Научная статья на тему 'ERKIN SAMANDARNING “AJDODLAR QILICHI” DRAMASIDA RAMZIYLIKNING NAMOYON BO‘LISHI MASALASI'

ERKIN SAMANDARNING “AJDODLAR QILICHI” DRAMASIDA RAMZIYLIKNING NAMOYON BO‘LISHI MASALASI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
87
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
drama / ramz / obyekt / predmet / badiiy til / simvol. / drama / symbol / object / plot / literary language / symbol

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Sharipova, Hulkaroy Umrbekovna

Ushbu maqolada o‘zbek adabiyoti namoyondalaridan biri, she’riyat, nasr va dramaturgiyada birdek qalam tebratgan ijodkor Erkin Samandar ijodiga mansub “Ajdodlar qilichi” tarixiy fojiasi xususida so‘z borib, asardagi tasviriy vositalardan biri – ramziylik tadqiqqa tortilgan va ushbu orqali asar badiiyatida ijodkor mahorati qirralari ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ISSUE OF SYMBOLOGY IN THE DRAMA "SWORD OF ANCESTORS" BY ERKIN SAMANDAR

In this article, one of the representatives of Uzbek literature, Erkin Samandar, who wrote poetry, prose and drama, spoke about the historical tragedy "The Sword of Ancestors", revealing the facets of mastery.

Текст научной работы на тему «ERKIN SAMANDARNING “AJDODLAR QILICHI” DRAMASIDA RAMZIYLIKNING NAMOYON BO‘LISHI MASALASI»

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 5/2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

ERKIN SAMANDARNING "AJDODLAR QILICHI" DRAMASIDA RAMZIYLIKNING NAMOYON BO'LISHI MASALASI

Sharipova Hulkaroy Umrbekovna

UrDU Magistratura bo'limi Adabiyotshunoslik: o'zbek adabiyoti mutaxassisligi

magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada o 'zbek adabiyoti namoyondalaridan biri, she 'riyat, nasr va dramaturgiyada birdek qalam tebratgan ijodkor Erkin Samandar ijodiga mansub "Ajdodlar qilichi" tarixiy fojiasi xususida so'z borib, asardagi tasviriy vositalardan biri - ramziylik tadqiqqa tortilgan va ushbu orqali asar badiiyatida ijodkor mahorati qirralari ochib berilgan.

Kalit so'zlar: drama, ramz, obyekt, predmet, badiiy til, simvol.

АННОТАЦИЯ

В данной статье один из представителей узбекской литературы Эркин Самандар, писавший стихи, прозу и драму, рассказал об исторической трагедии «Меч предков», раскрываются грани мастерства.

Ключевые слова: драма, символ, объект, сюжет, литературный язык, символ.

ABSTRACT

In this article, one of the representatives of Uzbek literature, Erkin Samandar, who wrote poetry, prose and drama, spoke about the historical tragedy "The Sword of Ancestors", revealing the facets of mastery.

Keywords: drama, symbol, object, plot, literary language, symbol.

KIRISH

Ramz (arab. - imo-ishorat) - tasvir obyektining mohiyatini ma'lum bir nuqtayi nazardan shartli ifodalovchi so'z yoxud predmet.1 Xalqaro atamashunoslikda simvol deb yuritiluvchi ushbu badiiy til vositasi o'z tabiatiga ko'ra turli ko'rinishda namoyon bo'ladi. Adabiyotshunos olim To'xta Boboyevning ta'kidlashicha, predmetlar, hayvonlar, qushlar, parrandalar, mashhur voqealar, harakat hamda predmetlarning belgilari va boshqalar ramziylikda katta o'rin tutadi. Ramziylik o'zida ochiq aytilishi lozim bo'lgan fikrni badiiylik nuqtayi nazaridan yetkazib, obrazlilikni yanada oshirish maqsadida qo'llanadi. Bunda ta'sir kuchi dastlabki holatdan kuchliroq, ta'kidliroq tarzda namoyon bo'ladi. Dastlab xalq og'zaki ijodida faol vositalardan

1 Бобоев Т.Адабиётшунослик асослари. Т.:2002, 337-бет

629

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 5/2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

bo'lgan mazkur badiiyat hodisasi keyinchalik yozma adabiyotga ham ko'chdi. Natijada yozma adabiyotda ham badiiy vositalar orqali badiiy til yanada joziba topdi. Bu haqda Fitrat dramalari badiiyatini tadqiq qilgan adabiyotshunos Ilhom G'aniyev shunday deydi: "Eng go'zal, mumtoz ramzlar, eng avvalo, xalq og'zaki ijodi namunalarida uchraydi. Chunonchi, tulkining ayyorlik, quyonning qo'rqoqlik, bulbulning sevgi-muhabbat, qo'yning mutelik, eshakning farosatsizlik, bo'rining ochko'zlik ramzi ekanligi bizning ongimizga bolalikdan eshitgan ertaklarimiz, dostonlarimiz, momolarimiz aytgan topishmoqlar-u, o'zimiz kunda ishlatadigan maqol, iboralar tufayli singiganligi sir emas".2 Mumtoz adabiyotda tadrijiy taraqqiy topgan simvolistika keying davr badiiyatida ham muhim ahamiyatga ega vositalardan biriga aylandi. Buni biz quyida tahlilga tortuvchi asarimiz "Ajdodlar qilichi" dramasi misolida ko'rib chiqamiz.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Serqirra ijodkor Erkin Samandar qalamiga mansub ushbu she'riy drama o'zida ramziylikning go'zal namunalarini jamlagan badiiy matn sifatida qimmatga ega. Muallif mahoratini ko'rsatishda, xarakterlararo xoslikni yoritib berishda, badiiy so'z jozibasini yaqqolroq namoyon etishda asosiy vazifa bajargan ramziylikni dramaning quyidagi o'rinlarida ko'rish mumkin.

Dastlabki ramziylikning go'zal namunasi asardagi asosiy qahramonlardan bo'lgan Jaloliddin Mnguberdi va otasi Muhammad Xorazmshoh dialogida namoyon bo'ladi. Umrining oxirgi lahzalarida Abeskun orolida qo'nim topgan shoh Alouddin Muhammad o'zining ayanchli qismati xususida so'z yurita turib, ne-ne qattiqliklarga dosh bergan, har qanday mashaqqatni pisand etmay bo'y cho'zgan navnihol daraxtni bexosdan esgan qahhor shamol qurboni sifatida, bunday pallada o'zini yo'qotish darajasida darmonini yo'qotgan, keraksiz va tashlandiq quruq o'tinga qiyos etadi: Xorazmshoh:

Bu qaqshagan quruq o'tin bir vaqt yam-yashil Daraxtning qo'l yetmagan shoxasi erdi. Butoqlari bulbullarning erdi oshyoni, Yaproqlari yellar ila qurib suhbatlar Kuylashardi boqiylikning qo'shiqlarini Kelgindilar ildizlarin chopdilar bir kun, Kesib-kesib tashladilar tomirlarini. Mana bugun quruq o'tin uning tanasi

2 FaHHeB H. ®mpaT gpaMa^apn поэтнкасн. T.:2005, 51-6eT

630

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences 1'

Scientific Journal Impact Factor Q

Advanced Sciences Index Factor

Jaloliddin:

(o 'tinni avaylab yerga qo 'yadi) Dilda umid daraxtlari yashar bezavol, Yaproqlari uning ko'rkam yam-yashil erur. Ildizlari payvand yurak tomirlariga, Shoxalari sarin yelda turar shovullab. Undan unib chiqar ming-ming ko'chatlar hali, Paydo bo'lar yer yuzida sonsiz o'rmonlar. Quridim deb nola chekmang, o'ksimang, ota.3 Ikkinchi fasl, to'rtinchi ko'rinishdan o'rin olgan ushbu parchada quruq o'tin -Muhammad Xorazmshoh, umid daraxti - Jaloliddin Manguberdi (uning jasoratiga butun xalqi, Chingiz istilosidan zarar ko'rishi mumkin bo'lgan har qanday bashar umid bog'lamoqda edi) va sonsiz o'rmonlar hosil qilajak ming-ming ko'chatlar yetishib kelajak yosh avlod, mard o'g'lonlar ramzidir. Milliy asliyatimizdan, tarixiy ildizlarimizdan yaxshi xabardor bo'lgan o'quvchi yoxud tomoshabin tabiat qismi bo'lgan daraxt obrazining turli ko'rinishlari orqali hosil qilingan ushbu ramzlar mohiyatini ilk o'qishdayoq (yoki tomosha qilishidayoq) fahmlab olishi mumkin.

She'riy dramadan o'rin olgan ramzlardan yana biri bo'ri obrazidir. Bunda ushbu obraz Muhammad Xorazmshohni vasvasaga solib qo'ygan qo'rquv, ajal, qismat, shuningdek, xalqni yakdillikka chorlamasdan, birlikka bolta urgan mudhish xatolari oqibati yanglig' namoyon bo'ladi. Shohni yurtni tashlab qochganidan buyon ta'qib etayotgan, har qadamda asir etishga hozirlik ko'ruvchi bu och bo'ri nihoyat o'z zafarini quchadi, sobiq Sultonni o'z domiga oladi. Biroq bunda shoh qo'rquvlardan ozod, har qanday jazoga o'zligini topshirishga shay xotirjam inson sifatida namoyon bo'ladi. Chunki u endi vijdon qiynog'idan, jur'atsizligi va talvasasi sababli yuz berayotgan ayanchga qarshi bosh ko'taruvchi zurriyodi borligidan xotirjam, ertasidan ko'ngli to'q ota edi: Xorazmshoh

Mana endi kelavergil, bo'ri, men tayyor, Hech vaqo yo'q endi etsin tanimdan bo'lak. Kelmasang gar sen tomonga boramen o'zim, O'zim, o'zim... Yegil meni ahdingda turib.

(sudralib qum tomonga siljiydi) 4

3 CaMaHgap MaHiy6epgH.T.:1999, 96-6eT

4 CaMaHgap MaHiy6epgH.T.:1999, 99-6eT

631

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 5/2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Dramadan o'rin olgan yana bir ramz sham obrazi orqali namoyon bo'lgan. Bunda sham misolida umid, hayotbaxshlik nazarda tutilgan. Ertagi kelajak kunidan, hayotidan, umridan mazmun topmagan, bir vaqtlardagi mardligi, jasorati-yu sohibligidan nishon yo'qolgan umidsiz Xorazmshohning so'nggi lahzadagi o'z holatiga mos tarzda qo'yiladi sham ramzi: Xorazmshoh:

Shamni yaqin keltir, Shahobiddin, qaydasan, Nurni ko'ray eng so'nggi bor, keltir yaqinroq. (Shahobiddin shamni uning yuziga yaqin olib boradi) Nechun shamni keltirmaysen, ko'zlarim ilhaq, Yoki sen ham endi mendan o'girdingmu yuz? Shahobiddin

Yonib turar sham, onhazrat.

Xorazmshoh

Demak, tabiat

Darig' tutdi shu'lasini so'nggi lahzada. Bu jamiki gunohlarimuchun Tangrining Mendan olgan qasosidur, bosh jazosidur. Mening umrim so'ndi, lekin aytishingcha sham So'ngani yo'q, inson borki, demak, u yonar. Ammo hech kim mening kabi so'nggi lahzada Nursiz, yurtsiz va kafansiz qolmagay Xayr!5

Asarda qo'llangan yana bir ramz qush obrazi vositasida yuzaga chiqqan. Bunda Ona - ona zamin tilidan aytilgan nidoda Muhammad Xorazmshoh patlari yulingan qushga o'xshatiladi. Hayotining so'nggi nuqtasini yurtidan, yaqinlaridan, xalqidan olislarda, kimsasizlikda, yo'qlikda hatto bir parcha kafanga zor holda nihoyalagan shoh qismatiga ishora sifatida aynan qush obrazi "patlari yulingan" sifatlashi bilan birgalikda ifodalanadi: Ona

Olis orol, senga oqar hazin xayolim, Armonlarim yomg'ir bo'lib yog'ilar senga. Silsilaga solsa agar ko'ksingni shamol, Bilki, mening o'kinch to'la nafasimdir ul. Manzil bo'lding sen patlari yulingan qushga, Ochiq qoldi uning joyi mening bag'rimda.

5 CaMaHgap MaHiy6epgH.T.:1999, 100-6eT

632

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 5/2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Olis orol, mening kabi bedor bo'l, bedor.6

Mazkur dramada ifoda etilgan ramzlardan yana ko'z va qanot obrazlarini aytish mumkin. Muallif ushbu badiiy tafakkur vositalarini qo'llash orqali tarixiy haqiqatni aytadi. Ya'ni o'z og'asiga dushmanlik ruhidagi nodon inilar, yaqinlar, Turkon xotun va ularning tarix-u bashar oldidagi yovuz qiyofasini ko'rsatadi: Jaloliddin

Bu ham yetmagandek ikki ko'zim, vodarig', Dushman erur bir-biriga, ayblar bir-birin, Biri tayyor ko'r etmoqqa ikkinchisini. Ukam Qutbiddin ko'ksimga o'qtalar pichoq, Ukalarim Oqshoh, Pirshoh meni o'ldirmoq Qasdi ila tuzib fitna izg'ib yurarlar. U yoqda kin, riyo, bunda - qo'shinda nizo... Bu dahr aro netmoq kerak, ne qilmoq darkor?7

Yuqorida aytib o'tilgan qanot ramzi esa Jaloliddin Mnguberdining ikki do'sti -ikki sarkarda Yovqoch botir va Muzaffar Malikka nisbatan ifodalangan. Yovqoch botir bilan Jaloliddin o'rtasida yuz bergan sovuqlik va ularning ajralib ketishi, xuddiki yuksak qushning bir qanotidan ayrilishiga o'xshatiladi: Ona

Eng avvalo, qanotlaring but bo'lmog'i shart, Tark aylagan qanotingni qaytar, bor, qaytar. Dramadagi ramzlarni tadqiq eta borar ekanmiz, unda o'zida chuqur mazmun aks ettirgan bir qancha obrazlarga duch kelamiz. Bular o'q va suv (ushbu ikki obraz asarda yovuzlik, ichki va tashqi dushmanlar sifatida tasvirlanadi), chechaklar (inqirozga yuz tutgan xalq, Vatan, kelajak avlod nazarda tutilgan)dir. "Ajdodlar qilichi" dramasida asarning pafosini, badiiyatini kuchaytirgan asosiy vosita timsol, xususan, Ona -Ona Zamin timsolidir. Muallif ushbu obraz orqali mushtipar onani, xalqni, Vatanni so'zlatadi. Ijodkor ushbu obrazni drama tarkibiga olib kirish orqali, uning tilidan qahramonlarga xolisona baho beradi, qahramonlarga nisbatan o'z munosabatini ifoda etadi. Yana shuni ham ta'kidlash kerakki, bu timsol yana bir vazifa bajaradi. Bu vazifa qahramonlarning ichki dunyosi, ruhi, vijdonidir. Ya'ni muallif Ona obrazi orqali qahramonlar botinini so'zlatadi, ularni o'z-o'zi bilan bahsga yuzlaydi. Ularning ichki dunyosi aro konfliktni ko'rsatib beradi. Bunga yorqin misol sifatida bosh qahramon Jaloliddin va Ona dialogini keltiramiz:

6 CaMaHgap MaHiy6epgH.T.:1999, 101-6eT

7 CaMaHgap MaHry6epgu.T.:1999, 135-6eT

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

Ona

Yurak-bag'rim ezib-ezib keldi bir nido, U fig'onning o'zi erdi, erdi o'kirik.

Jaloliddin

Mening ko'nglim yuragingga payvand erkankim, Eshitibsen ko'nglimdagi pinhon ohlarni. Ona - zamin, senga hamma narsa ayondur. Birdek ko'rib turar ko'zing chin-u yolg'onni. Mening aybim nimadur, ayt, nechun baxtim koj?

Ona

Sening kuching o'zingga ham do'stdur, ham dushman, U janglardan olib chiqur seni muzaffar. U jismingga va ruhingga baxsh etur qanot, Shu boisdan o'zingga do'st dedim kuchingni. Dushmanligi shundaki, sen unga ishonib, Nazaringga ilmayursan past-u balandni. Inson ila quvvatlidur inson bolasi. Insonlarsiz sening Kuching oniy bir shamol, Shatir-shutir chopqillar-da, o'tar-da, ketar.

Jaloliddin

Ne yomonlig' qildim insonlarga, bilmasmen, Bir posbon deb bildim o'zni inson zotiga.

Ona

O'zingga ham uni posbon deya bildingmu?...8

XULOSA

Mazkur tahlildan shu narsa ayon bo'ladiki, Erkin Samandar dramaturg, xususan, badiiy so'z ustasi sifatida o'z uslubi, yo'nalishi, ijodida o'ziga xoslikka ega ijodkordir. Uning badiiy matnni yuzaga keltirishda obrazli tafakkur vositalaridan unumli foydalanishi dramaturgning mahoratini belgilovchi omillardan biri sifatida namoyon bo'ladi.

REFERENCES

1. Eo6oeB T.AgaÔHëTmyHOcnHK acocnapn. T.:2002, 337-6eT

2. FaHHeB H. OnTpar gpaManapn поэтнкaсн. T.:2005, 51-6eT

3. CaMaHgap 3.^anonHrggHH Marny6epgH.T.:1999, 96-6eT

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

8 CaMaHgap 3.®a^o^HggHH MaHry6epgn.T.:1999, 134-6eT

634

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.