Научная статья на тему 'SHAXS SHAKLLANISHIDA INDIVIDUAL-PSIXOLOGIK YONDASHUVNING PSIXOLOGIK XIZMAT JARAYONIDA TAHLIL ETILISHI'

SHAXS SHAKLLANISHIDA INDIVIDUAL-PSIXOLOGIK YONDASHUVNING PSIXOLOGIK XIZMAT JARAYONIDA TAHLIL ETILISHI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

1181
609
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Psixologik xizmat / individual yondashuv / dinamik xususiyat / intellektual taraqqiyot / psixologik maslahat / psixokorreksiya. / Психологическая служба / индивидуальный подход / динамические особенности / интеллектуальное развитие / психологическое консультирование / психокоррекция.

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — Gulshoda Baxronovna Xudoyqulova

Maqolada o‘smir shaxsining shakllanishida maxsus sharoitlarni hisobga olish, har bir o‘smir o‘quvchining individual psixologik xususiyatlarini ilmiy asosda tushunish hamda individual yondashuvning psixologik xususiyatlari haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Статья посвящена рассмотрению особых условий формирования личности подростка, научному осмыслению индивидуально-психологических особенностей каждого школьника-подростка, психологическим особенностям индивидуального подхода.

Текст научной работы на тему «SHAXS SHAKLLANISHIDA INDIVIDUAL-PSIXOLOGIK YONDASHUVNING PSIXOLOGIK XIZMAT JARAYONIDA TAHLIL ETILISHI»

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

SHAXS SHAKLLANISHIDA INDIVIDUAL-PSIXOLOGIK YONDASHUVNING PSIXOLOGIK XIZMAT JARAYONIDA TAHLIL

ETILISHI

Gulshoda Baxronovna Xudoyqulova

Buxoro davlat universiteti Psixologiya va sotsiologiya kafedrasi dotsenti, psixologiya

fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)

ANNOTATSIYA

Maqolada o'smir shaxsining shakllanishida maxsus sharoitlarni hisobga olish, har bir o'smir o'quvchining individual psixologik xususiyatlarini ilmiy asosda tushunish hamda individual yondashuvning psixologik xususiyatlari haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: Psixologik xizmat, individual yondashuv, dinamik xususiyat, intellektual taraqqiyot, psixologik maslahat, psixokorreksiya.

АННОТАЦИЯ

Статья посвящена рассмотрению особых условий формирования личности подростка, научному осмыслению индивидуально-психологических особенностей каждого школьника-подростка, психологическим особенностям индивидуального подхода.

Ключевые слова: Психологическая служба, индивидуальный подход, динамические особенности, интеллектуальное развитие, психологическое консультирование, психокоррекция.

ABSTRACT

The article is devoted to the consideration of the special conditions for the formation of the personality of a teenager, the scientific understanding of the individual psychological characteristics of each teenage schoolchild, the psychological characteristics of the individual approach.

Keywords: Psychological service, individual approach, dynamic characteristics, intellectual development, psychological counseling, psychocorrection.

Ta'lim-tarbiyadagi individual yondashuv, bolani boshqalardan ajratib individual o'qitishni bildirmaydi, balki shaxsning u yoki bu xislatlarining shakllanishida maxsus

May 6

865

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

sharoitlarni hisobga olish, har bir o'quvchining individual psixologik xususiyatlarini ilmiy asosda tushunishni anglatadi.

Individual yondashuvning vazifasi - rivojlanishning individual usullarini, bolaning imkoniyatlarini aniqlab, har bir shaxsning faolligini ta'minlashdan iborat. Bu nuqtai nazardan olganda, individual yondashuv faqatgina «tarbiyasi qiyin» bolalarga emas, barcha o'quvchilarga ham zarurligi tushunarli bo'ladi. Kollej psixologlari bu usulni u yoki bu shaklda qo'llaydilar, chunki bu ko'zga tashlanib turgan qiyinchiliklar bilan birgalikda, bola shaxsiy taraqqiyotining ba'zi yashirin nuqsonlarini ham topishga yordam beradi.

Birinchidan, bu usulni qo'llash juda ko'p vaqtni olganligi uchun, uni amalga oshirishning har doim ham iloji bo'lmaydi. Bu usul ko'p vaqtni talab qilganligi uchun faqatgina psixolog emas, «tarbiyasi qiyin» o'quvchi ham charchaydi, tekshiruvda ishtirok etishdan bosh tortadi, topshiriqlarni o'zi sezmagan holda nomiga bajaradi. Tajribadan ma'lum bo'lishicha, ayniqsa og'zaki metodikalar qanchalik to'liq bo'lmasin, qiyinchilik tug'diradi. Bundan tashqari bunday metodikalar shaxsni to'liq xarakterlash uchun yetarli bo'lmaydi.

Rivojlantiruvchi va psixokorreksion ishlar psixolog tomonidan har xil shakllarda, vaziyatlarda va holatlarda individual tarzda tashkil qilinadi:

a) amaliy psixologning maxsus ishi, mashg'uloti ayrim bolalar, o'quvchilar va talabalar bilan alohida o'tkazilishi rejalashtiriladi;

b) psixologlarning boshqa bir faoliyati maxsus ravishda amalga oshirilib, bolalar, o'quvchilar, talabalar guruhlariga tarbiyaviy ta'sir o'tkazishga yo'naltirilgan bo'ladi;

v) ota-onalar, pedagogik jamoa ishtirokida tarbiyaviy tadbirlar tarzida mashg'ulotlar, tushuntirish ishlari olib borish nazarda tutiladi.

Rivojlantiruvchi va psixokorreksion ishlar dasturini shunday tuzish kerakki, unda korreksion ishga jalb qilingan o'smirning qadriyatga yo'nalganligi, etnopsixologik va etnomadaniyat xususiyatlari o'z aksini topsin. Dasturni xalq, etnos, millat, elat tarixi, an'analari, rasm-rusumlari, udumi, odati, stereotipi kabilarni hisobga olgan xolda tuzish maqsadga muvofiq. O'rta maxsus ta'limi o'quvchilari bilan murabbiylar o'rtasidagi nomutanosiblikni yo'qotish maqsadida maxsus mashg'ulotlar o'tkazish: ulardagi o'qishdan, ijtimoiy muhitdan, egallagan o'rnidan, mavqeidan qoniqmaslik hissini kamaytirish uchun trening, ishchanlik o'yinlari, psixodramadan foydalaniladi. Emotsional zo'riqishning oldini olish va uni kamaytirish niyatida maxsus xonalar jihozlash (xona jahon standartlariga javob berishi, boshqaruv pulti, ekran

_May 6

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

vositalari, audiotrening, sotsial trening, texnik vositalariga, ilmiy-amaliy metodikalarga ega bo'lishi )ga ahamiyat qaratish zarur.

Korreksion ishlar ma'lum tartibda, ilmiy tanlov asosida, muayyan seans bo'yicha o'tkazilishi shart. Bunda emotsional zo'riqishga uchragan shaxs millati, yoshi, jinsi, individual-tipologik xususiyati, ta'sirlanish darajasi hisobga olinishi kerak; tuzatish ishlari mashg'ulot, faoliyat, kasb xususiyatiga mos, mutanosib bo'lishi, ta'sir o'tkazish samaradorligini oshiradi.

Yondashuvning psixologik shartlari, ta'lim -tarbiyadagi nuqsonlarning oldini olish omillari, yo'llari yuzasidan yordam ko'rsatishi zarur. Bolalar, o'quvchilar, talabalarning shaxsiy muammolarini hal qilishda baholi qudrat ko'mak berishi darkor. Ota-onalarga tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda maslahatlar berish, nizoli vaziyat va psixologik holatlarni birgalikda tahlil qilish orqali amaliy tavsiyalar beriladi. Ota-onalarga farzandlarining tibbiy yordamga muxtojligi yoki boshqa muassasalarga murojaat qilish zaruriyat ekanligini aytish, pedagogik odob bilan tushuntirish, berilayotgan ko'rsatmalarga ularni ishontirish shart.

Har bir bola faqat o'ziga xos bilish ruhiy jarayonlari,ya'ni, sezgi, idrok, diqqat, xotira, tafakkur, tasavvurlari, individual-psixologik xususiyatlari, xarakteri, temperamenti, qobiliyatlari, emotsional-irodaviy soxasi, hissiyoti, emotsiyalari, irodaviy xulq-atvor xususiyatlari, faoliyat motivatsiyasiga ega bo'ladi. Ma'lum yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlarini bilmay turib, ularga maqsadga muvofiq ravishda ta'lim va tarbiya berib bo'lmaydi. Bolaning har bir yoshi o'z qiyinchiliklariga ega bo'ladi va o'ziga nisbatan maxsus munosabatda bo'lishini talab qiladi. Kichik maktab yoshidagi bolalarga nisbatan psixologik jihatdan to'g'ri keladigan va yaroqli bo'lgan usul ko'pincha o'smirlarga nisbatan yaroqsiz va xato bo'lishi mumkin. O'qituvchining bilishi mutlaqo zarur bo'lgan individual farqlar har bir yosh davrida turlicha yondashuvlarni talab qiladi.

Bu umumiy holat hozirgi kunda quyidagi vazifalarni o'z ichiga oladi:

1. Ota-onalarni, o'qituvchilarni va bola tarbiyasidagi ishtirok etadigan boshqa shaxslarni bola psixik taraqqiyotining yosh va individual xususiyatlariga qarab jalb qilish.

2. Psixik taraqqiyot buzilishlarini va har-xil normadan chetga chiqishlarini o'z vaqtida aniqlash va ularni tibbiy, pedagogik maslahatlarga yo'llash,

3.Jismoniy yoki nerv- psixik sog'ligi kuchsizlangan bolalarda ikki marta psixologik asoratlarning oldini olish va ularning psixogigiyen ~ ~'

va psixoprafilaktikasi bo'yicha tavsiyalar berish.

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

4. Patopsixologlar va vrachlar, pedagogik-psixologlar bilan birgalikda o'qituvchilar, ota-onalar va boshqa shaxslar uchun ta'limdagi qiyinchiliklarni pedagogik va psixologik korreksiya qilish bo'yicha tavsiyanomalar tuzish.

5. Oilada bola tarbiyasi bo'yicha tavsiyanomalar tuzish (oila psixoterapiyasi mutaxassislari bilan birgalikda).

6. Bolalarga va ota-onalarga maslahatlar berishda maxsus guruhlar bilan maxsus tuzatish ishlarini olib borish.

7. Ma'ruzalar va ishning boshqa shakllari xususida aholini psixologik bilimlar bilan tanishtirish.

Individual psixologik maslahat berish psixolog amaliy faoliyatining eng mas'uliyatli turlaridan biridir. Maslahatchining fikri, psixik taraqqiyot bo'yicha har bir bahosi bolaning keyingi taraqqiyotiga, o'qituvchilarning, ota-onalarning bolaga nisbatan munosabatiga katta ta'sir ko'rsatishi mumkin, Shuning uchun, individual psixologik maslahat bola rivojlanishini boshidan diqqat bilan tahlil qilib, har xil manbalardan olingan ma'lumotlarga asoslanadi.

Ma'lumotlar manbasi sifatida ota-onalar bilan suhbat, o'qituvchining ota-onalar hamda bolaning o'zi bilan suhbati, bolaning o'zi bilan suhbat, bolani uyda, maktabda va boshqa hollarda kuzatish psixologik tajriba orqali tekshirish, ota-onalar bilan tanishish, tibbiy hujjatlar bilan tanishish va boshqalardan foydalanish mumkin. Ko'pchilik mualliflar aniq hodisaga maslahat berishda quyidagi ketma-ketlikni afzal ko'radi:

1. Ota-onalar bilan dastlabki suhbatda olingan ma'lumotni tahlil qilish hamda shifokorlardan, pedagoglardan olingan ma'lumotlarni ham e'tiborga olish.

2. Bolaning ilgarigi rivojlanish bosqichlari, oiladagi munosabat xaqida, sog'ligi xaqida ma'lumot olishi uchun ota-onalar bilan suxbat.

3. Boshqa mussasalardan ma'lumot yig'ish, sog'ligi xaqida ma'lumot, bolani maktabda, uyda boshqa hollarda kuzatish. Psixologik metodlar bilan tekshiruvga muhim qo'shimcha sifatida bolaning faoliyatini yoki rasmlari, qiziqadigan narsalarini tahil qilish kiradi.

Bolani maktabda, uyda boshqa hollarda kuzatishda, psixolog olingan ma'lumotlar asosida bola rivojlanishining umumiy darajasiga baho berishi, bola qiyinchiliklari mohiyatini tavsiflashi, qiyinchiliklardan kelib chiqqan omillarini aniqlashi va psixokorreksion dasturini ishlab chiqishi kerak. Maslahat berish amaliyotida juda ko'p metodlar bor. Psixolog oldida turgan vazifa birinchidan bola bilan yaxshi munosabat va o'zaro tushunishdan iborat. Muammoli vaziyatlarni shoshilmasdan, aniq hal qilish

_May 6

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

kerak. Savolni bir necha marta takrorlamaslik kerak. Test olinayotgan vaqtda bolaga o'rgatish, tanqid qilish, hatto maqtash ham mumkin emas, tanqid bolani chalg'itadi, dilini og'ritadi, ko'pincha bolani topshiriqqa bo'lgan qiziqishini pasaytiradi.

Hozirgi vaqtda maslahat berish amaliyoti bola tarbiyasi va psixik taraqqiyotini murakkablashtiradigan qator noto'g'ri fikrlarning kuchayganligi bilan duch kelmoqda. Ular orasida qator ijtimoiy-iqtisodiy omillarning qarama-qarshi ta'sir ko'rsatishi sezilarli o'rin egallaydi. Masalan, ota-onalarning, ayniqsa onalarning ishlab chiqarishda bandligi sezilarli ta'sir ko'rsatmoqda. Mutaxassislarning fikricha, oilaning buzilishi bolaning ahvolini qiyinlashtirib qo'yadigan kuchli psixologik omil bo'lib, unga ko'nikish uchun bolaga kamida 2 yil kerak. Xilma-xil psixologik muammolar manbalari ichida maktab xam muhim o'rin egallaydi. Misol uchun, tibbiyot mezonlariga qaraganda maktab yoshidagi bolalarniing 15-20 foizi qisqa muddatli yoki doimiy psixoterapiyaga muhtojlar. Maktabda keng tarqalgan psixologik muammolar juda ko'p: o'quv motivatsiyasining yo'qligi, past o'zlashtirishi, o'qituvchilar va tengdoshlari bilan nizoli munosabatlar, o'z-o'zini past baholash, jamiyatga qarama-qarshi guruhlarda ishtirok etishga layoqatlilik va boshqalar. Yuqorida sanab ko'rsatilgan muammolarning ko'pchiligi hozirgi maktablarda va jamiyatimizda shaxs rivojlanish bosqichlarda, extiyojlarni va chuqur qonuniyatlarni, yetarlicha hisobga olmaslik, barcha bolalarga bir xil talab qo'yish natijasida ularning individual-psixologik va psixofiziologik xususiyatlarini e'tiborga olmaslik sabab bo'lmoqda.

Shunday qilib, bola taraqqiyotining yosh-psixologik xarakteristikasini quyidagi 3 asosiy tarkibiy qismlarni tahlil qilib, hosil qilish mumkin:

1. Ijtimoiy vaziyat taraqqiyotini (kimlar bilan gaplashadi, oilada kattalar bilan va tengdoshlar bilan o'zaro munosabat xarakteri) baholash;

2. Berilgan yosh uchun muhim faoliyat turining taraqqiyoti darajasi (o'yin, o'qish, rasm chizish va boshqalar), yosh normalariga mosligi;

3. O'z-o'zini anglash, bola psixik taraqqiyotini bilish va shaxsiy hissiy sohalarida berilgan yoshga mansub o'zgarishlarni aniqlash.

Xulosa qilib aytganda, o'smir shaxsini o'rganish ga qaratilgan barcha yondashuvlarga, tamoyillarga, yo'l-yo'riqlarga zamon ruhi orqali nazar tashlash talab etiladi. O'smir hayotining kechishida ba'zan «ko'z ilgamas o'zgarishlar», ba'zan esa favquloddagi «yangiliklar», «yorqinliklar» umumiy ta'sirida uning takdirini o'zgartiruvchi ma'naviy tushkunliklar ham ro'y beradi. Bizni qiziqtirayotgan psixik buzilishning boshlanishi va namoyon bo'lish jarayoni, uni tashkil qiluvchi xususiyatlari hamda

_May 6

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 j TMA Conference j 2023

Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

kechishining asosiy variatsiyalarini chuhur tahlil qilish mahkum qiluvchi xulq-atvor rivojlanishining nazariy "namunasi"ni tuzish, so'ngra shakllantiruvchi tajriba majmuasini yaratish, psixokorreksion ruhiy tuzatish va tarbiyaviy ta'sirlar timizining asosi bo'lib hisoblanadi.

Yuqorida qayd etilgan umumiy fikr-mulohazalarga ko'ra individual uslubning shaxsda darrov paydo bo'lmasligi, balki ko'pincha stixiyali tarzda (yani,individual-hissiy asab sifatlari yordamida) paydo bo'lishi qayd etiladi. Demak, har bir shaxsga psixologik xizmat davomida o'z imkoniyatlari va faoliyat talabi uyg'unligini taminlash yo'llarini izlash asosida yondashilsa mazkur shaxs faoliyatidagi individual uslubning tarkib topishi tobora rivojlanib, takomillashib boradi. Bu esa, o'z navbatida shaxs va jamiyatning ijtimoiy taraqqiyotiga ijobiy tasir etmay qolmaydi.

REFERENCES

1. Андреева Г.М. Социальная психология учебник для Вузов. - М.: Аспект-Пресс, 2001-378с.)

2. Агеев В.С. Социально-психологические проблемы. - М.: МГУ, 1990. - 239 с.

3. Barotov Sh.R. Psixologik xizmatning nazariy va amaliy muammolari. Buxoro,

4. Khudoykulova G.B. Psychological mechanisms of the formation of interpersonal activity motivation for interactive activities in small groups. Psixologiya № 1.2019. Buxoro. 32-35.

5. Xudoyqulova G.B. Guruhlarda psixologik treninglarni tashkil etishda etnik xususiyatlarning ahamiyati . Psixologiya № 3.2021. Buxoro.70-73.

6. Бекмиров, Т. Р. (2021). Формирование эмоциональная устойчивость личности. Интернаука, (1-2), 26-27.

7. Bekmirov, T. R. (2020). Psychological features of adaptation and integration of children with developmental disabilities. Pedagogy and psychology in the modern world: theoretical and practical research, 125-129.

8. Бекмиров, Т. Р. (2022). ПОНЯТИЯ НЕВРОЗА В ПСИХОЛОГИИ И ИХ ИНТЕРПРЕТАЦИЯ. INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL, 3(3), 90-93.

9. Нарметова, Ю. (2020). Организация психологической помощи в кардиологических заболеваниях. Scienceweb academic papers collection.

10. Нарметова, Ю. (2016). Организация психологической службы у больных с хронической почечной недостаточностю. Scienceweb

academic papers collection.

200S.

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

10. Нарметова, Ю. (2019). СОЕЛЩНИ СА^ЛАШ ТИЗИМИДА ПСИХОЛОГИК ХИЗМАТ ФАОЛИЯТИНИ ТАШКИЛ ЭТИШНИНГ УЗИГА ХОС ХУСУСИЯТЛАРИ.

11. Melibaeva, R. (2021). Bolalardagi giperfaollik va diqqat tanqisligi sindromi: sabablari, psixologik tashxisi.

12. Мелибаева, Р. Н. (2018). Проблема умственного развития в трудах психологов советского периода. In International scientific review of the problems and prospects of modern science and education (pp. 127-129).

13. Nasirovna, M. R. (2022). THE ROLE OF PSYCHOLOGICAL DIAGNOSIS IN CLINICAL PRACTICE. Conferencea, 4-6.

14. Мелибаева, Р. (2018). ТАЛАБАЛАР ТАФАККУРИНИ РИВОЖЛАНТИРИШНИНГ ПСИХОЛОГИК МЕХАНИЗМЛАРИ.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.