Научная статья на тему 'EFTALIYLAR DAVRINING FRANSUZ SHARQSHUNOSLIGIDA O‘RGANILISHIGA DOIR'

EFTALIYLAR DAVRINING FRANSUZ SHARQSHUNOSLIGIDA O‘RGANILISHIGA DOIR Текст научной статьи по специальности «Механика и машиностроение»

CC BY
52
19
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Research Focus
Ключевые слова
Eftaliylar / Hindiston / Sosoniylar / Vizantiya / Xitoy / kidariylar / hunlar / turklar / эфталиты / Индия / Сасаниды / Византия / Китай / кидариане / гунны / тюрки.

Аннотация научной статьи по механике и машиностроению, автор научной работы — Jahongir Ostonov

Ushbu maqolada Eftaliylar davrining fransuz tarixshunosligida o‘rganilishi yuzasidan ayrim tadqiqotlar tahlil qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

К ИЗУЧЕНИЮ ЭФТАЛИТОВСКОГО ПЕРИОДА ВО ФРАНЦУЗСКОМ ВОСТОКОВЕДЕНИИ

В данной статье анализируются некоторые исследования по изучению периода эфталитов во французской историографии.

Текст научной работы на тему «EFTALIYLAR DAVRINING FRANSUZ SHARQSHUNOSLIGIDA O‘RGANILISHIGA DOIR»

| VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2023 ResearchBip (7.8) | Google Scholar | SJIF (5.708) | UIF (8.3)

EFTALIYLAR DAVRINING FRANSUZ SHARQSHUNOSLIGIDA O'RGANILISHIGA

DOIR Jahongir Ostonov

tayanch doktorant O'zRes FA Sharqshunoslik instituti Toshkent, O'zbekiston https://doi.org/10.5281/zenodo.8377669

Annotatsiya: Ushbu maqolada Eftaliylar davrining fransuz tarixshunosligida o'rganilishi yuzasidan ayrim tadqiqotlar tahlil qilinadi.

Kalit so'zlar: Eftaliylar, Hindiston, Sosoniylar, Vizantiya, Xitoy, kidariylar, hunlar,

turklar

К ИЗУЧЕНИЮ ЭФТАЛИТОВСКОГО ПЕРИОДА ВО ФРАНЦУЗСКОМ

ВОСТОКОВЕДЕНИИ

Аннотация: В данной статье анализируются некоторые исследования по изучению периода эфталитов во французской историографии.

Ключевые слова: эфталиты, Индия, Сасаниды, Византия, Китай, кидариане, гунны, тюрки.

ON THE STUDY OF THE EPHTHALITES IN FRENCH ORIENTAL STUDIES

Abstract: In this article, some studies on the study of the Ephthalites period in French historiography are analyzed.

Keywords: Ephthalites, India, Sassanids, Byzantium, China, Kidarians, Huns, Turks

KIRISH

Markaziy Osiyo tarixida muhim bosqichlardan biri bo'lgan Eftaliylar hukmronligi davri o'zbek tarixchiligida juda kam o'rganilgan davrlardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda asosiy tadqiqotlar davr jihatidan oladigan bo'lsak, X asrdan keyingi davrlarni qamrab oladi. Biroq undan oldingi davr bilan, xususan, eftaliylar davri borasida holat maqtagulik emas. Fransuz sharqshunosligida bu davr bo'yicha ancha-muncha ishlar qilingan va qilinmoqda. Mazkur tadqiqotlarni shartli ravishda ikki xil davriy guruhga ajratish mumkin. Bular klassik tadqiqotlar hamda zamonaviy tadqiqotlar. Klassik tadqiqotlarga biz asosan XX asr ikkinchi yarmigacha bo'lgan davrda qilingan ishlarni kiritsak, zamonaviy tadqiqotlarga oxirgi 40-50 yillik tadqiqotlarni olishimiz mumkin. Klassik tadqiqotchilar orasiga Jozef De Gin[4], Leon Kayun[1], Rene Grusse[11], Edvard Shavan[2], Roman Girshman[8] kabi olimlarni kiritsak, zamonaviy tadqiqotchilardan Frans Grene[9,10], Etyen Delavesyer[4,5]. kabilarni sanashimiz mumkin. Ushbu maqolada Eftaliylar davlati va ularning kelib chiqishiga bag'ishlab yozilgan ba'zi tadqiqotlarga to'xtalib o'tamiz.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Eng birinchi tadqiqot XVIII asrga oid bo'lib, ko'plab tarixchilarning tanqid va e'tiroflariga sabab bo'lgan. Bu Jozef Degin (1721-1800) ning L'Histoire des Huns, des Turcs, des Mogols et autres Tartares asari. Mazkur ish umumiy tarix ulsubida yozilgan bo'lib, asosan, hunlar, turklar, mo'g'ullar va boshqa ularga qardosh bo'lgan xalqlar haqidagi Parij qirollik kutubxonasidagi turli manbalar asosida yozilgan ma'lumotlardan iborat. Muallif o'sha paytda Parijdagi Collège de France'da suryoniy tilidan dars bergan va Parij sharqshunosligining asosiy shaxsiyatlaridan biri bo'lgan [3]. Asar 1756-1758-yillarda chop qilingan bo'lib, jami 4ta kitob va 5 bo'limdan iborat. Betlarining umumiy soni 2800tani tashkil qiladi. Ushbu asar, shubhasiz, modern davrda mazkur xalqlar tarixiga bag'ishlangan eng muhim asar hisoblanadi.

| VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2023 ResearchBip (7.8) | Google Scholar | SJIF (5.708) | UIF (8.3)

Uning Eftaliylar haqidagi qismi haqida yozishdan oldin, bir oz asar nomida tilga olingan "tartares occidentaux", ya'ni "g'arbiy tartalar" birikmasiga izoh berib ketsak. Yevropa manbalarida "tartares" nomi XIII-XIX asrlar davomida doimiy ravishda ishlatib kelingan. Bu so'z xitoycha ta-dze so'zining o'zgargan shakli bo'lib, xitoyliklar bu nom bilan Buyuk Xitoy devoridan shimolda yashagan, tili va kelib chiqishidan qat'iy nazar, barcha ko'chmanchi xalqlarni aytgan. Dastlab, Yevropada "tartares" deganda mo'g'ullarni tushunishgan bo'lsa, keyinchalik Yuqori Osiyoda yashagan xalqlar, turklar, mo'g'ullar va manjurlarni qamrab olgan. XVI asrdan boshlab esa ushbu hududda istiqomat qilgan xalqlar ikki guruhga bo'linib tasvirlanadigan bo'ldi. Bular Sharqiy va G'arbiy Tartarlar edi. Sharqiy Tartalarga avarlar, kidanlar, chjurchjenlar va manjurlar kiritlsa, G'arbiy Tartarlarga turklar, hunlar va mo'g'ullar kirgan[3].

Ko'rib turganimizdek, g'arbiy tartarlar tarkibiga turklar, hunlar va mo'g'ullarni kiritgan Degin o'z asarida ham asosan shu xalqlar haqida ma'lumotlar bergan. Eftaliylarning hunlarga mansubligi va ularning odatda oq hunlar deb atalishi ham asarda eftaliylarga diqqat qaratilishiga sabab bo'lgan. Kitobda eftaliylarnig nomlari haqida turlicha qarashlar ilgari surilgan. Jumladan, Euthalites, Haiatelites, Nephtalites, Atelites, Abtelites va Kidarites. Aynan oxirgi nomlanish kidariylar ham De Gin zamonida eftaliylarni ifodalashda ishlatilgan bo'lishi haqiqatga yaqin. Chunki eftaliylar aynan kidariylar davlati o'rniga hokimiyatga kelgan, bu esa nomlanishga o'z ta'sirini ko'rsatgan. Kidariylar haqidagi ba'zi qarashlarda ularni turkiy qavm, boshqalarida esa eroniy qavm deyiladi[12:49]. Eftaliylarning kelib chiqishi borasida ham bugungi kunda zamonaviy tadqiqotlar ham olib borilmoqda. Xususan, Fransiyada Etyen Delavesyer, Franz Grenelar bu haqda bir qator maqolalar ham yozgan. De Gin ularni Nephtalites atalishidan, yahudiylarga aloqador deb hisoblashgan deb ham aytadi[4:326].

TADQIQOT NATIJALARI

De Gin Eftaliylarning hukmronlik qilgan hududlar borasida ham qimmatli ma'lumotlarni keltirgan. Uning ma'lumotlariga ko'ra Eftaliylar davlati chegaralari Movarounnahr, Xorazm va Kaspiy dengizining sharqiy sohillarini to'liq qamrab olgan, poytaxti Korkandge (Gurganch bo'lsa kerak) shahri[4:325]. De Gin eftaliylarning yurtlari haqida gapirib, keyin ularning Sosoniylar bilan ilk to'qnashuvi haqida yozadi. Bunda Eftaliylarning Sosoniylar ustiga yurishi va oqibatda Eftaliy hukmdorning vafoti, ikki o'rtadagi kelishuv va Amudaryoning tabiiy chegara sifatida o'rnatilishi haqida gap ketadi. Bu paytda Sosoniylar shohi afsonaviy Bahrom Go'r edi. Undan keyingi hukmdor Yazdajerd davrida eftaliylar bilan boshqa to'qnashuvlar sodir bo'lmadi. Hurmuz davrida akasi Pero'z Eftaliylar hukmdori Xushnavoz (bu ism Rene Grusseda Axshunvar yoki Axshunvaz deb kelgan) huzurida siyosiy boshpana topadi. Keyinchalik, eftaliylar Pero'zga fors davlati taxtini egallashida yordam berdi. Ammo oxir-oqibatda ikki o'rtadagi munosabatlar soviydi va Eftaliylar Perozga yakuniy zarbani berib, Hirotgacha bo'lgan yerlarni egallab oladi.

De Gin bu kitobida eftaliylar tarixining asosan, Sosoniylar bilan munosabatlarigagina to'xtalib o'tgan. Ular to'qnashgan oxirgi sosoniy Xusrav Anushervon ekanligi va shu davrdan boshlab eftaliylar tarix sahnasidan keganini yozgan va ularning o'rnini turklar egalladi, deya xulosa qilgan. Ko'rinib turganidek, De Gin eftaliylarning kelib chiqishi borasida firklarni bildirib, asosan, siyosiy hayotga ko'proq urg'u bergan. Bunda sosoniylar bilan to'qnashuvlar va janglarga diqqat qaratilgan. Eftaliylarning Vizantiya va Xitoy bilan aloqalari, ijtimoiy-iqtisodiy hayot, mahalliy xalqlar haqida deyarli ma'lumotlar uchramaydi.

Eftaliylar davri haqidagi ma'lumotlar joy olgan yana bir yirik asar Rene Grussening "Empire des steppes" kitobi. Kitob Yevroosiyo mintaqasida hukm surgan barcha yirik imperiyalar taqdiriga bag'ishlangan. Asosan, Attila, Chingizxon va Amir Temur faoliyati haqidagi batafsil

i VOLUME 2 I ISSUE 9 I 202Э ResearchBip (7.S) | Google Scholar | SJIF (5.7GS) | UIF (S3)

ma'lumotlardan tashqari ulardan oldin hukmronlik qilgan sulolalar haqida ham to'xtalib o'tgan muallif. Jumladan, Oq hunlar yoki eftaliylar haqida ham ushbu kitobdan qimmatli ma'lumotlarni olishimiz mumkin. De Gindan farqli Grusse sulola haqida ancha kengroq ma'lumotlar bergan bo'lsa-da, u ham asosan siyosiy tarix bilan cheklangan. De Gindan farq qiladigan yana bir muhim jihat shuki, u Eftaliylarning Sosoniylardan tashqari Hindiston bilan ham munosabatlari haqida juda nodir ma'lumotlarni keltirgan. U ishlatgan manbalar ham bir muncha ko'proq. Tabariy, Xitoy solnomachilari, ziyoratchilari ma'lumotlaridan kerakli o'rinlarda foydalana olgan, Edvard Shavan, Markart ishlaridan ham unumli foydalangan. Shuningdek, Hindiston manbalaridan ham foydalanib, Eftaliylar haqida boyroq ma'lumotlarni yozib qoldirgan.

Grusse eron manbalariga tayanib, Baqtradagi Kidariylarni sosoniylar u yerdan quvib chiqarganini yozar ekan, xitoy manbalaridan foydalanib ularni eftaliylar quvib chiqargani haqidagi xulosaga keladi. Xitoy manbalarida yozilishicha, 436-451-yillarda Balxdagi yuechjilar eftaliylar bosimi ostida Gandharaga chekinishga majbur bo'ldi va Peshovarda joylashdi. U yerda ular Kobuldagi yuechjilarni o'ziga qaram qildi. Bu ishni qilgan qirol esa xitoy manbalarida Ki-to-lo deyilgan. Bu Kidariylarning mashhur hukmdori Kidaradir, deydi Grusse. Demak, aynan Eftaliylar Kidariylarni Baqtriyadan siqib chiqargan. Ular dastlab Kobulga chekingan bo'lsa, keyinchalik eftaliylarning yurishi natijasida Hindikushni ham oshib o'tadi. Eftaliylar esa ularni taqib qilib boraverdi. Yuechjilarning yirik markazlari Kobul, Qandahor va Baqtra (Balx) eftaliylar qo'liga o'tdi [11:113].

MUHOKAMA

Shundan keyin Grusse Eftaliylarning Hindiston sari yurishlariga o'tadi[11:113]. Eftaliylarning Hindistondagi Gupta davlatiga yurishlariga Kobulda hukmronlik qiladigan tegin boshchilik qilgan. Kobul vodiysi eftaliylarning hind yurishlariga asosiy ba'za bo'lib xizmat qilgan. Grussening De Gindan yana bir farqi (aslida ikkisi ham farqli ma'lumotlar bergan) shuki, u eftaliy hukmdorlarining hind vodiysidagi salbiy ishlarini ham keltirgan. Grusse eftaliylarni boy madaniy markaz Gandharada varvarlik namoyish etgani, mahalliy xalqni qatliom qilgani, buddaviy jamoalarni yo'q qilgani, ibodatxonalarni buzganini, san'at asarlarini vayron etgani va besh asrlik yunon-buddaviy madaniyatini xonavayron qilgan deb ta'riflaydi[11:113]. Xitoylik buddaviy rohib 520-yilda Eftaliylar yurtiga safari xotiralarida eftaliylarni sof ko'chmanchilar deb ta'riflaydi. Baqtriya hukmdorlarning qishgi qarorgohi bo'lsa, Badaxshon yozda o'tiradigan shahar hisoblangan. Umuman olganda, Grusse Hindistondagi eftaliylarni VII asrning ikkinchi yarmida tarix sahnasidan ketganini aytarkan, ularning ayrim guruhlari hindu aristokratiyasiga qo'shilib ketganini qo'shimcha qiladi. Gujarat rajputlarining kelib chiqishi, eftaliylardan bo'lishi mumkin deya xulosa qiladi Grusse[11:116].

Eftaliylar haqidagi zamonaviy tadqiqotlar ancha fundamental xarakterga ega. Bu borada Etien Delavesyerning maqolalarini alohida ta'kidlash lozim. Uning maqolalari, asosan, eftaliylarning kimligi va kelib chiqishiga bag'ishlangan. "Huns et Xiongnu" maqolasida hunlar va xiongnu qabilasining o'zaro aloqalarini tahlil qilar ekan, Delavesyer Eftaliylarni hunlardan ekanini va ular Markaziy Osiyoga IV asrning 60-yillaridan keyin ko'chib kelganini ta'kidlaydi[5:3-25119,132]. Ularning kelib o'rnashgan hududlarini esa Markaziy Osiyoning janubi deb ko'rsatadi. Bu esa Grussening yozganlariga to'liq mos tushadi. Ya'ni Grusseda eftaliylar hukmdorining qarorgohlari Balx va Badaxshon deb ko'rsatiladi. Delavesyerning "Is There a "Nationality of the Hephtalites"? (Eftaliylarning millati bormi?) maqolasida esa bundanda qiziq faktlarga va xulosalarga duch kelish mumkin. Ushbu maqolada Delavesyer yaponiyalik tarixchi, Tokio universiteti professori Kazuo Enokining eftaliylarning kelib chiqishiga oid fikrlariga va

| VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2023 ResearchBip (7.8) | Google Scholar | SJIF (5.708) | UIF (8.3)

xulosalariga kuchli va asosli raddiyalar beradi. Enoki o'zining 1959-yilda e'lon qilgan "On the Nationality of the Ephtalites" nomli maqolasida eftaliylarni mahalliy kelib chiqishga ega ekanligini yozgan. Garchand, bu maqola eftaliylar kelib chiqishi haqidagi bazaviy ish bo'lsada, u asosan geografiya va ba'zi eroni nomlar mavjudligiga asoslangan. Shuningdek, Xitoy manbalarida poliandriyaning eftaliylar udumi ekanligiga ham asoslangan[6:119-132].

Delavesyer esa olimning bu qarashlariga qo'shilmaydi va maqolada Xitoy va Vizantiya manbalaridan foydalanib eftaliylar kelib chiqishiga oid o'z xulosalarini beradi. Xitoy manbalariga asoslanib turib, u eftaliylarning asl vatanlarini Oltoy tog'lari hududlari deydi. Ularning Markaziy Osiyoga ko'chishini ham 360-370-yillar orasida deb xulosa beradi[6:119-132]. Bunda yana bir nuqtaga e'tibor qaratgan Delavesyer migratsiya jarayoni faqat shu davrda ommaviy tarzda sodir bo'lganini va bu tadrijiy davom etmaganini keltiradi. Ya'ni Markaziy Osiyoga kelgan ko'chmanchi qabilalar bir paytda kelgan va birin-ketin o'rin almashib hukmronlik qilgan. Eftaliylar IV asrning ikkinchi yarmida Markaziy Osiyoga ko'chib kelgan bo'lsada, hokimiyatga V asrda ega bo'lgan, ungacha Kidariylar hukmronligi ostida yashagan.

Eftaliylar siyosiy hayoti va yashash tarzi bilan bog'liq ma'lumotlar ham diqqatga sazovor. Bu haqdagi ma'lumotlarni Delavesyer Vizantiya manbalaridan olgan. Prokopiy keltirgan 530 yoki 540-yilgi ma'lumotda Eftaliylar poytaxti sifatida Gorgo (inglizcha matnda shunday kelgan, ta'riflarga ko'ra bu shaharni Jurjon shahri deb o'yladik) shahri keltiriladi[6:119-132]. Bu ma'lumotlar Xitoy sayyohlari keltirgan ma'lumotlardan farq qiladi. Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, Eftaliylarda poytaxtlar bir nechta bo'lgan va vaziyat hamda iqlimga qarab o'zgarib turgan.

Yana bir muhim jihat ularning hayot tarziga ham tegishli. Delavesyer Eftaliylarning o'troq aholi bilan aralashuvini eng yirik muammolardan biri sifatida ko'radi. Menanderdan keltirilgan So'g'd elchisining Vizantiya imperatoriga bergan ma'lumotlariga asoslangan Delavesyer Eftaliylar hukmronligining so'ngiga borib urbanizatsiyalashganligini qayd etadi. Delavesyer xulosasidagi muhim nuqta shuki, u Enoki ta'kidlaganidek, Eftaliylarni mahalliy emas, balki ko'chib kelgan subyekt sifatida ko'radi va ular tarixini va ular haqidagi manbalarni tushunishda etnik jihat yordam bermasligini ta'kidlaydi. Shuningdek, Eftaliylar, Kidariylar va Xioniylarni farqlashda til yoki etnik jihatga emas, siyosiy jihatga e'tibor berish kerak, deb hisoblaydi[6:119-132].

XULOSA

Eftaliylar davri bo'yicha fransuz tarixshunosligida amalga oshirilgan tadqiqotlar xususida xulosa qiladigan bo'lsak, yuqorida ko'rganimizdek bunday tadqiqotlarni ko'p deb bo'lmaydi. Ammo borlarini tahlil qilish jarayonida bir qancha xulosalar oldik.

Birinchidan, ilk tadqiqotlar klassik tarixchilik shaklida yozilgan bo'lib, ular asosan umumiy tarix shaklidagi tadqiqotlardan o'rin olgan. Ma'lumotlar ham asosan siyosiy tarixga bag'ishlangan. Davlat hukmdorlari, ularning yillari va janglar asosiy o'ringa qo'yilgan. Shuningdek, tashqi aloqalar, savdo borasida ham ayrim ma'lumotlarni ko'rish mumkin. Zamonaviy tadqiqotlarda esa ko'proq ularning etnik masalasi, tili, kelib chiqishi bilan bog'liq, ijtimoiy hayot, yashash tarziga doir ma'lumotlar asosiy o'rin egallaydi.

Ikkinchidan, manbalardan foydalanishda ham ikki davr tadqiqotlarida farqlar borligni ko'rishimiz mumkin. De Gin ham, Grusse ham, asosan, tarjima manbalardan foydalangan bo'lsa, Delavesyerning tadqiqotlarida asl manbalardan foydalanish ustunlik qiladi. Degin qirollik kutubxonasidagi tarjima manbalardan foydalangan, Grusseda esa Pol Peliot hamda Edvard Shavanlar asosiy manba sifatida keltiriladi.

| VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2023 ResearchBip (7.8) | Google Scholar | SJIF (5.708) | UIF (8.3)

Uchinchidan, Eftaliylarning etnik kelib chiqishini, Enoki yoki boshqa sovet davridagi olimlar kabi mahalliy eroniy xalqlardan emas, balki Oltoydan ko'chib kelgan ko'chmanchi qabilalardan ekaniga ham guvoh bo'ldik. Buni Delavesyer bir qator Xitoy manbalaridan foydalanib tasdiqlagan.

Eftaliylar davri bilan bog'liq tadqiqotlar hali juda kam, lekin shunga qaramay, fransiyalik olimlarning tadqiqotlari Eftaliylar haqidagi yangi qarashlarni ilgari surgan tadqiqotlar sifatida qimmatlidir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Cahun, Léon. Auteur du texte. Introduction à l'histoire de l'Asie : Turcs et Mongols, des origines à 1405, Paris, Armand Colin et C. 1896

2. Chavannes, Edouard. Documents sur les Tou-kiue (Turcs) occidentaux, St Pétersbourg, Edition de l'Académie des sciences impériale, 1903

3. Chochoy, Matthieu. Joseph de Guignes et l'Histoire générale des Huns, des Turcs, des Mogols et des autres Tartares occidentaux (1756-1758) ou comment écrire une histoire universelle des Tartares au XVIIIe siècle, Études mongoles et sibériennes, centrasiatiques et tibétaines [En ligne], 51 | 2020, mis en ligne le 09 décembre 2020, consulté le 13 juillet 2021. URL : http://journals.openedition.org/emscat/4507 ; DOI : https://doi.org/10.4000/emscat.4507

4. De Guignes Joseph. L'Histoire des Huns, des Turcs, des Mogols et autres Tartares, Paris , Desaint et Saillant, 1756-1758, 4 t. en 5 vol.

5. De la Vaissière, Etienne. Huns et Xiongnu, Central Asiatic Journal, International periodical for the Languages, Literature, History and Archeolgy of Central Asia, 49/1, 2005

6. De la Vaissière, Etienne. Is there any 'Nationality of the Ephtalites'?, in M. Ghose, Hephtalites, Bulletin of the Asia institute, 17, 2007, p. 119-137.

7. Enoki, Kazuo. (1959). "On the Nationality of Ephthalites". Memoirs of the Research Department of the Toyo Bunko. Vol. 18. Tokyo. pp. 1-58. Retrieved 1 April 2017.

8. Ghirshman, Roman. Les Chionites-Hephtalites, Le Caire, 1948 (Mémoires de la Délégation archéologique française en Afghanistan, vol. XIII)

9. Grenet, Frantz; Riboud, Pénélope. "A Reflection of the Hephthalite Empire: The Biographical Narra- tive in the Reliefs of the Tomb of the Sabao Wirkak (494579)" . Bulletin of the Asia Institute. 2003, 17: 141-142.

10. Grenet, Frantz. "Regional interaction in Central Asia and Northwest India in the Kidarite and Hephtalite periods", dans Indo-Iranian languages and peoples, ed. N. Sims-Williams (Proceedings of the British Academy, 116), Oxford, 2002, pp. 203-224.

11. Grousset, René. Empires des steppes. Attila, Gengis-Khan, Tamerlan, Paris, Payot 1965, 4ème édition.

12. Тер-Мкртичян Л. Х.. Армянские источники о Средней Азии. V—VII вв. Наука, 1979.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.