Научная статья на тему 'DRAMA ASARIDA REMARKANING ROLI'

DRAMA ASARIDA REMARKANING ROLI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
105
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
drama / tragediya / dramaturg / asar / konflikt / remarka / dramatizm / lirizm / sahna

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — B G‘ofurova

Ushbu maqolada dramaturgiya qonunlari, dramada remarkaning o‘rni xaqida so‘z boradi. Shu o‘rinda Sh. Boshbekovning “Temir xotin” asaridagi remarkalar va ularning vazifalari ochib beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «DRAMA ASARIDA REMARKANING ROLI»

DRAMA ASARIDA REMARKANING ROLI

B.G'ofurova

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada dramaturgiya qonunlari, dramada remarkaning o'rni xaqida so'z boradi. Shu o'rinda Sh. Boshbekovning "Temir xotin" asaridagi remarkalar va ularning vazifalari ochib beriladi.

Kalit so'zlar: drama, tragediya, dramaturg, asar, konflikt, remarka, dramatizm, lirizm, sahna

THE ROLE OF REMARK IN THE DRAMA

B.Gafurova

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: This article discusses the laws of dramaturgy and the role of remarks in drama. In this place Sh. Remarks in Boshbekov's work "Iron Woman" and their functions are revealed.

Keywords: drama, tragedy, playwright, work, conflict, remark, dramatism, lyricism, scene

Davr bilan hamfikr bo'lishda, ma'naviy talablarini qondirishda dramaturgiya zimmasiga, so'z va sahna san'atlari bilan chambarchas bog'liq holda mas'uliyatli katta vazifalar yuklangan. Bunday ta'lim-tarbiyaviy vazifalarni ado etishda U.Azim, E.A'zam, N.Shodmonov, H.Rasul, N.Abbosxon, Q.Norqobil, R.Muxammadjonov kabi ijodkorlar tinmay izlanishmoqda. Ularning sahna asarlari janriy-uslubiy tomondan rang-barang bo'lib, kishini- komil inson qilib tarbiyalashga xizmat qilishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Hayot notekis, taraqqiyotlar, qarama-qarshiliklar, to'qnashuvlar, ziddiyatlarga asoslangan. Insonlar o'z xarakteri, mantiqiga ko'ra yo'lda duch kelgan qarshiliklarni yengish va maqsadga yetishishi uchun intilishlari, bu intilishlarida aql-idrok, zehn, sezgirlik talab etiladi. Har bir inson o'z maqsadiga yetishi uchun iztiroblarga, qarama-qarshiliklarga, tashvishli xolatlarga duchor bo'ladi. Shu jarayonda kishi goh yengadi, goh yengiladi. Turmushning ana shunday ruhiy ziddiyatlari, ijtimoiy-axloqiy qarama-qarshiliklari drama janri uchun manba bo'lib xizmat qiladi.

Bunday murakkabliklar aks etmasa dramaning janriy belgisi, hayajonlantiruvchi xususiyat ya'ni dramatizm yuzaga chiqmaydi. Xususan o'tgan asrning oxirlari (70-90 yillar) dramaturgiyamizni kuzatsak, turli mavzularda zamonamiz ruhi bilan hamnafas asarlar ko'plab yaratildi. Ijodkorlarimiz rang-barang mavzuda ko'pgina pesalar ijod

etishdi. Ular orasida O'lmas Umarbekovning "Qiyomat qarz", "Komissiya", "Shoshma quyosh", "Arizasiga ko'ra", Uchqun Nazarovning "Oyna", Mashrab Boboyevning "O'ttiz yoshlilar", "Mina", "Gurung", Sharof Boshbekovning "Temir xotin", "Tovush uzgan tulporlar" singari sahna asar alohida ajratib turadi.

Tilga olingan qator pyesalarda muhim dramatik mohiyatli hodisalar ifoda etilganligi e'tibor molikdir. Bu muqaddas mavzular albatta tomoshabin va kitobxon qalbidan to'lqinlantiradigan, chuqur insoniy holatlari ruhiy kechinmalarga boy va umumxalq jasoratini, turmushini, milliyligini, an'analarini yorqin tasvirlangan bo'lib, realistik xarakterlarni bunyod eta olgan. Pyesalar boshlanishida, obrazlarga xos ruhiy holatlar zaminida ijtimoiy mohiyatli sabablar yo'qdek tuyuladi. Ammo dramaturglar xarakat negizida shu masalani zamonamizning muhim axloqiy-ma'naviy, ta'lim-tarbiyaviy muammosi darajasiga olib chiqa olganlar.

Dramatik tur xususiyatlariga suyangan holda, dramada qahramon spesifikasini o'rganish zarurdir. Izzat Sulton "Adabiyot nazariyasi" kitobida, dramatik turning spesifikasiga to'xtab, uni jamoat sezimiga ega ekanligini alohida ta'kidlab o'tadi. Bu turning muallif aralashuvini xazm etmasligini nazarda tutib, dramaning bir butun asar sifatida o'qilishida remarkaning o'rni nixoyatda katta ekanligini ta'kidlash lozim. Muallif remarkasi drama qahramonining spesifikasini belgilashda qanday ahamiyatga ega?

80-yillarga kelib, o'zbek dramaturgiyasida teatr va tomoshabin muammosi yuzaga keldi. Sh.Boshbekovning "Temir xotin" jiddiy komediyasining yaratilishi, bu muammoni hal etganday bo'ldi. Har bir dramatik asar sahna uchun mo'ljallanadi, lekin u dastlab so'z san'ati-badiiy adabiyotning namunasidir. Agar drama tomoshabin talabalariga javob berolmasa, tomoshabin kelib bu asarni teatrda ko'rmay qo'ysa, bunday asarlar o'z-o'zidan sahnadan tushib ketadi. Aynan shu narsani hisobga olsak, demak, drama qahramonining birinchi spesifik xususiyati uning ikkinchi hayoti sahnada davom etishidadir. Drama qahramoni o'z faoliyatini sahnada qayta tiklashi bilan ajralib turadi, nisbiy mustaqil faoliyat ko'rsatadi. Uning o'ziga xos xususiyatlari asosan, avval ta'kidlaganimizdek, muallif remarkasining dramada mavjudligidir.

Remarka - fransuzcha izoh, ya'ni izohi ma'nosini bildiradi. Remarkada asarda ishtirok etuvchi shaxslarning yoshi, tashqi ko'rinishi, xatti-harakati, kiyinishi, qalb kechinmasi, so'zida intonatsiya, shuningdek, voqealar kechadigan shart-sharoit, vaqt-o'rin kabilar izohlanishi mumkin.

Haqiqatdan ham dramaning bir butun asar sifatida o'qilishida va sahnada qo'yilishida remarkaning roli katta. Shuning uchun juda ko'plab olimlarimizning ilmiy ishlarida remarka asar kompozitsiyasining elementi qatoriga kiritiladi. Muallif remarkasisiz dramatik asarni tasavvur etib bo'lmaydi. Qahramon ruhiyatini chuqur ochishda, harakat va holatlarni tasvirlab berishda ramarkaning katta ahamiyatga ega.

Adabiyotshunos B.Jalilov ta'kidlaganilek, "Remarka" mustaqil holda yashay olmaydi. U monolog, dialog, epilog, parda ko'rinishlari bilan birga xarakterni ochish uchun xizmat qiladi.

"Temir xotin" jiddiy komediyasining bosh qahramoni Qo'chqorning xarakter sifatida shakllanishida remarkaning roli katta. Qo'chqorning yashash sharoitining qanday ekanligi, u haqidagi dastlabki xarakteristika drama boshida berilgan remarkada ifodalanadi. Remarkalarni drmatik asardagi vazifasiga ko'ra quyidagi turlarga ajratish mumkin. Jumladan, joy tasviri, psixologik tasvir kabi.

"Qishloqdagi oddiy kamtarona xovli. To'g'ri bir necha ustunli peshayvon, o'ngda pastgina ko'cha eshik, oldiroqda yog'och karovat. Sahnadagi har bir jihoz, har bir buyumda nimadir yetishmaydi: eshik deraza romlarining yarmi bo'yalgan, qolganining rangi o'chib ketgan, yog'och karovatning bitta oyog'i yo'q, o'rniga g'isht terib qo'yilgan, ko'rpa-yostiqlarga yamoq tushgan, piyolalarning rangi o'chgan yoki chegalangan, choynakning jo'mragiga tunika kiygizilgan va hokozo"

Keltirilgan remarkadan bosh qahramon yashash sharoiti, uy jihozlarining ko'rimsizligi, tunu kun mehnat qilsa ham yaxshi yashamaganligining guvohi bo'lamiz. Sahnaga hali chiqib ulgurmagan Qo'chqor haqida kitobxon va rejissyorga dastlabki ma'lumot beriladi. Tomoshabin keltirilgan remarka yordamida, rejissyorning mahorati asosida bezatilgan sahna ko'rinishidan bosh qahramonni taniydi. Eshik, romlarning to'liq bo'yalmaganligidan uning xafsalasizligi, yamoq tushgan piyola, uchgan choynaklardan nochorligini, yog'och karovatning oyog'iga qo'yilgan g'ishtdan bechoraligini anglab oladi.

Keltirilgan joy tasviri remarkasida qahramon o'zining boshlang'ich xarakteristikasiga ega bo'ladi. Bundan tashqari, nasriy asarga nisbatan dramatik asarda remarkada bosh qahramonni tanish kitobxon uchun tezlashadi, ya'ni uni hali asar syujetida ishtirok etmasdanoq taniydi. Remarkada berilgan tasvir nasriy asarda ham ko'p hollarda muallif nutqi orqali amalga oshiriladi. Biroq nasriy asardagi muallif nutqidan dramadagi remarka farqlanadi. Remarkada faqat zarur, aniq narsalargina badiiylikdan xoli ravishda beriladi. Keltirilgan remarkadan faqat joy tasvirigina emas, balki bosh qahramon xarakterining qirralari, didi, saviyasi, moddiy va ma'naviy ahvoli haqida ma'lumot beriladi. Joy tasviri remarkasi har qanday dramatik asarda berilishi tabiiy. Remarkaning bu ko'rinishi dramalarning boshlanishida beriladi.

Xarakat tasviri remarkasida drama qahramoning faoliyati jarayonidagi xarakatiga munosabat bildiriladi, ko'rsatma beriladi. Dramatik asarlarda harakat tasviri remarkasining ahamiyati katta. Chunki dramada harakat birinchi o'rinda turadi. Dramada muallif qahramonning harakat jarayoniga aralasha olmaganligi uchun ham, ularning har bir harakati muallif remarkasida beriladi.

"Peshayvon ustuniga Qo'chqor arqon bilan chandib tashlangan, ust-boshi, aft-angori bir ahvolda. Shu kuyi uxlab qolgan bo'lsa kerak, avval sekin qimirlab qo'yadi,

so'ng ko'zini ochmay esnaydi. Oyoq-qo'lini o'ziga bo'ysunmayotganiga hayron bo'lib, bir ikki chiranib ko'radi"

Ajratib ko'rsatilgan remarkalarda bosh qahramon harakati tasvirlangan bo'lsa, holat tasviri remarkasi, "ust-boshi, atf-angori bir ahvolda. Shu kuyi uxlab qolgan bo'lsa kerak, avval sekin qimirlab qo'yadi, so'ng ko'zini ochmay esnaydi. Oyoq-qo'lini o'ziga bo'ysunmayotganiga hayron bo'lib" jumlalarida ifodalanadi.

Psixologik dramatizmga boy bo'lgan adabiyotning bu turida remarkaning o'rni va ahamiyati katta. "Temir xotin" jiddiy komediyasining juda ko'p o'rinlarida psixologik remarkadan foydalanilgan.

"Xansirab, hafsalasi pir bo'lib, tutaqib" kabi holatni ifoda etuvchi psixologik remarkalarni uchratamiz.

Muallif remarkada "sang'ib yurgan Qo'chqorning g'ingshib yig'lashini Alomatning "Davron suraylik" ashulasiga "uyg'unlashib ketadi" deb tasvirlaydi. Nafaqat uyg'unlashib, uyg'unlashib- zidlashib ketadi. Aynan shu uyg'unlashib-zidlashib ketishida Qo'chqorning ruhiy azoblari, baxtsizligi, ichiga sig'magan alami-fojeasi bo'yini ko'rsatadi.

Bu bo'y cho'zgan, yetilgan alam-baxtsizlik - fojea, faqat Qo'chqorning fojeasi emas, balki tuzumning, sovet tuzumining ham fojeasidir. Qo'chqor obrazida bu alam dominatlashgan alam tarzida umumlashadi.

Dramada qahramon spesifikasi, eng avvalo, drama qahramonining kollektiv sezimga ega ekanligida, ya'ni sahnada faoliyat ko'rsatishda, mustaqil harakat qilishda, xarakterining bo'rttirilishida, shuningdek, muallif remakasi yordamida uning faoliyati yuzaga chiqishida ko'rinadi.

Demak, remarkalarning tasvirlash xususiyatlariga qarab, joy tasviri, xarakat tasviri, xolat tasviri, psixologik tasvir kabi remarkalarga ajratish mumkin.

Drama qahramonining spesifik xususiyatlarida yana biri muallif konsepsiyani ifodalashdagi uning o'ziga xosligidir. Ya'ni muallif konsepsiyasi - dramatik qahramon munosabatlarining o'ziga xos ifodalanishidir.

Nasriy asarlarda muallif o'z konsepsiyasini asar syujetining istagan o'rnida berishi, bosh qahramon obraziga munosabatini bildirishi, ma'qullashi, inkor qilishi, yoki tahlil qilishi mumkin. Dramatik tur bunday aralashishga muhtoj emas.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Adabiyot nazariyasi. I - II jild. T. Fan 1978-1979

2. Abdusamatov X. "Hayot, adabiyot, teatr" T 1978.

3. Abdusamatov X. "Drama nazariyasi" T. 2000

4. Azimova M. Hozirgi o'zbek dramaturgiyasi T. 1975

5. Aristotel "Poetika" 1957

6. Yuldashev Karim, Joraeva Mamlakat Alijanovna - PINDUS Journal of Culture, Literature, and ELT 02.04.2022 - Features of Dramaturgy

7. Yuldashev Karim, Joraeva Mamlakat Alijanovna - Oriental Art and Culture O'zbekiston. Volume 2 Issue 4. 12.2021 - Nurli umr

8. Yuldashev Karim, Joraeva Mamlakat Alijanovna - PINDUS Journal of Culture, Literature, and ELT 18.06.2022. Volume 2 No 6 ISSN 2792-1883 - Gulom Zafari Dramaturdiy(1889-1938) "Oriental Art and Culture" Scientific Methodical Journal / http: //oac. dsmi-qf. uz

9. Yuldashev, K., & Juraeva, M. A. (2023, May). THE MOST IMPORTANT TERMS OF DRAMATURGY. In International Conference on Research Identity, Value and Ethics (pp. 206-208).

10. Yuldashev, K., & Jo'Rayeva, M. (2022). IJODKORLAR. Oriental Art and Culture, 3(1), 133-141.

11. Yuldashev, K., & Juraeva, M. A. (2023). Issues of the Fate of Children in the Works of G. Ghulam. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 2(2), 25-30.

12. Yuldashev, K., & Juraeva, M. A. (2023). A Bright Artistic Observation, Like the Truth of History, Or the Battle between Amir Temur and Yildirim Bayazid. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 2(2), 144-148.

13. ^ypaeBa, M. A., & MngarneB, K. (2021). HYRTH YMP. Oriental Art and Culture, 2(4), 115-122.

14. Yuldashev, K., & Jo'Rayeva, M. (2022). PARANJI SIRLARI YOXUD XOLISXON (TO 'LAXON). Oriental Art and Culture, 3(2), 889-895.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.