Научная статья на тему 'JISMONIY TARBIYA O‘QITUVCHILARINING KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHDA INTEGRATIV YONDASHUVNING AHAMIYATI'

JISMONIY TARBIYA O‘QITUVCHILARINING KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHDA INTEGRATIV YONDASHUVNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
19
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
іntеgrаtsіyа / іntеgrаtsіyаlаsh / іntеgrаtiv yondashuv / kasbiy kompetentlik / o‘quv fanlari / umumkasbiy va mutaxassislik fanlari / tinglovchi. / integration / integration / integrative approach / professional competence / academic subjects / general professional and specialist subjects / listener.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Yuldasheva, Nargiza Egamberdiyevna, Djalalov, Baxromjon Begmurzayevich

Mazkur maqolada іntеgrаtsіyа, іntеgrаtsіyаlаsh, pеdаgоgіk іntеgrаtsіyа tushunchalarining etimologiyasi (kelib chiqishi) va mazmuni yoritib berilgan. Shuningdek, jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishda integrativ yondashuvning o‘ziga xos xususiyatlari haqida batafsil so‘z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF AN INTEGRATIVE APPROACH IN DEVELOPING THE PROFESSIONAL COMPETENCE OF PHYSICAL EDUCATION TEACHERS

This article describes the etymology (origin) and meaning of the concepts of integration, integration, pedagogical integration. Also, specific features of the integrative approach to the development of professional competence of physical education teachers are discussed in detail.

Текст научной работы на тему «JISMONIY TARBIYA O‘QITUVCHILARINING KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHDA INTEGRATIV YONDASHUVNING AHAMIYATI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

JISMONIY TARBIYA O'QITUVCHILARINING KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHDA INTEGRATIV YONDASHUVNING AHAMIYATI

Yuldasheva Nargiza Egamberdiyevna

Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg'ona filiali "Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar" kafedrasi

mudiri

Djalalov Baxromjon Begmurzayevich

Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg'ona filiali "Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar" kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)

Mazkur maqolada integratsiya, integratsiyalash, pedagogik integratsiya tushunchalarining etimologiyasi (kelib chiqishi) va mazmuni yoritib berilgan. Shuningdek, jismoniy tarbiya o 'qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishda integrativ yondashuvning o 'ziga xos xususiyatlari haqida batafsil so 'z yuritilgan.

Kalit so 'zlar: integratsiya, integratsiyalash, integrativ yondashuv, kasbiy kompetentlik, o 'quv fanlari, umumkasbiy va mutaxassislik fanlari, tinglovchi.

This article describes the etymology (origin) and meaning of the concepts of integration, integration, pedagogical integration. Also, specific features of the integrative approach to the development of professional competence of physical education teachers are discussed in detail.

Key words: integration, integration, integrative approach, professional competence, academic subjects, general professional and specialist subjects, listener.

Integratsiya - o'qitishning maqsad va omillarini bir butun qilib birlashtirish. Integratsiyalash - lotincha «integer» - umumiylik, «integerara» - umumiylikni to'ldirish, yaratish, tiklash demakdir. Ta'lim mazmunidagi uyg'unliklarni ta'minlash muammolari ham integratsiyalashning shug'ullanadigan sohasi hisoblanadi. U tushunchalarni umumlashtirishni o'rgatish[2].

O'zbek tilining izohli lug'atida «Integratsiya (lot. integratio) - tiklash, qaytadan

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

boshlash, to'ldirish. 1. Ayrim qismlarning, elementlarning bog'liqlik holatini, ularni qo'shib birlashtirishni ifodalovchi tushuncha. 2. Fanlarning yaqinlashishi va o'zaro bog'lanish jarayoni. 3. Ikki va undan ortiq davlatlarning iqtsodiyotini o'zaro muvofiqlashtirish va birlashtirish», «Intégral (lot. integer - bir butun, buzilmagan, qayta tiklangan) - mat. Oliy matematikada cheksiz kichik sonlar yig'indisi sifatida qaraladigan butun miqdor. Integrallash - mat. berilgan funksiyaning, matematik ifodaning integralini topish, aniqlash»[8, 557].

O'zbekiston milliy ensiklopediyasida qayd etilishicha, «Integral [lot, integer-butun] - matematik analiz (tahlil) ning asosiy tushunchalaridan biri. Integrallash-matematikada aniqmas integralni izlash amali. Integratsiya (lot. Integration - tiklash, to'ldirish, integer-butun so'zidan), fanlarning yaqinlashishi va o'zaro aloqa jarayoni, differensiasiya bilan birga kechadi»[9, 55].

«Macmillan English Dictionary for Advanced Learners» lug'atida esa quyidagicha izohni uchratish mumkin: Integral (integral) - 1. To'liq bo'lishi uchun biror bir qismni yaxlitlash; Integratsiyalash (Integrate) - 2. Ikki yoki undan oshiq narsalarni to'liq tizim yoki bo'lak bo'lishi uchun birlashtirish. Integratsiya (Integration)-narsalarni, odamlarni yoki turli xil fikrlarni bitta qilib jamlash, jamlab olmoq[5, 1692].

MUHOKAMA VA NATIJALAR

"Pedagogik integratsiya" termini-tushunchasi, olimlarning fikricha, integratsiyaning muayyan ko'rinishlarini tushuntirish, prognozlash va ularni pedagogika predmetliligi doirasida uning vazifalariga muvofiq tarzda boshqarishni nazarda tutadi. V.S.Bezrukova bu qoidani tasdiqlab, uni ilmiy integratsiyaning pedagogik nazariya va amaliyot doirasida amalga oshiriladigan turi sifatida ta'riflaydi[5, 25].

Fanda "integratsiya" tushunchasi XVIII asrdayoq G.Spenser tomonidan qo'llanilishiga qaramay, unga davr taqozosiga ko'ra, yaqin paytlargacha yetarli ahamiyat berilgan emas.

Ilmiylik nuqtai nazaridan olib qaraganda, integratsiyaning asosini olamning yaxlitligi va uni tashkil etuvchi qism (element)larning o'zaro aloqadorligi, munosabatlari tashkil etadi. Taniqli rus psixologi G.S. Kostyukning fikricha: "Tabaqalanish differensiatsiya — ruhiy jarayonlar va holat (xususiyat)larni ko'payishiga olib kelsa, integratsiya — tartibga keltirish, subordinatsiya va uning natijalarini ma'lum ketma-ketlikda joylashtirishga olib keladi. Integratsiyalash yo'li bilan yangi psixologik jarayon, yangi faoliyat tuzilmasi hosil bo'ladi. Bu yangi tuzilma ilgari alohida-alohida bo'lgan elementlardan sintezlash yo'li bilan hosil qilinadi[1, 17].

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

Genetik jihatdan integratsiya-uzviylik, fanlararo aloqadorlik, o'zaro aloqadorlik va nihoyat o'zaro bir-birini to'ldiruvchi, kengaytiruvchi hamda chuqurlashtiruvchi, o'quv fanlari mazmunini eng kamida DTSlari darajasida sintezlab, mantiqan tugallangan mazmun, shaklning oliy darajasi. Chunki predmetlararo aloqadorlikning har qaysi quyi darajasi, o'rganilayotgan o'quv fanlari doirasida ma'lum didaktik birliklar orasida o'rnatilib, ularni o'rganish mazmuni va muddatlarini muvofiqlashtirishni ko'zda tutadi. Bundan farqli o'laroq, integrativ aloqadorlik asosida tashkil etilgan o'quv fani yoki integratsiyalab o'rganilayotgan fan, hodisa yoki jarayonlarni yaxlit tizim shaklida har tomonlama aloqadorlik va munosabatlar nuqtai nazaridan talqin etishni talab etadi.

Bu o'z navbatida hozirgi va istiqbol talablariga javob beradigan, mustaqil fikr yurituvchi va ijodiy faoliyat ko'rsatuvchi, malakali mutaxassis shaxsini shakllantirishga imkon beradi. Chunki u taxsil oluvchilardan faqatgina tahlil qilish va sintezlash operatsiyalarini talab qilish bilan chegaralanib qolmasdan, balki mavhumlashtirish, algoritmlashtirish, turkumlash, shartli belgilar yordamida ifodalash, sabab-oqibatli aloqadorlikni aniqlash, tahlil etish, sintezlash, tizimlashtirish, modellashtirish kabi yuksak darajali tafakkurlash operatsiyalarini talab etadi. Bu operatsiyalar o'rganilayotgan obyektning barcha muhim jihat va xususiyatlarini ajratib olib (tabaqalashtirib), mohiyati va mazmunini anglab yetish va ularni umumlashtirish orqali amalga oshiriladi. Demak, integratsiya har doim ham uning ikkinchi tomoni bo'lgan tabaqalashtirish (differensiatsiya)ga tayangan holda, rivojlanib boradi yoki aksincha[10, 48-52].

Integratsion ta'lim yo'nalishlarining muayyan aspektlarini tahlil qilishda M.N.Berulava, M.Pak, N.Y.Borisova, K.Y.Kolesina, R.Z.Mustafina, D.T.Mugallimova, S.I.Yakimenko va boshqalarning ishlaridan foydalanildi.

M.N.Berulavaning tadqiqotida integratsion ta'lim pedagogik hodisa sifatida qaraladi. U bugungi kunda integratsiya muammosiga ikki xil mazmunli va jarayonli yondashuv mavjudligini ko'rsatib, ikkinchisiga nisbatan e'tibor qaratadi.

M.N.Berulavaning fikriga ko'ra, integratsiya - bu ta'lim vositalari, shartlari va metodlarini qo'llash jarayonidir, integratsiyaning ma'lum bir natijalari ta'lim oluvchilar bilimlarini sintez qilish natijasida ko'rinadi[3, 48-49].

Psixologik-pedagogik adabiyotlarda pedagogik jarayonda integratsiya tushunchasiga turli yondashuvlar ishlab chiqilgan. K.Y. Kolesina integratsion yondashuv asosida ta'lim jarayonini tashkil qilish natijaviylik va ishonchlilikning oshishini ta'minlaydi, deb ta'kidlaydi. U integratsiyaning umumdidaktik jihatlarini ta'lim jarayoni mazmunining moddiy va ma'naviy jihatlari sifatida ko'rib chiqadi.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

K.Y.Kolesinaning tadqiqotlarida, mazmunni yangilovchi integratsion jarayonlar didaktik tamoyilga (ta'limda integratsiya tamoyiliga) o'tadi. Yanada to'liqroq tahlil mazmunni integratsiyalashning texnologik jihatlarini (fanlararo ta'limiy topshiriqlarni o'zaro taqsimlash) batafsil tahlil qilish asosida amalga oshiriladi. K.Y.Kolesinaning tadqiqotlarida ushbu muammoning psixologik jihati tahlil qilinadi[7, 18].

Ta'lim integratsiyasiga umumiy yondashuvni talablarning individual xususiyatlari bo'yicha ko'rib chiqadi[6, 51]. O'quv fanlarini bir fanga integratsiyalash uchun: tadqiqot obyektlari bir xil yoki bir biriga yaqin bo'lishi kerak; integratsiyalanayotgan o'quv fanlarida bir xil yoki o'xshash tadqiqot metodlaridan foydalaniladi; integratsiyalanayotgan o'quv fanlari umumiy qonunlar, umumiy nazariy tamoyillar asosida quriladi.

A.A.Pinskining tadqiqotlarida o'quv fanlarini integratsiyalash ta'lim jarayoni samaradorligini oshirishni ta'minlovchi didaktik sharoitlar sifatida ko'rib chiqiladi. Uning fikriga ko'ra, ta'limning asosiy tarkibiy qismlari bilan bir qatorda ta'lim metodlari ham o'quv fanlari integratsiyasining yetakchi yo'nalishlarini belgilaydi.

Integratsiya talablari asosida ta'lim jarayonini tashkil etish deganda, bir nechta o'quv fanlarining yanada chuqur o'zlashtirilishini ta'minlash (uning mustaqilligini saqlash bilan birga), mustahkamlash, o'zaro boyitish, tinglovchilarning evristik va bilish imkoniyatlarini kengaytirish; intellektual qobiliyatlarini oshirish va o'qitish samaradorligini rag'batlantirish tushuniladi.

Integratsiya talablari asosida ta'lim jarayonini tashkil etish ta'lim mazmuni, shakllari, bilim va ko'nikmalar sintezini tashkil qilish jarayoni sifatida talqin qilish ba'zi bir muhim xususiyatlarni aniqlashga olib keladi.

1. Xilma xillik. Bu xususiyat integratsiyalashgan ta'lim joriy etilgan ko'plab o'quv predmetlari, shuningdek, o'quv jarayonini ilmiy tashkil qilish va turli ta'lim shakllarini qo'llashni nazarda tutadi.

2. Ichki differensiya. Integratsiya bo'ysunish turiga ko'ra, mustaqillik, o'z konseptual asoslarini saqlab qoladi.

3. Umumiylik. Integratsiyalashgan ta'limni umumlashtirilishi fanlar tarkibini birlashtirilishi va yagona jadvalga integratsiyalashgan fanlar mavjudligi bilan ta'minlanadi.

4. Ko'p funksiyalilik. Integratsiyalashgan ta'limning ushbu xususiyati bir necha funksiyalarni bajarishni nazarda tutadi, bular ta'limni tashkil etishni optimallashtirish, grafika bilimlarni o'rganish dolzarbligini ta'minlashdir.

Shunday qilib, ushbu sohada ishlayotgan turli ta'lim muassasalarining tajribasi, adabiyotlar tahlili, oliy ta'limda integratsiyalashgan ta'limni tashkil etishning ayrim

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

kamchiliklari mavjudligini ko'rsatdi, ma'lum bir grafika asosida integratsiyalashgan ta'limni samarali amalga oshirish ta'minlash kerak[4, 48-51].

Umumkasbiy va mutaxassislik fanlari integratsiyasi asosida tinglovchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishga doir materiallar mazmuni va ularni tanlash prinsiplarini o'rganishga oid o'quv-metodik, didaktik, ilmiy adabiyotlar tahlilidan ma'lum bo'ldiki, mazkur tanlangan materiallardan o'quv jarayonida foydalanish ta'lim-tarbiyaviy ishlarni mazmun va sifat jihatdan takomillashtirishga, tinglovchilarda nazariy bilim, amaliy ko'nikma va malakalarning shakllanishiga keng imkoniyat yaratib beradi.

Umumkasbiy va mutaxassislik fanlari integratsiyasi asosida tinglovchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishga doir tanlangan materiallar quyidagi muammolarni hal etishi zarur:

1. Tinglovchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishga doir tanlangan materiallardan o'qitish samaradorligini oshirishda ma'ruza va amaliy mashg'ulotlarda qanday an'anaviy, noan'anaviy metodlar hamda shakllarni qo'llab foydalanish kerakligi aniqlashtirilishi shart.

2. Tinglovchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishga doir tanlangan materiallar mazmuni sodda, qisqa, lo'nda va eng muhimi tugallangan matnda ifodalangan bo'lishi lozim.

3. Tanlangan materiallar mazmuni va undagi faktlar haqqoniy bo'lishi zarur.

4. Tanlangan materiallar mazmuni va sinov savollari aniq hamda tushunarli bo'lishi talab etiladi.

Umumkasbiy va mutaxassislik fanlari integratsiyasi asosida tinglovchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishga doir materiallarni o'qitish metodikasi bo'yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqotning nazariy va pedagogik tajriba-sinov ishlarining amaliy natijalari, olingan ilmiy xulosa va tavsiyalar quyidagi talablarga bo'ysunishi shart:

- tanlangan materiallar umumkasbiy va mutaxassislik fanlari konsepsiyalari, DTSlari, dasturlari va o'quv rejalarida o'z mazmunlarini topgan bo'lishi;

- fan-texnika-ishlab chiqarishning hozirgi zamon taraqqiyoti talablariga javob berishi;

- tanlangan materiallarning takrorlanmasligi;

- tinglovchilar uchun notanish, qiyin atamalarning bo'lmasligi kabilar.

Yuqorida ta'kidlangan fikrlarga asoslanib, aytish mumkinki umumkasbiy va

mutaxassislik fanlari integratsiyasi asosida tinglovchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishga oid tanlangan materiallar bilan ularni ma'ruza va amaliy mashg'ulotlarda tanishtirish maqsadga muvofiq.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

Qadim zamonlardan beri mustaqil (masalan, tabiat, jamiyat, insoniy fikrlash faoliyati) va turli sohalardagi bilimlarning rivojlanishida susayishlar kuzatildi.

XX asrning oxiriga kelib, fanlar integratsiyasi jarayoni boshlanishi farqlash bilan bog'liq ravishda hukmronlik qilishga imkon berdi. Ilgari yangi ilmlar bilimlarni ajratish hisobiga paydo bo'lgan bo'lsa, endi ular o'zaro ta'sirlar, bilimlar integratsiyasi tufayli qayta paydo bo'lishga kirishdilar (biogeokimyo, biofizika, mikroelektronika, plazmokimyo va boshqalar). Ular asosiy fanlar (matematika, fizika, biologiya, falsafa va boshqalar)ning amaliy tadqiqotlar sohasiga yanada chuqur kirib borishi bilan mavjud bo'ldi.

Bugungi kunga kelib jahondagi mamlakatlarning 70 foizi ta'lim tizimida integrativ xarakterdagi o'quv dasturlari va darsliklaridan foydalanib kelmoqda. Buyuk Britaniya ta'lim tizimida asosan integrativ fanlar joriy etilgan. Niderlandiyada alohida o'quv predmetlari, Irlandiyada fan va texnika bloklarida barcha o'quv fanlari mujassamlashtirilgan. Avstraliyada integratsiyalashgan fanlar, Yaponiya, Shimoliy Irlandiya, Uels, Gong-Long, Germaniyada integratsiya alohida fan sifatida o'qitiladi. Koreya va Shvetsariyada integratsiyalashgan fanlar yoki predmetlar alohida o'qitiladi. O'zbekistonda hozirda bu sohada dastlabki qadamlar qo'yilmoqda.

Ta'lim integratsiyasidan foydalanish natijasida pedagogik, psixologik jihatdan ta'lim maqsadlarini amalga oshirishda qulay shart-sharoit vujudga keladi; umumdidaktik talablar uzviylikda bajariladi; o'quvchining vaqti, kuchi tejaladi; ortiqcha ruhiy va jismoniy zo'riqishlarning oldi olinadi, ta'lim samaradorligi oshadi. O'quvchilar zarur ko'nikma va malakalarni, tushunchalar hamda bilimlarni o'quv predmetlari mazmunini uyg'unlashtirish natijasida har tomonlama chuqur o'zlashtirish imkoniga ega bo'ladilar.

O'qitish jarayoni mazmunini integratsiyalash - o'quvchi shaxsini rivojlantirish va o'zini o'zi rivojlantirishga yo'naltirilgan olam haqidagi yaxlit tushunchalarni shakllantirish maqsadida ta'limning ma'lum tizimi doirasida mazmunning tuzilmaviy komponentlari o'rtasidagi aloqalarni o'rnatish jarayonidir.

J.B.Ergashev fikriga ko'ra integratsiya - tizimning, bir butun organizmning bir-biridan farq qiluvchi alohida bo'laklarining o'zaro bog'langanligini anglatuvchi hamda xuddi shu holatni keltirib chiqaruvchi jarayon.

N.M.Ahmedovaning tavsifi bo'yicha integratsiya - o'zaro bog'langan holda rivojlantirish, bir butun qilib birlashtirmoq, yaxlit holga keltirmoq ekani ta'kidlanadi. Integratsiya turli xil qism va elementlarni bir butunlikka birlashtirish jarayoni. Integratsiya jarayonlari tashkillashtirilgan tizimlarda bo'lishi mumkin - bu holda ular tizim butunlik darajasini va tashkillashtirilgan darajasini ko'taradi.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

A.I.Avazboyev va Y.U.Ismadiyarovlar ta'rificha integratsiya - u yoki bu fanning ularni unifikatsiyalar va majmualashtirishga olib keladigan tarkibiy qismlarning yagona dunyoqarash mantiqiy-metodologik o'zaro ta'siri jarayoni. Fan-texnika taraqqiyotining hozirgi bosqichida, integratsiya jarayoni differensatsiya jarayoniga nisbatan ustunlik qilmoqda. Ilmiy bilimlar differensatsiyasi fan, texnika taraqqiyotida ma'lum ahamiyatga ega, ammo u hal qiluvchi ahamiyat kasb etmaydi. Bu vazifani ilmiy bilimlar integratsiyasi jarayoni bajaradi.

Ta'lim tizimiga tatbiq etilganidek, "integratsiya" konsepsiya sifatida ikki xil ma'noga ega: birinchi navbatda, u tinglovchilar atrofidagi dunyoning yaxlit ko'rinishini hosil qiladi (bu yerda integratsiya ta'limning maqsadi deb hisoblanadi), ikkinchidan, u mavzu bilimlarining yaqinlashishi uchun umumiy platformani topadi (bu yerda integratsiya - o'rganish vositasi). Amalda bilimlarning integratsiyalashuvidan maqsadga yo'naltirilmagan holda foydalanish ko'proq darajada amalga oshiriladi. Uzoq muddatli kuzatuvlar shuni ko'rsatadiki, umumkasbiy fanlar bo'yicha o'qiyotgan tinglovchilar matematika, fizika va informatika fanlarini o'rganishda bilim, ko'nikma va malakalarni qo'llashda qiyinchiliklarga duch keladi. Ularda mustaqil fikrlash, olgan bilimlarini o'xshash bo'lgan masalalarga tatbiq etish yoki boshqa holatlarga o'tkazish qobiliyati kabilar shakllanmagan bo'ladi.

R.V.Salomova fanlarni integratsiyalashgan holda o'qitish ularning tutash mavzularini bir vaqtda va bir-biriga bog'liq holda o'rganish imkoniyatini yaratadi deb hisoblaydi. Integratsiyalash fanlarni o'qitishning yangicha yondashuvidir. Bunday darslar turli fanlarning o'quv materiallari bir-birini to'ldirishi hisobiga vaqtni tejash imkoniyatini beradi. Integratsiyaning asosiy usullari quyidagilardan iborat:

- darslar boshqa fanlardagi mavzularga bog'lab o'tkaziladi;

- darslar ijodiy laboratoriya ishlari ko'rinishida olib boriladi;

- darslar elektron axborot ta'lim resurslari bilan to'ldiriladi.

Malaka oshirish jarayonida integratsiya ma'lum fan doirasida va fanlararo bo'lib (1-rasmga qarang), uni o'quv mashg'ulotlarida amalga oshirish integrativ yondashuv jarayoni bo'lib xizmat qilishini ta'kidlab o'tamiz.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(11), November, 2023

T a 'bin jarayonidagi integratsiya

Ma'linn fail

doiiasidagi Fanlai'ai'o iiitegiatsiya

integratsiya

1

Bo'liinlai'ai'o Uinninkasbiy

iiitegiatsiya fanlararo iiitegiatsiya

I

Mavznlararo iiitegiatsiya

I

Mutaxassislik fanlararo integratsiya

1-rasm. Integratsiya turlari

Integrativ yondashuv mazmunan tutash, aloqador, mantiqiy bir-birini taqozo etuvchi va bir-biriga singib chuqurlashtiruvchi va kengaytiruvchi o'quv fanlarini integratsiyalash uchun qo'llanib, yaxlit mantiqiy mukammal bilim, ish-harakat usullari va shaxsiy sifatlarni shakllantirishdan iborat.

N.M. Ahmedova fikriga ko'ra integratsiya - u yoki bu kasb egasiga kerak bo'ladigan tarqoq bilimlar majmuini yaxlit holga keltirish va vaqt meyorlarini kreativlik asosida sarf etish mahorati. Integrativ yondashuv esa bo'lajak o'qituvchining chet til ta'lim sharoitida tinglovchilarning mutaxassislikka oid bilim, ko'nikma, amaliy ish-xarakat usullari va shaxsiy sifat hamda fazilatlarini yaxlitligini ta'minlash xohish-istaklari, ehtiyojlari hamda ularga ta'lim-tarbiya berish maqsad va vazifalariga mos qulay ta'lim muhitini tashkil etishga qaratilgan yaratuvchanlik va izlanishli-tadqiqotchilik faoliyati.

Turli yondashuvlarni umumlashtirib, integratsiyani birlashma va murakkablikning o'sishi bilan birga ayrim fanlarning strukturaviy elementlarining yagona mafkuraviy va mantiqiy-metodologik asoslari bo'yicha o'zaro ta'sir qilish jarayoni deb hisoblashimiz mumkin. Shu nuqtai nazardan fanlar integratsiyasi tegishli tuzilishga ega bo'lgan tizim sifatida qaralishi va rivojlanishning turli bosqichlariga ega obyektiv jarayon sifatida e'tiborga olinishi kerak. Integrativ yondashuv esa turli fanlarni o'zlashtirishdan olingan bilim, ko'nikma, malaka va tajribalarni hisobga olish, tayanish, integratsiya qilish, chet tillarda muloqot, kasbiy shakllanish, kasbiy moslashish, kasbiy kommunikativlik, kasbiy kompetentlikni baravar rivojlantirish.

Boshqariladigan bilimlar integratsiyasini amalga oshirishda 2 ta yo'nalish mavjud. Ulardan birinchisi an'anaviy tavsifga ega va unda o'qituvchi muayyan

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

davrlar mobaynida tabiiy ravishda ikki yoki undan ortiq ilmiy fanlar bo'yicha o'quv materiallarining mazmunidan kelib chiqqan aloqalarni ko'rib chiqadi. Ikkinchi yo'nalish, integratsiyalashuv jarayoni uchun asos bo'lib, birorta texnika yo'nalishidagi institutlar fanlari chegarasiga mutlaqo mos kelmaydigan ma'lum bir ma'lumot va ko'nikmalar to'plamini tanlashdan iborat.

Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tinglovchilari turli xil fanlarni o'rganishlarida tizimli bilim, ko'nikma va malakalarga ega bo'lishlari zarur. Umumkasbiy va mutaxassislik fanlarining tarkibiy qismlari o'rtasidagi aloqalar turli xil bo'lib, ular orasidagi elementlarning tarkibiga bog'liq. Ta'lim intizomining turli tarkibiy qismlari o'rtasida aniqlangan faktlar, hodisalar, tushunchalar, toifalar, qoidalar, formulalar, sxemalar orqali fanlar o'rtasida o'rnatilgan ko'plab ulanishlarni aniqlab olish mumkin. Ushbu aloqalar ilmiy mavzudagi «informativ» yoki informatsion tomonlari o'rtasida paydo bo'ladi. Shu bilan birga, har bir fan turli xil tarkibiy qismlarga ega: fan tili, tadqiqot usullari, nazariya, qo'llaniladigan qism, mashq va fanning muayyan tuzilishini tashkil etuvchi vazifalar.

O'zaro aloqalar integratsiyalashuvi jarayoni mustaqil bilimlar sohasidagi umumiy va nazariy tushunchalarni shakllantirish yoki amaliy muammolarni hal qilish usullari natijasida yuzaga keladi. Shunday qilib, bilimlarni birlashtirish yangi nazariy va amaliy natijalarni amalga oshishi va mutaxassislarni tayyorlash darajasini oshirishga yordam beradi.

M.J.Turdiyeva fikricha ta'lim jarayonini integrativ dasturlar va darsliklar asosida tashkil etish nazarda tutilar ekan, bunda integratsiyaning turli darajalaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Jumladan:

1. Mavzularni ketma-ket taqdim etish asosida integratsiya, bunda o'quv materiallarini bayon qilishda konsentrizm prinsipiga amal qilinadi. Ya'ni oldingi o'quv materiali keyingisini to'ldiradi. Lekin hech qachon bir-birini takrorlamaydi. Bunday integrativ yondashuv natijasida tinglovchining bilim, ko'nikma va malakalari hamda ijodiy faoliyatlari muntazam ravishda rivojlanib, boyib boradi.

2. O'quv dasturlarida o'zaro uyg'unlashgan nuqtalarni vujudga keltirishga asoslangan integratsiya; bunda ham takror tarzda beriladigan tavtalogiya asosidagi o'quv materiallarining oldini olish uchun dasturlarda mavzulararo uyg'unlikni ta'minlash muhim ahamiyatga ega. Buning afzalligi shundaki, tinglovchining vaqti va kuchi tejaladi, darsliklarning hajmi ixchamlashadi va tannarxi arzonlashadi [2].

3. Modullashgan integratsiya: bunday integratsiya doirasida turdosh o'quv fanlariga oid bilim va tushunchalar bir tizimga solingan holda, uzviy tarzda tinglovchilarga taqdim etiladi.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

4. Integrativ dasturlar: ushbu tipdagi dasturlar bir necha o'quv predmeti yoki o'quv fanlariga oid mavzularni uyg'unlashtirilgan holda taqdim etishni nazarda tutadi. Bugungi kunda o'quv rejasida o'quv predmetlarining soni maksimum ko'payib ketganligini inobatga olsak, bunday tipdagi dasturlarni yaratishga kuchli ehtiyoj sezilmoqda.

5. Mavzulararo integratsiya: bunda ayni bir kurs doirasida beriladigan o'quv materiallari boshqa bir kurs doirasidagi mohiyatan yaqin bo'lgan o'quv materiallari bilan integratsiyalashtiriladi.

Dunyoda son-sanoqsiz aloqalar mavjud bo'lib, har bir bog'liqlik boshqalariga zarar keltirmasligi zarur. Amaliyot shuni ko'rsatadiki, ko'p fanlarning dasturlarida, bir xil hodisalarni o'rganishga bag'ishlangan mavzular va muammolar bir-biriga o'xshash bir necha "nuqtalar" mavjud. Bo'lajak mutaxassislarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish uchun matematik va tabiiy-ilmiy fanlarni umumkasbiy va mutaxassislik fanlari bilan integratsiyasi asosida, o'qituvchi va tinglovchilarning faoliyatini tashkil etishni hisobga olib, tegishli ta'lim texnologiyalarini ishlab chiqish lozim.

Har bir guruh tinglovchilarida xotiralar, hislar, chalg'ishlarga e'tibor qaratishlar bo'lishi tabiiy holdir. Ulardan ba'zilari o'qituvchining tushuntirish sur'atidan qoniqishadi, lekin ba'zilari uchun u juda tezdir. Jadvalda ishlatiladigan ma'lumotlar kimgadir aniq ko'rinadi, boshqalari esa uzoq tushuntirishlardan so'nggina buni qabul qiladi. Tinglovchilarning mustaqil ilmiy izlanishlari ularning imkoniyatlarini biroz tenglashtiradi, chunki har bir kishi o'zi muammoni hal qilish usulini tanlaydi. O'qituvchi dars mashg'ulotlarida vazifalar, uslublar, vazifani hal qilish uchun mos keladigan usullarni va vositalarni tanlashi kerak bo'ladi.

Ta'limning mazmuni shaxsning faoliyatida oqilona tashkil etilishi lozim, ya'ni u muayyan shakllarda taqdim etiladi. Ta'limga nisbatan "shakl" tushunchasi ta'lim berish usuli va ta'limni tashkil qilish sifatida ikki xil holatda qo'llaniladi. O'quv shakllari tinglovchilar tarkibi o'zgarishi bilan individual, guruhli shuningdek, jamoa va juftlikka ajratiladi. O'quv mashg'ulotlarini tashkil etish shakllari muayyan turdagi sinflarni - ma'ruza, seminar, amaliy mashg'ulotlar, ixtiyoriy mashg'ulotlarni tashkil etadi. Ular maqsadlar, mazmunlar, usullar, o'quv qo'llanmalarni, o'qituvchi va tinglovchilar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni o'z ichiga oladi, chunki ular birlashtiruvchi rol hisoblanadi.

Ushbu ta'lim shakllari doirasida tinglovchilarning jamoa, guruh, individual ishlarini tashkil etish mumkin. Ta'limning umumiy va maxsus shakllarini birlashtirib, ta'lim tizimlarining turli ma'ruza-seminar, masofa va boshqa shakllari olinadi.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

Ma'lumki, tinglovchilar o'zi biladigan narsalar orqali o'tiladigan tushunchalarni yaxshi anglaydi, esda tutadi va bu faoliyatni mustaqil ishlarda aniqlik bilan bajaradi. Tinglovchilar mustaqilligi va mustaqil faoliyati uchun eng samaralisi bu laboratoriya mashg'ulotlari.

Amaliyot shuni ko'rsatadiki, kompyuter dasturlaridan foydalanish an'anaviy ta'lim usullari bo'yicha katta afzalliklarga ega. Ammo ta'lim jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish an'anaviy ta'limning to'liq o'rnini bosmasligi kerak, faqat uni samaraliroq qilishi lozim.

ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Dehqonova O.Q. Maktab fizika ta'limida fanlar integratsiyasini takomillashtirish: p.f.b.f.d. (PhD) dissertatsiya. - Farg'ona, 2023. - B. 17.

2. Hasanboyev J., To'raqulov Х., Haydarov M., Hasanboeva О., Pedagogika fanidan izohli lug'at. - Toshkent: «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2008. - 480 b.

3. Muslimov Sh.N. Bo'lajak texnologik ta'lim o'qituvchilarining kasbiy grafik kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish: p.f.b.f.d(PhD) dissertatsiya. - Toshkent, 2020. - B. 48-51.

4. Macmillan English Dictionary for Advanced Learners.Macmillan Publishers Limited. - England. 2002. 1692 p.

5. Бeзрукoвa, В.С. Пeдaгoгичecкaя интeгрaция: cyrn,HocTb, cocraB, мexaнизмы рeaлизaции / В.С.Бeзрyкoвa // Интeгpaциoнныe npo^ccbi в пeдaгoгичecкoй тeoрии и прaктикe: Сб. Hay4. Трyдoв.aвтoрeф. Диcc....кaнд.пeд.нayк. -Свeрдлoвcк: СГИПИ,1999. - С. 3 - 25

6. Брякoвa И.Е. Мeтoдичecкaя cиcтeмa фoрмирoвaния крeaтивнoй кoмпeтeнтнocти cтyдeнтoв-филoлoгoв пeдaгoгичecкoгo By3a: aвтoрeф. дис. .. ^oK^^A^ay^ - Сaнкт-Пeтeрбyрг: 2010. - С. 51.

7. Kme^^ К.Ю. Пocтрoeниe прoцecca oбyчeния нa интeгрaтивнoй ocнoвe: Aвтoрeф. дисс... ^нд. пeд. нayк. -Р.н/Д., 1995. - Б. 18.

8. O'zbek tilining izohli lug'ati. "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi". Davlat ilmiy nashriyoti, -T.: 2006. 3 jild. -557 b.

9. O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. -Toshkent, O'zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2004. 8-jild. - B. 55.

10. Эльдов А.Б. /Интeгрaтивный noAxoA KaK тeoрeтичecкaя ocнoвa ocyщecтвлeния шкoльнoгo физичecкoгo экcпeримeнтa. -М:. Рязaнь, 2007. - C.

48-52.

11. Egamberdievna, Y. N. (2021). IMPROVING THE PEDAGOGICAL COMPETENCE OF THE TEACHER OF PHYSICAL EDUCATION OF THE

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

SECONDARY SPECIAL EDUCATION SYSTEM. Berlin Studies Transnational Journal of Science and Humanities, 7(1.5 Pedagogical sciences).

12. Siddikov, B., & Djalalov, B. (2020, December). MODERNIZATION OF EDUCATION-THE FUTURE INNOVATIVE COMPETENCE OF TEACHERS AS A MAIN FACTOR OF FORMATION. In Конференции.

13. Ахмедов, Б. А., Сиддиков, Б. С., & Джалалов, Б. Б. (2020). МОДЕРНИЗАЦИЯ ОБРАЗОВАНИЯ-ОСНОВНОЙ ФАКТОР В ФОРМИРОВАНИИ ИННОВАЦИОННОЙ КОМПЕТЕНЦИИ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ. Academy, (9 (60)), 20-22.

14. Джалалов, Б. Б. (2018). Развитие профессиональной компетентности педагогических кадров в условиях глобализации как педагогическая проблема.

In international scientific review of the problems and prospects of modern science and education (pp. 53-55).

15. Джалалов, Б. Б. (2022). BO 'LAJAK O 'QITUVCHILARNING INNOVATSION KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISHDA SMART-TA'LIMNING IMKONIYATLARI. УЧИТЕЛЬ, 3(4).

16. Юлдашева, Н. (2022). ОЛИЙ КАСБИЙ ТАЪЛИМ ТИЗИМИДА ЖИСМОНИЙ ТАРБИЯ ВА СПОРТ МУТАХАССИСЛАРИНИНГ НАЗАРИЙ ТАЙЁРГАРЛИГИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ. Инновационные исследования в современном мире: теория и практика, 7(28), 69-77.

17. Юлдашева, Н. Э. (2020). Развитие профессиональной компетентности воспитателя дошкольной образовательной организации. International scientific review, (LXXIII), 82-84.

18. Юлдашева, Н. Э. (2023). ИССЛЕДОВАНИЕ ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ СТУДЕНТОВ ФАКУЛЬТЕТА ФИЗИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ ПО ДИСЦИПЛИНАМ ЕСТЕСТВЕННО-НАУЧНОГО ЦИКЛА. GOLDEN BRAIN,, 7(13), 205-210.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.