Научная статья на тему 'DEVIANT XULQ-ATVOR MUAMMOSI VA OILAVIY MUNOSABATLARNING O’ZARO ALOQADORLIGI'

DEVIANT XULQ-ATVOR MUAMMOSI VA OILAVIY MUNOSABATLARNING O’ZARO ALOQADORLIGI Текст научной статьи по специальности «Социальные науки»

1346
492
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ota-onalar deviant hulq-atvor / OAV gʻamxoʻrlik / tarbiyaviy funksiya / oilaviy tarbiya / oʻsmirlar / oilaviy muammolar / nizolar / huquqbuzarlik / affektiv soha / disfunktsional / emotsional holat / agressiv xulq-atvor / oilaviy munosabatlar. / родители / девиантное поведение / медийная забота / воспитательная функция / семейное воспитание / подростки / семейные проблемы / конфликты / делинквентность / аффективная сфера / дисфункциональное / эмоциональное состояние / агрессивное поведение / семейные отношения

Аннотация научной статьи по социальным наукам, автор научной работы — Umida Abduvakilovna Karakulova, Yodgora Odilboy Qizi Albekova, Hilola Zayniddin Qizi Abduraxmonova

Ushbu maqolada voyaga yetmaganlar orasida yuzaga keladigan deviant hulqatvor, uning ko’rinishlari, olimlar fikrlari,qarashlari va bu borada olib borilgan izlanishlari haqida ma’lumotlar berilgan.Oilada shaxslararo munosabatlar,oilada yuzaga keladigan nizolar va ularning farzandlar tarbiyasiga,xulq-atvori va ruhiyatiga ta’siri yoritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

в данной статье представлена информация о девиантном поведении, которое встречается у несовершеннолетних, его проявлениях, мнениях и взглядах ученых, а также о проведиенных в связи с этим исследованиях, освещено влияние на характер и психику.

Текст научной работы на тему «DEVIANT XULQ-ATVOR MUAMMOSI VA OILAVIY MUNOSABATLARNING O’ZARO ALOQADORLIGI»

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

DEVIANT XULQ-ATVOR MUAMMOSI VA OILAVIY MUNOSABATLARNING O'ZARO ALOQADORLIGI

Umida Abduvakilovna Karakulova

O'zMU Jizzax filiali"Oila psixologiyasi kafedrasi o'qituvchisi.

Yodgora Odilboy qizi Albekova, Hilola Zayniddin qizi Abduraxmonova

"Yoshlar psixologiyasi" yo'nalishi 1-kurs talabalari [email protected]

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada voyaga yetmaganlar orasida yuzaga keladigan deviant hulq-atvor, uning ko'rinishlari, olimlar fikrlari,qarashlari va bu borada olib borilgan izlanishlari haqida ma'lumotlar berilgan.Oilada shaxslararo munosabatlar,oilada yuzaga keladigan nizolar va ularning farzandlar tarbiyasiga,xulq-atvori va ruhiyatiga ta'siri yoritilgan.

Kalit so'zlar: ota-onalar deviant hulq-atvor, OAV g'amxo'rlik, tarbiyaviy funksiya,oilaviy tarbiya, o'smirlar, oilaviy muammolar, nizolar, huquqbuzarlik, affektiv soha, disfunktsional, emotsional holat, agressiv xulq-atvor, oilaviy munosabatlar.

в данной статье представлена информация о девиантном поведении, которое встречается у несовершеннолетних, его проявлениях, мнениях и взглядах ученых, а также о проведиенных в связи с этим исследованиях, освещено влияние на характер и психику.

Ключевые слова: родители, девиантное поведение, медийная забота, воспитательная функция, семейное воспитание, подростки, семейные проблемы, конфликты, делинквентность, аффективная сфера, дисфункциональное, эмоциональное состояние, агрессивное поведение, семейные отношения.

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

This article provides information about deviant beha1 that occurs in minors, its manifestations, opinions and views

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

scientists, as well as studies conducted in connection with this, highlights the impact on character and psyche.

Keywords: parents, deviant behavior, media care, educational function, family education, adolescents, family problems, conflicts, delinquency, affective sphere, dysfunctional, emotional state, aggressive behavior, family relationships.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Voyaga yetmaganlar ishi bilan shug'ullanuvchi komissiyalar faoliyatini takomillashtirish to'g'risida"gi qaroriga[2]ko'ra voyaga yetmaganlar huquqbuzarliklarining oldini olish, jinoyatchilik va jamiyatga qarshi boshqa xatti-harakatlarga qarshi kurashni kuchaytirishga qaratilgan aniq choralar belgilangan bo'lib, bu jinoyatchilikni oilaviy munosabatlar va shaxsning jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlari tizimidagi o'zaro uzviy aloqasi doirasida o'rganishni taqozo etadi.

Malumki, har bir jamiyat o'zining qafiy belgilangan ijtimoiy xulq-atvor dasturlari tizimiga va jamoatchilik fikri, odatlar, axloqiy tamoyillar, ananalar kuchiga tayanuvchi xulq-atvor qoidalariga ega. Qabul qilingan me'yorlar xulq-atvorning tarixan shakllangan qoidalari sifatida talqin qilinadi, shu bilan birga u baholovchi vazifaga ham ega. Unga muvofiq ravishda har qanday harakat «to'g'ri» yoki «noto'g'ri» «yaxshi» yoki «yomon» deb tavsiflanadi. Bunday tushunishda me'yorning tabiiy bo'g'lanishi, yani unga aloqador tushuncha «buzilish» atamasi bo'lib hisoblanadi. Odatda «buzilish» atamasi har qanday «kasal» va «kasallik» xususida mulohaza yuritilganda ham ishlatiladi. Chunki buzilish aniq termin bo'lmasdan, balki bu tushuncha orqali xulq-atvor yoki uning ko'rinishlari bilan bog'liq belgilar tushuniladi.[9] Insonning xulq-atvori o'zgaruvchan va rang-barang bo'lib, uning individual xususiyatlari, o'ziga xos «uslublari» ning mavjudligi hammaga ayon. Biroq bu xulq-atvorning xilma-xilligi uning cheksiz degani emas, zero insonlarning o'zaro muloqoti, o'zaro munosabati, ularni turli ijtimoiy guruhlarga birikuvi, yashashi uchun iliq psixologik muhitning saqlanishi zaruratdir. "Har bir shaxs o'z yosh davriga xos muayyan ijtimoiy munosabatlar egasi hamda unga jamiyat tomonidan ko'rsatiladigan ko'plab iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy tasirlarning obyekti hisoblanadi"Shaxsning xarakteri, temperamenti, qobiliyati ruhiy jarayonlarni boshdan kechirganda, mehnat faoliyatida, turmushda o'zini namoyon etadi. Demak, psixik jarayonlar, psixik holatlar va psixik xususiyatlarning o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik hamda aloqadorlik shaxsning psixologik tuzilis] tashkil etadi.

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

Deviant xulqli farzandi bor oila a'zolarinig o'zaro munosabatlarida rad etilganlik va befarqlik kabilar ko'proq ko'zga tashlanadi. Tadqiqotlarining ko'rsatishicha, ota-ona orasidagi doimiy nizolar, urush-janjallar, o'zaro xusumat, shuningdek, mustahkam bo'lmagan nikoh deviant xulqida yoshligidanoq o'z asoratlarini ko'rsatadi. Bunday ota-onalar o'z farzandlarining ijtimoiy tarbiyasiga, ularga nisbatan kam e'tibor beradilar. Ayni vaqtda farzandlar tomonidan ham shunday munosabat kuzatiladi. Ushbu holatlar sof psixologik nuqtai nazaridan etibor berilsa xar qanday xuquqbuzarlik, xar qanday jinoiy faoliyatning alohida turi sifatida talqin qilinadi. Bunda inson ijtimoiy faolligini belgilovchi va o'ziga hos qonunbuzarlik shaklida ifodalonuvchi uning psixik holati, shaxsning motivatsion jabxasi, individual psixologik sifatlari, psixologik hususiyatlari, sub'yektning ijtimoiy qadriyatlarga munosabatlarida o'z ifodasini topadi. voyaga yetmaganlar xos deviant xulq-atvor va ularni ijtimoiy moslasha olmaslik (dezadaptatsiya) muammosi kuchayib borish xususiyatiga ega ekanligi bois ham juda dolzarbdir. Bunday o'smirlarning umum qabul qilingan ijtimoiy va manaviy-axloqiy me'yorlarni tan olmasligi, talim-tarbiya bilan shug'ullanuvchi oila, maktab, mahalla va boshqa ijtimoiy institutlar oldiga muhim vazifalarni yuklaydi. Xulq-atvorida buzilishlari bo'lgan o'smirlarning psixik rivojlanishida ham o'zgarishlar ro'y berishi sir emas. Shu bois ularning xulq-atvorida buzilishni keltirib chiqaruvchi sabablarni tadqiq qilish, oilaning farzand tarbiyasidagi o'rnini o'rganish alohida yondashuvni talab etadi.

Tarbiyasi «qiyin»lik va u bilan bog'liq deviant xulqining vujudga kelish jarayoni: madaniy (M.Mid, E.Fromm), iqtisodiy (G.Kayzer, B.Xolist, G.Shnayder), ijtimoiy (S.D.Arzumanyan, N.P. Dubinin, V.N.Kudryavtsev), salomatlik (M.I.Buyanov, P.B.Gannushkin, A.I. Zaharov, I.I. Kovalev, Z.F. Kamaletdinova, A.E. Lichko), ijtimoiy-psixologik (M.A. Alemaskin, S.A. Belicheva, L.I.Bojovich, G.G.Bochkareva, A.I.Dolgova, YA.L.Kolominskiy, V.M.Karimova, M.N.Ovchinnikova, E.G'.G'oziyev), pedagogik (A.S.Belkin, N.N.Vertsinskaya, L.S.Vigotskiy) kabi keng qamrovli tasirlar oqibati ekanligi aniqlangan. Shuningdek, N.Komilovani "Xulqi og'ishgan bolalar psixologiyasi" nomli o'quv qo'llanmasida bolalarning og'ishgan xulqi psixologiyasining dolzarb masalalari: ushbu ko'rinishning fenomenologiyasi, turlarning tasnifî, determinasiya va ishlash mexanizimlari, ijtimoiy-psixologik prevensiya va intervensiyaning usullari ko'rib chiqilgan.

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

Jamiyatimiz taraqqiyoti munosabati bilan oila, uning barcha hayotiy bosqichlari jiddiy o'zgarishlarga uchramoqda. Millatning tarixiy, milliy va regional xususiyatlarini hisobga olgan holda o'zbek oilalari taraqqiyotini umumiy va xususiy taraqqiyotlar asosida oilaviy tarbiyani maqsadga muvofiq yaxshilash lozim.

Oila jamiyatning asosiy instituti hisoblanib, u tarbiyaning boshlang'ich o'chog'i sifatida shaxsning shakllanishida muhim rol o'ynaydi. Oilaning tarbiyaviy ahamiyatiga molik vazifasini ta'minlanishida undagi ijtimoiy psixologik muhit, shaxslararo munosabatlar belgilaydi. Agar rollar, o'rinlar va o'zaro hamjihatlik inqirozga yuz tutgan holatlarda oiladagi psixologik muhitni tasavvur qilishni o'zi murakkabdir. Oilada shaxslararo munosabatlarning o'ziga xos tomonlari uning barqarorligini ta'minlashga va unda unib o'sayotgan bolalarning xar tamonlama yetuk inson bo'lishiga xizmat qiladi

Oilaviy nizolarning bolaga salbiy ta'siridan qanday qochish kerak? Ushbu masala ota-onalarning xatti-harakatlarini ko'rib chiqish, janjallarning sababini aniqlash va undan xalos bo'lishni o'z ichiga oladi. Buni o'zlari va ularning munosabatlari ustida ishlashni xohlaydigan, shuningdek, farzandining oilada noqulay sharoitda yashashini istamaydigan ota-onalar tomonidan ko'proq qo'llaniladi. Bunday maqsadni qo'ygan holda, ota-onalar bolani yuqorida tavsiflangan barcha muammolar va tashvishlardan xalos qilishlari va shu bilan birga oilani va ularning o'zaro munosabatlarini mustahkamlashlari mumkin. Agar nizo muqarrar bo'lsa, unda ota-onalar vaziyat bolaning ishtirokisiz tartibga solishga harakat qilishlari kerak. Har qanday sharoitda bir-biringizga tanqid va ayblovlar bilan hujum qilmaslik darkor. Bunday holda, ziddiyat faqat o'sadi. Bir-birlariga tahdid qilish - bu umuman nizolar uchun tabu. Shuni unutmangki, bolalar ishonuvchandir va ular sizning barcha so'zlaringizni chinakam haqiqat deb qabul qilishadi va ularning hayollari sizning tahdidlaringizni dahshatli nisbatlarga bo'yashga qodir, bu esa kichkina odam uchun stressni keltirib chiqaradi. Bola bilan bir-biringizga tahdid qilish, yoki bolaga tahdid qilish uning mo'rt psixikasini buzishdir. Agar oilada ota-onalik mahorati yuksak, vazifasi to'liq bajarilsa, unda oilada nizolar bo'lmaydi va albatta, ularning bolaga ham salbiy oqibatlari oldi olinadi.

Deviant xulqli o'smirlar olingan ijtimoiy-psixologik so'rovnoma natijalari orqali, ijtimoiy nazorat mexanizmini kuchaytirish uchun, "oila-mahalla-ta'lim muassasasi" hamkorligini yangi bosqichga olib chiqish darkor.riül Bunda mahallalarda yoshlar masalalari b

ishlaydigan kadrlar sonini ko'paytirish, yoshlarni bo'sh vaq

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023

Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

samarali tashkil etish maqsadida turli to'garaklarni tashkil etish, smart maqsadlarni qo'yishga ko'maklashish maqsadida motivatsion-tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan uchrashuvlarni tashkil etish muhimdir.

OAVda, ta'lim muassasalarida yoshlarni ibratli xulqqa chorlaydigan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni ko'paytirish, ularda axborot iste'moli madaniyatini shakllantirish orqali yot g'oyalarning ta'siriga berilib ketmaslik choralarini ko'rish lozim. Bunda ijtimoiy nazorat mexanizmini, shuningdek, shaxsning emotsional-irodaviy sohalarini rivojlantiruvchi, ularni mantiqiy fikrlashga undaydigan darsda qo'llaniluvchi samarali o'quv-metodlaridan foydalanish lozim.

Yoshlar orasida, shuningdek, xulqi og'ishgan shaxslar, tarbiyasi qiyin o'smirlar bilan ishlashda ijtimoiy-psixologik treninglarni ko'proq o'tkazish, ularda xarakter xislatlari va jamoa bilan ishlash ko'nikmalarini shakllantirish orqali xulq og'ishini oldini olish mumkin.

REFERENCES

1. Abduvakilovna, K. U., & Xusanovna, R. X. (2022). O'SMIRLARDA DEVIANT XULQ-ATVOR SHAKLLANISHIGA OILAVIY NIZOLARNING TA'SIRI. Journal of new century innovations, 19(2), 91-94.

2. Abduvakilovna, K. U., & Baxriddin o'g'li, X. J. (2022). O'SMIRLARDA SALBIY XULQ-ATVOR NAMOYON BO'LISHINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI. Journal of new century innovations, 19(2), 87-90.

3. Abduvakilovna, K. U. (2022). OLIY O'QUV YURTI TALABALARIDA KASBIY VA AXLOQIY SIFATLARI SHAKLLANISHINING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK TAJRIBA ISHLARI NATIJALARI. Journal of new century innovations, 19(2), 95-98.

4. Karakulova, U., Rashidova, G., & Raxmatullayeva, M. (2023). DEVIANT XULQ-ATVOR RIVOJLANISHIDA OILAVIY MUNOSABATLARNING TA'SIRI. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, 3(1).

5. Rahmatullayeva, M., Rashidova, G., & Karakulova, U. (2023). XXI ASRDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR VA PEDAGOGIK MAHORAT. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, 3(1).

6. Rahmatullayeva, M., Karakulova, U., & Xaydarqulov, H. (2023). O 'QITUVCHI VA TALABALAR O 'RTASIDA SHAXSLARARO MUNOSABATLARNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI. Жур

Педагогики и психологии в современном образовании, 3(1).

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

7. KARAKULOVA U.A. Deviant xulq-atvor rivojlanishida oilaviy munosabatlarning ta'siri // Педагогик ва психологик тадкикотлар. № 1 (2023) Б. 158-164. https://doi.org/10.5281/zenodo.7586846

8. Abduvakilovna, K. U. (2022). O'SMIRLIK DAVRINING PSIXOLOGIK

MUAMMOSI. O'ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI, 2(14), 763-767.

9. ABDUVAKILOVNA, K. U. (2023, February). KICHIK MAKTAB YOSHIDA BOLALAR DIQQATINING O 'ZIGA XOS HUSUSIYATLARI. In " ТАРАЩИЁТ ТАДКИКОТЛАРИ" куп тармоцли конференция туплами. https://imfaktor. uz/.

10. Karakulova, U., Berdiyorova, S., & Rejepbayeva, A. (2023). O'SMIRLIK DAVRIDA NOMOYON BO'LADIGAN DEVIANT XULQ-ATVOR. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, 3(2).

XUSUSIYATLARI

VA

DEVIANT

XULQ-ATVOR

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.