqaning manfaatlari va shaxsi uning "men"i va uning yaxshiligidan ko'ra axloqiy jihatdan muhimroq deb hisoblashdir. Fidoiylik va mehribonlik shaxs hususiyatlari - egoizm (xudbinlik) tushunchasiga qarama-qarshidir.

Fidoiylik va mehribonlik shaxs hususiyatlariga sinonim sifatida adabiyotlarda "Alturizm" tushunchasi mavjud bo'lib, turli nazariy yo'nalishlar vakillari alturizmga turlicha ta'rif beradilar: "Alturizm boshqalarga muhabbat va g'amxo'rlik" (E. Fromm),

Alturizm shaxsning o'z manfa'atlar bo'lmaganda boshqalarning farovonligiga intilish" (D. Kempbell),

"Alturizm shaxsning o'zidagi egoistik manfaatlari bilan bog'liq bo'lmagan ongli ravishda kimgadir yordam berish motivi (D. Mayers, X. Hexauzen),

Alturistik xulq tavsifida tadqiqotchilar motiv, xulq, qadriyatlar tizimi, intilish, mayllar, ehtiyojlar ijtimoiy me'yor va mezon kabi tushunchalar tavsifi asosida ta'rif beradilar.

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center IF = 8.165 www.in-academy.uz

Shaxsda alturizm shaxs xususiyatlarini shakllanishida oila va oilaviy munosabatlarni ahamiyati yuqori bo'lib ota-onalarning tarbiyasi natijasida bola o'zining birinchi hayotiy tajribasini, atrofdagi voqelik borasidagi bilimlarni, ijtimoiy hayot malaka ko'nikmalarini va odatlarini shakllantiradi.

Ota-onalarning umuminsoniy qadriyatlarga sodiq bo'lgan kuchli axloqiy tamoyillarga ega bo'lishi farzandlar ruhiyatida ushbu jihatlarni shakllanishiga asos bo'ladi. (London, 1970; Oliner, Oliner, 1988; Rosenham, 1970). Ayni paytda, rus psixologi A. A. Moiseevaning (2007) ta'kidlashicha, ko'plab zamonaviy ota-onalar, umuman olganda, alturizmning zarurati va qiymatini tan olgan holda, o'z farzandlari bilan muloqot qilishda fidoyilik bilan bog'liq tarbiyaviy ta'sirlariga etarlicha ahamiyat ko'rsatmaydi. Ushbu ota onalar agar bolalarda alturistik shaxs xususiyatlari shakllansa mustaqil xayotda ko'plab muammolarga duch kelib , baxtsiz bo'ladilar chunki ularning o'zlarida xech nima qolmaydi deb xisoblaydilar.[7 , b.52 -53].

A. A. Moiseeva shaxsda alturistik shaxs xususiyatlarini tarbiyalash uchun eng muhim bo'lgan ijtimoiy omillardan biri bo'lib oilada o'zaro ishonch va hurmat va g'amxo'rlikka asoslangan emotsional yaqin shaxslararo munosabatlar asosida shakllanishini aniqladilar.

Alturizm shaxs xususiyati yuqori darajada shakllangan oilalarda bolalarda alturizmni shakllanishida ota onalar tomonidan ko'proq rag'batlantirish, bolani turli ijtimoiy vaziyatlarda qo'llab quvvatlash,bola shaxsi va individulligini hurmat qilish kuzatiladi .[7 , b.93].

Tadqiqotlar jarayonida alturistik shaxs xususiyatlari past darajada shakllangan ota-onalar oilada bolani jazolash, o'zaro qo'llab quvvatlash yordam berish xususiyatlarini shakllanishiga to'sqinlik qilishlari, bolaning fikri, istak va extiyojlarini e'tiborga olmasliklari, moddiy mukofotlarni afzal ko'rish kabi munosabatlarda namoyon bo'ladi.

Majburlash, qo'rqitish, shaxsini xo'rlash bolada alturizm xususiyatini shakllanishiga keskin to'sqinlik qiluvchi omillardan biridir. Alturistik xususiyatlarni shakllanishda aka va opalarning emotsional yaqin munosabatlari muhim ahamiyat kasb etishi A.A Moiseeva tadqiqotlarida aniqlangan. Shu bilan birga, muallif alturistik ta'lim murakkab va ko'p qirrali jarayon ekanligini ogohlantiradi, shuning uchun taklif qilingan tavsiyalar tez natija bermaydi, balki individual yondashuvni uzoq muddatli izchil qo'llashni talab qiladi.

Bolalarda shaxsini shakllanishida fidoiylik va mehribonlik shaxs hususiyatlarini rivojlantirish bilan bog'liq bo'lgan va oila tarbiya uslublarining ajralmas qismi bo'lgan jazo va mukofotlar metodi hisoblanadi. Jazo, tahqirlash va tahdidlar altrustik xulq-atvorining rivojlanishiga to'sqinlik qiladi. Fidoiylik va mehribonlik shaxs hususiyatlariga ega bolalarning ota-onalari jazoning ekstremal shakllaridan voz kechishni afzal ko'radilar va mukofotlardan maqtov va bolani qo'llab-quvvatlash usullarini tanlashadi. Past fidoiylik va mehribonlik shaxs hususiyatlariga ega shaxslarning ota-onalari, aksincha, moddiy mukofotlarni hamda haddan tashqari kuchli jazolarni maqul ko'radilar.

Tadqiqotlarda shaxsning fidoiylik va mehribonlik shaxs hususiyatlariga ega yo'nalishini shakllantirish oilani tarkibi, oildagi bolalar soni, eng muhimi, ular o'rtasida emotsional yaqin munosabatlarga bog'liq ekani aniqlangan. .[3 , b.21].

Xususan, oilaning munosabatlari jarayonida bola aka-uka va opa-singillar tomonidan o'zaro yordam ko'rsatishi, fidoiylik va mehribonlik shaxs xususiyatlarini shakllanishda ijobiy va muhim rol o'ynaydi.

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center IF = 8.165 www.in-academy.uz

Fidoiylik va mehribonlik shaxs hususiyatlariga ega bo'lgan bolalarni ota-onalari o'z farzandlarining yordam harakatlariga ijobiy munosabatda bo'ladilar. Ushbu toifadagi ota-onalar nafaqat o'z farzandlarini muhtojlarga yordam berishga o'rgatadilar, balki o'zlari ham xuddi shunday xatti-harakatlarni namoyish etib ular uchun namuna bo'ladilar.

Oilada fidoiylik va mehribonlik shaxs xususiyatlarini o'rganish bo'yicha o'rganilgan ilmiy nazariy manbalarga tayanib quyidagi xulosalarni keltiramiz:

1. Shaxsning fidoiylik va mehribonlik shaxs hususiyatlariga ijtimoiy-psixologik yo'nalganligi mazmuni oiladagi ijobiy yaqin emotsional munosabatlar hamda atrof-muhitning tarbiyaviy ijtimoiy ta'siri insonparvarlik yo'nalganligi natijasida shakllanadi.

2. Shaxsning fidoiylik va mehribonlik shaxs hususiyatlari odamlarga xayrixohlik, hamdardlik munosabatda yaqqol aks etib, boshqalarga foydalilik, ijtimoiy adolat hamda barqarorlikka intilish qadriyatlarida namoyon bo'ladi.

3. Shaxsda fidoiylik va mehribonlik shaxs hususiyatlariga rivojlanishi ijtimoiy ahamiyatga ega xulq-atvor bilan birga bo'lishi shaxsiy xususiyatlar bilan chambarchas bog'liq holda sodir bo'ladi. Fidoiylik va mehribonlik shaxs hususiyatlariga empatiya, hamdardlik hamda odamlarni tushunishga moyillikda namoyon bo'ladi. Fidoiylik va mehribonlik shaxs hususiyatlariga yuqori meyoriy xulq-atvor bo'lgan burch, odilona va vijdonlilik hissi mavjudligini anglatadi; ishonchlilik, ya'ni, ochiqlik hamda muloyimlik, hasaddan xolilik; bag'rikenglik; xayrixoxlik; odamlar bilan munosabatlarda barqarorlikka intilish. Yuqori fidoiy shaxslar o'zlarining qobiliyatlariga nisbatan atrofdagilarning qobiliyatlarini ortiqcha baholaydilar.

4. Fidoiylik va mehribonlik shaxs hususiyatlariga ega shaxslarga xudbinlik,xavotirlanish, salbiy axloqiy xislatlar boshqalarga nisbatan past darajada rivojlangan, ularga qaysarlik, xudbinlik, avtoritar munosabatlar xos emas.

5. Fidoiylik va mehribonlik shaxs hususiyatlariga ega shaxslarning qadriyatlar tizimida ijtimoiy adolat,mas'uliyat,chidamlilik shaxs xususiyatlari muhim o'rinni egallaydi. Asotsial xulq atvor o'z manfaatlarinining ustun qo'yilishi,xudbinlik kabi shaxs xususiyatlari alturistik shaxslarga xos emas.

6. Fidoiylik va mehribonlik shaxs hususiyatlarini yo'nalishini tarbiyalash uchun eng maqbul usul va vositalaridan biri oila munosabatlarning o'zaro ishonch-hurmat hamda emotsional yaqin munosabatlarga asoslanishidir. Aksincha bola ehtiyojlariga undagi fikr va mulohazalarga befarqlik, uni shaxsi va individualligini inkor etish, tahdidlar, tajovuzkor majburlash, fidoiylik va mehribonlik shaxs xususiyatlarini shakllanishga to'sqinlik ko'rsatuvchi omillardir.

References:

1. SH. Mirziyoev "Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz Toshkent O'zbekiston 2017 b 312

2. Bapra А.Я. Системнaя семейтая психотерaпия: Курс лекций. — СПб.: Речь, 2001, — 144 с.

3. Изapд К.Э Психология эмоций / Пер. с aH^. СПб.: Изд-во «Питер», 2000.-464 с.

4. Кapaбaновa О.А. Психология семейных отношений и основы семейного консультиpовaния: Учебное пособие. -М.: Гapдapики, 2004. 320 с.

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center IF = 8.165 www.in-academy.uz

5. Каримова В. М. Оила психологияси Тошкент 2007

6. Куницына В.Н. Проекция детства во взрослость: стиль семейных отношений в детстве и его влияние на формирование личности ребенка/В сб. Социально-психологические проблемы общения и взаимодействия людей.- СПб.: Речь,2006.— С. 512.

7. Моисеева А.А. Теоретические аспекты определения моделей альтруистического поведения. - Ученые записки ИНПО, выпуск 5, книга 2, В.Новгород, 2003.

8. Овчинникова О.В. О диагностике альтруистических установок личности //Вестник Моск. Университета. Серия 14. Психология, 1983, № 2, стр. 27-35

9. Пилецкий С.Г. Истоки альтруизма. М., 1999. - 118 с.

10. Словарь практического психолога. — М.: АСТ, Харвест. 1998 г.69.

11. Славская А.Н Соотношение эгоцентризма и альтруизма личности: интерпретации. //Психологический журнал, №6, 1999, стр. 13-23

12. https://cyb erleninka.ru / article/п/duhovnaya-priroda-chelovekav-ekzistentsialnoy-filosofiiv-e-frankla

13. https://translated.turbopages.org/proxy_u/en-ru.ru.a8a49959-633e9180-db68d004-74722d776562/https/en.wikipedia.org/wiki/Altruistic_behavior

14. https://www.forbes.ru/forbeslife/459841-dobro-bez-lukavstva-cto-takoe-al-truizm-i-kak-emu-naucit-sa.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.