Научная статья на тему 'OILAVIY MUHITNING SHAXS PROFESSIONAL SHAKLLANISHIGA TA’SIRINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI'

OILAVIY MUHITNING SHAXS PROFESSIONAL SHAKLLANISHIGA TA’SIRINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
872
40
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
oilaviy muhit / professional shakllanish / shaxs / fuqaro / psixik hislat / ijtimoiy qiyofa. / family environment / professional formation / personality / citizenship / mental character / social image.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Kabulova, S.B.

Ushbu maqolada shaxsning professionalshakllanishiga ta’sirqiladigan muhim omillardan biri – oilaviy muhit va uning o’ziga xos psixologik hususiyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, jamiyat ijtimoiy taraqqiyoti jarayonidagi shaxsning professional shakllanishining ahamiyati hamda, bungadoir tadqiqotchilarning fikrlari tahlil qilingan. Maqola yakunida muallifning shaxsiy xulosalari keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF THE INFLUENCE OF THE FAMILY ENVIRONMENT ON PERSONAL PROFESSIONAL FORMATION

This article analyzes one of the most important factors influencing the professional development of a person the family environment and its specific psychological characteristics. The importance of professional development of the individual in the process of social development of society, as well as the views of researchers are analyzed. At the end of the article the author's personal conclusions are given.

Текст научной работы на тему «OILAVIY MUHITNING SHAXS PROFESSIONAL SHAKLLANISHIGA TA’SIRINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

OILAVIY MUHITNING SHAXS PROFESSIONAL SHAKLLANISHIGA TA'SIRINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

S.B.Kabulova

Urganch davlat universiteti tayanch doktoranti kabulova71 @gmail.com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada shaxsning professionalshakllanishiga ta'sirqiladigan muhim omillardan biri - oilaviy muhit va uning o 'ziga xos psixologik hususiyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, jamiyat ijtimoiy taraqqiyoti jarayonidagi shaxsning professional shakllanishining ahamiyati hamda, bungadoir tadqiqotchilarning fikrlari tahlil qilingan. Maqola yakunida muallifning shaxsiy xulosalari keltirilgan.

Kalit so'zlar: oilaviy muhit, professional shakllanish, shaxs, fuqaro, psixik hislat, ijtimoiy qiyofa.

ABSTRACT

This article analyzes one of the most important factors influencing the professional development of a person - the family environment and its specific psychological characteristics. The importance of professional development of the individual in the process of social development of society, as well as the views of researchers are analyzed. At the end of the article the author's personal conclusions are given.

Keywords: family environment, professional formation, personality, citizenship, mental character, social image.

АННОТАЦИЯ

В данной статье анализируется один из важнейших факторов, влияющих на профессиональное развитие человека, - семейная среда и ее специфические психологические особенности. Анализируется значение профессионального развития личности в процессе социального развития общества, а также взгляды исследователей. В конце статьи даны личные выводы автора.

Ключевые слова: семейная среда, профессиональное становление, личность, гражданство, психический характер, социальный облик.

KIRISH

Har bir avlod oldida insoniyat yaratgan jamiki boyliklarini,bilimlarini o'rganish, o'zlashtirish va rivojlantirish vazifasi turadi. Shaxs rivojlanishining asosiy omillariuning kasb tanlashi ma'lum bir kasbda yutuqlarga erishishi azaldan

pedagogika va psixologiya fanlari uchun dolzarb mavzulardan biri bo'lgan.

769

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Hozirgi kunga kelib,mustaqil mamlakatimizda yosh avlod tarbiyasi,rivojlanishi kasb tanlashi barcha soha mutahasislaridan tashqari ota onalardan ham o'z g'ayrat va faoliyatlarini safarbar etishlari talab qilinmoqda.Bu borada Prezidentimiz Sh.Mirzoyevning ushbu fikrlari ahamiyati kattadir. "Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan,yuksak intellektual va ma'naviy salohiyatga ega bo'lib,dunyo miqyosida o'z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo'sh kelmaydigan insonlar bo'lib kamol topishi, baxtli bo'lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning barcha kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz."1

Aynan shunday davrda bolalar ongida oilaviy shajara,oilaviy rahbar,oilaviy meros xususidagi qadriyatlarni singdirishga bevosita ta'lim va tarbiya olib boruvchilardan tashqari oilaviy muhitda rahbar bo'lgan ota-onalarga ham alohida ma'suliyat yuklanadi. Kichik tadqiqotimizni avvalo shaxsning shakllanishi,rivojlanishi borasidagi nazariy ma'lumotlarni o'rganishdan boshlasak.

MUHOKAMA

Shaxsning psixik rivojlanishining ijtimoiy va biologik omillarini o'rgangan olimlar o'rtasida har doim baxs va muzokaralar bo'lib o'tgan.Rivojlanishning biogenetik konsepsiyasi tarafdorlari shaxsning asosiy psixik xislatlari insonning hayotiy taqdirini belgilovchi uning tabiatini o'ziga joylashtirilganligini taxmin qiladi.Ular intellekt shaxsning amoral xislatlari va boshqalarni genetik dasturlashgan deb hisoblaydilar. Bolaning psixik rivojlanishini kuzatgan psixologlar L.S.Vigotskiy, P.P.Blonskiy, A.Vallon, J.Piajelarning aniqlashicha, mazkur rivojlanishning o'ziga xos xususiyatlariga asoslangan senzitiv-qulay davrlari mavjud bo'lib ular individning o'zi yashab turgan muhitda, oilada tutgan o'rni, bilish jarayonlari, o'ziga xos xususiyatlari,holatlari shaxsi va ongining o'sishi darajasi bilan bevosita bog'liqdir.Demak ijtimoiy va biologik omillarni o'rgangan olimlarning fikrlaridan shuni anglash mumkin shaxsning kamol topishi eng avvalo u tug'ilib voyaga yetayotgan tarbiyalanayotgan oila va uning muhiti bilan o'zaro bog'liq ekan. Agar oilada ota-ona ilk yoshlikdan bolaning yosh xususiyatini, imkoniyatlari hamda qiziqishlaridan kelib chiqib, uning shaxsini, o'ziga xosligini tan olib munosabatda bo'lsa, bola borgan sari o'ziga nisbatan talabchan, intiluvchan bo'lib boraveradi. Ayniqsa, rivojlanishning katta bog'cha yoshida, o'smirlik davrlarida kattalarning bolaga ma'lum tashabbuslarni berishi, uning fikriga hurmat bilan munosabatda bo'lishi, tez-tez «Sen nima deb o'ylaysan?» qabilida uning fikriga murojaat qilishi erkin fikrlash, mustaqil biror nuqtai nazarini bayon etishga imkon beradi. To'g'ri,

1 Mirziyoyev Sh.M.Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. -T.: 2016.

770

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

ota-ona boladagi yaxshi-yomonni, to'g'ri-noto'g'rini farqlashda asosiy xakam bo'lishi lozim, lekin qiyinchiliklar, xatoliklarni tahlil etishda ham hamfikrlilikka chorlash muhim ahamiyatga ega. Kattalarga hurmat, o'zaro hamkorlik, farzandlarning taqdiri va kelajagi uchun qayg'urish, ularga g'amxo'rlik qilish hamisha oilaviy qadriyatlarning va udumlarning asosiy qoidalari bo'lib kelgan.

Sotsiolog olim A.Antonovning ta'kidlashicha, oila ijtimoiy-psixologik yaxlitlik sifatida shaxsga shunday normativ va axborot ta'sirlarini ko'rsatadiki, oqibatda bola eng avvalo, jamiyatdagi qonuniy normalar, xulq andozalarini egallaydi. Oila qanchalik inoq, uyushgan va mustahkam bo'lsa, uning normativ ta'siri ham shunchalik ijobiy samarali bo'ladi. Bunday oilada o'zining qadriyatlaridan tashqari, jamiyat qadriyatlari, qonun-qoidalari va normalari hurmat qilinadi, bola boshidan jamiyatda yashashga o'rgatilgan bo'ladi. Uning ahamiyati shundaki, farzand maktabgacha tarbiya muassasasida ham, keyinchalik maktab, kollej yoki liseyda o'qiganda ham tartibli, intizomli, aytilgan vazifa, berilgan topshiriqlarni mas'uliyat bilan vijdonan bajaradigan bo'lib, bolalar jamiyatida hamisha o'zining o'rniga ega bo'la oladi.2

Shuningdek, oilaviy sotsializatsiyada (masalan, S.Scarr, K.McCartney, 1983) bolalar ota-onasidan nafaqat genetik asoslangan qobiliyatlarni, balki ijtimoiy muhitda intensiv rivojlanishi uchun zarur bo'ladigan qator ijtimoiy-psixologik xususiyatlarni ham o'zlashtiradi. Oilaning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, ota-onalarning kasbiy mavqei, ijtimoiy aloqalar tizimi, oilaning ijtimoiy-iqtisodiy resurslari shaxsning shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kungacha olib borilgan ilmiy ishlarning aksariyat qismida dastavval mehnat va ilmiy jamoalardagi psixologik muhit o'rganilgan.Yana bir qism tadqiqotlarda bolalar va pedagoglar jamoalaridagipsixologik muhit muammolari yoritilgan.Lekin shaxs kasbiy tasavvurlarining va layoqatining shakllanishiga bevosita turtki beradigan professional kompentlikning poydevori sanaladigan oilaning psixologik muhiti deyarli tadqiq etilmagan muammodir.Oilaning psixologik muhitini tadqiq etish shunchaki muhim emas.Ahloqiy tarbiyaning maqsadi shaxsni uyg'un rivojlantirish bo'lib,u ko'p jihatdan shaxs o'z rivojlanish jarayonida qaysi jamoalarda va qanday qo'shilishi bilan belgilanadi. Oiladagi psixologik muhit ob'yektiv mavjud hodisadir. U ikki omil ta'sirida vujudga keltiriladi. Bunda birinchi omil vazifasini, avvalo, jamiyatdagi umumiy ijtimoiy-psixologik vaziyat belgilab beradi. Xususan, butun jamiyat muhiti alohida oila (oilaviy jamoa)larning psixologik muhitida bevosita aks etadi. kkinchi omil - mikroijtimoiy shart-sharoitlar: ushbu oilaning jamiyatdagi mehnat taqsimotiga

2 Социология семьи: Учебник / Под ред. проф. А.И. Антонова. - М.: ИНФРА-М, 2005. - С. 220.

771

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

nisbatan vazifalarining o'ziga xos xususiyatlari, geografik va iqlimiy shart-sharoitlar, oilaning sosiumdan ajralib qolganlik darajasi (yoki avlodlararo muloqotning yo'qligi), uning yosh va jinsiy tarkibi va hokazolar. Oila tarbiyasida doimiy ta'sirchan kuch oiladagi munosabat, oila muhiti, oila a'zolarining o'zaro aloqasi, ota-ona, aka-uka va boshqalarning xulq-atvori, madaniy va siyosiy saviyasi, muomala madaniyati, oilaning daromadi, yashash sharoiti va boshqa holatlar bola kamolotiga ta'sir qiladigan asosiy omillardir. Oila qanchalik tartibli, yaxshi xulq-atvorli, uning a'zolarining o'zaro munosabatlari samimiy bo'lsa, oila tarbiyasi ham shunchalik samarali bo'ladi. Ilmiy psixologik adabiyotlarda bu hodisani mazmunini ifodalovchi turli atamalar: "oilaning ijtimoiy muhiti" "oilaning ma'naviy -psixologik muhiti" "oiladagi psixologik kayfiyat" "oila brendi" va boshqalar ishlatiladi. Zamonaviy psixologiyada so'nngi paytlarda paydo bo'lgan "oila brendi" tushunchasi ham oila muhiti va avlodlar o'rtasidagi aloqa bilan bog'liq hisoblanadi. Shaxslarning psixologik qiyofalari o'zgarishi,shaxs haqida ajdodlari tufayli yahshi yoki yamon fikrlar bildirilishini o'zgartirib bo'lmaydi.Bu bir necha yuz yillar mobaynida shakllangan ishonchli ma'lumotlar bo'lib "Avlodlar brend"ini paydo qiladi.Masalan o'qituvchilar avlodi haqida gap ketganda,halol va mehnatkash ziyoli, bolalarni tarbiyalovchi insonlar sulolasi ko'z o'ngimizga keladi va ularga nisbatan ishonch paydo bo'ladi. Demak hodisaning nomi haqida bahslashishdan ko'ra uning mohiyatiga qarashlarning birligiga erishish muhim sanaladi va bunda "shajaraviy tarbiya izlanishlari predmeti sifatida ko'proq maqsadga muvofiqdir.

N.Oblomuradov va A.Xudayorovlarning fikricha, tarbiyaning an'anaviy va zamonaviy turlari va usullari ko'p, shulardan biri shajaraviy tarbiyadir. Bu tarbiya usuli ma'lum bir ajdoddan kelib chiqqan avlodlarning qarindoshlik darajasini izchillik bilan sanab ko'rsatuvchi hujjatlarga asoslangan bo'lib, bunda bolalarga ajdodlarining kimligi shajaranomalar orqali eslatib boriladi. Bu tarbiya usuli orqali ajdodlar bilan faxrlanish hissi shakllantiriladi, ularga munosib bo'lishga da'vat etiladi.3

Umuman olganda, jamiyatning saqlanib qolishida ham oila ayrim alohida olingan shaxs bilan yaxlit jamiyat o'rtasida o'ziga xos «bufer» - ko'prik rolini o'ynab kelmoqda. Zero, kasbiy qadriyatlarni saqlab, avloddan-avlodga yetkazishda ta'lim muassasalarining ham muayyan roli bor bo'lsa-da, ularda ham ob'yektiv ham

3 06^0Mypag0B H., XygaëpoB A. MatHaBHHT acoc^apn. ,3,HHmyHOC^HK: Maipy3a Mara^apn. - T. CA, 2008. - E. 119-

NATIJA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

sub'yektiv o'zgarishlar tez-tez ro'y berganligi sababli, avlodlararo muqaddas sanalib kelinayotgan «ota kasb» sir-asrorlarini asrab-avaylashdagi roli oilachalik yuqori bo'lolmaydi.

Xulosa qilib aytganda, shaxsning o'z oilaviy shajarasini bilishi, o'z navbatida, ularda ajdodlarga xos bo'lgan kasbiy ustanovkalarni va intellektual salohiyatni aniqlash imkoniyatini berib, tanlagan sohasida tezkor yuksalishni ta'minlaydi. Yoki bo'lmasa oila va uning sog'lom ma'naviy muhiti bolani jamiyatda yashashga, o'ziga o'xshash shaxslar bilan murosa qilish, hamkorlikda faoliyat yuritish, kasb-hunarli bo'lish, muomalada axloq-odob normalariga bo'ysunishga o'rgatadi hamda kasbiy faoliyatga psixologik jihatdan tayyorlaydi.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh.M.Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz.-Т.: 2016.

2. Abu Nasr Farobiy. Fozil odamlar shahri. - T., 1993. - B. 171-177.

3. Адольф В.А. Профессиональная компетентность современного учителя: Монография. - Красноярск, 1998.;

4. Karimova V. Psixologiya. O'quv qo'llanma. - T., 2002. - 205 bet.

5. Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya va ijtimoiy amaliyot: Universitetlar va pedagogika institutlari talabalari uchun o'quv qo'llanma. - T., 1999. - 96 b.

6. Karimova V.M. Oila psixologiyasi: Pedagogika oliy o'quv yurtlari talabalari uchun Darslik. - T., 2008. - 152 b.

7. Oblomuradov N., Xudayorov A. Ma'naviyat asoslari. Dinshunoslik: Ma'ruza matnlari. - T., 2008. - B. 119-121

8. Khujanova Tamara Juraevna. Ideological and theoretical bases and problems of protection of young generation from the effects of globalization. Indonesian Journal of Education Methods Development Vol 9 (2020).

9. Khujanova Tamara Juraevna. Professional profile - as an important way of protecting the young generation. Indonesian Journal of Innovation Studies. Vol 10 No 1 (2020).

10. ugli Sapayev, V. O. (2020). The actuality of improvement in rural social standard of living in Uzbekistan. Scientific Bulletin of Namangan State University, 2(11), 147151.

11. Sardor, K., & Valisher, S. (2020). INSON ONGI MILLIY G'OYA TIZIMI ELEMENTI SIFATIDA. Academic research in educational sciences, (4), 772-777.

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

12. Sapaev, V., & Madrakhimov, A. (2020). The transformation of social conciousness and intelligence of rural population on social life of Uzbekistan. Norwegian Journal of Development of the International Science, (39-4),

13. Sardor, K., & Valisher, S. (2020). INSON ONGI MILLIY G'OYA TIZIMI ELEMENTI SIFATIDA. Academic research in educational sciences, (4), 772-777.

14. Sapayev, V. O. O. G. L. (2022). ONG-TAFAKKURNING O 'ZGARISHI MEXANIZMLARINING IJTIMOIY HAYOT RIVOJIGA TA'SIRI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(1), 323-327.

54-56.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.