Научная статья на тему 'PREMCHAND DRAMANAVISLIGINING O‘ZIGA XOSLIGI'

PREMCHAND DRAMANAVISLIGINING O‘ZIGA XOSLIGI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
89
19
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
dramanavislik / Kamal Kishor Goyanka / realizm / ijtimoiy masalalar / tanqidchilik / hind-musulmonlar masalalari / kasta / din. / drama / Kamal Kishor Goyanka / realism / social issues / criticism / Indo-Muslim issues / caste / religion.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Saidnazarova, Nodira Otaxon Qizi

Ushbu maqolada Premchand ijodi to‘g‘risida hind adabiyotshunoslarining maqolalari o‘rganilib, Premchandning hali kam o‘rganilgan va ayrim manbalarda ham juda qisqa qilib aytib o‘tilgan sohasi – dramanavisligi va ushbu yo‘nalishga qo‘shgan hissasi, hind adabiyotshunoslarining Premchand dramalari to‘g‘risidagi fikrlari o‘rganilib, bu yo‘nalish bo‘yicha Premchand ijodi nisbatan kengroq bayon qilindi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CHARACTERISTICS OF THE DRAMA OF PREMCHAND

This article examines the writings of Indian literary critics on Premchand's work. His views on Premchand dramas were explored, and Premchand’s work in this area was described in more detail.

Текст научной работы на тему «PREMCHAND DRAMANAVISLIGINING O‘ZIGA XOSLIGI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

PREMCHAND DRAMANAVISLIGINING O'ZIGA XOSLIGI

Saidnazarova Nodira Otaxon qizi

Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti Filologiya va tillarni o'qitish yo'nalishi 4-kurs talabasi +998942371436 saidnazarova1997@gmail.com Ilmiy rahbar: f.f.n. dotsent Xodjayeva Tamara Alimovna

Ushbu maqolada Premchand ijodi to'g'risida hind adabiyotshunoslarining maqolalari o'rganilib, Premchandning hali kam o'rganilgan va ayrim manbalarda ham juda qisqa qilib aytib o'tilgan sohasi - dramanavisligi va ushbu yo'nalishga qo'shgan hissasi, hind adabiyotshunoslarining Premchand dramalari to 'g 'risidagi fikrlari o'rganilib, bu yo'nalish bo'yicha Premchand ijodi nisbatan kengroq bayon qilindi.

Kalit so'zlar: dramanavislik, Kamal Kishor Goyanka, realizm, ijtimoiy masalalar, tanqidchilik, hind-musulmonlar masalalari, kasta, din.

This article examines the writings of Indian literary critics on Premchand's work. His views on Premchand dramas were explored, and Premchand's work in this area was described in more detail.

Keywords: drama, Kamal Kishor Goyanka, realism, social issues, criticism, Indo-Muslim issues, caste, religion.

В данной статье рассматриваются работы индийских литературоведов о творчестве Премчанда, исследуются его взгляды на драмы Премчанда, а также более подробно описывается работа Премчанда в этой области.

Ключевые слова: драматургия, Камал Кишор Гоянка, реализм, социальная проблематика, критика, индо-мусульманская проблематика, каста, религия.

Premchand XX asrning birinchi va ikkinchi o'n yilliklarida, ayniqsa milliy ozodlik harakatiga o'zining juda katta hissasini qo'shgan ijodkorlardan biri bo'lib, yozuvchi Premchand ijodi ayniqsa, rus hindshunoslarining ilmiy-tadqiqot ishlarida keng yoritib berilgan.1 Shuningdek, Premchand hayoti bilan hozirgacha ham juda

1 Балин В. Премчанд и его романы " Обитель любви " и " Воздаяние ". Литературы Индии. - М:, 1958; Начало творческого пути Премчанда и сборник " Созе Ватан ". Современная индийская проза. - М:, 1962. Челышев Е.П.

794

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

АННОТАЦИЯ

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ko'plab sharqshunos, hindshunos olimlar, qolaversa, bir qancha Angliya, Yevropa mamlakatlari olimlari qiziqib kelmoqdalar va u haqida ilmiy ishlar qilmoqdalar. O'zbekistonda ham Premchand ijodi o'rganilgan bo'lib, bir nechta maqolalar, kitoblar chop etilgan 2, universitet darsliklariga ham kiritilgan.3

Hindistonda Premchand ijodi keng o'rganilgan va hozirgacha ham o'rganilib kelinmoqda. O'zbekistonda Premchand to'g'risida chiqqan ma'lumotlardan tashqari, hali o'rganilmagan manbalarga Zakir Huseyn kolleji, Dehli universiteti hindiy tili professori, doktor Kamal Kishor Goyankaning bir qancha izlanishlarini misol keltirishimiz mumkin. Professor Goyanka Premchand hayoti va adabiyoti bo'yicha orginal materiallar hamda haqiqiy hujjatlarni ochuvchi katta tadqiqotchi olim, Premchand adabiyotining taniqli tanqidchisi bo'lib, uning Premchand bo'yicha bir qancha kitoblari nashr etilgan. Uning quyidagi ishlari ayniqsa, diqqatga sazovordir:

1. "Premchand ensiklopediyasi" (besh jildlik)

2. "Premchand romanlarining yaratilish uslubi" (dissertatsiya)

3. "Premchand" (cho'ntak kitobi)

4. "Premchand - ba'zi xotiralar"

5. "Premchand va shaxmat o'yinchisi" (Doktor Lothar Lutse bilan hamkorlikda)

6. "Premchand - rasmiy biografiyasi"

7. "Premchandni o'rganishning yangi yo'nalishlari"

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Bilamizki, Premchand butun ijodiy hayoti davomida uch yuzdan ortiq hikoyalar, o'nlab romanlar va bir qancha pyesalarni va o'zining bir qancha gazeta va jurnallarini hindiy va urdu tillarida chop etib chiqargan. U R.Tagor, L.Tolstoy, J.Elliot, B.Shou, A.Frans va shu kabi bir qancha mashhur yozuvchi va olimlarning asarlarini tarjima qilgan va ularning asarlarini gazeta va jurnallarda chop etgan. U o'z asarlarida hind xalqining keng doiradagi eng muhim, katta ijtimoiy masalalarini tasvirlagan. U butun hind va urdu adabiyotiga ta'sir ko'rsatgan ijodkor bo'lib, uning ijodi 40-50-yillardan keyingi avlod yozuvchilariga o'z ta'sirini ko'rsatgan, jumladan K.Chandar, J.Kumar, Yashpal, Upendranatx Ashk, Rajendra Yadav ( 1929 y.t. ), Moxan Rakesh ( 1925 y.t. ), Kamleshvar ( 1932 y.t. ), Mannu Bhandari ( 1931 y.t. ), Nirmal Varma ( 1929 y.t. ) va boshqalarni aytib o'tish mumkin.

Литература хинди. - М:, 1968; Современная индийская литература. - М:, 1981. Гаврюшина Н.Д. Премчанд и роман ХХ века. - М:, 2006.

2 Полинова О.С. Премчанд - демократ ёзувчи. Шарк Юлдузи. - Т., 1951. 7-сон; Прогрессив хинд ёзувчиси. Шарк Юлдузи. - Т., 1955. 3-сон; Реализм в современном индийском романе. - Т., 1984.

3 T.A. Xodjayeva, U.U. Muhibova " Hindiston adabiyoti . ЭТТСТМ' % ^li^r^ ^T ". - T:, 2020.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Premchand ijodida romantik va real qarashlar uzoq vaqt birgalikda mavjud bo'lgan. U an'anaviy romantik personajlarni zamonaviy hind milliy hayotidagi yangi qahramonlar bilan birlashtirgan. Premchand o'z personajlarining shaxsiy hayotini ijtimoiy manfaatlarga tobe qilishga intilgan holda uni milliy ozodlik kurashi qurboniga aylantirgan. Premchand xalqning mustamlakachilik hukmronligiga qarshi kurash mavzusiga chuqur e'tibor qaratgan. Haqiqiylik, zamonaviylikning dolzarb muammolarini tasviriy badiiy talqin qilishga bo'lgan intilish yozuvchida borliqning mohiyati, uning rivojlanish qonuniyatlarini anglashga bo'lgan qiziqish bilan uyg'unlashib ketadi. Premchandning o'z davrida bo'layotgan ozodlik harakatiga bag'ishlangan asarlari qatorida, uning 1923-yilda yozilgan "Kurash" dramasi ham mavjud bo'lib, yozuvchi ushbu dramada qishloq xalqining o'zaro aloqalari masalasini asosiy mavzusi qilib qo'ygan.

Hind adabiyotshunoslari tomonidan Premchandning, asosan, 3 ta drama yozganligi ta'kidlanadi. Bular:

" ^H^ffl" " (" Kurash ") (1923) , " ^àëiï " (" Karbala ") (1924) , " # " (" Sevgi qurboni ") (1933). 4

Premchand hind - musulmonlar adovatining asosiy sabablari to'g'risida to'xtalib o'tar ekan, shunday fikr bildiradi: "...Hind - musulmonlar adovatining sabablaridan yana biri shunda ediki, biz hindlar musulmonlar orasidan chiqqan buyuk insonlarning asl xarakterlari to'g'risida to'liq ma'lumotga ega emasmiz. Musulmon hukmdorlari haqida so'z yuritilganda, avvalo, bizning ko'z oldimizga Avrangzebning tasviri keladi. Ammo, yaxshi va yomon harakterli insonlar barcha jamiyatlarda bo'lgan va bundan keyin ham bo'ladi. Musulmonlar orasida ham ko'plab buyuk donolar, buyuk dindorlar va buyuk, adolatparvar hukmdorlar bo'lgan." 5

Biror bir millatning buyuk insonlari harakterlarini o'rganish o'sha millat bilan yaqinlik aloqalarini o'rnatishda yordam berishi mumkin. Hind-musulmonlarning o'zaro kelisha olmaslik muammosi Premchand davrida ham dolzarb bo'lgan va u

buni muhim masala deb hisoblagan. Shu tufayli ham u 1924 - yili " ^ëiï "

4 Dr.Chitra Yadav. ft^q^ ^T i&r «HliiM # - ^ . Journal of Advances and Scholarly Researches in Allied Education. Vol.16, Issue No. 5 , April 2019, ISNN 2230-7540

5 : 2006. Page 36

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

("Karbala") dramasida Husayn sohibning buyuk fidoiyligi haqida hikoya qilgan. Husayn sohibning yuksak xarakterining o'ziyoq ta'sirli bo'lib, Premchand uni yanada ta'sirliroq ko'rinishda taqdim etishga harakat qilgan, bu obrazdan kitobxonlar nafaqat rahm-shafqatni, balki g'ururni, faxrni ham his qilishadi.

Ushbu "Karbala" dramasi 5 pardadan iborat bo'lib, voqealar 42 ta sahnada bayon etilgan. Muallifning Husayn sohib bilan bog'liq barcha mavjud tarixiy dalillarni to'liqligicha taqdim etish istagi dramada aniq aks etgan.

Hind tanqidchilaridan biri o'z maqolasida Premchandning ushbu dramasi to'g'risida shunday fikr bildirgan: "Dramada tanlanishi kerak bo'lgan tartib "Karbala" da mavjud emas. Asar qurilishi "Kurash" ("Sangram") dramasining qurilishiga o'xshab ketadi. Voqea-hodisalar va qahramonlarning ko'pligi tufayli bitta voqea yoki qahramondan ta'sirlanish bilangina cheklanib qolinmaydi. Bu asardan go'yoki hikoya qiluvchi dialog va ba'zi bir qisqa sahnalar orqali drama mazmunini yanayam yaxshiroq ochib bermoqchiday tuyiladi. Drama o'zining qurilishi ya'ni kompozitsiyasi va dialog uslublari bilan ham "Kurash" dramasiga o'xshaydi".6 Ushbu dramada ham qo'shiqlardan keng foydalanilganligini adabiyotshunoslar alohida ta'kidlab o'tishadi.

Drama muallifi Premchandning o'zi asar muqaddimasida shunday deb yozgan: " Dramada qo'shiq bo'lishi zarur ... Musulmon qahramonlar tomonidan hind qo'shiqlari kuylanishi biroz o'zgacha ko'rinadi. Shuning uchun ham, urdu shoirlarining ham g'azallaridan keltirdim. Ayrim qismlarda marsiyalardan uch -to'rttasidan foydalanilgan... Ba'zi o'rinlarda esa atoqli hind shoiri Shridhar Pathakning ayrim she'rlaridan ham kiritilgan."

Bu shuni ko'rsatadiki, Premchandning o'z davridagi turli xil hind shoirlari ijodiga bo'lgan hurmati ham baland bo'lgan va she'riyatdan ham yetarlicha xabardor bo'lgan. U musiqaga ham qiziqar edi. Dramani sahnalashtirish borasida Premchandning o'zi shunday fikr bildirgan: "Biz bu dramani sahnada ijro etish uchun yozmadik, lekin ishonamizki, agar kimdir uni sahnalashtirishni xohlasa, unda biroz qisqartirishlar kiritishi ham mumkin."

Albatta, har bir drama muallifida o'z asarining sahnalashtirilishini ko'rish istagi bo'ladi, shu nuqtai nazardan ham Premchandning fikrlari asoslidir.

Premchandning uchinchi dramasi 1933 - yilda yozilgan ^T ("Prem ki vedi" - "Sevgi qurboni") sevgining kuchini ko'rsatib berish uchun yozilgan. Unda

6 : 2006. Page 36

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

muallif sevgi kasta, din, rasm-rusumlar va shu kabi barcha tashqi aloqalarning har qanday turlaridan ustun ekanligini aytmoqchi bo'lgan. Drama oxirida bosh qahramon Jeni ismli qiz aytgan gaplar aslida qaysidir ma'noda Premchand aytmoqchi bo'lgan fikrlardir desak to'g'ri bo'ladi. U shunday deydi: "Bugun men bu hiyla-nayranglarni, soxta rishtalarni sevgi yo'lida qurbon qilishni istardim. Bu Allohning in'omi. Boylik, bilim, millatning dini bir-biri bilan kurashishi mumkin, ammo Xudoning in'omi mehr-muhabbatdir va men bu in'omni qabul qilaman. Qolganlari yolg'ondir.

"Kurash" dramasi va "Karbala" dramalari bilan solishtiradigan bo'lsak, ("Prem ki vedi") "Sevgi qurboni" dramasi nisbatan kichikroq dramadir. U yetti pardadan iborat bo'lib, ular orasida ba'zi pardalarda o'zgarishlar ham bo'lgan. Drama syujeti ham qisqadir: nasroniy qiz Jeni nikohni bir rishta xolos deb biladi va turmush qurishni xohlamaydi. Vilyam ismli yigit esa Jeni bilan turmush qurishni istaydi.

Jenining onasi Garden xonimning eri vafot etgan bo'lib, u yolg'iz edi va u ham Jeni hamda Vilyamning turmush qurishi tarafdori bo'ladi. Jeni yangi turmush qurgan dugonasi Uma va uning eri Yograj bilan uchrashib qolgandan keyin Yograjni yoqtirib qoladi, ammo dugonasi haqida o'ylab oldinga harakat qilmaydi. Bir yil o'tgach, Uma to'satdan vafot etadi va Yograj Jeniga turmush qurishni taklif qiladi, ammo Jeni ikkalasining turli dinlarga e'tiqodi va yana boshqa sabablar tufayli Yograjning bu taklifini qabul qilmaydi. Bu qayg'u Yograjning o'limiga sabab bo'ladi va Jeni keyinchalik sevgi uchun unga to'sqinlik qiluvchi barcha rishtalarni, aloqalarni uzish kerakligi haqida chuqur mulohaza qiladi. Shu yerda drama tugaydi. Yana bir muhim voqea shundaki, drama so'ngida Vilyam keksa Garden xonimga uylanadi va bu xatti-harakatlari tufayli kitobxon va tomoshabinlar oldida kulgiga qoladi. Ushbu drama orqali Premchandning muhabbat, ishonch kabi sof tuyg'ulardan bir qadar uzoqlashgan, din, kasta va shu kabi insonning ijtimoiy kelib chiqishiga qarab cheklangan nikoh borasidagi fikrlari taqdim etilgan.

"Sevgi qurboni" ("Prem ki vedi") dramasining syujeti u qadar ishonchli emasday tuyilishi, asarda yuz beradigan voqealar haddan tashqari bo'rttirib yuborilganligi to'g'risida ham hind adabiyotshunoslari alohida ta'kidlab o'tishadi. Xususan, asarning oxiri, ayniqsa, Jenining so'nggi dialogidagi hissiyotlari oldindan dramaga mos ko'rinishda yaratilmagandek ko'rinadi. Mubolag'a, shuningdek, qahramonlar fe'l-atvorida ham namoyon bo'ladi. Ushbu dramaning uslubi ham dastlabki ikkita drama kabidir. Orasida bir nechta chekinishlar mavjud bo'lib, ularda muallifning ba'zi izohlari ham bor. Sevgi va nikohga oid dialoglarning aksariyati munozaraga aylangan. Dialoglar, albatta, dastlabki ikkita dramaga qaraganda qisqaroqdir.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Tanqidchilarning fikricha7, qurilishi ya'ni kompozitsiyasi nuqtai nazaridan "Sevgi qurboni" ("Prem ki vedi") dramasi avvalgi dramalaridan deyarli farq qilmaydi. Bizning fikrimizcha esa, ushbu drama boshqalaridan yechimining noan'anaviyligi bilan ham keskin farq qiladi.

Shuningdek, ayrim adabiyotshunoslarning fikricha, dramanavis Premchandning asosiy kuchli tomoni haqida umumiy tarzda shuni aytish mumkinki, uning badiiy uslubi singari dramalarini harakatlantiruvchi yana bir asosiy kuch asarni yozishda aniq maqsad qo'yishidir, odatda, badiiy asarlarda qanchalik kuchli ijtimoiy fikr ifodalangan bo'lsa, shunchalik bunday dramalar kam uchraydi yoki yozuvchi bunday dramalarni kamdan-kam yozadi.

Dramalar eng ommabop, ijtimoiy san'at tundir, chunki ular odatda sahnalashtirish uchun yoziladi va u bevosita xalq hayoti bilan bog'liq bo'ladi. Dramalarda xalq o'z hayotini, muammolarini, ularning xolis yechimlarini ko'ra olsagina, bunday dramalar xalq qalbidan chuqur joy egallaydi. Shu jihatdan ham ayrim tanqidchilar, o'z maqolalarida asosan, Premchand kuchli hikoyanavis, romannavisligini, dramalari esa asosan hikoyachilikka yaqin yozilganini ta'kidlashadi. Buning asosiy sabablaridan biri sifatida esa Premchand davrida hind teatrining bo'lmaganligi va sahnalashtirishning yetarlicha rivojlanmaganligi aytib o'tiladi. Premchand asosan, dramalarini matn ko'rinishida o'qilishi uchun yozgan va yozuvchining o'zi ham sahna mahoratidan, sahna uchun yoziladigan dramalar texnikasidan unchalik xabari yo'qligini, shuning uchun ham uning dramalari o'qishgagina arzishini alohida aytib o'tgan.

"Karbala" dramasida Premchand shunday yozadi: "Dramalar sahna asari va saboqdir. Ammo mening fikrimcha, har ikkala turdagi dramalar ya'ni o'qish uchun yoziladigan va sahnada ijro etish uchun yoziladigan dramalar o'rtasida hech qanday farq yo'q. Yaxshi aktyorlar ijro etgan har qanday drama ham qiziqarli va didaktik bo'lishi mumkin".

Premchandning ushbu fikrlari ancha oldin ya'ni taxminan 100 yil avval aytilgan. Keyinchalik 1935-yilda bergan intervyusida u "Men hech qachon drama texnikasi va sahna mahoratiga duch kelmaganman, shuning uchun mening dramalarim faqatgina o'qishga arziydi" deb tan olgan.

Premchand ko'plab drama kitoblarini ko'rib, o'rganib chiqqan va bundan uning dramaturgiya borasidagi fikrlarini shakllangan. "Daag'i maal" ("Dog' tushgan mato") va "Veyvahik atyachar" ("Oila qurgan zulm") dramalarini ko'rib chiqayotganda

7 : 2006. Page 36

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Premchand shunday deb yozgan edi: "Ikkala asar ham ko'ngil ochar, biroq, ular dramaturgiya nuqtai nazaridan olib qaraganda muhim ahamiyatga ega emas, dialog orqali nimadir aytiladigan har qanday asar ham drama bo'lavermaydi (Madhuri, 1924-yil sentabr).

Xulosa o'mida aytishimiz mumkinki, Premchand bir qancha dramalar yozgan, ammo uning asosiy sohasi - hikoyanavislik bo'lib qolgan. Uning dramalarida teatrdan ko'ra ko'proq hikoyanavislik uslubi ustunlik qiladi. Premchand dramalarida ko'tarilgan hind-musulmonlar masalalari, milliy ozodlik kurashi, qishloq xalqining o'zaro aloqalari masalalari hamda muhabbat, ishonch kabi sof tuyg'ulardan uzoqlashib, din, kasta va shu kabi insonning ijtimoiy kelib chiqishiga qarab oila qurish, cheklangan nikoh kabi ijtimoiy mavzular o'z davrida va xatto hozir ham Hindistonda dolzarb masalalardan bo'lib kelmoqda. Yozuvchi o'z dramalarida asosan, real hayotdagi muammolarni ko'tarib chiqqan, shu jihatdan ham uning dramalari realizm yo'nalishida yozilgan desak, to'g'ri bo'ladi.

REFERENCES

1. Балин В. Премчанд и его романы " Обитель любви " и " Воздаяние ". Литературы Индии. - М:, 1958; Начало творческого пути Премчанда и сборник " Созе Ватан ". Современная индийская проза. - М:, 1962.

2. Гаврюшина Н.Д. Премчанд и роман ХХ века. - М:, 2006.

3. Полинова О.С. Премчанд - демократ ёзувчи. Шарк Юлдузи. - Т., 1951. 7-сон; Прогрессив хднд ёзувчиси. Шарк Юлдузи. - Т., 1955. 3-сон; Реализм в современном индийском романе. - Т., 1984.

4. Xodjayeva T.A., Muhibova U.U. " Hindiston adabiyoti . чш^ % w

Лж ". - T:, 2020.

5. Челышев Е.П. Литература хинди. - М:, 1968; Современная индийская литература. - М:, 1981.

6. : Ш^г 2006. Page 36

7. Dr.Chitra Yadav. ^flfl" ^Шъ w fit ^ - ^ wit^r . Journal of Advances and Scholarly Researches in Allied Education. Vol.16, Issue No. 5 , April 2019, ISNN 2230-7540.

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.