ELEKTRON HUKUMAT VA INTERAKTIV DAVLAT XIZMATLARINI TASHKIL ETISH VA ULARNI RIVOJLANTIRISH
Umarova Mohinur Zafarbek qizi
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti talabasi mohinur.umar21 @mail .ru
Annotatsiya: Mazkur maqolada O'zbekistonda davlat organlari faoliyatini raqamlashtirish va elektron hukumat tizmini tashkil etishning normativ-huquqiy asoslari haqida ma'lumot berilgan. Elektron hukumat tizmining tarkibiy elementlari va ularni tartibga solishning mexanizmlari ko'rsatib o'tilgan.
Kalit so'zlar: elektron hukumat, davlat organlari, elektron hujjat, elektron hujjat aylanishi, raqamlashtirish, inson huquqlari.
ОРГАНИЗАЦИЯ И РАЗВИТИЕ ЭЛЕКТРОННОГО ПРАВИТЕЛЬСТВА И ИНТЕРАКТИВНЫХ ГОСУДАРСТВЕННЫХ
УСЛУГ
Умарова Мохинур Зафарбек кизи
Студент Ташкентского педиатрического медицинского института
mohinur. umar21@mail. ru
Аннотация: В данной статье представлена информация о правовых основах цифровизации деятельности государственных органов и создания системы электронного правительства в Узбекистане. Показаны структурные элементы системы электронного правительства и механизмы их регулирования.
Ключевые слова: электронное правительство, государственные органы, электронный документ, электронный документооборот, цифровизация, права человека.
ORGANIZATION AND DEVELOPMENT OF ELECTRONIC GOVERNMENT AND INTERACTIVE GOVERNMENT SERVICES
Umarova Mohinur
Student of Tashkent Pediatric Medical Institute mohinur.umar21 @mail .ru
Abstract: This article provides information on the legal basis of the digitization of the activities of state bodies and the establishment of an electronic government system in Uzbekistan. The structural elements of the electronic government system and the mechanisms of their regulation are shown.
Key words: electronic government, government entities, electronic document, electronic document circulation, digitalization, human rights.
Kirish
Bugungi kunda "elektron hukumat" tushunchasiga turli ta'rif va tavsiflar berilgan. Ba'zi manbalarda, elektron hukumatga davlat xizmatlarini taqdim etish jarayonini avtomatlashtirish deb qaralsa, boshqalarida elektron hukumat bu - fuqaro, biznes vakillari, davlat organlari va tashkilotlarga davlat xizmatlarini taqdim etishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish deb ta'rif berilgan. Umuman olganda, elektron hukumat bu - raqamli texnologiyalar, internet va zamonaviy ommaviy axborot vositalari asosida davlat xizmatlarini taqdim qilish jarayonini, fuqarolarni va boshqaruvni ichki va tashqi o'zaro munosabatlarda o'zgartirishlar vositasida ishtirokini doimiy optimallashtirishdir. Elektron hukumat aholiga, tadbirkorlarga va davlat organlariga ko'rsatilayotgan davlat xizmatlarini taqdim qilishni osonlashtiradi, fuqarolarning o'z-o'zini boshqarishlari uchun qo'shimcha imkoniyatlar yaratadi, ularning texnologik yangiliklardan xabardorligini oshiradi va davlat boshqaruvidagi ishtirokini osonlashtiradi.
Elektron hukumat quyidagi asosiy modullar (tizimlar)dan iborat:
- G2C (Government to Citizens) - Hukumat - Fuqarolarga;
- G2B (Government to Business) - Hukumat - Biznesga;
- G2G (Government to Government) - Hukumat - Hukumatga.
Asosiy qism
"Elektron hukumat" ning yakuniy maqsadi interaktiv xizmatlarini taqdim etishning imkoniyatlarini yanada yaxshilashga qodir bo'lgan mukammal elektron davlat boshqaruv apparatini yaratishdan iborat.
"Elektron hukumat" joriy etilgach, davlat organlari faoliyatining shaffofligi va ochiqligi ancha ortadi, davlat organlari xizimatlaridan foydalanish kengayadi va osonlashadi, ularni alohida fuqarolarga taqdim etish imkoniyati vujudga keladi, fuqarolarni siyosiy jarayonlarga va davlat boshqaruviga jalb etish imkoniyati yuzaga keladi, axborotlardan foydalanish va ularni almashish tezlashadi, davlat xizmatlarini aholi va biznes vakillariga taqdim etish optimallashadi, fuqarolarni o'z-o'ziga xizmat qilish imkoniyati paydo bo'ladi, shu bilan birga, barcha foydalanuvchilarga davlat xizmatlarini taqdim etish bilan bog'liq boshqa afzalliklar va qulayliklar taqdim etiladi [1].
Mamlakatimizda milliy axborot tizimini shakllantirish, iqtisodiyot va jamiyat faoliyatining barcha sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalari hamda telekommunikatsiya vositalaridan foydalanish ko'lamini kengaytirish, elektron hukumatini shakllantirish borasida tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda. Elektron hukumatni shakllantirishning huquqiy asoslarini mustahkamlash maqsadida "Axborot olish kafolatlari va erkinligi to'g'risida"gi, "Telekommunikatsiyalar to'g'risida"gi, "Axborotlashtirish to'g'risida"gi, "Elektron raqamli imzo to'g'risida"gi, "Elektron hujjat aylanishi to'g'risida"gi, "Elektron to'lovlar to'g'risida"gi, "Elektron tijorat to'g'risida"gi, "Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to'g'risida"gi qonunlar qabul qilindi.
Elektron hukumat atamalarini quyidagi to'rtta asosiy qismlari orqali umumlashtirish mumkin. Elektron hukumat quyidagicha tavsiflanadi.
1. AKT dan foydalanish (kompyuter tarmoqlari, internet, faks va telefon).
2. Hukumat faoliyatini qo'llab-quvvatlash (axborot bilan ta'minlash, xizmatlar, mahsulotlar, ma'muriy boshqaruv).
3. Fuqarolar bilan hukumat munosabatlarini rivojlantirish (yangi aloqa kanallarini yaratish, siyosiy yoki ma'muriy jarayonlariga fuqarolarni targ'ibot va tashviqotlar orqali jalb qilish).
4. Belgilangan strategiyalarga mos ravishda ishtirokchilarni jarayonlarda qatnashish qiymatini belgilash.
Elektron hukumatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- davlat organlari faoliyatining samaradorligini, tezkorligini va shaffofligini ta'minlash, ularning mas'uliyatini va ijro intizomini kuchaytirish, aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan axborot almashishni ta'minlashning qo'shimcha mexanizmlarini yaratish;
- ariza beruvchilar uchun mamlakatning butun hududida davlat organlari bilan o'zaro munosabatlarni elektron hukumat doirasida amalga oshirish bo'yicha imkoniyatlar yaratish;
- o'z zimmasiga yuklatilgan vazifalar doirasida davlat organlarining ma'lumotlar bazalarini, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini va Elektron davlat xizmatlarining yagona reyestrini shakllantirish [2].
O'zbekistonda ham dunyoning boshqa mamlakatlari kabi elektron hukumatni shakllantirish va joriy etishga katta e'tibor qaratilgan. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada kengroq joriy qilishva rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2012-yil 21-martdagi PQ-1730-son qarori hamda ushbu qaror bilan tasdiqlangan "2012-2014-yillarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada keng joriy etish varivojlantirish dasturi"ni amalga oshirish bugungi kundagi eng dolzarb masalalardan biri sanaladi. Ushbu qarorda 2012-2014-yillar mobaynida
O'zbekistonda AKT sohasini, shu jumladan "elektron hukumat"ni rivojlantirishning asosiy vazifalari belgilab berilgan [3].
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasining milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2013-yil 27-iyundagi PQ-1989-son qarori respublikamizda elektron hukumatni joriy etish va yanada rivojlantirish yo'lida muhim turtki bo'ldi. Mazkur qaror bilan mamlakatimizda "elektron hukumat" tizimini joriy etish va rivojlantirish bo'yicha bir qator loyihalar va chora-tadbirlar belgilandi, ularni amalga oshirish mexanizmlari va muddatlari aniqlandi. Shu bilan birga, Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirishning Kompleks dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtiruvchi Respublika komissiyasi tashkil qilindi. Bundan tashqari, davlat organlarining oldiga ularning funksiya va vazifalarini operativ va sifatli bajarilishini ta'minlash maqsadida axborot tizimlarini yaratish va o'zaro integratsiya qilish, davlat organlari faoliyatini avtomatlashtirish kabi bir qator muhim masalalar qo'yildi. Shuningdek, yuqoridagi hujjatga asosan O'zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo'mitasi qoshida 2 ta yangi markaz -"Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish markazi va Axborot xavfsizligini ta'minlash markazlarini tashkil etildi. Ushbu markazlar oldiga mamlakatimiz axborot resurslari, tizim va tarmoqlarini jadal rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta'minlashdek muhim maqsad va vazifalari qo'yildi.
Elektron hukumat bu - raqamli texnologiyalar, Internet va zamonaviy ommaviy axborot vositalari asosida davlat xizmatlarini taqdim qilish jarayonini, fuqarolarni va boshqaruvni ichki va tashqi o'zaro munosabatlarda o'zgartirishlar vositasida ishtirokini doimiy optimallashtirishdir. Elektron hukumat aholiga, tadbirkorlarga va davlat organlariga ko'rsatilayotgan davlat xizmatlarini taqdim qilishni osonlashtiradi, fuqarolarning o'z-o'zini boshqarishlari uchun qo'shimcha imkoniyatlar yaratadi, ularning texnologik yangiliklardan xabardorligini oshiradi va davlat boshqaruvidagi ishtirokini osonlashtiradi [4].
"Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish markazi faoliyati mamlakatimizda davlatning aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan elektron hamkorlik tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirishning strategik yo'nalishlarini ishlab chiqishga qaratilgan. Davlat organlarida foydalaniladigan ma'lumotlar bazasi va axborot resurslarini loyihalashtirish, ishlab chiqish va birlashtirish mexanizmini nazarda tutadigan ushbu tizimni shakllantirishga yagona texnologik yondashuvni ta'minlaydigan mazkur markaz bu boradagi jahon tendensiyalari hamda xorijiy mamlakatlar tajribasini tahlil va tadqiq etadi, elektron hukumat tizimini rivojlantirish jarayonida tadbirkorlik subyektlari va aholiga vaqt va mablag'ni tejagan holda sifatli davlat xizmatlari ko'rsatish, yangi-yangi xizmatlarni elektron ko'rinishga o'tkazish kabi vaziflarni hal etadi [5].
Elektron hukumat - davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo'llash yo'li bilan davlat xizmatlari ko'rsatishga doir faoliyatini, shuningdek idoralararo elektron hamkorlik qilishni ta'minlashga qaratilgan tashkiliy huquqiy chora-tadbirlar va texnik vositalar tizimi [6].
Elektron hujjat - elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan hamda elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bo'lgan axborot [7].
Elektron raqamli imzo - elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o'zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo'qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo [8].
Elektron hujjat aylanishi - elektron hujjat aylanishi elektron hujjatlarni axborot tizimi orqali jo'natish va qabul qilib olish jarayonlari yig'indisidan iborat bo'ladi. Elektron hujjat aylanishidan bitimlar tuzish (shu jumladan shartnomalar tuzish), hisob-kitoblarni, rasmiy va norasmiy yozishmalarni amalga oshirish hamda boshqa axborotni uzatishda foydalanish mumkin [9].
Davlat xizmati - ariza beruvchilarning so'rovlariga ko'ra amalga oshiriladigan, davlat organlarining vazifalarini bajarish bo'yicha ular tomonidan ko'rsatiladigan xizmat. Agar qonunchilikka muvofiq davlat xizmatlari ko'rsatish funksiyalari boshqa tashkilotlar zimmasiga yuklatilgan bo'lsa, ular ham davlat xizmatini ko'rsatishlari mumkin [10].
2013-yilning 1-iyulida respublikamizda "elektron hukumat" tizimning eng muhim vositalaridan biri bo'lgan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali ishga tushirildi (www.my.gov.uz). Yagona portalning shiori "Xizmatlar yangi qiyofada" deb nomlanib, uning ma'nosi real vaqt rejimida foydalanuvchilar uchun interaktiv davlat xizmatlarini yagona nuqta orqali taqdim etishni anglatadi. Bugungi kunda Yagona portal orqali foydalanuvchilarga 334 dan ortiq xizmatlar taqdim etilmoqda. Yagona portal O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 14-fevraldagi PF-1920-son Farmoni bilan tasdiqlangan "Obod turmush yili" Davlat dasturiga hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Interaktiv davlat xizmatlari ko'rsatishni hisobga olgan holda Internet tarmog'ida O'zbekiston Respublikasining hukumat portal faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2012-yil 30-dekabrdagi 378-son qaroriga asosan yaratilgan.
Yagona portalda tadbirkorlik subyektlari va aholi uchun yil boshidan 30 ta yangi xizmat va servislar ishga tushirildi. Hozirda foydalanuvchilar, asosan tadbirkorlik subyektlari Yagona portal orqali quyidagi xizmatlardan foydalanishlari mumkin:
- tekshirishlar reja-jadvalidan elektron ko'chirma olish;
- tashqi savdo operatsiyalari yagona elektron axbort tizimida tashqi savdo shartnomalari bo'yicha ma'lumotlarni ro'yxatdan o'tkazish;
- tadbirkorlik subyektlari uchun ularni gaz ta'minlash tarmoqlariga ulanishlari uchun texnik shartlarni taqdim etish uchun arizalarni elektron ravishda taqdim etish
- "SMS-To'lov" to'lov tizimi orqali ba'zi turdagi xizmatlar uchun to'lovlarni amalga oshirish;
- tadbirkorlik subyektlari uchun to'lov terminallari bilan ta'minlash, mahalliy avtotransport vositalarini xarid etish uchun arizalarni elektron ravishda taqdim etish;
- faoliyatning ba'zi turlari uchun litsenziyalar va ruxsatnomalarni olish uchun arizalarni taqdim etish va hakozo [11].
Xulosa
2014-yilning 1-oktabrida Yagona portalda tadbirkorlik subyektining kabineti ishga tushirildi. Ushbu kabinet orqali tadbirkorlik subyektlari turli soliq, statistika va boshqa turdagi hisobotlarni shakllantirishlari va yuborishlari, turli to'lovlarni amalga oshirishlari, turli ma'lumotlarni olishlari va boshqa turdagi interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanishlari mumkin.
Yuqoridagilardan kelib chiqib jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotida axboratlashtirishni o'rni oshib bormoqda. Mamlakatimiz ijroiy hokimyatida "Elektron hukumat" tizimini joriy etish va rivojlantirish borasida olib borilayotgan islohotlar va ularning natijalarida ko'rishimiz mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
1. "O'zbekistonda ilm-fan va ta'lim masalalari: muammo va yechimlar" mavzusidagi 1-son konferensiya materiallari http://reja.tdpu.uz/shaxsiyreja/ views/article/files/3228/ABDURAHMONONOVA%20DILDORA.pdf
2. Elektron hukumat asoslari. Interaktiv davlat xizmatlari. URL: https://fayllar.org/pdfview/9-mavzu-elektron-hukumat-asoslari-interaktiv-davlat-xizmatlari.html
3. O'zbekistonda elektron hukumatni joriy etish va rivojlantirish holati. URL: https://www.uzavtoyul.uz/uz/post/ozbekistonda-elektron-hukumatni-joriy-etish-va-rivojlantirish.html
4. A.Abdiraimov / "Elektron hukumat va xizmatlar sohasini raqamlashtirish xususiyatlari" / https://cyberleninka.ru/article/n7elektron-hukumat-va-xizmatlar-sohasini-raqamlashtirish-xususiyatlari
5. O'zbekistonda "Elektron hukumat to'g'risida"gi qonun kuchga kirdi, URL: https://kun.uz/uz/20595986
6. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2015-y., 49-son, 611-modda; Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son
7. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 12-modda; O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2015-y., 33-son, 439-modda; Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son; Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son
8. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2015-y., 49-son, 611-modda; Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son
9. O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to'plami, 2004-y., 20-son, 230-modda; Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son
10. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2015-y., 49-son, 611-modda; Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son
11. O'zbekistonda elektron hukumatni joriy etish va rivojlantirish holati https://www.uzavtoyul.uz/uz/post/ozbekistonda-elektron-hukumatni-joriy-etish-va-rivojlantirish.html