Scientific Journal Impact Factor
*|R
BOLALARGA XOS XARAKTER XISLATLARINI SHAKLLANISHIDA OILA TARBIYASI MUHIM OMIL SIFATIDA
d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-l-973-978
Abdurasulova Shoira Kushakovna
Guliston davlat universiteti, "Boshlang'ich ta'lim metodikasi" kafedrasi
o'qituvchisi
Darhaqiqat, kelajagimizpoydevori bo 'lgan yoshlarning ta 'lim-tarbiyasi, avvalo, oilada shakllanadi. Shaxsga xos bo 'lgan xarakter xislatlari, shuningdek, millatimizga xos bo 'lgan etnik xususiyatlarimizdan, kattalarni e'zozlash, kichiklarni izzat qilish, Vatanni sevish va burch kabi hislatlarning barchasi oilada shakillanadi.
Aynan bolalar o'rtasida sodir etilayotgan deviant xulq-atvor ko'rinishlari jumladan, jinoyatchilik, giyohvandlik, agressivlik, suitsid kabi turli jamiyatimiz uchun yot bo'lgan illatlar oilada shaxslararo munosabatlarning to'g'ri tashkil etilmaganligi oqibatida kelib chiqmoqda. Yosh oilalarimizda bolalar, o'smirlar, katta kishilar va boshqa shaxslarga nisbatan kommunikativ shaxslar aro muloqat qoniqarli emasligi xozirga vaqtda ommaviy axborot vositalari bilan aloqa o 'rnatish orqali amalga oshirilishi, shuningdek, «biz» tushunchasi va unga munosabat yetarlicha rivojlanmaganligi bilan ajralib turadi.
Kalit so'zlar: shaxs, an'ana, urf-odat, munosabat, ota-ona, xarakter, muhit, tarbiya, nuklear oila.
Ведь воспитание молодежи, которая является фундаментом нашего будущего, формируется, прежде всего, в семье. Черты личности, а также наши этнические особенности, такие как уважение к старшим, уважение к молодым, любовь к родине и долгу, формируются в семье.
Именно девиантное поведение, возникающее у детей, в том числе преступность, наркомания, агрессия, суицид, чужды нашему обществу в результате плохих межличностных отношений в семье. В наших молодых семьях неудовлетворительное межличностное общение с детьми, подростками, взрослыми и др. в настоящее время достигается за счет общения со средствами массовой информации, а также недоразвитости понятия «мы» и отношения к нему.
ANNOTATSIYA
АННОТАЦИЯ
Scientific Journal Impact Factor
О
Ключевые слова: личность, традиция, обычай, отношение, родитель, характер, среда, воспитание, нуклеарная семья.
After all, the upbringing of youth, which is the foundation of our future, is formed, first of all, in the family. Personality traits, as well as our ethnic characteristics, such as respect for the elders, respect for the young, love for the motherland and duty, are formed in the family.
It is the deviant behavior that occurs in children, including crime, drug addiction, aggression, suicide, that is alien to our society as a result of poor interpersonal relationships in the family. In our young families, unsatisfactory interpersonal communication with children, adolescents, adults, etc. is currently achieved through communication with the media, as well as the underdevelopment of the concept of "we" and attitude towards it.
Keywords: personality, tradition, custom, attitude, parent, character, environment, upbringing, nuclear family.
Bolaning oilada shaxs sifatida shakllanishiga kuchli ta'sir etuvchi omillarning asosiysi bevosita muhit va mikromuhitdir. Avvalo, bu bolaning qobiliyatlarini rivojlantiruvchi, xarakterini shakllantiruvchi jamoa, uning ota-onasi, qarindoshlari, tengdoshlari, maktabgacha ta'lim muassasasasi tarbiyachilari, maktab pedagoglar jamoasi va boshqalardir.
Mikromuhit insonga ikki yoqlama ta'sir ko'rsatadi:
- jamiyat tomonidan tashkil etilgan stereotiplar ya'ni, an'analar, qoidalar, me'yor va kundalik hayotdagi odatiy sharoitlar orqali;
- shuningdek, yaqin muhitning o'ziga xos bo'lgan xususiyatlari natijasida bolalarda xarakter xususiyatlarining shakllanishiga eng muhim omil sifatida birinchi navbatda oila muhiti eng kata tasir ko'rsatadi.
Birinchi rezidentimiz ta'kidlaganidek, "Oila hayotining abadiyligi, avlodlarning davomiyligini ta'minlaydigan, muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birga, kelajak nasllar qanday inson bo'lib etishishiga bevosita ta'sir ko'rsatadigan tarbiya o'chog'i ekanligini tan olishimiz darkor. Bola tug'ilganidan boshlab oila muhitida yashaydi, ulg'ayadi, oilaga xos an'analar, qadriyatlar, urf-odatlar o'smir zuvalasini shakllantiradi. Eng muhimi farzandlar oilaviy hayot maktabi orqali jamiyat talablarini anglaydi, his etadi".
ABSTRACT
KIRISH
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 2 | ISSUE 1
educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
Darhaqiqat, kelajagimiz poydevori bo'lgan yoshlarning ta'lim-tarbiyasi, avvalo, oilada shakllanadi. Shaxsga xos bo'lgan xarakter xislatlari, shuningdek, millatimizga xos bo'lgan etnik xususiyatlarimizdan, kattalarni e'zozlash, kichiklarni izzat qilish, Vatanni sevish va burch kabi hislatlarning barchasi oilada shakillanadi.
Yuqorida ta'kidlaganimizdek, bolalarda xarakter xususiyatlarining shakllanishiga ta'sir etuvchi bir qator komponentlari oilada shakllanib borishi bilan birgalikda, nosog'lom bo'lgan oila sharoitida tarbiya topayotgan farzandlar xulq-atvorida o'ziga xos bo'lgan salbiy individual psixologik xususiyatlarning shakllanishiga sabab bo'lmoqdadir.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Bir guruh psixologlarning aniqlashicha, xarakterning yangi sifatlarini yuzaga kelishi va ularning mustahkamlanishi real vaziyatni taqozo etadi. Shuning uchun ham xatti-harakat odatni, odat esa xarakterni va xarakter taqdirni yaratadi, degan fikr mavjud. Xarakter qandaydir turg'un va o'zgarmas xususiyat emas. Jumladan, bolalik yoshida xarakterning xususiyatlari odatda "jiddiylashish", "boshqacharoq bo'lib qolish" tarzida ko'rinadiki, bu hol ijtimoiy omillardan ya'ni, atrofdagilarga nisbatan munosabatning murakkablashuvi, gormonal yetilish natijasida namoyon bo'la boshlaydi. Shaxs xarakterdagi o'zgarishlarni yetarlicha hisobga olmaslik ziddiyatli va nizoli munosabatlarni vujudga keltiradi. Ayni shu davrda bola xarakterida aktsentuatsiya xususiyatlari, jumladan, emansipatsiya reaktsiyasi kattalar qaramog'idan "ozod" bo'lishlik, tengqurlari bilan guruhlashish reaktsiyasi, ishtiyoq reaktsiya, xobbi reaktsiyasi kabilar ustivorlik qiladi.
Aynan bolalar o'rtasida sodir etilayotgan deviant (xulqi og'ishgan) xulq-atvor ko'rinishlari jumladan, jinoyatchilik, giyohvandlik, agressivlik, suitsid kabi turli jamiyatimiz uchun yot bo'lgan illatlar oilada shaxslararo munosabatlarning to'g'ri tashkil etilmaganligidan kelib chiqmoqda. Bunda, ota-onalar farzandlari tarbiyasiga befarq, loqayd munosabatda bo'lishi, oilada sog'lom turmush tarzini to'g'ri yo'lga qo'yilmaganligi, ota-onalarni farzandlarining yoshiga xos bo'lgan psixologiyasini, ularga xos bo'lgan shaxslararo munosabatlar to'g'risidagi bilimlarini yetishmasligi tufayli jamiyatimiz uchun zid bo'lgan xatti-harakatlarning yuzaga kelayotganligi, natijada, ilmiy asoslangan ota-onalar va farzandlar o'rtasidagi munosabatlarning psixologik jihatlarini ochib berishligini taqozo etadi.
Birinchidan, ijtimoiy muhitdagi turli hodisalar insonning ongiga bevosita ta'sir qilib, unda chuqur iz qoldiradi.
Ikkknchidan, tashqi ijtimoiy muhit ta'sirining chuqurroq va mustahkamroq
bo'lishiga odamning o'zi yordam beradi. Ma'lumki, bolalar o'z tabiatlariga ko'ra,
975
Scientific Journal Impact Factor
yoshlik chog'laridan boshlab, nihoyat darajada taqlidchan bo'ladilar. Bolalar katta odamlaming barcha hatti-harakatlariga bevosita taqlid qilish orqali bu hatti-harakatlarni, yaxshi-yomon fazilatlarni o'zlariga singdirib boradilar. Bolalar oilada, ko'cha-ko'yda, katta odamlarning har bir harakatlarini, o'zaro munosabatlarini zimdan kuzatib turadilar.
To'g'ri, hozirgi globallashuv va integratsiyalashuv jarayonlarining kuchayishi munosabati bilan oilaning etnopsixologik xususiyatlaridagi milliy barqarorlik susayib, zamonaviylashish tendentsiyasi yaqqol ko'zga tashlanmoqda. Bu fikrga V.V.Boyko ham qo'shilib, bolalarda xarakter shakllanishiga ta'sir etuvchi zamonaviy oilalarning o'ziga xos xususiyatlarini quyidagicha ajratib ko'rsatadi:
-Birinchidan, oilaning nuklearlashib borishi oqibatida yani oilada er-xotin va farzandlardan iboratlliligi zamonaviy kam farzandli nuklear oilalarning ko'p avlodli oilalardan farqli ravishda bola xarakterining shaklllanishida o'ziga xos ijtimoiy-psixologik muhitni tashkil etadi. Bunday oilalarda ko'pincha shaxslararo munosabatlarning qisqa zanjiri ustunlik qiladi, oila a'zolarining o'zaro bir-biriga ta'sir etish vositalari chegaralangan, shuningdek, taqlid qilish uchun namuna va vaziyatlar ham kam shakllanganligi bilan farqlanadi.
-Ikkinchidan, oiladagi o'ta bog'liq va bir xildagi munosabatlar oqibatida bolalarning ota-ona xulqi namunalarini mustahkam egallashlari ehtimolligini oshiradi. Ota-onalar xulq-atvoridan tanlab olish chegaralangan bo'lganligi sabab, bolalar ijtimoiy-tipik xususiyatlarni egallashi, qaysiki, o'zida ham mikromuhit, ham individual xususiyatlarining aks etishi ehtimolidan holi emasdir.
Keltirilgan turli ilmiy ma'lumotlardan kelib chiqib ta'kidlash mumkinki, zamonaviy oilaning o'ziga xos xususiyati o'sib kelayotgan yosh avlod uchun insonparvarlik tajribasining cheklanganligi bilan ifodalanadi.
Bazi yosh oilalarimizda bolalar, o'smirlar, katta kishilar va boshqa shaxslarga nisbatan kommunikativ tolerantlik (bag'rikenglik) sifatlari yetarlicha o'z aksini topmaganligi,oila a'zolari o'rtasida yetarlicha ma'lumot almashinish chegaralangan, to'g'ri yo'lga qo'yilmagan, bori ham xozirgi vaqtda ommaviy axborot vositalari bilan aloqa o'rnatish orqali amalga oshirilishi, shuningdek, «biz» tushunchasi va unga munosabat yetarlicha rivojlanmaganligi bilan ajralib turadi. Ko'pgina holatlar oqibati sifatida yuqori darajada bolalarning «personifikatsiyasi», ya'ni oila davrasida bolalarning o'z «men» ini ko'rsatishi hisoblanib, bu o'zining haqligini ta'kidlash, o'zini ota-onalarga qarama-qarshi qo'yish, ularga qarshi harakatlar qilish, ularning qadrini, obro'sini ni inkor etish, ular berayotgan maslahatlardan to'liq foydalanmaslik orqali namoyon bo'lmoqda.
Scientific Journal Impact Factor
O
Bu esa bola xarakter xususiyatlariga xos bo'lmagan begonalashishning ayrim shakllarini yuzaga kelishiga sabab bo'lmoqda.
Ayni vaqtda oilada shakllangan oila a'zolarining begonalashishi bolalarning boshqa doiralarda ya'ni, turli guruhlar va soatlab axborot vositalari bilan band bo'lishiga olib kelmoqda. Oila a'zolari o'rtasidagi komunikativ a'loqalarning cheklanganligi, qondirilmagan shaxslararo munosabatlarnatijasida bolalar o'zining ehtiyojini, endi norasmiy guruhlarga qo'shilish, noan'anaviy mashg'ulotlar bilan shug'ullanayotganini kuzatishimiz mumkin.
Bunday bolalar va ota - onalar o'rtasidagi o'zaro ta'sir munosabati jarayonidagi ayrim negativ holatlarni yuzaga kelishini V.V.Boyko quyidagicha talqin etadi.
Oiladagi o'ta qat'iy chegaralangan oila a'zolarining munosabatlari, bunda, ota - onalarning o'ta talabchanligi, bolalarda ning xarakter xususiyatlarida nuqsonli xislatlarini keltirib chiqaradi. Bu o'z navbatida ota - onalarning bolaga nisbatan munosabatida yanada qat'iy holatlarning xosil bo'lishiga olib keladi. O'zaro munosabatlarning agressiv holati natijasida esa bir biriga nisbatan bemehrlilik, qo'pollik va ota - onalarning qo'rsligi bolalarda agressivlik reaktsiyasini uyg'otadi va o'zaro munosabatlar jarayonida ziddiyatlarni yuzaga kelishiga sabab bo'lishini kuchaytiradi.
Munosabatlarning kelishuvchanlik holati. Bu holatda ota-onalar kompleksi bolalar kompleksini hayotga yo'naltiradi. Masalan, ota-onaning doimiy ravishda boladan noroziligi, bolasini tanqid qilishi, urishishi, xaqorat qilishi, tahqirlashi boladada o'z navbatida aybdorlik xissini shakllantirib, uni maktabda, maktabdan tashqari jamoalarda himoya reaktsiyalarining yetishmasligiga, muloqotda o'zini chetga tortishiga, o'z-o'zini himoya qila olmaslikga, biror ta'sirga tezda javob qaytara olmaslik holatiga va o'zini tezda yo'qotib qo'yish holatiga olib keladi. Bolalarrning bunday xulq atvori ota-onalari va atrofdagilar uni boshqarishiga, boshqalarga tobe bo'lib qolishga, bog'lanib qolishiga, mustaqil bo'la olmasligiga sabab bo'ladi. Ketma-ket bo'lmagan munosabatlar. Bunda ota-onalarning bola tarbiyasidagi ehtiyotsizligi, loqaydligi vabolaga nisbatan talabchan bo'lmasligi bilan ajralib turadi. Bolalarga nisbatan qo'yilgan noto'g'ri talablar yo o'zini oqlamagan yoki o'ta yumshoq ko'rinishda bo'lib, muayyan bir harakati uchun bir safar jazolasalar, keyingi safar e'tiborsiz qoldirishining natijasiadir. Bunday holatlarda bolalar hulq-atvor normalarida, burch, ma'suliyat hissi kabi tushunchalar haqida o'ylamaydi va muayyan tasavvurlarga ega bo'lmaydi.
Yuqorida keltirilgan tarbiya usullari,shakllariga bola tarbiyasida quyidagi xususiyatlarini yuzaga kelishiga sabab bo'ladi:
Scientific Journal Impact Factor
О
«Tarbiyasi qiyin» bolalar pedagogik qarovsizlik natijasidir.L.S.Vigotskiy fikricha, «qiyin» bola hayotining noto'g'ri munosabatlar xarakterining natijasidir. Bular avvalo qaysar, injiq bolalar, ularni qiziqarli faoliyat turiga tortish, ularni tarbiyalashning asosiy usullaridan biridir. Ularning ma'lum bir qismi intizomsiz, qo'pol bolalardir. Ularning faolligini maqsadga muvofiq o'zgartirish, ularga ba'zi huquqlarni berish yo'li bilan ularga ta'sir o'tkazish mumkin. Psixologiyada " tarbiyasi qiyin " bolalarning bir qancha klassifikatsiyalari mavjud.
Birinchi guruh - ijtimoiy salbiy, mustahkam qarashlarga egabolalar;
Ikkinchi guruh - qonunbuzarlarga taqlid qiluvchi bolalar;
Uchinchi guruh- ijobiy va salbiy xulq - atvor stereotiplari o'rtasida ikkilanuvchi,o'z xatolarini tushunuvchi bolalar.
To'rtinchi guruh - irodali bolalarga bo'ysunuvchi bolalar.
Beshinchi guruh - qonunbuzarlik yo'liga tasodifan kirib qolganlar.
Shuni aytish lozimki, tarbiyasi og'ir bolalar uchun, ular yashayotgan muhit, oila,ular o'qiyotgan jamoa, sinfning roli juda kattadir.
Xulosa qilib aytish mumkinki, oiladagi turli tuman tarbiya usullarini qollash tarbiyalanuvchining xarakter xususiyatlariga mos kelishi, ya'ni ota-onalar, tarbiyachilar bolalarning individual psixologik xususiyatlarini e'tiborga olib tarbiya usullarini va shakillarini qo'llashi maqsadga muvofiqdir. Aks holda, bolaning xarakter xususiyatlarida tarbiyasi o'g'ishish kabi nomaqbul ko'rinishlarni yuzaga kelishiga sabab bo'ladi.
REFERENCES
1. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. - T.: ma'naviyat, 2008.
2. Бойко В.В. Трудный характер подростков. - СПб.:Издагельство «Союз», 2002.
3. Shoumarov G'.B. "Oila psixologiyasi" "SHARQ" 2008yil
4. Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya: Ped. in-t. talabalari uchun o'quv qo'llanma M.G.Davletshin umumiy tahriri ostida. - T.: O'qituvchi, 1974. - 194 s.
5. Dostmuhammedova Sh.A., Tillashayxova X.A., Baykunsova G., Ziyavitdinova G. "Umumiy psixologiya". Toshken, 2020-yil
6. Mukhammatovna, E. D., Tovboevna, M. N., Kushakovna, A. S., Egambaevich, U. K., Shakirovich, Y. S., & Yusufovna, S. D. (2021). Improving the Methodology for Preparing Future Primary School Teachers for Innovative Professional Activities. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 5490-5498.
XULOSA