Научная статья на тему 'DIRIJYORLIK SАN’АTI'

DIRIJYORLIK SАN’АTI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
27
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
dirijyor / orkestr / sаn’аt / qo‘l hаrаkаti / diqqаt / аuftаkt / imo-ishorа

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — M M. Qurbonovа, Nozimаxon Аhmedovа

Maqolada dirijorlik san’ati kelib chiqish tarixiga oid ma’lumotlar, O‘zbekistonga dirijorlik san’ati kirib kelishi, dirijorlikning umumiy qoidalari haqida so‘z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «DIRIJYORLIK SАN’АTI»

DIRIJYORLIK SАN'АTI

M.M.Qurbonova Nozimaxon Ahmedova

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Maqolada dirijorlik san'ati kelib chiqish tarixiga oid ma'lumotlar, O'zbekistonga dirijorlik san'ati kirib kelishi, dirijorlikning umumiy qoidalari haqida so'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: dirijyor, orkestr, san'at, qo'l harakati, diqqat, auftakt, imo-ishora

THE ART OF CONDUCTING

M.M. Kurbanova Nozimakhon Akhmedova Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: The article contains information about the history of the origin of the art of conducting, the introduction of the art of conducting to Uzbekistan, and the general rules of conducting.

Keywords: conductor, orchestra, art, hand movement, attention, auftakt, gesture

"Dirijyor - orkestr va xor jamoasi rahbari. U yuzdan ortiq musiqachilar faoliyatini asosiy muvofiqlashtiruvchisidir. Musiqiy asarning mazmunini, muallif g'oyasini, noyob tomonlarini ochib berish yoki buzib ko'rsatish dirijorga bog'liq. Orkestr yoki xor jamoasi oldiga chiqqan dirijor, avvalo, o'zi musiqiy asarning g'oyasini, mohiyatini chuqur anglashi va uni orkestr jamoasiga yetkazib bera olish qobiliyatiga ega bo'lishi kerak. Dirijor asar partiturasidagi notalarni musiqachilar ijrosiga ko'chirib, unsiz nota yozuviga hayot baxsh etadi. Asarni orkestr jamoasi bilan ishlashni boshlashidan avval asar bilan tanishib, yaratilish tarixi, maqsadi, nazariy tahlilini o'rganib, partituradagi cholg'ular tarkibi ijro imkoniyatlarini bilishi zarur. Demak, dirijor musiqaning elementar nazariyasi, musiqiy asarlar tahlili, garmoniya, solfedjio, polifoniya, musiqa tarixi fanlarini chuqur o'zlashtirgan, bundan tashqari dirijor albatta biror-bir cholg'uni mukammal ijrochisi bo'lishi kerak". [1]

Ushbu san'at yo'nalishi musiqiy ijrochilik yo'nalishlari orasida eng yoshi desak ham xato bo'lmaydi. Dirijyorlik XIX asrning ikkinchi yarmida musiqiy orkesr jamoasini boshqarish san'ati darajasiga asta sekin ko'tarila boshladi. Dirijyorlikning yaratilganiligini o'tmishiga nazar tashlasak, uning tarixi Qadimgi Misr davridagi yoki Qadimgi Gretsiyadagi ilk musiqa boshqaruvchilari bo'lganligini bizgacha yetib kelgan

ayrim qadimgi tasvirlarda o'z aksini topgan. Demak, o'sha davrlarda ham musiqa san'atiga e'tibor yetarlicha qaratilgan.

XVI asrda dirijyor battut (tayoq) yordamida pultga urib, musiqiy o'ichov xissalarini ko'rsatilish usulidan foydalangan. [2.5]

Notalar hamda nota yozuvlari yaratilishi, opera paydo bo'lishi dirijyorlikda muhim rol o'ynaygan. Qadimda dastavval jamoani boshqarish va rahbarlik qilish klavisenchiga topshirilgan va oradan vaqt o'tib bu vazifa organchiga topshirilgan. Bunday ijrochilar haqida aytilganda I. S. Bax, G. F. Gendel va yana boshqa ko'plab buyuk kompozitorlarni ta'kidlab o'tish joiz.

Tahminan 30-40-yillarga kelib musiqada juda katta rivojlanishlar yuz berdi. Ajoyib san'atkorlar, direjyorlar, mohirona musiqachilar o'zlarini namoyon eta boshlashdi. Bundan tashqari simfonik orkestrlar, xor jamoalari va boshqalar ham tashkil etildi. Xor jamoalari haqida so'z borar ekan, o'zbek xor san'atiga rus kompazitorlari va rus dirijyorlik san'ati salmoqli ta'sir ko'satdi. Mashhur kompozitorlar V.Uspenskiy, S.Vasilenko va shu kabi maholartli kompozitorlarning ijodi gullab-yashnagan davrlari aynan XX asrning 30-40-yillariga to'g'ri keladi.

XX asrning 2-yarmida, O'zbekistonda ashula va raqs ansambllarida chang yetakchilik vazifasini bajargan. Huddi shunday, dirijyorning cholg'usi-butun bir jamoadir. Ijroning betakror va mukammal bo'lishi chambarchas dirijyorga bog'liqdir. Bunda dirijyor ishoralar qilganda diqqatli va e'tiborli bo'lishi kerak. Dirijyorlik pultiga chiqqan har qanday dirijyor o'zining tashqi ko'rinishi, o'zini tutishi bilan jamoadagi barcha cholg'ulchilarni o'ziga jalb qila olishi va o'ziga bo'ysundira olishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Har qanday sohada ham o'zining tashqi va ichki qonun-qoidasi bo'lgani kabi, dirijyorning ham o'ziga yarasha qoidalari mavjuddir. Masalan, ashulachining turish holati qanchalik ahamiyatli bo'lsa, dirijyorda turish holati nisbatan erkinroqdir. Asosiysi dirijyorning harakatlari aniq, erkin va faoll bo'lishi kerak. Yana tayoqcha bilan ham alohida shug'ullanishi muhimdir. Zero dirijyor juda ham nozik eshitish qobiliyati, nuqsonsiz ritm, kuchli musiqiy xotira va didga ega bo'lgan talqinchi-musiqachidir.

Dirijyorning boshlang'ich harakatlari quidagilardan iborat:

1. Diqqat; 3. Ijroni boshlanish nuqtasi;

2. Auftakt; 4. Ijroni uzish nuqtasi.

Dirijyor tajribasida diqqat nuqtasi pozitsiyaning uch turi mavjud::

1. Bel barobar;

2. Yelka barobar;

3. Ko'krak qafasining o'rtasi barobar.

Tanlangan nuqta atrofida qo'lning harakat qilishi nazarda tutilar ekan, bu nuqta harakatlar uchun har tomonlama imkoniyatli keng va qulay bo'lishi shart. [2.15] Dirijyorlikda yana boshning holati, mimika qo'llarning qo'yilishi ham muhim

ahamiyat kasb etadi. Boshning holati avvalo erkin, qolaversa, mashg'ulot davomida barcha ijrochilarni birdek kuzata olishi, eshita olishi va ularni nazorat qila olishi zarur. Dirijyorning mimikasi, ya'ni yuz tuzilishida ijro etilayotgan asarning xarakterini aniq bilib olish mumkin, agar dirijyor buni ifodalay olsagina. Bu ham ushbu san'atning asosiy bir qoidasi sifatida farqlanadi.

Dirijyorlikda yetakchi qism-qo'llardir. Chunki dirijyor ijrochilarga ijro etilayotgan asarning tempini, xarakterini qo'llar harakati orqali ko'rsatib beradi. Qo'llarga qo'yiladigan muhim talab-ularning erkin harakati, mushaklarning bo'sh qo'yilishidir. Qo'llarni qattiq harakat qilishi ijrochiga tushinish borasida qiyinchiliklar yuzaga keltiradi. Musiqada berilgan qandaydir holarlarda qo'llar o'z vazifasini alishtirishlari ham mumkin. Agar dirijyor chapaqay bo'lsa, unda chap qo'l va o'ng qo'l vazifalarini almashtirish mumkin. Chunki bunday dirijyor asosiy ritmni chap qo'l bilan olib borishi, dinamika va qolgan xusuiyatlarni esa o'ng qo'li bilan bemalol ko'rsatishi mumkin. Orkestr va musiqa uchun buning ahamiyati yo'q. [3.87-88]

Dirijyorlik qilinayotgan paytda kaftning pastga qaragan holda turishi va oldinga yo'naltirgan holatda bo'lishi eng qulay va to'g'ri holatdir.

Barchamizga ma'lum bo'lgan mashhur bir ingliz maqoli bor: "Dirijyorning o'ng qo'li hunarmand (mehnatkash ma'nosida), chap qo'li san'atkor". Ushbu maqolda har ikkala qo'lning vazifalarini haqida umumiy bir tushuncha berib o'tilgan. Ya'ni, o'ng qo'l doimiy harakatda bo'lib, u ritmni, tempni(musiqa tezligini) ko'rsatish bilan bir qatorda, asarni boshlash va tugatishni ham ifodalab beradi. Chap qo'l esa, asosan, o'ng qo'l yordami bilan dinamik tuslarni aniqlashtiradi hamda tegishli jarayonga ijrochilarning tayyor bo'lishini aniqroq va bo'rttiribroq ko'rsatish uchun xizmat qiladi. Yana partiturani ham varoqlaydi.

Ikkala qo'llarning bir-birdan farqli jihati shundaki, o'ng qo'l taktni belgilashni, chap qo'l esa qolgan vazifalarni o'ng qo'l bilan birgalikda bajaradi. Har ikkala qo'lning vazifalarini dirijyor teng va to'g'ri taqsimlasagina, asar mukammal, to'liq va ko'ngildagidek ijro etiladi.

Dirijyorlikning yana bir muhim qismi bu-auftaktdir. Auftakt o'zi diqqat nuqtasidan keyingi takt oldi harakatdir. U asarning tezligi qandayligini belgilab beradi. Shuning uchun u to'g'ri va aniq bo'lishni talab etadi. O'z o'rnida diqqat nuqtasining ham o'ziga yarasha vazifasi mavjud bo'lib, u ijrochining e'tiborini qaratish, uni ijro uchun har tomonlama tayyorlash, butun fikrlarini diqqat markaziga to'plash vazifasini bajaradi. Bularsiz asarni tasavvur qilib bo'lmaydi. Diqqat nuqtasidan keyingi auftakt ijrochilarni ijro etilayotgan asarning sur'ati tezligiga mos nafas olishi uchun xizmat qiladi.

Sur'at-dirijyorning birinchi hissadagi qo'l harakati, ya'ni usul boshlanishida muhim rol o'ynaydi. Aynan su'rat, quvvat, egiluvchanlik va boshqa shu kabi xususiyatlar dirijyor ishoralarini tashkil etadi va bular asar davomida eng muhim

omillardan sanaladi. Sur'atni bir xil tezlikda olib borilishi muhimdir. Asarning mazmuniga, sur'atiga qarab dirijyorlik qilinganda eng murakkab jarayon juda o'g'ir yoki juda tez tempdagi asarga dirijyorlik qilish hisoblanadi. Negaki, juda og'ir tempda ijro etilishi kerak bo'lgan asarda bir xil harakatda tempni ushlash lozim bo'ladi, butun asar davomida sekin va doimiy harakat natijasida qo'llar toliqishi, mushaklarda esa og'riqlar kuzatiladi va natijada qo'llar harakati beixtiyor tezlashadi va o'z-o'zidan asarga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Juda tez sur'atda ijro etilishi kerak bo'lgan asarlarda esa, aksincha doimiy tez harakat natijasida mushaklar qotadi va qo'llar bunda ham toliqishni boshlaydi. Buning natijasida asar tezligi pasayib borishi mumkin va bu holat ham salbiy holat hisoblanadi. Ayniqsa, ushbu holatlar dirijyorlikka endigina qadam qo'ygan talabalarda kuzatiladi. Bunday holatlardan yiroq bo'lish uchun, eng avval, kuchli va kuchsiz xissalarni ko'rsatishda qo'llarda aniqlik va ravonlik bo'lishi, qolaversa, mustahkam bilimga ham ega bo'lish talab qilinadi.

Har qaysi tilda ham bu so'z direktor, rahbar, boshliq, ma'nosini anglatadi. Shunday qilib, Dirijyor bu - orkestr jamoasining rahbaridir. Dirijyor sozandalar musiqiy asarni birga boshlab, birga tugatishlari, uyg'unlikda ijro etishlari, pauzalarni vaqtida ushlab, bir maromda boshlashlarini ta'minlaydi. Dirijyor sozandalar ijrosini yagona ritm va tempga moslashtirishni, ularni ijroga yo'naltirish uchun belgi berishi lozim. Darvoqe, uzoq vaqt davomida ko'pchilik, Dirijyor vazifasi faqat orkestrning yagona ritmdagi ijrosini ta'minlashdan iborat, deb tushunar edi. Aslida esa Dirijyorlik kasbi juda murakkab va qiyindir. U juda katta aqliy va asabiy mehnat, doimiy jismoniy quvvat talab qiladi. Uning uchun zarur bo'lgan o'zini qo'lga ola bilish xususiyati ham salomatlik va asab tizimining ahvoliga bog'liq.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. M.Qurbonova, Dirijorlik asoslari,dirijorlik, Qo'qon, 2022.

2. S. Malikova, O. Vasilchenko, F. Bagerova. "Dirijyorlik" Toshkent, 2018;

3. Методические музыкaльной школы ип. В. Успенского, Вып.-5 Toshkent,1996.

4. G'Ayrat Nematjon, O. G. L. (2022). O'RTA OSIYO ALLOMALARINING MUSIQIY CHOLG'U SOZLARI HAQIDA ILMIY VA DUNYOVIY QARASHLARI. Oriental Art and Culture, 3(4), 434-436.

5. Yuldashev, G., & Maxanov, S. (2023). Conductor's Work on a Musical Piece. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 2(5), 127-131.

6. Xalilov, T. (2022). MILLIY MUSIQIY CHOLG 'ULAR VA ULARNING TURLARI. Oriental Art and Culture, 3(4), 934-936.

7. Xalilov, T. (2022). XALQ MUSIQIY IJODIYOTINING MAHALLIY USLUBLARGA XOS JANR TURLARI TAVSIFI VA ULARNING TA'LIM

JARAYONIGA TADBIQ ETISH MUAMMOLARI. Oriental Art and Culture, 3(1), 676-680.

8. Х&лилов, Т. (2023). ТЕМУРИЙЛАР ДАВРИ МУТАФАККИРЛАРИ ИЖОДИДА МУСЩА. Oriental Art and Culture, 4(1), 902-909.

9. Qurbonova, S. A., & Begmatov, S. (2022). УСТОЗ СОЗАНДА ВА БАСТАКОР. МУХТОРЖОН МУРТОЗАЕВ ИЖОДИГА БИР НАЗАР. Oriental Art and Culture, 3(4), 437-441.

10. Kurbonova, S. (2022). Makom Art is an Artistic Masterpiece of Uzbek People. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 1(6), 20-22.

11. Гaпуров, М. К. (2017). Использовaние мучного таследия ученых-мудрецов в музыкaльном обрaзовaнии. ББК 71.0 Я41, 43.

12. Гaпуров, М. К. (2017). Вклад Aмирa Темурa в pasBmre социaльно-культурной жизни Востокa. In СОЦИАЛЬНО-КУЛЬТУРНАЯ ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ: ВЕКТОРЫ ИССЛЕДОВАТЕЛЬСКИХ И ПРАКТИЧЕСКИХ ПЕРСПЕКТИВ (pp. 69-73).

13. Yuldashev, G., & Maxanov, S. (2023). Conductor's Work on a Musical Piece. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 2(5), 127-131.

14. Rafiqov, M. (2022). Conducting as a Kind of Performing Art. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 1(5), 253-256.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.