Научная статья на тему 'EKOLOGIK TAʼLIM VA TARBIYA JARAYONIDA MILLIY MADANIY MEROSDAN FOYDALANISH'

EKOLOGIK TAʼLIM VA TARBIYA JARAYONIDA MILLIY MADANIY MEROSDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Экологические биотехнологии»

8
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «EKOLOGIK TAʼLIM VA TARBIYA JARAYONIDA MILLIY MADANIY MEROSDAN FOYDALANISH»

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkennqisodiyot^a^edagogikajnst^

EKOLOGIK TA'LIM VA TARBIYA JARAYONIDA MILLIY MADANIY MEROSDAN FOYDALANISH

G. K. Saparova

TIPI "Pedagogika" fakulteti professor v.b., ped.f.n. [email protected]@gmail.com

I. Baxtiyorova

Pedagogika yo'nalishi talabasi, O'zbekiston

Ekologik ta'limning dolzarbligi - mamlakatimiz tabiati, ekotizimlari, atrof muhitni beqarorlik va izdan chiqishdan asrash, aholining ekologik madaniyatini oshirish, ushbu o'ta jiddiy, hayotiy masalalarga aholining barcha qatlamlari, ayniqsa, yoshlar hissa qo'shishi zarurligi bilan belgilanadi. Biroq, ekologik ta'limni amalga oshirish jarayonining tizimli tahlili ekologik ta'limni tashkil etishda bu boradagi islohotlarni to'liq ro'yobga chiqarishga to'sqinlik qiluvchi jiddiy muammo va kamchiliklar saqlanib qolayotganligini ko'rsatmoqda (O'zbekiston Respublikasida Ekologik ta'limni rivojlantirish Konsepsiyasi 2019).

Yoshlarga ekologik ta'lim va tarbiya berishda, birinchi navbatda xalqimizning tarixan tarkib topgan ekologik - madaniy merosini o'rganish zarur, hamda uning asosida jamiyat hayotidagi hozirgi o'zgarishlarni hisobga olgan holda atrof-muhitni muhofaza qilish va resurslarning barcha turlaridan oqilona foydalanish qoidasining qat'iy tizimini yaratish kerak.

Jamiyat va tabiatning o'zaro munosabatida ekologik tanglikdan saqlanishning birinchi va asosiy printsipi, yuqorida ta'kidlanganidek, insonning tabiatga ta'sirini eng oz miqdor darajasiga keltirish hisoblanadi.

Hozirgi vaqtda jamiyat oldidagi muhim vazifalardan biri tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hisoblanadi. Mazkur muammoni hal etish yo'llaridan biri ishlab chiqaruvchilar uchun qat'iy qoidalarni ishlab chiqish va amalda qo'llashdan iborat. Mahsulotlarni ishlab chiqarishda barcha tur resurslar, hatto ular to'lib-toshib yotganda ham, zamonaviy texnologiya imkon beradigan darajada eng kam miqdorda sarflanishi kerak, bu birinchi va majburiy qoida bo'lishi shart.

Buyumlarning xizmat muddatini iloji boricha uzoqroq cho'zish hamda umrini o'tab bo'lgan buyumlarda albatta ikkilamchi xomashyo sifatida foydalanish tabiatdan foydalanishdagi ikkinchi qoida bo'lishi kerak.

379

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы

^Tsshkentiatissdiyot^a-Esdagsgika^bsiituii^^—^^^imi^Sbis^iimi^rSiya^Jinnov^iiy^^^sonaviyva^^^rivais^^^^

Bundan tashqari, zamonaviy xo'jalik yuritishning uchinchi qoidasi hisoblanadigan chiqindisiz ishlab chiqarishga to'la o'tish davr taqozosidir. Aks holda, insoniyat ishlab chiqarish jarayonlari chiqindilarga ko'milib qoladi.

Markaziy Osiyo xalqlari, shu jumladan, o'zbek xalqi orasida qog'ozlarda yozilmagan bir qonun mavjud bo'lib, avloddan avlodga o'tib kelgan. Bu har qanday sharoitda eng kam miqdorda xom ashyo, kuch, vaqt hamda inson mehnatidan foydalanish borasidagi qat'iy qoidadan iborat. Bu, albatta mehnat resurslariga ham tegishlidir. Xalqimiz orasida "uvol" degan so'z juda keng tarqalgan edi. Lekin hozirga kelib bu so'z kam ishlatiladi.

Tabiat unsurlarini ortiqcha sarflash: bevosita ularning o'zidan maqsadsiz foydalanish uvol hisoblanadi.

Bemavrid aytilgan so'z ham, e'tiborsiz qoldirilgan gap ham hatto ermakka tupirilgan tupuk ham uvol hisoblanar edi. Uvol haqidagi qoida odamlarning boy yoki kambag'alligiga qaramasdan hamma uchun tegishli edi. Uvol qilmaslik, nojo'ya hech qanaqa ish qilmaslik, bekorga sarf qilmaslik, tejamkor b o'lish barcha zamondoshlarimiz o'ylaganlaridek xasislik belgisi emas. Bu yuksak madaniyat, shu jumladan, ekologik madaniyat belgisidir. Agar chuqurroq olib qaralsa, ishlab chiqarish madaniyati, iste'mol madaniyati, turmush madaniyati, o'zaro munosabat madaniyati va hokazolardir. Tejamkorlik xislati yosh avlodga bolalikdan singdirilib borilsa, u umrining oxirigacha saqlanib qoladi. O'zbekistonda hunarmand ustalar kasblariga ko'ra guruhlanar edi: kulollar, temirchilar, misgarlar, to'quvchilar, etikdo'zlar, mahalla va hatto dahalarni tashkil qilar edi. Mazkur ishlab chiqarishlar asosan chiqitsiz hisoblanardi.

Umrini o'tab bo'lgan barcha mahsulotlar ko'rinishini kuchli darajada yo'qotgan hamda estetik jihatdan ko'rimsiz va tuzatish imkoniyati bo'lmasa lattafurushga ikkilamchi mahsulot sifatida topshirilar edi, hatto bu ish ikkinchi va uchinchi bor ham takrorlanishi mumkin edi. Odamlarning ana shunday tejamkorligi va ehtiyotkorligiga buyumlarning yuksak sifatli qilib tayyorlanganligini qo'shsak, dastlabki xomashyo saqlash qanchalik kam bo'lganligi oydin bo'ladi.

Sobiq ittifoq davrida ota-bobolarimiz butun bir tarixiy davr mobaynida sarflagan qazilma boyliklardan ko'proq boyliklar qisqa muddat ichida ishlatilib yuborilgan. Bu noxush holatni biz insonning tabiatni o'z izmiga bo'ysundirishning timsoli deb maqtanib ham yurdik. Ota-bobolarimizga Ona Yerni hurmat qilishga, uni rizq-u ro'zimiz deb bilishga yerga yetarli ishlov berilmasdan, tekinga hosil olishga intilish, bejizga tayoq urish gunoh hisoblangan. Ekinzorlar, yaylovlar yetarli b o'lib, chorva mollari ko'proq boqilgan, chunki ular go'sht, sut, yog' manbai bo'lish bilan birga hunarmandlar, etikdo'zlar to'quvchilar uchun xom ashyo bazasi ham edi.

380

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkennqisodiyot^a^edagogikajnst^

Uy-joy qurilishini olsak, mahalliy tabiiy unsurlardan tiklangan uylar va boshqa qurilishlar ilgari o'ta tejamkor usulda oqilona qurilgan. Uy-joy uchun yog'och uskunalari yetarli bo'lgan, chunki har bir oilada o'g'il tug' ilganda bir imoratga yetgulik terak ekib qo'yilgan. Turar joy maydoni ham oqilona hal etilgan. Yosh oilalarga dahlizli bir xona berilib, uylarning umumiy maydoni 25-30 m bo'lib, unda farzandlari besh-olti yosh bo'lguncha birga yashashgan.

Odamlarning kiyim-kechaklari, zebu-ziynatlari ham ortiqcha ko'z-ko'z qilinmagan. Hatto, boy odamlar ham tilla buyumlarini shunchaki taqib yurishi odobsizlik hisoblangan. Tarixan shakllanib, avlod ajdodlarimizdan meros bo'lib kelgan bu ko'nikmalar axloqiy ekologik qoidalar jamiyat taraqqiyoti not o'g'ri yo'lga tushganligi tufayli unutila boshlandi. Ularning o'rniga umumjamiyat axloqiga yot bo'lgan bozorga solish, zeb-u ziynat, taqinchoq va kiyim-kechaklarga o'chlik, maqtanchoqlik, kibru-havoga berilishi, tabiatga tajovuzkorona munosabatda bo'lish kabi salbiy, ijtimoiy sifatlar egallay boshladi.

Aholining ekologik ko'nikmalari unsurlaridan biri, ekologik madaniyatning ko'rsatkichi atrof-muhitni toza va ozoda tutish, shu jumladan, tanani, yashash va jamoat joylarni tabiatni toza saqlashdan iboratdir. Xonadonlardan oziq-ovqat chiqindilari mollarga, itlarga berish odat bo'lib, agar xo'jalikda bunday hayvonlar bo'lmasa, qo'shnilarga olib chiqib berilar edi. Bunday odatlarni qayta tiklab, ularni targ'ib qilish o'z oilasiga singdirish ijtimoiy muhitning yaxshilanishiga olib keladi. Bu insonning tinch, osoyishta yashashiga kafolat bo'ladi. Salomatligiga ijobiy ta'sir qiladi, umrini uzaytiradi. Qadimda dehqonchilik mavsumi erta bahorda ariqlarni tozalash, qazish, hovuzlarni, uvatlarni tartibga keltirish, yo'l va ko'priklarni tuzatishdan boshlanar, bu ishlarning hammasi hashar yo'li bilan boshlanib oiladagi kattayu kichik ishtirok etar edi. Hasharda jismoniy jihatdan kuchi yetmaganlar, ovqatlar tayyorlashar, hashar kechga borib bayramga aylanib ketar edi. Oqar suvlar ariqlarning boshidan to oxirigacha toza va tiniq saqlanar edi. Suv sanitariya jihatidan toza bo'lib, bemalol ichish mumkin edi. Suvga biron narsa tashlash aslo mumkin bo'lmay, bu qoidani buzgan kishi jazosini olar edi. Mabodo bundan 40-50 yillar muqaddam suvga tupurgan kishini ko'rganlar uni jinni deb o'ylashgan.

Mana shulardan ko'rinib turibdiki, xalqimizning ekologik madaniyati qadimdan yuksak bo'lgan. To'g'ri, u vaqtlarda aholi soni ancha oz, urbanizatsiya darajasi past, tabiiy boyliklardan foydalanish darajasi ham nihoyatda kam bo'lgan. Lekin, xalqimizning ekologik madaniyati yuqori bo'lgan. Xalq orasida "savob", "uvol", "qarg'ish", "harom", "birovning haqi", "tarozidan urma", "o'g'rilik qilma", "sutga suv qo'shma", "suvga supurindi tashlama", "nonning uvog'i ham non" kabi hamma birdek amal qiladigan tushunchalar bor ediki, bunday yuksak madaniy

381

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqisGdiyGt^a^edagGgikajn^

merosimizdan ayrim yoshlarimizning xabarlari yo'q yoki unchalik e'tibor bermaydilar desak xato bo'lmaydi. Xulosa o'rnida shuni aytib o'tish joizki, har bir tabiat ne'mati bu Allohning bizga bergan ne'mati, marhamati, biz uni yuksak darajada hurmat bilan avaylab-asrashimiz, daraxt, buta, o't o'simliklari, hayvonot olami, suv, havo, tuproq, zamin, non, oziq ovqat va shu kabi buyuk ne'matni zo'r ehtirom bilan hurmat qilishimiz lozim. Yoshlarga ekologik ta'lim tarbiya berish jarayonida Vatan ostonadan boshlanadi deyilganidek, har kuni ozodalikni uydan, o'zimiz yashaydigan boshlashimiz juda to'g'ri bo'ladi. Chunki, bizning xalqimizda azaldan tong otishi bilanoq hovli, eshik oldi supurilib, suv sepib, nuragan joylar muntazam ta'mirlanib turilgan. Darhaqiqat, xalqimizning qadimgi urf-odatlari, an'analari, tabiat to'g'risidagi katta ma'noga ega bo'lgan dono hikmatlariga ming yillar davomida quloq solib, unga itoat qilib kelingan.

Ekologiya fanlarini o'qitayotganimizda hozirgi mustaqillik sharofati katta erkinliklar bergan bir paytda ularga hurmat bilan qarashimiz va hayotda k o'p marta sinalgan odatlarimizga, madaniy ekologik merosimizga sodiq qolishimiz, yosh avlodga buni tez-tez gapirib turishimiz, ularni o'zbek xalqining boy tarbiyaviy ahamiyati yuqori bo'lgan milliy, ma'naviy merosimizga hurmat ruhida tarbiyalashimiz ham farz, ham qarzdir. Zero yoshlarimiz ajdodlarimizning naqadar ekologik madaniyati yuksak bo'lganligini bilsalar, faxrlanib o'z ajdodlariga o'zlari yashayotgan makonga qadriyatlarimizga hurmat va ehtirom tuyg' usini tuysalar, biz o'z maqsadimizga erishgan bo'lamiz.

References / Adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 -yil 27-maydagi "O'zbekiston Respublikasida Ekologik ta'limni rivojlantirish Konsepsiyasi to'g'risida"gi 434-sonli qarori. -Тошкен: 2019.

2. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi qonuni. -Тошкен: Sharq, 1997.

3. O'zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. -Тошкен: Sharq, 1997.

4. Ziyomuxamedov B. Ekologiya va ma'naviyat. -Тошкен: 1997.

5. Ismoilov A., Ahadov R. Ekologik ta'lim-tarbiya. -Тошкен: 1997.

382

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.