Научная статья на тему 'ESKI O‘ZBEK TILIDA FORS TILIDAN O‘ZLASHGAN SHAXS OTI YASOVCHI QO‘SHIMCHALAR TAHLILI'

ESKI O‘ZBEK TILIDA FORS TILIDAN O‘ZLASHGAN SHAXS OTI YASOVCHI QO‘SHIMCHALAR TAHLILI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
1140
77
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
eski o‘zbek tili / forsiy o‘zlashmalar / shaxs oti yasovchilar / affiks / morfem lug‘at / bayt.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Nigora Yodgorova

Ushbu maqolada o‘zbek tili tarixini o‘rganish va o‘rgatish jarayonida forsiy so‘z va izofalardan tashqari, affikslarning ahamiyatini ham ochib berishga harakat qilamiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ESKI O‘ZBEK TILIDA FORS TILIDAN O‘ZLASHGAN SHAXS OTI YASOVCHI QO‘SHIMCHALAR TAHLILI»

ESKI O'ZBEK TILIDA FORS TILIDAN O'ZLASHGAN SHAXS OTI YASOVCHI QO'SHIMCHALAR TAHLILI

Nigora Yodgorova

UrDU Filologiya fakulteti Lingvistika (o'zbek tili) 1-bosqich magistranti

ANNOTASIYA

Ushbu maqolada o'zbek tili tarixini o'rganish va o'rgatish jarayonida forsiy so'z va izofalardan tashqari, affikslarning ahamiyatini ham ochib berishga harakat qilamiz.

Kalit so'zlar: eski o'zbek tili, forsiy o'zlashmalar, shaxs oti yasovchilar, affiks, morfem lug'at, bayt.

So'nggi yillarda hukumatimizning o'zbek tilini yanada rivojlanishi hamda takomillashishi borasida qator qonun hujjatlari ishlab chiqishi bu sohadagi izlanishlar ko'lamining kengayishi va tilshunoslik sohasida hal qilinishi lozim bo'lgan muhim muammolarni yechish masalasini ko'ndalang qilib qo'yadi. Ilmiy sohadadgi yirik tadqiqotlar, hech shubhasiz, kichik odimlardan boshlanadi.

Til tarixi darsliklaridan bizga ma'lumki, XIV asr oxiri va XIX asrning ikkinchi yarmigacha bo'lgan davrdagi adabiy tilga nisbatan eski o'zbek tili atamasi qo'llaniladi. Ayni davr biz uchun muhim mumtoz materiallar, tarixiy matnlar qoldirgani sir emas. Eski o'zbek adabiy tili jonli tildan ancha uzoq bo'lib, unda arabcha, forscha unsurlar va ma'lum qolipga kirib qolgan uslubiy tomonlar mavjud. Bu alohida yaxlit o'zlashmalar tadqiqi so'z yasovchi qo'shimchalar asosida olib borilishiga ko'maklashsak benihoya shod bo'lamiz.

Turkiy tillardagi ot yasovchi affikslar va ularning etimologiyasi haqida juda ko'p ilmiy ishlar qilingan bo'lib, A. G'. G'ulomovning doktorlik dissertatsiyasi ham o'zbek tilidagi ot yasovchi affikslar bilan bog'liq bo'lgan muammolarga bag'ishlangandir. Binobarin, mazkur maqolada har bir affiksning tafsilotiga to'xtab, o'quvchining vaqtini olmaslik uchun Eski o'zbek tili davrida mahsuldor hisobangan forsiy ot yasovchi affikslarni sanab o'tish bilan kifoyalanamiz. Ushbu davrning eng yorqin vakili Alisher Navoiy hazratlari ekanligini inobatga olib misollarimizni aksariyatini Navoiy ijodiyoti namunalaridan izladik.

Navoiy tilida -iy affiksi sifat yasashdan tashqari, nisbiy ot ham yasaydi. Navoiy asarlarida ishlatilgan odamiy (inson), zindoniy (mahbus), roziy kabi so'zlar, Navoiy, Lutfiyga o'xshash taxalluslar, Sheroziy, Buxoriy singari nisbatlar shu xilda yasalgan shaxs otlardir. Misollar:

shahsuvorimniq ayaqin o'nkali roziy erur oy-u kunning har-birisi bir teningu ornidash .;

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 3 I ISSUE 3 I 2022 ISSN: 2181-1601

-iy affiksining kelib chiqish tarixini tekshirsak, uning arab tilida ham, tojik tilida ham mavjudligini ko'ramiz. Biroq arabcha -iy bilan tojikcha -iy shakl va ma'no jihatdan bir-biriga o'xshasalar ham, tarixan o'ziga mustaqil affikslardir. Tojikcha -iy pahlaviy tilida -ik shaklida bo'lib, ba'zi hind-yevropa tillarida hozir ham shu formaga ega va «leksik», «fonetik» kabi so'zlarning tarkibida o'zbek tiliga ham kirgandir. Davr o'tishi bilan pahlaviy tilidagi -ik affik- sidagi k tovushi y ga aylanib, arabcha yo-yi nisbat bilan bir xil shaklga ega bo'lib qolgan. Unli tovush bi- dan tugagan so'zlarga -iy qo'shilganda v ning paydo bo'lishi (masalan, ma'naviy, samoviy kabi) arabcha yo-yi nisbatga xosdir. Bu xususiyat arab tilidan tojik tiliga ham, o'zbek tiliga ham o'tgan bo'lib, o'zbek va tojik tillaridagi yo-yi nisbat, ya'ni -iy affiksining kelib chiqish nuqtayi nazaridan tojik-arab affiksi desak bo'ladi.

-a affiksi. Navoiy tilida o'zbekcha -a dan tashqari yana ot yasovchi -a affiksi bor bo'lib, tarixan ikki manbaga ega. Birinchi manba dariy tilidagi banda kabi so'zidagi tojikcha -a affiksi bo'lsa, ikkinchisi voqea, samara kabi so'zlardagi arabcha -a qo'shimchasi bo'lib, avval bu qo'shimcha arab tilida birlik bildirgan. Tojikcha -a o'ziga mustaqil bo'lib, qadimgi eron tillarida -aka shaklida bo'lgan. Bu affiks pahlaviy tiliga kelib -ak shaklini va dariyga kelib -a shaklini olib, arabcha birlik bildiruvchi -a qo'shimchasi bilan aralashib -a yasovchisiga aylangan va shu formada o'zbek tiliga ham o'tgan:

agar sarfaraz, ar sarafkanda-siz, bari tengriga men kibi banda-siz

-var affiksi. hunarvar-u san 'atpardez, yalg'anlari ko'pdin ko'p-u chinlari azdin az; yalg'anni chindek aytquchi — suxanvar, kumushni altun bila ro'kash qilg'uchi — zargar; harpeshavarg'a- kim, hunari ta'rifida mubolag'a voqe 'dur, ul ta'rif filhaqi:qat o'z nafsig'a raji'dur; fosiq olim donishvaridur o'z nafsig'a zolim, g'aniy baxi:l nodonidur o'z ziyonig 'a muxil.

Keltirilgan misollarimizdagi hunarvar, suxanvar, peshavar va denishvar so'zlari hunar, suxan (so'z), pesha (kasb), donish (ilm) so'zlaridan -var affiksi bilan yasalgan shaxs otlaridir. Bu o'rinda -var affiksi- ning ma'nosi -mand affiksining ma'nosiga mos keladi.

-ur affiksi. Bu affiks ham egalik ma'nosini bildirib, otdan shaxs oti yasaydi: ganja ganjuri-kim, chekib ko'p ranj, qo'ymish erdi jahon-aro besh ganj.

Bu asardagi muzdur, ranjur va ushbu misoldagi ganjur so'zlari muzd (ish haqi), ranj va ganj so'zlaridan -ur affiksi qo'shish bilan yasalgandir.

-chi affiksi. Otdan shaxs oti yasovchi bu affiks Navoiy tilida ham hozirgi o'zbek tilidagidek mahsuldordir: indakchi, bitigchi, oqchi (Sanglox, 7 ch); cherigchi (Sanglox, 18 ch); indak (undash, chaqirish)— indakchi, bitig (yozuv, xat) — bitigchi (xattot), oq (yoy o'qi) — oqchi (o'q otuvchi), cherig (qo'shni) —

cherigchi (askar), qush— qushchi (ovchi qushlarni boquvchi), satqu (sotuv) — satquchi. Mahdiyxon cherigchi so'zini va quyidagi baytdagi yilchiliq va yilliq so'zlarini misolga keltirib, -chi «tazyin» (ziynat) uchun ishlatishi, ya'ni ortiqcha bo'lishi mumkin deydi. Bu qo'shimchaning unumli bo'lganligining asosiy sababi asos anglatgan narsa bilan shug'ullanish hamda asos anglatgan narsani yaratish bilan shug'ullanish va shaxsning biror belgi bilan ajralib turushini aks ettiradi.

-g'un (-qun), -gun (-gun), -kun affiksi. Bu affiks fe'ldan ot yasandi. Mahdiyxon «Maboniu-l-lug'at» da bu affiksga Navoiydan quyidagi misollarni keltiradi:

surdilar kemani shitob-bila yetti qavg'unlari iztirob-bila.

-chaq/ -chak affiksi asosan ot so'z turkumidagi so'zlarga qo'shilib kichraytirish va erkalash ma'nosidagi lug'aviy shakl yasovchi qo'shimchasidir. Lekin ba'zan o'zlik nisbatdagi fe'llardan manfiy ma'nodagi shaxs oti yasashi ham mumkin: Yasanchoq mardona bo'lmas, Kapalak parvona bo'lmas.

Forsiy o'zlashma qo'shimchalar orqali yasalgan shaxs otlari doimiy so'zlashuvda, xususan, badiiy matnlarda ham keng qo'llaniladi. Ularning etimologiyasi ham ular shu qadar tadqiq qilinishga moyildir.

REFERENCES

1. Гулямов А. Г. Проблемм исторического словообразования узбекского языка. Аффиксация, часть первая. Словообразующие аффиксы имен. АДД, М., 1955.

2. Borovkov A. K. Badoi al-lug'at..., 53 b.

3. Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub. Xulosa matni tayyorlandi. Kononov A.N. -Moskva: Lelingrad, 1948. - B. 101-121-189

4. Бu affiksning etimologiyasi va qo'llanishi haqida: Кононов А.Н. Грамматика современного узбекского литературного языка. - Moskva: C. 160.

5. Mahdiyxon bu so'zni «kaseki mardumro ba mehmoniy talab kunad» (xalqni mehmondorchilikka chaqiruvchi kishi) deb tushuntiradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.