Научная статья на тему 'AKTYORNING DRAMATIK OBRAZ USTIDA ISHLASH JARAYONI'

AKTYORNING DRAMATIK OBRAZ USTIDA ISHLASH JARAYONI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
194
27
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
teatr / sahna / aktyor / obraz / drama / adabiyot / so‘z / janr / ijro / mahorat

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Mahmud Rashidov

Mazkur maqolada aktyorning dramatik obraz yaratish ustida ishlashdagi pedagogik jarayon va xatti-harakat masalalari yoritilgan bo‘lib, obraz yaratishning badiiy va ijodiy omillari, shart-sharoitlari ustoz pedagoglar amaliyoti asosida tatqiq etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AKTYORNING DRAMATIK OBRAZ USTIDA ISHLASH JARAYONI»

AKTYORNING DRAMATIK OBRAZ USTIDA ISHLASH JARAYONI

Mahmud Rashidov O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotatsiya: Mazkur maqolada aktyorning dramatik obraz yaratish ustida ishlashdagi pedagogik jarayon va xatti-harakat masalalari yoritilgan bo'lib, obraz yaratishning badiiy va ijodiy omillari, shart-sharoitlari ustoz pedagoglar amaliyoti asosida tatqiq etilgan.

Kalit so'zlar: teatr, sahna, aktyor, obraz, drama, adabiyot, so'z, janr, ijro, mahorat

THE PROCESS OF WORKING BY THE ACTOR ON A DRAMATIC IMAGE

Makhmud Rashidov Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: In this article, the issues of pedagogical process and behavior of the actor in creating a dramatic image are highlighted, and the artistic and creative factors and conditions of creating an image are investigated based on the practice of master pedagogues.

Keywords: theater, stage, actor, image, drama, literature, word, genre, performance, skill

Aktyor o'zi yaratayotgan obrazning umuminsoniy holatlarini har tamonlama yoritib berishi orqaligina tomoshabinning ichki dunyosiga ta'sir etishi mumkin. Mustaqilligimiz tufayli ro'y berayotgan mislsiz o'zgarishlarning ishtirokchisi, katta bir mexanizmni harakatga keltiruvchi kichik bir murvati ekanligiga tomoshabinni ishontira bilish, ijodkorning eng oliy maqsadi bo'lmog'i kerak. Ijodkor haqiqiy san'at asarini yaratish uchun yuksak professional mahorat egasi, albatta o'ta madaniyatli, fikr yuritish va dunyoqarashi keng, mustahkam g'oyaviy bir to'xtamda turishi va nihoyat mehnatsevar bo'lishi bilan ajralib turishi shart.

Aktyor o'z mahoratini tinmay oshirib borishi, bilimlar doirasini kengaytirishi, ma'naviy-ma'rifiy bilimini uzluksiz boyitishi, o'zi yashab turgan jamiyatning qaynoq hayotini his qila bilishi zarur. Aktyor ijodining asosiy mohiyati - tomoshabinni, spektakl voqealarining oddiy bir kuzatuvchisi emas, bevosita ishtirokchisiga aylantirishdan iboratdir.

Teatr harakat demakdir. Sahnada ro'y berayotgan hodisa va voqealar, g'oyaviy fikrning uzluksiz rivojlana borishi orqali tomoshabinga singdiriladi. Dramatik san'at sintetik san'at bo'lib, ta'sir etuvchi vositalarning bir qanchasini o'z ichiga oladi.

I icclT^^^^H 201 http://oac.dsmi-qf.uz

K.S.Stanslavskiy fikricha, spektakldagi eng asosiy narsa so'zdir. Insoniyatning badiiy ijod turlaridan biri bo'lmish, drama desak, uning ta'sirchanligi, sehri, asarni harakatga keltiruvchi so'zidir. Bir so'z bilan ifodalaganda, so'zsiz drama asari bo'lishi mumkin emas. Demak, aktyorlik san'ati o'ta faol harakatga asoslangan. Drama so'zi qadimgi greklarda tugallanayotgan harakat degan ma'noni anglatadi.

Shu ibora lotin tilida "serharakat" degan ma'noni anglatadi. Shuning uchun "aktyor" so'zi sahnada harakat qiluvchi degan tushunchani bildiradi. Ya'ni, so'z xatti-harakatiga asoslanib ish bajaradi. Drama haqida so'z yuritishdan avval Shekspirning "Hamlet" tragediyasidagi Daniya shahzodasi Hamletning sayyor aktyorlarga qarata aytgan so'zlarini eslab o'tish maqsadga muvofiqdir. "Teatr vazifasi ilgari qandoq bo'lsa, hozir ham shundoq: tabiat yuziga ko'zgu tutish, uning haqiqiy shavkatlariyu chinakam illatlarini ko'rsatish, tarixdagi har bir asr va naslning bo'yoq-bejaksiz basharasini namoyon etishdan iborat" [1].

Drama haqida A.S.Pushkin quyidagi fikrni yuritadi: "Drama ochiq maydonda tug'ilgan bo'lib, xalqning ko'ngil xushligi uchun xizmat qilgan. Xalq bolalar kabi qiziqarli voqealarning shaydosi bo'lib, drama harakatlari, uning uchun haqqoniy hodisalar majmuasidir. Xalqqa mislsiz ehtiroslar kerak bo'lib, xatto qatl ham uning uchun tomoshadir" [2]. Drama san'ati, bir maqsadga bo'ysundirilgan faol, jonli so'z va mahsuldor harakatga asoslanadi. Shuningdek, K.S.Stanislavskiy sahna harakatini bir tomonlama, soddalashtirgan holda tushunmaslik kerak, degan edi. Agar asarning kompozitsiyasi uddaburonlik bilan ko'rilsayu, deydi Stanslavskiy, odamlar ovqat yesa, borsa, kelsa, yugursa, yursa, ko'p harakat bajarsa, bir-birini o'ldirsa - buni tom ma'nodagi sahna harakati deyish, noto'g'ri bo'lur edi.

Buyuk rejissyor ta'kidlaganidek, insonlarning ichki kechinmalari orqaligina tug'ilgan harakatgina haqiqiy sahna asari bo'la oladi. Agar u so'z bilan uyg'unlashsa, ko'zlangan maqsadga erishilgan bo'ladi. Tashqaridan qaraganda sahnadagi harakat va hodisalar ko'zga u qadar tashlanmaydigan darajada o'ta sust bo'lishi ham mumkin. Ammo, qahramonlarning ichki harakatlari shiddatli bo'lib, aniq fikrlar so'z orqali ifodalansa, so'zlarni aniq maqsadlar sari yo'naltirish oliy shakldagi sahna ijrosi bo'la oladi.

Inson hayotda maqsadsiz gapirmaydi. U ishontiradi, fosh qiladi, inkor etadi, himoya qiladi va hokazo. Shuningdek, so'zlar ham tayyor turmaydi. So'z bir maqsad sari yo'naltirilgan harakat zaminida tug'iladi. Sahnaga chiqqan har bir aktyor muallif tomonidan berilgan so'zni, ko'rish quroliga aylantirmog'i kerak. Obrazning ichki mohiyatini tushunmasdan turib, so'zlarni quruq yod olish bilan san'at asari yaratish mumkin emas. "Maqsadli, shijoatli, haqqoniy harakatlar mahsuli bo'lgan san'atgina, ijodiyotning gultoji bo'la oladi. Shu jumladan, so'z ham", - degan edi K.S.Stanislavskiy [3]. Uning so'z harakati haqidagi ta'limoti dramaturgiyadagi so'z

harakatining tabiatidan kelib chiqqan. Chunki har bir qahramonning o'y, fikrlari so'zlar orqali bayon etiladi.

Dramatik asarning muallifi o'zi surmoqchi bo'lgan g'oyani xatti-harakatlarning uzluksiz rivojlanib borishini so'z orqali ifoda etadi. K.S.Stanislavskiyning "So'z harakati" haqidagi ta'limoti zamonaviy teatrning asosiy prinsiplaridan biridir. M.Knebel, A.Goncharov, G.Tovstonogov, A.Popov kabi yetakchi rejissyorlar "So'z harakati haqidagi" ta'limotni ijodiy yondashgan holda chuqur tahlil etganlar. G.A.Tovstonogovning ta'kidlashicha - zamonaviy aktyor, idrokli, obrazdagi tafakkuri qaynoq, o'zi yaratayotgan qahramonining fikr yuritish uslubini, nutqiy xarakterini chuqur his qila bilishi kerak.

Agar fikr hissiyot bilan to'ldirilib, mutloq nuqtaga yetkazilsa, so'z ikkinchi darajali bo'lib tuyulsa-da, u birinchi o'rinda jaranglayveradi. Aktyorning eng muhim vazifasi so'z zaminidagi jo'shib turgan hayotiylikni ko'ra bilishi, shuningdek, o'z navbatida ehtiros hamda taffakkuri orqali, sahnada birga harakat qilayotgan sherigi bilan zalda o'tirgan tomoshabinga ta'sir qila bilishdan iboratdir. Aktyorlik san'atining mushkulligi hamda qiziqarliligi shundan iboratkim, u muallif ko'zlagan maqsadni o'z tafakkuri, idroki, aqli, so'zi bilan boyitib, yorqin va ta'sirchan holda tomoshabin qalbiga singdira borishi zarur.

Aktyorlik ijrosining tashqi tomondan chegaralanib, ta'sirchanligi ortib borayotgan ichki xatti-harakatlarga bo'lgan talab kuchayotgan hozirgi zamon teatrining taraqqiyoti jarayonida, so'zlar ifodasi va qudratining o'rni alohida mazmun kasb etmoqda. Asardagi so'zning ichki mohiyatini ochish uchun o'sha asarni chuqur tahlil etish zarur bo'ladi. Bu o'rinda Shekspirning Hamlet fojiasini misol qilib olamiz.

Fojianing qisqacha mazmuni quyidagicha: Daniya shahzodasi Hamlet favquloddagi shaxsiy iztiroblaridan keyin (otasining bevaqt o'limi, onasining amakisiga turmushga chiqishi) atrofini qurshab turgan muhitga nisbatan dunyoqarashini chalkashtirib yuboradi. Bo'lib o'tgan voqealar do'stlariga, oilaviy muammolarga, saroy va saroy siyosatiga, va nihoyat o'z-o'ziga bo'lgan munosabatlarni tubdan ag'dar-to'ntar qilib yuboradi. Uning miyasini qamrab olayotgan fikrlar shu qadar uni esankiratib qo'yadiki, voqea va hodisalarni yaxlit tahlil qilishdan qo'rqadi. Haqiqatni qidirgan sari, hodisalar girdobi shiddat bilan uni o'z domiga torta boshlaydi. Lekin Hamlet birma-bir, muammo bo'lib tuyulgan hodisalarni, aniqlay boshlaydi. Shu bilan birga uning dunyoqarashi ham o'zgara boradi. U o'zi tanlagan yo'lini oxiri nima bilan tugashiga ko'zi yetib qoladi.

Birinchidan - insonparvarligi hamda hayotni ongli ravishda anglashga intilish, aql-idroki va bilimidir. Ikkinchidan - insonparvar do'sti Goratsiydir. Goratsiy hamisha o'z do'stiga nisbatan sadoqatini saqlab qoladi. Hatto Hamletni tentakka yo'yib, hamma undan yuz o'girgan chog'ida ham u mustahkam do'stligidan chekinmaydi.

Avvaliga g'ayrat va shijoati to'lib toshgan Hamlet to'satdan ayanchli ahvolga tushib qoladi. Ayniqsa, amakisi bilan endigi munosabati, uning yangicha dunyoqarashi tufayli hal etib bo'lmaydigan chigal muammoga aylanadi. Shahzoda o'zi asosli deb hisoblagan gumonlarini (otasining o'limida amakisining bevosita aybdorligi) isbotlash vaqtini va buning natijasida o'zini mamlakatdan quvg'in qilishda Klavdiyga imkoniyat yaratib beradi. Ammo asta-sekin Hamlet o'zi o'ylagan gumonlarini isbot etmaslikka haqqi yo'qligini tushuna boshlaydi. Hatto bu amaliy harakatlarning pirovard natijasi, barcha muammolarni muvaffaqiyatli hal qila olmagan taqdirda ham zudlik bilan ishga kirishmog'i zarur bo'lib qoladi. Shuning uchun qirol tomonidan Angliyaga surgun qilinganiga qaramay, Daniyaga qaytadi. Chunki Klavdiy uni ro'yi rost o'limga yo'llaganligi bilinib qoladi ("Men amrimda yashirincha buyuramanki, Hamlet borgan zamonoq o'idirilsin") [4].

Daniyaga qaytgan Hamlet Ofeliyaning fojiaviy o'limidan xabar topadi. Bu fojia tufayli Ofeliyaning akasi Laert bilan oralarida dushmanlik vujudga keladi. Hamlet yana shahzoda qiyofasiga kirishga majbur bo'ladi. Vujudga kelgan mudhishliklarning birdan-bir aybdori qirol ekanligiga to'liq ishonch hosil qilgan Hamlet, uni o'idirishga ahd qiladi va bu ishni amalga oshiradi. Shahzoda o'limi oldidan taxtni Fortenbransga topshiradi. Bo'lib o'tgan fojialarni kelgusi avlodga yetkazish uchun Goratsiodan tirik qolishini iltimos qiladi.

Hamletning o'zini qurshab turgan muhitga nisbatan yangicha munosabatda bo'lishi, faqatgina Hamletga xos bo'lmay, o'z zamonasining ilg'or fikrli kishilarning dunyoqarashi ham edi. Bu ilg'or dunyoqarash o'sha davr hukmron sinflarning odatiy tusga kirib qolgan xulq-atvorini keskin qoralar edi. Hukmron doiralar va feodal zadagonlarining fikricha, inson o'z tabiatiga ko'ra gunohkor mavjudot bo'lib, bu gunohlardan forig' bo'lishning birdan-bir yo'li, itoatkorlik va yaratganga sig'inishdir. Ularning ta'kidlashicha, xudo har bir insonni yaratar ekan, foniy martabasini peshonasiga yozib qo'ygan bo'lib, inson bolasi uni o'zgartirishdan ojizdir. Garchand hukmdor sinflarning tashqi siyosatida jaholat, qotillik, istibdod rasman qoralansa-da, o'z siyosatlarining ustuni bo'lgan bu usullar amalda qo'llab-quvvatlanilar edi.

Yelizavetta davrida Angliya yuqoridagi kabi qabihliklarga to'lib toshib yotar edi. Hamlet dunyoqarashining asosiy xususiyati shundan iborat edikim, u yashagan Daniya davlatida, odatiy bir tusga aylanib qolgan zulm va istibdodga qarshi o'zi bosh ko'taradi. Bu qabihliklar qon-qoniga singib ketgan odamlar to'dasidan hazar qiladi. Endilikda XVI-asr xukmron doiralariga xos bo'lgan va odob o'lchamiga shahzoda sifatida baho bera olmaydi.

U shahzodalarcha fikr, mulohaza yuritishdan voz kechib ilg'or fikrli xalqparvar kishilar kabi taffakkur qila boshlaydi. Oddiy bir inson bo'lib qolishni orzu qilgan Hamlet, asar nihoyasida taqdir taqozosi bilan shahzodalik vazifasini yana o'z

zimmasiga olishga majbur bo'ladi. Otasining qotilidan qasos oladi. Laertni afv etadi. Bevosita taxt vorisi haqida bosh qotiradi.

Hayot oqimi Hamlet fojiasida yuzaga keltirgan to'qnashuvlar natijasida kishilarning dunyoqarashlari badiiy obrazlar orqali aks ettirilgan. Hamlet, inson nima uchun yashaydi va uning hayot mazmuni nimadan iborat degan savolga javob axtaradi. Asarning qiymati shundan iboratki, u tarix mohiyatini, davlat tuzumini, ma'naviy hayot va ruhiyatini o'z ichiga qamrab olgan.

Qahramonning har bir xatti-harakati nima bilan tugashini sabrsizlik bilan kutamiz. Qahramonlar bir-biri bilan to'qnashar ekan, yangi-yangi muammolar yuzaga chiqadi. Mana shu narsalar orqali asar keskinligi vujudga keladi. Asar voqealari rivojlana borgan sari, dramatik bog'lanishlar tarang tortilaveradi. Hamletning o'zini qurshab turgan kishilarga qarata aytgan har bir so'zi, mo'ljalga bexato borib tegadi. Munofiqlar basharasidan niqoblarini yulib tashlaydi, ularni achchiq istehzoli kulgi ostiga oladi. Yuraklarining chirkin tubiga nazar tashlab, boshlariga ta'na toshini yog'diradi. Hamletning hech bir so'zi, shunchalik aytilmaydi. Hatto o'zini tentaklikka solib yurgan kezlarida ham, uning so'zlari chuqur ma'noga ega bo'ladi. Shekspirning bu asari faqatgina shafqatsizlik oqibatida vujudga kelgan fojia emas.

"Hamlet" shafqatsizlikning mohiyatini, uni keltirib chiqargan istibdod tomirini topib, bu zulmga nisbatan kurashuvchi qurolni izlashdan iborat bo'lgan asardir. Fojianing boqiyligi shaqatsiz zulmga nisbatan ko'tarilgan isyondan iboratdir. Shunday qilib, Hamlet monologi ustida ish boshlashdan avval, u yashagan davr shart-sharoitlarinigina o'rganib qolmay, u amalga oshirmoqchi bo'lgan rejalari va bu rejalarga olib kelgan sabablarni ham yaxshi bilish kerak bo'ladi.

Insonning ma'naviy va jismoniy halokatga uchrashi asarning bog'lanish nuqtasidir. Boshqacha qilib aytganda, otaning halokati hamda onaning ma'naviy tubanlikka yuz tutishidir. Bo'lib o'tgan bu voqealar Hamlet ruhini ezib tashlaydi. Endi uning uchun hayotning ma'naviy qimmati bir pul bo'lib qoladi. Akaning qotili tug'ishgan uka, xotin vafodor eriga xiyonat qiladi. Bir-biriga qondosh va jondosh bo'lgan odamlar oddiy dushmanga aylanadilar. O'zlari e'zozlash, ardoqlashlari lozim bo'lgan narsani taxqirlaydilar.

Hamlet boshiga tushgan ruhiy kechinmalar uning dunyoqarashini, tubdan shakllanishiga turtki beradi. Endilikda u, faqat shaxsiy chigalliklarni hal qilibgina qolmay, jamiyat oldidagi mushkulliklarni ham yechishiga bel bog'laydi. Ammo Hamlet qarshisidagi shu to'siqlarni yengib o'tishi oson ish emas edi. Chunki yangidan shakllanayotgan dunyoqarashi, tushunchalari va undan kelib chiqadigan xatti-harakatlarini amalga oshirish uchun yashashning o'zgacha uslubini tanlashi kerak bo'lib qoladi. Endi u, dunyoga boshqacha ko'z bilan qaray boshlaydi.

Ushbu spektakldagi so'z harakatining eng yuqori cho'qqilaridan biri monologdir. Dramada monolog vositasida personajning ruhiy holati, harakterining murakkabligi

I fcclT^^^^HI 205 http://oac.dsmi-qf.uz

ochiladi. Bundan tashqari, dramada sahnada aks etmagan, lekin personajning qalb dialektikasi bilan bog'liq shart-sharoitni ifodalashda katta ahamiyat kasb etadi. Ba'zan monologda asarning kulminatsion nuqtasi bayon etiladi.

Monolog Shekspir dramaturgiyasida katta ahamiyat kasb etadi. Monolog yordamida Shekspir qahramonlari o'z ichki ruhiy kechinmalarini ifoda etadilar. Qabihlik va tubanlik bilan hayotda birinchi dafa to'qnashgan Xamlet uchun bu narsalar dahshatli va g'ayri tabiiy tuyuladi. Inson bundan keyin qanday yo'lni tanlashi zarur degan savol shahzoda qarshisida hamisha ko'ndalang turadi. Yomonlikka qarshi qanday kurashish kerak? Umuman yomonlikka qarshi kurashish shartmi? Asar davomida qahramon qalbini azobga solgan narsa ham mana shu.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Stanislavskiy K.S. Aktyorning o'z ustida ishlashi / O'quvchining kundalik daftari. T.Xo'jayev tarj. - T.: Toshkent badiiy adabiyot nashriyoti, 1965. - 155 b.

2. А.С.Пушкин. Мои замечания о театре // Пушкин А.С. Собрание сочинений в 10 томах. - М.: ГИХЛ, 1959—1962. Том 6. Критика и публицистика. - с. 158.

3. Stanislavskiy K.S. Aktyorning о^ ustida ishlashi / O'quvchining kundalik daftari. T^'jayev tarj. - T.: Toshkent badiiy adabiyot nashriyoti, 1965. - 375 b.

4. Shekspir V. Hamlet. T.: Sharq, 2006. - 160 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.