Научная статья на тему 'ERNEST SETON-TOMPSONING “LOBO” HIKOYASINI INNOVATISION TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA O„QITISH'

ERNEST SETON-TOMPSONING “LOBO” HIKOYASINI INNOVATISION TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA O„QITISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Hikoya / epik tur / “Klaster metodi” / jadval.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Hilola Ermamat Kizi Mirzaahmedova

Ushbu maqolada Ernest Seton-Tompsonning “Lobo” nomli hikoyasini turli xol metodlar orqali o„quvchilarga tushuntirish haqida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ERNEST SETON-TOMPSONING “LOBO” HIKOYASINI INNOVATISION TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA O„QITISH»

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

ichirchiaäaviatfisdagogikaän^rsit£i^—^^^^süyii^^isisi^is^aktiksä^^ssiämsss^^

ERNEST SETON-TOMPSONING "LOBO" HIKOYASINI INNOVATISION TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA O'QITISH

Hilola Ermamat kizi Mirzaahmedova

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Gumanitar fanlar fakulteti O'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi 2-bosqich talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Ernest Seton-Tompsonning "Lobo" nomli hikoyasini turli xol metodlar orqali o'quvchilarga tushuntirish haqida fikr yuritiladi. Kalit so'zlar: Hikoya, epik tur, "Klaster metodi", jadval.

Kirish: Hikoya-badiiy adabiyotdagi kichik bir epik janr hisoblanadi. Hayot hodisalarini ixcham tarzda ifoda etgani bilan boshqa janrlardan ajralib turadi. O'zbek adabiyotida hikoya juda qadimdan rivojlangan. Biz buni ilk yozma yodgorliklar Kultegin va To'nyuquq bitiktoshidagi voqealardan bilib olishimiz mumkin. Voqealar ishtirok etuvchilar tomonidan hikoya qilingan. "Hikoya" atamasi kengroq ma'noni voqeani gapirish ham deb tushuniladi. U inson hayotida yuz bergan voqeani qisqagina tarzda ifodalashga mo'ljallangan. Qisqalik esa hikoyaning eng muhim xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Umumiy o'rta Ta'lim maktablari adabiyot darsligida o'zbek va jahon adabiyotining ko'plab nodir hikoyalari o'qitiladi. Bir syujet tarziga ega ekanligi va boshqa epik janrlarga nisbatan hajman qisqa bo'lishi hikoyaning asosiy belgilaridan biri.

"Asarlarni tur va janr xususiyatlariga ko'ra o'rganish san'atda lazzatlansih asarni uning badiiy butunligi ham takororlanmas mohiyatini his etish qobiliayatini rivojlantirishini nazardan tutadi"

Epik turdagi asarlarni o'qitishda asarning badiiy taxlil qilish ma'lum ahamiyat kasb etadi. Chunki badiiy asar tahlilidan ko'zlangan maqsad ham asarning badiiy mazmuni anglash va uning g'oyasini to'g'ri va badiiy idrok etish va buni o'quvchilarga yetkazib berishdan iborat.

Sh.I.Botirovning "Adabiyot nazariyasini o'qitish metodikasi" kitobida badiiy asarni tahlil qilish bosqichlari quyidagicha tasniflangan. l.Ifodali o'qish va a§ar mazmunini o'zlashtirish.

2.Asarning syujet va kompozitsiyasi g'oyasi va obrazlar tizimi.

3.Asar mohiyati yozuvchi uslubi va mahoratini o'rganish.

4. Badiiy a§ar tahlili orqali umumiy xulosaga kelish.

264

Chirchik State Pedagogical University Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Chirchiq davlat pedagogika universiteti

qdavMpdagog

Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

m

Ushbu tasnif asarni badiiy tahlil qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Adabiyot darslarida- hikoya janrini o'qitishda ushbu quyidagi tasniflarga ham alohida e'tibor qaratish ham tavsiya etiladi.

1.Muallifning hayoti haqidagi voqealarni hikoya qilish orqali o'quvchilar bilan muallifni yaqinlashtirish.

2.Hikoya davomida o'quvchilarga qiyin va notanish bo'lgan so'zlarni izohlab berish.

3.Hikoyada qo'llangan epigraf, maqol, matallar, hikmatli so'zlarning asardagi ahamiyatini ko'rsatib berish.

4 A§ar tahlilini o'quvchilar bilan birgalikda sinfda amalga oshirganda muallifning a§ar haqidagi fikrlarini o'qib, o'quvchilarning fikri bilan qiyoslash. 5. Qahramonlarning ruhiy holatini ko'rsatib bergan qisimlariga o'quvchilarni e'tiborini qaratish.

6.O'quvchilarga badiiy a§ar tili haqida ma'lumot berish kabilar nazarda tutiladi.

Asosiy qism. 7-sinf adabiyot darsligida Jahon adabiyotiga mansub Ernest SetonTompsoning "Lobo" hikoya berilgan. Mashhur yozuvchi, rassom, tabiatshunos, olim Ernest Seton-Tompson bolaligidan tabiata mehr qo'yadi, hayvonlarni kuzatib, ularni o'rganadi. Keyinchalik esa tabiat va hayvonlar haqida badiiy va ilmiy asarlar haqida asarlar yozadi. Shulardan uning "Lobo" hikoyasidir.

A§ar bo'rilar to'dasi sardorining hayoti haqida hikoya qilinadi. Qari Lobo olis yillardan buyon Kurrumpo vodiysida yashab podachilarni tahlikaga solib, ularni zir qaqshatardi. Lobo shunchalik aqilli ediki, xatto podachilar ham unga tuzoq qo'yib tuta olmas edilar. U tuzoqni aqilligi zukkoligi bilan har safar yengib o'tardi. Kun sayin podachilarning ahvoli yomonlasha boshladi. Ahvol shu darajagacha yetgan ediki, uning terisi uchun ming dollar mukofot qo'yilgan edi. Go'yok i, taqdir Lobo va uning galasiga kulib boqayotgandek edi, Lekin Blankaning vafot etishi vaziyatni tubdan o'zgartirib yubordi. Shuni aytib o'tish joizki, asarda Blanka Loboning jufti haloli deya ta'riflangan. Podachilarning Lobo va uning galasi uchun qo'ygan tuzoqlariga Blanka tushgandi va bu vaziyatda podachilarga Loboni tuzoqqa tushurish uchun bir imkondek tuyildi. Asarda Blankaga quyidagicha ta'rif berilgan. " Men chiroyli bo'ri ko'rib, Blankadayinini ko'rmagan edim, Blanka tep-tekis quyuq junli, oppoqdan kelgan bo'ri edi"

Blankadan ayrilish Loboni tushkun vaziyatga solib qo'ydi. Vaqti-vaqti bilan Loboning uvullagan ovozi eshitilib turdi. Aftidan, u adirlarda tentirab, Blankani izlardi, Blankani tashlab ketgisi kelmagandek edi go'yo. Lobo endi qahr bilan emas balki, mungi tarzda uvullardi. U xuddi jufti haloli yo'qlab "Blanka", "Blanka" deyotgandek bo'ldi. Loboning bunday nolasidan podachilarning ham ko'ngli o'rtanib ketdi.

265

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

chirchiaäavlatfisdagogika-anivsrsitet^—

Ular Blankani o'ldirmasdan ham Loboni osongina qo'lga tushurish mumkin ekanligini tushunishdi, lekin endi kech bo'lgandi. Ular endi Blankaning jasadidan foydalanishdi.

Lobo Blankani qidirib kelishini ular bilishar edi, reja ish berdi, Lobo osongina qopqonga ilingandi. U uvullab galasini yordamga chaqirdi, ammo birorta ham zot nido bermadi. Ular Loboni o'ldirishmadi, aksincha tiriklayn lagerga olib kelishdi. Lobo shunchalik holdan toyigan ediki, oldiga qo'yilgan suvga ham go'shtga ham qayrilib qaramadi. Lobo bag'rini yerga berib, sariq ko'zlarini o„zi hukm surgan olis dasht-u daralarga tikilib yotardi. U endi o„z galasini ham yordamga chaqirmas edi. Asarda bu holatga quyidagicha ta'rif berilgan: " Emishki, she'r kuch quvvatdan qolsa, Burgut erkidan ayrilsa, kaptar juftidan ayrilsa, yorilib o'lar ekan" Qiziq Lobo bu holatga qanchalik chidayapti ekan?

Yoq u chidolmadi, chunkii uning yuragi birvarakayiga uchta musibatni ko'tara olmasdi. U ham kuch quvvatdan, erkidan va shu bilan birgaa jufti halolidan ham ayrilgan edi. Shunday musibatlar esa uning o'limiga sababchi bo'ldi

Adabiyot darslarida "Lobo" hikoyasini o'qitishda quyidagi , savollar, metodlar va topshiriqlardan foydalanish mumkin.

1.Dastlab hikoyani to'liq o'qib chiqish.

2."Lobo" hikoyasini qisimlariga bo'lib o'qtish. Masalan:

"Kurrumpo vodiysi", "Pishloq" hikoyasi, "Blankaning vafoti" va "Loboning o'limi" kabi.

3. Asar tahlildan kelib chiqib asarni yana qanday nomlash mumkin?

4. Asardagi notanish so'zlarni tasniflashda jadval usulidan foydalanish mumkin.

Arlon Yetakchi,sardor

Blanka (ispancha)-oq

Strixnin Zararkunandalarni o'ldirish uchun ishlatiladigan zararli modda

Yard 0.95 metr

Dinamit Portlovchi modda

Matamoq Birlashtiri bog'lamoq

5. Asarda Lobo obrazini ochib berish uchun "Klaster" metodidan foydalanamiz.

6.O„quvchilarning ijodiy faoliyatini o'chib berish uchun asardagi qahramonlarning ruhiy kechinmalarini ta'riflab berish uchun kichik mat tuzish, yoki

266

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

Loboning suratmi chizishni uyga vazifa qilib berib yuborish mumkin. Bu usul orqali o'quvchilarda badiiy asarni estetik tomondan o'rganish qobiliayatini shakllanishiga yordam beradi.

6. Hikoyani o'qitish davomida o'quvchilarga mantiqiy savollar berish. Masalan:

Í.Lobo va uning galasi nima sababdan podachilarning ko'ngliga g'ashlik solardi?

2.Nega Lobo va uning galasini tutish mushkul edi?

3.Asarda Loboga qanday ta'rif berilgan?

4. Hikoyada Loboning o'limi qanday tasvirlangan?

5. Ozod Lobo va erkidan aytilgan Lobo o'rtasida qanday farq bor?

Xulosa: Asar davomida mantiqiy savollar berish asar mazmunini yanada o'chib berishga va o'quvchilarning fikrlash qobiliayatini oshirishga yordam beradi. Har bir metod yoki usul a§arning mazmun va mohiyatini g'oyasini ochib berishga qaratilgan. Adabiyot darslarini hozirgi kunda an'anaviy usuldan ko'ra noan'anaviy usulda o'qitish ko'plab samara bermoqda. Shuning uchun ham hozirgi kunda adabiyot darslarini o'qitish uchun metod va usullardan foydalanilmoqda.

REFERENCES

1. 7-sinf adabiyot darsligi. Toshkent-2022.

2. Sh.Botirova. Adabiyot o'qitish metodikasi.

3. Arxiv.uz

4. WWW.Ziyo.net

267

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.