Научная статья на тему 'MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR PSIXOLOGIYASI VA UNI O‘RGANILGANLIK HOLATI'

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR PSIXOLOGIYASI VA UNI O‘RGANILGANLIK HOLATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
2189
89
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
shaxs / psixologiya / maktabgacha yosh / muhit / oila / mahalla / shaxslararo munosabat / motiv / tarbiya / personality / psychology / preschool / environment / family / neighborhood / interpersonal relationships / motives / upbringing.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Safarova, Dilnoza Kuchkarovna

Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasini o‘rganilganlik holati va ularga keraklicha tavsiyalar borasida fikr yuritiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi va ularning o‘rganilganlik sabablari o‘rganilib tahlil qilingan va bartaraf etish yo‘llari haqida ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PSYCHOLOGY OF PRESCHOOL CHILDREN AND THE STATE OF ITS STUDY

The article discusses the state of research in the psychology of preschool children and the recommendations they need. The psychology of preschool children and the reasons for their study were studied and analyzed, and information was provided on how to overcome them.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR PSIXOLOGIYASI VA UNI O‘RGANILGANLIK HOLATI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR PSIXOLOGIYASI VA UNI

O'RGANILGANLIK HOLATI

Safarova Dilnoza Kuchkarovna

Toshkent shahar XTXQTMOHM katta o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasini o 'rganilganlik holati va ularga keraklicha tavsiyalar borasida fikr yuritiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi va ularning o'rganilganlik sabablari o 'rganilib tahlil qilingan va bartaraf etish yo 'llari haqida ma 'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: shaxs, psixologiya, maktabgacha yosh, muhit, oila, mahalla, shaxslararo munosabat, motiv, tarbiya

В статье рассматривается состояние изучения психологии дошкольников и необходимые им рекомендации. Изучена и проанализирована психология дошкольников и причины их изучения, дана информация о способах их преодоления.

Ключевые слова: личность, психология, дошкольник, среда, семья, соседство, межличностные отношения, мотивы, воспитание.

The article discusses the state of research in the psychology of preschool children and the recommendations they need. The psychology of preschool children and the reasons for their study were studied and analyzed, and information was provided on how to overcome them.

Keywords: personality, psychology, preschool, environment, family, neighborhood, interpersonal relationships, motives, upbringing.

Respublikamizda mustaqillik yillarida inson shaxsiga nisbatan bo'lgan munosabat keskin o'zgardi. Jamiyatning a'zosi bo'lgan har bir shaxs taqdiriga alohida e'tibor qaratila boshlandi. Ayniqsa, inson hayotining kelajagiga tamal toshi qo'yiladigan maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim-tarbiya berish, pedagogika va psixologiya, ijtimoiy psixologiya va maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi fanlarining dolzarb muammolaridan biriga aylanib borayotganligi shubhasizdir. Zotan, kelajagi buyuk davlatni bunyodga keltirish uchun har qanday davlatning fuqarosi dastlab oilada va so'ngra maktabgacha ta'lim muassasida mukammal

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

tarbiyalanishi, shaxs sifatida to'laqonli shakllanishi imkoniyatlariga ega bo'lishi lozim bo'ladi. Qolaversa, kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog'liq bo'lgan, uzluksiz ta'lim tizimi orqali, har tomonlama barkamol shaxs - fuqaroni shakllantirishni nazarda tutadi. Shu jihatdan qaraganda insonning shaxs sifatida shakllanishida uzluksiz ta'limning boshlang'ich va joiz bo'lsa, asosiy bo'g'inlaridan biri hisoblangan maktabgacha ta'lim muassasasi muhim o'rin tutadi.

Qolaversa, O'zbekistonda ko'plab yangi sohalar qatori aholiga psixologik maslahatlar berish hamda maktabgacha èshdagi bolalarni rivojlantirishga xizmat qiladigan tadqiqotlarga bo'lgan muayyan ehtiyoj tobora ko'proq sezilmoqda. Zero, bunday xizmatlarga ehtiyoj bir tomondan maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsini rivojlantirishga xizmat qilsa, ikkinchi tomondan, shu maskanda tarbiyalanayotgan bolalarning ruhiy rivojlanishiga ota-onalar tomonidan ko'rsatiladigan e'tiborning samarasini belgilaydi. Bolaning psixik jihatdan o'sishiga o'zlikni anglash, o'zini-o'zi baholash va o'zaro munosabatlar xususiyatlari muhim hisoblanadi. Bu eng avvalo inson shaxsining psixologik asoslarini shakllantiruvchi, uning emotsional-hissiy, intellektual, ijtimoiy-psixologik rivojlanishiga zamin yaratuvchi ontogenezning dastlabki bosqichlariga taalluqlidir. Bunda oiladagi munosabatlar, xususan ota-ona va farzand o'rtasidagi munosabatning mohiyati, o'zaro shaxslararo muloqot katta rol o'ynaydi. Oiladagi shaxslararo munosabatlar xarakteriga ko'ra er-xotin o'rtasidagi munosabatlar, ota-onalarning o'z farzandlari bilan shaxslararo munosabatlariga bo'linadi. Biz nikoh juftligi hisoblangan er-xotin hamda farzand tarbiyalaètgan ota-onalarning maktabgacha bo'lgan yoshdagi bolalari bilan munosabatlarining turli jihatlarini eksperimental tadqiq etdik.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Bizni maktabgacha yoshdagi bo'lgan bolalarning psixologiyasidagi shunday jihat e'tiborimizni qaratdikki, ular aynan shu davrda o'z qiziqishlari, yetakchi faoliyati bo'lgan syujetli-rolli o'yinlardagi harakatlari bilan birgalikda ijtimoiy dunyoning, avvalo, ota-ona oilasidagi rollarga va o'zaro munosabatlarga e'tiborli bo'lib, aynan ota-onalikka xos qiliqlarni o'zlashtirishga kirishadilar. Bola bunda uning oldida ro'y berayotgan voqea-hodisalarning kuzatuvchisi va ishtirokchisiga aylanib, bu jarayonlar qanchalik dinamik bo'lsa, shunchalik faol va qiziquvchan bo'ladi, ota-ona va bola o'rtasidagi munosabatlarga nisbatan ko'proq, to'laroq va turli-tuman axborotlarni oladi, o'zlashtiradi va fikrlaydi. Bunda Oila bola menini shakllantiruvchi muhim sotsium - ijtimoiy muhitga aylanib, o'zining ushbu muhitga

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

aloqadorligini anglash muhim ahamiyat kasb etadi. Bu yerda shuni qayd etib o'tish joizki, ijtimoiy psixologlarning fikricha, oiladagi shaxslararo munosabatlar tuzilmasida ota - ona - bola munosabatlari evolyusion jihatdan nisbatan kechki va mazmunan aniqroq hisoblanadi, chunki ular shakllanib bo'lgan er-xotin munosabatlari asnosida vujudga keladi. Biz shunga ishonch hosil qildikki, aynan nikoh juftligidagi er-xotin munosabatlari bolaning ijtimoiy tasavvurlarida bilvosita ifodalangan ota-onalik munosabatlariga nisbatan moslashuvchan va dinamik bo'lib, shu sababli bolaning ota-ona munosabatini aks ettirishi uning shaxsida ifodalangan o'zgarishlarga zamin bo'ladi. Masalan, onalar va otalarda ota-ona munosabatining umumiy ko'rsatkichlari mos kelish darajasi 0 dan 5 gacha bo'lgan bir paytda oilaviy qadriyatlar iyerarxiyasida umumiy ko'rsatkichlarning mos kelmaslik darajasi 1 dan 11 gacha, ya'ni ota-ona munosabatlarining xuddi shunday ko'rsatkichiga nisbatan 2 baravar katta bo'ldi. Oiladagi ichki munosabatlar va ota-onaning bolaga munosabati ta'siri ostida shakllanuvchi birlamchi o'ziga munosabat, o'zini identifikatsiyalashning barcha ko'rinishlarida va kommunikativ faoliyat sub'yekti sifatida bolaning birlamchi kichik ijtimoiy guruh sifatida oilada o'zini anglashi rivojlanishining hal qiluvchi omili hisoblanadi. Bunda nafaqat er-xotin-ota-ona o'rtasidagi munosabatlar va ularning bolaga bo'lgan munosbati, balki aynan shu munosabatlarning bevosita u bilan muloqotda aks ettirilishi muhim ahamiyat kasb etadi.

O'zbekistan Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev maktabgacha ta'lim muassasalari muammolariga bag'ishlangan tadbirda: "Mutaxassis va pedagoglarning ilmiy xulosalariga ko'ra, inson o'z umri davomida oladigan barcha axborot va ma'lumotning 70 foizini 5 yoshgacha bo'lgan davrda oladi. Ana shu dalilning o'zi bolalarimizning yetuk va barkamol shaxs bo'lib voyaga yetishida bog'cha tarbiyasi qanchalik katta ahamiyatga ega ekanini yaqqol ko'rsatib turibdi. Bunga qo'shimcha isbot qidirib uzoqqa borishning xojati yo'q. Bog'cha tarbiyasini olgan bola bilan bog'chaga bormagan bolani solishtirganda, ularning fikrlash darajasi o'rtasida yer bilan osmoncha farq borligini sezish qiyin emas" degan edi.

Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi ilmida bu yoshdagi bolalarda sifat o'zgarishlari tezlashganligini inobatga olgan xolda bu davrni uch bosqichga taqsimlab o'rganish maqsadga muvofiq deb topilgan: kichik maktabgacha davr (3-4 yosh); o'rta maktabgacha davr (4-5 yosh); katta maktabgacha yosh (5-6 yoshgacha); maktabga tay-yorlov yoshi (6-7 yoshgacha). Maktabgacha yoshdagi bola rivojlanish jarayonida ajdodlari tomonidan yaratilgan narsa va xodisalar, olam sir-sinoatlari bilan alohida maxsus munosabatga kirishadi. U insoniyat tomonidan qo 'lga kiri-tilgan yutuqlarni faol o'zlashtirib, egallab boradi. Bolada narsa-xodisalar olami, ular

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

yordamida amalga oshiriladigan xatti-xarakatlar, ona tili va odamlar orasidagi munosabatlarni anglash, ayni zamonda faoliyat motivlarining rivojlanishi, qobiliyatlarning o'sib borishi kattalarning bevosita yordami asosida amalga oshadi. Bu oilada ota-ona, maktabgacha ta'lim muassasalarida esa tarbiyachilar ko'magida yuz beradi. Asosan mana shu davrdan boshlab bolaning mustaqil faoliyati kuchaya boshlaydi. Faoliyatdagi mustaqillik, o'z-o'zidan tafakkurdagi mustakillikka asos bo'ladi. Bundan tashqari, maktabgacha yoshdagi bosqich ularda murakkab xarakatlarni takomillashtirish, elementar gigiyena, madaniy va mehnat malakalarini hosil kilish, nutqini ustirish hamda ijtimoiy axloq va estetik didning dastlabki kurtaklarini yuzaga keltirish davri hamdir.

Shuni aytish mumkinki, oilaning zimmasiga ulkan va zarur ijtimoiy missiya yuklangandir. Bola tarbiyasi eng og'ir ijtimoiy vazifa ekanligi ayondir. Ota va onaning shaxsiy va ijobiy namunasi solih va soliha farzandlarning kamolga yetishi uchun garovdir. Ostona hatlab tashqi dunyoga qadam qo'yilganida esa bolaga atrof-muhit va jamoatchilikning ta'siri sezilarli bo'ladi. Ta'lim muassasalari va mahalla-kuy, umuman, ijtimoiy sfera muhiti inson farzandini to hayotining so'ngi daqiqasigacha ta'qib qilib boradi. Shu boisdan, oilaviy munosabatlarda shaxsning umummadaniy dunyoqarashini shakllantirishga erishish, nafaqat shaxsiy hayotda, balki, mamlakatimizda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar va ularning taraqqiyoti jamiyatning ruhiy va ma'naviy takomilida ham muhim o'rin tutadi.

REFERENCES

1. https://president.uz/uz - Узбекистан Республикаси Прездентининг расмий веб-сайти.

2. Урунтаева Г.А. Детская психология. - М.: «Академия», 2010. -C. 36.

3. Поддьяков Н.Н. Мышление дошкольника. - М.: «Педагогика», 1977. -C. 222.

4. Fозиев Э. Тафаккур психологияси. - Т.: «Укитувчи», 1990.

5. Каримова В.М., Суннатова Р. Мустакил фикрлаш. - Т.: «Шарк», 2000.

6. Нишонова З.Т. Мустакил ижодий фикрлаш. - Т.: «Фан», 2004.

7. Тихомиров О.К. Психология мышления. - М.: МГУ, 1984.

8. Венгер Л.А., Венгер А.Л. Домашняя школа мышления (для пятилетных детей). - М.: «Знание», 1984.

9. Выготский Л.С. Воображение и творчество в детском возрасте. - М.: «Просвещение», 1991.

10. Выготский Л.С. Мышление и речь. - М.: «Педагогика», 1982.

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.