Научная статья на тему 'ELEKTRON HUKUMAT VA XIZMATLAR SOHASINI RAQAMLASHTIRISH XUSUSIYATLARI'

ELEKTRON HUKUMAT VA XIZMATLAR SOHASINI RAQAMLASHTIRISH XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
1276
177
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
elektron hukumat / elektron hujjat / elektron hujjat aylanishi / G2C / G2B / G2G / raqamlashtirish. / e-government / e-document / electronic document management / G2C / G2B / G2G / digitization.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — A. Abdiraimov

Maqolada davlat organlarining samaradorlik koyeffitsiеntini oshirish, elektron hukumatni rivojlantirish masalalari hamda hududlarini raqamlashtirish, davlat axborot tizimlari va elektron xizmatlarni joriy etish ochib berilgan va uni joriy etish bo‘yicha takliflar keltirilgan. Shuningdek, xalq ta’limi, davlat xizmatlari, sud, moliya va bank tizimida raqamlashtirishga doir nazariy va qarashlar tahlil etilib, uning elementlari to‘liq yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FEATURES OF ELECTRONIC GOVERNMENT AND SERVICES DIGITALIZATION

The article describes the issues of increasing the efficiency of government agencies, the development of e-government and the digitization of territories, the introduction of government information systems and e-services, and offers suggestions for its introduction. It also analyzes theories and views on digitalization in public education, public services, the judiciary, finance and the banking system, and details its elements.

Текст научной работы на тему «ELEKTRON HUKUMAT VA XIZMATLAR SOHASINI RAQAMLASHTIRISH XUSUSIYATLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

ELEKTRON HUKUMAT VA XIZMATLAR SOHASINI RAQAMLASHTIRISH

XUSUSIYATLARI Abdiraimov Adham,

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti 2-kurs talabasi DTPI Raqamli Iqtisodiyot o'qituvchisi Mamatov S.I taqrizi asosida https://doi.org/10.5281/zenodo.7278206

Annotatsiya. Maqolada davlat organlarining samaradorlik koyeffitsiеntini oshirish, elektron hukumatni rivojlantirish masalalari hamda hududlarini raqamlashtirish, davlat axborot tizimlari va elektron xizmatlarni joriy etish ochib berilgan va uni joriy etish bo'yicha takliflar keltirilgan. Shuningdek, xalq ta 'limi, davlat xizmatlari, sud, moliya va bank tizimida raqamlashtirishga doir nazariy va qarashlar tahlil etilib, uning elementlari to'liq yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: elektron hukumat, elektron hujjat, elektron hujjat aylanishi, G2C, G2B, G2G, raqamlashtirish.

ОСОБЕННОСТИ ЭЛЕКТРОННОГО ПРАВИТЕЛЬСТВА И ЦИФРОВИЗАЦИИ

УСЛУГ

Аннотация. В статье рассмотрены вопросы повышения эффективности работы государственных органов, развития электронного правительства и цифровизации территорий, внедрения государственных информационных систем и электронных услуг, а также предложены предложения по его внедрению. В нем также анализируются теории и взгляды на цифровизацию в государственном образовании, государственных услугах, судебной системе, финансах и банковской системе, а также детализируются ее элементы.

Ключевые слова: электронное правительство, электронный документ, электронный документооборот, G2C, G2B, G2G, оцифровка.

FEATURES OF ELECTRONIC GOVERNMENT AND SERVICES DIGITALIZATION

Abstract. The article describes the issues of increasing the efficiency of government agencies, the development of e-government and the digitization of territories, the introduction of government information systems and e-services, and offers suggestions for its introduction. It also analyzes theories and views on digitalization in public education, public services, the judiciary, finance and the banking system, and details its elements.

Keywords: e-government, e-document, electronic document management, G2C, G2B, G2G, digitization.

KIRISH

Kirish XXI asr "axborot texnologiyalari asri" da dunyoning yetakchi mamlakatlari shiddatli tarzda rivojlanib bormoqda.Butun dunyoda raqamli texnologiyalar barcha soha va odamlar hayotiga jadal kirib bormoqda. Bu yo'nalishga o'z vaqtida kirishgan davlatlar rivojlanib, aksincha, eskicha ishlaganlar taraqqiyotdan orqada qolyapti. Shuningdek, mamlakatimizda ham elektron hukumat va xizmatlar sohasini raqamlashtirishni joriy etish o'ta dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda. Shu o'rinda Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev O'zbekiston Respublikasi xizmatlar sohasini rivojlantirishning "Raqamli O'zbekiston — 2030" mo'ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2021-yilda amalga oshirish "RAQAMLI IQTISODIYOT VA ELEKTRON HUKUMATNING RIVOJLANISH HOLATINI REYTING BAHOLASH

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO'G'RISIDA" pq-373-sonli qarori e'lon qilingan edi [1] hamda Davlatimiz rahbari bu haqda Tarmoq va hudud rahbarlari raqamlashtirishsiz natija, rivojlanish bo'lmasligini tushunib yetishi shart. Barcha darajadagi rahbarlar buni o'ziga kundalik vazifa sifatida belgilab, raqamlashtirish sohasini alifbosidan boshlab chuqur o'rganishi kerak, - deya ta'kidladi Shavkat Mirziyoyev[2].

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Shu bilan bir qatorda Davlat organlari, xo'jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati tomonidan mulkdor (muassis, aksiyador, ishtirokchi) funksiyalari amalga oshirilganda ular tomonidan ushbu davlat ishtirokidagi korxonalarning ustav kapitali, davlat ulushi, har chorak va yil yakunlari bo'yicha buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalari, ishlab chiqarish ko'rsatkichlari, ish o'rinlari soni, boshqaruv va nazorat organlari tarkibi to'g'risidagi ma'lumotlar (cheklangan holda tarqatiladigan va tijorat siri mavjud bo'lgan hujjatlar bundan mustasno) o'zlarining rasmiy veb-saytlarida joylashtiriladi[3].

Ta'kidlanganidek, davlat organlari axborot tizimlarining samaradorligini ta'minlashda rasmiy veb-saytlar hamda elektron davlat xizmatlari infratuzilmasini kengaytirib borish muhim ahamiyatga ega. Binobarin, rasmiy veb-saytlardan foydalanish keng jamoatchilikni xabardor qilishning samarali usulidir. Ayni paytda elektron davlat xizmatlaridan foydalanish davlat hokimiyati hamda boshqaruvi organlari faoliyatida keng tarqalib borayotgan zamonaviy tajriba hisoblanadi.

TADQIQOT NATIJALARI

Ayni paytda Qonun talablariga muvofiq, barcha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining davlat tilidagi veb-saytlari mavjud bo'lib, ularning 50 foizidan ko'prog'i foydalanuvchilarga ingliz tilida ham axborotlar taqdim qilib keladi. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining 114 ta veb-saytidan 90 tasi foydalanishda qulaylik yaratish hamda ilg'or texnologik talablarni inobatga olgan holda, o'zlarining mobil shakllarini joriy etgan, 92 tasida esa ro'yxatga olishni yangilab borish imkoniyati bor. Bu, o'z navbatida, foydalanuvchilarga tegishli davlat organlaridan dolzarb ma'lumotlarni avtomatik ravishda qabul qilishga ko'maklashadi.[4]

Elektron hukumat, bu - raqamli texnologiyalar, Internet va zamonaviy ommaviy axborot vositalari asosida davlat xizmatlarini taqdim qilish jarayonini, fuqarolarni va boshqaruvni ichki va tashqi o'zaro munosabatlarda o'zgartirishlar vositasida ishtirokini doimiy optimallashtirishdir. Elektron hukumat aholiga, tadbirkorlarga va davlat organlariga ko'rsatilayotgan davlat xizmatlarini taqdim qilishni osonlashtiradi, fuqarolarning o'z-o'zini boshqarishlari uchun qo'shimcha imkoniyatlar yaratadi, ularning texnologik yangiliklardan xabardorligini oshiradi va davlat boshqaruvidagi ishtirokini osonlashtiradi.[5]

"Elektron hukumat" joriy etilgach, davlat organlari faoliyatining shaffofligi va ochiqligi ancha ortadi, davlat organlari xizimatlaridan foydalanish kengayadi va osonlashadi, ularni alohida fuqarolarga taqdim etish imkoniyati vujudga keladi, fuqarolarni siyosiy jarayonlarga vadavlat boshqaruviga jalb etish imkoniyati yuzaga keladi, axborotlardan foydalanish va ularni almashish tezlashadi, davlat xizmatlarini aholi va biznes vakillariga taqdim etish optimallashadi, fuqarolarni o'z-o'ziga xizmat qilish imkoniyati paydo bo'ladi, shu bilan birga, barcha foydalanuvchilarga davlat xizmatlarini taqdim etish bilan bog'liq boshqa afzalliklar va qulayliklar taqdim etiladi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Elektron hukumat — davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo'llash yo'li bilan davlat xizmatlari ko'rsatishga doir faoliyatini, shuningdek idoralararo elektron hamkorlik qilishni ta'minlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar va texnik vositalar tizimi.[6]

"Elektron hukumat" atamasi ilk bor Kommunikatsiya tarmoqlari (shu jumladan Internet) orqali axborotga ishlov berish, uni uzatish va tarqatishni elektron vositalari asosida davlat boshqaruvini tashkil qilishni, davlat hokimiyati organlarini barcha bo'g'inlari tomonidan fuqarolarning barcha toifalariga elektron vositalar bilan xizmatlar ko'rsatish, o'sha vositalar yordamida fuqarolarga davlat organlarining faoliyati haqida axborot berish. „Elektron hukumat" tushunchasi 1990-yillarning boshida paydo bo'lgan, lekin amaliyotga so'nggi yilardan boshlab tatbiq qilina boshladi. Elektron hukumatni ishlab chiqish bilan birinchi galda AQSh va Angliya, hamda Italiya, Norvegiya, Singapur, Avstraliya va ayrim boshqa davlatlar (Fransiya, Germaniya, Katar, BAA va h.k.) shug'ullandilar. Elektron hukumatning uch asosiy rivojlanishi tizimi ajratiladi:- hukumat- aholi (G2C);- hukumat — biznes (G2B);- hukumat — hukumat (G2 G).O'zbekistonda ham elektron hukumat barpo qilish ishlari boshlab yuborilgan. Jahon tajribasiga mavjud amaliyotga ko'ra, u ikki o'zaro bog'langan, lekin funksional jihatdan mustaqil qismlardan, Hukumat Intranetidan va tashqi infratuzilmadan tarkib topgan. Hukumat Intraneti axborot tizimining ichki infratuzilmasini qamrab oladi, u davlat tuzilmalari tomonidan davlat korporativ vazifalarini amalga oshirishdagi o'zaro munosabatlarda foydalaniladi. Tashqi infratuzilma, davlatni fuqarolar (G2C) va tashkilotlar (G2B) bilan o'zaro ishlashini ta'minlaydigan ommaviy axborot infratuzilmasini qamrab oladi.[7]

Elektron hujjat - bir davr elektron jurnali arxiv hujjatlaridagi hujjatlar (tashkilot, maqomini, ularni qabul o' IT kompaniyaga bekor qilish (belgi, ham, xabar, va hokazo) hujjatlar). Bunday hujjat ba'zan ma'lum bir ish jarayonida individual ishlar bir ko'rinishdagi hujjatlar harakatini xarakterlovchi «biznes rivoji», deb yuritiladi. butun elektron hujjat tartibga solish tartibga solish va hujjatlarni hayot-tizimli saqlash kerak bo'lgan dasturlarni o'z ichiga oladi.[8]

Elektron raqamli imzo - elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o'zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo'qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo[9].

Elektron hujjat aylanishi - elektron hujjatlarni axborot-kommunikatsiya tizimi orqali jo'natish va qabul qilish jarayonlari yig'indisi. Elektron hujjat aylanishidan bitimlar (shu jumladan shartnomalar) tuzish, hisob-kitoblarni, rasmiy va norasmiy yozishmalarni amalga oshirish hamda boshqa axborotlarni almashishda foydalanish mumkin. Turli kompaniyalarning avtomatlashtirilgan tizimlari orasida standartlashtirilgan shakldagi ish hujjatlarining (buyurtmalar, hisob raqamlari va sh.k.) ma'lum shakldagi elektron almashinuvi elektron hujjat almashinuvi tizimini belgilaydi.[10]

Elektron hukumat quyidagi asosiy modullardan(tizimlardan) iborat:

• G2C(Government to Citizens)—Hukumat-fuqarolarga

• G2B(Government to Business)— Hukumat -biznesga

• G2G(Government to Government)— Hukumat -hukumatga

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Raqamlashtirish - Raqamlashtirish qog'oz arxivlar hujjatlarni skanerlash va kataloglashni o'z ichiga oladi. Tashkilot, kompaniya qanchalik katta bo'lsa, uning hujjat aylanishi qanchalik murakkab bo'lsa, uning arxivlarida shunchalik ko'p hujjatlar saqlanadi va shunga mos ravishda arxivlarni raqamlashtirish xizmatlari yanada jozibali ko'rinadi.[11]

Maqolani yozishda induksion yo'nalish tanlangan bo'lib, ilmiy bilishning dialektik, tahlil, mantiqiylik va tarixiylik kabi usullar orqali muammoni ochib berishga harakat qilingan. Tadqiqot muammosi chekka hududlarda elektron hukumatni rivojlantirish va samaradorli foydalanishda mavjud umumiy holatlarni kuzatish orqali qo'yilgan. Tadqiqot uchun zarur axborotlar asosan xorijiy adabiyotlardan olingan.

Elektron hukumat va xizmatlar sohasini aholi orasida rivojlantirish zamonaviy yechimlari

tahlili:

• Amalga oshirilgan yirik loyihalar:

• Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz)

• Ochiq ma'lumotlar portali (data.gov.uz)

• Me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilish portali (regulation.gov.uz)

• "Litsenziya" axborot tizimlari kompleksi (license.gov.uz)

• "Yagona darcha" markazlari faoliyatini avtomatlashtirish bo'yicha axborot tizim (birdarcha.uz)

MUHOKAMA

O'zbekistonda elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotni yo'lga qo'yishdagi asosiy muammolardan biri normativ-huquqiy baza. Va buni mamlakatimizda ko'pgina insonlar foydalanishini amalga oshirishda muammolar mavjud! Buni huquqiy savodxonligini bilan bog'liq ishlar anchahin sust desak adashmagan bo'lamiz. Axborot tizimlari va resurslarini yaratish va integratsiyalash bo'yicha yagona texnologik yondashuvning yo'qligi ham to'siqlardan biri hisoblanadi. Infratuzilmalar bo'yicha elektron hukumat tizimlari infratuzilmasi yetarlicha rivojlanmagan, bu esa davlat xizmatlarini ko'rsatish va idoralararo elektron hamkorlikni yo'lga qo'yishda zamonaviy AKT-texnologiyalari keng qo'llanilishini ta'minlashga ta'sir ko'rsatadi. Axborot resurslari integratsiyasining talabga javob beradigan darajada emasligi ham sezilarli muammolardandir. XULOSA

Dasturni amalga oshirish bo'yicha AKT vazirligiga taklif bilan chiqsak, yagona yondashuv mexanizmining strategik yo'nalishlarini ishlab chiqish, kompleks ekspertiza davomida loyihaviy-texnik va normativ hujjatlarni muvofiqlashtirish, ishlanmalar holati bo'yicha tizimli monitoring o'tkazish, loyihalarni amalga oshirish, davlat idoralari faoliyatiga AKTni tatbiq qilish samaradorligi bo'yicha reyting baholarni shakllantirish, elektron hukumatni samarali tatbiq qilish va faoliyat yuritish uchun tahlil o'tkazish hamda normativ-huquqiy bazani takomillashtirishga oid vazifalarni ko'rib chiqish va tahlil qilish maqsadga muvofiq bo'ladi!

REFERENCES

1. https://www.lex.uz/ru/docs/-5458249

2. https://yuz.uz/uz/news/shavkat-mirziyoyev-bu-ishlarni-kelgusi-2-3-yilda-toliq-amalga-oshirmasak-har-bir-kechikkan-yilimiz-mamlakatimizni-10-yil-orqaga-tortadi

3. https://mitc.uz/uz/pages/egovernment/2074

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

4. http://nics.gov.uz/uz/e-goverment/reorganization/379/

5. https://ewikiuz.top/wiki/Economics_of_digitization

6. https://kun.uz/uz/20595986

7. https://uz.rn.wikipedia.org/wiki/Elektron_hukumat

8. https://uz.unansea.com/elektron-hujjat-nima/

9. https://www.terabayt.uz/uz/post/elektron-raqamli-imzo-nega-kerak-va-uni-qandaj-olish-mumkin

10. http s://koreaj ob.ru/uz/v-kakih- sistemah-elektronnogo-dokumentooborota-rabotaet/

11. https://ak-govorova.ru/uz/propiska-detejj/chto-takoe-ocifrovka-skanirovanie-arhiva-kak-ocifrovyvayutsya/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.