Научная статья на тему 'RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA BOJXONA SOHASINI RAQAMLASHTIRISHGA DOIR MASALALAR'

RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA BOJXONA SOHASINI RAQAMLASHTIRISHGA DOIR MASALALAR Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
299
51
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
raqamli bojxona ishi / axborot-kommunikatsiya texnologiyalari / raqamli texnologiyalar / raqamlashtirish / elektron hujjat / bojxona huquqiy munosabatlari / samaradorlik. / digital customs / information and communication technologies / digital technologies / digitalization / electronic document / customs regulation / customs legal relations / efficiency.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Farrux Furqatjon O’g’li Usmanaliyev

Ushbu maqolada raqamli bojxona tushunchasi va uning mohiyati, shuningdek, bojxona sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining bojxona ishiga bevosita samarali ta’siriga oid turli yondashuvlar haqida fikr va mulohazalar ko‘rib chiqiladi. Bunda asosiy e'tibor raqamli texnologiyalar, elektron shakldagi hujjatlar va bojxonani raqamlashtirish orqali samaradorlikni oshirish, hamda raqamli texnologiyalarning bojxona huquqiy munosabatlarida tutgan o’rniga qaratiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ISSUES RELATED TO THE DIGITALIZATION OF THE CUSTOMS SPHERE IN THE DIGITAL ECONOMY

This article discusses the views and comments on the concept of digital customs and its essence, as well as various approaches to the direct effective impact of information and communication technologies on the work of customs in the field of customs. The focus will be on increasing efficiency through digital technologies, electronic documents and customs digitization, as well as the role of digital technologies in customs legal relations.

Текст научной работы на тему «RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA BOJXONA SOHASINI RAQAMLASHTIRISHGA DOIR MASALALAR»

RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA BOJXONA SOHASINI RAQAMLASHTIRISHGA DOIR MASALALAR

Farrux Furqatjon o'g'li Usmanaliyev

Bojxona instituti magistratura bosqichi tinglovchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada raqamli bojxona tushunchasi va uning mohiyati, shuningdek, bojxona sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining bojxona ishiga bevosita samarali ta'siriga oid turli yondashuvlar haqida fikr va mulohazalar ko'rib chiqiladi. Bunda asosiy e'tibor raqamli texnologiyalar, elektron shakldagi hujjatlar va bojxonani raqamlashtirish orqali samaradorlikni oshirish, hamda raqamli texnologiyalarning bojxona huquqiy munosabatlarida tutgan o'rniga qaratiladi.

Kalit so'zlar: raqamli bojxona ishi; axborot-kommunikatsiya texnologiyalari; raqamli texnologiyalar; raqamlashtirish; elektron hujjat; bojxona huquqiy munosabatlari; samaradorlik.

ISSUES RELATED TO THE DIGITALIZATION OF THE CUSTOMS SPHERE

IN THE DIGITAL ECONOMY

ABSTRACT

This article discusses the views and comments on the concept of digital customs and its essence, as well as various approaches to the direct effective impact of information and communication technologies on the work of customs in the field of customs. The focus will be on increasing efficiency through digital technologies, electronic documents and customs digitization, as well as the role of digital technologies in customs legal relations.

Keywords: digital customs; information and communication technologies; digital technologies; digitalization; electronic document; customs regulation; customs legal relations; efficiency.

Kirish.

Hozirgi kunda shiddat bilan o'zgarib borayotgan dunyoda zamonaviy, innovatsion axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yaratilishi bilan birga mamlakatimizga yangi texnologiya, ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarni shiddat bilan kirib kelishi, jahon iqtisodiyoti va tijorat tarmoqlarini jadal sur'atlarda rivojlanishi, savdo munosabatlarining globallashuvi, iqtisodiyot tarmoqlarini raqamlashtirish shu jumladan, bojxona tartib - taomillarini rivojlantirishda muayyan natijalarga erishish imkonini yaratdi. Bu esa barcha sohalardagi normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish va

ushbu sohada rivojlangan davlatlar bilan teng darajada raqobatlashish uchun xorijiy mamlakatlar qonunchilik tizimi bilan unifikatsiyalashtirish, qonun ijodkorligi faoliyati sifatini tubdan oshirish va takomillashtirish zamon talabi ekanligi yaqqol namoyon bo'lib kelmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020 yildagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida davlat iqtisodiyotini rivojlantirishda raqamli texnologiyalarni joriy etish juda muhim ekanligini alohida ta'kidlab, Mamlakatimizda 2020 yilning "Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili" deb e'lon qilinishi munosabati bilan raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo'yicha boshqa sohalar kabi kadastr, qurilish sohalarini ham to'liq raqamlashtirish taklifi berildi.1

Mamlakatimizda bugungi kunda raqamli iqtisodiyotning tarkibiy qismi bo'lgan raqamli bojxona doirasida zamonaviy va ilg'or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali bojxona organlari faoliyati shaffofligi hamda samaradorligi tobora ortib bormoqda.

Raqamli iqtisodiyot doirasida bojxona sohasini raqamli transformatsiya qilish O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-iyundagi "Bojxona ma'muriyatchiligini isloh etish va O'zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish to'g'risida"gi PF-6005-son Farmonida nazarda tutilgan bo'lib: Bojxona ma'muriyatchiligini isloh etish, bojxona organlari faoliyatini yanada takomillashtirish hamda samaradorligini oshirish, "qog'ozsiz va elektron bojxona"ning mantiqiy davomi va rivojlanishi bo'lgan "raqamli bojxonani" shakllantirish, shuningdek, bojxona ishi sohasidagi umume'tirof etilgan xalqaro norma va standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilishni jadallashtirish maqsadi ko'zda tutilgan.

Adabiyotlar tahlili.

Rivojlangan hamda rivojlanayotgan xorijiy mamlakatlarning bojxona sohasidagi amalga oshirayotgan eng muhim islohotlari bojxona tartibotlarini (tovar moddiy boyliklari, jismoniy shaxslar, transport vositalari va pul mablag'larining harakatlanishini umumiy, har tomonlama nazorat qilish, bojxona to'lovlarini undirish va to'lanishini ta'minlash, bojxona auditi) maksimal darajada avtomatlashtirish hamda raqamlashtirish hisoblanadi.

Shuni ta'kidlash joizki, 2016 yildan Jahon bojxona tashkiloti tomonidan "raqamli bojxona" atamasini qo'llanila boshlanganiga qaramasdan

axborot-kommunikatsiya texnologiyalari shiddat bilan rivojlanib borayotgan xozirgi davrda dunyoga mashhur lug'atlarning sahifalarida "raqamli bojxona" atamasining aniq ta'rifi mavjud emas ya'ni xozirgacha rasmiy ta'rif berilmagan.

1 ( https://uza.uz/oz/politics/zbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyeevning-oliy-25-01-2020)

2

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 iyundagi "Bojxona ma'muriyatchiligini isloh etish va O'zbekiston

Respublikasi davlat bojxona xizmati faoliyatini takomillashtirish to'g'risida"gi PF-6005-son farmoni

Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 201

Jahon bojxona tashkiloti bosh kotibi, Kunio Mikuriya tomonidan o'zining "Raqamli bojxona, axborot asrining imkoniyatlari" nomli maqolasida bojxona ma'muriyatlari va Jahon savdo tashkiloti ish dasturlarida axborot kommunikatsiya texnologiyalari muhimligi yana bir bor ta'kidlanib, raqamli bojxona atamasi quyidagicha ta'riflanadi:

"Raqamli bojxona bojxona to'lovlarini yig'ish va himoya qilish, tovarlar, odamlar, transport vositalari va pul oqimini nazorat qilish va transchegaraviy savdoni jinoyatchilikdan, shu jumladan butun dunyo bo'ylab bosh ko'tarishda davom etib turgan xalqaro terrorizmdan himoya qilish uchun raqamli tizimlardan foydalanishni

-5

anglatadi".

V.B.Mantusovning fikricha, "Raqamli bojxona" tushunchasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ma'lumotlar bazalari, bulutli texnologiyalardan foydalanishni, elektron bojxona texnologiyalari, shuningdek, global internet, ommaviy axborot vositalari va uyali aloqa tarmoqlari orqali olingan ma'lumotlarning integratsiyalashuvini nazarda tutadi.4

Raqamli bojxonada qo'llaniladigan vositalar nafaqat axborot almashinuvini amalga oshirish, balki katta ma'lumotlarni aqlli tahlil qilish, qayta ishlash va to'plash texnologiyalaridan foydalanish asosida bojxona xizmatlari va biznes o'rtasida samarali hamkorlikni o'rnatish imkonini beradi.

Jahon bojxona tashkilotining qarashlariga ko'ra, "elektron bojxona" tushunchasi quyidagi elementlarni o'z ichiga oladi: bojxona maqsadlari uchun hujjatlarni elektron qayta ishlash, soddalashtirish va dematerializatsiya qilish; bojxona ishini "24/7" tamoyili bo'yicha avtomatlashtirish; bojlar va soliqlarni elektron to'lash; elektron to'lov kalkulyatori; mobil aloqa xizmatlari; tovarlarni elektron tarzda qaytarish va ular uchun to'langan bojxona to'lovlari; savdo operatori hududida skrining va boshqa xizmat tekshiruvlari; tovarlarni yuklashdan oldin dastlabki qo'shimcha ma'lumotlarni taqdim etish;5

Xozirgi paytda dunyodagi deyarli barcha mamlakatlarning bojxona xizmatida, shu jumladan O'zbekiston Respublikasi bojxona organlarida ham elektron bojxona, bojxonani raqamlashtirish va avtomatlashtirish atamalari keng qo 'llanilib kelmoqda. Albatta, ushbu atamalarning bir-biridan farqi, shuningdek, ularning bir-biriga o'zaro bog'liqlik jihatlari bo'yicha ko'plab fikrlar, qarashlar mavjud.

Muhokama.

Misol uchun, elektron bojxona tushunchasida qog'ozda amalga oshiriladigan jarayonlarni maksimal darajada kompyuterlashtirish hisoblanadi. Bojxona sohasidagi

3 https://mag.wcoomd.org/magazine/wco-news-79/digital-customs-the-opportunities-of-the-information-age/

4 https://cyberleninka.ru/article/n7innovatsii-tamozhennogo-regulirovaniya-vneshneekonomicheskoy-deyatelnosti-rossiyskoy-federatsii/viewer

5 Кадыркулов М. А., Мозер С. В., Липатова Н. Г. Всемирная таможенная организация как современный институт совершенствования таможенного администрирования и упрощения процедур торговли: монография. М.: РИО Российской таможенной академии, 2017. 172 с

hujjatlar va jarayonlarning to'liq hamda mukammal holda kompyuterlashtirilishini -raqamli formatga (shaklga) o'tkazishni raqamlashtirish deb aytishimiz mumkin. Oddiy so'z bilan aytganda, bojxonani raqamlashtirish sohaga raqamli texnologiyalar (Big Data - Katta Ma'lumotlar, Machine Learning - Mashinani o'rganish, Internet of Things -Buyumlar/Narsalar Interneti va boshqa ko'plab foydali texnologiyalar)ni joriy etishdir. Bojxonani raqamlashtirish bojxona sohasining ma'lum bir yo'nalishi to'g'risidagi ma'lumotlarni ularning butun faoliyat sikli davomida uzluksiz boshqarishni, shu jumladan ma'lumotlarni avtomatik yig'ish, to'plash, o'zgartirish va tahlil qilish, shuningdek, bunday ma'lumotlarni yaratishni o'z ichiga oladi.

Xorijiy mutaxassislardan Mozer Sergey Vladimirovich o'zining "Формирование правового института электронной таможни: Российский опыт" ("Elektron bojxona huquqiy institutining shakllanishi: Rossiya tajribasi") nomli maqolasida Rossiya Federatsiyasining 2030-yilgacha bo'lgan strategiya loyihasida elektron yoki raqamli bojxona nima degan savolga ta'riflar yo'qligini, shuningdek "Bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish va uyg'unlashtirish to'g'risida"gi Kioto xalqaro konvensiyasida ham elektron yoki (raqamli) bojxona tushunchalari qo'llanilmaganligini ta'kidlaydi hamda elektron bojxona va raqamli bojxona o'rtasidagi farqni sohadagi barcha jarayonlar bilan bog'lab quyidagicha keltirib o'tadi:6

Raqamli:

bojxona organlari faoliyatini raqamlashtirish, raqamli platformalar va texnologiyalar, to'lov mexanizmini raqamlashtirish, raqamli axborot texnologiyalari, raqamli tizimlar, raqamli moliyaviy aktivlar, tezkor-qidiruv faoliyatini hujjatlashtirishni raqamlashtirish, bojxona ma'muriyatini raqamlashtirish, Rossiya Federatsiyasi bojxona organlari faoliyatini huquqiy qo'llab-quvvatlashni raqamlashtirish va boshqalar.

Elektron:

elektron hujjatlar, elektron shakldagi hujjatlar, elektron hujjat aylanishi, elektron bojxona tekshiruvi, elektron tekshirish va sertifikatlashtirish tizimlari, bojxona organlarining elektron hamkorligi, xalqaro elektron tijorat, elektron foydalanish imkoniyati, elektron bojxona tranziti, elektron xizmatlar, elektron deklaratsiya.

Shu bilan birga, Mozer Sergey Vladimirovich raqamli bojxonaga shunday ta'rif beradi: Raqamli bojxona deganda bojxona faoliyatining samaradorligi, samaradorligi va muvofiqlashtirilishiga hissa qo'shadigan har qanday avtomatlashtirilgan yoki elektron faoliyat tushuniladi, masalan, bojxona rasmiylashtiruvining avtomatlashtirilgan tizimlari, "yagona oyna" konsepsiyasi, elektron ma'lumotlar almashinuvi, axborot

о

almashish va shaffoflikni ta'minlash uchun veb-saytlar va smartfonlardan foydalanish. Shuningdek, u raqamli bojxona haqidagi qarashlar haqida gapiradi:

6 https://customs.gov.ru/activity/programmy-razvitiya/strategiya-razvitiya-fts-rossii-do-2030-goda

7 http://customs-academy.net/?p=12345

8http://www.eurasiancommission.org/ru/act/tam sotr/edinoe okno/Documents/001 17.06.19 Mozer-Sergei Digital-Customs

Raqamli bojxona o'z-o'zidan maqsad emas, vositadir va maqsad mavjud byurokratik jarayonlarni raqamlashtirish emas, balki eng yaxshi natijaga erishish uchun birinchi navbatda ularni tahlil qilish bo'lishi kerak.

Raqamli bojxona Jahon bojxona tashkiloti vositalari va ko'rsatmalaridan foydalangan holda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida bojxona va transchegaraviy islohotlarni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan strategik yondashuv sifatida shakllantirilishi mumkin.

Raqamli bojxona quyidagicha shakllantirilishi mumkin: Jahon bojxona tashkiloti vositalari va ko'rsatmalaridan foydalangan holda bojxona va transchegaraviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari islohotini qo'llab-quvvatlash uchun strategik yondashuv.

Raqamli bojxona keng qamrovli, kelajakka qaratilgan tushunchadir, ya'ni bojxonani raqamlashtirish:

- Ilg'or (raqamli) texnologiyalarni qo'llash; operatsion jarayonlarni o'zgartirish (bojxona operatsiyalari); biznes jarayonlarini optimallashtirish (bojxona operatsiyalari); biznes modellari; kengaytirilgan tahlil; sun'iy intellekt; mobil va taqiladigan qurilmalar; avtomatlashtirish; robotlashtirish; integratsiya texnologiyalari platformalari; raqamli bojxona modeli va uning variantlari.

Bundan tashqari, bojxona ishida avtomatlashtirish raqamlashtirishning ajralmas qismidir, biroq avtomatlashtirish bilan raqamlashtirish sinonim atamalar hisoblanmaydi. Avtomatlashtirish oddiygina raqamli texnologiyadan foydalangan holda qo 'lda bajariladigan ishlarni yanada samaraliroq qilish maqsadida inson aralashuvisiz avtomatik tarzda amalga oshirish jarayonidir.

Xulosa.

Yuqorida ta'kidlab o'tilgan fikr va mulohazalardan xulosa qilgan holda raqamli bojxonaga quyidagicha ta'rif berish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Raqamli bojxona - bojxona sohasiga raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali bojxona chegarasini kesib o'tadigan insonlar, tovarlarga nisbatan bojxona operatsiyalari jarayonini to'liq raqamli transformatsiya qilish, avtomatlashtirish bilan barcha bojxona tartib-taomillarini inson omilisiz amalga oshirishni nazarda tutadi.

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash joizki, dunyo hamjamiyati bojxona xizmatlari faoliyatida zamonamizda to'rtinchi sanoat inqilobi deb nomlanuvchi yangi texnologiyalar (sun'iy intellekt, katta ma'lumotlar, blokcheyn, narsalar interneti va boshqalar) shiddat bilan amaliyotga tadbiq etib kelinmoqda. Bojxona sohasida yuzaga keladigan huquqiy munosabatlarni tartibga solishda ham raqamlashtirishning ahamiyati katta. Bojxona organlari xizmat faoliyatiga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish orqali tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari, jismoniy shaxslar va bojxona xodimlari o'rtasida bojxona huquqiy munosabatlaridagi mavjud hamda paydo bo'lishi mumkin bo'lgan bo'shliqlar hamda kamchiliklarni bartaraf etish imkoniyatini beradi.

Bundan tashqari, bojxona rasmiylashtiruvi jarayonlarini maksimal darajada raqamlashtirish natijasida sun'iy intellektdan foydalanish mumkin bo'lgan taqdirda bojxona tartib-taomillari natijasi yuzasidan yakuniy, yuridik kuchga ega bo'lgan qaror qabul qiluvchi, inson (bojxona xodimi) o'rnini bosuvchi sin'iy intellekt bilan huquqiy jihatdan yuzaga kelishi mumkin bo'lgan masalalar ya'ni sun'iy intellekt huquq subyekti deb e'tirof etilishi va uning yuridik javobgarligi kabi kelajakda yuz berish ehtimoli katta bo'lgan huquqiy holatlar o'zining dolzarbligi bilan huquq tizimida muhim ahamiyatga ega bo'ladi.

REFERENCES.

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi 2020 yil

2.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 iyundagi "Bojxona ma'muriyatchiligini isloh etish va O'zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati faoliyatini takomillashtirish to'g'risida"gi PF-6005-son farmoni

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 oktyabrdagi "Raqamli O'zbekiston — 2030" strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6079-son farmoni

4.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 iyuldagi "O'zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3832-son Qarori

5.Sergei Mozer, Ph.D. at law - MONOGRAPH «DIGITAL CUSTOMS. WCO Experience».

6.Кадыркулов М. А., Мозер С. В., Липатова Н. Г. Всемирная таможенная организация как современный институт совершенствования таможенного администрирования и упрощения процедур торговли: монография. М.: РИО Российской таможенной академии, 2017. 172 с

Vebsayt.

7.(https://uza.uz/oz/politics/zbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyeevning-oliy-25-01-2020)

8. https://customs. gov.ru/activitv/programmv-razvitiva/strategiva-razvitiya-fts-rossii-do-2030-goda

9.https://mag.wcoomd.org/magazine/wco-news-79/digital-customs-the-opportunities-of-the-information-age/

10.http://customs-academy.net/?p=12345

11. https://cyberleninka.ru/article/n7innovatsii-tamozhenno go-re gulirovaniya-vneshneekonomicheskoy-deyatelnosti-rossiyskoy-federatsii/viewer

12.http://www.eurasiancommission.org/ru/act/tam sotr/edinoe okno/Documents/001 17.0 6.19 Mozer-Sergei Digital-Customs.pdf

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.