5. Shabbazova, D. R. (2023). ONA TILI VA O'QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA INNOVATSION YONDASHISH TEXNOLOGIYASINI TAKOMILLASHTIRISH. Conferences 1-9.
6. Shabbazova, D. (2023). BOSHLANG'ICH SINF O 'QUVCHILARI SAVODXONLIGINI OSHIRISHDA SHAXSIY QADRYATLI YONDASHUV. MONOGRAFIYA. Termiz-2023. Interpretation and Researches, 1(1).
FANLARARO ALOQADORLIK ASOSIDA EKOLOGIK MAZMUNDAGI MAVZULARNI O'RGANISHNING METODIK JIHATLARI
Muxtarova Lobar Abdimannabovna
TerDPI Boshlang'ich ta'lim metodikasi kafedrasi dotsenti
Junusbekova Aziza Abay nomidagi Qozog'iston milliy pedagogika universiteti dotsenti
Annotatsiya. Ushbu maqolada boshlang'ich ta'lim fanlari aloqadorligini o'rnatishda integrativ yondashuv imkoniyatlari haqida fikr yuritilgan.
Kalit so'zlar: boshlang'ich ta'lim, aloqadorlik, integrativ, imkoniyat.
Fanlararo aloqadorlik asosida ekologik mazmundagi mavzularni o'rganishda ekologik xavfsizlikka oid bilim, ko'nikma, malaka va kompetentsiyalarni yuksak darajada egallash va samarali qo'llay olish, tabaqalashtirilgan ta'lim mazmuniga mos ravishda fanlararo aloqadorlik alohida soha doirasida o'rganiladigan o'quv materialining eng maqbul va natijaviylik munosabatlarining o'rnatilishi, fanlar integratsiyasi asosi-ga birlashtira oladigan asosiy farazni oydinlashtirish kompetentsiyasiga ega bo'lishlik muhim, alalxusus, bu vaziyatda fanlararo aloqadorlikdan foydalanish o'qitishning ijobiy samarasini oshirish uchun turfa imko-niyatlar eshigini ochadi, zero bir biriga yaqin, aloqador fanlar asnosida o'quvchilar ulkan, chuqur bilimlarni o'zlashtiradilar.
Tadqiqotchi N.Yusupovaning fikricha: "Fanlararo aloqadorlik tashkiliy metodik aloqadorliklardan iborat". Olima o'z tadqiqotlarida fanlararo aloqadorlikning bir necha ko'rinishlarda tasniflaydi:
- bilimdagi bog'lanishlar bo'yicha: reproduktiv, izlanish, ijodiy;
- amalga oshirish bo'yicha: sinflararo, turkum ichida, turkumlararo, izchil, birgalikda, istiqboldagi;
- o'zaro fanlar bog'lanishiga ko'ra: bir, ikki va ko'ptomonlama;
- davomiyligiga ko'ra: epizodik, doimiy, tizimli;
- maqsadiga ko'ra: sinf va sinfdan tashqari;
- shakliga ko'ra: yakka, guruhda, jamoada.
Professor B.S.Abdullayeva fanlararo aloqadorlikni dolzarb pedagogik
muammo ekanligi metodologik-didaktik jihatdan asoslab, uning mazmunli;
93
operatsion; metodik; tashkiliy shakllarini ajratsa, A.A.Xasanov fanlararo aloqalarning mazmunini ilmiy-nazariy jihatlarini tasniflab, quyidagi turlarga ajratadi: real bog'lanish (turli o'rganiladigan fanlarning umumiy g'oyalari va nazariyalarini tasdiqlovchi va yorituvchi dalillarni o'rnatish); nazariy dolzarblik (bu fanning ma'lum bir sohasiga oid ilmiy tushunchalar tizimi bo'lib, unda dalillar, qonunlar, oqibatlar, asosiy qoidalarni aks ettiradi).
N.M.Ahmedova o'z tadqiqot ishlarida integratsiya ob'ektlarining o'zaro joylashuviga ko'ra ular yangi integratsion tuzilmaning asosi sifatida ma'-lum tuzilishiga: integratsiya ob'ektlari zanjir bo'g'inlari kabi ketma-ket joylashishi; bitta ob'ekt boshqalari uchun aloqa vositasi bo'lib xizmat qilishi; bir ob'ekt boshqalarini o'z ichiga olishini ko'rsatadi.
F.T.Otabayeva ta'limda integratsiya muammosini o'rganib, fanlararo aloqadorlikning amaliy jihatlarini quyidagi turlarga ajratadi:
- o'quv dasturlaridagi integratsiya (mavzulararo uyg'unlik);
- modullashgan integratsiya (turdosh o'quv fanlariga oid bilim va tushunchalarni tizimlashtirgan holda taqdim etish);
- integrativ dasturlar (dasturlarda bir necha o'quv fani yoki o'quv fanlariga oid mavzularni uyg'unlashtirgan holda taqdim etish);
- mavzulararo integratsiya (ayni bir sinf doirasida beriladigan o'quv materiallarini boshqa bir sinf o'quv materiali bilan uyg'unlashtirish);
- mavzularni ketma-ket bayon etish asosidagi integratsiya (o'quv materialini bayon etishdagi kontsentrizm tamoyili, ya'ni oldingi o'quv materialining keyingisini mazmunan to'ldirishi);
- axborot texnologiyalari asosidagi integratsiya (o'quv fanlarini kompbyuter texnologiyalari asosida o'qitish kabi integratsiyaning turli darajalaridan foydalanish mumkinligini e'tirof etadi. Ekologiya ta'limi tizimini takomillashtirish dasturiy o'quv rejada ifodalangan tabiatshunoslik va uni o'qitish jarayonida integratsiyalashgan yondashuvni amalga oshirish ushbu tizim yaxlitligini belgilashda muhim o'rin tutadi.
L.N.Vavilova "Boshlang'ich ta'lim o'quv fanlari aloqadorligini o'rnatishda fanlararo integrativ darsning imkoniyatlarini ochish, eng samarali o'qitish jarayonini ta'minlash, uni tashkil etish uchun zarur elementlarni izlash, o'quv faoliyatining metodlari va tuzilishini takomillashtirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish zarur" deb hisoblasa, metodist olim T.P.Lakonenina qayd qilganidek: "Boshlang'ich ta'lim samaradorligini oshirishda fanlararo aloqadorlikning imkoniyatlari nihoyatda kengligi o'quv-bilish jarayonini qayta ko'rib chiqish kerakligini va uni takomillashtirish zarur"ligini keltiradi. L.N.Vavilova hamda T.P.Lakoneninaning mulohazalarini tahliliy solishtirakanmiz, fanlar integratsiyasi ob'ektining imkoniyatlari nihoyatda kengligi, mavzulararo aloqadorlikning ichki qatlamiga kirib borishi g'oyat
mukammallashganligini ko'ramiz. Ular tomondan keltirilgan mulohaza o'ziga xos metodga ega bo'lib, yanada qat'iylashganligini sezamiz.
Biz T.P.Lakonenina fikrlarini quvvatlagan holda boshlang'ich sinf o'quvchilarida ekologik xavfsizlik madaniyatini fanlararo takomil-lashtirishda DTS, o'quv dastur, o'quv reja va darsliklarni qayta ko'rib chiqish va ularni optimallashtirish zarurligini ko'rsatib o'tmoqchimiz. CHunonchi, dasturda fanlar integratsiyasi elementlarini o'rnatish uchun qulay bo'lgan tushunchalar, ob'ektlar o'z ifodasini topib, "predmet haqidagi tushunchalarini, faoliyatlarini kengaytirish, ularning erkin fikrlay olish, o'zgalar fikrini anglash ko'nikma va malakalarini egallashlariga erishish" boshlang'ich ta'limining asosiy maqsadi sifatida qayd etilgan.
Yu.G'.Mahmudov, X.B.Norbo'tayevlar fanlararo ekologik mazmundagi topishmoqli masalalarni bajarishda o'quvchilar qiziqishi va kuzatuvchanligining ortib borishi, fanlararo tafakkur rivoji va kelgusida fanlararo masalalarni yechishda murakkab matematik hisoblashlarga o'rin qolmasligini ta'kidlab o'tganlar.
A.A.Xasanov ta'kidlab yozadi, "O'quv mavzularini o'rganishda takrorlashning yo'qolishi turfa imkoniyatlarni keltirishini izohlab, alohida masalalarni o'rganishda muddatni belgilash imkoniyati, ilmiy tushuncha tavsifidagi o'xshashlik, izchillik, o'ziga xoslik hamda ular orasidagi aloqadorlik muhim pedagogik vazifalarni hal etadi". Muallif o'z mulohazalarida asosli ta'kidanganidek, fanlararo aloqadorlik kontsentrizm tamoyiliga mos ravishda takroriylikning imkoniyatini cheklaydi hamda ichki va tashqi to'g'onoqlarni bartaraf etadi.
Fanlararo aloqadorlikning didaktik asosi boshlang'ich maktab o'quv dasturlarida tasvir vositalarini birlashtirib, mavzulararo turdosh manbalar yaqinligi-yu rang-barangligini ifodalovchi manbalar zanjirini hosil qiluvchi yaxlit bilimlar shakllanishini inkor etmaydi. CHunonchi, boshlang'ich sinf o'quv dasturi va fanlari bir-biriga yaqinligi jihatidan, o'quv fanlarini o'zlashtirish asnosida to'plangan kontent-bilimlarni fanlararo aloqadorlik maqsadiga ko'ra boshqasiga ko'chirishda foydalanish usuli o'quvchilarda ekologik xavfsizlik madaniyatini fanlararo takomillashtirish metodikasi samaradorligining zaruriy didaktik sharti hisoblanadi.
Bizningcha, boshlang'ich sinfda fanlararo aloqadorlik maqsadlariga erishish uchun tabiatshunoslik, tarbiya, ona tili va o'kish savodxonligi fanlari o'quv dasturlari, mavzularida didaktik aloqalar izchilligi o'rnatilishi muhim.
1. O'quvchilarda xavfli vaziyatlarda oqilona qaror qabul qilish ko'nikma va malakalarni egallash, o'zgaruvchan vaziyatlarga o'rgatish, faol fuqaro sifatida ekologik xavfsizlik bilan bog'liq muammolarni hal qila olish qobiliyatlarini rivojlantirish.
2. O'quvchilarga atrof-muhitdagi hodisalar mazmun-mohiyatini ilmiy jihatdan tushuntirish, tavsiflash, qiyoslash, taqqoslash, umumlashtirish, bilimlarni yangi vaziyatga o'tkazish kabi ijodkorlik sifatlarini shakllantirish. O'quvchilarni ijodiy fikrlashga yo'naltirish, erkin raqobat asosida muhim.
3. O'quvchilarda olamning yaxlit manzarasi haqidagi ma'lumot va dalillarni ilmiy jihatdan majmuaviy talqin qilish, idrok va tasavvurlarini boyitish, o'z-o'zini anglash, mustaqil faoliyatini tashkil etish faoliyatiga yo'naltirish zarur.
4. Ekologik madaniyatni yuksaltirishda motivatsion, kognitiv, amaliy-faoliyatli, ijodiy-refleksiv komponentlarni aniqlash lozim.
Dars - ta'lim tashkil etishning asosiy shakli. Darsda har bir o'quvchining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olinadi, barcha o'quvchilarning sinfda o'rganiladigan fan asoslarini o'zlashtirishlari, ularning bilim qobiliyatlari va madaniy-axloqiy fazilatlarini tarbiyalash va rivoj-lantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladi.
Tabiatshunoslik fanida bu yondashuv atrof-muhit, olam va odam, umuman, borliqni qamrab olgan holda birmuncha to'liq ma'lumotlarni o'z ichiga qamrab oladi. Ona tili, matematika, o'qish, tasviriy san'at va musiqa fanlari mazmuniga bevosita tabiatga daxldorlikni singdirish, keltirilgan badiiy asar namunalaridagi tabiat tasviri va undagi go'zallikni his ettira olish, asar qahramonlarining tabiatni e'zozlash ruhidagi yoki aksincha, qarashlarini tahlil qilish, ularni chizgilarda aks ettirish kabi holatlarga e'tibor qaratish lozim bo'ladi. SHuningdek, boshqa fanlar mazmuniga ham ushbu tushunchalar mohiyatini singdirib borish irodasi kuchli hamda ruhan sog'lom fikrlovchi barkamol shaxsni voyaga yetkazishdek mas'uliyatli vazifani ado etishga yordam beradi.
Fanlar integratsiyasi asosidagi darslarning shakli nostandart, mazmunli va juda qiziqarli. Dars davomida turli xil faoliyat turlaridan foydalanish o'quvchilar diqqatini yuqori darajada ushlab turadi, bu esa darslarning etarli darajada samaradorligi haqida gapirishga imkon beradi. Integratsiyalashgan yondashuvdan foydalangan holda darslar muhim pedagogik imkoniyatlarni ochib beradi, kognitiv qiziqishni sezilarli darajada oshiradi, tasavvur, e'tibor, fikrlash, nutq va xotirani rivojlantirishga xizmat qiladi. Fanlararo aloqadorlik asosidagi darslarni tashkil etish blok-sxemasi 1-rasmda o'z ifodasini topdi.
1-rasm. Fanlararo aloqadorlik asosidagi darslarni tashkil etish blok-
sxemasi.
Har bir darsning maqsadi oldindan aniqlanishi lozim. Fanlararo aloqadorlik talablaridan kelib chiqib, turlicha emas ta'lim berish maqsadiga mos keluvchi o'rganilayotgan ob'ektga oid katta hajmdagi ma'lumotlarda keltirilgan material ilmiy, to'g'ri, tizimlashtirilgan, tushunarli va oson o'zlashtirilishi, o'rganilayotgan materialning ketma-ketligi va aloqadorligi bilan tavsiflanadi.
Fanlararo aloqadorlik nazariyasining taraqqiyotida tabaqalashtiril-gan holat hukm sursa ham amaliyotda integratsiya, o'zaro aloqadorlik fanning ijtimoiy ahamiyatini yanada oshiradi. Boshlang'ich maktabda integratsiyani amalga oshiruvchi bo'g'in vazifasini o'qituvchining o'zi amalga oshiradi. Pedagogik faoliyati jarayonida u o'quvchilarni savod va chiroyli yozuv, arifmetik amallarni bajarish, tabiiy-ilmiy tushunchalarni o'zlashtirish bilan birga kreativ fikrlashga o'rgatadi. O'z kuch va imkoniyatlari darajasida bu ishni amalga oshiradi.
Boshlang'ich sinflarda bir o'qituvchining dars berishini, integratsiyaning bir usuli deb hisoblasak ham bo'ladi. Muammoning bunday qo'yilishi integratsiyaning turli ta'lim pog'onalarida turli xususiyatlarga ega ekanligini ko'rsatadi. Boshlang'ich maktabda integratsiyani bir-biriga nisbatan yaqin fanlarni birlashtirish asosida ko'rish maqsadga muvofiq. Ta'limning keyingi pog'onalaridan u asosiy fanlarning chegaralarini birlashtirishga harakat qiladi.
Xulosa qilib aytganda bugungi kunga qadar boshlang'ich ta'lim bo'yicha metodik adabiyotlarda yagona tizimga birlashtirilgan ta'lim faoliyatining murakkab, yaxlit va fanlararo integratsiyalashgan turlari va xususiyatlarining aniq ta'rifi mavjud emasligini hisobga olgan holda integratsiyalashgan o'qitish usulini o'quv faoliyati jarayonida an'anaviy o'qitish metodi bilan solishtirib ular o'rtasidagi farq sezilarli ekanligi, tajriba-sinov natijalari fanlararo integratsiyalashgan sinflarni tashkil etish samaradorligi darajasi yuqoriligini ko'rsatib turibdi. Fanlararo bog'langan dars o'quvchilarning fan bo'yicha bilim, ko'nikma, malaka va kompetentsiyalarni egallashi, ularning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, intellektual rivojlanishi, shaxsini kamol toptirish, ekologik tafakkurini rivojlantirish orqali atrof-muhitga ongli munosabatni shakllantirishga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati.
1. Mukhtarova L.A. Ways of formation of ecological culture in children of primary age // AJMR:Asian Journal of Multimensional Research Journal. Vol 10, Issue 4, April, 2021. - Pp 648-652. (Impact Factor 7.699).
2. Мухтарова, Л. А. (2017). BOSHLANG'ICH SINFLARDA RIVOJLANTIRUVCHI TA'LIM TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI. Апробация, (2), 93-94.
3. Мухтарова, Л. А. (2017). BOSHLANG'ICH TA'LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA INNOVATSION TA'LIM TEXNOLOGIYALARINING O'RNI. НАУЧНЫЙ ПОИСК В СОВРЕМЕННОМ МИРЕ (pp. 119-120).
4. Mukhtarova, L. A. (2021). THE USE OF INNOVATIVE EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN THE FORMATION OF A CULTURE OF ENVIRONMENTAL SAFETY. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(10), 792-797.
5. Mukhtarova Lobar Abdimannabovna. (2021). POSSIBILITIES OF AN INTEGRATIVE APPROACH TO THE FORMATION OF A CULTURE OF ENVIRONMENTAL SAFETY. European Scholar Journal, 2(11), 43-44.
6. Muxtarova, L. A. (2021). Ways of formation of ecological culture in children of primary age. Asian Journal Of Multidimensional Research, 10(4), 648-652.
7. Muxtarova, L. A. (2021). Use of multimedia technologies in the educational process. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(4), 1781-1785.
8. Мухтарова, Л. А. (2018). Пути Использования Возможностей Мультимедиа В Повышении Качества И Эффективности Уроков Чтения В Начальных Классах. Научные горизонты, (11-1), 247-252.
9. Мухтарова, Л. А. (2018). Развитие И Формирования Критического Мышления У Школьников Начальных Классах. Гуманитарный трактат, (24), 13-14.
10. Мухтарова, Л. А. (2018). Развитие творческого мышления у школьников начальных классов. Гуманитарный трактат, (24), 9-10.
11. Kulmuminov, U., & Mukhtarova, L. (2023). POSSIBILITIES OF CREATIVE THINKING AND ITS MANIFESTATION IN THE EDUCATIONAL PROCESS. Open Access Repository, 4(02), 81-84.
12. Abdimannabovna, M. L. (2022). Opportunities for an Interdisciplinary Integrated Approach to Improving the Culture of Environmental Safety. Eurasian Scientific Herald, 7, 7-12.
13. Munzifa Tangirova, & Lobar MUKHTAROVA. (2023). WAYS OF READING LITERACY DEVELOPMENT IN PRIMARY SCHOOL PUPLS. European Scholar Journal, 4(2), 88-89.
14. Lobar Mukhtarova, & Shahnoza Isakova. (2023). METHODOLOGY OF SPEECH DEVELOPMENT OF VISUALLY IMPAIRED STUDENTS. Academia Repository, 4(10), 360-371.
15. Mukhtarova Lobar Abdimannabovna, & Saidakhmatova Nafisa Soatmurod kizi. (2023). DEVELOPMENT OF READING UNDERSTANDING SKILLS IN PRIMARY SCHOOL STUDENTS. Academia Science Repository, 4(04), 18-22.
16. Nafisa Saidakhmatova, & Lobar Mukhtarova. (2023). THE SIGNIFICANCE OF A ARTWORK IN THE FORMATION OF LEARNING SKILLS. Academia Science Repository, 4(04), 176-180.
17. Pardayeva Gulbahor Jalgashevna, & Mukhtarova Lobar Abdimannabovna. (2023). PEDAGOGICAL POSSIBILITIES OF TEACHING NATURAL SCIENCES BASED ON STEAM TECHNOLOGY. World Bulletin of Social Sciences, 21, 109-111.
18. Feruza RAKHMONOVA, & Lobar MUKHTAROVA. (2023). THE ROLE AND SIGNIFICANCE OF FORMING A CULTURE OF READING IN PRIMARY EDUCATION. European Scholar Journal, 4(3), 5-7.
19. Saodat MINGNOROVA, & Lobar MUKHTAROVA. (2023). THE METHODOLOGY OF DEVELOPING THE CREATIVITY OF THE BEGINNING 1ST CLASS TEACHER WITH THE HELP OF ETHNOPEDAGOGY. World Bulletin of Social Sciences, 27, 33-37.
20. Daminova Dilbar Melimurodovna, & Mukhtarova Lobar Abdimannabovna. (2023). PEDAGOGICAL OPPORTUNITIES OF FORMING MATHEMATICAL LITERACY SKILLS OF PRIMARY SCHOOL PUPILS. Open Access Repository, 4(3), 971-976.
21. Abdimannabovna, M. L. (2023). O 'QUVCHILAR EKOLOGIK XAVFSIZLIK MADANIYATINI FANLARARO ABSCISSIAL VA ORDINATAL ALOQADORLIKDA TAKOMILLASHTIRISH OMILLARI. Наука и технологии, 1(2).
22. Muxtarova L.A. Boshlang'ich ta'limda ekologik xavfsizlik madaniyatini shakllantirishning metodologik asoslari // Наманган давлат университети илмий ахборотномаси ilmiy-nazariy jurnali. 2021, 12-сон. - В. 657-662.
23. Muxtarova, L. A., & Saidaxmadova, N. S. (2022). Boshlang'ich sinf o'quvchilarida o'qish va matnni tushish ko'nikmalarini shakllantirish yo'llari.". Oilaviy munosabatlar destruktsiyasining psixologik tadqiqi: muammo va yechimlar"Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman. Termiz, 402-405.