Научная статья на тему 'EVROPA CHIRISH KASALLIGI, KELIB CHIQISHI VA DAVOLASH USULLARI'

EVROPA CHIRISH KASALLIGI, KELIB CHIQISHI VA DAVOLASH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
evropa chirish kasalligi / asalari / ob-havo / kassalik / rom / erkak asalari / koʻchirish / mavsum.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Mirvohidova Odina Miragzam Qizi, Kakhramanov Boymakhamat Abduazizovich, Isamuxamedov Solix Shukurovich, Chuleni Jung Sun-Ho Kwon

Maqolada asalari oilalarni rivojlanishining mavsumiy oʻzgarishlari, asalari Evropa chirish kasalligi va uning kelib chiqishi va davolash usullari oʻrganib chiqildi va qiyosiy tajribalar asosida tahlil qilindi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «EVROPA CHIRISH KASALLIGI, KELIB CHIQISHI VA DAVOLASH USULLARI»

UDK. 638.1.15

EVROPA CHIRISH KASALLIGI, KELIB CHIQISHI VA

DAVOLASH USULLARI

*Mirvohidova Odina Miragzam qizi, 2Kakhramanov Boymakhamat Abduazizovich, 3Isamuxamedov Solix Shukurovich, 4Chuleni Jung, 5Sun-Ho Kwon

1,2,3Toshkent davlat agrar univerisiteti 4,5Andong milliy univerisiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.11476907

Annotasiya. Maqolada asalari oilalarni rivojlanishining mavsumiy o'zgarishlari, asalari Evropa chirish kasalligi va uning kelib chiqishi va davolash usullari o'rganib chiqildi va qiyosiy tajribalar asosida tahlil qilindi.

Kalit so'zlar: evropa chirish kasalligi, asalari, ob-havo, kassalik, rom, erkak asalari, ko'chirish, mavsum.

Аннотация. В статье на основе сравнительных экспериментов изучены и проанализированы сезонные изменения в развитии пчелиных семей, болезнь европейской пчелиной гнили, ее происхождение и методы лечения.

Ключевые слова: европейская гниль, пчелы, погода, ульи, ром, пчелы-самцы, переселение, сезон.

Annotation. In the article, seasonal changes in the development of bee families, the European bee rot disease and its origin and treatment methods were studied and analyzed on the basis of comparative experiments.

Keywords: european rot disease, bees, weather, hives, rum, male bees, relocation, season.

KIRISH. Yevropa chirish yuqumli kasallik bo'lib, avvalo, ochiq so'ngra yopiq naslda bo'ladi. Kasallik asosan asalarining tuxumdan chiqqan naslini shikastlantiradi, erkak naslini kamroq zararlantiradi. Kasallanish lichinkalar tuxumdan chiqqandan keyin 3-4 chi kundan keyin boshlanadi [1,2]. Kasallikning kelib chiqishiga ob-havoning bulutligi, namli bo'lishi, arixonaning sovuqda qolishi, oziqning yetarli bo'lmasligi va shunga o'xshash asalari oilasining kuchsizlantiradigan faktorlar sabab bo'ladi. Bu kasallikni pluton sreptokokklari qo'zg'atadi. Kasallik qo'zg'atuvchi streptokokklar perga butun qish mumkatak va asalda yil davomida saqlanib qolishi mumkin.

Kasallik tarqalish yo'llari - kasal asalari oilalari kasallikni tarqatuvchi asosiy manba hisoblanadi. Kasal bo'lgan butun oila asalarilari kasallikni qo'zg'atuvchi streptokokkni olib yuruvchilar bo'ladi. Chunki bunday oilada pluton streptokokklari asalarida, asalda, perga va mum inlarda bo'ladi. Lichinkalar zaharlangan asal va perga bilan oziqlanadi. Ona asalari Yevropa chirish kasalini o'zining nasliga yuqtiradi. Bir oiladan ikkinchi oilaga kasallik o'g'ri ishchi asalarilar, erkak arilar, umumiy suv idishi orqali va rom almashtirish vaqtida o'tishi mumkin.

Kasallikning o'tishi - Yevropa chirishi bahorda va yozning birinchi yarmida ko'proq uchraydi, kuzga borib lichinkalarning kasal bo'lishi kamayadi. Kasallikni qo'zg'atuvchi mikrob oziq bilan lichinka ichagida tez ko'payadi, ichakni va keyinchalik butun organizmni yemiradi. Kasallikning boshlanishida mum inchalarining ikkila tomonida ayrim kasallangan lichinkalarni uchratish mumkin. Lichinkalar zararlangandan keyin 2 kun o'tgach sarg'aya boshlaydi. Keyinchalik asalari nasli ola-bula rangga kiradi.

Kasallikning belgilari - Yevropa chirish kasali lichinka tanasining formasi, rangi va konsistensiyasi o'zgarishidan, ularning yacheykada joylashish xolatidan boshlanadi. Yevropa

chirishi bilan zararlangan lichinkalar sarig' rangli bo'lib elastikligini yo'qotadi, so'lg'in bo'ladi. O'lgan lichinkalar avvalo sariq so'ngra qurib qoramtir rangga kiradi.

Kasallik diagnostikasi - klinik belgilari, patologik materialni laboratoriyada tekshirish asosida amalga oshiriladi.

Davolash - Kasallik 4 % li formalin bug'i va 2 % li xinozol eritmasi bilan dizenfeksiya qilinadi. Farmalin bug'i 30 minutdan keyin, xinozol eritmasi 10 minutdan keyin kasallik qo'zg'atuvchilariga ta'sir qiladi.

1-rasm. Yevropa chirish kasalligi

Kasallikni davolashning eng samarli usuli endigina zararlangan vaqtni aniqlashdir. Kasallik endigina boshlangan bo'lsa uni davolash shu joyning o'zida olib boriladi. Kasallik eskirgan sayin uni davolash qiyinlashadi. Davolash faqat eski inlarni olib tashalash, asalarilarni dizenfeksiya qilingan uyalarga ko'chirish, asalni haydash, arixonalarni isitish uchun yopilgan materiallarni almatirish va shu kabi ishlardan iborat. Bu kasallikni davolashda qo'llaniladigan vositalar sulfodimizen va antibiotik preparatlardir. Bu preparatlar asalarilarni oziqlantirish uchun ishlatiladigan davolash siroplari yoki suv eritmalari holida ishlatiladi. Suv eritmalar asalari uyalariga sepiladi.

Davolash siropini tayyorlash uchun quyidagi preparatlardan birini olish mumkin: norsulfazol natriy, sanazin, sulfantrol, sulsimid, streptomitsin, terromitsin, tetrasiklin va hakozo.

2-rasm. Yevropa chirish kasalligini davolash Kurash choralari - Yevropa chirishi borligi aniqlangandan keyin kasal arixona va uning atrofi radiusi 5 km gacha bo'lgan xududlarga karantin e'lon qilinadi. Yevropa chirishi kasalligi yo'q qilingandan keyin bir yil o'tgach arixona karantindan chiqadi.

Kasallikning paydo bo'lish vaqti ko'klamda, yozning birinchi yarmida, aksari hollarda kunlar sovuq va oziqa kam bo'lgan vaqtlarda paydo bo'ladi. Tabiatda asalli o'simliklar ko'paygan

sari kasallik kamayadi va kuzga borib, asalarilarning asal to'plashi to'xtashi bilan yangidan kuchayadi.

Kasallikni qo'zg'ovchi mikroblar. Bu kasallikni pluton streptokokklari qo'zg'atadi. Pluton streptokokki uncha chidamli bo'lmaydi va spora hosil qilmaydi, shu sababli yevropa chirish kasalligiga qarshi kurash olib borish ancha engil bo'ladi. Yevropa chirish kasalligiga uchrab nobud bo'lgan qurtchalarning tanalarida boshqa mikroblar ham bo'ladi.

Kasallikning belgilari. Yevropa chirish kasalligi yuz berganida usti suvalmagan katakchalardagi qurtchalar zararlanganligi sababli, bu kasallik tushgan mumkataklarda usti teshilgan katakchalar bo'lmaydi. Usti berkitilib teshilgan katakchalar kasallik juda avj olib ketgan hollardagina uchraydi.

Qurtchalarning o'liklari xiralanadi, bo'shashib qoladi, dastaval sarg'ish tusda, keyinchalik kir sarg'ish yoki sarg'ish qo'ng'ir tusda bo'lib, so'nga qoramtir yoki jigarrang tusga kiradi. Kasal qurtchalar bezovtalanadi va har xil vaziyatda nobud bo'lib qoladi.

Chiriyotgan modda cho'zilmaydi. Qurtchalarning po'stlari katakcha devorlariga yopishib turmaydi, shu sababli asalarilar bu po'stlarni kataklardan qiynalmay chiqarib oladilar. Chiriyotgan qurtchadan achigan yoki oyoq terining hidi kelib turadi.

Kasallangan ari oilasining o'rnini kavlab 10% so'ndirilgan ohak (1 m2 erga 1 litr hisobida) sepiladi, yangi tozalangan arixona ichiga kasal tegmagan mumkatakli ramkalar yoki sun'iy mumparda qo'yiladi. Ona arini topib qafaschaga solib, yangi arixonaning ramkalari o'rtasiga o'rnatiladi. Davolash sharbatini tayyorlab, ramkalar ustida joylashgan oxurchaga qo'yib beriladi. Ari uyasi maxsus mato bilan o'ralib, arixona yopiladi. Ko'chirish ishlarini kunning ikkinchi yarmida bajarish kerak.

Yangi arixona eshikchasini ochib, oldiga katta qog'oz yoyiladi. Eski arixonadan arilarni ramkasi bilan olib, eshikcha oldidagi qog'ozga silkitib tushiriladi. Keyin ularni tutun bilan haydab, yangi arixonaga kirgiziladi. Asalarilar kirib bo'lganlaridan keyin, uyani tashlab ketmasligi uchun, eshikchaga to'r tortib qo'yiladi. Eshikcha oldiga qo'yilgan qog'oz yoqib yuboriladi. Shu holatda ari uyasi 4 kun turadi. 4 kun o'tgach ko'chirishni yana takrorlab, ona ari almashtiriladi. Dezinfeksiyalash

Eski arixonani, zararlangan mumkatakli ramkalarni dezinfeksiyalash (yuqumsizlantirish) kerak.

Arixonalarni dezinfeksiyalash oldidan yaxshilab mum, propolisdan tozalab, 2 kg issiq kulning 1 chelak suvdagi aralashmasi bilan yuviladi, kuritiladi va kavsharlash lampasining o'ti bilan tekis kuydiriladi. Shuningdek 10% vodorod pereoksidi eritmasi yoki 3% sirka kislotasidan dezinfeksiyada qo'llanadi. Zararlangan mumkatakli ramkalarning asalini ajratib (bu asal odam uchun zararsizdir) olib, mumini eritib yuborish kerak. Bo'shagan mumkatakli ramkalarni 2% vodorod pereoksidi yoki bo'lmasa 1% sirka kislotasi bilan yuqumsizlantiriladi. Mumkatakli ramkalar tayyorlangan suyuqdikda 1 sutka botirib qo'yib saqlanadi, keyin toza suv bilan yuviladi.

Maxsus matolar, xalat, sochiq yuz niqob va boshqa mayda asboblar 20% li peroksid vodorod eritmasiga 5 soat yoki 1% li aktivlashtirilgan xloramin eritmasiga 2 soat solib qo'yish bilan yuqumsizlantiriladi. Asalajratkich, agar u kasal oiladan asalni ajratib olishda ishlatilgan bo'lsa, 2% li qaynab turgan kir sodasi bilan yuviladi.

Davolash 1-usul: Davolash uchun shakar pastasidan foydalansa bo'ladi. Buning uchun 154 g shakar uniga 1 g terramitsin va 45 g kungaboqar yog'i qo'shib davolash pastasi tayyorlanadi. Shakar pastasini 200 g li kulchaga o'xshatib tayyorlab ramka ustidagi yupqa mato tagiga qo'yiladi.

Yoki bo'lmasa kungaboqar yog'i qo'shmasdan 100 g shakar uniga 2,5 g terramitsin aralashtirib ari uyasiga sepiladi.

2-usul: Davolash sharbati - ikki kism shakarni bir qism suvga aralashtirib, qaynash darajasigacha olib borib tayyorlanadi.

Tayyorlangan shakar sharbati 30° gacha sovutilganidan keyin dorilardan biri qo'shiladi.

Bir litr shakar sharbatiga:

Biomitsin - 500 000 ED IB (internatsional birlik).

Oksitetrasiklin - 400 000 ED. IB (internatsional birlik).

Streptomisinni bir litr shakar sharbatiga 900000 dan 100000 gacha IB (internatsional birlik) o'lchamida beriladi.

Norsulfazol - bir litr shakar sharbatiga bir g norsulfazol natriy aralashtirib beriladi.

Tayyorlangan davolash sharbatini har bir ari yo'lagiga 150 mg dan asalarilar butunlay sog'ayib ketguncha beriladi!

Har bir qo'shilayotgan preparatlar oldin iliq suvda eritilib keyin shakar sharbati bilan aralashtiriladi!

Oksivit - sariq poroshoq undan chirish kasalligini davolashda foydalaniladi. Davolash sharbati: 1/1 tayyorlangan shakar sharbatini bir litriga 0,5 g oksivit qo'shilib, har bir oilaga 100 g dan oxurchalarga qo'yib beriladi. Demak tayyorlangan aralashma 10 oilaga etadi. Davolashni har uch kunda kasallik tugaguncha berib turish kerak.

Bir xil dori uzoq vaqt qo'llanilganida kasallik qo'zgatuvchilariga ta'sir qilmay qoladi. Shuning uchun ularni almashtirib turish kerak.

Davolash sharbatini oxurchaga qo'yib yoki asalari yo'lagiga, asalari tanasiga purkab bersa ham bo'ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Kaxramanov B.A., Safarova F.E., Isamuxamedov S.Sh., Donaev X.A., Ergashev X.B. "Asalarichilik asoslari" (o'quv qo'llanma). Toshkent, 2021.-B 78-97.

2. Kakhramanov B.A., Isamukhamedov S.Sh, Kuldasheva F.H, Doniyrov S.T, Rakhimjanova N.Z. "Breeding indicators of Carniolan (Apis mellifera carnica Pollm) and Carpathy (Apis mellifera carpatica) honey bees" E3S Web of Conferences 244, 02008 (2021) TPACEE-2021. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202128403018 - P. 1-8.

3. Kakhramanov B.A., Isamukhamedov S.Sh, Safarova F.E., Donaev Kh.A., Mamadov F.Q. "Morphological features of the Carniolan (Apis mellifera carnica Pollm) and Carpathian (Apis mellifera carpatica) breeds of honey bees" E3S Web of Conferences 284, 03018 (2021) TPACEE-2021. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202128403018 - R. 1-7.

4. Kakhramanov B.A., Isamukhamedov S.Sh., Orifjonov.J.R., Raimdjanova N.Z. "Continuous and terms of work performed in artifikal mother bees" Prospects for the introduction of innovative tehnologies in the development of agriculture. 2021. 05.07. https://jornals.e -science.uz/index.php/conferences/issue/view/31.

5. Kakhramanov B.A., Isamukhamedov S.Sh., Donayev Kh.A. "Effective methods of bee pest control" E3S Web of Conferences 381, 01012 (2023) AQUACULTURE 2022. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202338101012. P. 1-8.

6. Kakhramanov B.A., Akmalkhanov T.Sh., Soatov U.R. "Influence of bee family care on honey productivity in hives of different constructions" E3S Web of Conferences 381, 01009 (2023) AQUACULTURE-2022. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202338101009 - P. 1-6.

7. Orifjonov J.R., Kakhramanov B.A., Isamuxamedov S.Sh., Raximjanova N.Z., Chuleui Jung "The effects of hives structure on the establishment and productivity of Carpathian honey bee (apis mellifera carpatia) in Uzbekistan". The 39 th Congress and international Symposium of Apicultural Society of Korea. Andong-2023.https://www.andong.ak.kr, RNAI:agroRNA@genolution l.com, Sales@genolution l.com - P. 27-34.

8. Kaxramanov B.A. "Morfometricheskie osobennosti pchel Krainskoy i Karpatskoy porod v Uzbekistane" J. Pchelovodstvo №6, 2023 god, 62-64 str beejournal@gmail.com

9. Kaxramanov B.A., Isamuxamedov S.Sh., Orifjonov J.R., Raximjonova N.Z. " Kraina (Apis mellifera carnica Pollm) va Karpat (Apis mellifera carpatica) asalari zotlaridan suniy usulda ona asalari yetishtirish ko'rsatkichlari". "Chorvachilik va naslchilik ishi". Toshkent-2021 y.№6. b.-45-48. chorvador@list.ru.

10. Kaxramanov B.A., Dosmuxamedova M.X., Bosimova M.I., "Asalari mumi va uning xususiyatlari" qishloq xo'jaligi va veterinariya fanlarining dolzarb masalalari № 1 (1)-2024.30-38 b. scienceproblems.uz@gmail.com

11. Kaxramanov B.A., Erdanova G.M., Bosimova M.I., "Asalari suti va uning xususiyatlari" International scientific journal science and innovation special issue: "transformation of education: the role of women in the development of science", february 16, 2024.

12. Kaxramanov B.A., Bosimova M.I., Erdanova G.M., Donaev X.A. "Gulchangi va uning xususiyatlari". "Yoshlar huquqlari: imkoniyatlar va himoya qilish mexanizmlari" respublika ilmiy-amaliy anjumani 2024-yil 26-mart.

13. Kaxramanov B.A., Erdanova G.M., Bosimova M.I., Mamasharipova M. A., "Propolis va uning xususiyatlari" "Yoshlar huquqlari: imkoniyatlar va himoya qilish mexanizmlari" respublika ilmiy-amaliy anjumani 2024-yil 26-mart.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.