Научная статья на тему 'ESHITISHDA NUQSONI BO‘LGAN O‘QUVCHILARDA IJTIMOIY FAOL FUQAROLIK KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA KORREKSION PEDAGOGIK ISH MAZMUNI VA AHAMIYATI'

ESHITISHDA NUQSONI BO‘LGAN O‘QUVCHILARDA IJTIMOIY FAOL FUQAROLIK KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA KORREKSION PEDAGOGIK ISH MAZMUNI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
31
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
correctional work / inclusive education / subject / value / intellectual game / competence / social development.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Abdulxamidova G.N.

If the development of socially active civic competences in students with hearing impairment is organized on the basis of pedagogical technologies and interactive educational methods in the educational process, the aspects of effectiveness and scientific significance will increase. The knowledge and skills, skills and practical experience acquired by students with hearing impairment are important with the combination of competence. This article provides information on the content and importance of correctional pedagogical work on the development of socially active civic competences in students with hearing impairments, as well as the political reforms being carried out in our country.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ESHITISHDA NUQSONI BO‘LGAN O‘QUVCHILARDA IJTIMOIY FAOL FUQAROLIK KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA KORREKSION PEDAGOGIK ISH MAZMUNI VA AHAMIYATI»

Abdulxamidova G.N.

NamDUPedagogika fakulteti o'qituvchisi

ESHITISHDA NUQSONI BO'LGAN O'QUVCHILARDA IJTIMOIY FAOL FUQAROLIK KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH

BO'YICHA KORREKSION PEDAGOGIK ISH MAZMUNI VA

AHAMIYATI

Abstract. If the development of socially active civic competences in students with hearing impairment is organized on the basis of pedagogical technologies and interactive educational methods in the educational process, the aspects of effectiveness and scientific significance will increase. The knowledge and skills, skills and practical experience acquired by students with hearing impairment are important with the combination of competence. This article provides information on the content and importance of correctional pedagogical work on the development of socially active civic competences in students with hearing impairments, as well as the political reforms being carried out in our country.

Key words: correctional work, inclusive education, subject, value, intellectual game, competence, social development.

Abdulkhamidova G.N.

teacher Faculty of Pedagogy NamSU

THE CONTENT AND SIGNIFICANCE OF CORRECTIVE PEDAGOGICAL WORK ON THE DEVELOPMENT OF SOCIALLY ACTIVE CITIZENSHIP COMPETENCIES IN STUDENTS WITH

HEARING DEFECTS

Annotatsiya. Eshitishda nuqsoni bo 'lgan o 'quvchilardaijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyalarini rivojlantirish o 'quv-tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalar, interfaol ta'lim metodlari asosida tashkil etilsa samaradorlik jihatlari va ilmiy ahamiyati oshib boradi. Eshitishda nuqsoni bo'lgan o 'quvchilardaxosil bo'lgan bilim va ko 'nikma, malaka va amaliy faoliyat tajribasi kompetensiyaning uyg'unlashuvi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqoladaeshitishda nuqsoni bo'lgan o'quvchilarda ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyalarini rivojlantirish bo 'yicha korreksion pedagogik ish mazmuni va ahamiyati hamdayurtimizda olib borilayotgan siyosiy islohotar haqida ma 'lumot berilgan.

Kalit so 'zlar: korreksion ish, inklyuziv ta 'lim, sub 'ekt, qadriyat, intellektual o 'yin, kompetensiya, ijtimoiy rivojlanish.

Kirish. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi "O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5712-son Farmoniga muvofiq O'zbekistonda inklyuziv ta'limni rivojlantirish, alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini takomillashtirish hamda ularga ko'rsatiladigan ta'lim xizmatlari sifatini yaxshilash chora tadbirlari to'g'risidagi president qarori1ga ko'ra:

- alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan har bir bolaning inklyuziv ta'lim olish huquqini ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi;

- inklyuziv ta'limda o'qitish usullari takomillashtiriladi hamda ta'lim jarayoniga individuallashtirish tamoyillari bosqichma-bosqich joriy etiladi;

- inklyuziv ta'lim jarayonida o'quvchilarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashga, ularning jismonan sog'lom va baquvvat shakllanishiga qaratilgan choralar ko'riladi deb alohida yoritib o'tilgan.

Hamdo'stlik mamlakatlari olimlari tomonidan umumiy o'rta ta'lim maktabi o'quvchilariniijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyalarini rivojlantirish masalasi

A.B.Habibullayeva,Y.K.Babanskiy,E.A.Baydalinova,L.L.Burlyakova,V.P.Butko vskiy,B.S.Gershunskiy,V.A.Grachikovlar tomonidan tadqiq etilgan2. O'rganilgan ilmiy izlanishlardan ma'lum bo'lishicha, maxsus yordamga muhtoj o'quvchilarni o'qitish, tarbiyalash, kasb-hunarga tayyorlash bo'yicha O'zbekistonda

L.Mo'minova,V.Raxmonova,N.Sosedova,R.Shomaxmudova,X.Po'latova,P.Po'l atova,M.Fayziyeva, G.Sodiqova, M.Ayupova, D.Nurkeldiyeva, M.Xamidova, L.Nurmuxamedova, Sh.Amirsaidova, M.Xakimova ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan3. Bunday izlanishlar qatoriga maxsus maktablardao'quvchilarning jismoniy yoki ruhiy rivojlanishidagi o'ziga xos xususiyatlarni aniqlash, nutqini rivojlantirish va mustahkamlash, aloxida yordamga muxtoj bolalarni kasb-xunarga tayyorlashga oid tadqiqotlarni kiritish mumkin. Shuningdek, maxsus maktablarda mehnat ta'limini tashkil etish va maxsus yordamga muhtoj o'quvchilarning ta'lim-tarbiyasiga rahbarlik qilish masalalariga oid tadqiqotlar M.Xakimova tomonidan olib borilgan4. Ta'limda kompetensiyaviy yondashuvning asosiy qoidalaridan biri kompetensiyani shaxsning sub'ektiv sifati deb tushunish muhim o'rin tutadi. Bu o'quv faoliyatining jamoaviy xususiyati va bilimlarni qat'iy ijtimoiy omillar orqali o'zlashtirilishini, o'quvchilarda o'qishning sub'ektiv motivlariga bog'liq bo'lgan ko'nikma va malakalarni ishlab chiqish hamda o'qish predmetiga munosabat, ta'lim oluvchining qobiliyatlari va

1 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 13.10.2020 yildagi PQ-4860-son

2Musayeva S.I. Mehnat ta'limi jarayonida boshlang'ich sinf o'quvchilariga tejamkorlik hislatlarini singdirish: Ped. fan. nomz. ... diss. - T.: 1995. - 135 b.

3Nurmuxamedova L.SH. Oilada nogiron farzandni tarbiyalashning pedagogik xususiyatlari.: Ped. fan. nomz.dis. ... avtoref. - Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU. 2005. - 26 b

4Hakimova M.F Maxsus yordamga muxtoj o'quvchilarni kasb-xunarga tayorlashning pedogogik asoslari Ped.fan. dok. ... diss. avtoreferati. - T.: 2010.

tajribasini inobatga olish kabi pedagogik shart-sharoitlarda namoyon bo'ladi. Shu sababli so'nggi yillar davomida ilmiy tadqiqotlarda tadqiq etilayotgan ishlarni, ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirish ta'lim tizimida o'quvchilarning ijtimoiy sifatlariga ta'sir etuvchi omil sifatida qarash dolzarb masala hisoblanadi. Ijtimoiy faol fuqarolikka ta'sir etuvchi muammoli jihatlar, kompetensiyaning rivojlanish muammosi kabi inson shaxsining rivojlanish tushunchasi bilan bevosita aliqadordir. Zamonaviy pedagogik ta'lim jarayonida mazkur muammoga 1930-yillarda L.S.Vigotskiy tomonidan tanlangan konsepsiyadan kelib chiqib yondashiladi. O'sha davrda mavjud bo'lgan rivojlanish ta'lim bilan sinxron jarayon yoki ta'limdan ilgarilaydigan jarayon sifatida tushunadigan psixologik nazariyadan farqli ravishda L.S.Vigotskiy "ta'lim rivojlanishdan ilgarilashi hamda bolaga ta'lim berilishi bilangina amalga oshirilishi to'g'risida"gi qoidani ilgari surgan. L.S.Vigotskiy maktab ta'limi bolaning mavjud intellektual xususiyatlariga emas, balki hali mavjud bo'lmagan, ammo yuzaga kelishi uchun asoslari mavjud bo'lganlariga tayanilishi kerak deb qaralsa, oliy ta'lim muassasalari o'quvchilari ta'lim jarayonida individual yondashuv balki masofadan berilgan topshiriqlarda o'quvchi bilan professor o'qituvchi o'rtasidagi munosabatlar rivojlanishining muhim omili hisoblanadi. L.V.Zankova va M.V.Zverevoyning o'quvchi rivojlanishining individual sifatlariga bag'ishlangan tadqiqotlari ayniqsa zaif o'quvchilar uchun individual yondashuvning zarurati haqida to'xtalib o'tilgan, bunda individual yondashuv avvvalo o'quvchilarning umumiy rivojlanishlariga yo'naltirilishi kerak, bu bilim, ko'nikma va malakalarni egallash uchun asos bo'lib hisoblanadi, ushbu tadqiqot ta'lim muassasasi o'quvchilari orasida ijtimoiy himoyaga muhtojlari bilan ishlashda, ularda ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyalarini rivojlantirishda individual yondashuvning o'rni beqiyosdir. Chunki ijtimoiy himoyaga muhtoj o'quvchilarda ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyalarini rivojlantirish ular bilan ta'lim muasasasi o'rtasidagi uzviy aloqadorlikni ta'minlash ham muhim o'rin egallaydi. Chunki, hozirgi kunda ta'lim muassasasi o'quvchilari orasida ijtimoiy himoyaga muhtoj va o'z fikrini mustaqil bayon eta olish qobilyatiga ega bo'lmaganlar bilan ishlash orqali ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyalarni rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlarida individual yondashuvning ahamiyati yuqoridir. Kompetensiyaviy yondashuvga asosan ta'limda individual yondashuv muammosining aynan ikkinchi jihati alohida dolzarblik kasb etadi. Ya'ni, uning g'oyaviy asosi bo'lib insonni o'rganishga sub'ektiv yondashuv hisoblanadi. Sub'ekt bo'lish - shaxs faolligining tashabbuskori bo'lishni bildiradi. O'quvchilarda ijtimoiy faol fuqarolikni rivojlantirishni sub'ekt sifatida qarash uchta asosiy qoida orqali munosabatni o'zgartirish zarurati tug'ilishiga olib keladi:

-individual xulqning oldindan aniqlanganligi (har bir o'quvchining individual tanlov huquqini tan olish va unga mos ravishda insonning qat'iy prognozlash va o'quvchining o'quv faoliyatini maqsadga muvofiq boshqarishidan voz kechish);

-shaxs qadriyatlari (o'quvchi xulqining aniq jihatlariga nisbatan baholash mezonlarini saqlagan holda, o'quvchilarning qobiliyatlarini baholash jihatidan ularni yaxshi va yomon mezoni bo'yicha ajratishdan voz kechish);

-individual imkoniyatlarning nodirligi (o'quvchining alohida, faqat unga xos bo'lgan sifatlarga va o'z rivojlanishining individual o'ziga xos imkoniyatlariga ega bo'lgan boshqa inson sifatida qabul qilishga tayyorlik).

Xulosa qilib shuni aytmanki, o'quvchi shaxsiga ta'sir etuvchi omillarning integratsiyalanishi ijtimoiy faol fuqarolik sifatlarini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari uchun fuqarolik vaziyatining barqarorligiga ta'sir etuvchi mahsuldor, divergent va tanqidiy fikrlashni shakllantirishni ta'minlash zarur. Mazkur muammoni hal etishning eng samarali vositalari mahsuldor va ijodiy vazifalar hisoblanib, ularni o'quv mashg'ulot vaqtida hamda mashg'ulotdan tashqari ishlarni tashkil etishda qo'llash mumkin. Shu munosabat bilan biz uchun reproduktiv prinsip asosida qurilgan o'quv topshiriqlari umuman befoyda bo'lib ko'rinadi. Olingan ma'lumotlarni sodda qayta ifodalash biz uchun zarur bo'lgan fikrlash turini shakllantirishga olib kelmaydi, shunga ko'ra, biz o'quvchining bilishga oid faoliyatini, uning bilishga oid faolligini, ijodiy va nostandart vaziyatlarda aniq maqsad vazifalar qo'ygan holda muammoli vaziyatlarni yechish uchun bilimlarni egallash va egallanganlaridan foydalanishni ko'zda tutadigan o'quv topshiriqlari turlariga tayangan holda tashkil etishimiz kerak. Bizning tadqiqotimizda o'quvchilarning ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari individual rivojlanish sifatlari bilan integratsiyalanadi.Mazkur jarayonning amalga oshirilishini ko'rib chiqish bizga ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlarda individual yondashuv omillari to'g'risida to'liq tasavvurga ega bo'lish imkoniyatini beradi. O'quvchilarda mustaqil fikrlashni rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari "Nima? Qayerda? Qachon?" va "Qarorlarni qabul qilish shajarasi" kabi intellektual o'yinlari ajoyib imkoniyat hisoblanib, ularni darsdan tashqari ish sifatida tashkil etish mumkin. Mazkur o'yin o'z hatti-harakatlarini kichik guruhda muvofiqlashtirish ko'nikmasi bilan berilgan vazifalarni mustaqil yechish uchun turli xil sohalarda keng bilimlar doirasini jalb etishni talab etadi. Nima? Qayerda? Qachon? savollari barchani aniq bilimlar asosida tashkil etish orqali savollarga to'g'ri javobni talab etadigan, ya'ni reproduktiv xususiyatga ega bo'lgan turli xil bellashuvlardan tubdan farqlanadi. Mazkur intellektual o'yinda savollar ko'pincha umumma'lum bo'lgan dalillarga asoslangan, lekin muayyan fikrlash amallarini talab etuvchi mantiqiy topishmoqlarni ifodalaydi, ya'ni ular produktiv xususiyatga ega hisoblanadi. «Nima? Qayerda? Qachon?» intellektual o'yini uchun keng dunyoqarashga va ensiklopedik bilimlarga ega bo'lish foydali, lekin mazkur bilimlarni qo'llash: taqqoslash, asosiyni ajratish, umumlashtirish, hodisalar o'rtasidagi sabab-oqibatli aloqalarni aniqlash yanada muhim hisoblanadi.

Adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 13.10.2020 yildagi PQ-4860-son

2. Musayeva S.I. Mehnat ta'limi jarayonida boshlang'ich sinf o'quvchilariga tejamkorlik hislatlarini singdirish: Ped. fan. nomz. ... diss. - T.: 1995. - 135 b.

3. Nurmuxamedova L.SH. Oilada nogiron farzandni tarbiyalashning pedagogik xususiyatlari.: Ped. fan. nomz.dis.... avtoref. - Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU. 2005. - 26 b

4. Hakimova M.F Maxsus yordamga muxtoj o'quvchilarni kasb-xunarga tayorlashning pedogogik asoslari Ped.fan. dok. ... diss. avtoreferati. - T.: 2010

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.