Научная статья на тему 'DRIJORLIK SAN’ATIDA QO‘LLAR TEXNIKASI'

DRIJORLIK SAN’ATIDA QO‘LLAR TEXNIKASI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
57
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
manual texnika / dirijyorlik texnologiyalari / repetitsiya / sinxron takt berish / kuy / ritm / janr / avj / applikatura

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — S.Madaminov

Mazkur maqolada drijorlik san’atining o’ziga hos jihatlari, hamda drijirlik san’atida qo’llar texnikasining o’rni haqida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «DRIJORLIK SAN’ATIDA QO‘LLAR TEXNIKASI»

DRIJORLIK SAN'ATIDA QO'LLAR TEXNIKASI

S.Madaminov

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Mazkur maqolada drijorlik san'atining o'ziga hos jihatlari, hamda drijirlik san'atida qo'llar texnikasining o'rni haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: manual texnika, dirijyorlik texnologiyalari, repetitsiya, sinxron takt berish, kuy, ritm, janr, avj, applikatura

HAND TECHNIQUES IN THE ART OF CONDUCTING

S.Madaminov

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: This article talks about the unique aspects of the art of drijoring, as well as the role of manual techniques in the art of drijoring.

Keywords: manual technique, conducting technologies, rehearsal, synchronizing beat, melody, rhythm, genre, climax, application

Musiqa san'atida dirijyor keng ko'lamli va murakkab sifatlarni o'zida jam etgani holda iste'dodli, kuchli irodali, benazir musiqiy eshitish qobiliyatiga ega va tajribali bo'lmog'i zarur. Agar uning tashqi qiyofasi, orkestrni boshqara olish qobiliyati munosib darajada bo'lmasa, u asarni tinglovchiga to'liq yetkazib bera olmaydi. Bugungi kunda zamonaviy musiqa namunalari o'zgarishlarga uchrab, dirijyordan ularni talqin etish uchun yuksak mahorat va tajribani talab etmoqda. Xo'sh, dirijyorlik texnikasining o'zi nima? Dirijyorlikka maxsus o'rganish shart emas, dirijyor bo'lib tug'ilish kerak degan mulohazalar bugungi kunda o'z mohiyatini yo'qotib bormoqda. Dirijyorlik texnikasi deganda ko'pchilik bilim va ko'nikmalar majmuasini, partiturani o'qiy olish, orkestr bilan repetitsiya qilish va bevosita dirijyorlik harakatlarini tushunadi. Aslida esa, dirijyorlik texnikasi bu - dirijyorning qo'l harakatlari yordamida musiqani ijro etishidir.

Manual texnika atamasi lotincha manos - «qo'l» so'zidan olingan bo'lib, dirijyorning barcha maqsadlarini amalga oshirishga yo'naltirilgan usullar yig'indisidir. Manual texnika vositasida dirijyor asarning sur'ati, ritmi, metri, xarakteri, dinamikasi, cholg'u yoki cholg'u guruhlarining ijro etishga tushish vaqti, asarning talqinini ijrochiga ko'rsatib beradi. Manual texnikaning asosini musiqaning metrini ritm kesimida shakllantirish tashkil etadi. Texnika dirijyorning har bir harakatani shakllantirishga xizmat qilishi maqsadga muvofiq. Dirijyorlik texnikasi allaqachon

shakllanib ulgurgan ko'plab tartib va qoidalardan iborat. Ular tizimlashtirilishi va umumlashtirilishi mumkin. Har bir musiqachini aniq Dirijyorlik qilishga to'g'ri o'rgatish, dirijyorlik qobiliyatini namoyon etishga yo'naltirish mumkin. Shunda u musiqani qo'llari vositasida "ko'rsatib" bera oladi. Qo'l texnikasini mukammallashtirish va rivojlantirishning yo'llari cheksiz bo'lib, uni orkestr qarshisida turishdan ancha avval boshlash zarur. Dirijyor partiturani sinchiklab o'zlashtirishi, keng tafakkurli bo'lishi, har bir musiqachini va orkestrni nazorat qilib borishi, ijrochilarga hurmat bilan qarashi zarurdir. Dirijyorlik g'oyasini musiqachilarga yetkazib berish jarayonida, dirijyor qo'llari ishonarli va samarali harakat qilishi uchun ular mustaqil va erkin bo'lishi zarur. Har bir qo'l o'z funksional vazifasini aniq va savodli bajarishi yaxshi natijaga zamin yaratadi. Ikkala qo'lning sinxron (parallel) takt berishi maqsadga muvofiq bo'lmay, musiqachilarga halaqit beradi hamda dirijyorlik texnikasining chegaralanganligidan dalolat beradi. Ikkala qo'lning sinxron harakati odatda, butun orkestrning baralla jarang topgan (tutti)sida va musiqiy asarning kulminatsion avj pallalarida qo'llaniladi. Qo'llarning vazifalari funksional jihatdan to'g'ri va professional darajada taqsimlanishi eng avvalo, har bir dirijyorning individual qobiliyatlariga, musiqaning harakteri va muayyan vaziyatga bog'liqdir.

Musiqaning bayonidan kelib chiqib, muayyan vaziyatlarda o'ng va chap qo'l funksiyalari o'zaro almashishi ham mumkin. Chap qo'lida dirijyor ijroni tashkil etuvchi harakatlar bilan taktlarni ifoda etishi, o'ng qo'lida esa, obrazli ifoda vositalarini ko'rsatishi mumkin. Bu usul ko'pincha temp-ritm murakkabliklari mavjud bo'lganida, yoki dirijyorning chap tarafida joylashgan alohida orkestr guruhlari yoxud ovozlari tushganida qo'llaniladi. Bu holda, chap qo'l vaqtincha o'ng qo'l vazifasini bajaradi. O'ng qo'l esa, harakatlarini o'zgartirmay, mustaqil harakat qilsada, chap qo'lga yordam beradi. Dirijyor mazkur vaziyatda tanasini chap tomonga qaratishi va musiqachilarga ishonarli harakatlari bilan murojaat etishi darkor. Dirijyorlikda qo'llarning o'zaro munosabatlari ayniqsa polifonik musiqa asarlariga dirijyorlik qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bosh mavzuni aniqlash, uning harakatini anglash, boshqa ovozlar bilan munosabatlarini oydinlashtirish, polifonik matoni o'zlashtirish, dirijyor tomonidan katta jiddiy analitik ish olib borilishini talab etadi. Dirijyor texnik vositalar va texnogolik usullarni samarali qo'llash borasida izlanishi, polifonik asarni to'g'ri talqin etilishiga sabab bo'ladi. Musiqiy mato keng ko'lamli va rang-barang bo'lib, nihoyatda ko'p unsurlardan tashkil topishi mumkin. Bu holda, dirijyorning har bir unsurga alohida to'xtalishga jismonan imkoniyati mavjud emas. Qolaversa, har bir unsurni alohida ajratib ko'rsatish shart ham emas. Har bir mayda unsurga ishora qilish, musiqaning yaxlit rivojini aks ettirishga halaqit berib, shakl yaxlitligining parchalanishiga olib keladi. Alohida unsurlar odatda, repetitsiyalar jarayonida ishlanib, konsert ijrosida dirijyor ijrochilik jarayonining barcha qirralarini ochib berishga intilishi kerak. Konsertda ijro vaqtida muallifning g'oyasini to'liq aks ettirish, asarning

yaxlit shaklini ifodalash, musiqaning mazmuniy tomonini tinglovchilarga etkazib berish maqsad qilinadi.

Dirijyorlikning ilk unsurlari o'zlashtirilgach, qo'llar harakatidagi badiiylikka e'tibor qaratilishi zarur. Asta-sekin murakkab ko'rinishdagi dirijyorlik chizmalari o'rganiladi. Asardagi orkestr tarkibi, transport qiluvchi cholg'ular batafsil tahlil qilinadi. Musiqiy ifoda vositalari - kuy, ritm, metr, garmoniya va tembr o'rganilib, qo'l harakatlari yordamida ularni aks ettirish ustida izlanishlar olib boriladi. Dinamik belgilarni musiqachilarga ko'rsatish uchun maxsus harakatlar amalga oshiriladi. Ijodiy jamoa rahbari sifatida dirijyor musiqiy asar ustida ishlash va ayniqsa konsert ijrosi chog'ida kompozitor va orkestr, kompozitor va tinglovchi o'rtasida bog'lovchi vazifani bajaradi. Repetitsiya jarayonini boshlashdan avval Dirijyor partitura bilan tanishadi. Nota matnini o'rganar ekan, kompozitorning g'oyasini anglashga, asarning uslubiy va janr xususiyatlariga e'tibor qaratadi. Bular asnosida mazkur asar yuzasidan o'z tassavvurlarini hosil qiladi. Dirijyor asarning mazmuniy tomonini yoritib berish maqsadida ijroni tashkil etish yuzasidan texnologiyani ishlab chiqishi maqsadga muvofiq. Ijrochilikni tashkil etish jarayoniga qaratilgan texnologiyalarga quyidagilar kiradi: Musiqiy asarning aniq sur'atini belgilash. Partitura bilan dastlabki ishlash jarayonida dirijyor sur'atni aniq ko'rsata olishi kerak. Avj (kulminatsion) nuqtalarni aniqlash. Musiqaning agogika va dinamikasi, shuningdek, dramaturgiyadan kelib chiqib frazirovkani aniqlashtirish zarur. Shakl hosil qiluvchi unsurlarni muvozanatini saqlash va ularni butun bir yaxlitlikka birlashtirish, ichki eshitish qobiliyati bilan musiqani tasavvur eta olish va asarning janr, uslub xususiyatlarini namoyon eta olishi, ma'lum texnik murakkabliklarni, badiiy muammolarni aniqlash, orkestr ijrochilari bilan ularning echimini topishga harakat qilishdan iborat.

Dirijyorlik applikaturasi deb - dirijyorlik rejasini tuzish, musiqiy asarni ijro etish yuzasidan ishlash texnologiyalarini anglash, kompozitor g'oyasini tushunib etishga aytiladi. Dirijyorning asosiy "cholg'usi" - uning qo'llari sanaladi. Qo'l harakatlari bir tomondan mustaqil, boshqa tomondan esa, birbiriga bog'liq bo'ladi. Dirijyor kasbiy faoliyatining o'ziga xosligidan kelib chiqib, bir vaqtning o'zida texnik va badiiy ijodiy masalalarni hal etishiga to'g'ri keladi. Qo'llarning aniq, relefli harakatlari estetik ko'rinishga ega bo'lishi va ijrochilik jarayonini samarali yo'lga qo'yishga xizmat qilishi darkor. Dirijyorning ikkala qo'lini savodli harakatlantirishi, ularning ma'noli va ifodali ekani - dirijyorlik texnikasini o'zlashtirganidan darak beradi. Harakatlarning muvofiqlashtirilganligi musiqachilar tomonidan ijro jarayonida texnologik va badiiy masalalarni to'g'ri tushunilishiga olib keladi va dirijyor orkestr jamoasini u yoki bu ijodiy jarayonlarni amalga oshirishga yo'naltiradi. Qo'l harakatlarini muvofiqlashtirish ko'nikmalari dirijyorlik san'atini o'zlashtirish jarayonida hosil qilinadi. Ular butun dirijyorlik faoliyati davomida sayqallanadi va mukammallashadi. Mazkur ko'nikmalar uzoq mashqlar natijasida hosil bo'lib, dab durustdan o'zicha paydo bo'lib qolmaydi.

Ustoz va shogirdning jiddiy, tizimli, maqsadga yo'naltirilgan mehnati evaziga shakllanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Abduraximova F. U.Yunusov. Orkestr sinfi. O'quv-qo'llanma. T., 2016.

2. Umarov Sh. Dirijyorlik. O'quv-qo'llanma. T., 2016.

3. Xaqnazarov Z. Dirijyorlik haqida. O'quv-qo'llanma. T., 2012.

4. Неймер В. Психология дирижирования. Учебное пособие. Т., 2010.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.