Научная статья на тему 'OILAVIY MUHITI VA DEVIANT XULQ ATVOR SHAKLLANISHI'

OILAVIY MUHITI VA DEVIANT XULQ ATVOR SHAKLLANISHI Текст научной статьи по специальности «Социологические науки»

320
181
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
: deviant xulq-atvor / nafratlanish / o'z ishidan qoniqmalik / dushmanlik / jizzakilik / giyohvandlik / ota-ona / oilaviy tarbiya. / девиантное поведение / ненависть / неудовлетворенность своей работой / неприязнь / ревность / наркомания / родители / семейное воспитание.

Аннотация научной статьи по социологическим наукам, автор научной работы — Umida Abduvakilovna Karakulova, Sevinch Qurbonboy Qizi Nortoyeva, Dildora Ulug‘bek Qizi Yangiboyeva

Ushbu maqolada deviant xulq atvor va uning shakllanishi, oilaviy shaxslararo munosabatlarning o’smirlarga ta’siri xaqida fikrlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В данной статье представлены представления о девиантном поведении и его формировании, влиянии семейных межличностных отношений на подростков.

Текст научной работы на тему «OILAVIY MUHITI VA DEVIANT XULQ ATVOR SHAKLLANISHI»

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integrasiyasi: muammo va yechimlar

OILAVIY MUHITI VA DEVIANT XULQ - ATVOR SHAKLLANISHI

Umida Abduvakilovna Karakulova

O'zMU Jizzax filiali "Oila psixologiyasi" kafedrasi o'qituvchisi. [email protected]

Sevinch Qurbonboy qizi Nortoyeva, Dildora Ulug'bek qizi Yangiboyeva

"Yoshlar psixologiyasi" yo'nalishi 1-kurs talabalari

Ushbu maqolada deviant xulq - atvor va uning shakllanishi, oilaviy shaxslararo munosabatlarning o'smirlarga ta'siri xaqida fikrlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: deviant xulq-atvor, nafratlanish , o'z ishidan qoniqmalik , dushmanlik , jizzakilik , giyohvandlik ,ota-ona, oilaviy tarbiya.

АННОТАЦИЯ

В данной статье представлены представления о девиантном поведении и его формировании, влиянии семейных межличностных отношений на подростков.

Ключевые слова: девиантное поведение, ненависть, неудовлетворенность своей работой, неприязнь, ревность, наркомания, родители, семейное воспитание.

this article presents ideas about deviant behavior and their formation, the influence of family interpersonal relations on teenagers.

Keywords: deviant behavior, hatred, dissatisfaction with one's work, hostility, jealousy, drug addiction, parents, family education.

Bola tarbiyasida, ijtimoiy me'yorlar talabi asosida tarbiyalashning eng muhim, eng birinchi ijtimoiy nazorat instituti bu oiladir. "Yoshlarimiz tarbiyasi qanchalik mukammal bo'lsa, xalq shuncha baxtli yashaydi".[1] Chunki farzand tarbiyasi beshikdan boshlab, barkamol komil inson bo'lib shakllanishida nikohli sog'lom oila muhitining o'rni benihoya katta va salohiyati cheksizdir. Har farzand inson bo'lib, shaxsga aylanishining dastlabki manbai <

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integrasiyasi: muammo va yechimlar

onaga, oilaga, bevosita bog'liqdir. Insondagi xulq-atvor, axloq-odobning dastlabki normalari oilada shakllanib, maktab, mahallada, jamoatchilik o'rtasida ta'lim-tarbiya tizimi faoliyati jarayonida takomillashadi, insoniy fazilatlari shakllanib takomillashib komil insoniylik darajasigacha ko'tarilib boradi, agar aksi namoyon bo'lsa buzg'unchi, tajaovuzkor shaxsga aylanib qoladi.

Har bir oilalarni muayyan tarbiyalash usullarining o'ziga xosligi mavjud. Ushbu holatlarda ota-onalarning xulq-atvori alohida o'rin tutadi va bu bolaning ijtimoiylashuviga ta'sir etadi. Mazkur holatda oiladagi tartib-intizom, o'zaro muloqot alohida ahamiyat kasb etadi. Masalan deviant va tajovuzkor xulqli farzandlari bor oilalardagi tarbiya usullari o'rganilganda, ota-onaning kayfiyatiga ko'ra, ko'p hollarda qattiqqo'llik, jazolash, ota-onalik mehrining "tanqis"ligini namoyon qilish kabilar qayd etilgan. Deviant xulqli va ijobiy xulqli o'quvchilarning oila sharoiti o'rganilganda, deviantlilarning nomaqbul oilada tarbiyalanganliklari tasdiqlangan. Xulq og'ishini kelib chiqishiga aloqador oilaviy va ijtimoiy omillar muammosiga bag'ishlangan tadqiqotlarning tahlili ko'rsatishicha, ikki o'zaro bog'liq omil orasidagi;

- funksional yoki xulq-atvorga to'g'ridan-to'g'ri ta'sir qiluvchi shaxslararo jarayonlar

- bevosita ta'sir qiluvchi, o'zida oila tarkibi hamda hajmini mujassamlashtirgan tizimli jarayonlarga ajratish mumkin.

Zero, yildan-yilga o'smirlar xulq-atvoridagi buzilishlar - ularning intelektual, xissiy, irodaviy rivojlanishda ham orqada qolish holatlari ortib borayotganidan dalolat bermoqda. Hozirgi davrda o'smirlikka xos deviant xulqining shakillanishida oilaning ta'sirini o'rganishga e'tibor ortgan. Zamonaviy psixologiya fanlarida ushbu muammoga bag'ishlangan tadqiqotlarning o'rni salmoqlidir. Ammo, bizningcha, tarbiyasi «qiyin» o'smirlarning shakllanishida oilaviy muhitning qay darajada o'rin egallashi va oiladagi nizolarning ta'sirini o'rganish dolzarbligi oshib bormoqda.

A.Davletshin, G'.Shoumarov, V.Karimova, M.Fayziyeva va boshqalarning o'zbek oilalaridagi o'ziga xoslik, undagi nizolar, ularni keltirib chiqaruvchi sabablar, ajralishlar va ularning oqibatlarini har tomonlama o'rganib tahlil qilganlar. F.Ro'ziqulov tadqiqotlarida otasiz yigitlarning va ona tarbiyasida bo'lmagan qizlarning nikohida o'z turmush o'rtog'iga hurmatini yetarli ravishda ifodalay olmasligi sabablari tadqiq qilingan

L.S.Vigotskiy fikricha, "O'g'ishgan xulq" o'smirning qr ' ~ xayotiy munosabatlar xarakterining yig'indisidir. Bular avv

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integrasiyasi: muammo va yechimlar

y

qaysar, injiq, bolalar. Ularni qiziqarli faoliyat turiga tortish ularni tarbiyalashning asosiy usullaridan biridir. Ularda ma'lum bir xususiyat intizomsiz, qo'pol bo'ladilar. Ularning faolligini maqsadga muvofiq o'zgartirish, ularga ba'zi bir huquqlarni berish bilan ularga tasir o'tkazish mumkin.[4] Psixologiyada xulqi og'ishgan o'quvchilarning bir qancha klassifikatsiasi mavjud;

1- guruh ijtimoiy salbiy mustaxkam qarashlari ega bolalar,

2-guruh qonunbuzarlarga taqlid qiluvchilar,

3-guruh ijobiy va salbiy xulq atvor steriotiplari o'rtasida ikkilanuvchi, o'z holatlarini tushunuvchi bolalardir,

4-guruh irodali bolalarga bo'ysinuvchilar,

5- guruh qonunbuzarlik yo'liga tasodifan kirib qolganlar.

Oila tarbiyaning eng boshlang'ich o'chog'idir .Oiladagi muhit bolalar xulq -atvorida o'z aksini topadi.[10]Doimiy nizoli vaziyat xukm surgan oilada,psixologik muhit buzuladi va o'smirga e'tiborsizlik kuchayadi.Natijada esa o'smir xulqida og'ishishlar yuzaga kela boshlaydi.Bunday vaziyat uzoq muddat davom etadigan bolsa,jiddiy deviatsiyalarga olib kelishi mumkin.Nizoli oilada o'smirlar doim e'tiborsiz va qarovsiz qoladi, oilaviy muloqotga muhtojlik sezadi, natijada o'zgalar panoh izlaydi, boshqa turli mashg'ulotlar topadi,xatto jinoyatchilikka qo'l urishi mumkin.Nizosiz oilalarda ulg'ayayotgan o'smirlar esa doimiy mehr-muhabbat qurshovida bo'ladi,bolani tinglaydilar va u bilan suhbatlashishga vaqt ajratiladi.

Yoshlarda deviant xulq va tarbiya buzilishini oldini olish vositalaridan asosiy o'rinlarda turuvchi oilaviy tarbiya muhitiga e'tibor berish lozim.[10] Ota-onalar farzandlari bilan ularning yosh davri xususiyatlarini hisobga olgan holda ko'proq muloqot qilishlari, ularni qiziqtirayotgan voqea-hodisalar haqida suhbatlashishlari tavsiya etiladi. Oilaviy tarbiyada yetakchi profilaktik vazifa sifatida farzandlarga diniy tarbiya berish, e'tiqodini mustahkam qilish, ularda har qanday xulq og'ishi ko'rinishi diniy tarafdan ham, dunyoviy tarafdan ham salbiy oqibatlarga olib kelishini tizimli tushuntirish, mustahkam qiziqishlarni erta tarbiyalash, o'zini band qilish va mehnat qilish ko'nikmasini shakllantirish chiqadi. Ota-onalar bolani faollikning xilma-xil turlariga - sport, san'at, bilimga jalb etish orqali shaxs ehtiyojlarini shakllantirishlarini tushunishlari kerak.[8] Zero, shaxsdagi ichki "men" ning atrof-muhit, jamiyat va yaqinlari tomonidan munosib ravishda rag'batlantirilmasligi o'ziga bo'lgan bahosining tushib ketishiga, "tan olinish" ehtiyojining qondirilmasligiga olib keladi. Bu esa o'z navbatida, shaxs tomonidan boshqa yo'11~ bilan "o'zini namoyon etish" istagini vujudga keltiradi.

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integrasiyasi: muammo va yechimlar

y

Yoshlarda xulq og'ishi va tarbiya buzilishini oldini olish vositalaridan asosiy o'rinlarda turuvchi oilaviy tarbiya muhitiga e'tibor berish lozim. Ota-onalar farzandlari bilan ularning yosh davri xususiyatlarini hisobga olgan holda ko'proq muloqot qilishlari, ularni qiziqtirayotgan voqea-hodisalar haqida suhbatlashishlari tavsiya etiladi. Oilaviy tarbiyada yetakchi profilaktik vazifa sifatida mustahkam qiziqishlarni erta tarbiyalash, sevish va sevimli bo'lishga qobiliyatni rivojlantirish, o'zini band qilish va mehnat qilish ko'nikmasini shakllantirish chiqadi. Ota-onalar bolani faollikning xilma-xil turlariga - sport, san'at, bilimga jalb etish orqali shaxs ehtiyojlarini shakllantirishlarini tushunishlari kerak.

REFERENCES

1. Abduvakilovna, K. U., & Xusanovna, R. X. (2022). O'SMIRLARDA DEVIANT XULQ-ATVOR SHAKLLANISHIGA OILAVIY NIZOLARNING TA'SIRI. Journal of new century innovations, 19(2), 91-94.

2. Abduvakilovna, K. U., & Baxriddin o'g'li, X. J. (2022). O'SMIRLARDA SALBIY XULQ-ATVOR NAMOYON BO'LISHINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI. Journal of new century innovations, 19(2), 87-90.

3. Abduvakilovna, K. U. (2022). OLIY O'QUV YURTI TALABALARIDA KASBIY VA AXLOQIY SIFATLARI SHAKLLANISHINING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK TAJRIBA ISHLARI NATIJALARI. Journal of new century innovations, 19(2), 95-98.

4. Karakulova, U., Rashidova, G., & Raxmatullayeva, M. (2023). DEVIANT XULQ-ATVOR RIVOJLANISHIDA OILAVIY MUNOSABATLARNING TA'SIRI. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, 3(1).

5. Rahmatullayeva, M., Rashidova, G., & Karakulova, U. (2023). XXI ASRDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR VA PEDAGOGIK MAHORAT. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, 3(1).

6. Rahmatullayeva, M., Karakulova, U., & Xaydarqulov, H. (2023). O 'QITUVCHI VA TALABALAR O 'RTASIDA SHAXSLARARO MUNOSABATLARNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, 3(1).

7. KARAKULOVA U.A. Deviant xulq-atvor rivojlanishida oilaviy munosabatlarning ta'siri // Педагогик ва психологик тадкикотлар. № 1 (2023) Б. 158-164. https://doi.org/10.5281/zenodo.7586846

8. Abduvakilovna, K. U. (2022). O'SMIRLIK DAVRINI

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023

Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integrasiyasi: muammo va yechimlar

y

PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI VA DEVIANT XULQ-ATVOR MUAMMOSI. O'ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI, 2(14), 763-767.

9. ABDUVAKILOVNA, K. U. (2023, February). KICHIK MAKTAB YOSHIDA BOLALAR DIQQATINING O 'ZIGA XOS HUSUSIYATLARI. In " ТАРАККИЁТ ТАДКДКРТЛАРИ" куп тармокли конференция туплами. https://imfaktor. uz/.

10. Karakulova, U., Berdiyorova, S., & Rejepbayeva, A. (2023). O'SMIRLIK DAVRIDA NOMOYON BO'LADIGAN DEVIANT XULQ-ATVOR. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, 3(2).

11. Bekmirov, T. R. (2020). Psychological features of adaptation and integration of children with developmental disabilities. Pedagogy and psychology in the modern world: theoretical and practical research, 125-129.

12. Мелибаева, Р. Н. (2018). Из истории вопроса экспериментального исследования мышления в трудах психологов советского периода. In International scientific review of the problems and prospects of modern science and education (pp. 125-127).

13. Melibaeva, R. (2021). Bolalardagi giperfaollik va diqqat tanqisligi sindromi: sabablari, psixologik tashxisi.

14. Нарметова, Ю. (2017). Психологическая помощь больным с хроническими соматическими заболеваниями.

15. Нарметова, Ю. (2020). Организация психологической помощи в кардиологических заболеваниях. Scienceweb academic papers collection.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.